Сайтингизда бугунги кундаги шоу-бизнес олами хамда
кинобизнесимиздаги иллатлар очиқ
нишонга олинишихалқ диди ва онгини тарбиялашда
мухим роль ижро қилади. Мен ўзим бу оламда қалам тебратаётганимга 10 йилча бўлади. Сизга бугун таъсирланган
фильмим хақида мақола юбормоқдаман.
Укам мактаб ўқувчиси, доим "Кинога олиб тушинг” деб қўймайди.
Бугун хам иккинчи смен бўлгани сабабли хозир реклама қилинган фильмлардан
бирига олиб тушишимни илтимос қилди."Хизмат кўрсатиш доирасидан ташқарида”
фильмини айтганида суратдаги иштирок этган актерлар ва фильм режиссерини кўриб
кўнглим тортмади. Юқорида айтганимдек анчадан бери шу сохада қалам
тебратиб, режиссер ва актерлар махорати дидидан яхшигина танишман. Укамнинг эса
танлови шу бўлди. Яхши, шу 12 ёшлилар танлови ўзи шу актеру шу режиссер
бўлиши табиий деб 4000 сўмдан 8000 сўмга билет олиб кирдик.
Эрталабки соат 11-00 бўлиб деярли 20тача томошабин йиғилди. Шуларнинг
хаммаси 12-15 ёшлар атрофида. Фильм бошланди.
Мана энди бу мақолани ёзишимга сабабчи бўлган омиллар:
Режиссер шоу-бизнесдаги оғриқли нуқтани кўтармоқчи бўлиб, хонанда ва продюсер муносабатларини кўрсатмоқчи бўлган
бўлса, бунча зиддиятлар кўп бўлмаса?
Нахотки бизнинг шоу-бизнесимизда хамма
продюсерлар хонандаси билан "ётиб” юрса?
Бу фильмга тушадиганларни ёшини инобатга олса,
қайтанига умуман уларга томоша қилиш мумкин эмас. Юмор
ёш болалар учун мўлжаллангану, ишлатилаётган сўзлар ва фильм мохияти хам
катталар учун ва хам "бузуқлар” учун! Бўлмаса фильмдаги қахрамон қизга қараб "Тешилиб қолибсизми?”, "Қаеридан хиди келяпти”, "Пастдан” иборалари нимасси? Бу
фильмда ишлатилган шу каби барча ибораларни ёзсам бехаё фильмдан лавхами
дейсиз.
Ёки продюсерни олдига келган йигит ва қиз
кетаётганидаузр лекин,
орқасига бақрайиб қарашичи? Оператор хам қизни кетини ликиллатиб кетаётганини катта планда
кўрсатиб турибди.
Продюсер гўёки кўчадан оёғида шиппак билан келган хонандаларни одам қилган деган
маънодаги бир сахнасида, атайин шундай мусиқа билан
маъно беришмоқчию, лекин продюсер қахрамонига бир қаранг. Аввало бундай продюсер кимнидир "одам” қилиши
даргумонку!
Фильм умуман нореал воқеалардан
"ясалган”. Тошкент Самарқандйўлида куну тун
мошиналар қатнови тўхтамайдию, булар тонггача ўтирар эмиш. Қахрамон
йигитни балонини олиб қизникига қўйиш иккисини миясига етмасмиш.
Умуман фильм яқинда премьера қилинган "Висол” фильмининг яққол кўчирмаси. Худди шундай фильм бўлиб қолган, фақат ғирт бачкана
тури холос.
Каттакон бир инсонни боғча ёшидаги қизининг туғулган кунига санъаткорлар келармиш.
Ана энди бу фильмни мақсади ўзи нима деган савол туғилади. Қайси ёшдагиларга ва нима учун мўлжалланган? Нимани тарғиб этаяпти?
Фильм тарбиявий ахамиятга эга бўлиши шарт эмасдир лекин у тарбияни
бузишга таъсиркўрсатиши керакмаску.
Бир сўз билан фильмдан тушунадиган нарсангиз:
-Бизнинг
хонанда қизларимиз продюсери билан ётиб юради
-Продюсерларимиз
бузуқ, оми, бачкана ва умуман инсониятнинг энг онгсиз мавжудоти
Бу фильм
хозирда юртимизда кинофестиваль кунлари намойиш қилинаяптими? Шармандаликку!Фильмдан чиққанимизда
укам менга "Опа...Рухшона шунақами?” дейди. Эсинг жойидами бу фильмку десам, "Уям хаётда
хонандаку” дейди.
Фильм фақат бир ёқлама Ўзбекистон санъати мана шу ахволда деган кўринишда тақдим
этилган. Вахоланки хар бир фильмда бирон муаммони кўтарилгса намуна сифатида
бошқаси хам кўрсатилади, бу фильмда эса намунақилинган неча йиллик санъаткор Даврон Эргашев ва ёшлар тарафидан
иқтидорли дейилган
Давр гурухи боғча боласи туғулган кунида қўшиқ куйлаб турса бу не хол ва бу не намуна?Давр гурухини билмадиму, лекин Даврон Эргашев бу рольни ўзига қандай эп кўрганига
тушуна олмадим.
Бадиий
кенгашда бу фильм қай тариқа рухсат олди экан деб ўйланиб қолдим. Қани энди қонунда тегишли бўлим
бўлсаю, шу кетказган
8000 сўм пулимга шу фильмни судга бериб, маънавий зарарни 8000000 сўм миқдорида ундириб олган бўлардим.
ehhhh bu mavzuda judayam kaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaam gapiribsiz???? bu mavzu qachon tugarkin qachon wu narsalaga etibor qiliwarkin...???? SAVIYASIZ KINOLA...
Qoyil, Laziza opamiz özbek filmlar haqida Yahshigina fikr bildiribdila ! Balki bu fikrlarni uqishib,tasirlanishib özlariga tegishli hulosa chiqarib olishar. Essiz qancha özbek kino rejissorlarimiz mantiqsiz,bolar bomas filmlarni olib yotishibdi,ayniqsa kecha chiqqan hich kim tanimiydigan rejossorlarga tegishl,sal tashqaridigi hayotga ham qarab qöyila,hayot Hamisha bahordan iborat emasku !!! Hozirgi paytda Hayotiy ozbek filmlarimiz kam deb öyliman.
AGAR TOSHKENT SAMARQAND YOLIDA MOSHINA TOXTAMAY QATNAB YOTGAN BOSA KINODAYAM SHUNI OLISH KEREMI,BUNI KINO DIB QOYIBDIKU,TOPGAN GAPILANI QARELA.NOREAL,NIMA BU DOKFILMI.BOJALAR,BOLLAR BOGAN KINO KLIP KONCERT BOSA FAQAT YOMONLASHNI BILASLA.
MAKOLA JUDA HAKKONI BULIBDI LEKIN MING AFSUS KIMGAYAM TASIR KILARDI BU GAP SUZLAR...AMMO KINOLARDA KAYSIDIR MANODA HAYOTIY HAKIKATLAR BOR AMMO USHA NARSALANI YAKKOL YORITIB BERA OLMASLIGLARI OKIBATIDA CHALKASHTIRIB BACHKANA KURINIB KOLISHIGA SABAB BULYAPTI MANIMCHA
o'zi hamma o'z ishini qiliw kere xonanda xonandaligni rejjisyor rejjisyorligini. O'zi wu filmi rejjisyori Jahongir Poziljonov hch tayili kino ogami? Ashula etishiyam bilmidi daje. Haydavorish kere buni.
O'zbekning ori bn "hazillawayotgan"larga,millat g'ururi bn öynawayotganlarga mazxarabozlikni sirkda ham davom ettirmasliklarini qattiq iltimos qilamiz.Qaytar dunyo ekanini unutmasdan öz eski chorig'ini topib oliwlarini ham söraymiz va albatta KATTA INSOF tilaymiz.
O`zbek kinosi shunchalikkacha borib yetishiga xalqimiz ham qisman aybdor negaki bu xalqimiz bunaqa bachkana kinolarni ko`rib qabul qilishyapti hamma ham Lazizadek fikrlasa edi allaqachon bunaqa bemani filmlar olish to`xtatilardi qo`shiqlaru kliplani aytmasa ham bo`ladi .... bularga kim javob beradi yuqoridagilar qayoqqa qarashyapti??? o`zi axir yoshlar bizning kelajagimizkuu yaxshiroq mavzu qurib ketganmi? o`zi hamma joy shou biznes olami bo`lib ketgan
Bemaza qovunni urug'i köp!!! J. Poziljonovni bittayam kinosi manga yoqmidi! Tin4gina awula etib yurvursa bölardi. Marhum Mömin Oripov yaxwidi, bir birini töldirib turardi. Mömindan keyin Jahongir ba4kanalawib ketti battar!
san'atni ichidigi odamlani o'zi fikrlani filmlari orqali xalq ongiga singdirganidan keyin, san'at tawqarisidigi odamla xalq san'atkorla ayniqsa ayol san'atkor san'atkorla haqida qanday fikrda taasurotda bo'sin???????? Uzuk filmi ham wu mavzudaligi haqida o'qiganidim.....
Shu baribir sayyod.uz ga gap yo'qde. Faqat shu saytda dilimdagi gaplarni yozishadide... E bu siyqasi chiqib kettiku! Necha marta maqola chiqdi, necha marta televideniyeda ko'rsatuvlar tayorlandi, lekin foydasi bo'lmayapti. Har bir soxani o'z ustalari bo'ladi. Lekin mana shu ustalar faqat ustalik qilishadi! Ularga esa ish yoqmas, ustozini aytganini teskarisini qiladigan, chin dildan kasbini sevmaydigan, faqat kam ishlab ko'p pul topaman degan "shogirdlar" raxbarlik qiladi. Bunaqalar, xaligi o'zbekni gapi borku, -"Bersang yeyman, ursang o'laman" shuni shior qilib olishgan!!! Nega kino sanoati rivojlanmayapti deb hafa bo'melar, undan ko'ra, nimaga farzandimga befarqman, nimaga bolamni qiziqishlarini hisobga olmay o'zim hohlagan odam qilaman deyapman, pul so'rasa pachkasi bilan berayapman, man qiynalganman farzandim qiynalmasin deyapman, va xokazolar qilmayapman deb o'ylanglar!!! Hamma narsa bolani tarbiyasidan boshlanadi. Agar bola yoshligidan to'g'ri tarbiyalansa, mehnatga bo'ynini egiladigan va katta hurmat kichikka izzatda bo'lsa, u bola to'qlikka sho'xlik qilmaydi va yaxshi inson bo'lib yetishishi mumkin bo'ladi! Shu raxmatli Xojiboy Tojiboyev bevaqt olamdan o'tdilarda! Yana Ollox umr berib yashaganlarida, o'zbeklarni kulgu qilib, oxiri odam qilarmidilar! Shu odamni bir gaplari bor. Yaponlardan qanday rivojlanib kettinglar deb so'rashganida, -"biz tarbiyani detsaddan boshladik", a malayziyaliklardan so'rashsa "biz yolg'on gapirishni yoqottik" deyishganakan! Hulosa o'rnida shuni etmoqchimanki, birovga aybni ag'darishdan osoni yo'q. BU opamiz ham shu soxa vakili bo'la turib, o'zlari birorta yo'l bilan bu jarlikdan chiqishni o'ylayaptilarmikin?! Gapirish oson bilaman. Ammo qachonki biz yaponlardek tarbiyani bolalar bog'chasidan, yoki malayziyaliklar kabi yolg'onni yoqotishdan boshlamas ekanmiz, BIZ SHU AXVOLDA QOLAVERAMIZ!!! O'ylab ko'ringlar aziz vatandoshlar!!!
O'qidizmi o'zi? Ozod jurnalist Laziza deb qo'yibdi. Siz Sayyodni ko'rolmaganizdan boshqalar yozganiyam Sayyod bo'lib ko'rinyabdimi diyman. Pala partish o'qib kommentga chopgansiz. Etiborli bo'ling.
Xullas deganda, rejissyorlarga gap ta'sir qilmaydigan bo'lgan, tanqidlar kuchini yo'qotgan, bu gaplarni ham o'qib oddiy gapday qabul qilishlari aniq, ko'zi ochilmayapti, yana aytishadiki uncha pul sarf qildik buncha sarf qildik, o'sha kinolardagi qasrday uylarni ko'rib, o'zbeklar kulishi aniqku, uje bo'maydi bu kino deb o'chiramiz, undan ko'ra bir shaxarni skritiy kameraga olib aylansa qiziqroq chiqadi, O'zbekistonni haqiqiy ko'rganday bo'lamiz. Ssenariystlarga ham hayron odam, har bitta kinoda yangi gap topishmoqchi bo'lishadi o'zicha, lekin hammasi bir axmoqona chiqadi, oila davrasida ko'rib bo'maydi. Faqat qaynona yo qaynota qarshi kelinga, Rametova opamiz dodlab yuradilar uyni boshlariga ko'tarib, keyin yana allaqanday sovuq basharalar, yigitlar judayam bir bo'sh, og'zidan oshini oldirib qo'yadigan, qizlar modniy samogolodniy, hamma to'y bo'ladigan payt, bo'lar bo'lmas gaplar, keyin oxiri birdaniga hamma rozi bo'lib qoladiyu, yaxshilik bilan tugab qoladi. Yo'qotish kerak bunday kinolarni tagi bilan.
Poziljonovni fil'mlari bachkanaligi bilan ajralib turadi o'zi... podborka artistov toje nikogda ne menyaetsa, odni i te je "roji'" (uzr za vi'ajenie...)
BEKo Sayyodni bu yerda nima aloqasi bor. Sayyod rejisyor emas. Bu maqolani u yozmagan. Ozod jurnalis Laziza deyilgan. yaxshi o'qiysilarmi o'zi? Silarga baxona kerak Sayyodga tosh otishga. Etiborli bo'ling.
ee opaginam . Bilib turub bilmaganlika olasizda. huddiki Shu olamga tegishlisizu lekin tegishlimasdek tutasiza . Bu olamda puling bulsa hup hup puling bulmasa ... yoki ne gaiming bor degan maqolde e mayli. bachkanami ochiqonami ochib berishibdi ku . Yoki yolgon deng . Yaqqol misol sifatida chiqib ketdiyu vidoelar. buni busa uzi bitta boridiusha chqib qoldi deb qutulasizmi . bu hozirgi kunda uchraydigan, bulayotgan hodisalar aks etirilgan. Balki ayol kishi bugan uchuniz alam qilgandir chunaman sizi . Lekin siz etgande bunaqa bup chiqmaydiganlariyam bor. Besh qul barobar ekams.(Bilaman bu comnet kimgaadir tegim chop etilmasigini)
Бадиий кенгашда бу фильм қай тариқа рухсат олди экан деб ўйланиб қолдим. Қани энди қонунда тегишли бўлим бўлсаю, шу кетказган 8000 сўм пулимга шу фильмни судга бериб, маънавий зарарни 8000000 сўм миқдорида ундириб олган бўлардим. ------------------- кино шунчалик дабдалами
bu bita sizzi fikriz lekin muxlislani fikri bunaqamas,bemaza gaplariz bilan wuncha odami qigan mehnatini bir pul qimen биг kinoni korgan odamlani ko'pchiligi yaxshi tasurotda chunki film rostanam zo'r kamediya bowqa kamediyalaga nisbatan judayam zo'r chiqqan bu fiklarizzi Jaxongir Foziljonovi kinolariga bildirsez bo'lardi ulani wunaqa disa bo'ladi!!!
Laziza har bir maqolani yozishdan oldin, jurnalist sifatida sal fikrlash kerak, hayolizga kelgan gaplarni yozib, ushbu filmni taxqirlashga xaqqingiz yuq, siz avval uzingiz bitta film ishlang yoki loqal bitta tarbiyaviy rolik yarating, keyin kino sohasini qiyinchiliklarini bilasiz. Fikringizni bildirishingiz mumkin, undan ortig`iga xaqqingiz yuq, hatto jurnalist sifatida ham!!!
MAN yuqorida o'z fikrini yozib qoldirgan ozod jurnalist Laziza fikriga 8000000 foiz qo'shilish iloji bo'lganda edi qo'shilgan bo'lardim. Haqiqatdan ham bu film tomoshabinga ma'naviy ozuqa bera olmaydi aksincha ularni miyasini zararlab saviyasini tushuradi xolos. Bu filmni san'at deb bo'lmaydi. Bu film faqat mablag' terish uchungina ishlangan. MENI HAM BIR NARSA TAAJUBGA SOLDI NEGA ENDI O'ZBEKKINO MILLIY AGENTLIGI HAR KENGASH YIG'ILISHLARIDA SHUNGA O'XSHASH FILMLARNI MAVZU QILIB, USHBU FILMLARNI SAVIYASINI OSHIRISH YOKI O'ZIDAN KINOREJISSOR YASAB OLGAN SHAXSLARNI PROFESSIONAL KINO OLISHGA O'RGATISH O'RNIGA O'ZBEKKINO MILLIY AGENTLIGI HAM SHUNDAY KINO DEB BO'LMAYDIGAN MAHSULOTGA HAMKORLIK QILSA. AXIR BU DAXSHATLI FOJEAKU.
vay muncha omilaga oxshab fikr yurtasiz "studentka" botta bitta pradyusser korsatilgan xammasi shunaqa digan gap yogu. xayotta bundan battar Baxrom yoqubov nima boludi joxongir ri Andijonlik mexmon kinosi umuman yoqmadi indiski kinodan ogan kop joyini
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.