Фаришта аёл, камбағал бахти ёки бойлик ортиқча... FIKRiston
Ёқдими?
Бошқаларга хам кўрсатинг:
Бир неча кун аввал Россиянинг машхур "Пусть говорят" кўрсатувининг навбатдаги "Турецкий Гамбит" номли сони эфир юзини кўриб, миллионлаб одамларни қалбини ларзага солди.
Оналик мехри чегараси йўқлиги намоёнланган бу кўрсатувда аварияга учраб, тўшакка михланган рус йигитини Туркиялик аёл уйига олиб келиб парваришлаётгани ва унинг оёққа туришига умид билан унга Умут ( Умид) деб исм бергани хақида.
Аёлнинг ўз ўғиллари хам бу касал йигитга ўз яқинидан хам яқинроқ муносабатда. 4 йил аввалги Умутни кўринишидан бугунги кунни фарқини кўрсангиз ажабланасиз. Қилтириққина ўсмир семириб , 4 йилда йигит холатига келмоқда.
-Умутни онаси бир куни излаб келишини истасам, бошқа тарафдан истамайман. Агар оёққа туриб, мендан ўз оиласига кетса ва ортига хам қарамаса барибир уни яхши кўравераман. Бу жуда оғир...
Воқеалар ривожи янада таъсирли... Аёлнинг собиқ эри бу уйга энди шу йигитчани деб келади....
Бора бора воқеалар шу қадар кечадики...бир фильм дейсиз. Хар бирида туб маъно... Хаммаси негизга тақалади...
Умутни асраб олган аёл ўз онаси билан бир неча йил гаплашмаган, сабаби уни онаси эмас, бувиси катта қилган. Онаси билан учрашиш лавхалари хам кўрсатувга киритилган (онаси қизидан ёш кўринади тавба) Журналист қиз ўз қизини бағрига босишни айтса, у гапни буриб юборади. Қизи йиғлаб шу гапни айтади: "Қорнида олиб юрганмас, мехр бериб катта қилган аслида она экан, Умутга бўлган мехримни энди тушуняпсизми".. Биринчи маротаба онасига бор гапни айтиб олади. Нихоят онаси қизини бағрига босади.
Онаси Умутдан қутуилишини тавсия этган, лекин бу аёл ва унинг эри йигитчани дардини болаликдан ўзларида хис этишган, бири онасиз ўсди, иккинчиси хам етим бўлган. Ва хар иккиси бу йигитчага ўзлари сезган ёлғизликни раво кўра олмайди, шунинг учун ажралган бўлсалар хам, уларни Умут бирлаштириб турибди.
Кўрсатувни кузата туриб, ичимдан бир фикр ўтди: Мана шундай одамлар борки, хали Қиёмат келгани йўқ... Қизиғи,бироз ўтмай шу фикрни шу кўрсатувдаги бир аёл айтганида юзимга табассум югурди.
Аёл студияга кириб келганида одамлар унга тик туриб қарсак чалишди.
Кўзимга ёш келди маниям... одамлар ўз жигарига бундай қарамай "сиделка" ёллайдиган бир даврда бу лавха мениям қалбимни бир титратди. Қизиғи Гулсум (Умутни асраб олган аёл) аввал бой бўлган ва шифохонада қариндошига қараб турган пайти Умутни шифохонага келтиришган. Шу тобда у қизиқ иқрорлик билдиради: -Агар аввалги бой холатимда қариндошим касал бўлганида мен "сиделка" ёллаган бўлардим, лекин Умутни учратмаган бўлардимда.. тақдир.
Оллох бойликни биздан олиб қўйди ва Умутни синов сифатида берганини тушундим. Лекин бойлик ўрнига менга бахт берди!
Йўқ... тақдир эмас, мен бир вақтлар айтган гапим яна исботланди! Инсон бой бўлиб истаганига етишиб боравергач у бахтдан йироқлаша бошлайди. Энг қувноқ инсон барибир камбағал, энг мехрлиси хам ва энг тушунадигани хам. Нимагадир интилиб, ишониб харакат қилиб яшашдан катта бахт йўқ.
Бир сўз билан етказиб беришим қийин, ўзингиз бу кўрсатувни сонини кўринг:
INSONIYLIK ULMAYDI TUGRI:yaxshilikka kurnaklik qilish insonni uldiradi lekin BUZGUNCHILIK, IKKYUZLAMACHILIK, MAKRIZANLIK ,UZI PAS BULIB,YAXSHILIK QIGAN ODAMIGA NISBATAN PASHKASHLIK IPLOSLIK QILISH ,BU insoniylik imasss (iploslik kurnamklik ) faqat Yaxshi odamla juda kup. dunyoni mexr muxabbat ushlab turadi,odamlar ortasida mexr muxabbarbat borakan hali dunyo davom etadi.Ollox har narsaga qodir zott
Узини мусулмонман деб юрган хар кандай инсонни хам кулидан келавермайди бунака иш, койил илохим у дунёси обод булсин, жаннати аёл экан, хаммага урнак булгувчи оддийгина муслима аёл...
O`ylantiruvchi kichik voqealar… • … Do`konda bir bolakay non olish uchun tangalarni sanayapti. Yonida turgan katta yoshdagi qiz unga “Kinder” olib berdi va yana yigirmata nonga yetadigan pul ham berib ketdi. Bolakayning xursandligi cheksiz edi, ularning oilasida yetti kishi – yeguliklari ham yo`q ekan... • …Bir qiz internetda bir yigit bilan gaplashganda o`sha yigit uni uyiga borib unga azob berishini aytibdi. Qizning uchta kichik ukasi bor ekan. Ular opasining eshigi tagida bir hafta davomida qorovullab chiqishibdi, qo`llarida o`yinchoq qurol bilan. Begona odam kelib opalarini xafa qilmasligi uchun… • …Maktabda “Katta bo`lsam kim bo`laman” mavzusida insho yozishibdi. Yetti yoshli qizaloq “Katta bo`lsam vrach bo`laman va rakka qarshi dori o`ylab topaman” deb yozibdi. Undan nega deb so`rashganda hech bir ona rakdan o`lmasligi uchun degan ekan… • …Bir kishi 8 mart kuni onasiga gulni kuryer orqali berib yubormoqchi bo`libdi, do`konda u bilan yonma-yon gul sotib olgan 8 yashar bola gullarni qabristonga onasi uchun olganini eshitgan boyagi kishi gullarni o`z onasiga kuryer orqali emas – o`zi olib boradigan bo`libdi… • …Kichkina bolakay rakdan o`layotgan ekan. Oilasining qimmat operatsiyaga qurbi yetmabdi, shunda uning 8 yoshli opasi pul yig`adigan kopilkasini olib shifoxonaga boribdi va shifokorga “mo`jiza” uchun pullarini taklif qilibdi. Tasodifni qarang qizchani ko`z yoshlarini boshqa neyroxirurg ko`rib qolgan va ukasini bepul operatsiya qilgan ekan… • …Supermarket kassasi oldida bitta qog`ozpul yotganini ko`rdim. Qarasam bir kichkina qizaloq sekin kelib pulni oldida yugurib ketdi. Men o`zimcha kulib qo`ydim. Qizaloq esa o`sha pulni yolg`iz bolalar uchun yordam hayriya qutisiga tashladi. Kulganim uchun o`zim g`alati bo`lib ketdim… • …Bir qizdan qon kasalligini aniqlashgan. Unga faqat boshqa odamdan qon quyish yordam berar ekan. Oilasida esa bunday guruh faqat uning kichkina ukasida bor ekan. Bolakayga tushuntirishibdi agar sendan opangga olib qon quysak u tuzalib ketadi deb. Bolakay darrov rozi bo`libdi va narkoz qilishlaridan avval hammani yig`latgan savolni beribdi: “Man o`lsam qattiq og`rimaydimi?”. Bola undan hamma qonni opasiga olishadi va o`zini o`ladi deb o`ylagan va shundayam opasiga yordam berishga rozi bo`lgan ekan…
Sardoraka Øzbekiston kanalidan bir körsatuv böldi, bir odamni 3ta ögli bor ekan 3lasi xam Boy, katta katta magazinlari bor, tadbirkor. Otasi esa nogiron xassada yurib özi yolgiz yawaydi ekan. Ögilar ular oyiga xar bir 10mingdan 3lasi 30ming beriwadi. Otasi 200ming nafaqa oladi ekan. Otasi menga 50mingdan aliment bersin deb sudga beribdi. Ögilar 3lasi xam biz bermaymiz otamizga bir oyga 200ming nafaqasi va biz bergan 30ming söm yetadi deb bemalol gapiriwyabdi. Uni körib Xayron bölib qoldim. Sud Qaror otasini xisobiga xal QILDI. O'gilar wu paytda otasiga Qaragan Nigoxini körsez, duwmanlar xam bir biriga bunaqa qarimidi. . Wunaqa farzanddan it yaxwi. Nima dedilar
Ona mehri hamma narsani yenga olishini yana birbor guvohi bo'lyapmiz, Hudoyim bu bilan ona mehri nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib qo'yyapti, boshim oyog'lariga tekkuncha kattadan katta ta'zim qilaman man mana shu GulSum ayamizga....!!!!!! Iloyim umurlari uzun, baxtlari keng bo'lsin inshaAlloh...
Ko'p narsadan bilib bilmasdan noshukurlik qilamiz...
Emg katta boyligimiz bu: Sog'liq va yaqinlar mexri...qolgani yarim tiyin...
BUZGUNCHILIK, IKKYUZLAMACHILIK, MAKRIZANLIK ,UZI PAS BULIB,YAXSHILIK QIGAN ODAMIGA NISBATAN
PASHKASHLIK IPLOSLIK QILISH ,BU insoniylik imasss (iploslik kurnamklik ) faqat
Yaxshi odamla juda kup. dunyoni mexr muxabbat ushlab turadi,odamlar ortasida mexr muxabbarbat borakan hali dunyo davom etadi.Ollox har narsaga qodir zott
Do`konda bir bolakay non olish uchun
tangalarni sanayapti. Yonida turgan
katta yoshdagi qiz unga “Kinder” olib
berdi va yana yigirmata nonga
yetadigan pul ham berib ketdi. Bolakayning xursandligi cheksiz edi,
ularning oilasida yetti kishi –
yeguliklari ham yo`q ekan... • …Bir qiz
internetda bir yigit bilan gaplashganda
o`sha yigit uni uyiga borib unga azob
berishini aytibdi. Qizning uchta kichik ukasi bor ekan. Ular opasining eshigi
tagida bir hafta davomida qorovullab
chiqishibdi, qo`llarida o`yinchoq qurol
bilan. Begona odam kelib opalarini
xafa qilmasligi uchun… • …Maktabda
“Katta bo`lsam kim bo`laman” mavzusida insho yozishibdi. Yetti
yoshli qizaloq “Katta bo`lsam vrach
bo`laman va rakka qarshi dori o`ylab
topaman” deb yozibdi. Undan nega
deb so`rashganda hech bir ona
rakdan o`lmasligi uchun degan ekan… • …Bir kishi 8 mart kuni onasiga gulni
kuryer orqali berib yubormoqchi
bo`libdi, do`konda u bilan yonma-yon
gul sotib olgan 8 yashar bola gullarni
qabristonga onasi uchun olganini
eshitgan boyagi kishi gullarni o`z onasiga kuryer orqali emas – o`zi olib
boradigan bo`libdi… • …Kichkina
bolakay rakdan o`layotgan ekan.
Oilasining qimmat operatsiyaga qurbi
yetmabdi, shunda uning 8 yoshli opasi
pul yig`adigan kopilkasini olib shifoxonaga boribdi va shifokorga
“mo`jiza” uchun pullarini taklif qilibdi.
Tasodifni qarang qizchani ko`z
yoshlarini boshqa neyroxirurg ko`rib
qolgan va ukasini bepul operatsiya
qilgan ekan… • …Supermarket kassasi oldida bitta qog`ozpul yotganini
ko`rdim. Qarasam bir kichkina qizaloq
sekin kelib pulni oldida yugurib ketdi.
Men o`zimcha kulib qo`ydim. Qizaloq
esa o`sha pulni yolg`iz bolalar uchun
yordam hayriya qutisiga tashladi. Kulganim uchun o`zim g`alati bo`lib
ketdim… • …Bir qizdan qon kasalligini
aniqlashgan. Unga faqat boshqa
odamdan qon quyish yordam berar
ekan. Oilasida esa bunday guruh faqat
uning kichkina ukasida bor ekan. Bolakayga tushuntirishibdi agar
sendan opangga olib qon quysak u
tuzalib ketadi deb. Bolakay darrov rozi
bo`libdi va narkoz qilishlaridan avval
hammani yig`latgan savolni beribdi:
“Man o`lsam qattiq og`rimaydimi?”. Bola undan hamma qonni opasiga
olishadi va o`zini o`ladi deb o`ylagan
va shundayam opasiga yordam
berishga rozi bo`lgan ekan…
Сардор ака, раҳмат!
Ота-оналаримизни қадрига етайлик..