Атрофни кузатаману хайрон бўламан... Негадир касал бўлса халиям аввал домлага чопиб, дабдала холатига келганида шифокорга мурожаат қиладиганлар хануз топилади.
Нечта ўлимдан хабарим бор...айнан шифокорга мурожаат қилмай домлама домла юраверишган...
Ўлганидан кейин ёрдириб нимадан ўлганини билгунча, тириклигида ташхсисга олиб борсангчи! Ўша домланг ё табибинг аниқ ташхис қўйиб даволаган бўлса, нега ўлигини шифокорга қаратасан эй?
Ғалати инсонлар... Қизиғи кам эмас.
Аксар холатларда стандарт кечадиган касалликлар эмас, кам учрайдиган касалликлар билан боғлиқ бўлади бу табибма табиб гастроль мавсуми. "Ха, энам ундай қиганди, додам бундай деганди", "Қўйникини кес, буриникини топ" билан қарабсанки, олдини олиш мумкин бўлган касаллик билан етиб боргани жанозагача.
Бир танишим токсик ичимлик ичиб юбориб "томи кетиб" рухлар билан конференцияни йўлга қўйиб юборибди... Тавба, оддий элементар нарсаку, бориб токсикологияга кўрсат, ичинию қонини ювдир ўрнига, қўй сўйилган, "Бўйнига олсин, одамлари қўймаяпти" ва хоказо...
Халиги танишимми эса "томидан уже чакка ўтиб" , энди буюмлар билан хам мулоқотни йўлга қўйворди.
Гапирсанг "билмайсан аралашма, тушимга бувим кирди",чилтонламией нималадурмией...."Одамлариям" кутиб турганаканде бирбало ичворишини...
Ман хислат ва илохий нарсаларни хеч қачон инкор этмаганман. Қарашларим атеизм эмас, аммо, фикримча хар нарсани ўз босқичлари билан қараш ва элементар холатларидан келиб чиққан холда иш тутиш керак.
Аввал шифокорга бор, таъсир қилмаса унда домлага.
Эскича нарсалар мураккаб, уларга дархол юз тутиш шартмас, рухият олами майнавозчиликмаску, физиологик касалликлар барибир эскича олдида содда ва оддий нарсалар, шунинг учун оддийси билан иш тутиб, жиддийсигача олиб борилмаса дейман.
Сиз нима дейсиз? Бу мавзуда нималарга хаётингизда тўқнаш келгансиз? Бўлишамиз.
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
Wifokorlarga keladgan bolsak, bitta tawxis qoyiw uchun qon-analiz topwiriw, yana wifokorning galati savollariga beriwga toqatim yo'q.
Man koproq kasal bolmaslikka harakat qilaman. Kasal bolsam ham, dori-ukollar bn davolab boladigan kasal bolaman... :-)))
------------------------------------------------------------------
5 nodirhon (Бугун 19:10) Shunaqa eskicha , domla degan narsalarga men oldin unchalik ishonmas edim lekin bunda 2 yil oldin qaynimni uylantirdik . U judayam aqlli bola , yaxshi honadonni qizini kelin qildik. Ular juda inoq edi lekin ovsinim 3 haftadan keyin uzini judayam yomon his qila boshladi. U nuqul ukirib yiglar. , itlar meni quvlayapti deb baqirar , meni kimdir tomoqimdan bogyapti der edi Bundan hammamiz havotirga tushib doktorga aniqrogi bir necha doktorlarga murojat qildik . Hammasi tekshiradida hech qanday kasallik alomatlari yuq u sopa soglom deyishdi. Keyin ovsinimning oyisiga bir tanishi eskicha qiling debdi. Uni bir necha domlalarga kursatdik chunki hech qaysi domla va oyalar uni tuzata olishmadi. Bir domla aytganmushki uni oyoqidan 7 qabrga tortilgan buni davolash uchun yillar kerak deganmish. Hammamiz siqilib kettik ayniqsa oyijon bilan qaynim. Mana 2 yildirki ovsinim uyida bizni uyimizdan qurqadi.Nuqul yiglab oyijondan kechirim suraydi man ataylab qilayotganim yuq deb. Uni yaxshi bulib ketishini kutib duo qilyapmiz. Bularni yozishimdan maqsad birortangizda shunaqa tanish holatlar bulganmi yoki eshitganmisizlar yana nima qilishimiz mumkin ovsinimni tuzalishi uchun maslahatingiz kerak judayam
Источник: http://www.sayyod.uz/news....18-2953
--------------------------------------------------------------------------------- --------------------------------
Bek yozganlariyam tugri lekin mani uzim shaxsan guvoxi bulganim bundan 3-4 oycha oldin qishni qahratoni edi,qaynotam uyida utirardi uzini xonasida utirishni yoqtirardi televizor kurib yotardi, keyin uzidan uzi g'alati odat chiqara boshladi uzi bilan uzi gaplashardi. bu holat kup arog ichishidan buldi chunki oxirgi payt kup ichardi usha shaytonni suvini...keyin bir kuni tunda uzi bilan uzi gaplashib chiqip ketipti kuchaga, tel qilsak kimnimalar deydi gapiga tushunib bulmiydi kegin aldab uyga chaqirib oldik,, oxiri folbinga kursatishga majbur buldik va eskicha qildik folbin aytishicha uni parilar uydan olib chiqib ketgan va yuldan urgan,, kegin mullaga uqitvorib 2-3 marta uyida momo oshi qib berdik va xudoga shkur shundan sung uziga keldi.. jin urgan deyishdi jin haydaydigan domlagaham oborib uqitdik shundan sung tuzalib ketdi..
Endi to`ri lekin har xil vaziyat bo`ladi. Agar qanaqadir sabab bilan kasal bo`gan bo`sa, masalan Sayyodni tanishlariga o`xshab, birinchi doctorga oborish kere. Xudo asrasin, lekin masalan avariya bo`gan odamni yugurtirib domlaga obortirilmidiyu. Shunga o`xshashde. A lekin!!! Qanchadan qancha opiratsiya diyilgan kasallani domlala duola bilan, tabibla o`sha o`zini qanaqadir bilgan dori-o`tlari bilanam davolashadi. Mana shundo Ibn Sinoyam shu yo`llani tutganla. Nma bo`gandayam ixlos bilan qilish kere hamma ishni. Masalan "ko`z" dgan narsa bor, har xil ins-jinsla. Buladan saqlanish uchun inson o`ziyam pok va ibodatda bo`lishi kere. O`sha domla o`qidigan duolani hammamiz o`zimiz o`qib yursek bo`ladi. Duo - eng yaxshi qalqon, duoga shak yo`q. Ana o`shanda doktor, tabiblagayam kamro borarmidik!