6-июль куни ярим тунда Тошкентдаги афсуски суратга олиш павильонига айланиб бўлган машхур ва хашаматли Миничь студиясида Ботир Қодировнинг "Эй дўстим" деган қўшиғига клип суратга олиш ишлари бўлиб ўтди. Ёдингизда бўлса, Феруза Жуманиёзова таваллуд айёмидан видео тақдим этганимизда (манбаа), у ерда Ботир шу қўшиқни эксклюзив равишда жонли тарзда куйлагани бор эди.
Ботир Қодиров Хонандалар ичида турли тадбирларда ўзиям, янгиликларию ижод намуналари хам жудаям камнамолиги билан ажралиб турадиган Ботир сўнгги пайтлар ижод ва промода жўшқин эканлигини сезяпмиз.
Бироз аввал "Жим туринг" қўшиғи ва унга ишланган клип тақдим этилгач, у хануз оммалашаётганига қарамай Ботирдан яна янги қўшиқ ва клип....Буёғи эса концертга харакат!
Барчаси атиги 17-минутлик видеога мухрланган бўлиб, унда Ботир Қодировнинг концерти шу йили ноябрь ойига мўлжалланаётгани , хамда қолган қизиқ маълумотларни Ботирни ўзидан ва ижодий жамоасидан олинган видеоинтервьюдан билиб оласиз.
Сайтимизнинг қитмирроқ, бироқ реалистик фишкаси бўлган "КАДР ОРТИДА" лавхалари ушбу видеода хам албаааатта мавжуд! Бусиз иложи йўқку.
Машхурларни "маскасиз" (ниқобсиз) ўз борича реалистик тарзда мухлис олдида намоён қиладиган КАДР ОРТИДА лавхаларида сирли-сирли, маъноли-маъноли топишмоқлар мавжуд))
Botir Kodirov ovozida Sherali Juraev nafasi va marhum san'atkor Nuriddin Haydarov ohangi mujassamlashganga uhshaydi. Bu bilan uning uziga hos yuli belgilanadi, hakikiy erkakcha ijro(agar shunday deb aytish mumkin bulsa). Uning kuchli avjlari inson ruhiyatini yuksaklarga kutaradi guyo... Tasanno...
Botir Qodirov ijodini juda hurmat qilaman.Uz sozi,uzgacha insonni tortuvchi shirali ovozi bor.Qushiqlari ham mazmunli.Chin dildan ijodini yuksalishini,uzbek san'atida uchmas bir iz qoldirishini istayman.Albatta mehnat.mehnat,mehnat,izlanish va intilish bulsa,san'atda yuqori chuqqilarga chiqishi shubhasiz ...Intilganga tole yor...Ijoddan charchamang,omad yor bulsin!!!
Botir ijrosida bundan 3 yillar oldin ijro etilgan "Ona" kushigi uzininig originalligi, goyat hayotiy ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Onalarimiz hakida minglab kushiklar eshitganman, lekin bu kabi kuchli va hammabopini eshitmagandim...Kushikni kiyosini topolmadim...Guyoki mening dardimni kuylagandek, mening tilimdan aytgandek....yuz minglab boshka muhlislar ham shunday fikrdalar...Kamtarin san'atkorimizga yangi omadlar yor bulsin...
10MICHAEL JOHN (New York)(08-Июл-2015 16:54)
[Материал]
Botir Kodirovning muhlislari Amerikadayam juda kup. Uning ovozi ulkan Niagara sharshara "shovkini"ga uhshaydi. Doimiy va guldurosli, yokimli....kishi ruhiyatini barkarorlashtiradi... ezgulikka etaklaydi..Uzbek kushikchilik san'atida bagoyat yorkin yulduz paydo bulmokda, sunmasin ushbu yulduz....
Мне очень нравится его творчество, особенно его последняя песня Жим туринг на стихи Чулпана. Только жалко, что в клипе задействована эта метелка Паризода. Песня точно не про нее.
Botir Qodirovni ijodini sevaman, ishlariga faqatgina omad tilab qolaman. Bu quchiq bomba bulishi aniq, koncertlarini har yili kutar edik, nasib shu yili koncertiga kiramiz.
Bugungi uzbek kushikchilik can'ati yoshlarning tarbiya maskaniga aylanib kolganligi endi hech kimga sir emas. Shu jihatdan olib karagandayam "Sayyod.com"ning olib borayotgan faoliyati taksinga sazovordir. Saytdagi utkir va ochik munozarali makolalar har bir muhlisgayam, kushikchigayam ta'sir etmay kolmaydi. Sardorning dolzarb makolalari hozirgi davrning muhim ma'naviy-ahlokiy masalalarini urtaga tashlaydi. Uning tankidiy chikishlari hech kimga malol kelmaydi, aksincha uzini hatolarini tuzatishga yunaltiradi. Sardor alohida shahslar uchun his tuygularga berilmaydi, unga halollik va tugrilik asosiy mezondir. Uning uslubi mutlako yangichaligi bilan yoshlar ongiga ijobiy ta'sir kursatadi. Omad, "Sayyod.com"...Botir Kodirovning ijodi esa barcha san'atkorlar uchun ibrat bula oladi
Nimaga mytube dan videoni k6romayamman. Uje 5-6 video bu. Kirib k6rmoxchi b6sam, format t6g'ri kemayapti yoki server db yozvoti. Buni kak xal qsam b6ladi. Yordam bervorila...
M. Rahimning Sayyod com borasidagi fikrlarini qullab-quvvatlayman.Kuz tegmasin shu Sardorga deb uylayman doim.Bu yigit Uzbek jurnalistikasining bir shansi,ulkan yutugi,fikrlari teran va utkir,qalami haqiqatdan nayzali...Afsuski kuraolmaydiganlar,hushomadguy va qurqoqlar uni tan olishni istamaydi.Chunki ularning qalbi uhlagan,jonsiz...Ammo men Uzbek shou- biznesining rivojlanishi va targibotida Sayyod. Comning urni beqiyos va betakror deb uylayman.Chunki u doim haqiqatni ochiq- oydin yuziga aytadi,qushiqchilarning kamchiliklarini keng ommaga ruy-rost yoritadi.Oddiy bizga uhshagan shinavandalar bilan poylashadi.Hushomad deb uylamang,men shahsan dilimdan kechirganlarimni yozdim holos,Aslida Sardorni shahsan tanimayman,Batanimdan yiroqda taqdir taqozosi bilan kelib qolgan,umr buyi jurnalist bulishni orzu qilgan ,uzbek san'atini jonu-dilidan suygan bir insonman!Sardor ukamga ijodiy faoliyatda yanada teran fikrli nayzalar!!!
BOTIR QODIROVGA UXSHAGAN SANATKORLAR UZBDA SANOQLI . OKAMIZ JUDA HAM BIR TO'G'RI YO'LDA KETVOTTILAR . MANIMCHA QUSHIQLARINI XALQ 30 40 50 YILDAN KEYIN HAM SEVIB TINGLAYDI
Afsus manda ham homiy bulganda balki man ham orzuyimga yetarmidim avvalo xudo peshonamga yozilgan bulsa homiy ham keremasdur lekin bir umr orzu qilib utsam kere sahnada turib xalqqa xizmat qilishni....
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.