O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz
yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida
05.12.2011 23:03
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga
muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagi
mahkumlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida ko‘rsatilgan
cheklashlarni hisobga olgan holda):
a) ayollar;
b) jinoyat sodir
etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshdan
oshgan erkaklar;
g) chet davlat
fuqarolari.
2. Ehtiyotsizlik
orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi
marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
3. Birinchi va
ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir
yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga
to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar
(javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini
sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
4. Ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati ikki yildan
ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga
kirgan mahkumlar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam
o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
5. Taqiqlangan tashkilotlar
faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki
jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta
ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar
jazodan ozod qilinsin.
6. Ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunga o‘talmay
qolgan jazo muddati uch yildan kam bo‘lgan shaxslar manzil-koloniyaga
o‘tkazilsin.
7. Ushbu Qarorning
1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
to‘g‘risidagi barcha ishlar tugatilsin.
8. Tatbiq
etilmasin:
a) ushbu Qarorning
amal qilishi – uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm
qilingan; o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida
jinoyat sodir etgan; jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan
shaxslarga; shuningdek o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum
qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
b) ushbu Qaror
1-bandining amal qilishi – o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga;
v) ushbu Qaror
1-4, 6 va 7-bandlarining amal qilishi – taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi
ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat
xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarga;
g) ushbu Qaror
4-6-bandlarining amal qilishi – muqaddam amnistiya bo‘yicha jazodan ozod
bo‘lgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.
9. Senatning
tegishli qo‘mita va komissiyalari ushbu amnistiya akti qo‘llanilishi
tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga
oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.
10. Ushbu Qaror
amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu Qaror e’lon
qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi
lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov
Toshkent shahri, 2011
yil 5 dekabr.
uza.uz
Бўлим: Yangiliklar | Чоп этди: Sayyod |
| |||||||||||
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |