O‘zA, 20.07.2011 16:42
"Toshkent” seysmik stansiyasining ma’lumotiga ko‘ra, 2011 yil 20 iyul tungi soat 00.35da mamlakatimiz hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila episentri Toshkent shahridan 235 kilometr uzoqlikda, janubi-sharqiy yo‘nalishda, Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, u yerda yer silkinish magnitudasi 6,5-7,0 ballni tashkil etgan.
Yerning silkinish kuchi Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 5 ball, Namangan viloyatida 4 ball, Toshkent shahrida esa 5 ball darajasida qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok bo‘lgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning topshirig‘iga binoan respublika hukumati tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, jabr ko‘rganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz rahbariyati zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
Yaratganning o'zi barchamizni o't balosi, suv balosi, yer balosi va tuhmat balosidan asrasin!