Интернет оламида мегапаника! Войдот 21 май куни капец хаммаёқ охири замон деб русийзабон сайтлар айюханнос солмоқда. Ўзи хамма ғалати паникалар ўша тарафлардан чиқади. Қизиғи бу хам эмас.
Ўзбек ёшларимиз интернет оламидаги паникаларини кўрсангиз эххеееей. Мани ўзимдан қанча одам розилик сўравордия. Одноклассникдаги гаплардан АҚШда бўлган ёшларимиз Ўзбекистонга 21чигача улгуриш учун роса чипталар излашибди. Учиб келганлар хам бўлибди.
Тавба бошқа пайт хотини эрга тегиб кетсаям, оиласида кимдур ўлиб қолса хам келмайдиганлар бир паникани деб қайтса. Худди келгани билан нимадир ўзгаради.
Бир танишим кўчада юрибди камера кўтариб, охир замонни ёзиб оламан дейди содда. Хўп, кимгааааа?))) Охири замон бўлса кейин уни ким кўрарди?))))))
Бир ер қимирлаганда дарахтга чиқиш тавсия этилганди. Бугун 21 май куни дарахтгаям тоққаям чиқишни маслахат бермайман. Чунки бу кун ўтгач қандай қилиб бу ақлли калладан шохлар ўсиб маъраб юбормаганингизга ўзингиз хайрон қоласиз. Маънони тушунгандирсиз. Бир икки ахмоқ пиар учун Нострадамов Вангабек бўлган бўлса хамма ёппасига қўй бўлиши шарт эмас.
Нима бўлса хам хаммаси Аллохдан. Хар бир бошнинг охири бор. Буни олдиндан билганимиз билан хам хеч нарсани ўзгартира олмаймиз. Биламан, хозир ақлликлар изохда ёзиши мумкин, ўзгартирса бўлади тавба қилсин, намоз ўқисин ва хоказо. Эх башарият, агар шу пайтгача ўзида бўлмай қилмаган нарсани охир замон паникаси учун қилгани тўғримикан? Ўтармикан? Аслида эрта индин эмас, хар бир минут секундда хам қиёмат бўлиши мумкин. Бугун кўчага чиқиб кетаётиб уйга тирик қайтаман деб ишонч билан айта олмайсиз. Фақат хозир шу онда хаётим тугаса нимам билан қолдим? Нимам билан бораман? Нима қолдириб кетяпман? деган саволларни кўпроқ берсак паникёр хабарларни хам кераги йўқ. Шу саволларни ўринли жавоблар билан харакатда жавоб бериб борсак бўлгани. Шу саволларга хотиржам жавобингиз бўлгандагина бундай хабарлардан типирчилаб қолмайсиз.
Хуллас бошланган нарсани давомлаб турайлик, уёғи бир гап бўлар.
Hudoni uzi asrasin nima ham derdik peshanaga yozilganini koramiz 2002da ohiri zamon boladi digan gap chiquvdi.Nima bolgan taqdirda ham hammasi OLLOHDAN
EH odamlar nimalarni uylabtopishmaydiye va shunga uzlarini ishontirishadi Olloh bilguchi qachon buladi ohir zamon va qiyomat hattoki jon oluvchi azroil farishta bilmaydiku hozir kimni jonini olishni olloh amr qiladi va kiyuin biladi va oladi kiyin sur chalinish vaqtiniyam sur chaladigan farishta bilmaydi va qiyomatni qachon bulishi yolg'iz ollohimga ayon tavba qililar bunaqangi narsalarga ishonib shirk kiltirib gunohkor bulyapsizlar ollohim uzi kichirsin
Vuxaxa òlib qolaman Sayyodni gaplariga tòxtab kulaman kamera olib yurgan zòr chiqibdida bu vaxima xar yili bir bor òrganib qoganman shunaqa vaximalarga aytishversa yog'e xaaa deb fantastika eshtiiib òtiraman
Э мусулмон одам билиши керак, киёмат кунини Оллохдан бошка хеч ким билмайди ва яна Куръонда ва хадисларда айтилишича, киёматни одамларни узи якинлаштиради, яъни амаллари билан. Хамма диний китоблада киёматни белгилари келтирилган, шу нарсала амалга оша бошласа киёмат булади. Перед смертью не недышешься, диганде, эртага уласан ё киёмат булади, диса намоз укиб, руза тутиб, садака бериб узича яна канакадур савобла килишга югурмасдан, шу амаллани худди эртага уладиганде доимий киб юрвур, ким халакит кивотти? Шунда хаммада у дунёга опкетишчун савобла йигилиб колади. Савоб ишни хар кун килиш кере, савоб ишни хар ким килиш кере. э укимаганла
«Сендан соат (қиёмат) қачон собит бўлиши ҳақида сўрарлар. Сен: «Унинг илми фақат Роббим ҳузуридадир. Уни фақат Ўзигина зоҳир қиладир. У, осмонлару ерда оғир иш бўлади. Сизларга фақат тўсатдан келадир», деб айт. Худди сен уни билишинг керакдек, сендан сўрарлар. Сен: «Унинг илми фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир. Лекин кўп одамлар билмаслар», деб айт» («Аъроф» сураси) menimcha ortiqcha izohning keragi bo'lmasa kerak Allohing O'zi ochiq oydin marhamat qilgan 14 asr oldin aytgancha Bizning dinda Qiyomat qachon bo'lishi haqida emas Qiyomatga tayyorgarlik ko'rish haqida qayg'uriladi
Ha manham bu malumotni eshitgandim lekin 2011 yildamas 2012 yilda deb eshitgandim . Lekin ishonish qiyin hudo quronda yozmagan narsani qando qilib bandasi biladi lol ??
a Man eshitudimki bu narsa 2012-yil 21-dekabrda osmondan nimadur tusharkan i usha kuni qiyomat bo'larkan. 2012 dgan kinoyam chiqganu ko'rgan bo'sela.... Lekin faqat Alloh biladi qachon, qanaqa payt qiyomat bo'lishini. O'zicha odamla oldindan fol ochib tashashvotti. :(..... Undan ko'ra ibodatini qisachi.....
Vanga kim?U ham oddiy bir banda.Oldindan nima bo'lish bo'lmasligini biladigan zot u yaratgan egam.Ungagina ayon hamma bo'ladgan voqeayu hodisalar.Qancha qancha insonlar kecha bir birlaridan rozi rizochilik surashdi.Olamni yaratgan Alloh.Uni egasi ham Alloh.Hammasi uni qulida.Yaratganga hamd sanolar bo'lsin.
bo'magan gap bu albatta amerikanslani sotvolingan xazili nme kere bor bunaqa panikani ko'tarish? chunib bo'midi... balkim ula shunaqa hazillari bn odamlani cho'chitib ertalab yengil uyg'onishardur.
.Qiyomat qachon bo'lishini faqat yaratgan egam bilguvchidir. qiyomatgacha savvoblarning sonini namozlarning sonini ko'paytiraylik azizlarim. Bir-birlarimizga mehrubon bo'laylik. Iymon etiqodi yuksak insonlardan bo'laylik. zora gunohlarimiz kamayib qolsa. be ayb parvardigor. Olloh pandasini sevuvchi zotdir. U chin dildan qilgan tovbani namozni dargohiga qabul qilgay. Payg'ambarimiz MUHAMMAD (S.A.V) sevuvchi bandalaridan bo'lish sizu bizlarga nasib etsin. ASSALOMU ALYKUM VA RAHMATULLOHO VA BARAKOTU.
Balki qiyomat bo'lmasdiru, ammo Amerika suv tagida qolishi ((aniq) yana Olloh biladi) mumkin. Biz musulmonlardi bu habarlar qo'rqitmeydi. Qiyomatdan be habar g'ayridinlardi ishi.
Eee Odamzod. Ayrimlar bo'lmagan Panikalarga iwnib, hama choralarni ham ko'rganlar bor, Bir Do'stim tel qilib mandan uzr so'ravotti, Nimaga deb so'rasam Ertaga oxirgi zamon emish, Agar mendan biror narsa o'tgan bo'lsa mani ke4ir deb mandan uzr so'ravotti, Man unga Do'stim man sandan nima ke4iraman, Lekin sani bu gapingdan sandan xafa bo'ldim deb javob berdim, U bo'lmagan gaplarga iwonib o'zligicha choralar ko'rvotti. Buni hammasi Ollohdan. Bu gapni aytgan inson bu gapni topgan inson Ollohga Shak keltirgan bo'ladi. Buni hammasi yagona Ollohdan.
xex tovbaaa, Amerikani rivojlangan diymiza-yu shu ong, va yana bir nimalarda xaliyam qoloq. Manam ishxonagam borsam yoshi kotta odamla shuni obsujdat qilib o'tirishibdi. Keyin bitta kotta rejisser mani oldimga kelib "Anvar 21-da o'lib ketarkanmiz Amerikda shunaqa diyishibdi shu xabarni manga trnetindan topib ber" disa bo'ladimi.
bu o`zi amerika hamma narsani ihtiro qiladi i o`ziga qarshi bo`ladi. I keyin tagin bitta narsa oynani kuydirib osmonga qaramela baribir hech narsa ko`rinmidi. Ko`rinsa ham quyoshdi ko`rasla.
Avvalo hammasi Allohdan,men ham rossiya telekanalidan eshtddm yaqnda,2012 yilda deb notugri hisoblashishgan ekan,bu narsa yana qaytadan hisoblab kurilsa 2036 yilga tugri kebdi.Olovli metiorit yer shariga urilarkan.Alloh asrasin hammamizni!!!
prosto mish mish gap bilan aqilli odamlar pul kilgan (kino, gazeta ....) a soda odamlar isa videocamera kutarib chikkan kuchaga bir ohiri dunyoni suratga olay deb \ hahahaaa
Quron bo'yicha oladigon bo'lsak, hali Quronda yozilgan kunlardi hammasini ko'rganimiz yo'q, ko'rmeylik ham. U kunlarldi Olloh, bizdi zamonimizga keltirmasin ham. Har bir o'tirib turganimizda, Hudodan shuni so'rashimiz va duo qilishimiz kerak. Ortiqcha koment qoldirishdi hohlameyman, chunki Ollohga ... keltirib qo'yishim va bu yerda menga ortiqcha javob yozib, asabga tegishlari mumkin. Musulmonlar ortiqcha sarosimaga tushmeylar, qolaversa bugun shanbe, juma kuni e'mas. Shundaqa habarlardi e'shitkandan keyin, uyda doim ibodatda bo'lish kerak.
Man uzi bu gapni O'zbekistonliklardan eshitdim havarim yuq edi O'zim amerikada bo'lsam ham boshida ishonmadim kiyin videosini kursam odamla vapshe plakatla qilip kutarishdi manqurdim O'zim uchun emas bolam ota onam uchun yaqinlarim uchun qurdim . mana 21 may Amerikada ertalab 6:20 am Ollohga shukur tirikmiza hudo hech qachon olish yoki olmasligini malum qilip aytmagan hammasi uning qo'lida Yerimizda hamisha tinchlik osoishtalik va asosiysi hama ahil yashasin
ey insonla munaqa bo'xtonlani tarqatishga uyalmisilami bu narsa yani qiyomat,oxirgi zamon digan gaplani gapirishga sal extiyot bo'lish kere.bu ga[plarim shu gapi tarqatgan axmoq aqlsiz odamlaga tegishli.Xatto payg'ambarimizam qiyomat saotini bilmaganla yolg'iz tangriga ayon diganla nimasi bu? payg'ambar bilmagan narsani biza odamla o'zimizcha xal qisak kimmiz biza o'zimizcha fatvo beradigan kim etgan va tarqatgan bo'sa Olloxdan uzr so'rasin tavba qisin zora parvardigor kechirsa.
Xammasiga avvalo XUDO ertaga nima bo`lishini yolg`iz OLLOX biladi. Vangasi xam Nastradamusi xam olloxdan oldin etib beromidi nima bo`lishini. bu bashoratchilani gapi ertakdan boshqa xech narsa emas. SAYYOD etgan gaplariga qo`shilaman. Sardor aka omad sizga.
я тоже ЛОЛ, и Noz@ ёзган фикрларига кушиламан. А в США реальная паника людей)))) Хотя кто знает что там происходит))) Америка- Мир реальная фантастика. Факат JOKING маъносини билмадим, шунака сузлани переводи б-н ёзсала яхши буларди, ЖУДАЯМ КИЗИК.
Astag'firulloh!Hozir saytga kirib o'qidim shunaqa gaplarni!Asosan dunyo habarlari uchun BBC ni kuzatib boraman,biror gap yuq edi,qayoqdan olishdi.Germaniyada biror kishining reactionini ham kurmadim.Safsata!
Ertaga bilishadi o'sha Amerikadan bilet olganlar-u kameraga suratga tushirganlar o'zini axmoq ekanini. Xech qaysi Mo'min-Musilmon va Muslimani qalbidan iymoni tark etmasin. Allox xammamizni o'z panoxida saqlasin! hUMOYUn (Rossiyadan)
Assalomu aleykum hammaga, Alloh yana bir kunni bizga hadya etti. uziga beadat shukurrlar hamdu sanolar bulsin, har kuni ertalab shukur qilaylik. Berguvchida Alloh olguvchida Alloh biz unikimiz va unga qaytamiz..... GAPİRSA GAP KUP.
Ohirgi zamon faqat Ollojga ayon.Qachon qaysi vaqt bo`lishini hech kim bilmiydi.Hali qalbimizda Olloh bor,ula xristian Ollohga unchalik ishonishmiydi o`shaniy uchun og`ziga kelgan gapni bosuviradi.Ula oddiy bir gap OLLOH TUG`ILMAGAN,TUG`MAGAN degan gapni bilishmiydi.Ula uchun Iso payg`ambar Ollohning o`g`limish.Bo`lmagan gap Iso payg`ambar bu payg`ambar Ollohning o`g`li emas.Xristian dinda bo`lgan davlatlada har xil balola bo`lib yotibdi u ham oxirgi zamondan kam emas.Musulmon davlatlada tinchlik chunki qalbimizda doimo OLLOH.Ollohga ishonganla har doim OLLOH panoxida bo`ladi
«(Эй инсон), ўзинг аниқ билмаган нарсага эргашма. Чунки қулоқ, кўз, дил – буларнинг барчаси тўғрисида (ҳар бир инсон) масъул бўлур (яъни, эшитган, кўрган ва ишонган ҳар бир нарсаси учун киши қиёмат кунида жавоб беради)» (Ал-Исро сураси, 36). Аллоҳу аълам.«(У зот) ғайбни билгувчидир. Бас, Ўз ғайбидан бирон кимсани огоҳ қилмас. Фақат Ўзи рози бўлган пайғамбарнигина (Ўзининг ғайбидаги сир-асрорининг айримларидан огоҳ этар)» (Жин сураси, 26–27). _____________________________________ hayronmang odamlargayam. Nahotki qayerda yo'q folbinlarning gapiga ishonib yurishadi.Musulmonlarning ham bular orasida borligiga faqat va faqat achinadi odam...
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.