Бош сахифа » 2011 » Август » 26 » 2011 йил "Шухрат", "Хизмат кўрсатган", "Жасорат" ва бошқа мукофотлари!
03:37
2011 йил "Шухрат", "Хизмат кўрсатган", "Жасорат" ва бошқа мукофотлари!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
24.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni


Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

"O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Norxo‘jayev Nadim Qodirovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi mudiri, kompozitor

G‘ulomov Najmiddin – "O‘zbekfilm” kinostudiyasi postanovkachi-operatori

"O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”

Ayupov Shavkat Abdullayevich – O‘zFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti direktori

"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”

Ibrohimova Malika Malikovna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Yo‘lliyev Shamsi Jumanazarovich – Buxoro viloyat musiqali drama teatri aktyori

Mansurxo‘jayeva Saida Saydirasulovna – "O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli raqqosasi

"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Abdullayev Yetmishboy Qurbonnazarovich – Xorazm viloyati, Yangiariq tumani Ostona qishloq madaniyat uyi badiiy rahbari, baxshi

"O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”

Musajonov Farhod – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

"O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Rahmatullayev Anvar Abrorovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh

"O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”

Valiyev Qahramon Karimovich – Xalq san’ati ustalari "Ustozoda” unitar korxonasi yog‘och o‘ymakori

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”

Yokubova Dildora Murodovna – "O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli raqqosasi

Qoraboyev Sa’dulla O‘lmasovich – Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Vasilyev Oleg Anatolyevich- O‘zbekiston akademik rus drama teatri aktyori

Nosirova Gulchehra Hakimovna – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori

Otemuratov Maxsetbay Keunimjayevich – "Ayqulash julduzlari” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli rahbari, xonanda

Hamroqulov Oybek Nuriddinovich – "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Xo‘jayev Fatxulla Ubayevich – Respublika qo‘g‘irchoq teatri aktyori

Husanova Xosiyatxon Ergashevna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Qodirova Muruvvatxon G‘apporovna – Andijon viloyati yoshlar teatri aktyori

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”


Jumaboyev Sattor Axbutayevich – Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 2-umumta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi

Qurbonov Bahrom To‘xtayevich – R.Glier nomidagi respublika maxsus musiqa akademik litseyi direktori

Hasanov Ahadjon Ahmedjonovich – Toshkent islom universitetining dinshunoslik va jahon dinlari kafedrasi professori

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Abduxoliqov Firdavs Fridunovich – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

Asqarova Muattar Asqarovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston” telekanali "Axborot” informatsion dasturlar muharririyati siyosiy sharhlovchisi

Dauletmuratov Karimbay Tolibayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari

Jo‘rayev Ravshan Ergashevich – "O‘zreport” axborot agentligi direktori

Mo‘minov Asrorbek – "O‘zbekiston ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri

Qutbiddinov Abduvali Abdumo‘minovich – "Xalq so‘zi” gazetasi sharhlovchisi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Aibatov Irzamurat Matkerimovich – Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri bosh rejissori

Jo‘rayev Mamatqul- O‘zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti bo‘lim mudiri

Ergasheva Jamila Jovliyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Majidov Abdurashid Mavlonovich – "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti yetakchi muharriri

Mirzayeva Muborak G‘ayratovna – "Sabo” milliy raqs ansambli badiiy rahbari

Nurmatov Muso Hamidovich – "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi yetakchi mutaxassisi, bastakor

Rustamova Dildora Nasriyevna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston” telekanali diktori

Fayziyeva Gulchehra Sodiqovna – "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi san’at bo‘limi mudiri

Hayitov To‘lqin Mingboyevich – "Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri

Xushvaqtov Erkin Boltayevich – O‘zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissor yordamchisi, dramaturg

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”


Ahmedova Nilufar Jalilovna – Tibbiyot-sanitariya birlashmasi 1-Markaziy klinik shifoxonasi bosh shifokori

Dyagilev Valeriy Anatolyevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filiali toksikologiya va gemodializ bo‘limi mudiri

Sharipova Madina Karimovna – Respublika "Ona va bola” skrining markazi direktori

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Shturbabin Andrey Anatolyevich – Yakkama-yakka kurash bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘limi bosh murabbiyi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Qosimjonov Rustam Mashrukovich – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Tarasova Yuliya Aleksandrovna – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

To‘ychiyev Vladimir Manuelyevich – Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Choriyev Dilshod Qobilmuhamadovich – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”


Mo‘minova Durnisaxon Komiljonovna – Andijon shahridagi "Bolalar shaharchasi” direktori

"Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi yakkaxon xonandasi

Razzoqova Muyassar Qodirovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

"El-yurt hurmati” ordeni bilan

Abdullayeva Yayra Umarovna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Boyxonova Zulayho Mamajonovna – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri artisti

Ibrohimova Rixsixon Ismoilovna – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

"Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Iskandarov Ergash Ro‘ziqulovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filiali bosh shifokori

Obidjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Sa’dullayev Shomansur Shohsaidovich – O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori

Saidqosimov Po‘lat – O‘zbekiston kinoarboblar birlashmasi a’zosi, aktyor

"Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Arqayev Inoyat Karimovich – Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanidagi "Qovunchi” qishloq vrachlik punkti mudiri

Asetova Sarbike Aleuovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumanidagi 4-umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi

Akilov Farhod Ataullayevich – Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori

Boboyev To‘lqin Arifovich – O‘zFA Biokimyo instituti yetakchi ilmiy xodimi

Ibrohimov Shuhratjon Ikromjonovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston” telekanali "Axborot” informatsion dasturlar muharririyati mas’ul efirga uzatuvchisi

Ikramov Alisher Karimovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasining Milliy estrada orkestri badiiy rahbari

Isaboyev Zikrilla – O‘zFA Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi

Ismoilova Kommuna – O‘zbekiston xalq artisti, Toshkent madaniyat kolleji o‘qituvchisi

Yo‘ldoshev Orifjon Yo‘ldosh o‘g‘li- "O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissori

Komilov Erkinboy – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Ko‘chimova Dilorom G‘aniyevna – Jizzax tumanidagi 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Mirzayev Sa’dulla Ziyodovich – Samarqand davlat universiteti professori

Musayev Ahmadjon Rasulevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi katta murabbiyi

Normatov Umarali – O‘zbekiston Milliy universiteti jahon adabiyoti va nazariyasi kafedrasi professori

Nurboyev Nuriddin Ergashevich – Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Sodiqov Marat – Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

Sultonov Iskandar Almasovich – Samarqand viloyat musiqali drama teatri bosh rejissori

Tog‘ayeva Sadaf Hasanovna – Navoiy viloyati, Konimex tumanidagi "Chordara” qishloq vrachlik punkti mudiri

Umarbekov Javlon Yusupovich (Javlon Umarbekov) – Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori, mahobatli rangtasvirchi rassom

Hotamov Odilqul – Navoiy viloyati, "Karmana ovozi” gazetasi mas’ul kotibi

Xo‘jamberdiyev Mamayusuf Bozorovich – Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 81-umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi

Shermuhamedov G‘iyos Tohirovich – O‘zbekiston kinoarboblar birlashmasi a’zosi, rejissor

Eshqobilov Xoliqul Qarshiyevich – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish kafedrasi dotsenti

Yusupova Dilorom Yunusovna – O‘zFA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

Qamarov Tojiddin – O‘zbekiston ekologik harakati matbuot guruhi rahbari, jurnalist

I darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

To‘xtanazarova Gulnora Mahmadjonovna – Toshkent viloyati ruhiy-anomal go‘dak bolalar uyi bosh shifokori

II darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Abulqosimova Zuhra Pirnazarovna – Respublika jismoniy davolash dispanserining vrach-terapevti

Abunosova Roziya To‘rayevna – Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 19-bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha bosh murabbiyi

Aliyev Mahmudjon Muslimovich – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori

Alimova Xolida Raufovna – Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Butko Irina Anatolyevna – Navoiy shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining gimnastika bo‘yicha murabbiyi

G‘oziyev Nuriddin Ruhiddinovich – Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya va madaniyat fakulteti dekani o‘rinbosari

Jo‘raboyeva Fotima Shuhratovna – Toshkent shahar "Barkamol avlod” bolalar markazi qoshidagi "Tantana” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Ziyomuhamedova Zuhra Shuhratovna – Toshkent shahar "Barkamol avlod” bolalar markazi qoshidagi "Tantana” ashula va raqs ansambli baletmeysteri

Qobilov Toshmurod Choriyevich – "Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Surxondaryo viloyati bo‘limi direktori

Rafiqova Hakima Abduvosiyevna – Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining katta ilmiy xodimi

Qorachayeva Minavar Abdunazarovn – Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi "Qaqir” qishloq vrachlik punkti mudiri

"Do‘stlik” ordeni bilan

Abramov Vadim Karlenovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Avezdurdiyev Orun Qurbonovich – Toshkent shahar turkman milliy madaniy markazi raisi

Akramov Akmal Mahmudovich – "Toshkent oqshomi” va "Vecherniy Tashkent” gazetalari bosh muharriri

Aliyeva Jamila Fatxullayevna – Zangiota tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji direktori

Aslanova Yelena Yuryevna – Samarqand shahridagi 4-ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining katta murabbiyi

Boboniyozov Azimboy Yo‘ldoshevich – Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosh muharriri

Baymurzina Raisa Abdulxayevna – Toshkent shahridagi tatar va boshqird "Do‘stlik” badiiy jamoasi badiiy rahbari

Jalilova Klara Alimadatovna – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, pensioner

Ishov Jo‘raqul Ochilovich – Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi rejissori

Qosimov Sobirjon Olimovich – "Usto” uyushmasi tarkibidagi "Ilhom parisi” mas’uliyati cheklangan jamiyati naqqosh ustasi

Matchanov Matyaqub Sa’dullayevich – O‘zbek davlat drama teatri aktyori

Oripova Nodira Kamolovna – Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi, rangtasvirchi rassom

Pesherova Olga Petrovna – Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Rahmatullayev Marat Alimovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bo‘lim mudiri

Rahmonov Jur’at Sobirovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rangtasvirchi rassom

Reutova Marina Arkadyevna – O‘zFA Samarqand bo‘limining Arxeologiya instituti laboratoriyasi mudiri

Smirnov Vitaliy Frilyevich – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasining katta murabbiyi

Sultonov Nikolay Tursunovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi

Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich – O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, adabiyotshunos

Usmonova Umida G‘afurovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston” telekanali Perspektiv teleloyihalar studiyasi katta muharriri

Haydarov Tohir Rasulovich – "Hunarmand” uyushmasi a’zosi, miniaturachi rassom-kulol

Hamroyeva Muqaddas Shukurovna – Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi vrach-nevropatologi

Xromova Galina Alekseyevna – Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining elektr transporti kafedrasi professori

Shoma’rupov Abdulla Nabiyevich – "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Sharipova Gulchehra Toshtemirovna – Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi Davlat xor kapellasi artisti

Shopen Yuliana Yuryevna – "O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi o‘quv adabiyotlari tahririyati yetakchi muharriri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

"Shuhrat” medali bilan

Abdunazarova Zahro Abdinabiyevna – O‘zbekiston milliy simfonik orkestri sozandasi

Abdurahmonova Saodat Mahmudovna – "O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosma qolip tayyorlash sexi montajchisi

Avazova Halima Abdullayevna – Xorazm viloyati, Xiva tumanidagi "Beruniy” qishloq vrachlik punkti mudiri

Aitova Mardona Beknazarovna – Xorazm viloyati, Urganch olimpiya zaxiralari kollejining stol tennisi bo‘yicha murabbiyi

Aynazarova Gulbahor Razzoqovna – Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori

Artiqov Abdumannon Anvarovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi tasvir montaj guruhi boshlig‘i

Artiqov Turdali Usmonaliyevich – O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri

Ahmadjonov Latipjon – "Hunarmand” uyushmasi a’zosi, to‘quvchi hunarmand

Boymurodova Sanobar Botirovna – Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi muharriri

Baratova Sayyora Rahmatovna – Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri

G‘oipov Jamshid To‘laganovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta

G‘aniyev Abduvohid Abdulhakimovich – Yoshlar tajriba ijodiy "5-studiya”si kinooperatori

Janaxmetov Serijan – Navoiy viloyati, Uchquduq shahar "Zamondosh” madaniyat saroyi xonandasi

Zikirov Qodirjon Yunusovich – Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Andijon viloyati filiali Buloqboshi tumani bo‘yicha bosh mutaxassis-vakili

Isoqulov To‘lqin O‘ralovich – 1-Respublika klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi mudiri

Kazachkova Tatyana Pavlovna – "Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi kitoblar majmuasi muqovalash sexi muqovalovchisi

Komilova Ibodat Ortiqovna – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining texnik xizmat ko‘rsatish boshqarmasi yetakchi muhandisi

Kamolov Tursun Nabixo‘jayevich – "Jizzax haqiqati”- "Djizakskaya pravda” gazetalari bo‘lim mudiri

Kim Denis Georgiyevich – Farg‘ona viloyati, Qo‘qon temiryo‘l kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Kirshina Irina Vladimirovna – Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumanidagi 7-umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Komilov Ostonaqul Odilovich – Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi bo‘lim mudiri

Kochnev Gerasim Igorevich – Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Qurbonov Sadriddin Samiyevich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi mediamarkazi direktori o‘rinbosari

Ma’diyev Dovud Karomovich – "Ishonch”-"Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari

Majidov Sherali Sirojovich – Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Jizzax viloyati filiali Do‘stlik tumani bo‘yicha bosh mutaxassis-vakili

Matqurbonov Maxsadboy Kamolovich – Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Shirinqo‘ng‘irot qishloq klubi mudiri

Mirbekov Serik Abduvaliyevich – Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Murodova Jamila Eshmirzayevna – Jizzax viloyati, Arnasoy tumani tibbiyot birlashmasi qishloq vrachlik punkti patronaj hamshirasi

Murodov Bahodir Baxtiyorovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi informatsion ko‘rsatuvlarni tayyorlash, tasvirga olish va efirga uzatish xizmati boshlig‘i

Musajonov Mahamadjon Zokirjonovich – Toshkent avtomobil yo‘llari institutining avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi kafedrasi professori

Mo‘minjonova Farog‘at Ismoilovna – Jizzax viloyat o‘lkashunoslik muzeyi fond boshlig‘i

Nazarov To‘ra Abdullayevich – Shahrisabz tibbiyot kolleji direktori

Nurmatova Samida Valiyevna – Namangan tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri

Obloqulov G‘iyos Ahrorovich – Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi Samarqand viloyat bo‘limi xonandasi

Olimova Hanifa Halimovna – Namangan viloyati, Chust tumanidagi 2-bolalar poliklinikasining mahalla hamshirasi

Pardayeva Oyimxol Xoliyorovna -Termiz hayvonot bog‘i katta ilmiy xodimi

Saidov Komiljon Fozilovich -O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi

Smirnova Tatyana Ivanovna – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi texnik muharriri

Tleumuratova Bibigul Saribayevna – O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining Orolbo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolari instituti bo‘lim mudiri

Turg‘unov Dilshodjon Hoshimovich – Farg‘ona shahridagi bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bosh murabbiyi

Umarov Baxtiyor Ro‘ziqulovich – Navoiy viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Xolmatova Xolida Abdug‘ofurovna – Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 25-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

Xudoyberdiyev Abduhamid Egamberdiyevich – "Kuch – adolatda” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri

Chakanov Ashirniyoz Bozorboyevich – Jarqo‘rg‘on tuman "Surxon gullari” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari

Yo‘ldoshev Bahodir Temirovich – Respublika "Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘limi raisi

Yusupova Muhayyo Erkinovna – Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 31-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Yusupova To‘xta Najimaddinovna – Respublika dizayn kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Qo‘ldosheva Saltanat Jumayevna -"Hunarmand” uyushmasi a’zosi, gilamdo‘z
G‘afforova Ziyoda Nasriyevna-Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov
Toshkent shahri,
2011 yil 24 avgust.

 MTRK. Axborot Anvarbek O'tkirov хабари

.

Бўлим: Yangiliklar | Кўрилган: 7512 | Чоп этди: Sayyod

Нравится
Барча изохлар: 15
1 niluU   (26-Авг-2011 03:42) [Материал]
ТАБРИКЛИМИС КУТЛИМИС

2 Dilnoza   (26-Авг-2011 04:55) [Материал]
Tabriliman.

3 Dilnoza   (26-Авг-2011 04:56) [Материал]
Anvarbek Òtkirovga raxmat.

4 Zuxraxon   (26-Авг-2011 06:15) [Материал]
Xammani mukofot bilan tabrikliman! Anvarbekka katta raxmat issiqgina ma'lumotlani yetkizganlari uchun)!

5 1771   (26-Авг-2011 08:32) [Материал]
Assalomu aleykum! tabriklimiz hamma yurtdoshlarimizani! aktyormas-aktrisa böladi :)

6 NOZI   (26-Авг-2011 11:08) [Материал]
Хар доимгидек расмий маълумотларни такдим килгани учун Анварбек Уткировга рахмат айтамиз, барча такдирланганларни табриклаймиз!

7 Loading   (26-Авг-2011 11:33) [Материал]
Unvon muborak. Xayrli bo'sin.

8 LUTFULLO   (26-Авг-2011 11:44) [Материал]
Shavkat Tog'amlani Fan Arbobi Unvonlari Bilan Tabrikliman!

9 Borka   (26-Авг-2011 13:19) [Материал]
Қизиқ, Ойбек Ҳамроқулов эндигина "Хизмат кўрсатган артист "унвонига сазовор бўлибди, Сардор Раҳимхонга ўхшаганлар олганига анча бўлган, менимча. О.Ҳамроқуловнинг олдида Сардорлар бир чақа-ю. Р.Қосимжоновгаям кеч бўлмадими, хизмат кўрсатган спортчи унвони.
Нима бўлганда ҳам табриклайман барчани унвон билан!

10 MARAT   (26-Авг-2011 13:34) [Материал]
uraa tabrikliman

11 komol_76   (26-Авг-2011 14:56) [Материал]
барчалигисига муборак бўлсин!

12 UZRO   (26-Авг-2011 16:23) [Материал]
shuncha odam cizmat ko'rsatib qo'yibdiyu biz bilmi qomizde

13 yusupova muhayyo   (27-Авг-2011 00:23) [Материал]
kamtarona xizmatimni shunday yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlagan yurtboshimdan minnatdorman!el-yurtim xizmatiga doim shayman,xalqim farzandi kamoli uchun jonim fido!

14 тохир   (28-Авг-2011 19:14) [Материал]
Мусохон нурматов сизи килган мехнатларингиз курсатган хизматларингиз учун юртбошимизнинг сизга булган эътибори учун берилган унвон билан Россиядаги ДАНГАРАЛИКлар номидан чин дилимдан табриклайман келгуси ишларингизга ривож бундан кейин бунданда чиройли кушиклар яратишингизни кутиб коламиз доимо сог булинг.

15 kkkkkkkk   (30-Ноя-2012 21:36) [Материал]
biggrin

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!