Birinchi tibbiy yordam!
|
|
Giyos | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:05 | Изох # 26 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| EPILEPTIK VAISTERIK TUTQANOQLARDA HAMDA RUHIY KASALLIKLARNING O'TKIR DAVRIDA BIRINCHIYORDAM KO'RSATISH So'ngi vaqtlarda turli xil asab kasalliklariga yo'liqqan shaxslar bilan to'qnashishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, klinik belgilarini va bemorlarning o'zlariga, qolaversa atrofdagilarga shikast yetmasligi uchun birinchi yordam ko'rsatishni bilish katta ahamiyatga ega. Epileptik va isterik tutqanoqlar Dastlabki vaqtlarda epilepsiya deganda, hush yo'qolishi va talvasalar bo'lgan hamma holatlar tushunilaverilgan. Lekin keyinchalik ma'lum bo'lishicha, epileptik tutqanoqdan tashqari, boshqa asab kasalliklarida ham talvasali tirishishlar bo'lishi mumkin ekan. Shu sababli epilepsiyadan farqli o'laroq, «simptomatik epilepsiya» tushunchasi paydo bo'ldi. Bu kasallik boshqa bir kasallikning ma'lum bir belgisi hisoblanib, kelib chiqish va rivojlanish mexanizmlari turlichadir. Bugunga kelib tibbiyotda qo'llaniladigan diagnostik usullarning ko'payishi, simptomatik epilepsiyani haqiqiy epilepsiyadan farqlash imkonini berdi. Bunda, asosan bosh miyani tekshirish usullari (pnev- moensefalografiya, xronopsimetriya elektroensefalografiya, kompyuter tomografiya, nozik bioximik tekshirishlar va boshqalar) keng qo'llaniladi. Simtomatik epilepsiya bosh miya jarohatlari, yallig'lanish kasalliklari, bosh miya o'smalarida ko'proq uchraydi. Epilepsiya (epilepsia - yunoncha tutqanoq yoki «yiqilish kasalligi») - surunkali kasallik, klinik belgilari vaqti-vaqti bilan tortishish (tirishish, akashak bo'lish) holatlari va hushni u yoki bu darajada yo'qotish bilan tavsiflanib, asosan telbalik yoki aqli pastlik bu bemorlar uchun xosdir. Kasallik bolalik yoki o'smirlik paytidan boshlanib, aholi o'rtasida tar- qalish darajasi ayollar va erkaklarda bir xil - 1000 kishiga 3-6 ta to'g'ri keladi. Bu kasallikning sababi hali aniqlanmagan, ko'pincha nasldan-naslga o'tishi aniqlangan bo'lib, asosan bolalik yoki o'smirlik yoshidan boshlanadi. Bundan tashqari, kasallikning kelib chiqishida miyaning o'tkir yuqumli kasalliklar, uning turli xil shikastlanishlari, tug'ilish vaqtida olingan jarohatlar va homiladorlik davri asoratlari katta o'rin tutadi. Epileptik tutqanoqlar ko'pincha auradan keyin boshlanadi. Tutqanoqdan oldin hosil bo'ladigan va bir necha sekund davom etadigan alomatlarga aura deyiladi. U sezish, ko'rish, eshitish, ta'm va hid bilish, asab va harakat auralariga bo'linadi. Katta tutqanoq asosan birdan boshlanadi, ayrim hollarda esa turli xil tutqanoq oldi alomatlari yoki auradan so'ng boshlanadi. Bunda bemor hushini yo'qotib yiqiladi (jarohat olishi mumkin), birdan tonik tirishish boshlanadi, nafas muskullarining qisqarishi tufayli bemor birdan qattiq ovoz chiqaradi. Shundan so'ng tananing barcha muskullari tirishadi, nafas to'xtaydi, bemor ko'karadi, gohida tilini yoki lunjini tishlab olishi mumkin, ko'z qorachig'i kengayadi va yorug'likka reaksiya bermaydi. Tonik tirishishlar holati 25-30 sekund davom etadi, so'ngra klonik tirishishlar bosqichi boshlanadi. Klonik bosqich tirishish bilan nafas olishdan boshlanadi, bunda yuz terisining rangi o'zgaradi (ko'karish qizarish bilan almashadi). Bosh, ko'z olmasi, til, qo'l va oyoqlar muskullarining ritmik tirishishi ortib boradi. Oradan 1,5-2 minut o'tgach, muskullar bo'shashishi kuzatiladi. Tutqanoq vaqtida, agar bemor yuzi bilan pastga (ko'lmakka, axlatga yoki yostiqqa) qarab yiqilgan bo'lsa, u holda bo'g'ilib qolishi mumkin. Tutqanoq fazasining oxirida bemorda chuqur behushlik - komaga o'xshash holat kuzatiladi, chaqirishlarga va og'riqlarga javob bermaydi. Ko'pincha tutqanoq vaqtida bemorlar ixtiyorsiz ravishda siydik va axlat ajratishlari mumkin. Tutqanoqdan so'ng bemorlarda retrograd amneziya kuzatiladi. Agar tutqanoq holati ketma-ket kuzatilsa va tutqanoqlar orasida bemor hushiga kelmasa, bu epileptik holat deyiladi, ya'ni u bemor hayotiga xavf tug'dirishi mumkin. Kichik tutqanoq, ya'ni turli xil harakatlar va asab buzilishlarining paydo bo'lishi qisqa muddat ichida yo'qoladi, bu holatlar esa tutqanoqqa ekvivalent hisoblanadi. Bunday tutqanoqlar 2-6 sekund davom etadi. Kichik tutqanoqning eng keng tarqalgan turi talvasasiz hushdan ketib, o'ziga kelishi - absansdir. Sirtdan qaraganda tutqanoq shu bilan farq- lanadiki, bemor boshlagan ishini to'xtatadi (shaxmat o'ynayotgan bo'lsa, qo'lida shaxmat toshi bilan qotib qoladi, yurganida yo'l chekinayotgandek hech sababsiz to'xtab qoladi va h. k.) Epileptik tutqanog'i bor bemorlarga yordam ko'rsatish Yordam ko'rsatishda tutqanoqning kuchi, xususiyati va bemorning ruhiy holatini hisobga olish kerak. Tutqanoq vaqtida bemorlar jarohatlanmasligini ta'minlash, polga yiqilgan bo'lsa, boshi ostiga yostiq qo'yish, qo'l va oyoqlaridan yengil ushlab turish kerak, aks holda, chiqishlar yuz berishi mumkin. Tilini tishlab olmasligi uchun tishlari orasiga metall bo'lmagan yo'g'onroq predmet qo'yish lozim. Tilini yutib yubormasligi uchun uni sochiq bilan ushlab turish yoki boshini yon tomonga burib qo'yish lozim bo'ladi. Nafas olishi yaxshi bo'lishi uchun bo'ynidagi tugmalarini yechib qo'yish kerak. Agar bemorligi oldindan aniq bo'lsa, baxtsiz hodisa yuz bermasligi uchun uni kuzatib yurish zarur. Bemorni cho'kishdan, yong'indan, yuqoridan yiqilishdan, harakatdagi mashinalar tagiga tushib qolishdan ehtiyot qilish lozim. Shuning uchun ham epileptik tutqanog'i bor bemorlarning ish faoliyati cheklanadi, ularga katta suv havzalari oldida, avtomatik mexanizmlar, balandlik, elektr manbalarida ishlash taqiqlanadi. Tutqanog'i bor bemorlar aurasi aniqlanganda tezda chora-tadbirlar ko'rish kerak. Ya'ni bemorni yumshoq o'ringa yotqizib, agar bemor qabul qiladigan dorilar ma'lum bo'lsa, ularni shoshilinch ishlatish lozim. Yordam ko'rsatishda bu bemorlarning agressiv ekanligini, ta'sir- chanligini hisobga olib, atrofdagilardan ajratish va ular bilan bahs- lashmaslik hamda xushmuomalada bo'lish maqsadga muvofiqdir. Isterik reaksiyalar (isterik nevroz) Isterik reaksiyalar ichida harakatning buzilish turlari ko'p uchraydi. Bu bemorlarda ruhiy travmalardan so'ng tarqoq va aniq bo'lmagan harakatlar boshlanadi. Bir tekis silliq harakat qilib boshlarini o'rab oladilar, odatdan tashqari turish shakllarini namoyon qiladilar, gohida yoysimon egiladilar. Bu kabi tirishishlarda bemorlar koma holatida bo'lmaydilar, shuning uchun kamdan-kam hollarda jarohat oladilar. Gohida bemorlar bu holatda tovush chiqaradilar, tishlarini g'ijirlatadilar. Begonalar ishtirokida bu holat ancha cho'zilishi mumkin, ammo 10-12 minutdan oshmaydi. Agar bemorga sovuq suv sepilsa, tirishish to'xtashi mumkin. Xuruj tugaganidan so'ng bemorlarda darmonsizlik va bo'shashish kuzatiladi. Motorikaning isterik tipdagi buzilishlarida umumiy yoki mahalliy harakat buzilishlaridan tashqari yana harakatsizlanish yoki tormozlanish turlari kuzatiladi. Tipik misol sifatida psixogen stuporni olishimiz mumkin. Xuddi isterik talvasa kabi, bunda ham bemorni ovuntirish yo'li bilan asl holatiga qaytarish mumkin. Bemorlar bironta noxush xabarni eshitgach yoki og'ir holatlarda stupor holatiga tushib yerga yiqiladi. Lekin yiqilgan vaqtda xuddi hushidagidek o'zining jarohatlanishiga yo'l qo'ymaydi, savollarga javob bermay, og'ir va shovqinli nafas ola boshlaydi. Keyinroq nafas yuzaki tusga kirib, puls tezlashadi. Bunday bemorlar shu vaqtda xuddi o'layotgan odam ko'rinishida bo'ladi. Isterik reaksiyalarda birinchi yordam ko'rsatish Xuruj boshlanganda bemor oldida begonalar bo'lmasligi, yordam ko'rsatuvchi vasvasaga tushmasligi kerak. Tutqanoq vaqtida bemorni ushlab turish lozim, aks holda, o'zini mayib qilib qo'yishi mumkin. Bemorlarga katta e'tibor bilan yordam ko'rsatish kerak, yo'qsa xuruj cho'zilishiga olib kelishi mumkin, buni bemorlarning o'zlari ham tasdiqlaydilar. O'tkir psixik hollarda kechiktirib bo'lmaydigan yordam choralari Psixik faoliyatning buzilishi nafaqat mustaqil ruhiyat kasallarida, balki somatik kasalliklarda ham uchraydi. Butun o'zgarishlarni, buzilishlarni barvaqt aniqlash va yordam berish bemorlarning o'ziga ham atrofdagilarga ham katta naf beradi. Amaliyotda gallyutsinator qayg'urishlar, vasvasa g'oyalari, affektiv buzilishlar va ong buzilishiga yo'liqqan bemorlar ko'p uchraydi. Gallyutsinator sindrom Gallyutsinatsiyalar (hallutinotio - yo'q narsa) - xato idrok etish yoki idrok etishning aldanishi. Gallyutsinatsiyalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular real obyektni idrok etmay, sezgi organlari real qitiqlanmay paydo bo'ladi. Gallyutsinatsiyalarni sezgi organlari: ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishlar, umumiy sezgi bo'yicha bo'lishi qabul qilingan. Ko'rish gallyutsinatsiyalarida bemorlar, aniq bir odamni, hayvonlarni, turli-tuman sahnalarni (majlislar, motam marosimi, tabiiy ofatlar) ko'rishi mumkin. Ko'rinayotgan voqealar bemordan ma'lum masofada ko'rinib, unga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi mumkin. Gallyutsinatsiyalar har doim ongi buzilgan bemorlarda kuzatiladi. Bu holatlarga doimo affektiv xavotirlanish, qo'rqinch, alam yo'ldosh bo'lib, bemorlar turli xildagi qonunbuzarliklarni keltirib chiqaradilar, atrofdagilar uchun ham, o'zlari uchun ham xavfli vaziyatlar yaratadilar. Eshitish gallyutsinatsiyalari ko'pincha «ovoz» ham deb ataladi. Bu ovozlar yoki chaqirishlar bemorlarga tanishlari, begonalar, ayollar yoki erkaklarning past, baland yoki baqiriq ovozlari bo'lib eshitilishi mumkin. Ba'zan bir, ikki va undan ortiq ovoz eshitiladi. Ular to'g'ridan-to'g'ri bemor bilan yoki o'zaro gaplashishlari mumkin. So'zlar ma'nosiga qarab turlicha bo'lishi mumkin: haqorat, ayblash, ta'qib, hazil, buyruq tarzida va h. k. Bemor bunga qiziqish, hayrat, qo'rqinch bilan, shu bilan birga, bemor bu tovushning kimga taalluqli ekanligini izlash, himoya, hujum, o'ziga qarshi harakatlar, ba'zida juda qaltis harakatlar bilan javob beradi (imperativ gallyutsinatsiyalar). Hid bilish gallyutsinatsiyalari bemorda (yoqimsiz yoki xushbo'y hidlar - axlat, chirigan, gaz, tayyorlanayotgan ovqatlar, gullar hidlari) sezgisini sezilarsiz qo'zg'atadi. Ta'm bilish gallyutsinatsiyalari esa og'izda biror ovqat bo'lmasa ham, turli ta'm hislari paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Umumiy sezgi gallyutsinatsiyalari esa tana yuzasida yoki ichida hosil bo'lgan noxush sezgilar «u yoki bu begona jism» tufayli kelayotganidan noliydi. Vasvasa g'oyalar Vasvasa g'oyalar deb atrofdagi jismlarning joylashishi to'g'risida noto'g'ri va g'ayritabiiy fikr yuritishdan kelib chiqqan holatga aytiladi. Bemorga atrofdagilar xuddi alohida e'tibor bilan munosabatda bo'layotgandek tuyuladi. Bemor nazarida tanish yoki begonalar uning to'g'risida alohida e'tibor berib gaplashayotgandek, tez-tez uni kuzata- yotgandek, masxara qilayotgandek bo'laveradi. Shuning uchun bemorning atrofdagilar bilan munosabati og'irlashib qoladi. Ba'zi holatlarda vasvasa g'oyalari jiddiy tus oladi. Bunga misol ta'qib vasvasasidir, lekin ta'qib vasvasasiga uchragan bemorlar har doim ham ta'qibchilarni aytib bera olmaydi. Vasvasa ko'pincha isbotsizligicha qolib, bemor ma'lum kishilarni dushman deb hisoblaydi va ularning o'zini o'ldirishi, zaharlashi, otib tashlashidan qo'rqib yashaydi. Affektiv (emotsional) o'zgarishlar Bu ayniqsa ko'p uchraydigan ruhiy buzilish turidir. Uning asosini kayfiyat buzilishlari tashkil etib, bemorning hamma kechinmalarini aks ettiradi. Emotsiyalar kuchli, jo'shqin bo'ladi - bular affekt davr (jazava). Affektlar harakat va vegetativ qo'zg'alishli buzilishlar bilan yuzaga chiqadi. Masalan, qo'rqinch affektlari ba'zida xavfdan qochish bilan o'tsa, ba'zida esa harakat passivligi yoki stupor bilan davom etadi (stupor - butunlay harakatlanmaslik). Bemorlar holsizlik, yalqovlik, azoblanishdan shikoyat qiladilar. Ular o'z kuchlariga ishonmaydilar, xatti-harakatlarining to'g'riligiga (tezda) shubha bilan qarab, qiyinlik bilan xulosa qiladilar. Bemor tashqi ko'rinishida, xayoliy fikrlarida qo'rquv, vijdonsizlik, qiynalish sezgisi yuqori darajaga borib yetadi. Shu holda bemorda o'zini o'ldirish yoki o'ldirishga intilish hollari yuzaga keladi. Depressiyadagi bemorlarga o'z-o'ziga past baho berishdan tashqari, o'zini o'ldirish vasvasasi, o'zini o'zi ayblash xos bo'lib, ba'zan bemorning o'zini o'ldirish harakati bilan yakunlanadi. Apsitiatsiyalar xavotirlik bilan o'tadigan harakat qo'zg'alishidir. Bemorning doim yurishi, atrofdagilardan g'azab bilan biror ishni baja- rishni so'rashi davom etadi. Apsitasiyalar bexosdan harakat qo'zg'alishlari bilan boshlanishi, shu paytda o'zini o'ldirishga intilish hollari kuzatiladi. Yaqqolroq paydo bo'lganida, bemorda qayg'urish, qo'rqinch, hamdardlik, g'azab, alamzadalik rivojlanadi (depressiv disforiya). Patologik affektlar Yuqorida aytilganidek, jo'shqin emotsiyalar yoki affektlar kuchli tashqi qo'zg'atuvchi ta'sir tufayli vujudga keladi. Lekin ba'zi ruhiy kasalliklarda arzimagan sabab ham bemorda kuchli ifodalangan emotsional reaksiyaga sabab bo'ladi. Natijada bemor mo'ljalni yo'qotib qo'yadi. U juda tajovuzkor holatga kirib, turli e'tirozlarga g'azab cho'qqisiga yetish bilan javob beradi. Bemordagi shu holat o'tib ketgach, u bo'lib o'tgan voqealarni eslay olmaydi. Shuningdek, patologik affektlar uzoq vaqt, ba'zi hollarda soatlab davom etadi. Ko'pgina psixozlarning klinik ko'rinishida qo'rquv va xavotirlik affekti yuzaga keladi. Ong buzilishi sindromlari Ong buzilishi - haqiqiy olamning tashqi va ichki bog'liqligi aks etishining buzilishi (sezgi idroki va abstrakt tafakkur buzilishlari) bilan ifodalanadi. Ongning xiralashishi odatda o'tib ketuvchi holat bo'lib, hamma ruhiy kasalliklarda emas, balki tezkor tibbiy yordamga muhtoj bemorlarda uchraydi. Ongning xiralashishi bir necha shaklda bo'lib, ularga: deliriy, oneyroid, amensiya, ongning kirarli-chiqarli buzilishlari kiradi. Deliriy (delirioz sindrom) - ong buzilishlari fonida idrok etishning yorqin buzilishlari (gallyutsinatsiya va illuziyalar) paydo bo'lganda, shuningdek vahima va qo'rquv sifatida emotsional buzilishlar yuzaga kelganda ongning dilirioz holati mavjudligi to'g'risida fikr yuritiladi. Bemorlar idrokning aldamchi sezgilariga harakat bilan javob qaytaradilar. Ba'zida ularda to'satdan harakat boshlanadi. Ko'ruv gallyutsinatsiyaga oid, vasvasali so'zlar ham gapiradilar. Deliriyda ongning «meni» saqlanib qoladi, lekin atrof muhitga ular yolg'on mo'ljal oladilar, masalan, ko'chada yurib, o'zini qamoqda his etish va shu kabilar. Davriy ravishda deliriyda «yorug' oraliq» turadi, ya'ni bunda deliriy intensivligi kamayadi yoki yo'qoladi. Ongning xiralashishi kuchayganda illuziyalar, vasvasa va boshqalar sustlashib, harakat qo'zg'alishlari stereotip ravishda kuchayib boradi. Delirioz buzilishlar intensivligi kechga borib yoki kechasi kuchayadi. Ong xiralashgan vaqtdagi harakatlarni bemor bo'lak holda yoki umuman eslay olmaydi. Oneyroid (oneyroid sindrom) - uyqusimon, tush kabi, fantastik vasvasali ongning xiralashuvidir. Bemor atrofidagi odamlarning unga gapirgan gaplariga parvo qilmay, o'z diqqat e'tiborini narsalarning chegaralangan doirasiga jalb qiladi va butunlay hosil bo'lgan tasavvur hukmi ostida bo'ladi. Boshqa hollarda bemorning esi kirarli-chiqarli holatda gapdonlik ustunligi, qo'rquv, g'azab, ko'ruv gallyutsinatsiyalari, vasvasa hollari bilan ham kechishi mumkin. Bemor bu vaqtda atrofdagilar uchun xavfli bo'ladi, chunki u shafqatsiz harakatlar qilishi mumkin. Bu holatning o'ziga xosligi - bemor o'ziga kelgach, to'liq amneziya bo'ladi. Disforiyalar yoki kayfiyatning buzilishi - eng ko'p uchraydigan ruhiy ekvivalentlardan biridir. Bemorlar o'zlariga yomon munosabatda ekanliklaridan, ularning shikoyatlariga e'tibor berishmayotganidan noliydilar, nimjon va himoyasiz bemorlarga g'azab bilan tashlanadilar, bunday tajovuz bilan tashlanish ko'pincha juda ham shafqatsizligi bilan farq qiladi. O'z hayotiga qasd qilgan bemorlarga yordam ko'rsatish O'zini o'zi qoralash va o'ldirishga moyillik ko'pgina ruhiy kasalliklar (shizofreniya, maniyekal-depressiv psixoz, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar)da uchraydi. Bemor ayanchli holatdan qutulish maqsadida vasvasa, gallyutsinator qayg'urish yoki kayfiyatning pastligi tufayli turli xil usullardan foydalanishga intiladi. Ko'pincha bemorlar o'zini xotirjam ko'rsatib, atrofdagilarni chalg'itadilar va shu bilan o'zini o'ldirish xohishiga intiladilar. Shuning uchun ham bemorlar kayfiyati yaxshilanmaguncha ularni jiddiy nazorat qilish zarur. Ruhiy degradatsiya holatida o'ziga suiqasd tasodifan yuzaga keladiki, bemorni har doim ham qutqarib bo'lmaydi. Bemorning qaysi o'lim turini tanlaganini oldindan bilish qiyindir. Ko'pincha bemorlar o'zini bo'g'moqchi bo'lib matolardan, ayollar esa o'z sochidan arqon yasashadi, og'ziga latta tiqishi yoki yostiq bilan yuzini yopishi, uchli oyna bilan tanasini jarohatlashi, tugmalarni yoki oyna siniqlarini sindirib yutishi, turli dorilar ichishi mumkin yoxud transport g'ildiragi ostiga o'zini tashlamoqchi bo'lishadi. Esi past bemorlarni nazorat qilish depressiyadagi bemorlarni nazorat qilishdan osonroq, chunki ular o'zini o'ldirish usullarini pishiq va puxta o'ylab qo'yishadi. Depressiyadagi bemorlar asosan o'ziga suiqasdni biror odam bilan janjallashib, ba'zida esa bexosdan, biron sababsiz amalga oshirishadi. Agar bemor baxtsizlikka duchor bo'lgan bo'lsa, u holda kechiktirmasdan uning hayotini asrab qolish zarur. Yordam berish jarohat xususiyatiga bog'liq. O'tkir kesuvchi predmetlardan o'zlariga tan jarohati yetkazgan bo'lsa, qonni to'xtatish va steril bog'lam qo'yiladi. Agar bemor o'zini dorga osgan yoki suvda cho'ktirgan bo'lsa, organizmni tiriltiruvchi (jonlantiruvchi) (sun'iy nafas, yurakni bilvosita uqalash) chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Yuqoridan pastga qulagan bo'lsa, u holda immobilizatsiya choralari o'tkaziladi. Dorilarni haddan tashqari ko'p iste'mol qilib zaharlansa, oshqozon va ichaklarni yuvish tavsiya qilinadi. Yuqorida qayd qilingan barcha holatlarda yordam ko'rsatilgandan keyin bemorni, albatta, malakali yordam olishi uchun shifoxonaga olib borish zarur. Harakat qzalishlaridagi bemorlarga ko'riladigan chora-tadbirlar To'satdan boshlanadigan harakat qo'zg'alishlariga turli xildagi vasvasa g'oyalar, ta'qib, gallyutsinator-illyuziv qayg'urishlar, katotonik holatlar, affektiv buzilishlar sabab bo'ladi. Bemorda harakat qo'zg'alishlari yuzaga kelganda, ularni kuch bilan ushlab turish lozim. Buning uchun bir odam bemorni chalg'itib turadi, orqadan boshqa bir odam kelib bemorni ushlab oladi. Birinchi odam bemor boldiridan ushlaganda, boshqasi belidan ushlab, bemorni ko'tarib oladilar. Faqat bemorni bir odam ko'tarishi mumkin emas, sababi uning qovurg'alari sinib ketishi mumkin. Bemor qo'zg'algan holda xonadagi biror buyum bilan qurollangan bo'lsa va shu buyum bilan atrofdagi narsalarni buzib tashlasa, vaqtni ketkazmasdan uni qurolsizlantirish kerak, chunki u odamlar uchun xavf tug'diradi. Buning uchun 3-4 chaqqon odam bemorni atrofidan o'rab olib, yirikroq matolar ko'targan holda uni devorga siqib ushlab olish kerak. Bemorni ushlab turganda uning ochiq badaniga tegishdan saqlanish kerak, qo'lini choyshab vositasida, kurtka, paltosidan ushlagan holda, bosmasdan ushlash kerak. Ko'krak qafasi va qornini bosmasdan, yelkasi, tos suyaklaridan, soni va boldiridan tutib turish lozim. Hamma qo'zg'alishlarda ham issiq, iliq davolovchi vannalar yaxshi yordam beradi. Agar bemorda yurak xastaliklari bo'lmasa, u holda uni 29- 30 0C li suv quyilgan vannada 30-60 minut davomida, to tinchlanguncha ushlab turish va boshiga sovuq kompress qo'yish maqsadga muvofiq. Qo'zg'algan holdagi bemorlar nokerak narsalar, axlatlarni, sigaret qoldiqlarini terib, kiyimini ifloslantiradi. Hamma hollarda ham bemor ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi, keyinchalik esa tekshirib, maxsus davolash ishlari o'tkaziladi. Ochlikka intilgan bemorlarga yordam qilish Ruhiy kasalliklarning jiddiy oqibatlaridan biri ovqatlanishdan bosh tortishdir. Bu narsa hamma bemorlarda har xil sabablar tufayli yuzaga keladi. Ba'zan eshitish gallyutsinatsiyalaridagi buyruq bemorga ovqatla- nishga ruxsat bermasligi oqibatida, ko'ruv gallyutsinatsiyalarida esa bemor ovqat o'rniga turli jismlarni ko'rgani uchun ovqatni yemaydi. Ta'qib vasvasalarida bemor atrofdagilarni dushman hisoblab, ularni ovqatga zahar qo'shganda ayblaydi. Ipoxondrik vasvasalarda bemor oshqozonini chirigan yoki o'sma (rak) kasali bilan og'rigan hisoblaydi, agar ovqatni qabul qilsa, ovqat go'yo qornining pastki qismiga to'la boshlashidan xavfsirab ovqat yemaydi. Depressiya holidagi bemor o'zini o'ldirish maqsadida ovqatdan bosh tortadi. Umuman, ovqatdan bosh tortish o'smirlarda, nerv anoreksiyasi bor bemorlarda ko'p uchrab, ular ortiqcha vazn bahonasida shunday yo'l tutadilar. Bemor ovqatdan bosh tortganda, avvalo, uni bosiqlik va chidam bilan ovqatlanishga undash kerak. Ba'zida alohida qiyinchiliksiz, qat'iy ovqatlanishga undalganda bemor ovqatlana boshlasa, ba'zida ovqatni oldiga qo'yib qo'yilsa bas, o'zi baribir yeydi. Idish-tovoqni oldidan ola turib, uning bo'shligiga e'tibor bermaslik kerak. Ko'pincha bemorlar ovqatdan kunduzi bosh tortib, kechasi yeydilar. Agar har qanday undashlar bemorning ovqatlanishiga yordam bera olmasa, u holda uni tezda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo'natish kerak. Ruhiy asab buzilishlari bor bemorlar bilan muomala qilish xususiyatlari Ruhiy kasallar bilan muomala munosabatlari xuddi sog'lom kishilar orasidagi kabi amalga oshirilishi kerak. Ularga murojaat etilganda to'g'rilik, muloyimlik, shikoyatlariga chidam va diqqat bilan e'tibor qilinsa, shuning o'zi bemorga ko'rsatilgan yordam hisoblanadi. Agarda bemor o'zini sog'lom deb ko'rsatsa, ehtiyotkorlik bilan kuzatib, uning sog' odamdan farqlarini ajratish lozim. Bemor bilan so'zlashganda chidamlilik ko'rsatib, uning kamchiligini yuz ifodasida aks ettirmay eshitish, gapirayotgan gapini gallyutsinatsiya yoki vasvasa deb o'ziga aytmaslik kerak, aks holda, bemor xavfsirab, hamsuhbatini ham dushman hisoblaydi. Agar bemor qo'zg'algan holda agressivlik qilsa, u bilan tortishib o'tirmaslik lozim. Xotirjamlik va bemorga ishonch namunalarini ko'rsatish unga ijobiy ta'sir qilib, g'azabidan tushishiga olib keladi. Shuningdek, ehtiyotkorlik, qat' iylik va saxiylik qilish bemorda qo'zg'aladigan eng ayanchli holatni ham yumshatadi. Bemor ishtirokida boshqa kishilarga u haqda yomon so'zlarni aytmaslik kerak. Ortiqcha qo'pollik qilish esa bemorda kuchli qo'zg'alish holatiga sabab bo'lib, atrofdagilarga nisbatan g'azabi-ning oshishiga olib keladi. Ruhiy buzilishi bor bemorlarni transportirovka qilish xususiyatlari Bunday bemorlar o'zlarini kasal hisoblamaydi, kasalxonaga o'z xohishilari bilan kelmaydilar. Ularni mehmonga, teatrga olib boraman deb aldab ham bo'lmaydi, buni kechirmaydilar. Shuning uchun ularga to'g'ridan-to'g'ri kasalligini aytib, shifoxonada davolanishi kerakligini tushuntirish kerak. Agar bemorda ruhiy kasallik xuruj qilsa, u holda bir necha kishi uni ushlab shifoxonaga olib borishi lozim. Bunda bemorni ikki tomonidan mahkam ushlab, shu alfozda avtomobilda shifoxonaga olib boriladi. Agar bemor rozi bo'lib, bir oz kutishni so'rasa, buni bajarish lozim. Shifoxonaga ketdik, deganda rad qilish kerak emas, aks holda, teskarisi bo'lishi mumkin. Transportirovka vaqtida xavfli predmetlar (qurol, xanjar, pichoq, qaychi, chilvir, arqon, gugurt va b.)ni ulardan olib qo'yish kerak. Giyohvandlik va toksikomaniya Giyohvandlik - ba'zi narkotik vositalarga va kimyoviy preparatlarga patologik o'rganib qolishdan iborat bo'lib, odatda ularni ortiqcha qabul qilib turish natijasida paydo bo'ladi. Giyohvandlikning mohiyati organizm reaktivligining narkotik vositalarga nisbatan o'zgarishidir. Giyoh- vandlikning rivojlanishida ijtimoiy (noto'g'ri tarbiya, atrof muhit ta'siri, oiladagi kelishmovchiliklar), shaxsning konstitutsional omillari, ruhiy holatlar (qiziquvchanlik, tajriba va kayf-safoga intilish, qiyinchiliklardan qochish) va narkotik vositalar talab qilinuvchi somatik kasalliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Tibbiy dorivor moddalarga og'riq qoldiruvchi, uxlatadigan va markaziy nerv tizimiga stimullovchi ta'sir qiladigan dori-darmonlar kiradi. Narkotik vosita atamasi o'z ichiga tibbiy, iqtisodiy va yuridik tushunchalarni oladi. Tibbiy belgi moddalarning markaziy nerv tizimiga o'ziga xos tinchlantiruvchi, qo'zg'atuvchi, gallyutsinogen ta'sir ko'rsatishidir. Iqtisodiy belgi moddalarning tibbiy bo'lmagan jihatdan keng qo'llanilib, jamiyatda iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lishidir. Yuridik belgi - yuqorida ko'rsatilgan ikkala belgidan kelib chiqqan holda, tegishli bo'lgan muassasa tomonidan bunday moddalarning narkotik vosita ekanligini tan olib va narkotik vositalar ro'yxatiga kiritishdan iborat. Yuqorida ko'rsatilgan belgilari bo'lmagan va ro'yxatga olinmagan moddalarni shaxs o'z salomatligiga xavf tug'diradigan darajada iste'mol qilsa ham, narkotik vositalar deb atalmaydi. Bu moddalar narkotik vositalar ro'yxatiga kiritilgan holdagina, ularni noqonuniy iste'mol qilgan shaxs tegishli modda bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Giyohvandlik kelib chiqishida uch bosqich farqlanadi. Birinchi bosqich - adaptatsiya (moslashuv) bosqichi. Bunda organiz- mning himoya reaksiyalari yo'qolib boradi va ruhiy bog'lanish vujudga keladi. Ikkinchi bosqich - surunkali kechuvchi bosqich. Bunda to'liq jismoniy bog'lanish tarkib topadi va narkotik vositalar ta'siri ostida psixozlar paydo bo'ladi. Uchinchi bosqich - kechki bosqich. Bemorning butun organizmi funksiyalari pasayadi va jismoniy, nevrologik buzilishlarga olib keladi, hatto aqli pastlik ham kelib chiqadi. Giyohvandlik turlari: morfinizm - morfin moddasiga ruhiy, jismoniy bog'lanib qolish. Morfin - opiy preparatlaridan biri bo'lib, juda kuchli og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparat ta'sirida og'riq bosilib, tinchlanish va kayfichog'lik hissi bilan o'ziga xos mudroqlik holati kuzatiladi; kokainizm - Lotin Amerikasi mamlakatlarida hozirgi kunda ham koka bargini chaynash kabi qadimgi odat bor. Shu tufayli u yerlarda giyohvandlikning kokainizm turi ko'p uchraydi. Kokainning giyohvandlik ta'siri juda tez namoyon bo'ladi. Uni iste'mol qilgandan so'ng 5-10 minutdan keyin odam quvnoq, harakatchan bo'lib qoladi, turli qiliqlar qiladi, ko'p gapiradi, o'zini quvvatga va kuch-g'ayratga to'lgandek, tetik bo'lgandek sezadi; nashavandlik - nasha (gashish, chars, bang, xusus, xaras, dachcha, marixuana va boshqalar) - hind kanopining o'ziga xos hid va achchiq ta'mga ega bo'lgan moddasidir. Sharq mamlakatlarida aksariyat chekish yo'li bilan iste'mol qilinadi. Nasha kishini juda tashna qiladi va ishtahasini ochadi, og'riq sezish kamayadi yoki butunlay yo'qoladi va kayfichog'lik kuzatiladi. Boshqa narkotik vositalardan farqli o'laroq, nashaga o'rganib qolish odatda uning miqdori oshirilishiga olib kelmaydi. Toksikomaniya Tibbiy dorivor moddalarga, kimyoviy sanoat moddalariga patologik moyillikka olib borishi va ularga o'rganib qolish toksikomaniya deb ataladi. Barbituratlar bilan zaharlanish - veronal, lyuminal, medinal, barbamil asosan shaxslarning o'z hayotiga suiqasd qilishida uchraydi. Ruhiy holatni qo'zg'atuvchi moddalar bilan zaharlanish - fenamin, fenatin, efedron. Bunda kuchga to'lish, jo'shqinlanish, harakatning kuchayishi, eyforiya uchraydi. Xumor uzoq uyqusizlik va depressiya bilan ifodalanadi. Siklodol bilan zaharlanish - parkinsonizmga qarshi ishlatiladigan dori. Bu preparatni oz-ozdan emas, balki 2-4 marta ko'proq miqdorda qabul qilinganda eyforiya, mastlik yoki gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. 1- 1,5 oy ichida kasallik surunkali shaklga o'tadi. Tolerantlik 30-40 tabletkagacha yetadi. Xumor holatida qo'l va tananing titrashi, mushaklarning og'rishi, ularning tortilishi, yurak urishining buzilishi, xavfsirash, qo'rqish tariqasida namoyon bo'ladi. Pirovard-natijada ong pasayishiga olib keladi. Korxonalarda va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalarni hidlash tufayli kelib chiqadigan zaharlanishlar - bularga benzin, bo'yoq, lak erituvchilar, dog' ketkazuvchi moddalar, kimyoviy yelimlarni hidlash kabilar kiradi. Ular asosan og'izdan, burun orqali hidlash yo'li bilan qabul qilinadi. Kimyoviy moddalarga ruhiy moyillik juda tez paydo bo'lib, bir oy mobaynida surunkali shaklga aylanadi. Polinarkomaniyalar - bunda bemorlar har xil turdagi narkotik vositalarni bir vaqtda yoki muayyan ketma-ketlikda iste'mol qiladilar. Agar bemor bir xil narkotik vositani uzoq vaqt iste'mol qilib, boshqa turdagi narkotik vositaga o'rganib qolsa, bu holat polinarkomaniya deb atalmaydi, balki bir turdagi giyohvandlikning boshqa turiga o'tish deb ataladi. Agar bemor bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ham ko'p dorivor moddalarni yoki boshqa narkotik vositalar ro'yxatiga kiritilmagan moddalarni, ma'lum bir ketma-ketlikda, ma'lum bir tizimda iste'mol qiladigan bo'lsa, bunday holatni politoksikomaniya deb ataladi. Giyohvandlik va toksikomaniya bilan xastalangan bemorlarga nisbatan sud-psixiatrik ekspertiza va narkologik ekspertiza bemorning holatiga, kasallik darajasiga individual yondashib xulosa chiqaradi. Ularda hech qanday ruhiy buzilishlar bo'lmasa, u holda o'zlari sodir qilgan qonunbuzarlikka javob beradilar, hatto bunday holat og'irlashtiruvchi holat deb topiladi. Ruhiy buzilishlar yoki psixoz holatida sodir qilingan huquqbuzarlik bo'yicha javobgarlikka tortilmaydilar va sud tomonidan majburiy tibbiy davolash choralari tayinlanadi. Birinchi yordam ko'rsatish. Barcha bemorlarda turli darajada ruhiy o'zgarishlar kuzatiladi, shuning uchun ularga birinchi yordam ko'rsatish quyidagicha bo'ladi. Agar bemorlarda epileptik tirishishlar bo'lsa, u holda tirishishga qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. O'tkir psixomotor qo'zg'alishlar kuzatilsa, bemorlarni mahkam ikki tomonidan ushlab, shifoxonaga olib boriladi. Joniga qasd qilish holatlari uchrasa, yuqorida qayd qilingan chora-tadbir ko'riladi. Agar bemorda somatik kasallik bo'lib, bu holat uning hayoti uchun xavf tug'dirsa, reanimatsion choralar o'tkaziladi (sun'iy nafas, yurakni bilvosita uqalash). XAVF TUG'DIRUVCHI HOLATLAR (CHO'KISH, BILISH VA ZAHARLANISH)DA YORDAM KO'RSATISH Chkish - o'tkir patologik holat bo'lib, insonning tasodifan yoki ko'zlangan holda suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadi va bu atrof muhit bilan gaz almashinuvini hamda nafas organlariga havo tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to'xtatadi. Nafas olish organlarining anatomik butunligi saqlangan hollarda, nafas olish saqlanganda, nafas olish yo'llariga suv yoki boshqa suyuqlik aspiratsiyasi (tiqilishi); laringospazm natijasida o'pka gaz almashinuvining to'xtashi; psixik yoki reflektor ta'sirlar (sovuqdan shok, suvga urilish) natijasida yurakning to'xtashiga sabab bo'lishi mumkin. Cho'kishning terminal holatga o'tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida rivojlanadi, bunda gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo'qotilishiga olib keladi Asfiksik va haqiqiy cho'kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho'kishda to'satdan kuchli sovqotish natijasida yurak faoliyati va nafas olishning reflektor to'xtashi kuzatiladi. Bunga bog'liq cho'kish juda tez sodir bo'ladi. O'pkalar suv bilan to'lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda bo'ladi. Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas yo'llaridan ko'piksimon moddalar ajraladi. Haqiqiy cho'kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho'kadi, suv sekinlik bilan o'pkaga tushadi, bemor ko'karadi, ko'pincha og'iz va burnidan pushti rangdagi ko'piksimon moddalarning ajralishi kuzatiladi. Yurakning yopiq massajini o'tkazganda va ko'krak qafasiga bosilganda ko'pik miqdori nisbatan ko'payadi. Dengiz suvida cho'kishdan chuchuk suv havzasiga cho'kish bir-biridan katta farq qiladi. Chuchuk suv havzasida natriy ionlari qon plazmasidagiga qaraganda kamroq, nafas yo'llariga tushgan suv tezda qonga so'riladi, bu qonning suyulishiga olib keladi, qon eritrotsitlari o'zgaradi. Dengiz suvi natriy ionlariga boy va uning osmotik bosimi qonnikidan balandroq. Dengiz suvi o'pka alveolasiga tushganda qonning suyuq qismi alveolaga yo'naladi, bu o'tkir o'pka shishini chaqiradi. Voqea sodir bo'lgan joyda va qutqarish stansiyasiga transportirovka qilish vaqtida tez yordam berishning jonlantirish usullarini yaxshi biluvchi shaxslar bilan o'tkazish qutqarish imkoniyatini yanada oshiradi. Cho'kishning boshlang'ich davrida yordam berish tinchlantirishga, qon va qon aylanishini yaxshilashga (shokka qarshi, isitish, artish, analeptiklar) qaratilgan bo'ladi. Agoniya va klinik o'lim davrlarida mustaqil nafas olish va yurak qisqarishlarini tiklash uchun kompleks jonlantirish chora- tadbirlari o'tkaziladi. Vrachgacha bo'lgan tez yordam chora-tadbirlari: 1) og'iz bo'shlig'i va halqumni barmoqqa o'ralgan bintli bo'lakcha yoki tortib oluvchi nasos yordamida har xil yot narsalardan va suvdan tozalash; 2) tezda sun'iy nafas (og'izdan-og'izga yoki og'izdan-burunga) va yopiq yurak massajini o'tkazishni boshlash; 3) oksigenoterapiya; 4) jabrlanuvchini issiq choyshab bilan yopish; 5) hayot funksiyalari tiklangandan so'ng reanimatsion chora-tad- birlarni to'xtatmagan holda davolash muasasalariga shoshilinch yuborishni amalga oshirish. Cho'kkanlar zambillarda gorizontal holatda, bosh tomonini pastga qaratilgan holatda tashiladi. O'pka shishganda esa tananing yuqori qismiga ko'tarilgan holat beriladi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
БОБО | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:06 | Изох # 27 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| ...
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:06 | Изох # 28 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| «Ikkilamchi cho'kish» haqida tushuncha Qutqarish vaqtida davolash muassasi chora-tadbirlariga muhtoj bo'lmagan cho'kkanlarni ham shifoxonaga yuborish kerak. Cho'kish vaqtidagi yoki undan keyingi, hatto qisqa muddatli, hushdan ketish ham cho'kishning og'ir asoratlari sifatida jiddiy ogohlantirish deb qaralishi kerak. Transportirovka vaqtida nafas olishning o'tkir buzilishi yana qaytalanishi yoki birinchi marta boshlanishi mumkin. «Ikkilamchi cho'kish» sindromi ko'krakda og'riqlar paydo bo'lishi yoki ularning kuchayishi, havo yetishmasligini sezish, teri va shilliq qavatlarning ko'karishi, taxikardiyaning kuchayishi kabi belgilar bilan boshlanadi. Qon aralash balg'am ko'chishi kuzatiladi. «Ikkilamchi cho'kish» sindromi ba'zan abortiv holda, ba'zan kuchayib boruvchi o'pka qalinlashuvi, ba'zan esa kuchayuvchi alveolyar shish rivojlanishi bilan kechadi. «Ikkilamchi cho'kish»ning boshlang'ich belgilarida bemorda o'pkaning sun'iy ventilatsiyasi o'tkaziladi, natriy oksibutirat va albumin, saluretiklar eritmalarining konsentrlangan aralashmalaridan yuboriladi. Bo'g'ilish - o'pkaga havo o'tishi uchun to'siqlar bo'lganda kelib chiqadi. U yuqori nafas yo'llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishi yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin. U ko'krak qafasining tashqaridan uy bo'laklari bilan, yer ko'chmalari bilan bosilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Nafas siqishida birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o'tishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora- tadbirlarini boshlash kerak. O'zini o'zi o'ldirish maqsadida ham bo'g'ilish hodisalari kuzatiladi. Bu kabi o'z joniga qasd qilishda sirtmoqdan foydalanadilar. Ahvolning og'irlik darajasi bo'g'ilish davomiyligiga va sirtmoqni qo'yish usuliga bog'liq. Osilish yoki sirtmoq bilan bo'g'ishning doimiy belgilaridan biri oqish yoki qo'ng'ir rangdagi strangulyatsion egat hosil bo'lishi, yuzning ko'karishi, burun-halqum giperemiyasi, shish va ovoz bog'lamlari orasiga qon quyilishidir. To'liq osishda hushdan ketish bilan birga, koma rivojlanadi, ko'z qorachiqlarining yoruqlikka javob reaksiyasining yo'qolishi, muskullarning bo'shashishi, nafasning to'xtashi, ba'zi hollarda ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajratish ham kuzatiladi. O'lim 4-5 minutdan so'ng boshlanadi. Birinchi yordam osilgan shaxsni tezda ko'tarish va fiksatsiya qilish, arqonni tugunidan yuqoriroqdan qirqish va tugunni bo'shatishdan iborat. So'ngra kichik reanimatsion yordam ko'rsatiladi: - traxeyaga intubitsion trubka qo'yib havo beriladi; - yurakning bilvosita massaji o'tkaziladi; - oksegenoterapiya; - yurak va nafas analeptiklar (strofantin, kardiamin); - asosiy hayot funksiyalari tiklangandan so'ng eng yaqin shifoxonaga transportirovka zambilda amalga oshiriladi. Zaharlanish - o'tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta'siri natijasida yuzaga keladi. Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan); b) ishlab chiqarishdagi; v) bolalardagi; g) tibbiy; d) biologik; e) ovqatdan. Organizmga zaharning tushish yo'llari to'rt xil bo'ladi: 1) ingalyatsion (tutun holida); 2) teri orqali; 3) ichak orqali; 4) parenteral (ko'pincha tibbiy). Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18-20 0C haroratdagi 12-15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300-500 ml bo'lishi kerak) yuvish lozim. Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6-8 soatga o'sha joyga sovuq qo'yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi. Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo'lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim. Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak. Toksik modda to'g'ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim. Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo'llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi. O'tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. Nevrologik o'zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta'sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a'zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo'ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og'ir psixonevrologik o'zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi. Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo'lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o'zgarishi bilan kechadi. Yurakka birlamchi ta'sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o'tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi. Nafas olishning buzilishi quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin: 1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi; 2) nafas o'zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish harakatlarining yo'qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi; 3) o'pka shokining rivojlanishi bilan bog'liq - o'pka shishi, pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan o'tkir traxeobronxit. Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o'tkir gastro-enterit, qusish, ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og'riqlar ko'rinishida kechadi. Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og'riq bo'lishi, ko'z sklerasi va terining sarg'ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida asabiy o'zgarishlar ham qo'shiladi - bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi. Buyraklar shikastlanganda, ko'pincha tezda o'tkir buyrak yetish- movchiligi rivojlanadi. Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig'ilishi mumkin, shuning uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak. Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanganda ko'rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo'ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko'karish), harorati ko'tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko'mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart. Alkogol bilan zaharlanganda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta'sirga ega. Boshlang'ich davrida o'zini idora qila olmaslik, og'riq sezishning pasayishi va hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo'lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak. Gazdan zaharlanish. Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo'ladi. O'tkir zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og'rishi, bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini o'choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar o'tkazuvganligini ta'minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur. Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo'jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko'p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta'sir qiladi, ya'ni holsizlik, bosh og'rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo'shashishi bilan bog'liq), qorinda og'riq va ich ketishi kuzatiladi. Davolash: - iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo'llash); - maxsus antidot moddalar yuborish. Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanishga uksus (sirka) essensiyasi taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta'sirdan va umumiy- rezorbtiv ta'sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog'idagi kuchli og'riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni yo'qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi - qizil yoki jigarrang siydik paydo bo'ladi. Davolash oshqozonni yuvish, promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan suvda qonning bo'lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan ko'rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi). O'tkir allergik reaksiyalar Barcha dori-darmonlar (antibiotiklar, zardob va vaksinalar) hamda muayyan meva mahsulotlari allergik xususiyatga ega bo'ladilar: tuxum, shokolad, asal, qulupnay, sitrus mevalar. Allergik reaksiyaning og'irligi sensibilizatsiya darajasi bilan belgilanadi. Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to'plami hisoblanib, juda og'ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo'lib, o'tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi. Yurak ritmi chastotasi va to'g'riligi buziladi. O'pka shishi rivojlanishi mumkin va qo'ng'iroqsimon nafas paydo bo'lishi, ko'p miqdorda ko'pikli balg'am ajralishi, o'pkaning barcha yuzasi bo'yicha xirillashlar, bronxospazm paydo bo'lishi kuzatiladi. Psixomotor qo'zg'alishlar paydo bo'lishi mumkin, u adinamiyaga, hushni yo'qotishga, ixtiyorsiz siydik ajralishiga va defekatsiyaga sababchi bo'ladi. Ba'zan alohida muskul guruhlarining fibrillyar uchishi hamda tonik yoki klonik tirishishlar yuz berishi mumkin. Anafilaktik shokda birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda ko'rsatiladi: - allergik reaksiya chaqirgan preparatning inyeksiya qilingan yoki hasharot chaqqan joyining proksimal (yuqorigi) qismiga bog'lagich siqib qo'yiladi, bu venoz shishni blokada qiladi va organizmga allergen kirishiga yo'l qo'ymaydi; - teri ostiga 0,5 adrenalin qilinadi; - maska yordamida kislorod berish kerak; - tomoqning o'ta shishida va nafas yo'llarining o'tkazuvchanligi buzilganda Dyufo ignasi yordamida konikotomiya qilinib, kateter kiritiladi; - agar adrenalin kiritilishi natijasiz bo'lsa, gemodinamikani stabilizatsiya qilish va sirkulatsiya bo'layotgan qon hajmini tiklash uchun poliglyukin tomchilatib yuboriladi; - bronxospazmni yo'qotish uchun 5-10 ml 2,4 % eufilin yuboriladi; - shu bilan birgalikda, antigistamin (dimedrol, suprastin, pipolfen) preparatlar yuboriladi; - vena ichiga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) yuboriladi. HUSHDAN KETISH, KOLLAPS VA SHOKDA BIRINCHI YORDAM KO'RSATISH Hushdan ketish to'satdan qisqa vaqtga hushdan ketish bo'lib, miyaning birdaniga qonsizlanishidan sodir bo'ladi. Obmorok asab tizimi chidamsiz, zaif, astenik konstitutsiyaga ega kishilarda, charchash, og'ir jismoniy yoki psixoemotsional zo'riqishdan so'ng, kuchli og'riqlar natijasida, ayrim holda esa qo'rqish natijasida ham kelib chiqadi. Hushdan ketishning kechishi miyada to'satdan qon aylanishi yetishmovchiligi va uning ishemiyasi (qonsizlanishi)ga bog'liq. Bu qorin bo'shlig'i qon tomirlarining kengayishi va qonning organizmda qayta taqsimlanishi tufayli yuz beradi. Bu jarayon boshlanishida bemor esnashi, yuz terisining oqarishi, peshonasidan sovuq ter ajralishi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Shundan so'ng bemor hushini yo'qotib yerga yiqiladi. Ba'zan obmorok yuqoridagi belgilarsiz ham ro'y berishi mumkin. Birinchi yordam: hushdan ketish nisbatan kam vaqt davom etishiga qaramasdan, hushdan ketgan kishiga, albatta, tezlik bilan birinchi yordam ko'rsatish zarur. Birdaniga uning oyoqlarini tepaga ko'tarish kerak, shunda miyada qon almashinuvi tiklanadi, toza havoga olib chiqish, boshini teparoq qilib orqasi bilan yotqizib qo'yish lozim. Ko'krak qismidagi tugmalarni bo'shatish kerak, chunki bo'yin va ko'krak qisilib qolmasligi kerak. Ko'pincha to'g'ri yordam ko'rsatish natijasida hushdan ketish holati tezda o'tib ketadi. Shuningdek, oddiy usullar bilan ham tashqi qo'zg'alish ta'sirini o'tkazish mumkin: - yuziga shapatlab urish; - o'tkir hidli moddalarni (ammiak), masalan, navshadil spirtini paxtaga tomizib hidlatish kerak. Agar behush kishi xirillab nafas ola boshlasa yoki nafas olishi umuman to'xtasa, unda tili og'iz orqasiga ketib qolmaganligini tekshirish lozim. Nafas olish va tomir urishi to'xtasa, bu holat organik kasalliklari bo'lganda (yurak porogi, yurak ritmi buzilganda, serebral-qon tomir yetishmovchiligida, miokard infarktida, o'pka arteriyasi tromboemboliyasida) tezda jonlantirish tadbirlarini hamda shifoxonaga joylashtirish choralarini o'tkazish lozim. Kollaps yurak-tomir yetishmovchiligining nisbatan og'ir ko'rinishi hisoblanadi. Kollaps holatida tana harorati pasayadi, ter ajraladi, teri qoplamlari oqaradi, puls juda kuchsizlanib ipsimon bo'ladi (terining marmar rangida bo'lishi, siydik ajralishining kamayishi yoki to'xtashi, miya gipoksiyasi paydo bo'lishi). Tez yordam ko'rsatish tadbirlari: 1) kollaps holatidagi bemor boshini pastga qaratib qo'yish kerak; 2) vena tomiriga asta-sekin quyidagi vazopressor vositalar yuboriladi: - mezaton 1 % - 0,2-0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida; - noradrenalin 0,1 % - 1,0; - poliglyukin, reopoliglyukin 400,0 ml tomchilatib; - prednizolon 60-90 mg; - puls kamayganda atropin 1 % - 1; 3) zudlik bilan asosiy kasalligi bo'yicha gospitalizatsiya qilish. Hushning yo'qolishi - shunday holat bo'lib, bunday shaxs harakatsiz yotadi, savollarga javob bermaydi, tashqi ta'sirlarni qabul qilmaydi. Bunday holatda nerv faoliyatining buzilishi, organizmning tashqi ta'sirga reaksiyasi pasayishi va yo'qolishi hamda o'z shaxsini anglash qobiliyatining o'zgarishi haqida o'ylash kerak. Bunday holat ko'plab sabablar natijasida kelib chiqadi, lekin barcha hollarda sezgi markazi - bosh miya jarohatlanadi. Miyaning jarohatlanishi bevosita ta'sir natijasida - bosh jarohatlanishlarida qon qo'yilishi, elektrdan shikastlanish, zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm) natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak kasalliklari, jigar yoki bo'yrak yallig'lanishida va sovuq urganda yuz berishi mumkin. Koma - hushni yo'qotishning chuqur buzilishi bo'lib, unda og'riqqa nisbatan reaksiya yo'qoladi. Komaning quyidagi turlari farqlanadi: 1) serebral koma - bunda quyidagi simptom kuzatiladi: oyoq- qo'llarda harakat va sezgi yo'qligi, og'izning jarohatlanmagan tomonga qiyshayishi (kasal «trubka chekayapti»), ko'zning jarohatlangan tomonga qiyshayishi (kasal bosh miyadagi jarohatlangan o'choqqa qarayapti), shikastlangan oyoq yoki qo'llar ko'tarib-tushirilganda krovatga og'irlik bilan tushadi. Apopleksik zarbalar ko'pincha 45-60 yoshdagilarda kutilmaganda sodir bo'ladi. Bunday bemorlarning yuzlari qizil rangda bo'lib, bungacha ular ko'pincha arterial qon bosimining oshishidan qiynalib yuradilar. Birinchi yordam: a) to'liq tinchlikni ta'minlash; b) boshga sovuq qo'yish (muzli grelka); v) tez yordam mashinasini chaqirish; g) ixtisoslashgan kasalxonaga gospitalizatsiya qilish. 2) diabetik (giperglikemik) koma qandli diabet kasalligi bor bemorda kuzatiladi. Qandli diabet - organizmda insulinning mutlaq (absolut) yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan tavsiflanuvchi hamda shunga bog'liq ravishda qonda qand miqdori oshishi va siydik bilan ajralishi xos bo'lgan kasallik. Qandli diabet kasalligining asosiy belgilari quyidagilar: chanqash, og'iz qurishi, ozish, teri qoplamlarining qichishi, furunkulyoz. Qonda qand miqdorining qanchalik oshishi va qonda keton tanachalarining (atseton) yig'ilishi bo'lgan bemorlar, agar adekvat terapiya olmasalar, giperglikemik koma ro'y beradi. Bu koma asta-sekin kelib chiqadi: lanjlik, ishtahannig yo'qolishi, qorinning yuqori qismidagi og'riq, qayt qilish kuzatiladi. Teri quruq bo'lib, chiqayotgan nafas havosidan atseton hidi keladi. Diabetik komada tez yordam: 1) tezkor gospitalizatsiya; 2) asoratlarini davolash; 3) 4 % soda eritmasi, «S» va «V» guruh vitaminlarni berish lozim. Qandli diabetda, ayniqsa insulin bilan davolanadigan bemorlarda insulin dozasi ortib ketganda teskari holat yuz berib, qonda qand miqdori kamayib ketadi. Bunday holatlarda gipoglikemik koma rivojlanadi. 3) gipoglikemik koma ko'pchilik hollarda ro'y berishi mumkin. U quvvatsizlik, kutilmaganda holsizlik, ochlik, ko'p ter ajralishi va yurak uvishishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemik komadan farqli ravishda bunday bemorlar chanqashga shikoyat qilmaydilar, ko'z olmasining gipotoniyasi kuzatilmaydi va chiqayotgan nafas havosidan atseton hidi kelmaydi. Komatoz holatning bunday turi ham tez va faol davolash yordamini talab qiladi: a) shirin choy ichish yoki qand bo'lagini og'izga solib eritish; b) vena tomiriga 5 %li glukoza eritmasini yuborish; v) kasalxonaga gospitalizatsiya qilish. 4) jigar komasi jigar funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarda, jigar yetishmovchiligi holatlarida ro'y beradi. Bunga qonda o't kislotalari va modda almashinuvi zaharli moddalarning qonda to'planishi sabab bo'ladi. Bunday bemorlarda ko'z sklerasi sarg'ayadi, ko'zga tashlanadigan shilliq qavatlarda va terida tirnalishga o'xshash izlar bo'ladi, ularda kuchsiz hamda tez-tez burundan va ichakdan qon ketishlar sodir bo'lib turadi. Koma bemorning asosiy kasalligi natijasi bo'lib, u asta-sekin rivojlanadi. Bunday bemorlarni zudlik bilan gospitalizatsiya qilish kerak. 5) uremik koma buyrak kasalliklarida azot chiqindilarining qonda yig'ilishi tufayli ro'y beradi, kasallik asta-sekin rivojlanadi. Uning belgilari: azob beruvchi og'riqlar, shish, qo'zg'alish, qon bosimining ortishi, xuddi siydik kislotasi kristallarini surtib olgandek bo'lib terining qurishi, chiqayotgan nafasdan siydik hidining kelishi. Tez yordam: a) agarda qon bosimi yuqori bo'lsa, qon oqizish; b) siydik haydovchi preparatlar; v) tezda gospitalizatsiya qilish. 6) alkogol komasi ko'p va katta miqdorda alkogol iste'mol qilish natijasida zaharlanishdan kelib chiqadi. Unga xos belgilar: harakat qo'zg'alishlari, terining kulrang-ko'kish tusda bo'lishi, yuzning so'liqishi, keskin ter ajralishi, og'izdan kuchli alkogol hidining tarqalishi. Alkogol komasi holatidagi bemorlarni toksikologik markazlarga gospitalizatsiya qilish lozim. E s d a t u t i n g ! Hushini yo'qotgan bemorlarga hech qachon sovuq ichimlik ichirishga va ovqat yedirishga harakat qilmaslik kerak. Ular yutina olmaydilar, shu tufayli suyuqlik yoki ovqat nafas yo'llarini berkitib qo'yishi mumkin. Agar yurak faoliyati va nafas olishi to'xtagan bo'lsa, bu faoliyatlarni tiklash bilan bir vaqtda shoshilinch davolash muassasasiga olib borish lozim. Transportirovkasi: harakatsiz holatda yon tomoniga yotqizib, albatta, kuzatuvchi shaxs bilan birga olib borilishi kerak. Bundan mustasno holda gipoglikemik holatda shirin choy, konfet, qand, shokolad berish zarur. Shok - ingliz tilidan «zarba» deb tarjima qilinadi. Bundan 200 yil muqaddam kuchli jarohatlovchi ta'siridan kelib chiquvchi holatga shunday nom berilgan. Shok o'zida ko'plab simptomlarni mujassamlashtiradi, bu belgilar bemor yoki shikastlangan shaxs holatining og'irligini ko'rsatadi. Shokning bir necha turlari farqlanadi. Amaliyotda ko'proq uchraydiganlari: - travmatik; - kardiogen; - anafilaktik; - kuyish shoki; - infeksion - allergik; - gemorragik; - elektr shoki. Travmatik shok turli a'zolar va tana qismlarining shikastlanishi tufayli sodir bo'ladi. Travmatik shok rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar: a) og'riq; b) qon yo'qotish; v) shikastlangan to'qimaning parchalanish mahsulotlari bilan organizmning zaharlanishi. Klinikasi: travmatik shokning kechishida 2 davr farqlanadi: 1) erektil (qo'zg'alish); 2) torpid (tormozlanish). Erektil davr travmadan so'ng birdaniga boshlanib, hushning saqlanishi, harakat va nutq qo'zg'alishlari, o'ziga va atrofdagilar holatiga tanqidiy qarashlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi. Terisi oqargan, ko'z qorachiqlari yorug'lik ta'sirida yaxshi kengaygan, qon bosimi normada bo'lib, tomir urishi biroz tezlashgan. Bu davr o'rtacha 10-20 minut davom etadi. Shundan so'ng torpid davr boshlanadi, bunda qon bosimi birdan keskin pasayadi, sovuq ter bosadi, tana harorati pasayadi, yaqqol tormozlanish rivojlanadi va o'lim yuz berishi mumkin. Birinchi yordam: - nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini tiklash; - qon ketishini to'xtatish; - chiqishlarda immobilizatsiya qilish; - og'riqsizlantirishni o'tkazish; - jarohatlangan kishini eng yaqin tibbiyot muassasasiga tezda va ehtiyot qilgan holda olib borish kerak. Kuyish shoki jarohatlangan kishi tanasining 15-20 % qismi kuyganda kuzatiladi. Klinikasi ikki bosqichda kechadi: 1) qo'zg'alish bosqichida kuchli og'riq, harakat bezovtaligi, ter bosishi, qaltirash; 2) 6-12 soatdan keyin kuygan kishi og'riqni sezmaydi, sovuq ter bosishi kuzatiladi, «qahva quyqasi» ko'rinishida qusishi mumkin, qon bosimi keskin pasayadi, tomir urishi tezlashadi, umumiy tormozlanish kuzatiladi. Tez yordam: a) kuyish manbasini o'chirish; b) kuyishning aniq vaqtini aniqlash; v) «kaft» qoidasi bo'yicha tananing qancha qismi jarohat-langanini aniqlash; g) og'riqsizlantirishni o'tkazish; d) vena ichiga suyuqliklar yuborish; e) tezkor va ehtiyotkorlik bilan jarrohlik-kuyish bo'limiga gos- pitalizatsiya qilish. Tashishda jarohatlanmagan tomon bilan yotqizish kerak. Gemorragik shok asosida o'tkir qon yo'qotish yotadi (masalan, bachadondan tashqaridagi homiladorlikda). Qon yo'qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi, teri va shilliq qavatlarning rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi qo'shiladi. Arterial qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat hisoblanadi. Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to'xtashidan o'lim yuz beradi. Elektr shoki tok urganidan so'ng 2-3 soat mobaynida hayot uchun muhim sanalgan uzunchoq miyadagi nafas markazining falaji evaziga sodir bo'ladi. Shuning uchun ham, elektr shikastlari qay darajada bo'lishidan qat'i nazar, bunday bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari shartdir. EKSTREMAL HOLATLAR (KLINIK O'LIM)DA YORDAM KRSATISH Tanglik (terminal) holat - inson hayotidagi, sog'lig'iga xavf soluvchi, butun bir a'zolar majmuasidagi, nafas olish, qon aylanish doiralaridagi keskin o'zgarish va moddalar almashinuvining buzilishidir. Qon aylanish doirasining, nafas olish va yurak urishining to'xtashi klinik o'lim nomi bilan tavsiflanadi. Tanglik holatining turlari: 1) agoniya oldi; 2) agoniya; 3) klinik o'lim. Agoniya oldi holati umumiy karaxtlik, hushni yo'qotish, qon bosimining tushib ketishi, tomir urishining uyqu va son arteriyalaridan tashqari boshqa tomirlarda aniqlanmasligi, nafas buzilishlari yuzaki nafas bilan cheklanib, teri va shilliq pardalarining ko'karib oqarishi kabilar bilan ifodalanadi. Agoniya holatidagi bemorlar hushida bo'lmay, periferik tomirlarda tomir urishi aniqlanmaydi, uyqu va son arteriyalarida puls juda qiyinchilik bilan aniqlanadi, ko'z qorachig'i yorug'likka javob bermaydi. Auskultatsiya vaqtida yurak tonlari keskin bo'g'iq eshitiladi. Klinik o'lim bosh miya, qon aylanish doirasi va nafas a'zolari faoliyatining butkul to'xtashi bilan ifodalanadi. Yurak urishi va nafas olishning to'xtashi bilan umumiy moddalar almashinuvi susayib, ular butkul o'z faoliyatini tamomlamaydi. Shu sababli klinik o'lim tiklanuvchi holat hisoblanib, bosh miyaning tiklanishishiga hali fursat borligidan dalolat beradi (26-rasm). Biologik o'lim - yuqoridagi najot beruvchi holatning butkul to'xtaganligidan dalolat beradi. Biologik o'limni tavsiflovchi asosiy belgilaridan bo'lgan murda dog'lari va muskullarning taxtasimon zichlashishini kuzatish mumkin. O'limning oxirgi bosqichida uchlamchi belgilar paydo bo'ladi. Bular yurak urishining to'xtashi, nafas va hushning butkul yo'qolishidir. Bu holatlarning qay darajada rivojlanishiga qaramasdan, tiklovchi- reanimatsion muolajalar davomiyligini to'xtatish qonunga mutlaq ziddir. Yurakning to'xtash holatlarini ikkita sababga bog'lash mumkin: - kardiogen (yurakka bog'liq) sabablar; - yurakka bog'liq bo'lmagan sabablar. Kardiogen (yurakka bog'liq) - miokard infarkti, yurak ritmining buzilishi, yurakning tashqaridan qisilishi, yurak tomirlarining emboliyasi. Ikkinchi guruh sabablariga yurakdan tashqari bo'lgan a'zolardagi o'zgarishlar, ya'ni nafas olishning buzilishi, umumiy moddalar almashinuvi va neyro-en- dokrin tizimidagi buzilishlar kiradi. Kutilmaganda sodir bo'ladigan o'lim holatlarida hayotga qayta tiklanuvchi holatlarning davomiyligini 3-5 daqiqaga teng deb bi- lishadi. Bundan keyingina hayot tiklanmas hisoblanadi. Nafas olishning butkul to'xtaganligi tashxisi vizual (ko'z bilan) kuzatishlar natijasida qo'yiladi. Nafas yo'llarining butkul yopil- ganligi (obturatsiya) asosida qisman obturatsiya natija- sida miyada sodir bo'ladigan kislorod yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Nafas yetishmovchiligini tiklash chora-tadbirlari quyidagi- lardan iborat: avval bemorga maxsus holat berilib, bosh qismini ensasiga qo'yib, og'iz-burun yoki og'iz-og'iz usulida sun'iy nafas berish orqali bajariladi, agarda bu tadbirlar yordam bermasa, u holda o'pkaning sun'iy ventilatsiyasi choralari qo'llaniladi. Bu hollarda bemorni chalqancha yotqizish tavsiya etiladi va shu bilan til asosini nafas olish yo'llaridan chetlatishga erishiladi, chunki bunday hollarda nafas yo'llarining shilliq moddalar bilan bulg'anishi kuzatiladi. Nafas yo'llarini tozalash pastki jag'ni yuqoriga tortish evaziga erishiladi. Nafas yo'llarining bu tariqa tozalanishi va ochilishi zaruratning keskinligidan kelib chiqadi. Bunga esa nafas yo'lini steril matolar orqali tozalash evaziga erishiladi. Bu muolajalar havo-vakuumli nasoslar orqali ham bajarilishi mumkin. Oxirgi vaqtlarda qayd etilgan og'iz-burun va og'iz-og'iz nafas oldirish muolajalarini yuqorida qayd etilgan holatlarda qanchalik zarur, foydali ekanligini ta'kidlash lozim. Bu muolajalarning asosida esa vaqti bilan bir me'yorda yuborilayotgan tashqi havo muolajalari ko'zda tutiladi. Bunday hollarda yordam beruvchi shaxs juda ham kam talafot olgan bemorni mustahkam qamrab olib havo yuboradi. Bu vaqtda havoning burun orqali tashqariga chiqib ketmasligi uchun bemor burnini qisib, og'zidan havo yuboriladi. Yuborilayotgan nafas o'rtasidagi vaqt 5 s ni tashkil etadi, ya'ni 1 minutda 12 martani tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan qoidaga rioya qilinishi shart, chunki qilinayotgan muolajalar tabiiy nafas ko'nikmasini hosil qilishdan iborat. Nafas oldirish vaqtidagi yuzaga keladigan oshqozon usti sohasidagi shishning paydo bo'lishi yuborilayotgan havoning oshqozonga ketayotganligidan dalolat beradi. Yurak urishining to'xtaganligini ifodalovchi asosiy belgi tomir urishining markaziy uyqu arteriyasida ham aniqlanmasligidadir. Asosan tomir urishini aniqlash tadbirlari 3 marta o'tkazilgan sun'iy nafasdan keyingina bajariladi, ya'ni aniqlan- magan tomir urishi to'g'ridan-to'g'ri yurakning yopiq massajiga ko'rsatma bo'ladi. Ko'krak qafasi va umurtqa pog'onasi oralig'idagi (27-rasm) yurak- muskul to'qimalarining zichlashishi asosida yurakning chap qorinchasidan katta va o'ng qorinchasidan kichik qon aylanish doirasiga yurak bo'shliqlarida qolib ketgan qonlarni quvib berishga sabab bo'ladi. Yuqorida qayd etilgan tashqi yurak massaji o'z-o'zidan yor- dam bera olmaydi, agarda qilinayotgan muolajalar sun'iy nafas muolajalari bilan birgalikda olib borilmasa, befoyda hisoblanadi. Yurak massajini bajarishdan oldin, bemorni istalgan tomonidan ko'krak to'sh suyagining 5-qovurg'a birikadi- gan joyidan kaftlarini bir-biriga qo'yib, bosim orqali massaj bajariladi. Bosim vaqtidagi ko'krak qafasi egilishi 4-5 sm ni tashkil qilishi kerak, ammo bo- sim ta'siri 0,5 s, bosimlar oralig'idagi vaqt esa 0,5-1 s ni tashkil qiladi (28- rasm). Qilinayotgan muolajalarning to'g'ri bajarilayotganligi uyqu arteriyasida to'l- qinsimon pulsning paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Tiriltirishni bir kishi bajarayotgan vaqtda 2 ta nafasdan so'ng 15 marotabagacha bosim muolajalarini qilishi kerak. Agar tiriltirish muolajalarini ikki kishi bajarayotgan bo'lsa, o'pka ventilatsiyasi va massaj muolajalarining bir-biriga nisbati 1:5, traxeya intubatsiyasidan keyin esa 2:15 ko'rinishida bajarilishi kerak. 28-rasm. Uyqu arteriyasida aniq tomir urishi tiklangandan so'ng yurak massaji to'xtatilib, nafas olish to'liq tiklanguncha sun'iy nafas oldirish davom ettirilishi shart. Tiriltirish muolajalarini noto'g'ri bajarish natijasida kelib chiqadigan asoratlar: traxeya intubatsiya muolajalari uzoq cho'zilishi natijasida yurak to'xtashi va nafasning butkul to'xtashiga olib keladi. Bunday asoratlarning eng xavflisi ko'p hollarda o'pkani apparat orqali nafas oldirishda sodir bo'ladi, ya'ni kuchli bosim ostida yuborilgan havo o'pka to'qimalarini yir- tib yuboradi. Bunday hollarda zudlik bilan torokotsentez va plevra bo'shlig'ini drenajlash muolajalari bemor hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Yuksak saviya bilan qilinmagan yurakning bilvosita massaji natijasida qovurg'alar sinib ketishi holatlari sodir bo'ladi. Bunday xatolar vaqtida, agarda bosim nuqtasi chapga siljisa, o'pkaning teshilishi, agarda pastga siljisa, jigar kapsulasining yirtilishi va jigar ezilishi, yuqoriga ko'tarilganda esa to'sh suyagining asosi sinib ketishi mumkin. Tiriltirish muolajalarini muddatidan oldin to'xtatishga olib keladigan omillar: favqulodda o'lim sodir bo'lsa, uzoq vaqt moboynida yurak va o'pka faoliyatlarining tiklanmasligi, qilinayotgan muolajalarning samarasizligi, a'zolar ish faoliyatining butkul tiklanmasligi va boshqalar. Reanimatsion muolajalarning foydali yakunlanganligi, ko'z qorachiqlari reflekslarining to'liq tiklanganligi, nafas olish va yurak urishining tiklanib, teri rangining qizarganligi va hushning paydo bo'lishidek belgilar asosida tasdiqlanadi. Aksincha, yuqorida qayd etilgan belgilarning tiklanmasligi qilingan muolajalarning samarasizligidan dalolat beradi. Yuqoridagi ko'rsatkichlar paydo bo'lmagan bunday holatlar reanimatsion muolajalarning to'xtatilishiga ko'rsatma bo'la oladi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
БОБО | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:07 | Изох # 29 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| ..
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:07 | Изох # 30 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| TO'SATDAN BOSHLANGAN TUG'ISH JARAYONIDA YORDAM KO'RSATISH Ayollar jinsiy a'zolarining tuzilishi haqida qisqacha tushuncha Tashqi va ichki jinsiy a'zolar farqlanadi. Tashqi jinsiy a'zolarga oraliq soha, junlar bilan qoplangan katta va kichik jinsiy lablar, ularning orasida qinoldi yorig'i, uning yuqorisida dillig' (diloq, klitor), uning ostida tashqi siydik kanali, undan pastroqda qin teshigi joylashgan bo'ladi. Ichki jinsiy a'zolarga qin, bachadon naylari va tuxumdon kiradi. Qin uzunligi 7-9 sm keladigan ichi bo'sh naysimon muskulli organ bo'lib, yuqori qismi bachadon bo'g'ziga, pastki qismi esa jinsiy yoriqqa ochiladi. Bachadon toq muskulli organ bo'lib, siydik pufagi va to'g'ri ichak oralig'ida joylashagan. Bachadonning tubi, tanasi, bo'g'zi va bo'yin qismlari farqlanadi. Bachadon noksimon shaklga ega bo'lib, devori 3 qavatdan iborat: shilliq, muskulli va seroz. Homiladorlikda bachadonning o'lchami va shakli o'zgaradi. Bachadon shilliq qavati hayz ko'rish sikliga bog'liq ravishda muntazam o'zgarib turadi. Bachadon naylari uning tanasi burchagidan boshlanib, erkin tomoni bilan qorin bo'shlig'iga ochiladi. Tuxumdonlar juft jinsiy bezlar bo'lib, bachadonning ikki tomonida joylashgan. Ularda jinsiy hujayralar - tuxum hujayralar ishlab chiqariladi, bundan tashqari, jinsiy a'zolarni idora etuvchi gormonlar hosil bo'ladi. Ayollar jinsiy a'zolarining funksiyasi Tashqi jinsiy a'zolar normada kichik va katta lablarning ichki tomonlari bir-biriga tegib turganligi tufayli qin teshigini tashqi muhitdan himoya qiladilar. Tashqi jinsiy a'zolar nerv oxirlari bilan ta'minlangan bo'lib, jinsiy sezgini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ko'p miqdorda bezlar joylashagan bo'lib, jinsiy aloqani yengillashtirish uchun shilimshiqsimon ajralma (sekret)lar ishlab chiqaradi. Jinsiy aloqa natijasida qinga tushgan urug' suyuqligidagi spermatozoidlar bachadon orqali nayga o'tib, so'ngra tuxum hujayraning urug'lanishi yuz beradi. Bunda tuxum hujayra qayta bachadonga tushib rivojlanadi. Qin bachadon bo'g'zi bilan birgalikda, homila yo'lini hosil qiladi. Yana boshqa asosiy vazifasi to'siq (baryer), o'zini o'zi tozalash qobiliyatidir. Balog'at yoshiga yetgan qizlarda (o'rtacha 12 yosh) bachadonning shilliq pardalarida bir xilda qaytalanuvchi siklik o'zgarishlar yuz beradi, bu esa homiladorlikning boshlanishi uchun yetarli sharoit hisoblanadi. Bachadonning asosiy vazifalariga homila tuxumining yopishishi uchun joy hosil qilish, homila va uning tashqi pardasini ta'minlash kiradi. Homila voyaga yetgach, u bachadon muskullari qisqarishi tufayli tug'ish kanali orqali tashqariga itariladi va tug'ish jarayoni yuz beradi. Bachadon naylarida tuxum hujayralarining urug'lanishi yuz beradi va ularning bir maromda qisqarishi tufayli urug'langan tuxum hujayra bachadon tomon harakatlanadi. Tuxumdonlarda tuxum hujayralar rivojlanadi, bundan tashqari, ayollar organizmiga xos bo'lgan gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar bachadonga, bachadon naylariga, qinga va butun ayol organizmiga ta'sir etib, ayollar tanasining tuzilishini, ularda modda almashinuvini, ko'krak bezlarining rivojlanishini, sochlarning o'sishini va boshqalarni belgilab beradi. Balog'at yoshiga yetgan qizlarda homiladorlikka tayyorgarlik jarayonlari, ya'ni o'rtacha 28 kunda 3-5 kun davom etadigan bachadondan oz-ozdan qon kelishi - hayz ko'rish (menstruatsiya) kuzatiladi. Bu jarayon gipotalamo-gipofizar sistemasida, tuxumdonlarda, bachadon va butun ayol organizmida fiziologik o'zgarishlar yuz berishiga sabab bo'ladi. Homilador ayollarning organizmida yuz beradigan fiziologik o'zgarishlar Homilador ayollarning organizmida homilaning to'g'ri rivojlanishi, bo'shanishga tayyorlanish va yangi chaqaloqni ko'krak suti bilan boqish uchun turli xil fiziologik o'zgarishlar yuz beradi. Homiladorlikning oxirgi kunlaridayoq ayol vazni 10-12 kg ga ortadi. Yurak birmuncha zo'riqib ishlaydi, nafas tezlashgan bo'ladi, homiladorlikning birinchi uch oyi davomida ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, ta'mni buzilgan holda sezish va qusish kuzatiladi. Buyraklarning faoliyati kuchayadi, nerv faoliyatida ta'sirchanlik, yig'loqilik, injiqlik, uyqusirash va ko'pincha bosh aylanishi kuzatiladi. Terida jigarrang dog'lar hosil bo'ladi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida ko'krak bezlarida, qorin devorida va son sohalarida zangori-jigarrang chiziqlar hosil bo'ladi, ular tug'ishdan so'ng oqaradi. Tashqi jinsiy a'zolarning kattalashib, bo'shashib yumshashi yuz beradi. Bachadonning vazni 50-100 g dan 1000-2000 g gacha og'irlashadi. Barcha ichki sekretsiya bezlarining faoliyati kuchayadi. Bu davrda ayol organizmida yangi bez - yo'ldosh (platsenta) shakllanadi va turli xil gormonlar ishlab chiqarib o'z faoliyatini boshlaydi. Homiladorlikni ertangi va kechki muddatlarda aniqlash Homiladorlikka tashxis qo'yish taxminiy, ishonarli va ishonchli belgilarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Taxminiy belgilariga: 1) ishtahaning bo'lmasligi; 2) hid va ta'm bilishning o'zgarishi; 3) asab tizimining o'zgarishi (ta'sirchanlik, uyqusizlik, injiqlik, kayfiyatning turg'un bo'lmasligi va h. k.); 4) yuz terisida dog'lar, ko'krak so'rg'ichlari va qorin devorida oq chiziqlar hosil bo'lishi kiradi. Ishonarli belgilariga: 1) hayz ko'rishning to'xtashi; 2) ko'krak bezlarini ezganda og'iz suti ajralishi; 3) bachadon bo'g'zi va qin shilliq qavatlarining ko'karishi; 4) bachadon o'lchami, shakli va qattiqligining o'zgarishi kiradi. Yuqoridagi belgilar quyidagi usullar bilan aniqlanadi: a) savol-javob, surishtirish; b) ko'krak bezini paypaslab ko'rish; v) tashqi jinsiy a'zolarni ko'zdan kechirish; g) ko'zgu yordamida tekshirish; d) qinni ikki qo'l bilan tekshirish. Homiladorlikning ikkinchi yarmida ishonchli belgilar paydo bo'ladi, ya'ni bachadonda homila borligi aniqlanadi. Paypaslash yo'li bilan homiladorlikning ikkkinchi yarmida uning bosh, bel va mayda qismlarini aniqlash mumkin, bundan tashqari, yuragining urishi minutiga 120-140 ta bo'lishini sanab bilish mumkin. Bu davrda homilaning qimirlash harakatlarini homilador ayolning o'zi aniq sezadi. Boshqa aniq belgilarini ultratovush yordamida aniqlash mumkin. Tug'ish jarayoni haqida umumiy tushuncha Tug'ish - fiziologik jarayon bo'lib, bunda tug'ish yo'llari orqali bachadondan homila, yo'ldosh, uning tashqi pardasi hamda homilaoldi suvi tashqariga itarib chiqariladi. Tug'ish jarayonining sababi ko'p omillidir. Fiziologik tug'ish 280 kun yoki 40 haftadan so'ng yuz beradi. U homilador ayolning nerv sisitemasi, endokrin, jinsiy a'zolari va boshqa sistemalaridagi fiziologik o'zgarishlar hisobiga ro'y beradi. Bachadon devorining muntazam ravishda qisqarishi, unda kaliy, kalsiy, magniy, natriy va boshqa ionlar miqdorining o'zgarishi hisobiga sodir bo'ladi. Bachadonning qo'zg'aluvchanligi va qisqaruvchanlik faoliyatining kuchayishi homiladorlikning oxirgi kunlarida uning muskullarida oqsillar, glikogen, kalsiy, glutation va boshqa moddalarning ko'plab to'planishi hisobiga ro'y beradi. Bachadonning qo'zg'aluvchanligi va qitiqlanish kuchining darajasi ma'lum chegara darajasiga yetganda tug'ish jarayoni boshlanadi. Tug'ish jarayonining yaqinlashishi va boshlanishi Tug'ish yaqinlashganini quyidagi belgilardan bilish mumkin: 1) tug'ishga 2-3 hafta qolganda bachadon tubi pastga tushadi, odatda, homilador ayol nafas olishning yengillashganini sezadi; 2) homilaning quyi tomoni pastga tushadi; 3) tug'ishdan oldin ko'pincha tashqi jinsiy a'zo orqali quyuq shilimshiqsimon ajralmalar chiqadi; 4) homiladorlikning oxiriga kelib bachadon qisqarishini sezish boshlanadi, bunda dumg'aza va qorinning pastki qismida og'riq boshlanadi; 5) homiladorning vazni tortib ko'rilganda u ozroq kamaygan bo'ladi. Tug'ish boshlanganligi to'g'risida quyidagi belgilar darak beradi: a) dard tutishi - bachadon muskullarining muntazam qisqarishi. Bu jarayon boshida 10-15 s da yuz bersa, keyinchalik tez va kuchliroq bo'lishi bilan tavsiflanadi; b) bachadon bo'g'zining silliqlanishi va ochilishi kuzatiladi; v) qon bilan aralashgan shilimshiq ajraladi; g) homila pufagi hosil bo'ladi. Tug'ishda itaruvchi kuchlarga: 1) dard tutishi (to'lg'oq) - bachadon muskullarining muntazam davriy qisqarishi. 2) kuchanish - dard tutishi bilan bog'liq holda qorin devori muskullarining qisqarishi kiradi. Dard tutishini homilador ayol boshqara olmaydi, u avtomatik ravishda yuz berib, bachadon bo'g'zining ochilishiga, homila va yo'ldoshning tug'ilishiga olib keladi. Kuchanish jarayonini homilador ayol boshqara oladi, shuning uchun undan dard tutishini kuchaytirish va tezroq boshlanishini ta'minlashda foydalanadi. Tuish 3 bosqichdan iborat: 1. Ochilish bosqichining mexanizmi. Ochilish bosqichi dard tutishining muntazam ravishda bo'lishi bilan boshlanib, bachadon tashqi bo'g'zining to'liq ochilishi bilan tugaydi. Bachadon bo'ynining ochilish jarayoni bachadon tubining va tanasining muskullari qisqarishi tufayli bachadon bo'g'zining aylanma muskullarining cho'zilishi hisobiga hamda homila pardasining bachadon bo'g'zini kengaytiruvchi, ya'ni gidravlik tiqin sifatidagi ta'siri tufayli yuz beradi. Natijada bachadon bo'g'zi silliqlanadi, tug'ilayotgan chaqaloqning boshi va tanasi o'tishi mumkin bo'lgan cho'zilgan nayga aylanadi. Ochilish bosqichi asta-sekin rivojlanadi. Boshlanishida bachadon bo'g'zi bir barmoqni o'tkazadi, keyinchalik ikkita barmoqni va h. k. Bunda tomoq chetlari borgan sari yupqalashadi. Bachadon bo'g'zining kengligi 10-12 sm ga yetganda to'liq ochilgan hisoblanadi. Bu vaqtda homila pufagi yorilib, undan oldingi suv oqib chiqib ketadi. Homila pu- fagining odatdagidan oldinroq yorilib ketishi tug'ish jarayonining asoratli kechishiga olib kelishi mumkin. 2. Homilaning tashqariga itarib chiqarilish bosqichining mexanizmi. Bu bosqichda homilaning tug'ish yo'llari orqali tashqariga itarib chiqarilishi yuz beradi. Homilaoldi suvi tashqariga oqib chiqib ketgandan so'ng dard qisqa muddatga to'xtaydi, bachadon devorlari qalinlashadi va homila badaniga hamma tomondan mahkam yopishadi. Bu davrda dard tutishi tezlashadi va ular orasidagi muddat qisqaradi. Tez orada dard tutishiga kuchanish qo'shiladi, bu homilani tashqariga itarib chiqarilish bosqichi boshlanganidan dalolat beradi. Bachadon ichidagi bosim qorin devori bosimi bilan qo'shilib, homila yo'llari orqali homilani ilgarilanma harakatlantirib, uning tug'ilishiga olib keladi. Homilaning ilgarilanma harakati tug'ish kanalining o'qi bo'ylab amalga oshadi, bunda homilaning oldinda joylashgan qismi faqat ilgarilanma emas, balki o'z o'qi atrofida aylanma harakat ham qiladi. 3. Yo 'Idoshning tuilish bosqichi. Bu bosqichda bachadon devoriga yopishgan yo'ldosh undan ajralib homila yo'llari orqali tug'ilishi yuz beradi. Yo'ldosh tug'ilishi bosqichidagi dard tutishi bu jarayonning asosiy sharoiti hisoblanadi. Bundan tashqari, qorin devorining taranglashishi, ya'ni kuchanish ham katta ahamiyatga ega. Chaqaloq tug'ilgandan so'ng bachadon qisqaradi. Oradan bir necha daqiqa o'tgach, bachadonning hamma qismi, yo'ldosh birikkan qismi ham bir maromda qisqarishi kuzatiladi. Lekin yo'ldosh qisqarish qobiliyatiga ega emas, shuning uchun u bachadon devoridan ko'chadi. Yo'ldosh ko'chgan joyda qon tomirlar uzilishi yuz berib, qon ketishi kuzatiladi, bu ham yo'ldoshning tezroq ko'chishiga sharoit hisoblanadi. Bu bosqichda bachadon-yo'ldosh tomirlaridan qon ketishi xos bo'lib, normada 100-300 ml qon yo'qotiladi. Tug'ishning biomexanizmi Tug'ish jarayonining ikkinchi bosqichida homila bachadon ichidan tug'ish yo'llari orqali tashqariga itarib chiqariladi. Kichik tos shakli turli xil tekisliklarda bir xil emas: tosga kirishda u ko'ndalang cho'ziq shaklga, undan keyin suyak kanali aylanma tekisligi keladi, chiqish joyida esa oval shaklga ega. Tug'ish kanalining yumshoq to'qimalariga: bachadonning pastki qismi, qin, tos va uning tubidagi muskullar kiradi. Tos tubining muskullari oxirgi bosqichga qadar tug'ish jarayonida homila boshining harakatiga to'sqinlik qiladi, shu tufayli homilaning gorizontal o'qi atrofida aylanishini ta'minlaydi. Tos tubining muskullari uzun chiqish nayini hosil qiladi. U suyak kanalining davomi hisoblanib, orqa tomonga bir oz yoysimon egilgan bo'ladi, shuning uchun gorizontal o'q parabola ko'rinishiga ega. U suyak kanalida to'g'ri pastga yo'nalgan bo'lib, tos tubiga yetgandan so'ng oldingi tomonga yo'naladi. Homilaning boshi ham turli o'lchamlarga ega: uzunasiga, egri, ko'ndalang va vertikal. Homila boshining ilgarilanma harakati gorizontal o'qi atrofida aylanishi hisobiga kichik tos va tug'ilish yo'lining yumshoq to'qimalari orqali tug'ilishi tug'ishning biomexanizmi deyiladi. Ochilish, tashqariga itarib chiqarish va yo'ldosh tug'ilish bosqichlarida tug'ishning borishi Birinchi bosqichda homila boshi ilgarilanma harakat qiladi. Bu bosqich ancha vaqtga cho'ziladi, boshlanishida dard tutishi kamroq, 15-20 minutda kuchsiz va qisqa davom etadi. Sekin-asta tezlashadi, kuchayadi va davomiyligi uzayadi. Bosqich oxiriga kelib dard tutishi har 2-3 minut ichida kuzatilib, davomiyligi 60-80 s ga yetadi. Dard turli darajada og'riq bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bachadon bo'g'zining tekislanib, ochilishi qin tekshirish usullari bilan aniqlanadi. Bachadon bo'g'zi to'liq ochilgandan so'ng, homilaning bachadon ichidan tashqariga itarib chiqarilishi boshlanadi. Itarib chiqaruvchi dard tutishiga tezda kuchanish - qorin devori muskullarining taranglashishi qo'shiladi. Homilador ayol nafasini ushlab, qo'l va oyoqlari bilan mahkam tiralib, qorin devori muskullari taranglanib kuchanadi. Bu bosqichda homilador ayol bor kuchini ishga soladi. Bunda yuzlari qizaradi, lablari ko'karadi, terisi ter bilan qoplanib, bo'yin venalari bo'rtadi. Dard va kuchanish hisobiga homilaning boshi kichik tos tubiga tushadi. Homila boshi oraliq sohaga yetganda u bo'rtadi, ilgarilanma harakat natijasida homila boshi jinsiy yoriq orqali chiqa boshlaydi, bu holat homila boshining yorib chiqishi deyiladi. Homila boshining dastlabki harakati tufayli kuchanish jarayoni to'xtagan bo'lishiga qaramay, homila boshi jinsiy yoriqdan ko'rinib turishiga homila boshi yorib chiqdi, deyiladi. Birinchi navbatda ensa qismi, keyin esa boshning tepa qismi, so'ngra peshona va yuz qismlari yorib chiqadi. Bosh qismi tug'ilgandan so'ng, yuz qismi bilan bosh va tana onaning son tomoniga buraladi. Yelkalar, tana va oyoqlar tug'iladi. Uchinchi bosqich juda qisqa davom etadi. Bachadon tubi kindik sohasida bo'ladi. Dard tutgan vaqtda bachadon zichlashadi, tor va ensiz bo'lib qoladi, tubi esa pastga tushib o'rta o'q chizig'idan chetlashadi. Yuqoridagi jarayonlar yo'ldoshning bachadon devoridan ajralganligi haqida dalolat beradi. Yo'ldosh qin sohasiga yaqinlashganda kuchanishga xohish tug'iladi, dard tutishi hisobiga yo'ldosh tug'iladi. Tug'ishni qabul qilish Homilani tashqariga itarish bosqichida ayol tug'ish krovatida, o'ziga qulay holatda chalqanchasiga yotadi. Qolgan hollarda esa boshi va yelkasi ostiga qo'shimcha yostiqlar qo'yiladi. Chaqaloq boshi yorib chiqish bosqichida doyalik qo'llanmalarini qo'llashga to'g'ri keladi. Bu qo'llanmalar tug'ish kanalining devorlarini, oraliq soha a'zolarini va chaqaloqni shikastlanishdan saqlaydi. Tug'ishni qabul qilish quyidagi ketma-ketlikdan iborat. 1. Chiqib kelayotgan chaqaloq boshini boshqarish, bunda o'ng qo'lning 3 ta barmog'ini yumshoq tomoni bilan chaqaloq boshiga tekkizib turiladi, bu esa dard tutgan paytda bosh harakatini sekinlashtirish va uning tez to'g'rilanishining oldini oladi. Dardlar orasidagi muhlatda o'ng qo'l barmoqlari qin halqasining ichki yon devori to'qimalarini cho'zilishdan saqlaydi, bu holatga «to'qimalar kelishuvi» nomi berilgan. Buning uchun dardlar orasidagi muddatda dillig' va kichik lablar sekin-asta tug'ilayotgan boshning ensa qismidan sidiriladi, yangi dard boshlanganda «to'qimalar kelishuvi» bartaraf bo'lib, yana tez yorib chiqish va boshning barvaqt to'g'rilanishi kechiktirilishi ta'minlanadi, bu juda muhim hisoblanadi. 2. Boshni chiqarib olish. Ensa qismi tug'ilgandan so'ng, uning chuqurchasi qov bitishmasiga tiraladi, shundan so'ng kuchanish taqiq- lanadi. Qin halqasining yon tomonlarini asta-sekin sidirish yo'li bilan boshning tana qismi chiqariladi. Keyin esa chap qo'l bilan boshni ushlab oraliq soha to'qimalarini undan sidirib to'g'rilanadi. Sekinlik bilan boshni to'g'rilash natijasida boshlanishida peshona, so'ngra yuz qismi va iyagi ko'rinadi. Agar oraliq sohaning yirtilish xavfi tug'ilsa, u holda qaychi yordamida kesish kerak. 3. Yelka sohasining tug'ilishi. Tug'ilgan chaqaloq boshining yuz qismi onasining chap yoki o'ng soniga buraladi. Agar bu jarayon kechiksa, u holda ikki qo'lning kaft yuzalarini chaqaloq quloqlari ustiga qo'yib, oldin pastga tortib oldingi yelkalar qov bitishmasi ostiga chiqarib keltirilgandan so'ng, boshni yuqoriga tortib pastki yelkalar chiqarib olinadi. 4. Tananing tug'ilishi. Yelkalar tug'ilgandan so'ng ikki tomondan ikki qo'llab chaqaloqning ko'krak qafasidan ushlab yuqoriga tortiladi, bunda hech qanday qiyinchiliksiz tananing pastki qismi tug'iladi. Chaqaloqlarni birinchi tibbiy parvarishlash Tug'ilgan chaqaloq sterillangan paxta yoki doka bilan artiladi, sterillangan rezina moslama yoki elektrso'rg'ich yordamida og'iz va burunlari shilimshiqdan tozalanadi. Sog'lom va o'z vaqtida tug'ilgan chaqaloqlar nafas oladi, baland ovoz bilan qichqiradi va qo'l-oyoqlari bilan faol harakatlar qiladi. Voyaga yetmay, erta tug'ilgan chaqaloqlarda bu belgilar ancha sust rivojlangan bo'ladi. Chaqaloqlarni birlamchi tibbiy parvarishlashdan oldin shifokorlar qo'llarini tozalab yuvib, spirt bilan artib, sterillangan rezina qo'lqoplar kiyishlari shart. Chaqaloq qovoqlari alohida sterillangan paxta sharchalar bilan tashqi qirg'og'idan ichki qirg'og'iga qarab artiladi. Ko'zning o'ziga esa oldin pastki, keyin yuqorigi qovoqlar ochilib bir tomchidan 30 % albutsid eritmasi tomiziladi. Kindik tizimchasiga ikki bosqichda ishlov beriladi. Unda tomir urishi to'xtagandan so'ng kindik halqasidan 10 sm yuqoridan birinchi va 2 sm qoldirib ikkinchi Koxer qisqichi bilan qisiladi. Qisqichlar orasidagi qismini 5 % yod eritmasi bilan ishlov bergach, qaychi bilan kesiladi (29- rasm). Ikkinchi bosqichda qolgan kindik tizimchasini sterillangan doka bilan artib, ko'rsatkich va katta barmoq bilan mahkam siqib ushlab, maxsus sterillangan tamg'asi bor qisqich yordamida kindik halqasidan 0,5-0,7 sm yuqoridan tamg'a- lanadi. Tamg'a o'rniga ipakdan foydalanilsa ham bo'laveradi. Ortiqcha qismi kesib tashlanadi va yodning 5 % li eritmasi surtilib, sterillangan dokali bog'lam qo'yiladi. Chaqaloq terisini sterillangan vazelinli yog' shimdirilgan paxta sharchalar bilan surtib tozalanadi. So'ngra vazni tortiladi, bo'yi o'l- chanadi, bosh o'lchamlari aniqlanadi. Chaqaloqni kiyintirib, yo'rgaklab choyshabga o'raladi. Yo'ldoshning bachadon devoridan ko'chganligidan dalolat beradigan belgilar Uchinchi bosqichda yo'ldosh ko'chishi va jinsiy yo'llar orqali tashqariga itarilib chiqishi kuzatiladi. Bu bosqich ancha vaqtgacha cho'ziladi, ya'ni asoratsiz kechganda 1-2 soatga boradi. 300 ml qon yo'qotganda va homiladorning ahvoli og'irlashsa, asoratli kechish hisoblanadi. Shuning uchun yo'ldosh ajraganligidan dalolat beradigan belgilarni aniq bilish katta ahamiyatga ega. Ular quyidagilardan iborat: 1) bachadon tubining balandligi va shaklining o'zgarishi (Shreder belgisi). Yo'ldosh ajragandan so'ng bachadon devori qalinlashadi, torayadi, tubi kindikdan yuqoriga ko'tariladi va o'rta o'qdan o'ngga og'adi; 2) kindik tizimchasi tashqi kesilgan qismining uzayishi (Alfeld belgisi). Kindik tizimchasiga bog'langan ipak 10-12 sm ga pastga tushadi; 3) qov bitishmasi yuqorisida qorin devorining tashqariga bo'rtib qolishi, bachadonning pastki qismiga ajralgan yo'ldosh tushganda hosil bo'ladi; 4) ajralgan yo'ldosh qinga tushganda dard tutishi hosil bo'ladi; 5) kuchanish vaqtida kindik tizimining uzayishi kuzatiladi; 6) qov bitishmasidan yuqoriga qo'l panjasini ko'ndalang qilib bosib krilganda, agar yo'ldosh ajralmagan bo'lsa, u holda kindik tizimchasi qisqaradi, aks holda uzunligi o'zgarmaydi (Kustner-Chukalov belgisi). Uchinchi bosqichda yuz berishi mumkin bo'lgan asoratlarga: - ajralgan yo'ldosh chiqishining kechikishi; - bachadon devoridan yo'ldosh ajralish jarayonining buzilishi kiradi. Ko'pincha bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyati susayganda, pardalarda patologik o'zgarishlar paydo bo'lganda va kamdan-kam hollarda yo'ldosh bachadon devoriga chuqur o'sib kirganida kuzatiladi. Bunda qon ketishi kabi asoratlar xavfi kuchayadi. Uning sabablariga: - tug'ish yo'li yumshoq to'qimalarining yirtilishi; - yo'ldosh bo'laklarining bachadon devorida qolib ketishi; - bachadonning gipo va atoniyasi kiradi. Tug'ish yo'li yumshoq to'qimalarining yirtilishi tufayli qon ketganda jarohatlar tikiladi. Yo'ldosh bo'laklari qolib ketganda qon ketsa, u holda qo'l yordamida bachadon devoridan o'sha bo'lak olib tashlanadi. Gipo va atoniyada tashqaridan va tashqi-ichki uqalash usullaridan foydalaniladi, bundan tashqari, bachadonni qisqartiruvchi vositalar yuboriladi, qorin aortasini qo'l bilan bosish qo'llaniladi. Yo'ldoshning bachadon devoridan ajralishi buzilganda uni qo'l bilan ajratib olish usuli qo'llaniladi. Tug'ilgan chaqaloq holatini baholashda Apgar shkalasidan foydalaniladi. APGAR SHKALASI BELGILAR B A L L A R 0 1 2 Yurak urishi kuzatilmaydi 1 minutda 100 tadan kam minutiga 100-140 Nafas olishi kuzatilmaydi juda sust, bir marta yaxshi qichqiradi Terining byalishi oqish yoki ko'kimtir pushti, oyoq va qo'llari ko'kimtir pushti Muskullar faolligi harakat kuzatilmaydi harakatlar sust faol harakatchan tonusli Reflektor qo'zg'aluvch anligi oyoq panjasi osti qitiqlan- ganda reaksiya kuzatilmaydi reaksiyalar sust, harakatlar paydo bo'ladi harakatchan kuchli qichqiriq
Sog'lom chaqaloqlarda ballar mikdori 7-10 ga, kuchsiz chaqaloqlarda 5-6 ga, og'ir holatlarda esa 1-4 ga teng bo'ladi. Chaqaloqlarni jonlantirishda, birinchi navbatda nafas yo'llarini shilimshiqlardan tozalash kerak. Kindik tizimchasi orqali kaliy xloridning 10 % eritmasini 3 ml miqdorda yuborish kerak. Samara kutilganidek bo'lmasa, u holda sun'iy nafas apparatiga o'tkazish kerak va yurakni bilvosita yo'l bilan asta-sekin uqalash kerak. Chaqaloq va uning onasini transportiravka qilish Tug'ish jarayonining barcha asoratli kechish hollarida homilador ayol tug'uruqxonaga yotqizilishi shart. Qolgan hollarda shifoxonadan tashqarida yordam ko'rsatib, parvarish qilish mumkin. Homilani tos tomoni bilan kelishi va qo'l bilan yordam krsatish usuli Tos tomoni bilan kelishida homila tos tomoni bilan tug'ish kanaliga yo'nalishi tushuniladi. U ikki xil bo'ladi: dumba va oyoq tomoni bilan kelishga bo'linadi. Bunday holatlarda tug'ish 4 bosqichda boradi: 1) homilaning kindikkacha tug'ilishi; 2) kindikdan kuraklarning pastki burchagigacha tug'ilishi; 3) qo'llarning tug'ilishi; 4) boshning tug'ilishi. Tos tomoni bilan kelishida Sovyanovning qo'l bilan yordam berish usuli qo'llaniladi. Bu usul qo'l va oyoqlarning to'g'ri joylashishiga asoslangan. Homilaning noto'g'ri holati va joylashishi Bunga homilani ko'ndalang va qiyshiq joylashishi kiradi. Homila bachadonning o'rta o'qiga nisbatan perpendikular joylashgan bo'lsa ko'ndalang, agar homila bu o'q bilan o'tkir burchak hosil qilsa, u holda qiyshiq joylashgan deyiladi. Bu holatlarda ona va bola hayotiga xavf soluvchi asoratlar kelib chiqishi mumkin: suvning oqib ketishi, homila mayda qismlarining ajralib chiqishi, bachadon yorilishi va o'limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu kabi asoratlar yuz bermasligi maqsadida jarrohlik usuli (Kesar kesish)dan foydalaniladi. Tor tos haqida tushuncha, tug'ish va uni olib borish xususiyatlari Tor tos deganda sog'lom homila boshining tug'ish jarayonida tos suyagi orqali o'tishida tos suyak skletining torayishi tufayli mexanik qarshilikka duch kelishi tushuniladi. Bu kabi qarshiliklar turlicha rivojlangan bo'ladi. Tos unchalik toraymagan hollarda tug'ish jarayoni asoratsiz tugashi mumkin. Keskin toraygan tos tug'ish jarayonining amalga oshishiga butunlay to'sqinlik qiladi. O'lchami bo'yicha tos torayishining 4 ta darajasi: I, II, III, IV farqlanadi. Shakli bo'yicha: 1) umumiy bir tekis toraygan; 2) oddiy yassi toraygan; 3) yassi raxitik toraygan; 4) umumiy toraygan. III va IV darajali torayishda sog'lom tirik homilani tug'ish imkoni umuman yo'q. Suvning oqib ketishi, homila mayda qismlarining tushib qolishi va tug'ish kuchining anomaliyasi kabi asoratlar kuzatiladi. Ko'pincha homila hayotiga asfiksiya, bachadon-yo'ldosh sistemasida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlar bilan xavf soladi. Hozirgi vaqtda jarrohlik usullari qo'llaniladi. Kesar kesish Operatsiyaga mutlaq va nisbiy ko'rsatmalar mavjud. Mutlaq ko'rsatmalarga: 1) mutlaq tor tos; 2) o'sma hisobiga keskin toraygan tos; 3) sinish va siljish hisobiga tos deformatsiyalanishi; 4) qinning keskin stenozi (torayishi); 5) yo'ldoshning to'liq noto'g'ri joylashishi; 6) yo'ldoshning barvaqt joyidan ko'chishi. Nisbiy ko'rsatmalarga: 1) yo'ldosh operatsiyalar; 2) yo'ldoshning qisman noto'g'ri joylashishi; 3) yurak-tomir kasalliklari; 4) og'ir shakldagi xafaqonlik kasalligi; 5) homilaning ko'ndalang joylashishi; 6) homila boshi va tanasining noto'g'ri joylashishi. Tuishda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati patologiyasi Normada tug'ish jarayonida bachadon qisqarishi to'lqin ko'rinishida uning burchagidan tanasiga va pastki qismiga tarqaladi. Bachadon funksional holatining eng muhim ko'rsatkichlariga uning tonusi va qo'zg'atuvchanligi kiradi. Shunga bog'liq ravishda uning silliq muskullari xossalari tug'ish faoliyatining anomaliyasida kuzatiladi, gipo, normo va gipertonuslarga bo'linadi. Tug'ish faoliyatining uch xil anomaliyasi kuzatiladi: 1) tug'ish faoliyatining susayishi; 2) diskordinatsiyalangan tug'ish faoliyati; 3) juda kuchli tug'ish faoliyati.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
БОБО | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:08 | Изох # 31 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| ...
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:08 | Изох # 32 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| FAVQULODDA HOLATLAR (YER QIMIRLASHI, SUV TOSHQINI, O'PIRILISH VA BOSIB QOLISH)DA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH XUSUSIYATLARI Ko'p insonlarning o'limida asosiy sabablardan biri tabiiy ofatlar hisoblanadi. Hozirgi kunlarda u yoki bu tabiiy ofatlarning qachon bo'lishini bashorat qilish mumkin emas, ammo xavfi yuqori bo'lgan mintaqalarni bilish mumkin. Zilzila va yog'ingarchilik xavfi yuqori bo'lgan mintaqalar mavjud. Yer qimirlashi natijasida katta issiqlik uzatuvchi tarmoqlar, kollektorlar, elektrostansiyalar va boshqalarning ishdan chiqishi hamda xavfli yong'inlarning sodir bo'lishi og'ir kuyish va zaharlanishlarga ham olib keladi. Yer qimirlashi qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisiga va turar joylarga katta talafot yetkazishi mumkin. Tabiiy ofat bo'lgan mintaqalarda industrial obyektlar qancha ko'p bo'lsa, xavf shuncha yuqori va vujudga kelgan holat murakkab bo'ladi. Zilzila vaqtida yuzaga keladigan jarohat shikastlantiruvchi agentning ta'sir qilish tezligi, kuchi, davomiyligi, ta'sir qilish joyi va jarohatlanganning yoshiga bog'liq bo'ladi. Shikastlanishning jarohatlanish mexanizmiga qarab quyidagi turlari kuzatiladi: zarbali, kompression va aralash. Zarbali shikastlanish ta'sirida uning ta'sir kuchiga bog'liq bo'lgan har xil og'irlikdagi - miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og'ir jarohatlanishigacha bo'lishi mumkin. Jarohat olgandan so'ng hush va xotirani yo'qotish holatlari kuzatilgan. Zarba tekkan joyda yumshoq to'qimalarning shikastlanishi, har xil sinishlar ham aniqlanishi mumkin. Kompression (bosib qolish) mexanizmi ta'sirida (bino va qurilish bo'laklari va boshqa jihozlar bilan ko'p kuzatilgan) jarohatlovchi kuch katta bo'lmaydi. Bunda kam hollarda suyaklarning sinishi va deformatsiyaga uchrashi aniqlanishi mumkin. Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat organlari, bosh suyagi, miya to'qimasining jarohatlanishi bilan birga, tana sohalarining yuk ta'sirida ezilishi ham kuzatiladi. Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati kommotsion-kontuzion sindrom ko'rinishidagi organizmning o'ziga xos belgisi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining jarohati yumshoq to'qimalarda gematomalarning paydo bo'lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar), bosh suyagining sinishi hamda miya shikastlanishlari bilan kechadi. Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq bo'lishi mumkin. Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to'qimalarning anatomik butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi tufayli gematoma hosil bo'ladi va bosh sohasida turli o'lchamli shish (g'urra) paydo bo'ladi. Shikastlangan soha og'riq, qizarish, keyinchalik esa ko'karish kuzatilishi mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to'qimalar anatomik butunligi buzilishi tufayli jarohatlar paydo bo'ladi va jarohatlarga xos belgilar kuzatiladi. Bosh suyagi shikastlanishida 8-15 % holatlarda bosh miya funksi- yasining buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq shikastlanishlarga qaraganda 3 marta ko'proq uchraydi. Jarohatlanganni tekshirayotganda bosh suyagi jarohatining bor yoki yo'qligi, yaraning chuqurligi, miyaning shikastlanishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Teri butunligi, yaralar, gematomalar yoki bosh suyagi ezilishini aniqlashga e'tibor berish kerak. Bosh suyagi aponevrozi yaralari, odatda, teri va teriosti qavati yaralariga qaraganda ko'proq ochiq bo'ladi. Jarohat chuqurligini aniqlashda undan chiqayotgan ajralmalar xususiyatiga ham e'tibor beriladi. Jarohatdan oqayotgan qon hajmi bosh suyaklarining shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin. Chunki bosh suyaklari shikastlanganda diploye tomirlari va miya qavatlaridan qon ko'p ketadi. Jarohat ajralmasida orqa miya suyuqligi yoki miya to'qimasi bo'laklarining bo'lishi jarohat miya to'qimalariga o'tganligidan dalolat beradi. Ko'z qovog'ining «ko'zoynak» ko'rinishidagi qontalashuvi bosh suyagi asosi oldingi sohasining sinishi belgisidir, quloqlardan qon ketishi esa bosh suyagi asosi o'rta qismining singanligini ko'rsatadi. Bosh miya jarohatida miya shikastlanishining asosiy uch turi farqlanadi: miya chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi Miyaning chayqalishi. Miyaning chayqalishi mexanik kuchning tez va kuchli ta'siridan kelib chiqadi. Klinik kechuviga qarab miya chayqalishining yengil, o'rtacha va og'ir darajalari tafovut qilinadi. Yengil darajali miya chayqalishida qisqa muddatli hushni yo'qotish, ba'zan bosh aylanishi, quloqlar shang'illashi, ko'z oldi qorong'ilashishi, bosh og'rishi, teri oqarishi, ko'ngil aynishi yoki qusish ro'y beradi. Shikastlanganda retrograd amneziya (jarohat olishdan oldingi voqelikni esdan chiqarish) holati kuzatiladi. Yuqorida qayd qilingan belgilar miya chayqalishining bu og'irlik darajasida 5-7 kundan so'ng asta-sekin yo'qo- ladi. O'rta darajali miya chayqalishida bir necha soat davomida hushni yo'qotish, adinamiya, ruhiy qo'zg'alish, qusish, reflekslarning pasayishi, nistagm, ko'z qorachig'ining torayishi, pulsning sustlashuvi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Og'ir darajali miya chayqalishida hushni uzoq muddatga (bir necha soatdan kungacha) yo'qotish bilan tavsiflanadi. Bunda nafas olishning yuzakilanishi, pulsning sustligi va kuchsizligi, teri qoplamlarining oqarishi, reflekslarning yo'qolishi, ko'z qorachig'ining yorug'likka bo'lgan reaksiyasining yo'qolishi, siydik va najasning ixtiyorsiz ajralishi yuz beradi. Buning hammasi koma va o'lim bilan tugashi mumkin. Miyasi chayqalgan bemorlar faqat yotishlari shart. Yengil chayqa- lishda uch haftagacha, og'irroq chayqalishlarda bir oydan ikki oygacha. Miyaning lat yeyishi. Miya lat yeyishi deb, miya moddasining shikastlanishi tushuniladi. Og'ir jarohatlarda bu shikastlanish fizik kuch ta'sirining qarama-qarshi tomonida joylashgan bo'ladi. Miya lat yeganida miya funksiyasining buzilishi ham tavsiflidir, hamda bu holat jarohatdan so'ng birdan rivojlanadi. Oyoq yoki qo'lning (monoplegiya) yoki gavda yarmi mushaklarining (gemiplegiya) falajlanishi kuzatiladi, ovoz yo'qoladi (afaziya), yuz nervlarining shikastlanishi tufayli yuz qiyshayishi (assimetriya) va ko'rishning yomonlashuvi yuz beradi. Tana harorati 40 0C gacha keskin ko'tarilishi mumkin. Siydikning sutkalik miqdori oshadi, undagi qand miqdori ko'payadi. 4-5 hafta davomida kompleks davolash tadbirlari qo'llaniladi. Bunda asosiy e'tibor nafas olish va qon tomir tizimlarining faoliyatini yaxshilash, keyinchalik esa nevrologik o'zgarishlarni yo'qotishga qaratiladi. Miyaning ezilishi. Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon ketishi yoki suyaklar sinishi natijasida ro'y beradi. Qon to'planishi (gematoma) miya qattiq po'stlog'i ustida (epidural gematoma) hamda miya to'qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil bo'ladi. Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo'qolmasdan tormozlanishi, bosh og'rishi hisoblanadi. Ko'z qorachig'ining qon quyilgan tomonda kengayishi kuzatiladi. Keyinchalik esa bemorning tashqi muhitga reaksiyasi yo'qoladi, hushidan ketadi, puls sekinlashadi, minutiga 40-50 gacha kamayadi. Nafas olish yomonlashadi, shovqinli va notekis bo'lib qoladi. Bosh miyaga qon ketishi natijasida ezilish belgilari birdaniga ro'y bermasdan bir necha vaqtdan so'ng namoyon bo'ladi, shuning uchun ham shikastlanganlar vrachlarning qat'iy nazoratida bo'lmog'i lozim. Bosh suyagi va miya jarohatlarida vrachgacha bo'lgan yordam shikastlanganlarga osoyishtalikni ta'minlash, bosh sohasini immo- bilizatsiya qilish, nafas olishni yaxshilash, ya'ni hayot uchun xavfli bo'lgan holatlarning oldini olishdan iborat bo'ladi. Bosh miyaning yopiq jarohatlarini davolash bemorga mutlaq osoyishtalik yaratishdan boshlanishi kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko'tarilgan, yotgan holda bajarilishi lozim. Bemor hushsiz bo'lganligi tufayli, qusuqning nafas yo'liga tiqilishi, tilning tushib qolishiga qarshi choralar ko'riladi. Boshni yon tomonga egib, og'iz bo'shlig'iga havo o'tkazuvchi naycha qo'yish lozim. Ba'zan transportirovka qilishda kislorod bilan nafas oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo'ladi. Og'ir bemorni transportirovka qilishda maxsus taxta, zambil yoki g'ildirakli zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to'rt kishi yordamida chayqatmasdan ko'tariladi. Shikastlanganlarni yuqori qavatlarga ko'tarishda boshini oldingi tomonga va oyoq tomonini gorizontal holatgacha ko'targan holda chiqarish lozim. Bemorni zambildan to'shakka o'tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3 kishi zambil bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim. Bunda bir kishi bemor boshi va ko'kragini, ikkinchi kishi beli va sonini, uchinchisi esa boldirini ushlashi kerak. Favqulodda holatlarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir qatorda, bel suyaklarining, jumladan, umurtqa pog'onasi, yuz suyaklari (yuqori va pastki jag' suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham kuzatilishi mumkin. Bu shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda tana boshqa sohalari yumshoq to'qimalarining ham jarohatlanishi va turli kattalikdagi yaralarning paydo bo'lishi bilan ro'y beradi. Uzoq ezilish sindromi. Uzoq ezilish sindromi (Krash sindromi) ko'plab yumshoq to'qimalarning uzoq vaqt yuk ta'sirida ezilishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari bor. Umumiy belgilar shok, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va mioglobinuriyadan (siydik orqali mioglobulin moddasining chiqishi) iborat bo'lib, asosiy belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi. Uzoq ezilish sindromi jangovar holatlarda, zilzila va binolar qulashi paytida, shaxta va konlar bosib qolishi va boshqa holatlarda uchraydi. Masalan, Ashxoboddagi yer qimirlashi paytida shikastlanganlarning 3,5 % da bu sindrom kuzatilgan. Xirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20 % kishilarda bu holat aniqlangan. Uzoq ezilish sindromi uch davrda kechadi: erta, o'rta va kech davrlar. Erta davrda (2-3 kun davom etadi) bosib turgan og'irlikdan xalos etilganlarda umumiy va mahalliy belgilar erta (bir necha o'n minut yoki bir necha soat o'tgach) ko'zga tashlanadi. Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez shishishi, terining ko'karishi va sovishi bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik esa terida pufakchalar hosil bo'lib, pufak ichida qontalashgan suyuqlik ko'rinadi. Ana shu davrda rivojlana boshlaydigan gemodinamik o'zgarishlar (qon bosimining pasayishi, yurak urishining tezlashuvi va b.) boshlang'ich davr uchun xos bo'lgan umumiy belgilardir. Uzoq vaqt davomida ezilib yotgan odam (1-2 sutka), ko'pincha qutqarib olinganidan so'ng bir necha soat ichida hayotdan ko'z yumadi. Ba'zan bitta oyoq yoki qo'l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan so'ng qo'l yoki oyoq oqargan, sog'iga nisbatan sovuqroq, barmoq uchlari ko'kargan bo'ladi. Suyaklar ko'pincha zararlanmaydi. Sezish hissi yo'qoladi. Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan qo'l va oyoqlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi. Ikkinchi o'rta davr (3 kundan 10-12 kungacha). Bunda ko'z oqining sarg'ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi, plazma yo'qotilishi, qonning quyulishi va o'tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. O'tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va kunlardan kuzatilib, bu vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo'ng'ir rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilib, qonda azot miqdori oshib ketadi. Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og'ir hollarda 3-7 kunga kelib hushdan ketadi. Og'ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligidan o'lim sodir bo'ladi. Uchinchi kechki davr. Kasallik unchalik og'ir kechmaganida ikkinchi hafta oxiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrak faoliyati asta- sekinlik bilan tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo'qolib boradi. Yumshoq to'qimalarning ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu sindromning yengil, o'rtacha og'irlikdagi, og'ir va o'ta og'ir darajalari yoki kechish turlari farqlanadi. Yengil darajasi yoki turida yumshoq to'qimalar kam muddat (4 soatgacha) og'irlik ostida eziladi: bunda buyrak faoliyati sal buzilib, bir necha kun ichida bemor sog'ayib ketadi. rtacha og'irlik darajasi yoki turida yumshoq to'qimalar og'irlik ostida 6 soatgacha qolib ketganda kuzatilib, bir necha kun mobaynida siydik mioglobin hisobiga rangi o'zgaradi. Bemor kamharakat bo'lib qoladi, ko'ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo'ladi, qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshadi. Og'ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6-8 soat qolib ketganda) shok bilan o'tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, hushdan ketish kuzatiladi. siydikda oqsillar, xilma-xil silindrlar miqdori oshib ketadi. Qonda esa azot miqdori ko'tariladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo'yadi. O'ta og'ir darajasi yoki turi 6-8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib ketganda kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko'tarilishi, buyrak siydik ajratmay qo'yishi bilan tavsiflanadi. Jabrlanganlar bir-ikki kun ichida o'ladilar. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo'lgan joyda ko'rsatiladi. Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan xalos etmasdan turib yoki xalos etilgandan so'ng tezda shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut qo'yiladi. Ezilgan soha bog'lov materiallari bilan qattiq bog'lanadi va bu sohaning immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Shikastlangan soha iloji boricha sovitiladi. Jabrlanganlar transportirovkasi shoshilinch ravishda amalga oshiriladi. Zilziladan so'ng talafot ko'rganlarning 1/3 qismida ezilish sindromining og'ir turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlan- ganlarning 1/3 qismida bu sindromning namoyon bo'lishi minimal bo'ladi. Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr ko'rganlarda ezilgan to'qimalar va autoliz mahsulotlari qonga so'rilishi natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi. Portlash to'lqini ta 'sirida ichki a 'zolarda kelib chiqadigan ozgarishlar. Portlash ta'sirida kishi organizmida o'ziga xos buzilishlar kuzatiladi. Bu buzilishlar «kontuziya» yoki «karaxtlik» iborasi bilan yuritiladi. Portlash natijasida havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi va portlash yuz bergan soha tashqarisida esa bosimning aksincha kamayib ketishi sodir bo'ladi. Havo bosimining bunday o'zgarishi inson organizmiga jarohatlovchi ta'sir ko'rsatadi. Birinchi navbatda, portlash quloqqa ta'sir etib, quloq pardasini yorishi, o'rta va ichki quloqni shikastlantirishi mumkin. Portlash vaqtida chiquvchi kuchli tovush impulslari ko'p hollarda miyaning akustik sohalariga ta'sir etib, kar bo'lib qolishga, havodagi bosimning keskin o'zgarishi - ichki a'zolarni zararlantirishga, portlash to'lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli mexanik jarohatlar olishga sabab bo'ladi. Portlash to'lqini ta'sirida nerv tizimiga oid shikastlanishlar eng ko'p uchraydi. Ko'plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba'zilari darrov o'ziga kelsa, boshqalari anchagacha behush bo'lib yotadilar. Kontuziyaga uchraganlarning ko'pchiligi hushiga kelganidan so'ng ham eshitish, gapirish, hidlash, ta'm bilish va ko'rish a'zolari faoliyati tiklanmasligi mumkin. Bu holat uzoq davom etadi va yaxshilab davolanishdan so'ng ko'pchilik hollarda bemor sog'ayib ketadi. Agar jarohat og'ir bo'lsa, kontuziyaga uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga befarq bo'ladi. Kuchli shikastlanganlarda umurtqa va miya asosiy arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan bog'liq holat kuzatilib, yutishning qiyinlashuvi, nutqning buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi belgilari va aritmiyada o'z ifodasini topadi. Portlash to'lqini ta'sirida bosh zararlanib, qo'l va oyoqlar shol bo'lib qolishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, u yoki bu darajada vazomotor buzilishlar: kaft va oyoq tagi ko'karishi, yuzning oqarishi va qizarishi, qo'l-oyoqlarning sovishi, terlashning kuchayishi kuzatiladi. Portlash to'lqini ta'sirida o'pkada ham qator o'zgarishlar kelib chiqishi aniqlangan. Bunda bemorning hansirashi, yo'talishi, o'pkaga qon quyilishi natijasida qon aralash tupurish kuzatiladi. Yurak-tomir tizimida pulsning sekinlashuvi va o'ta o'zgaruvchanligi kuzatiladi. Ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi dastlabki soatlarda ko'ngil aynishi, ba'zan qusish, ich ketishi va yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi. Portlash to'lqinining me'da- ichak a'zolariga yana bir ta'siri me'da yarasi bilan og'riganlarda me'da va o'n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo bo'ladi. Kontuziya bo'lganlarda, ba'zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karaxtlik, parishonxotirlik, tushkunlik davom etadi. Harakat asta-sekin tiklansa-da, nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha saqlanadi. Uyqu buzilishi holati bunda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yo'qolib, har ikkalasidan bemor qoniqmaydi. Portlash to'lqini ta'sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7-8 oy) shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo'ladilar. Bosh og'rig'i, bosh aylanishi, quloq shang'illashi, uyqusizlik kabi serebral holatlar ko'pchilikda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Kontuziyaga uchraganlar kasalxonalarda uzoq vaqt davolanadilar. Chkishda krsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Suv toshqinlari, sel olib ketishi hollari ham favqulodda holatlar qatoriga kiradi. Bunda cho'kish hollari ko'p uchraydi. Shuning uchun cho'kayotganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Inson suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi. U suv yuzasiga chiqishga va turishga intiladi, tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho'kish vaqtida cho'kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi. Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat angidridining to'planib qolishiga sabab bo'ladi. Bu, o'z navbatida, beixtiyor nafas olishga olib keladi. Bu vaqtda suv ko'p miqdorda traxeya, bronx va alveolalarga tushadi. Suv ostida muntazam nafas olish bir necha sekundgacha davom etadi. So'ngra bir minutgacha ikkilamchi nafas to'xtashi, keyin esa agonal nafas bo'ladi. Yurak faoliyatining to'xtashi cho'kishda qorinchalar fibrilyatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvga cho'kish vaqtida o'pka orqali qonga ko'p miqdorda suyuqlik tushib, qonning suyuqlashshiga, eritrotsitlar gemoliziga va ionlar tengligi buzilishiga olib keladi. Bu omillar gipoksiya sharoitida qorinchalar fibrilyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yurak faoliyati nafas olishdan avvalroq to'xtab qoladi. Dengiz suvida cho'kish vaqtida suv o'zining gipertonikligi natijasida o'pkadan qonga o'tmaydi, lekin tarkibidagi tuz moddalari qonga o'tadi, qondan o'pkaga esa plazma oqsillari o'tishi kuzatiladi. Yurak faoliyati nafas olishdan ancha keyin to'xtaydi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga qadar bo'lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu vaqt o'limning turiga, suv haroratiga, cho'kish vaqtidagi markaziy nerv tizimining holatiga bog'liq bo'ladi. Cho'kkanlarga birinchi tibbiy yordam berishga kirisha turib, cho'kuvchining hushidan ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko'rsatish hodisa yuz bergan joydan boshlanib, yo'lda davom ettiriladi. Kasalni faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin. Agar cho'kuvchi hushidan ketmagan bo'lsa, tinchlantirib, ho'l ki- yimlar yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana tindirmasi beriladi. Bunday shaxsni kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiqdir. Cho'kuvchi suvdan hushsiz, lekin yurak faoliyati va nafasi saqlangan holda olib chiqilsa, unga navshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi. Agar zarurat bo'lsa, yurak va nafas faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qilinadi va eng yaqin davolash muassasasiga jo'natiladi. O'lim holatidagi cho'kkanlarning, avvalo, nafas yo'llari yot jismlar, suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun'iy nafas oldiriladi va yurak massaji o'tkaziladi. Agar yot jismlar cho'kuvchining og'iz bo'shlig'ida bo'lsa, ular qo'l bilan olib tashlanadi. Ko'rsatkich barmoq tomoqqa kiritilib, nafas yo'lining ochiq yoki yopiqligi tekshirib ko'riladi. Jag'lar bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo'lsa, nafas oldirish og'izdan-burunga qilinadi. Havo burun orqali o'tmasa, og'iz tezda ochilishi kerak. Og'iz ochuvchi asbob bo'lmasa, og'izni har qanday yupqa metallda ochish va uni ochiq holda biron-bir buyum bilan ushlab turish mumkin. Nafas yo'llari, oshqozondan suyuqlik va ko'piklarni chiqarib yuborish uchun cho'kuvchi qorniga yotqizilib, sonidan ko'tariladi va qorni bilan qutqaruvchining tizzasiga yotqiziladi. Chap qo'l bilan cho'kuvchining orqasiga bosiladi. Nafas yo'llari va oshqozonning bu yo'l bilan butunlay tozalanishi qiyindir. Laringoskop yordamida traxeyani intubatsiya qilish nafas yo'lini tozalashning ishonchli usullaridan biridir. Traxeyaga kirgizilgan intubatsion naycha orqali yuqori nafas yo'llaridan suv va ko'piklarni tortib olish mumkin. Qon aylanishini tiklash yurakni yopiq massaj qilish bilan boshlanadi. Bu muolaja cho'kuvchi suvdan chiqarib olinishi va sun'iy nafas oldirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Shunday qilib, cho'kish vaqtida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish samaradorligi o'z vaqtida tez va to'g'ri o'tkazilgan, shuningdek markaziy nerv tizimi funksiyasi, nafas hamda yurak faoliyatini tiklashga qaratilgan muolajalar majmuasiga bog'liqdir. Ko'p favqulodda holatlar vaqtida (zilzila, suv bosishi) shikastlanganlarda tipik, o'ziga xos shikastlanishlarning birga kelishi, bir qancha sindromlarning rivojlanishiga olib keladi va insonlarning ko'p o'limiga sabab bo'ladi. Jahonning turli mamlakatlarida bo'lib o'tgan yuzlab zilzilalarning tibbiy oqibatlari tahlili o'lganlarning og'ir jarohat olganlarga nisbati 1:3 ekanligini ko'rsatadi. Agar o'z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko'rsatilmasa, bu nisbat o'lganlar hisobiga yana ham oshishi mumkin. Favqulodda holatlarda tibbiy yordam ko'rsatish yakka shikastlanganlarga yordam ko'rsatishdan ancha farq qiladi. Ularning pirovard maqsadi umumiy bo'lgani bilan, tibbiy yordam ko'rsatish xususiyati turlichadir. Bunda tibbiy yordam, birinchi navbatda, tirik qolish ehtimolligi yuqori bo'lgan shikastlangan shaxslarga ko'rsatilishi hamda iloji boricha shikastlanganlarning ko'p miqdorini qamrab olishi kerak. Shifoxonagacha bo'lgan (tabiiy ofat joyida va transportirovka vaqtida) va shifoxona (shikastlanganlar olib borilgan shifo maskani) bosqichlarida nafaqat jarohatni davolash, balki organizm asosiy faoliyatini omillab beruvchi organlar funksiyasini tiklab, jabrlanganlarning hayotdan ko'z yummasligini ta'minlash katta ahamiyatga egadir. Shikastlanganlarni bosib qolgan joylardan yoki yong'in o'chog'idan olib chiqish yordam ko'rsatishning birinchi vositasi hisoblanadi. Bunday yordam ko'rsatishda shoshilish kerak emas, chunki shikastlanganga qo'shimcha jarohat yetkazilishi mumkin. Odamlarni bosib qolgan binolardan chiqarib olishda, bu harakatlar bino bo'laklari ostida qolgan shaxslarda ezilishning kuchayishiga yoki o'tish yo'llarini to'sib qo'ymasligiga ishonch hosil qilish kerak. Bosib qolish holatlarida ko'pincha tana sohalarining turli jismlar (sim, truba, armatura va boshqa jismlar) bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Bunday holatlarda yot jismlarni tanadan chiqarib olish kerak emas, chunki kuchli qon ketishi mumkin. Shuning uchun shikastlanganlarni yot jismlar bilan transportirovka qilish yoki bu jismlarni arralab yoki avtogen bilan kesib tashlash kerak. Bosib qolgan joylardan chiqarib olishdan oldin narkotik darmonlardan foydalanib og'riq qoldirish, shikastlangan oyoq-qo'llarni immobilizatsiya qilish kerak bo'ladi. Xuddi shunday yordam kuyish holatlarida ham qo'llaniladi. Ayrim hollarda bosib qolgan joylardan oyoq-qo'llarni ajratib olish imkoniyati bo'lmasa, kesish (amputatsiya) masalalarini hal qilishga to'g'ri keladi. Yuk ostida qolgan oyoq-qo'llarni chiqarib olishdan avval ezilgan sohadan yuqoriroqqa jgut qo'yish kerak. Ko'pgina shi- kastlanganlarga, ya'ni bosqin ostida oyoq-qo'llari bosilib turgan, ammo qorin bo'shlig'i shikastlanish belgilari sezilmagan shaxslarga og'iz orqali suyuqlik yoki glukoza, limon kislotasining kaliyli eritmalarini yuborish mumkin. Ko'p hollarda birinchi tibbiy yordam favqulodda holatlarda qutulib qolganlar tomonidan o'z-o'ziga va o'zaro yordam ko'rinishida amalga oshiriladi, chunki har doim ham tibbiyot xodimlari yetarli bo'lmaydi. Bunga esa faqat aholi va yangidan tashkil qilinayotgan qutqaruv guruhlarini joylarda, avvaldan inson hayotini saqlab qolish bo'yicha birinchi tibbiy yordam ko'rsatish chora-tadbirlariga doimiy o'qitish bilangina erishish mumkin. Bu dastur 6 ta asosiy elementdan iborat: 1) yuqori nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini tiklash, jaro- hatlanganning boshini orqa tomonga maksimal egish, pastki jag'ni oldinga tortib barmoq bilan og'iz bo'shlig'i va tomog'ini yot jismlardan tozalash; 2) ekspirator sun'iy (og'izdan-og'izga yoki og'izdan-burunga) nafas berishni amalga oshirish; 3) tashqi qon ketishini bosuvchi bog'lam yoki jgut yordamida to'x- tatish; 4) koma holatiga tushgan bemorlarga zarur bo'lgan holatni berish; 5) shok holati kuzatilgan bemorlarga zarur bo'lgan holatni berish; 6) bosib qolgan joylardan bemorlarni qo'shimcha shikast yetkazmasdan chiqarib olish. Keyingi bosqich shikastlanganni xavfsiz joyga olib chiqish, saralashni o'tkazish, evakuatsiyaga tayyorlash va davolash maskaniga transportirovka qilishdan iborat. Armanistonda bo'lib o'tgan yer qimirlashi oqibatlari bo'yicha xalqaro tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, agar og'ir jarohatlanganlarning transportirovkasi tayyorgarliksiz, ya'ni immobilizatsiyasiz va og'riqsizlantirmasdan amalga oshirilsa hamda transportirovka uchun moslanmagan (shaxsiy avtomobillarda) vositalarda olib borilsa, shikastlanganlarning aksariyati yo'lning o'zida juda og'ir va terminal holatga tushadilar yoki dunyodan ko'z yumadilar. Shuning uchun ham shikastlanganlarning vaqtincha to'planish joyida jarohat og'irlik darajasini asbob-anjom tashxisi talab qilmaydigan elementar belgilar (bemor hushidami yoki yo'qmi, nafas olish xususiyati, asosiy va periferik tomirlardagi puls) orqali baholash, jarohatning tanada joylashuvi hamda xususiyatini aniqlash va eng yaqin shifo maskaniga evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko'rish katta ahamiyatga ega. Shikastlanganlar holati va jarohatning og'irlik darajasiga qarab to'rt guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga kechiktirib bo'lmaydigan jarrohlik muolajasiga muhtoj bo'lgan, og'ir holatdagi bemorlar kiradi. Bu guruh umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga holati o'rtacha og'irlikdagi bemorlar kirib, yordamni 6-8 soatga kechiktirish mumkin. Bu guruh umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Uchinchi guruhdagilar holati yengil bemorlar bo'lib, ambulatoriya yordami bilan chegaralanish mumkin. Ular umumiy shikastlanganlarning 40 % ni tashkil qiladi. To'rtinchi guruh - holati juda og'ir, aziyat chekishini yengillashtirishga muhtoj bemorlar. Ular umumiy shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi. Shikastlanganlar ko'p miqdorda to'plangan joylardan birinchi navbatda hayoti xavf ostida qolgan (masalan, davomli ichki qon ketishi), lekin tirik qolish imkoniyati bor bo'lganlarni transportirovka qilish talab qilinadi. Terminal holatdagi bemorlarni shu joyda simptomatik yo'l bilan davolab, transportirovka qilinmaydi. Shikastlanganlarni transportirovka qilish faqat sanitar transportida amalga oshirilishi kerak. Yordamchi transport vositasi sifatida yuk avtomobillaridan, avtobuslardan foydalanish mumkin, bunda bemorlarni matrasli shitlarga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir. Olib boriladigan shifoxona 20 km va undan uzoq bo'lsa, vertolyotdan foydalanish ma'quldir. Tabiiy ofatlar sonini kamaytirishda binolarning chidamli qurilishi, to'siqlar o'rnatilishi va boshqa maxsus himoya choralari bo'lishi katta ahamiyatga ega. Xona ichida zilziladan ko'riladigan talafotlarga qarshi himoya choralari sifatida quyidagilar bajarilishi lozim: isitish va boshqa moslamalarning bino devoriga qattiq mahkamlanishi, tom va tom yopg'ichlarining yengil, qattiq jihozlarning pol va devorlarga mahkam- lanishi, shkaf va muzlatgichlarning zarbalardan himoyalangan bo'lishi, televizorlar yong'in va portlash xavfi bo'lganligi uchun devorga mahkamlangan bo'lishi kerak. Aholini zilzila xavfidan va undan ko'riladigan talafotni kamaytirish maqsadida muntazam o'qitib borish kerak.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
БОБО | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:09 | Изох # 33 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| ...
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 12-Янв-2013, 17:12 | Изох # 34 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| YO'L-TRANSPORT HODISALARIDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH XUSUSIYATLARI Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yo'l-transport hodisalari tufayli kelib chiqadigan jarohatlanish asosiy jarohatlanish turiga kiradi. Dunyo yo'llarida har yili 8 millionga yaqin kishi yo'l-transport hodisalari natijasida turli xildagi jarohatlar olib, ulardan qariyb 300 mingtasi halok bo'ladi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida transport turlarining ko'payishi va iqtisodiyotimizga keng kirib borishi transport travmatizmining keskin o'sishiga olib keldi. Transport travmatizmi bo'yicha o'lim darajasini cheklangan urushlar (Afg'oniston, Checheniston) natijasida qurbon bo'lganlar soniga solishtirsa bo'ladi. Odatda ko'pgina hollarda yo'l-transport hodisalari harakat ishtirokchilarining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, uni qo'pol ravishda buzishlari va mensimasliklari tufayli kelib chiqadi. Yo'l-transport hodisalarining faqatgina 1/3 qismigina yo'l holati va transport vositalarining texnik nosozligi natijasida sodir bo'ladi. Yo'l-transport hodisalarining qariyb yarmisi va undan ko'prog'i mastlik holatida, oxirgi yillarda esa narkotik moddalarni qabul qilish tufayli sodir etilmoqda. Shu tufayli yo'l-transport hodisalarining oldini olishda ichkilik va giyohvandlikka qarshi chora-tadbirlar ham muhim o'rin tutadi. Yo'l-transport vositalari tufayli sodir bo'ladigan jarohatlar mexanik jarohatlar turiga kiradi. Ular boshqa turdagi mexanik jarohatlardan murakkabligi, ko'p toifali va ba'zi hollarda, ayniqsa temir yo'l va aviatsiya halokatlarida ko'p sonli bo'lishi bilan tavsiflanadi. Yo'l-transport vositalari tufayli sodir bo'ladigan jarohatlar xususiyati transport turiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Jarohat yetkazgan transport turiga qarab jarohatlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1) avtomobil; 2) mototsikl; 3) traktor; 4) temir yo'l transporti; 5) aviatsiya. Avtomobil jarohatlari. Avtomobil jarohatlari deganda mexanik tana jarohatlari ko'zda tutilib, ular harakatdagi avtomobilning tashqi va ichki qismlarining zarbi hamda harakatdagi avtomobildan yiqilish tufayli yuz beradi. Avtomobil jarohatlari quyidagi turlarga bo'linadi: a) harakatdagi avtomobilning odam bilan to'qnashishi tufayli; b) avtomobil g'ildiraklari bilan bosib o'tish tufayli; v) harakatdagi avtomobildan yiqilish tufayli; g) avtomobil ichki qismlariga urilish tufayli; d) avtomobil va boshqa jismlar orasida ezilish tufayli; ye) kombinatsiyalashgan turlari. Harakatdagi avtomobil bilan odam to'qnashishi tufayli sodir bo'ladigan jarohatlar eng ko'p uchraydi. Uning hisobiga umumiy avtomobil jarohatlarining 60 % to'g'ri keladi. Jarohat olishning har bir bosqichi jarohatlangan shaxs tanasida o'ziga xos shikastlanishlarni yuzaga keltiradi. Bunda sinishlar va chiqishlar, ichki a'zolarning yirtilishi va uzilishi, bosh miya va umurtqa pog'onasining shikastlanishi, teri va teriosti to'qimalarining yirtilishi va shilinishi kuzatilishi mumkin. O'z vaqtida ko'p sonli bunday jarohatlar qon ketishi, shok holatlariga va o'limga sabab bo'lishi mumkin. Yo'lovchilarning harakatdagi avtomobil bilan to'qnashuvining uch varianti tafovut qilinadi: avtomobilning old, yon va orqa qismlari bilan to'qnashuvi. Aksariyat ko'p hollarda bunday jarohatlar avtomobil old qismi zarbi hisobiga ro'y beradi. Avtomobil g'ildiragi bilan bosib o'tish natijasida olinadigan jarohatlar mustaqil avtomobil jarohati sifatida kam uchraydi. Aksariyat ko'p hollarda bunday jarohatlar boshqa turdagi avtomobil jarohatlari bilan kombinatsiyalashgan holda uchraydi. Bu turdagi jarohatlarda shikastlanish darajasi avtomobil markasi, uning og'irligi va shinalar turiga bog'liq bo'lib, og'ir kechadi. Harakatdagi avtomobildan yiqilish tufayli sodir bo'ladigan jarohatlar ko'proq qishloq joylarida uchraydi. Yo'lovchining kuzovdagi holati va transport harakat yo'nalishiga qarab yiqilish turli yo'nalishda bo'lishi mumkin, ya'ni yon tomonga, mashina yo'nalishi bo'yicha, orqa tomonga, bort bo'ylab va boshqalar. Bunda olinadigan jarohatlar balandlikdan yiqil- ganda olinadigan jarohatlarga o'xshaydi. Ko'pincha tayanch-harakat organlari, bosh-chanoq suyaklari va bosh miya shikastlanishlari kuzatiladi. Ayniqsa, bosh sohasi va tos suyaklarining shikastlanishlari boshqa sohalarga nisbatan xavfli bo'ladi. Avtomobil ichki qismlariga urilish tufayli sodir bo'ladigan jarohatlar, odatda, katta tezlikda ketayotgan ikki mashinaning to'qnashishi tufayli yuz beradi yoki uning turg'un predmetga urilishi hamda ag'darilib ketishi tufayli sodir bo'ladi. Kabina ichidagi jarohatlar mashina harakatining keskin oshirilishi yoki to'satdan tormoz berilishi tufayli ham ro'y beradi. To'qnashuv natijasida mashina kuchli deformatsiyaga uchrasa, mashina ichidagi shaxs va shaxslar tanasi zarb ta'siri bilan birga qo'shimcha ravishda ezilishi mumkin. Asosiy jarohatlar tananing old qismida, kamroq - yon sohasida kuzatiladi. Mashina ichidagi jarohatlar ko'p hollarda bosh va oyoq- qo'llarning shikastlanishi tarzida namoyon bo'ladi. Ko'p hollarda avtomobil harakat tezligining keskin o'zgarishi yo'lovchi va haydovchida umurtqa pog'onasining bo'yin qismida o'ziga xos sinishlarning yuz berishiga olib keladi. Avtomobil jarohatlarining avtomobil va jismlar orasida ezilish hamda kombinatsiyalashgan turlari yuqorida qayd etilgan turlarning ma'lum darajada birgalikda uchrashi tufayli sodir bo'ladi. Bunda jarohatlar nisbatan ko'pligi va og'irlik darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Mototsikl jarohatlari. Bunday jarohatlarning xususiyati va sodir bo'lish mexanizmi hali yetarli darajada o'rganilgan emas, chunki transport jarohatlarining bu turi yaqinda avtomobil jarohatlarining ichidan ajralib chiqdi. Mototsikl jarohatlarining kuzatilishida o'ziga xos davriylik xosdir. Yo'l-transport jarohatlarining bu turida yo'lovchi bilan birgalikda mototsikl haydovchisi va passajirning ham shikastlanishi ehtimoli juda yuqoridir. Bu esa harakat vositasining o'ziga xos konstruksiyasi bilan bog'liq. Mototsikl jarohatlarida aksariyat hollarda bosh sohasi, jumladan miyaning shikastlanishi hamda qo'l-oyoq suyaklarining ochiq va yopiq sinishlari xosdir. Traktor jarohatlari. Xalq ho'jaligida g'ildirakli va tasma-zanjir harakatli traktorlar keng qo'llaniladi. Ularning qo'llanishi ba'zi hollarda kishilarning qurbon bo'lishi bilan kechadigan baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga ham sabab bo'ladi. Traktor jarohatlari tasma-zanjir harakatli traktor jarohatlari va g'ildirakli traktor jarohatlariga bo'linadi. Fildirakli traktor jarohatlari ko'pgina hollarda avtomobil jarohatlarini eslatadi, ammo bu turdagi jarohatlar shikastlanish og'irligi, murakkabligi va tana sohalarining bo'laklanish ehtimoli tufayli o'lim darajasining yuqoriligi bilan farq qiladi. Tasma-zanjir harakatli traktor travmalari, aksincha, o'ziga xos bo'lib, ko'p hollarda jarohat xususiyatiga qarab traktor travmasi ekanligini, traktor turini, hatto uning tipi va markasini aniqlash imkonini beradi. Bunday traktor turi bilan yetkazilgan jarohatlar kam hollarda tananing bo'laklanishi bilan tavsiflanadi, faqat kam hollardagina, ya'ni traktor tanani ko'ndalang bosib o'tganda, oyoq-qo'llar, hatto boshning uzilishi kuzatilishi mumkin. Temir yo'l jarohatlari. Temir yo'l jarohatlari qurbonlar miqdori bo'yicha avtomobil jarohatlaridan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Temir yo'l jarohatlari ko'pincha kechasi yoki ertalab sodir bo'ladi. Bunga asosiy sabab mashinistlarning charchashi, ular ish faoliyatining bir xilligi, ba'zi aholi yashamaydigan yo'llardan katta tezlik bilan harakatlanishidir. Temir yo'l hodisalari jihatlari va sharoitlariga qarab, asosan quyidagi turlarga bo'linadi: 1) harakatdagi temir yo'l transporti urib ketishi tufayli; 2) temir yo'l transportining g'ildiraklari bilan bosib ketishi tufayli; 3) harakatdagi temir yo'l transportidan yiqilib tushish tufayli; 4) temir yo'l transporti vagonlari orasida ezilish tufayli; 5) temir yo'l transporti vagonlari ichida olinadigan jarohatlar. Harakatdagi temir yo'l transportining urib ketishi tufayli olinadigan jarohatlar eng ko'p uchraydi. Hozirgi vaqtda yuqori tezlik va zamonaviy shaklga ega bo'lgan yangi markali lokomativlarning amaliyotga keng kirib borishi temir yo'l jarohatlarining bu turi miqdorining oshishiga olib keladi. Bunday jarohatlarda zarb teplovoz, elektrovoz va boshqalarning oldingi yuzasi bilan inson tanasining barcha sohalariga yetkaziladi. Shuning uchun katta, tarqalgan va og'ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Umuman, temir yo'l transporti tufayli kelib chiqadigan jarohatlanishlar o'ziga xos bo'lib, bunda tananing ko'p qismi bir vaqtning o'zida og'ir shikastlanadi, ichki organlar, ba'zan miya faoliyatining o'tkir buzilish hollari uchraydi. Shu sababli ham bu kabi jarohatlar pirovard-natijada shikastlanganning nogiron bo'lib qolishiga yoki o'limiga olib keladi. Lekin hamma vaqt ham bemor, ya'ni jarohatlanuvchi shunday ayanchli holda qolmasligi mumkin. Ko'p hollarda atrofdagilar tomonidan ko'rsati- ladigan tibbiy yordam o'z vaqtida, to'g'ri va benuqson bajarilsa, shikastlangan bemor hayotini saqlab, turli asoratlarning oldini olish mumkin bo'ladi. Aviatsiya jarohatlari. Jarohat olish mexanizmiga qarab aviatsiya jarohatlarining uch turi tafovut qilinadi: 1) samolyot ichida, uchish vaqtida olinadigan jarohatlar; 2) samolyot ichida, uning qulashi va yerga urilishi tufayli olinadigan jarohatlar; 3) yerda samolyot bo'laklari tufayli olinadigan jarohatlar. Samolyot jarohatlarida asosiy jarohat chaqiruvchi omillarga dinamik va zarbaviy zo'rayishlar, qarama-qarshi havo oqimi, portlash dekompressiyasi, to'mtoq predmetlar, portlash to'lqini, yong'in, zaharli yonish mahsulotlari, samolyot tashqi qismlari kiradi. Ana shu faktorlar ta'sirida samolyot falokatiga uchragan shaxslarda o'ta murakkab bo'lgan jarohatlanishlar kuzatiladi. Aviatsiya va temir yo'l halokatlari, odatda, ko'p sonli jarohatlanishlarga va ko'p insonlarning o'limiga olib keladigan falokatlar qatoriga kiradi. Shu tufayli shikastlanganlarga yordam ko'rsatishda ularni saralash, guruhlarga bo'lish va ma'lum ketma-ketlikda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Kkrak qafasining shikastlanishi. Ko'krak qafasining shi- kastlanishiga lat yeyish, qisilish, chayqalish, qovurg'alar va to'sh suyagining sinishlari kiradi. Ko'krak qafasining lat yeyishi yo'l-transport falokatlari oqibatida to'g'ridan-to'g'ri urilish, har xil nurashlar, balandlikdan yiqilish natijasida sodir bo'ladi. Ko'krak qafasi lat yeganda teriosti qavati va qovurg'alar orasidagi muskullarga qon quyilishi natijasida og'riq paydo bo'lib, bosib ko'rilganda va nafas olganda va chiqarganda u kuchayadi. Og'riq taxminan bir hafta ichida sekin-asta kamayib boradi va izsiz yo'qoladi. Qovurg'alar singanda uzoqroq davolash zarur bo'ladi. Birinchi yordam ko'rsatilganda qontalash va og'riqni kamaytirish maqsadida sovuq (muzli pufak) va lat yegan joyga xloretil qo'yiladi. Ko'krak qafasining qisilishi jarohatlanishning og'ir turlaridan hisoblanib, bir-biriga qarshi (shoshilinch ravishda) ikki kuch ta'sirida (ikki og'ir narsaning qisishi) kelib chiqadi. Ko'krak qafasining qisilishida havoning yetishmasligi, pulsning tezlashishi, yuz va bo'yin terilarida nuqtasimon qon quyilishi bilan bo'ladigan ko'karish ro'y beradi. Og'ir hollarda qon tuflash kuzatiladi. Birinchi yordam ko'rsatilayotganda jarohatlanganlarni ta'sir etuvchi kuchdan ajratib, shoshilinch ravishda og'riq qoldiruvchi (morfin, promedol) dorilar muskullar orasiga yuboriladi. Lekin nafas yetishmovchiligida morfin yuborish maqsadga muvofiq emas, chunki u nafas markazi faoliyatini susaytiradi. Bemorlarga osoyishtalik yaratilib, tezlikda ular davolash muassasasiga jo'natiladi. Nafas olish qiyinlashganda sun'iy o'pka ventilatsiyasi yoki sun'iy nafas oldirishning og'izdan-og'izga, og'izdan-burunga usullaridan foydalanish lozim. Ko'krak qafasi chayqalishi organizmga portlash to'lqini ta'sir qilinganida kelib chiqadi. Bunda mahalliy o'zgarishlar bo'lmasdan, birinchi planga shokka o'xshash umumiy belgilar chiqadi. Arterial qon bosimining pasayishi, tomir urishining tezlashuvi, yuzaki nafas olish, havo yetishmasligi, terining oqarishi, qusish, yuz teri sohasining ko'karishi va qon tuflash ro'y beradi. Bemorga birinchi yordam sifatida og'riq qoldiruvchi dori-darmonlar beriladi va chalqancha yotgan holda shifoxonaga jo'natiladi. Ko'krak qafasining yopiq shikastla- nishlari ko'pincha qovurg'alar sinishi natijasida kelib chiqadi. Qovurg'alar sinishi oddiy yoki murakkab bo'lib, ular sinishi natijasida atrofidagi yumshoq to'qimalar, qon tomirlari va o'pka zararlanishi tufayli teri osti enfizemasi, gemotoraks, pnevmotoraks kelib chiqishi mumkin (30-rasm). Qovurg'alar sinishining asosiy belgilaridan biri nafas olishda, yo'talganda, gavdani qimirlatganda paydo bo'ladigan mahalliy og'riq hisoblanadi. Ko'krak qafasi bosib ko'rilganda og'riq yaqqol seziladi yoki krepitatsiya aniqlanadi. Murakkab sinishlarda esa o'pkadan chiqadigan havoning teriosti qavatiga o'tishi natijasida teriosti enfizemasi paydo bo'ladi, bosib ko'rilganda qorning g'ichirlashidek ovoz beradi. Birinchi tibbiy yordam bemorga qulaylik yaratish, shikastlangan sohaga enli bint, sochiq, choyshab yoki shunga o'xshash narsalar bilan qattiq bosib turuvchi aylanma bog'lam qo'yishdan iboratdir. Asoratsiz bo'lgan sinishlarda mehnat qobiliyati o'rtacha 3-5 hafta, o'pka to'qimasining shikastlanishi bilan bo'lgan murakkab sinishlarda esa 2-2,5 oydan so'ng tiklanadi. Shunday qilib, ko'krak qafasi shikastlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam jarohat sohasiga steril germetik bog'lam qo'yish, og'riq shokining oldini olish chora-tadbirlarini qo'llash, shikastlanganlarga qulay holatni ta'minalash va davolash muassasasiga ehtiyotkorlik bilan yetkazishdan iborat bo'ladi. Yo'l-transport hodisalarida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish xususiyatlari Voqea sodir bo'lgan yerda dastlabki tibbiy yordamning muvaffaqiyatli chiqish shartlaridan biri, hodisa ro'y bergan vaqtning dastlabki daqiqalaridan boshlab shikastlangan shaxs atrofidagilar o'zini yo'qotmay dadil harakat qilishlari lozimdir. Har qanday favqulodda jarohatlanishlarda ham tezlik bilan telefon orqali tez yordam mashinasini chaqirish, YHX xodimlaridan shikastlanganni yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizishni iltimos qilish va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo'ladi. Ko'p hollarda piyodalar yo'l chorrahalaridan o'tayotganda yoki ikki avtomashina to'qnashuvi natijasida jarohat olishlari mumkin (to'g'ri yoki yon tomondan kuchli zarba, yo'lga yiqilib tushish va h. k.). Shu bilan birga, avtomobil ichida, masalan, inersion kuch bilan haydovchi boshining birdan orqaga ketishi, avtomobil saloni ichki qismlariga urib olish hollari ko'p uchraydi. Jarohatlanuvchining yuz qismi, burni shikastlanishi tufayli qon ketishi, kuchli og'riq va shok holati, bosh chanoq suyaklarining shikastlanishi, shu jumladan bosh asos suyaklarining sinishi, quloqdan, burundan qon ketishi, ko'z atrofi yumshoq to'qimalariga qon quyilib «ko'zoynak» belgisining paydo bo'lishi, bosh miya chayqalishi va lat yeyishi hisobiga ko'ngil aynishi, qusish, hushdan ketish va boshqa belgilar kuzatiladi. Ayniqsa, umurtqa pog'onasining bo'yin qismi shikastlanishi og'ir oqibatlarga olib keladi. Bunda bemor qo'l va oyoqlarida sezgi va harakat buziladi. Haydovchining rul chambaragiga qattiq urilishi natijasida to'sh suyagi va qovurg'alari shikastlanadi. Shu bilan birga, nafas olish faoliyati yomonlashuvi, yurak sohasi jarohatlanganda esa travmatik infarkt (ayniqsa, qari xaydovchilarda) kelib chiqishi mumkin. Travmatik infarktda bemor yurak sohasidagi og'riqdan, unga dorilar ta'sir qilmayotganidan shikoyat qilishi mumkin. Shu bilan birga, bemor sarosimalik va qo'rqinch, bo'g'ilish va holsizlik, teri qatlamlarining och kulrang tusga kirganini va hushini yo'qotayozganini sezadi. Odatda, yo'l-transport hodisalari natijasida jarohatla-nishlarda voqea sodir bo'lgan yerda o'z-o'ziga va o'zaro yordam choralari qo'llaniladi. Dastlabki vrachlik yordamini esa «Tez tibbiy yordam» brigadasi amalga oshiradi. Katta shaharlarda maxsuslashtirilgan «Tez tibbiy xizmat» brigadasi tashkil etilgan. Lekin, jarohatlangan kishilarni davolash muassasalariga ko'pincha begona shaxslar avtotransportida yoki YHX xodimlari yetkazadi. Demak, shikastlanganlar hayoti birinchi navbatda ana shu kishilarning tibbiy tayyorgarligiga bog'liq bo'ladi. Yo'l-transport hodisalari tufayli jarohatlanish shahar ichi va tashqarisida bir xil sabablar bilan yuzaga kelmaydi. Shahar ichida ko'proq piyoda ketayotgan yo'lovchilarni harakatdagi transport vositasi urib yuborishidan, shahar tashqarisida esa transport vositalarining o'zaro to'qnashuvidan jarohatlar yuzaga keladi. Jarohatlar asosan yuk avtomobillari tomonidan sodir etiladi. Masalan, shikastlanganlarning har beshtadan biri shu sababli dunyodan ko'z yumadilar. To'qnashuv vaqtida haydovchi va uning yonidagi yo'lovchi o'tirgan yerlaridan oldinga va yuqoriga uriladilar. Ba'zi hollarda esa ular o'tirg'ichlarning mahkamlangan joyidan uzilishi tufayli, mashinadan uchib ketadilar. Haydovchi va yo'lovchi mashinaning oldingi tom qismi va ustuniga boshlari bilan urilishi mumkin. Bunda haydovchi yonidagi yo'lovchilarga qaraganda ko'proq jarohatlanadi, chunki u ko'kragi yoki qorni bilan rul chambaragiga uriladi. Orqada o'tirgan yo'lovchilar ham oldinga va yuqoriga urilib, bosh va bo'yin sohalarida jarohat oladilar. Ular oldingi o'tirg'ich ustidan o'tib oldingi oynaga urilishlari yoki singan oyna orqali tashqariga chiqib ketishlari mumkin. Jarohatlarning og'irligi oldinda va orqada o'tirgan yo'lovchilarda bir xil emas. Masalan, haydovchi o'z yonidagi yo'lovchiga nisbatan 7 marta, orqada o'tirganga nisbatan esa 5,5 marta ko'proq o'limga duchor bo'ladi. To'qnashuv vaqtida avtomobilda bo'lgan kishilarning deyarli barchasi jarohatlanadi. Shu jarohat tufayli o'lganlarning 95 % da qo'shma va murakkab shikastlanishlar uchraydi. Eng ko'p qo'shma jarohatlar quyidagilardir: bosh-qo'l-oyoq, bosh-ko'krak, bosh-qorin, bosh-ko'krak- oyoq-qo'l, bosh-ko'krak-qorin-oyoq-qo'l. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'proq uchraydigan shikastlanish turi miya chanoq suyaklarining sinishidir. Ikkinchi o'rinda ko'krak qafasi shikastlanishlari (qovurg'a va to'sh suyaklari jarohati), uchinchi o'rinda esa oyoq suyaklarining sinishi turadi. Ichki organlarning shikastlanishi bo'yicha ko'proq bosh miya va ichki a'zolarning jarohatlanishi uchraydi. O'lim kelib chiqishida bosh miya jarohatlari, shok va qon ketishi asosiy o'rin tutadi. Qo'shma jarohatlar tufayli kelib chiqadigan o'limga esa ko'proq ichki organlar bilan tayanch-harakat apparatining birgalikda shikastlanishi sabab bo'ladi. Yo'l-transport hodisalarida shikastlanganlarning hayoti ko'proq kasalxonagacha bo'lgan bosqichda hal qilinishi lozim, chunki tibbiy yordam xodimlari aksariyat hollarda kechikadilar. Shuning uchun shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish fojia yuz bergan yerda «asfaltda» tezlik bilan va sifatli amalga oshirilishi kerak. Yo'l-transport falokati ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilishida shikastlangan transport vositasi ichida yoki undan chiqarib olish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ba'zida avtomobil eshiklari ochilmaydigan bo'lib qolishi, kuzovining qattiq deformatsiyaga uchrashi sababli shikastlanganlarni avtomobildan chiqarib bo'lmay qoladi. Jarohatlanganlarni avtomobil ichidan kuch ishlatib tortish ularga ortiqcha shikast yetkazishga olib keladi. Shunday qilib, jarohatlanganlarni avtomobildan ajratib olayotganda kuch ishlatib tortmasdan, surib, ko'tarib, xalaqit berayotgan avtomobil qismlarini sindirib bo'lsa ham, asta-sekin ikki yoki uch kishi yordamida chiqarish kerak. Shikastlanganning ahvolini og'irlashtirmaslik uchun uni avtomobil ichida qanday holatda uchratilgan bo'lsa, shu holatda chiqarib olish lozim. Agar shikastlanganni bir kishi chiqarib olayotgan bo'lsa, o'z- o'zidan ma'lumki holatini o'zgartirishga to'g'ri keladi, lekin shunda ham bosh va bo'yin sohalarini qimirlatmasdan olish kerak. Transport haydovchisi turli to'qnashuvlarda kuchli zarb natijasida ko'krak qismi bilan rul chambaragiga urilib ketadi. Shunda ikki tomonlama bir yoki ko'plab qovurg'alar sinishi mumkin. Shuni nazarda tutib, bemorni ajratib olayotgan vaqtda ko'krak qafasini ezib yubormaslik kerak, chunki singan qovurg'alar siljishi natijasida og'riq, qon ketishi, ichki a'zolar ikkilamchi jarohatlanishi kuzatilishi mumkin. Agar shikastlangan kishida qovurg'a singanligiga shubha tug'ilsa, uni qo'ltiq qismidan ushlash kerak, shunda qovurg'alar himoyalangan hisoblanib, jarohati og'irlashmaydi. Shahar ichida yuz bergan yo'l-transport hodisalarida, agar tez tibbiy yordam mashinasi bir necha minut ichida kela olmasa, mashina ichidagi shaxs hushida bo'lib, hech qayeri ezilmagan hamda reanimatsion choralarga muhtoj bo'lmasa, uni chiqarib olish kerak. Agar mashinadan yonayotgan elektr simlari yoki benzin hidi kelayotgan bo'lsa, tezlik bilan jarohatlaganni chiqarib olish va haydovchi, yo'lovchilarni uzoqroq masofaga olib borish lozim. Shunday so'ng hayot uchun xavfli jarohatlar bor yoki yo'qligi aniqlanadi. Bundan tashqari, shikastlanganlarga ko'r- satiladigan yordam ketma-ketligi, hajmi va saralash (agar bir necha kishi bo'lsa) tadbiri o'tkaziladi. Tibbiy saralashni qanday qilib mukammal tkazish mumkin? Agar shikastlangan behush holda bo'lsa, saralash «o'likmi-tirikmi» degan qoida bilan boshlanadi. Agar bevosita fojia yuz bergan joyda o'lim kuzatilsa, u holda ko'proq bosh miya va ko'krak qafasi jarohati to'g'risida o'ylash kerak. Bunda, albatta, bosh miyaning og'ir shikastlanishi, ya'ni bosh suyagining ochiq sinishlari, miyaga qon ketishi, miya moddasining chiqib ketishi ko'zda tutiladi. Ko'krak qafasining og'ir shikastlanishlarida uning deformatsiyasini ba'zida ko'z bilan ko'rish yoki qo'l bilan ushlab qovurg'alar qimirlayotgani, qo'pol krepitatsiya borligidan bilish mumkin. Bosh-chanoq suyaklarining og'ir jarohatlarida quloq va burun teshigidan qon ketishi, ko'krak qafasi og'ir shikastlanganida qon burundan va og'izdan oqishi mumkin. Bunda teri qoplamalari oqargan yoki ko'kargan bo'lib, qorachiqlar kengayib, yorug'likda o'zgarmaydi. Tomirlar urishi qo'lda ham, bo'yinda ham aniqlanmaydi. Yurak faoliyati to'xtaydi. O'pka faoliyatining to'liq to'xtaganligini, bemorning og'ziga yaqinlashtirilgan oyna bo'lakchasining terlamasligi orqali aniqlanadi. Yo Ч-transport fojialarida jarohatlanuvchi tirik blsa qanday ketma- ketlikdayordam ko'rsatiladi? Tez yordam mashinasi kelgunga qadar yoki boshqa transport vositasi bilan olib ketilguncha shikastlangan ahvoli, jarohatining og'ir yoki yengilligini baholash kerak bo'ladi. Jarohatlanganda deformatsiya belgilari, qo'l-oyoqlarida g'ayrioddiy harakatlar bor yoki yo'qligi, yaralardan qon ketish jadalligi, yurak faoliyatini tekshirish lozim. Agar falokatdan keyin jarohatlanuvchida organizm faoliyati va o'zini his etishi qoniqarli bo'lsa ham, uni yaqin oradagi davolash muassasasiga yuborish lozim bo'ladi. Bemorda nafas olish jarayoni buzilgan bo'lsa, og'iz bo'shlig'i tekshirib ko'riladi, qayt qilish mahsulotlarini salfetka yoki ro'molcha orqali chiqarib tashlanadi. Agar arterial qon ketish hollari kuzatilsa, o'sha tomirning yuqorirog'idan bosib turish yo'li bilan qonni to'xtatib, keyin jgut kabi qon to'xtatuvchi anjomlardan foydalanish mumkin. Shikastlanganda suyak sinishlari to'liq inkor etilmaguncha bemorni yurgizish kerak emas. Qo'shimcha jarohatlardan xoli bo'lish uchun bemor kiyimlariga tegilmaydi, faqat nafas qisilish kabi holatlarda kiyim yoqasi va belini bo'shatish, zarur hollarda kiyimni yirtish yoki qisman yechish mumkin. Shikastlangan yotqizilgach, yana bir karra nafas yo'llarining o'tkazuvchanligi tekshirilib, tili orqaga tushib qolsa, uni salfetka bilan ushlab tortiladi. Agar umurtqaning bo'yin qismi shikastlanmagan bo'lsa, uni yon tomonga burish mumkin. Nafas olishning qayta to'xtab qolishi oldini olib, bemor yonboshlatib yotqiziladi. Agar nafas olish tiklanmasa, sun'iy nafas beriladi. Buning uchun bemorning boshi orqaga tortilib, nafas yo'llaridan havo o'tishi ta'minlanadi. Ko'krak qafasining ochiq jarohati orqali havo kirayotgan bo'lsa, darhol jarohatni steril salfetka yoki tozaroq mato yoki hech narsa bo'lmasa, kaft bilan yopish lozim. Fojia yuz bergan joyda jarohatlanuvchida hayot uchun xavfli tashqi qon ketishi bo'lganda uni to'xtatish kerak. Buning uchun ko'pincha dastlab steril bog'lam qo'yiladi. Agar bu usul yordam bermasa, jgut yoki tomirni bosuvchi boshqa usullar qo'llaniladi. Jgut sifatida belbog', tasma, ro'molcha kabi anjomlar ishlatilishi mumkin.
HURMATLI 0'QUVCHI! SHIKASTLANGAN ODAMNING SALOMATLIGI, AYNIQSA UNING HAYOTISHUATROFDAGI ODAMLARNING XATTI-HARAKATLARIGA BOG'LIQLIGINI E'TIBORGA OLSAK, HAR BIR SHAXSNING BIRINCHITIBBIY YORDAM KO'RSATISH MALAKALARIGA EGA BO'LISHI KATTA AHAMIYATGA EGA.
MAVZUDA HALI TO'G'RILASH, BO'LIMLARNI AJRATISH ISHLARI OLIB BORILADI. RASMLAR QO'SHILADI.
Sog' salomatlik...
|
|
| |