[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: SarVario, Giyos, komol_76, Anv@rbek  
"Барибир севаман."
uzigabek1920Сана: Душанба, 18-Фев-2013, 19:58 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Mayli, ishqingizda telba bo'lsam ham,
Roziman ming jabru jafo ko'rsam ham,
Siz qatl qilsangiz mayli o'lsam ham,
Qaytmasdan shu ahdga kelaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Oydeksiz - beparvo o'tib ketasiz.
Oydeksiz - qo'l yetmas baland yerdasiz.
Oydeksiz - qalbimda parvoz etasiz.
Qaydasiz? Siz tomon yuraveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Ishonmaysiz nega, xech aldadimmi?
Izhorga bemahal vaqt tanladimmi?
Nozik ko'nglingizni ololmadimmi?
Sevgimni doim tan olaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Ishqim yolg'on emas ko'zimdan so'rang.
Dildan titrab chiqqan so'zimdan so'rang.
Ko'nglimda faqat siz, o'zimdan so'rang.
Ishq uchun boshimni egaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

So'zga sig'may qoldi sevgim ta'rifi.
Oshiqlar ichida men eng g'aribi.
Yolg'iz siz yuragim dardi, tabibi.
Dardga davo izlab boraveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Sevgilim, seving-ki, darddan qutulay.
Sevgilim, seving-ki, men baxtli bo'lay.
Seving-ki, sizni ham men baxtli qilay.
Sevasiz! Duolar qilaveraman.
Baribir men sizni sevaveraman.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Anv@rbekСана: Сешанба, 19-Фев-2013, 01:39 | Изох # 2
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Mavzu yopiq

Har bir ijod namunasi uchun aloxida mavzu ochish shart emas!
Mavjud mavzularning tegishli o'ziga mos va xoslarida o'z ijod maxsulingizni yozib qoldirishingiz mumkin!

Добавлено (19-Фев-2013, 00:39)
---------------------------------------------
.



 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: