Oq lolalar.... (Davomiy hikoya)
|
|
SpecialOne | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 11:28 | Изох # 1 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| 'Oq lolalar....' nomli davomli hikoya yoki yuborilmagan maktublar.... Special One(yigit) va ZARA(qiz) dan hikoya yoki yuborilmagan maktublar davomini kuting.... Fikrlar va tanqidlarni iloji bölsa (LS) orqali jönating)))
* * * U qachonlardir örgangan oddiy qog'oz salfetkadan yasaladigan kichkina, chiroyli, oppoq lolalarni yasay boshladi. Hech kim tushunmadi kimga va nimaga! Odatda bunaqa gulni restoran, kafelarda tanishlarga yoki ofitsianka qizlarga ularning hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning odati edi. Ammo, hozir u dasturxon atrofida emasdi. Gullarni yasab bölgach velosipedni oldida, köchaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan hayron qarab qolishdi.... Bekatga borib, hayajondan töxtab qoldi. Nima deyishni, nima qilishni hayolidan ötqazgunicha avtobus kelib qoldi. Qiz esa ösha avtobusga ötirdi. U esa keyingi bekatgacha avtobus ketidan quvdi. Hayolida: - 'Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana afsus va kutishlar' - derdi. Axir, birinchi marta sevganiga gul tutishi edi.... Keyingi bekatda töxtagan avtobus oldida velosipedini qoldirib, haydovchidan ikki daqiqa kutishini iltimos qildi va odamlar orasidan qizni topib, uning oldiga bordi va gullarni unga tutqazdi. Qiz: - 'Nega?' - deya oldi xolos. U: - 'Shunchaki'. Qiz gullarni olmadi, uyaldi. U: - 'Oling, bölmasa shuncha odam uyiga kech qoladi' - dedi. Qiz va butun avtobus kulib yubordi.... Qiz gullarni oldi.... U ortiga qaytdi va hayron qoldirib ketgan döstlariga bölgan voqeani aytib berdi. Hamma hayratdan va kinolardagidek ilk gul taqdimidan qarsak chalib uni olqishlashdi.... Axir, u muhabbatini öz qöllari bilan yasalgan gullar orqali ifodaladi, bu albatta, tahsinga loyiq edi! U baxtini boyligi evaziga emas, öz qöllari bilan qurishni boshladi....Добавлено (22-Дек-2012, 10:28) --------------------------------------------- (P.S. Hikoya davomi va taqdiri ikkinchi hikoyachiga noma'lum. Shuning uchun ham hayotiy davom etadi.)
|
|
| |
ZARA | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:22 | Изох # 2 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 89
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 73
Холати: Хозир йўқ
| Oq lolalar (davomi:) Kuz. Go'yo quyosh nurlari daraxt barglarini alvon rangga bo'yayotganday edi . Shamol goh u barglarni goh boshqa barglarni tebratib raqs tushar, shamolning ketidan ergawgan barglar duv- duv to'kilar edi. Hazon faslida alvon tusga kiradaigan bu ko'chaning bir tomonida o'quv yurti narigi tomonida xonadonlar joylashgan , o'quv yurtidan sal narida bekat , bekat yonida bir nechta do'kon va kafe bor edi. Endigina birinchi bosqichda o'qishni boshlagan qiz bekatda yolg'iz edi. Uning ohu kabi ko'zlari goh o'qishga, goh aftobus keladigan tomonga , goh qo'lidagi soatiga qarab qo'yar edi. Kutgan aftobusi keldi, qiz kimnidir kutayotganini ham unutib shoshib aftobusga chiqdi. U oyna yonida o'tirib yo'l chetida go'yo aftobus bn quvlashmachoq o'ymaganday ketma-ket kelayotgan daraxtlarni sanab ketar, bundan bir olam zavqlanardi. Aftobus bekatda to'xtaganda uning yoniga notanish bola keldi va unga oppoq salfetkadan yasalgan lolalarni berdi... Keyin nima bo'ldi? Qiz buni aniq bilmaydi. Faqat uyiga kelib nozik qo'llaridagi oppoq lolalarni ko'rdi. Qizga uning umrida ilk bor oppoq lolalarni taqdim qilgan insondan goh jaxli chiqib kamon qoshlarini uchirar, goh alvon lablariga tabassum yugurardi.
Asling kabi körin Köringaning kabi böl! (J.RUMIY)
|
|
| |
Farrux | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 20:24 | Изох # 3 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 76
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 332
Холати: Хозир йўқ
| Ko'chirmachilik!
|
|
| |
SpecialOne | Сана: Шанба, 22-Дек-2012, 23:37 | Изох # 4 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Farrux uzr-u adawdiz, agar rostdanam isbotlolsez, li4kaga yozing, man mayda faktlariga4a man yozganimi isbotliman! Hikoya yoziliwiga real hayotda bir voqea sabab bögan, faqat man uni voqeaviy qib yozganman! Adawganizga fikrim quyidagi4a: man 2011-yildan beri odnoda Voqea gruppasida adminlik qganman, u paytda bitta edi, hozi qidirsez 600tadan köp chiqadi! Köp hikoya, she'r, monologlarimi wu gruppada yozganman. Uni bowqalar kö4irardi! Masalan, Maktub gruppasi, admini Italiyano! Lekin, u man yozganlarimi voy.uz dan oganakan!? Demak, qanaqadur saytlayam kö4irgan, kö4irmakawla ulaku! Öwanda jaxlim 4iqqan, lekin, havaskor böganim u4un bu kö4iriwlayam man u4un yutuq edi, demakki kimgadir yoqyapti)) agar juda iwongiz kemasa, hozi odnoda 'Öqing, faqat yig'lamang....' dgan, Maestro - Zarif Ayubovni gruppasi bor, iwontirib aytamanki, u hozi eng mawhuri, 70000 (yetmiw ming!) dan ortiq muxlis yig'iw hammaniyam qölidan kemidi! Ösha gruppada ism va familiyam bilan hikoyalarim bor, faqat, 'Oq lolalar....' yöq, u netda atigi bir hafta turgandi, tarqab ketiwga qa4on ulgurgan hayronman.... Zarif ham hozir yozmay qöygan, manam gruppamni udalit qganman, chunki biza yozardik, bowqala foydalanardi! Avtorligimizi isbotlab bölmasdi, ikalamizam, bunaqa huquqqa qanaqqib eriwiwi bilmaganmiz! Man haliyam qidiryapman! Mana adolatli sayt Sayyod.com da yana yoziwni bowladim, bu yerda ög'rilangan he4 narsani hali körmadim))) endi bunaqa tuxmatla ortiq4alik qladi.... Öwa kö4irganlani özi, daje salfetkadan shu oq lolalani yasawniyam biliwmasa kere.... Yana körib qosez, aytvoring öwalaga, keliwsa örgatvoraman!))Добавлено (22-Дек-2012, 22:37) --------------------------------------------- * * * 2. U endi qaysidir ma'noda qaxramonga aylangandi, döstlari ham tez-tez ösha qiz haqida sörashar, kim ekanligi bilan qiziqishardi. Lekin, u javob berishni istamas, gapni boshqa yoqqa burar, hali vaqt bor, hozir sizlarga aytsam yangi ssenariy yozvorasizlar, hali bu qilgan ishim u qizga yoqdimi yoqmadimi bilmaymanku! Menimcha uni odamlar oldida hijolatga qöydim, lekin, men uchun u chiroyli ekanligini nimadir qilib unga bildirishim kerak ham ediku derdi. Döstlari ham tez-tez fikr bildirishlarni boshlashdi, kimdir unaqa dedi, kimdir esa bunaqa, 'babnik'rog'i 'sizga albatta öraladi' desa, shoirrog'i 'yana qanaqa romantika qilasiz?' derdi.... Uning hayollarida esa fikrlar g'ujg'on qaynardi. * * * ...Kuz endi avjiga chiqayotgan payt, kunlar issiq, hali qish havosi yetib kelmagan, quyosh ham kech botib, qorong'u tushishi ancha chözilardi. Shuning uchun u universitet kutubxonasida allamahalgacha öqirdi. Ösha kungi gul taqdim etilgan kunda ham xuddi shunday böldi. Kechki payt yonida bir dösti qolgandi, kutubxona soat sakkizlarga yaqin yopilishi aytilgandagina ular uyga otlanishdi. * * * Kech. Oy tölayotgan, köchalar yorug', yomg'ir isi kelib turgan mahal, universitetdan chiqib metro bekatiga qarab yurishdi. Bekatgacha besh-ön daqiqalik yöl bölganligi bois, odatda toza havoda piyoda yurishardi. Yozning issiq kunlaridan söng bu salqin havo ularga yoqardi, muzqaymoq yeyish bahonasida suhbatlashishga ötirishdi, öqish bilan bölib anchadan beri dildan suhbatlashishmaganliklari uchun uzoq vaqt qolib ketishdi. Va u qiz haqida ham gap boshlandi, kim u, nima qiladi, va shunga öxshagan savollar ketidan dösti fikr bildirdi: 'Sen unga ayiqcha olib ber, qizlar yumshoq öyinchoqlarni yaxshi körishadi, mana meni aytdi deysan, hali özi, sevvvamaaaaaaan, divoradi.' Kulishdi. Oxiri kulgulik hazil bölsada, u bu haqida jiddiy öylab qoldi.... Suhbat davomi yetguncha metro ham yopildi, ularni suhbatini esa muzqaymoq sotuvchining gapi böldi: 'Tashqaridagi soyabonlarniyam olib kiringlar, 'elklassiko'gacha ulgurishimiz kerak....' Tushunishdiki, kech bölibdi, ular ham futbol körgani uylariga shoshilishdi.... * * * U uyga kelar zahoti internetini yoqdi, qidiruv sahifasidan dunyodagi eng mashxur yumshoq ayiqcha 'Teddy' ni qanday qilib yasalishi haqidagi ma'lumotlarni jamlay boshladi.... Töda-töda ayiqchalar orasidan unga ikkita bir xil, kul rang va pushti rang ayiqchalar yoqdi....
|
|
| |
Anv@rbek | Сана: Душанба, 24-Дек-2012, 22:02 | Изох # 5 |
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Mavzu yashashda davom etadi. Bir xil ijod namunasi bilan 2ta mavzu ochibsiz, shunga 1-sini o'chirdim. SpecialOne bilan tel.da gaplashib bir xil narsalarga oydinlik kiritib oldim. Zara "Monolog" mavzusidan ko'chirgan ekanlar. Bu temaga faqatgina Zara va Bekzod yozishsin!
|
|
| |
SpecialOne | Сана: Чоршанба, 26-Дек-2012, 01:00 | Изох # 6 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| * * * 3. Ertasi kuni. U ayiqchalarni tikishga kerakli narsalarni olish uchun bozorga chiqdi. Matolar, iplar, közlari, burni uchun tugmalarni ham topdi, faqat, öyinchoqni ichini nima bilan töldirish, uni 'oyoqqa turg'azish' muammo edi!? Shu hayollar bilan mashinasida ötirganda, yon oynadan bir qizning harakatlari uni öziga tortdi. Ösha qiz dökonning tashqi tomondagi oynavand-devoriga qarab sochlarini, pushti sharfini, paltosini tög'rilardi. U buni kuzatib turib kulgusi keldi, kulgu aralash qarab turganida, oynavand-devordan yigitga qizning yuzi körinib ketdi, yigit qizni darhol tanidi, u ösha 'oq lolalar' sohibasi edi.... U özi bilmagan holda mashinadan tushdi, nima qilarini bilmay, qizga termulib turganda, qiz ögirilib ortiga qaradi, uning yuragi qafasdagi chumchuqdek pitirlab ketdi, oyoqlari hayajondan yengillashib borardi, bosib turgan qadamlarini sezmasdi))) Qiz tomonga beixtiyor qadam tashlashni boshladi, afsuski, undan oldin bir ayol kelib qiz bilan birga bozor ichkarisiga qarab ketishdi.... Ishq sharobi g'ariblarni sher, oshiqlarni esa shoir qilarkan))) ...Bir qiz, yolg'iz turar dengiz böyida, Mayin ifor öynar, uning böynida, Kimda hayol, kimda yuragi uning, Intiq nigoh botar kuzning qöyniga....
|
|
| |
Anv@rbek | Сана: Якшанба, 06-Янв-2013, 01:52 | Изох # 7 |
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| O'zaro hamkorlikdagi mavzu davom etmay qolganligi uchun yopiladi! "Specaial one ijodistoni" mavzusini esa qaytib ochdim.
|
|
| |