Namangan viloyati
|
|
KomilEl | Сана: Пайшанба, 17-Ноя-2011, 22:17 | Изох # 1 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Namangan haqida bilganlarimizni toldirib boramiz
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
misS | Сана: Пайшанба, 17-Ноя-2011, 22:20 | Изох # 2 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Namanganni Gullar shahri dib ta'riflashadi. Nega shunaqa disharkin?
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
KomilEl | Сана: Пайшанба, 17-Ноя-2011, 22:35 | Изох # 3 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Namangan viloyati 1941 yilning 6 martida tashkil topgan. Viloyat Farg'ona vodiysining shimoli-g'arbiy qismidagi Chotqol va Qurama tog' tizmalari oldida joylashgan. Viloyat shimol va shimoli-sharqdan Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, shimoli-g'arb va g'arbda Toshkent viloyati va Tojikiston Respublikasining Xo'jand viloyati, janub va janubiy-sharqda Farg'ona hamda Andijon viloyatlari bilan chegaradosh. Namangan viloyati relefi asosan tekislik-tog' mintaqalilik xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan o'rtacha balandligi 350-880 m. Viloyatning umumiy maydoni 7,44 ming kv.km., aholisi 2,3 million kishi. Viloyatda Namangan shahri, 11 ta tuman (Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Chortoq, Chust, To'raqo'ro'on, Uchqo'ro'on, Yangiqo'ro'on) 7 ta shahar (Kosonsoy, Pop, To'raqo'ro'on, Uchqo'ro'on, hortoq, Chust, Haqqulobod), 11 ta shaharcha (Jomashuy, Ittifoq, Navbahor, Oltinkon, Oqtosh, Toshbuloq, Uychi, Uyo'ursoy, Chorkesar, O'nhayot, Yangiqo'ro'on), 99 ta qishloq bor. Viloyatda 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o'zbeklarning salmog'i 88,4 foiz, tojiklar 8,9 foiz, ruslar 0,7 foiz, qirg'izlar 1,0 foiz, qolgan 1,0 foizini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 292,8 kishi to'g'ri keladi. Namangan viloyati asosan sug'oriladigan dehqonchilik regionidir. Uning hududidan 2 ta daryo: Norin va Qoradaryo oqib o'tadi. Bu daryolar qo'shilib, O'rta Osiyoning asosiy suv havzalaridan biri Sirdaryoni hosil qiladi. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog'ini hamda sog'lomlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud. Viloyatda hali ishga tushirilmagan noyob qazilma boyliklarning zahiralari mavjuddir. Ularning asosiy qismi Mingbuloq, Pop, To'raqo'rg'on, Uychi, Chust va Yangiqo'rg'on tumanlarida joylashgan. Qadimiy Axsikent shahri va Munchoqtepadan qazib olingan noyob topilmalar ming-ming yil avvalgi ajdodlarimizning yuksak madaniyatidan, aql-zakovatidan dalolat beradi. Bu bebaho meroslar ayni paytda Pop arxeologik va Namangan o'lkashunoslik muzeylarining oltin fondiga aylangan.Shuningdek, viloyatda 27 ta tarixiy me'morlik obidalari va ziyoratgohlari mavjud bo'lib, Mulla Qirg'iz madrasasi, Ota Valixon To'ra va Shayx Isxoq Eshon masjidlari, Xazrati Mavlono Lutfullox Chustiy majmuasi, Mulla Bozor Oxund maqbarasi, Baliqli Mozor, Buloqli Mozor va Bibi Ona ziyoratgohlari shular jumlasidandir. Sharqning mashhur otashnafas shoiri Boborahim Mashrabning Vatani ham Namangan hisoblanadi. Namangan gullar shahri. Bu yerda 48 yildirki an'anaviy gul bayrami o'tkazib kelinmoqda. Viloyat hududidan Buyuk Ipak Yo'li o'tgan. Respublikadagi eng yirik avtomobil yer osti yo'li ham viloyat xududida joylashgan. Namangan aeroporti hatto eng yirik "Boing" rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Iqlimi keskin kontinental bo'lib, janubiy, ya'ni tekislik mintaqasida cho'l-subtropik iqlimga mansub. Yoz oylarida havo harorati keskin 100 ko'tarilib, quruq va issiq bo'ladi. Tog' va tog'oldi zonalarida esa havo salqin, namligi yuqori bo'lib, bu joylarda ko'plab dam olish maskanlari joylashgan. Bu xududlar issiq mineral buloqlarga boy. Ayniqsa, Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqo'rg'on suvlari shifobaxshligi bilan shuhrat qozongan.Добавлено (17-Ноя-2011, 21:35) ---------------------------------------------
Quote (misS) Namanganni Gullar shahri dib ta'riflashadi. Nega shunaqa disharkin? Namanganda bizning zamonamizga qadar rivojlanib keng xalq ommasi tomonidan keng ko'lamda nishonlanib kelayotgan marosimlardan biri "Gul bayrami" hisoblanadi. Mazkur gul bayrami O'zbekistonda mashhur bo'lib, respublikaning boshqa hududlarida bu kabi marosim o'tkazilmagan. Ushbu bayram ilk marotaba XX asrning 60- yillarida o'tkazilgan. Unda havaskor gulchilar mahalliy nashrlar, radio, madaniy-ma'rifiy uchrashuvlar orqali shahar aholisini hovli va shahar ko'chalarini chiroyli gullar bilan bezatishga chaqirganlar. Tezda "Namanganni gullar shahriga aylantiramiz" shiori ostida keng ko'lamdagi ishlar boshlanib ketgan. Namangandagi A. S. Pushkin (hozirgi Bobur) nomli istirohat bog'ida eng yaxshi gul yetishtirish musobaqasi o'tkazilishi e'lon qilingan. 1961 yili unda 16 nafar gulchilar ishtirok etgan.
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
komol_76 | Сана: Пайшанба, 17-Ноя-2011, 23:55 | Изох # 4 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Тез орада Наманган шаҳри ва туманлари тўғрисидаги маълумотлар ва фотосуратлар билан тўлдирилади
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
KomilEl | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:08 | Изох # 5 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Добавлено (18-Ноя-2011, 00:08) ---------------------------------------------
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) KomilEl - Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:04 |
|
| |
ledy | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:12 | Изох # 6 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Наманганнинг олмаси, анори бордурей, Добавлено (18-Ноя-2011, 00:11) --------------------------------------------- Наманганда шифобахш санаториялар хакида эшитганмиз, шулар хакида хам билганлар ёзиб колдиринглар? Она Ватан чиройи ва куркини томошо килайлик. Добавлено (18-Ноя-2011, 00:12) ---------------------------------------------
Quote (KomilEl) aholisi 2,3 million kishi. Ростданми? Адашмадингларми?
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:12 | Изох # 7 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| Xudoxoxlasa yaqinda Namangan shahri hamda Kosonsoy tumani haqida yozaman. nasib etsa)
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
KomilEl | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:19 | Изох # 8 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Quote (ledy) Quote (KomilEl)aholisi 2,3 million kishi. Ростданми? Адашмадингларми? 2010 yilgi malumot 2011 nikini topolmadim
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
komol_76 | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 01:35 | Изох # 9 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Viloyatning tashkil etilgan vaqti 6. 03. 1941 yil
Hududiy maydoni (ming kv. km.) 7. 440
Mavjud aholi 2178. 2 ming kishi
Shu jumladan: shahar aholisi 808. 8 ming kishi
Qishloq aholisi 1369. 4 ming kishi
Viloyat markazi Namangan shahri
Viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar 1 ta
Shaharcha fuqarolar yig'ini 11 ta
Qishloq fuqarolar yig'ini 99 ta
Mahallalar soni 741 ta
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari 5 nafar
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari 9 nafar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari 60 nafar
Xalq deputatlari shahar, tuman Kengashlari Deputatlari 356 nafar
Umumiy yer maydoni 7.440 ming kv. km
Shundan:
- ekin maydoni 223210 ga
- sug'oriladigan yer maydoni 223210 ga
Maktablar 681 ta
- ulardagi o'quvchilar soni 442662 nafar
Oliy o'quv yurti 3 ta
- undagi talabalar soni 15088 nafar
Kasb - hunar kollejlari 90 ta
Akademik liseylar 8 ta
- ulardagi o'quvchilar soni 6235 nafar
Bolalar bog'chalari soni 641 ta
- ulardagi tarbiyalanuvchilar soni 49838 nafar
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash 78,7 foiz
Aholini gaz bilan ta'minlash 83,2 foiz
Yirik sanoat korxonalari 59 ta
Fermer xo'jaliklari 13453 ta
Qo'shma korxonalar 62 ta
Kichik va o'rta biznes tuzilmalari 24833 ta
Shifoxonalar 95 ta
- ulardagi o'rinlar soni 13707 ta
Qishloq vrachlik punktlari 218 taДобавлено (18-Ноя-2011, 00:35) --------------------------------------------- Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixi va mustaqillik davridagi taraqqiyotida Namangan viloyati o'zining boy o'tmishi, madaniyati bilan muhim o'rin egallab kelgan. Namangan Farg'ona vodiysidagi qadimgi shaharlardan. Shahar ko'chmanchi chorvadorlar va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'troq aholi yashaydigan chegarada vujudga kelgan. Namangan qishlog'i haqidagi dastlabki ma'lumot 14-asrlar oxiriga tegishli. Bobur o'zining "Boburnoma" asarida Namanganni qishloq sifatida eslatib o'tgan. Tarixchilarning xabar berishicha, bu yerga 1582 yilda asir olingan forslar keltirib joylashtirilgan. 1643 yilgi vaqf hujjatida ham shahar deyilgan. Shahar tuz koni yaqinida barpo bo'lganligi uchun nomi "namak kon" so'zlaridan deb taxmin qilinadi. 1620 yil Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsi (Axsikant) zilziladan vayron bo'lgach, uning aholisi yaqinroq joylashgan Namanganga ko'chib o'tadi. 1813 yilda Qo'qon xonligida bo'lgan rus elchisi Filipp Nazarov Namangan shahar hokimining devor bilan o'ralgan saroyida ancha lashkar saqlanganligini yozgan. 1819-1822 yillarda Yangiariq kanali qazilib, shaharning suv ta'minoti ancha yaxshilanadi. 1842-45 yillarda shahar atrofi mustahkam devor bilan o'rab olindi. 1876 yil fevralda Qo'qon xonligi tugatilgach, Namangan uezd shaharlaridan biri bo'lib qoldi. 19-asr oxirlarida eski shahar yonida evropalik fotihlar o'zlari uchun muassasa va turar joy binolari qurdilar. Natijada "yangi shahar" vujudga keldi. Ayni vaqtda sanoat korxonalari xam barpo etila boshladi. 1914 yil shaharda 40 dan ortiq korxona (shundan 17 tasi paxta tozalash zavodi) bor edi. Keyingi o'n yilliklar ichida shaharda yengil, oziq ovqat va mashinasozlik sanoati korxonalari hamda Namangansoyda GES lar qurildi. Namangan shahrida otashnafas shoir va mutafakkir Boboraxim Mashrab (1657-1711), To'raqo'rg'onda shoir, tilshunos, ma'rifatparvar Isxoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat (1862-1937), Chustda shoir Muhammmadsharif Egamberdi o'g'li So'fizoda (1869-1937) va boshqalar yashab ijod qilganlar. Namangan shahri va viloyatida saqlangan me'moriy yodgorliklar asosan 18-20 asr boshlarida bunyod etilgan. Namangandagi Mulla Qirg'iz madrasasi 20-asr boshlarida shahar markazida qurilgan. Madrasa uning qurilishiga rahbarlik qilgan shaxs-usta Qirg'iz nomi bilan atalgan. Ushbu madrasa yaqinida ayni vaqtda Ota Valixon to'ra masjidi ham qurilgan. Mavlon buva majmuoti mahaliy shoirga bag'ishlangan bo'lib, uning qurilgan sanasi (1806 yil) peshtoqiga bitilgan. Maqbara shoirlarning ziyorat xonasiga aylangan. Xo'ja Amin maqbarasi 18 asr o'rtasida barpo etilgan. Binoning bosh fasadini bezashda 12-14 asrlar bezak usuli (o'yma sopol taxtachalari) dan foydalanilgan. Viloyat 1967 yil 18 dekabrda qayta tashkil etilgan (avval 1941 yil 6 martdan 1960 yil 23 yanvargacha mavjud bo'lgan). Respublikaning sharqiy, Farg'ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan. Tabiati. Viloyat Farg'ona vodiysining shimoliy qismida, asosan, Sirdaryoning o'ng sohilida joylashgan. Yer yuzasi balandligi 400-750 metr bo'lib, shimolga tomon balandlashib boradi. Shimoliy Chotqol va Qurama tog'lari bilan o'ralgan. Tog' oldilari balandligi 1000-1200 metr adirlardan iborat. Viloyat geologik faol xududda joylashgan. 8 ballgacha zilzilalar bo'lib turadi. Katta maydonni egallagan Qoraqalpoq cho'lida dehqonchilik qilinadi. Rangli metall konlari bor. Gips, oxaktosh va boshqa qurilish materiallari olinadi, Viloyatning qator hududlaridan shifobaxsh mineral suvlar (Chortoq, Chodaksoy, Shahand, Uchqo'rg'on) topilgan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Havo xaroratining sutkalik tebranishi keskin, yog'in kam. Tekislikda yanvarning o'rtacha temperaturasi - 3,5 daraja s, iyulniki 25 s. Yillik yog'in tekislik va tog' oldilarida 100-200 mm., tog' etaklarida 600 mm. gacha. Namangan shahri atrofida vegetasiya davri (229 kun) bo'lib, Farg'ona vodiysining janubiy va sharqiy tomonlariga qaraganda eng uzoq davom etadi.
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
KomilEl | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 02:00 | Изох # 10 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Namangan nonlari
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
ledy | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 02:22 | Изох # 11 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Дангара деган жойнинг патирими? Еганман, жуда мазали.
|
|
| |
Shahzod | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 02:23 | Изох # 12 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2066
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
| Namangan shahri töğrisidagi malumotlani uqib,bilmaganlarimni bilib oldim.Namangan shahrini tarihiy binolarini,muzey,madrasalarini fotosuratlarni kutib qolamiz,chunki qiziq.
★ Shahzod ★
|
|
| |
komol_76 | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 13:26 | Изох # 13 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Quote (ledy) Дангара деган жойнинг патирими? Еганман, жуда мазали.
Данғара Фарғона вилоятида... бу нонлар Наманган шаҳриники!!! тепадаги ёғли ва сут қўшиб ёпилган патир, пастидаги Ширмой (Ширмон) нон... бирам мазалиии мммммм, оғзимми суви кеб кетти
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
|
Shahzod | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 16:47 | Изох # 15 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2066
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
| Ibrohim oka qoyil ,rasmlar zör !
★ Shahzod ★
|
|
| |
unet | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 17:03 | Изох # 16 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 667
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| rahmat Shahzod
|
|
| |
ledy | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 17:06 | Изох # 17 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Камол ака, нонлар водий тарафдан келганди-да. Билганимиз яхши булди. Академик лицей биноси жуда -жуда куркам. Таъриф бераётганда хато кеткизманг. Илтимос, менимча УЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ БАНКИ эмас, УЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ БАНКИ НАМАНГАН ФИЛИАЛИ булса керак. Ёки адашган булсам узр.
|
|
| |
unet | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 17:23 | Изох # 18 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 667
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| ledy tugri etasiz adashibman
|
|
| |
KomilEl | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Ноя-2011, 23:00 | Изох # 19 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| zor rasimlani qoyibsizu Ibrohim aka rahmat rasimlar uchun
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
bek88 | Сана: Душанба, 21-Ноя-2011, 04:06 | Изох # 20 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| tuylar zo'r kelinga qistirishsa ula xam aytarar ekan, birga kelgan mexmonlar bilan ishlashar ekanДобавлено (21-Ноя-2011, 03:06) --------------------------------------------- tuylar zo'r kelinga keyovga qistirishsa ula xam qaytarar ekan, birga kelgan mexmonlar bilan uynashar ekan. DJ.BEK STUDIO.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Чоршанба, 15-Фев-2012, 09:39 | Изох # 21 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Kosonsoy tarixi
Tarihiy-arheologik materiallar Farg’ona vodiy-sining shimoliy-sharqiy hududining daryo va soy havza-larida sun`iy sug’orib dehqonchilik qilishining bos-qichlari miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlanganligidan dalolat beradi. Aynan Farg’onaning daryo va soy havzalarida bir necha o’nlab dehqon jamoalari yashab, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Hozirgacha ularning 80 ga yaqin qarorgohlari qoldiqiari topilgan bo’lib, fanda “CHust madaniyati” nomi bilan ma`lum va mashhur. Aynan bu madaniyatni “CHust madaniyati” deyilishining boisi XX asrning 50 yillarida arheolog M.E. Vorones tomonidan CHust tumani shimolidagi Buvonomozor yodgor-ligidan ilk marotoba bronza davriga oid qarorgoh topilgan. Aynan mazkur davrga oid moddiy ashyolar ilk marotoba aynan CHust hududidan topilganligi bois bu fanga “CHust madaniyat:.’” nomi bilan kirgan. “CHust madaniyati”ga tegishli arheologik yodgorliklar vodiy-ning shimoliy va sharqiy hududlarida keng tarqalgan. CHust madaniyati sohiblari, asosan, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik hamda qisman chorvachilik bi-lan shug’ullangan. CHust madaniyatiga mansub sopol idishlar o’ziga hos rangli naqshlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, Farg’ona vodiysining SHohimardon-Marg’ilonsoy va Kosonsoy havzalarida so’nggi yillarda olib, Fargona vodiysining sug’orma dehqonchilik tarihiga bir qator aniqliklar kiritdi. CHunonchi, bu borada arheolog A. Anarbaev tadqiqotlari tahsinga sazovor bo’lib, uning fikricha, CHust madaniyatining dastlabki vakillari milodiy eradan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalari (aniqrog’i mil. avvalgi XVI-XIV asrlar)dan boshlab ilk sug’orma dehqonchilikning oddiy ko’rinishlariga asos solishgan. Bu bora-da birinchi navbatda Qoradaryo, Oqbura, Kosonsoy va G’ovasoy kabi qator soy va daryolarning adir orti qismlaridagi havzalarining eng qulay va unumdor erlari o’zlashtirilgan. Qolaversa, Kosonsoyning quyi oqimi Ahsikent vohasining asosiy qismi miloddan avvalgi H-XI asrlardan o’zlashtirilgan bo’lib, Eski Ahsi yodgorligi hududida dehqonlar qarorgohi bo’lganligi aniqlandi. Dehqonchilikda CHust madaniyati sohiblari bug’doy, arpa va tariq singari ekinlarni sepgan. Bunday madaniy ekinlarning qoldiqlari Buvonamozor (CHust) va Dalvarzin (Andijon) yodgorliklarida ko’plab topil-gan. Erga ishlov berishda va hosilni yig’ishtirib olish-da CHust madaniyati sohiblari har hil tosh va bronza qurollardan foydalangan(ketmon, o’roqsimon pichoq, o’roq) bo’lib, bunday mehnat qurollari tuman hududi-dagi Tergachi va Go’rmiron qishloqlaridan ham ko’plab topilgan. 1951 yili Kosonsoy tumanida olib borilgan eks-pedisiya jarayonida A.N. Bernshtam tomonidan Go’rmi-ron qishlog’idagi eski qabristondan birinchi marta CHust madaniyatiga hos bezakli kosa topilgan. A.N. Bernshtam ushbu bezakli kosani Eronning rang-li sopol idishlariga taqqoslash asosida miloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalarida yasalgan degan hulosaga keladi. Koson so’zi etimologiyasi. Koson shahri nomining kelib chiqishi va nomlanishi borasida ham fanda yagona fikr mavjud emas. O’rta asr manbalarida ham bu shahar turlicha zikr etilgan. Jumladan, muallifi noma`lum bo’lgan geografik manba “Hudud ul olam” (X asr) asarida Kason, Sam`oniy va Yoqut Hamaviy (XII -XIII asrlar) asarlarida Kosan tarzida zikr qilinadi. Turli olimlar ushbu so’zning kelib chiqishi borasida har hil fikrlarni bildirganlar. CHunonchi, ayrim toponimik tadqiqotlarda ushbu so’z Kushon so’zi-ning o’zgargan shakli bo’lib, IX asrgacha so’z o’rtasida tovush o’zgarishi yuz bergan, deb yoziladi. H.Hasanovning yozishicha, kushon so’zi aslida halq nomi bo’lib, Koshon-Kushon nomining o’zgarganidir. Bu o’rinda Kushon davlati tarihiga qisqacha to’htalib o’tish joizdir. Kushonlar davlatining gullab yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to’g'ri keladi. YAngi boshqaruv tizimlarining joriy qilinishi, pul islohotlarining o’tkazilishi, baqtr tilining davlat tili deb e`lon qilinishi, buddaviylik dinining jamiyat hayoti dagi mavqe`ining oshishi mamlakatning iqgisodiy va ma-daniy haetida yuz bergan tub o’zgarishlarning asosiy omili hisoblangan. Bu davrda shaharsozlik, ichki va halqaro savdo, hunarmandchshshk va qishloq ho’jaligi tez sur`atlar bilan taraqqiy qilgan. Farg’onalik mutafakkir Ibrat Koson so’zi so’g'd tilida sultonlarni zikr qilgan ma`no bildiradi, ya`niki Bag’dod shahridan islom dinini targ’ib qilgani kel-gan kishilarni hurmat qilib Koson ahli qadimgi sug’d tilida Kason deb aytganlar. Ul kishilarning sulton Jaloliddin Somoniy, ya`ni G’o'zapoya mozor gumbazida yotgan kishidurlar, – deb yozadi. Eronlik olimlar Said Nafisiy, doktor Muin, o’zbek tilshunos olimlaridan professorlar N.Maqmudov va I. Yo’ldoshev “Koson” “kosibon” so’zining assi-milsiyaga uchragan shaklidir, – degan hulosaga kelishgan. Bu o’rinda Koson 32 hunar rivojlangan qadimgi shahar ekanligini hisobga olsak, ushbu fikr haqiqatga yaqinroq. Demak, “Koson” – kosiblar shahri, hunar-mandlar manzili, degan ma`noni anglatar ekan. Endi esa bevosita Koson shahrining bunyod etilishi tarihi masalasiga bir muncha batafsilroq to’htalib o’tsak. Ushbu shaharning Farg’ona vodiysidagi eng qadimgi shaharlardan biri ekanligi mana 100 yildan oshiq vaqtdan beri qator mutahassislar tomonidan e`tirof etib kelinayotgan bo’lsada, lekin uning yoshi va joylashgan o’rni masalasi hali hanuz o’z echimini topmagan dolzarb muammolardan biri hisoblangan, ko’plab mutahassislar tomonidan hilma-hil fikr-mulohozalar bayon qilingan. Kdsimgi Koson o’rdugohining “Mug’ qal`a” deb atalishi va bu shahar tarihi ikki ming yildan ziyod ekanligini ko’rsatadi. “Dinkard”(VIIIasr), “Avesto” lug’ati singari manbalarda ta`kidlashshgacha, “mug’-zardush-tiy”, “qal`a o’rdugoh”, shahar ma`nosini anglatadi. Qal`acha esa, yo’ldosh shahar, kichik shahar ma`nosini anglatar ekan. Demak, Koson shahri yaqinidagi Kirg’iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Olabuqa tumani hududidagi Qal`acha o’tmishda Mug’qal`aga yo’ldosh shahar bo’lgan. Hullas, qadimgi “Koson” zardushtiylarning Farg’ona vodiysi hududidagi qoldiqiari saklanib qolgan qarorgohlaridan biri bo’lgan. O’rdugoh tarkibidagi otashkada – ibodathona, otashgoh – olovhona qoldiklari ham buni tasdiqlaydi. Ma`lumki, arheologik tadqiqotlarga qaraganda Koson shahri Kosonsoyning chop sohilidagi tabiiy tepalik ustida, strategik jihatdan eng qulay joyda qurilgan. A.N. Bernshtamning yozishicha, shahar dastlab mo’`jaz bo’lgan va jami 160 X 120 mga joylashgan bo’lib, uning shahristoni 60X40 m joyni egallagan. Devorlarning mustaqkamligini Kosonsoy daryosi tomonidan yuvili-shi hisobiga kuchayib borgan. SHahar markazidagi shahristonda zardushtiylik diniga hos ibodathona – otash-kada joylashgan bo’lib, u erda oq rangdagi kul izlari aks etgan yirik qatlam qolgan. XII asrda yashagan SHahristoniy ham Kosonda o’rdugohi tashqarisida “otashgoh” – olovhona bo’lganligini ta`kidlab o’tgan. O’z navbatida shuni ham eslamoq joizki, hozirgi kungacha qadimiy Koson joylashgan yodgorlik mahal-liy aholi orasida “Mug’qal`a”, deyilishi yoki ushbu yodgorlik atrofidagi mahalla “Mug’hona” deyilishi ham Kosonsoy shahrining tarihi 2000 yildan ortiq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Koson shahri markazini tashkil qilgan shahris-tonda turar joylari joylashgan. SHuningdek, odamlar o’zlari uchun zarur bo’ladigan kundalik oziq-ovqatlarini saqlash uchun qilingan silindrsimon yoki noksimon o’ralar bo’lgan. Bundan tashqari, shahar aholisi oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida erga ko’milgan katta-katta humlardan ham foydalanishgan. CHunonchi, bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan Mug’qal`a yodgorli-gidan uycha uzoq bo’lmagan erlarda olib borilgan quri-lish yshlari jarayonida aynan mana shunday humlardan o’nlab topilgan bo’lib, mazkur humlarda mahalliy ahrli o’zining oziq-ovqatlari va g’allalarini saqlashgan. SHuni ham ta`kidlab o’tish o’rinliki, kososhshklar, haqiqatdan ham, azal-azaddan sopol humlar va turli-tuman idishlar hamda ashyolarni yasash bo’yicha ma`lum va mashhur bo’lishgan. Bu borada hatto shaharda hum yasay-digan mahsus mahalla ham bo’lib, uning nomi bugungi kungacha Humhona ko’rinishida saqlanib qolgan. Arheolog olim A.N. Bernshtam Koson shahri o’zining arhitekturasi va turmushiga ko’ra o’ziga hos bo’lgan. U qadimgi Davon qarorgohi o’rnida eramizgacha bo’lgan 2 asrda paydo bo’lganligini shahar shahristonidan to-pilgan kushonlar davriga hos qizil va qora ranglar-dagi sharobkosalar ham tasdiklaydi, – deb yozadi. Ayrim tarihiy asarlarda yozilishicha, eramizdan av-valgi I asrlarda Fargona vodiysi o’z davrining kuchli davlati bo’lgan Kushonlar imperiyasi tarkibiga kirmagan bo’lsada, u bu davrda Markaziy Osiyoning rivojlangan o’lkalaridan biri hisoblangan. Bu erda dehqonchilik va chorvachiliqsan tashqari hunarmandchilik, pilla etishtirish, savdo-sotiq va ruda qazib olish rivojlangan. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo haqidagi ma`lumotlar molmy (Hitoy) honadonlarining tarihi” Beyshida (550-577); “Suy sulolasining tarihi” – Suyshuda ((581-MK); “Than sulolasining tarihi” – Thanshuda (618-907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (SHi, CHje-she), Samarkand (Kan), Buhoro (An, Ansi), Horazm, SH’! yoki SHi, Kesh – (SHahrisabz), Nasaf – (Qarshi), Surhondaryo (Toharistonning bir qismi) kabi vilo-yatlar bilan birga Davan (Boho, Bohan, Bohani)ning geografik joylanishi, tabiati, mahalliy aqolisi va ularning iqgisodiy hamda siyosiy hayoti, madaniyati-iing ayrim qirralari haqida yozilgan. SHuningdek, hitoy tilida 497 yili yozilgan Beyshi nomli manbada “Lona – qadimgi Davan hokimligi, hokim qaro Guy-shan’ shahrida” deb habar berilgan. To’g'rirog’i, hitoy-shunos N.YA.Bichurin bir oz keyingi davr manbasiga asoslanib Guyshan’ Davan’ markazi deb izoh bergan33. SHu vaqgdan e`tiboran Guyshan’ fanda ma`lum. VII asr o’rtalarida yozilgan boshqa bir hitoy manba-larida ta`kidlanishicha, vodiyda ikkita hokimlik mavjud bo’lib, birining poytahti Yebochji nomli hokim o’tirgan Geysay bo’lgan. Ikkinchi hokimlik poy-tahti Humin bo’lgan. Bu goyani A.N. Bernshtam 1946 – 1948 yillar Mug’qal’a-da olib borgan qazishmalar asosida yanada rivojlan-tiradi. Uning fikricha, bu davrda Farg’onaning bosh poytahti Ahsikent hisoblangan. Kosonda esa Turk ho-qonining vakili o’tirgan35. Hitoy manbalarida yozilishicha, Farg’ona bekligi Luyangning g’arbidan 13350 li yiroqliqda bo’lib, janu-biy qismi toharlar bilan, shimoliy qismi Qang’ bi-lan chegaradosh. Uning tarkibida 70 dan ortiq kagga kichik shahar bor. Manbalarda yozilishicha, Farg’ona vodiy-sida sholi hamda bug’doy o’stirish mumkin bo’lib, uzum haqiqatan ham ko’plab etishtirilgan. Odamlari juda ko’p bo’lib, hammasi chuqur ko’zli ham soqollidir. Ularning urf-odatlari bo’yicha kelin tushirganda oldi bilan tu-tashib turuvchi qo’sh yurak shaklli oltin halqa sovg’a qilinadi. YAna bo’lg’usi kuyovini sinab ko’rish uchun uch qiz yuboriladi. Boshqalardan ot oriyat olib minish jaraenida agar otni oriyat olguvchi diqqatsizliqdan otdan yiqilib o’lsa ot egasi marhumning dafn ishlariga mas`ul bo’ladi. Faryunaliklar savdo-sot iq ishlariga juda mohir bo’lib, bir tiyinli foydani qo’lidan berib qo’ymaydilar. Agar Junggoning oltin kumushlarini qo’lga tushirib qolishsa, uni asl pul o’rnida ishlatmasdan, undan zebi-ziynat yasaydilar. Qadimgi Koson “qo’chmanchi” va “o’troq” madaniyatlar tutashuvidagi chegarada joylashgan. Bu Fargonaning Er-shidan keyingi ikkinchi^poytahti bo’lib, o’troq dehqonlar va ko’chmanchilar, harbiy- siyosiy va iqgisodiy kuchlarni bog’lovchi simvol bo’lgan. Professor A.Bernshtam tomonidan ilk bora topilib, keyinchalik boshqa tadqi-qotchilar tomonidan o’rganilgan Mug’hona yodgorligi ham tuman tarihiga oid noyob tarihiy ma`lumotlar beradi. Mug’hona (qurum, mug’gosh)lar Kosonsoy tumanining shi-molida joylashgan bo’lib, eramshdan avvalgi 111-11 asr-lar va milodiy V-VI asrlarda o’tov shayushda toshdan yasalgan qabr inshootlari vazifasini bajargan. Mug’hona inshootlarining devorlari siniq va yupqa toshlardan Korishma ishlatilmay oval shaklida (5?8,5m) qurilgan. Ichki honaning chiqish tuynugi bo’lib, toshtahta bilan Osrkitib qo’yilgan. Mug’honadan odam suyaklari, ko’za, tuynuk, dastakli piyola, pichoq, qilich, jez, temir o’q uchi, zirak, munchoq, omoch tishi va boshqa qator ashyolar topilgan. Idishlar qizil va qora angob bilan ti rnab hoshiyalangan. Mutahassislarning fikricha, Mug’hona topilmalari SHimoliy Farg’onaning yarim o’groq qabilalariga mansubdir. Haqiqatan ham, qadimiy Koson shahri jug’rofiy jihatidan ko’chmanchilar bilan dehqonlar, qo’shni davlatlar So’g'd, CHoch o’rtasida o’ziga hos ko’prik vazifasini bajargan joyda o’rnashgan. Podsho yoz oylarida dam oli-shi uchun qulay bo’lgan va tabiati chiroyli maskan edi. XX asrning 50 va 80-yillarida Mug’qal`ada qazishmalar o’tkazgan Yu.A. Zadneprovskiy ham Guyshan’ – bu hozirgi Mug’qal`a qoldig’idir, deydi. Ammo ba`zi olimlar bunga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, arheolog B.Matboboev Qadimgi Koson hududidagi – Mug’-qal’a yodgorligi Guyshan’ bo’la olmaydi deb ta`kidlaydi. Bizningcha, ushbu mulohazalarning har iyusisi ham fanda o’zining butkul tasdig’ini topmagan bo’lib, bu-larni tasdi’utash Mug’qal`ada va tumanimiz hududidagi boshqa qadimiy yodgorliklarda qo’shimcha arheologik qazishmalarni olib borishni talab qiladi, batafsilroqma`lumot berib o’tsak. Ushbu yodgorliklar hrzirgi Kosonsoy shahridan 2 km uzoqyaikda O’z navbatida qadimgi Kosonning qoldiqlari hisoblangan Mug’qal`a yodgorligi borasida birmuncha Kosonsoy daryosi-ning yuqori oqimi chap qirg’og’ida joylashgan. Yodgorlik hozirda ikki qismga bo’lingan bo’lib, ularni Kosonsoy-Olabuqa avtomobil yo’li kesib o’tgan. Halq orasida ular Mug’gepa va Mug’qal`a deb ataladi. Demak Koson ikki qismdan shahar (Mug’tepa) va qal`a (Mug’dir (160X180-80 m). Qal`a (Mug’qal`a) shahar (Mug’gepa) dan shimoliy sharqda joylashgan bo’lib, maydoni ki-chikroq – 90X70 m. Hozirgi vaqtda uning emirilgan devorlari va kuzatuv burchlari joylashgan. Koson geo-grafik joylashuvi bo’yicha strategik nuqgai nazardan juda muhim ustunlikka ega. SHahar soyining 40 metrlik qirg’oqlari bilan ikki tomondan o’ralgan. Janubiy G’arbiy burchak kuzatuvchilar uchun qulay joy bo’lib, u erdan Kosonsoy jarliklarini bemalol kuzatish mumkin. Umuman olganda, Koson shahri bundan 2200 ming yil avval qal`a shahar tarzda bunyod qilingan. Keyinchalik ilk o’rta asrlarga kelib Koson atrofidagi erlar ma-halliy aholi tomonidan uzluksiz tarzda o’zlashtirila boshlangan. IV -VI asrlarda Koson shahrining mudofaa qobiliyati qo’shimcha devorlar hisobiga kuchaytirilgan. Taniqpi sharqshunos olim V.V. Bartol’dning yozi-shicha, hitoy manbalarida Kesay deb atalgan Koson turk hoqonligi davrida turk hoqonlari vakillarining qarorgohi bo’lgan. Al YAqubning habar berishicha, VIII asrning ohiri – IX asrda Koson Farg’ona podsholigi-ning poytahti bo’lgan. VI asrdan boshlab to arablar istilosigacha Kosonda Turk hoqonligining ishonchli vakili o’tirgan. Hoqonlikning asoschisi hisoblangan Ashina honodonidan chiqqan vakil o’tirgan. SHaharning salobatli mudofaa devorlarining qoldiklari shu kunlarda ham qad ko’tarib turibdi. Tadqi-qotlar davomida oz bo’lsada shahar hunarmandlari yasagan har hil sopol idishlar topilgan. Ular o’zining yasa-lish tehnikasi va tehnologik jihatidan yuqori si-fatli ekanligidan aynan mazkur hududda o’troq shahar madaniyatiga hos hususiyatlar, hususan hunarmandchilik yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat bera-di. Qolaversa shahar hunarmandlari tomonidan yasalgan va uning zamonaviy toponomiyasida Humhona, Usta mahalla, Ko’nchilik, Qandolatchilik, Karnaychilar, ‘Ogarchilar, Dukchilar kabi ko’plab hunarmandchilik bilan bog’liq toponimlarning mavjudligi hunarmadchilik taraqqiyoti mahalliy asosga ega ekanligi hamda uzoq tarihidan dalolat beradi. VIII asrning birinchi choragidan boshlab to IX asr-gacha Farg’ona vodiysi, hususan, Koson shahri arablar tomonidan bosib olinadi. Lekin mahalliy aholining islom diniga kirishi boshqa joylarga nisbatan kech-roq amalga oshadi. Bu borada SHoh Hakim Holisning “Safedbulon qissasi” asarida va Ishoqhon Junay-dullaho’ja o’g'li- Ibrat (1862-1937)ning “Tarihi Farg’ona” kitobida muhim ma`lumotlar zikr qilingan. CHu-nonchi, ushbu manbalarda yozilishicha, halifa Hazrati Usmon davrida Jarir bin Abdulloh nomli sarkarda Qubo, Ahsi shaharlarini bosib olgandan so’ng Kosonda hukmronlik qilgan Ihshid podshohi ila jang qil-moqlikka keladi. Arab askarlari CHandavul (CHindovul) degan erga tushib, ikki sahoba ila noma kirgizganli-gi va aynan mazkur erda Koson hokimi elchilarni im-tihon qilganligi borasida ma`lumot beradi.41 SHu-ningdek, “Safedbulon”, qissasida Koson ahlining islom dinini qabul qilishi hamda arablar bilan birga Koson hokimi Ihshid va O’ng’or hokimi Karvonbos o’rtasida Safedbulon qishlog’ida bo’lgan jang ham batafsil b ayon qilingan. Darhaqiqat, Farg’ona vodiysi arablar tomonidan bosib olinishi munosabati bilan arab tilidagi man-balarda Koson shahri to’g'risida ko’plab ma`lumotlar uchraydi. Jumladan, arab va fors tilidagi manbalarda qayd etilgan ma`lumotlarga ko’ra, o’sha davrlardagi Mo-varounnahr viloyatlarining ichida nufuzli hududlardan biri Farg’ona vodiysi bo’lganligani tushunib olish qiyin emas. O’rta asr mualliflaridan Maqdisiy X asr Farg’ona viloyatida 40 ta shahar bo’lgan deb yozsa, VIII asrda arab tarihchisi At-Tabariy Farg’onada – Ho’jand, Koson, Bab, Quva va Farg’ona kabi 5ta katta shaharlar joylashgan deb ta`kvdlaydi43. Umuman olganda, Farg’ona IH-H asrlarda iqgisodiy jihatdan quyidagi tumanlarga bo’linadi: Koson, Jidgil va Miyonrud. Bu tu-manlarning hududida bir qancha shahar va qishloqdar mavjudligi manbalarda qayd etiladi. Mazkur shaharlar aqolisi turg’un yashab, dehqonchshshk, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelgan. SHarqshunos olim V.V. Bartol’dning yozishicha, Koson VIII asr ohiri – X asrda Farg’ona hukmronlarining poytahti bo’lgan. 1H-H asrlarda Farg’ona vodiysi Somoniylar davla-tining iqgasodiy jihatdan rivojlangan hududlaridan biriga aylangan. 1H-HP asrlarda esa mintaqada yashagan elatlar o’rtasida tinchlik, totuvlik va hamjihatlik vu-judga keldiki, buning orqasida o’lkada modsiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanshp jarayoni tezlashdi, sha-harlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o’sdi, aholi farovonligi kutarila bordi. Halq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me`morlar, naqqoshlar, ku-lollar, zargarlar, misgarlar tomonidan yurt dovrug’ini olamga tanitgan ajoyib me`morchilik obidalari, tas-viriy va badiiy san`at namunalari bunyod etildi, Ma`rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va mada-niyatga doimiy e`tibor berishlari natijasida ko’plab iste`dod sohiblarining salohiyati, ijodi o’sib, yuksalib borgan. O’sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko’rsatgan kutubhonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo’lyozmalar to’plangandi. Hususan, bu davrda Kosonni somoniy hukmdor Ibn Ahmad Asad boshqargan.Добавлено (15-Фев-2012, 08:39) ---------------------------------------------
chelsea chempion...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) ClimbeR - Чоршанба, 15-Фев-2012, 09:20 |
|
| |
milawka | Сана: Чоршанба, 15-Фев-2012, 12:33 | Изох # 22 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
| voy mani litseyimkuu??? Xullas Namngan zo`r bizda sotuvchila ochiqko`ngil xushmuomila kerikmas sovumaaaas
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Пайшанба, 16-Фев-2012, 08:51 | Изох # 23 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Kosonsoy shaxrini markazida yani Maxdumi A`zam istiroxad bog`ini qoq o`rtasida joylashgan "Ulug` jinor" Добавлено (15-Фев-2012, 18:38) --------------------------------------------- Bu esa "Kosonsoy" markaziy oyingohini mehmonhonasi Добавлено (16-Фев-2012, 07:51) --------------------------------------------- bu esa "Kosonsoy" sanatoriyasi
chelsea chempion...
|
|
| |
MARAT_89 | Сана: Пайшанба, 16-Фев-2012, 12:33 | Изох # 24 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
| milawka duslikda uqigansmi? Man ham usha yerda uqiganman
Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Пайшанба, 12-Апр-2012, 12:29 | Изох # 25 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Marat man ham usha yerda uqiganman yana u yerda forumdagilardan man,Islombek,Nozima va mana siz ham uqigan ekansiz
chelsea chempion...
|
|
| |