"Буюк Сиймоларимиз"
|
|
Parvina | Сана: Душанба, 16-Май-2011, 16:08 | Изох # 1 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Кимда канака маълумотлар бор... Табобат илмининг султони бўлмиш Ибн Сино 370 хижрий йил сафар ойининг бошида яъни, 980 йил август ойининг 2 ярмида Бухоро яқиндаги Афшона қишлоғида туғилган. 5 ёшгача Ибн Сино Афшона қишлоғида яшаган. Ибн Синонинг тўлиқ номи – Абу Али Ал Хусайн Ибн Абдуллох ибн Али Хасан ибн Али Ибн Синодир. Европада ибн Сино Авицена номи билан машхур булди. 10 ёшида Ибн Сино Куръон илми, тил ва адабиёт, кейинчалик мантиқ, алжабр, хисоб, фалакиёт каби фанларни ўрганган. Буюк аллома тиб илмида жуда тез камол топа бошладаи. У 17 ёшидаёқ Бухоро халқи орасида мохир табиб сифатида танилган. Ўша кезларда Самонийлар давлатининг хукмдори Нух ибн Мансур касалланиб, сарой табиблари уни даволашда ожиз бўлиб қолдилар. Бухоролик ёш табибнинг овозаси саройга хам етиб борди. 999 йилда Қорахонийлар Бухорони забт этадилар, ва Сомоний давлати инқирозга учрайди. Бу эса ибн Синонинг Бухорода тинч ва хотирчамлигини, илмий иши, табиблик фаолиятига халақит бера бошлади. 1002 йилда ибн Синонинг отаси Абдуллох вафот этади. Оқибатда беқиёс истеъдодли ёш олим ўзи туғилиб ўсган юрти Бухорони тарк этиб, Хоразмга кетишга турги келган.
Allah büyükdur
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 29-Май-2011, 14:12 | Изох # 2 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Parvina raxmat. Lekin xozir manda malumotlar yo'q ekan.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Gulilola | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Июн-2011, 15:51 | Изох # 3 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
| BOBUR- shoh va shoirdir, adabiyotimizning Navoiydan keyingi eng e'tiborli vakili, temuriy shahzodalarning eng salohiyatli namoyandalaridandir. "BOBUR" arabcha "sher" degani. Bu ism uning shaxsiga ham, ijodiga ham muvofiq tushgan. Ular 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug'ilganlar. Otalari Farg'ona viloyatining hokimi Umarshayx Mirzo (1455-1494) Temurbekka evara (to'rtinchi avlod) bo'lgan. Onalari Qutlug' Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. 1494-yilda Toshkent va Samarqand hokimlari birgalashib, Farg'onaga yurish qiladilar. Umarshayx baxtsiz tasodif tufayli fojiali halok bo'ladi. To'ng'ich o'g'li - 12yoshli Bobur taxt egasi bo'lib qoladi. Dushman bartaraf qilinadi. So'ng u 1497-yilning noyabrida 15 yoshida Samarqandni qo'lga kiritadi. Uch oy o'tmay, tashlab chiqishga majbur bo'ladi. Andijonda esa xiyonat yuz beradi. Ishonib qoldirgan kishilari yurtni Bobur dushmanlariga topshiradilar. Notinch, behalovat kunlar boshlanadi. Bo'lajak shoir ikki yildan keyin Andijonga qaytishga muvaffaq bo'ladi. 1500-yilda 17 yoshli Bobur ikkinchi marotaba Samarqandni Shaybonixondan tortib oladi. Biroq yana tashlab chiqishga majbur bo'ladi. Yana sarsonlik boshlanadi. Nihoyat, 1503-yilda Kobulga yo'l oladilar.Kobul va G'aznani jangsiz egallab, o'zini shoh e'lon qiladi. 1507-yil 12-aprelda Panipatda Hind sultoni Ibrohim Lo'diyning 100ming kishilik qo'shini bilan jang qilib, yengadi. Bu saltanatni uning avlodlari XIX asrning o'rtalarigacha, inglizlar istilosiga qadar idora etadilar. Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etganlar. Ular umrining qisqa va notinchligiga qaramay, ilm va ijod sohasida ham katta ishlar qila olgan BUYUK SIYMOIMIZDIR!!!
|
|
| |
unet | Сана: Якшанба, 12-Июн-2011, 08:40 | Изох # 4 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 667
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| JALOLIDDIN MAGU BERDI HORAZM SHOH UZ ELINI FIDOYI UGLONI MARD SARKARDA BUYUK SARKARDAGA CHINGIZHON TARIFI AGAR UGILARIMDAN BIRI JALOLIDDDINGA UHSHAGAN MARD BULGANDA MEN ER SHARIGA HUKMDORLIK QILARDIMДобавлено (12-Июн-2011, 07:40) --------------------------------------------- BIZNING BUYUK AJDODLARIMIZ BUHORO SHARIDA TAVVALUD TOPGAN MUHHADIS OLIM ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL . IMOM BUHORIY HAZRATLARI11 YOSHIDAN QURONNI UQIB YOD OLGAN VA 70 MING HADIS YOD BILGAN ISLOM OLAMIDA UCHMAS IZ QOLDIRGAN IMOM BUHORIY HAZRATLARI QURONDANG SUNG 2 URINDA TURADIGAN JOME SAHIH KITOBINI YOZGAN AJDODIMIZ
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Душанба, 11-Июл-2011, 02:45 | Изох # 5 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Nimaga bilmiman meni sevimli shoirim Alisher Navoiy 1441-yilda 9-fevral Hirotda tug'ulgan. U ikki taxallus bilan ijod qilgan Foniy va Navoiy. "mantq ut-tayr" yani "qush tili" kitobini sevib òqigan xatto yod olgan.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
Vokhid | Сана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 20:32 | Изох # 6 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 192
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 128
Холати: Хозир йўқ
| Амир Темурни ДУНЁ танийди (айрим қолоқ мамлакатдардан ташқари)
|
|
| |
bek88 | Сана: Чоршанба, 27-Июн-2012, 12:26 | Изох # 7 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| My WebPage
Добавлено (25-Июн-2012, 12:47) --------------------------------------------- My WebPage
Добавлено (25-Июн-2012, 12:48) --------------------------------------------- MIRZO ULUG’BEK (1394 - 1449) Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi.
Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan.
Asarlari: «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi».
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) bek88 - Чоршанба, 27-Июн-2012, 12:27 |
|
| |
Sokin_Qalb | Сана: Сешанба, 10-Июл-2012, 15:08 | Изох # 8 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
| Abu Abdulloh Muhammad Abu Hasan Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug'iyra ibn Ahnaf Yazdabih al-Buxoriy hijriy 194-yili shavvol oyining 13 sanasida Juma kumida Buxoroda tug'ildilar. Buxoro kichik paytlarida otalari vafot etgan. Akalari Ahmad va Onalari tarbiyasida ösdilar. 9 yowlarida Qur'oni Karimni tölaligicha yod olganlar. Voyga yetgunga qadar 10.000dan ziyod hadisni yod olganlar. Imom Buxoriy 18 yoshga tölganlarida onalari va Akalari bn Makkai Mukarramaga keladilar. Haj amallarini bajarib bölib, Onalari va akalarini Buxoroga jönatadilar. Ózlari hadis jamlash uchun öwa yerda qoladilar. Imom Buxoriy 600.000 hadis töplab, shundan 100.000sahih, 200.000 zaif hadisni yodlaydilar. Bu hadislarni töplawda 90.000 dan ziyod kiwining huzurida bölib chiqadilar. Добавлено (10-Июл-2012, 13:40) --------------------------------------------- Imom Buxoriy kitoblari: 1.Al-jome' as-sahih. 2. Al-adab al-mufrad. 3. At-tarih al-kabiyr. Imom Buxoriy bu kitobnni taxminan 18 yowlrida Rasulùlloh s.a.v. Qabrlari yonida oydin kechalarda tasniyf etganlar. 4. At-tarix al-avsat. 5. At-tarix as-sag'ir. 6. Kitobuz-zuafo. 7. Kitobus-sunan fil fikh. 8. Holqu af'olul ibod 9. Al-asmaa va kuniy. 10. Al-qiroatu holfal imom. 11. Kitobul hibati. 12. Raf'ul ydayni fis-solati. 13. Birrul volidayni. 14. Al-jome' al-kabiyr. 15. Al-musnad al-kabiyr. 16. At-tafsir al-kabiyr. 17. Kitobul ashriba. 18. Asomis-sahoba. 19. Al- vahdon. 20. Kitobul mabsut. 21. Kitobul ilal. 22. Kitobul favoid. 23. Kitobul qazoyos- sahobati vat-tobe'in. 24. Mashiyhatul Buxoriy. Добавлено (10-Июл-2012, 13:54) --------------------------------------------- Imom Buxoriy köp shaharlarda umr kechirdilar. Keyinchalik öz ona yurtlarini sog'inib Buxoroga qaytib keldilar. U zotni Buxoro ahli juda yaxwi kùtib oldi. Kelgan kunlari boshlaridan oltin so4dilar. Agar Imom Buxoriy masjidda xadis aytib dars beradigan bölsalar, masjid tölib toshar odamlar soni 10.000 ba'zan 20.000 owib ketardi. Ayrim malomatchi, xasadgöy g'iybatchi kishilar öwa vaqtdagi Buxoro amiri Holid ibn Ahmad xuzuriga kelib:"Buxoriy xalqni öziga og'dirib oldi, tezroq biror chora körmasangiz xalq sizdan yuz ögiradi" deyishadi. Xolid bu iwda yaqinlariga maslaxat soladi. Ular: Buxoriy juda mawhur odam unga yomonliq qilinsa, xalq qözg'alon kötaradi. Yaxshisi uni xalqdan ajratib olish kerak-deb maslaxat beriwadi. Xolid Buxoriyga elchi yuborib saroyga kelib amir va amaldorlarning farzandlariga dars berishni taklif etadi. Buxoriy bundan bosh tortadi. Yana elchi yuvoradi. Buxoriy esa: Ilmga kelinadi, ilm hech qachon bormaydi-deb javob beradilar. Bu gapga chiday olmagan Amir Buxorodan tezlik bn chiqib ketishni buyuradi. Buxoriy amirining ziyoniga duo qilib Samarqandga yöl oladilar va Samarqandan ikki chaqirim uzoqlikdagi Hartang qiwlog'idagi qarindoshlarnikiga kdlib tushadilar. Bu yerda uch kun turadilar. Ana shu kuni tungi namozni öqib bölgach: Ey Robbim! Yer keng bölishiga qaramay, menga tor bölib ketdi. Meni öz huzuringa chaqirgin-deb duo qiladilar. Samarqand ahli Buxoriyning huzurlariga kelib shu yerda yawashlarini iltimos qiliwadi. Buxoriy bunga rozi bölib, safarga otlandilar, birdan xoldan toyib yiqiladigan darajaga kelib qoldilar. Buxoriyni uyga olib kiriwadi va köp ötmay u kishi vafot etdilar. Ertasiga janozalari öqilib qabrga qöyildi. Qabrlaridan bir necha kun hushbòy mushk hidi taralib turdi. Imom Buxoriy hijratning 256-yili, Shavvol oyining boshlarida vafot etdilar. Bu zot 13 kun kam 62 yil umr kechirdilar. Добавлено (10-Июл-2012, 14:08) --------------------------------------------- Marajja ibn Raja' aytadilar. "Imom Buxoriy Allohning yerda yuruvchi mo'jizasi edi".
Muhammad ibn Yusuf atadilar. "Bir kuni Rosulullohni tush köribman. U kishi "Qayerga ketyapsan" deb söradilar, Men "Muhammad ibn Ismoilning xuzuriga" -deb javob bersam. " Unday bölsa, mendan salom aytib qöy" -dedilar".
Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar. "Hadis yodlash tört kishida tamom böldi: Abu Zar'a ar-Roziy, Ismoil al-Buxoriy, Imom Dorimiy, Hasan ibn Shujja al- Balhiy.
Imom Buhoriyning ustozlaridan biri Abdulloh ibn Xolid al-Omiriy. "Buxoriyning kökragidagi tuki bölishga rozi edim" deganlar.
Al-Firabriy aytadilar. "Bir kuni Buxoriyni tush kördim. U kishi Rosulullohning orqalaridan yurar edilar. Buxoriy Rosulullohning oyoq izlariga oyoqlarini qöyar edilar".
Hadis olimlaridan bölmish imom Muslim har safar Buxoriyning xuzurlariga kirsalar. "Ey hadislar tabibi! Ey, hadis ulamolarining sayyidi! Ijozat bersangiz oyog'ingizni öpsam"- der ekanlar.
Abdulvohid ibn Adham at-Tùvovisiy atadilar: Bir kuni Rasulullohni s.a.v. tushimda kördim. U kishi bilan bir jamoa asxoblari ham bor edi. Rasululloh göyo kimnidir kutayotgandek bir tarafga qarab turar edilar. U kiwiga salom berdim: Kimni kutib turibsiz, yo Rasulalloh?-desam. Rasululloh s.a.v- Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyni- deb javob berdilar. Men ikki uch kundan keyn Buxoriyning vafot etganlarini ewitib qoldim. Sörab surishtirsam Rasulullohni tush körgan kunim vafot etgan ekanlar.
Yahyo ibn Ja'far aytadilar: Agar Buxoriyning umrlarini uzaytishga qodir bölganimda, jonimni berib bölsa ham asrab qolgan bölar edim.
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 19:24 | Изох # 9 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Sokin_Qalb, ofarin ajoyib ma'lumot
+99893 942 32 32
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Чоршанба, 14-Авг-2013, 03:20 | Изох # 10 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| JALOLIDDIN RUMIY (1207-1273) O‘rta asr Sharqining eng yirik allomalaridan Jaloliddin Rumiy Xurosonning Balx shahrida tug‘ilgan bo‘lib, asl ismi Muhammaddir. J. Rumiy taxallusi bo‘lib, turklar Kichik Osiyoni Rum eli derdilar. Uning otasi Bahoiddin Valad o‘z davrining yirik ulamolaridan biri edi. Muhammad Xorazmshoh bilan ixtilof tufayli zamonasining “Sultonul ulamo”si bo‘lgan Bahoiddin Valad o‘z oilasini olib Balxdan chiqib ketdi. Boshqa bir ma’lumotlarga ko‘ra, Bahoiddin Valad mo‘g‘ul istilosi tufayli, oldindan Balx taqdirini sezgani tufayli shaharni tashlab ketgan, degan fikrlar bor.. . Ko'zni Yumgil Ko'zga aylansin dunyo.. . Uning bir gaplari bori O'limimdan so'ng meni qaro yerdan emas,marifatli insonlarning qalbidan izlang degan. .
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |
bek88 | Сана: Сешанба, 20-Авг-2013, 09:36 | Изох # 11 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Alisher Navoiy (taxalluslari; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot — 1501.3.1) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosya Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o‘z tinchligini ko‘zlab, Iroqqa ko‘chishdi (1449). Taf shahrida Alisher mashhur «Zafarnoma» tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. G‘iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki yil muddat o‘tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G‘iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o‘qishni davom ettirdi. Alisher Navoiy she’riyatga g‘oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan edi. Tog‘alari Mirsaid — Kobuliy, Muhammad Ali — G‘aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez- tez to‘planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar. Alisher Navoiy 10—12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy, uning: Orazin yopqoch, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh matla’li g‘azalini tinglab: «Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim...» degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan. Alisher Navoiy 13—14 yoshlarida otasi hayotdan ko‘z yumadi. Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga oladi, katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat e’zozlaydi. 1456 yil oktabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga ko‘chiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, o‘z xizmatida bo‘lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi. 1457 yilning bahorida to‘satdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og‘ir judolik bo‘ldi. U Mashhad madrasalaridan birida o‘qishini davom ettiradi. Do‘sti Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjo‘y tomonlarga omad qidirib ketadi. Xurosonni temuriylarning yana bir vakili, Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko‘chiradi. Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo‘lidagi birinchi raqibi — Abu Sayd edi. Alisher Navoiy oilasining xohish-rag‘bati Husayn tomonda bo‘lib, bu avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O‘rtadagi bu vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan. Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o‘z yurtini sog‘inib yozgan g‘azallari talaygina. Orada, xususan, yoz fasllarida Hirotga borib- kelib ham turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. Biroq bu yerda ahvol o‘zgargan, shahar xarobaga aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z tartibini o‘rnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg‘in qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog‘alari — Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo‘lgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherta Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher Navoiyni Abu Sayd ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Samarqandning ko‘zga ko‘ringan shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo‘y Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va boshqa bilan hamsuhbat bo‘ldi va do‘stlashdi.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Жума-муборак кун!, 27-Сен-2013, 03:05 | Изох # 12 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug'ilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg'ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503— 1504 yillarda Afg'onistonni egallaydi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi hamda uch asrdan ortiqroq davom etgan (1526— 1858 y.y.) Boburiylar (g`arbda Buyuk Mo`g`illar nomi bilan mashxur) saltanatiga asos soladi. Bobur 1530 yilda Agra (Hindistonda)da vafot etgan. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko'ra Qobulga ko'chirilgan.. . . .Добавлено (27-Сен-2013, 02:05) --------------------------------------------- Zaxiriddin Muxammad Bobur
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |