[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
DilraboСана: Якшанба, 04-Сен-2011, 20:16 | Изох # 201
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Yaxwiyam tuwlari ekan Farrux bn Nargizani.Bowini öqib yana wafqatsizlik qb.dilar deb 6ylagandim.Yaxwilik bn tugaganidan xursandman.IJODINGIZGA OMAD.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
DarkСана: Якшанба, 04-Сен-2011, 20:17 | Изох # 202
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Quote (misS)
Qoyil. G'alati bo'b kettim bu monologgi o'qib. Ko'zimga yow keldi. Man ham bir insonni qadriga yetmadim. Uzoqlawdik. Endi ulani manga qan4ali kerelilarini his qivomman. Afsuslarga ke4 bo'masdan yaqinlarimizani ko'nglini olilik, ulaga mehribon bo'lilik.

bu dunyoda har bir inson bir biriga omonat! buni esa kech anglab yetamiz! bu kichik manalog manzur bugan bosa hursandman!
negadur hozir ilxomlanib ketdim... yozib tawadim.... hatolari bosa uzrillO! cool

TOri Dilosh... hammani sovutvormi dib saaal bosayam issuli kiritdim...




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Dark - Якшанба, 04-Сен-2011, 20:20
 
misSСана: Якшанба, 04-Сен-2011, 20:19 | Изох # 203
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
So'nmas yulduzim, botmas quyoshimsan
Go'zal hayotim, ushaladigan umidlarimsan.
O'qiladigan she'rim, mening borlig'imsan,
Sen uchun yaralgan qalbim sohibisan.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
HushroyСана: Душанба, 05-Сен-2011, 04:27 | Изох # 204
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Dark, yozganlarizzi o'qib, beihtiyor ko'zimga yosh quyilib keldi. Juda ta'sirli va ahamiyatli. Rahmat.
 
LoadingСана: Душанба, 05-Сен-2011, 13:14 | Изох # 205
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bu be vafo odamlardan charchadim. Kechayu kunduz hamrohim mani mabilam. San hammasiga guvohsan. Aldoqchi do'stlarim. Hiyonatkor qizlarni hattoki mani yolg'onlarimni yozib olgansan. Nega endi sanga xar oyda 20ming 30ming sarflab sira achinmiman? Oilamga yoki do'stimga 400so'm ishlatib unutomi yuraman. Sababi ular shuni istashti. San doim jimsan. Mani istaklarim san uchun qonun. Man hohlasam jiringlisan. San temirsan. San afzalsan buyruqboz triklardan. Juda osmonda yurma. Aybin bor qizlani ovozini yoqtirasan. Jiring jiring qiilasan. Ovozini yoqimli tinnu eshittirasan. Pulli ish bo'sa alo alo dib erkalashimga majbur qilasan. Maylin. Baribir zo'rsan. Qiz farzand ko'rsam sani kotta qizim diman.
Bu xammasi xazil.
Triklardan yaxshisan.


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Душанба, 05-Сен-2011, 20:35 | Изох # 206
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Quote (Hushroy)
Dark, yozganlarizzi o'qib, beihtiyor ko'zimga yosh quyilib keldi. Juda ta'sirli va ahamiyatli. Rahmat.

manzur bo`lgan bosa... hursandman dustim... happy


 
KomilElСана: Сешанба, 06-Сен-2011, 00:41 | Изох # 207
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
Taqdir seni menga ato etganiga shukurlar aytaman yahshiyam bahtimga sen borsan sen bilan dunyoyim o’zgacha barcha qaygu dartlarimni unutaman ichimdagi g’uborlarinmi chiqarib tashlab o’zgacha bir his tuyg’u bilan yashayman……………………

Bir allaqanday bir sevinch yuragimni qamravolgan ozoq oylandim bu nima ekan deya! Ttopolmadim yana oylandim topolmadim kunu tun o’ylay boshladim topolmadim nima ekan endi esa bu tuyguga qoshilib sani ham qizgonyaman bu nima ekana nima bu nahot menga yaratgan egam shu azoblar bilan birgalikda sevinch taqdim etdi… Yana o’ylana boshladim hudo menga qaysi gunohu savoblarim uchun bu tuygunu ato etdi ekana uylab oyimga yetolmayman eeeeeeeeeeeeeh mana topdim bu sevgi nahotki men sevob qoldim qaranga hech kutmagandim ozimga ishonmayaman nahotki bu sevgi bolsa quvonchdan ozimi qoygani joy topolmasdim sevib qolganim haqida dunyoga jar solgim kelardi tanam yuragimni alaqanday titroq bosgan hayojon titroqlari albatda quvonyaman. Negadir birdan jimib qoldim ichimga qandaydur qora tuygu oz hukmini otkazib kira boshladi huddi butun osmonni qora bulut qoplaganday miyamga bir fikr keldi quvonma komil quvonma hali quvonishga vaqt erta ha bugun men sevib qoldim ha sevdim lekin uchi? Jim bolib otirib qoldim nima qilay aytaymi aytmaymi agar sevganimi aytsam u meni tark etsachi mayli nima bolsa boldi aytaman. bu sirni ichimda yashirib yurolmayman qolimga telfonimi oldim va uni raqamini terdim osha gudok tarona yangrardi kozlaring sevaman sevaveraman... uzoq chaqirdi kotarmadi yana terdim kotardi usha tanish ovoz mayingina osha meni oziga mahliyu qilib olgan mayin ovoz Assalomu aleykum uzr ovqatga harakat boshlagandim qolimi yuvib ilgurmadim ochib qoldi eshitaman...
-Voaleykum assalom yaxshimisiz Ertaga vaqtiz bormi uchrashayli gaplarim boridi sizda


Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
 
LoadingСана: Чоршанба, 07-Сен-2011, 12:14 | Изох # 208
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Dardisar insonman ko'nglimda qayg'u. Boshim og'ritar nomalum tuyg'u. Na kulgu bor endi na unga istak. Bilmadim men sira kulmasam kerak. Butunlay borimcha yanchadi sog'inch. Bag'rimga qaytmasang topolmam ovinch. Qaytmoq istarmisan jonim bu kecha, sog'inib kutaman jonim tongacha. Maylida zaxrini sochish uchun kel. Ko'nglinda borini ochish uchun kel. Kelginda yonimga baxonang topib. So'zlgin so'ngi bor ko'nglimni yozib.

Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 05:56 | Изох # 209
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Balki men juda sodda kòrinarman, oddiy narsalarga, sòzlarga aqlim yetmas lekin men sezaman. Yòllar uzun u yòlda borayapman. Oxirida siz. Balki meni kutayatgandirsiz. Yòlda kòp qoqilyapman. Toshlarga tòqnashib yiqilyabman. Oyoqlarim, jonim og'rayabdi. Turishga kuch topayapman. Oxirgi marta tizzamda yiqilganimda, oyog'im qonab boshladi lekin yurishda davom etyabman. Tòqnashganimda barmoqlarim qonadi. Tòsatdan yòldan chiqqan toshlarga yiqildim. Ajablanarlisi toshlarni siz yòllarga tòsatdan tashlayabsiz. Men buni bilaman. Buni menga farqi yòq menga baribir. Bir kun kelib yiqilib-yiqilib oyoqlarim gòsh xolatiga kelganida, boshqa tura olmayman. Shu yòllarda qolib ketaman. Orqaga xam qaytishga xolim bòlmaydi. Shunda iltimos. Meni shu yòllardan òziz olib keting. Shu yòlda qotib nobut bòlmay. Chunki emaklashga xam kuchim bòlmaydi. Meni sinayvermang. Shunday xam kòp sinaldim. Jonim xam yarim. Kònglim og'rigan. Zòrg'a òzimni baxtga ishontiraman. Iltimos meni xam ranjitmang. Sizdan qòrqmayman lekin ranjitishdan qòrqaman. Bilmadim nimaga? siz ranjisangiz meni kònglim qattiq og'ridi. Yòlimni oxirida nima kutayabdi bilmiman lekin ketyabman. Men xar yerda, qaysi yóldan? Kim uchun? Ketayatganimni ayta olaman. Amalda bajaraman xam. Tan olaman. Qòrqmayman. Siz bunday qilolmaysiz. Yozganimga javob bera olaman. Siz esa javob bera olmaysiz. Xayotda xam tan olmaysiz. Buni bilaman lekin menga baribir. Yòlimda ketaveraman. Toki xolim yetmay yiqilib qolguncha.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 11:21 | Изох # 210
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Dilnoza,qoyil... bu yöllarda sabr gullaridan tayyorlangan giyohlar bor,ogriqlaringizga darmon, towlar ostida maysalar bor,yurakka yupanch,atrofingizda nematlar bor,tanaga quvvat...tow qotgan öyoqlar yölning adog'iga yetiwi un Allohning tabingizga yuqtirgani bor.Alloh yuqtirgan kuch-quvvatingiz aslo sönmasin.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 11:48 | Изох # 211
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Holat quydagicha. Toshkent so'lim oqshomi. Shaxar kotta ko'chasida to'xtab turgan nexia avtomobili. Uni ichiga nigox tashab suhbatga quloq tutamiz.
. . . . . . . . . . . . . .
Alo, alo qalesiz? Raxmat. Qayodaman? Huddi orzuyimdek. Toshkent! Shaxsiy mashinam! CD priigrivetelda sokin hushnavo musiqa jarang sochib turibti. Telefonda dilga yaqin odamim bilan suhbatdaman. Nima nima? Yo'l chetidaman. Sog'indim sizni. Sizga yaqin joydaman. Boraman dimadim? Hop! kimdur bormi yoninda? O'g'lin kotta bo'lib o'zinga tegajonli qivottimi? Maylin mani uyda ayolim kutvotti.
Shunday qilib baxtli bo'l.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Шанба, 10-Сен-2011, 03:49 | Изох # 212
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Dilrabo.

Добавлено (10-Сен-2011, 02:49)
---------------------------------------------
Juda qòpol va jaxldor nafrat tuyg'ulari bor menda. Manashu nafrat aynan sizga xech qachan bòlmaydi. Chunki bu siz. Menga aytganingizni qilish yoqadi. Chunki sizni xursand kòrish menga yoqadi. Mayli menga toshlar oting, sòking, turtkilang, uribtashlang xam og'izlarim qonating, yuragim tirnang bu bilan kònglim qolmaydi lekin keyin kòtarib bir marta bag'ringizga bosing. Òziz ovuting. Shunda yuragimni yarasi bitadi, og'zimdagi qonlarni arting, qonashdan tòxtaydi. Men yana avvalgidan xam kòproq sizni sevaman. Jaxliz chiqadi. Nimaga? ? ? Siz menga ayting. Men aytganizni qilaman. Men sizni sevaman judayam sevaman. Balki tasavvur qilmassiz qanchalik ekanini. Shu uchun xam aytganizni qilgim keladi. Yoki bu menga nimaga kerak. Boshqalarni bilmadim men aynan sevganimni kòngli og'rimasin deyman. Chunki xar bir inson òz yaqini uchun xamma narsaga tayyor. Men sizni jaxl qilishingizni xam, birovlarning sanog'i yòq shirin sòziga alishmayman. Sizni tirnog'ingizga xam alishmayman. Siz men uchun bittasiz. Meni xayotim manosi. Men doim siznikiman faqat sizniki.


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Якшанба, 11-Сен-2011, 16:42 | Изох # 213
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mana bu gaplar sendan eshitganlarim.
''Sen men uchun o'yinchoqsan''.
Ey qiz balki ovunchog'ing bo'lsam kerak?
Yo'q mansiz xechkimsan. Erkaliklarin, og'ir tuxmat toshlarini bo'ynimga qo'yib xoxlgan toshini otaverasan. Avzoyi-badanim qon bo'lib ketsada 32ta tishim doyim senga o'zini ko'z-ko'z qiladi. Bu xam senga exsonim aslida. Minat qilishga majburman. Seni yoqotmaslik uchun. G'ururni esa uy ishlariga qo'shib yubordim. Qo'limdan kemidigan bazi ishlar bor ulardan qattiq xijolatdaman. Tug'olmiman. Tug'ishni eplarman farzand asrab olish yo'li bilan. Ammo uni qanday emizaman? Qilmaganim shu qoldi.
Yaxshi qiz menga berib turgan yo'q sevging evaziga shuncha bosh og'riqni bo'ynimga oldim. Do'slarim xayron shuncha nafrat bilan qanday yashaysan? Javobim oddiy usha senga bo'lgan sevgim tufayli.
Do'slarim so'ridi unda nega u sen bilan. Agar yoqtirmasa? Xa bunga javob berish uyatli. So'zsiz chuntirish uchun kiyimsiz yurmoq qoldi. Buni sen bilasan ammo qadrimga yetmisan. Ko'ksimga yozgan "sevgilim meni" izxori ostiga "alvido" so'zini qo'shish qoldi. Bu ishni bugun qilaman. Ket ketur! Onam aytgan mehri malham qizga uylanaman. Bag'rimdagi sendan qolgan qonli dog'lardan kechalari bilan davo topaman.
Endi sen alvidoni quchoqlab yasha.


Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Якшанба, 11-Сен-2011, 17:04 | Изох # 214
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Ohoo... Yozuvchi bo'b ketilayeee)))
 
LoadingСана: Душанба, 12-Сен-2011, 01:10 | Изох # 215
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
!sevaman.seni!
Kulging ortida bunchalar azob. Yashirib yashashlik azob emasmu? Tanamga jon bergan Allohga qasam. Sevaman sevaman sevaman.seni! Dadil so'zingda ko'zlarin yoshli. Kipriging namligi ko'z yosh emasmi? Ko'zinga termulib shuni aytaman. Sevaman sevaman, sevaman.seni! Shirin so'z aytasan qayg'ularimga. Aslida sensizlik qayg'u emasmi? Shu bugun erk berib hayollarimga. Sevaman sevaman, sevaman.seni! Kimgadur termulsam hiyonat disan. Men bilan uchrashuv hiyonatmasmu? Hohlasang eringa ochiq aytaman. Sevaman sevaman, sevaman.seni! Sochingni oqini bo'yoq yashirar. Qilingan orzular bo'yoq emasmu? Senga deb surating chizib beraman. Sevaman sevaman, sevaman.seni! Xar safar men sizni sevmayman deysan. Qaytishing sevgiga iqror emasmu? Endichi boshidan sen meni tingla. Sevaman sevaman, sevaman.seni! Farzanding so'rasam yoqmaydi senga. Har oila mevasi farzand emasmu? Bo'ldi bass! Sen uchun bir ish qilaman. Sen uchun men seni tashlab ketaman. Bu qasdim sababin maylin bilib qo'y. Sevaman sevaman, sevaman.seni!
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Душанба, 12-Сен-2011, 06:02 | Изох # 216
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Haa yaxshi)
Sevgini ko'zi ko'r. Qulog'i esa kar.
Zaboni soqov.
Faqat yurak so'ylaydi...
 
GiyosСана: Пайшанба, 15-Сен-2011, 09:27 | Изох # 217
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Kel ikkalamiz teng sevishaylik. Sen mandek sevib ko'r. Muhabbatdan ayro yo'lingni yaqinlashtir. Biz uzoqda bo'lsakda, sevgimizni yaqin qilaylik. Ozgina bo'lsa ham umid tomchisi paydo bo'lsin. Tomchi daryo bo'ladi bir kun. Mayli sevgimiz daryodek bo'lmasin. Mayli yomg'irdek yog'masin. Mayli bir birmizga aytmaylik, yashirin sevaylik. Hech kim ham bilmasin. Lekin chin qalbdan yig'lab, kulib sevishaylik!
© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Пайшанба, 15-Сен-2011, 09:54 | Изох # 218
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Va nihoyat to'yim yaqin. Sanga bu qiziqmas. Chunki mani oddiy ishchi deb bilasan. Allohga shukronalar bo'lsin oilang tinch. Yaqinda farzandlik bo'libsan. Bu xabrim esa to'yga to'yona bo'lsin. Man uylanvomman. NARGIZA nega bu xat sanga yozlotti bilasanmi. Bir kun kelib manga bermagan imkoniyatingdan afsus chekma demoqchiman.
Man uylanvomman. Bilasanmi sani tezkor qadamlarin, qovoq solib qarashlaringa maxliyo edim. Axli ayolim bo'lishini shundo xolaganmanki agar bir kun kelib eringdan ajrashsang sanga uylanishga tayyor edim. Qarindoshinga (okamiz derdik) bu haqida ettim. Javobiga '' ukam orzu xavas bor'' dedila. Kechir ushanda sanga bilmi baxtsizlik tilab qo'yibman. Xatoyimni chundim. Ey hali erga tegmadiku harakat qilishim kere didim. Tuzukroq pul topish uchun sendan va 7.5 yil umrim o'tgan xonadondan kettim.
Aniq esimda narsalarimni yeg'ib bo'lib hamkasb va ustozlarim bilan xayirlashdim. Xamma xayir jumlasidan keyin ''Nargizani nima qilasan deyishti''? Etolmagandim sanga ushanda. San be xabar -''kim ketvoti''- dib kenayimdan so'radin. Ichimdan quvonch otilib chiqti. Podvalga tushib rosa hursan bo'lib o'yinga tushtim.
Peshin namozi yaqin qoldi. Esinda bo'sa do'dajoni oldilarida o'tirgandin. Men ataylab seni uzoqroq ko'rish uchun qadamimni sekinlattim.
Namozni tugatar ekanman duo qildim. Allohga ayon qalbim nimani istashi. Qaytishda xoji do'dam to'xtatib nasixat qildilar. Duolarini oldim. Gap orasida ''kelin taraf surishtirsa mani oldimga yubor bolam'' dib qattiy ettila. Ichimda baqiraman. Do'da Nargizani otasi, O'g'lizga eting man qando bolaman. Nafasim tezlashdi. Eshik oldida turibsan. Avvalari sani eshik oldida ko'rmagandim. Mani dib chiqti deb o'ylabman.
Kettim! Taqdir yo'limiz ajratgan yo'lga birinchi bo'lib men qadam tashladim. Armiyaga ketgunimcha u bu ish qilib turish maqsadida radioga ishga kirdim. Xar kuni kechki efirni olib boraman. Kamida 100 ta dil izxorini o'qiman. Lekin biror marotaba sanga ichimda kechvotgan sog'inchimni etolmadim. Mana endi mani to'yim bo'voti. Baxtli bo'laman. Baxtli bo'laman. Sansiz shuncha yo'lni bosib o'tibman. Bu to'yda san ishtirok etasan. Ammajonini qizi dugonang shunga sovchi yubordim. Esimda bor oshxonada ko'pincha manga tikilib turishlari. Qoracha o'zimizdan degandek. Mana shunday gap. Iltimos mani kechir balki pinhona mani kutgandursan. Taqdirni ishi shu ekan nima ish buyursa shuni qilamiz.
Yana bir iltimos mo'minni mo'minga qilgan duosi ijobat. Mani bo'masaham qarindoshin, dugoneni baxtini so'rab duo qil. Bizxam oradan yil o'tib chaqoloq ovozini eshitsak. Ular ulg'oyib men ulgurmagan qizning farzandiga nikoxlansin. Quda duo qilin!
Loading...Narizaga maktub.


Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Пайшанба, 15-Сен-2011, 13:20 | Изох # 219
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
)))))) Ohirgi jumlalarga gap yo'q. Loading...))))))
 
LoadingСана: Пайшанба, 15-Сен-2011, 16:30 | Изох # 220
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Sen doyim go'zalsan xayollarimda. Xayotta ko'rganim go'yo farishta. Sog'inchim, ovinchim, shirin tushimsan. Har doyim yodimda yana o'zinsan. Qochib tur bir zumga ko'zim oldidan. Aytmasam bo'lardi ismin bir lahza. Senga-ku oson. Men yana sarson.

Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Пайшанба, 15-Сен-2011, 17:40 | Изох # 221
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Hmm... Monolog diganda o'zi nimani tsunasizlar? She'riyat digandachi? She'rni davom ettiring digandachi? Ijodiston digandachi?
Haa. Ko'zim qursin, sani ko'rguncha mundoq...
 
GiyosСана: Шанба, 17-Сен-2011, 03:06 | Изох # 222
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Mayli mani tashlab ket. Mayli yoqolib ketttt. Boshqa ko'rinmaaaa ham. Iltimos sandan. Mani boshqa qiynamaaa. Sanga nima yomonlik qildim. Sevgimni shuncha asraganimda singani shumi? Oldin buncha dars ketmagandirrrrr. Sani hozirdanoq ko'rgim kemayapti. San ketmasang o'zim butunlay ketaman. Ha mana man ketdim. Turib yoqolib ketdimmm. ALVIDO mani muzlgan malikam. ALVIDO to'kilgan HAZONIM. ALVIDOOOO!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

Sog' salomatlik...
 
DilnozaСана: Шанба, 17-Сен-2011, 07:01 | Изох # 223
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Meni sizga juda qattiq bog'lagan OLLOHMI? Mayli u bilguvchi. Menga aytgan qòpol gapizni qanday tushunay? Rashk, jaxl, ishonchsizlik yoki uchalasi xam. Shunchalik bog'lanibman endi bilyapman. Òqitish kerakmi? Yordam berarmikan? Xammasiga kòz yumdim. Bu siz uchun. Aslida qattiq tegdi. Òlimimga rozi edim. Ketdim degan daqiqamdan boshlab, xamma narsa qotib qoldi. Vaqt tòxtadi. Kòzimga xech narsa kòrinmay qoldi. Sevgini kòzi rostan kòr ekan. Sevgan insoningdan boshqani kòrmay qòyar ekansan. Men bu axvolimdan pushaymon emasman. Aksincha. Xursandman. Achinarli, xòrlangan lekin chin sevgi. Kimda bor? Oldin xam aytgandim xozir xam aytaman. Men tab tortmay gapiraydigan gaplar jasorat emas. Inkor etib bòlmas xaqiqat. Xaqiqat bòlmasa jasorat bir tiyin. Ishonchizdan qòrqmang uni oqlayman. Vada beraman ishonchizdan xech qachan pushaymon bòlmaysiz. Men doim siz bilan bòlaman. Xayotimda siz bòlasiz yoki xech kim.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Шанба, 17-Сен-2011, 22:31 | Изох # 224
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kechir endi yuragim. Yana bir imkon bersen oxirginchi marotaba sevib ko'rardim. Iltimos menga ishonmasen hotiramdan so'ra. U eslatib qo'yadi kimlar meni aldab ketganini. Ko'zim ko'r edi ushanda. Nima topsam qalbimga solib qo'yaveribman. Bir imkon yetarli. Shu safar aldanmiman seni jaroxatlashni istamiman. Aytishadiku aqil ulg'ayadi deb. Sinovlardan o'tib aqlim charxlandi. Aldanmaslikka ishonchim vada bermoqda. Yuragim endi bu qo'llarim sendan be so'roq yugurgilamidi. To'risi! Ohirginchi marotaba yordam ber. Sevib qol. Qoldirmagin yolg'izlar bilan. Tanxolikni bandasi ko'tara olmas. Yuragim shu safar sevib qol. Jaroxatlaringa malxam qo'yuvchi yor toptim. Shuni sevib qol. Meni ko'rsa yuragi og'rinarmush. Bag'ri o'rtanib, qaynoq sevgi otashida yonishni ixtiyor etarmush. Oftobdek yorug' yuzlari meni nigoximdan qizarib oyni eslatar emush. Shuni sevgin yuragim.
Yo Alloh ikki yurak o'rtasiga sevgi atalmush rishtani beribsan. Yolvoraman xijronni cho'zdirma, xiyonatda uzulmasin, yomonlarga sezdirmagin.
Dildora va Fazliddin baxtli bo'lishsin.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Якшанба, 18-Сен-2011, 08:44 | Изох # 225
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Xm...tòg'ri Load. Yomonlarga sevgini sezdirish kerak emas.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
Поиск: