[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
NosirСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 01:40 | Изох # 1001
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Bilaman... oson emas bahtga erishmoq, baht xar kimga berilavermaydi deyishadiku lekin bu gap noto'g'ri nazarimda. Baht xammaga beriladi, faqat farqi kimgadir oldin kimgadir esa keyin... Yashamoqlik o'zi bir baht, bahtga erishish uchun kurashmoqlik bir baht, bahtiyorlik xissini tuymoqlik bir baht... Shunday ekan keling qadrdonim umidingizni so'ndirmang, oldingizdagi to'siqlarni birma bir engib bahtingiz sari shaxdam qadam tashlang... Bahtli bo'ling, zero siz bunga loyiqsiz !!!

Samimiyat va xush kayfiyat...
 
ShukronаСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 09:20 | Изох # 1002
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
p.s. raxmat.
 
BumBumCHaСана: Жума-муборак кун!, 01-Фев-2013, 18:43 | Изох # 1003
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
Salom . Ahvollaringiz qalay?
Kimgadir cheksiz baht,
yana kimgadir achchiq
alamli iztiroblarni tuhfa
etib yuribsizmi? Shular qatori meni ham sog'inch
azobining qo'llariga yolg'iz
tashlab ketdingiz. Osmon
- osmon vadalarni
berdingizu, ammo
oddiygina vafoli yor bo'lolmadingiz. Ikkimizga
yetadi digan sevgingiz
yolg'iz o'zingizga ham
yetmadi. Gohida sizni
o'ylamayman ham, lekin
gohida esa sog'inchlarim oldida ojiz bo'lib qolaman.
Menga bunchalik
bag'ritosh bo'lmagin
derdingiz -u, lekin,
o'zingiz... mendan ham
o'tdingiz. Nahotki meni sog'inmayapsiz? Nahotki
meni unutib yuborgan
bo'lsangiz?! Bunchalar tez
unitib yubormasangiz...
menga ham o'rgating
sog'inmaslikni, eslamaslikni, butunlay
unitsihni menga ham
o'rgating. Sizga nima
yomonlik qilgandimki endi
azobini tortvomman.
Menda nima alamingiz bor ediki bunchalar aldadingiz.
Shuncha aldovlaringiz
uhchun nega aynan meni
tanladingiz? Meni
gunohim nima edi sizni
sevganimmi yoki sizga ishonganim? Lekin men
afsuslanmayman. Men
sizsiz ham yashay olaman.
Siz bo'lmasangiz ham
hech narsa o'zgarmaydi,
hayot ham to'xtab qolmaydi. Ko'p narsa
yoqotmayman, faqatgina
sevgimdan, sizdan boshqa.
Yangi sevgi eskisini o'rnini
bosib ketadi.
Afsuslanaman faqatgina bir narsa uchun, u ham
bo'lsa sizni deb
yoqotganim ISHONCH
uchun. Atrofdagilarga
nisbatan bo'lgan
ishonchim yoqolgani uchun. O'zim istamasam
ham o'zgalarga
ishonolmayman. Siz
menga ravo ko'rgan azobli
sevgingizni esa
UNITOLMAYMAN... weep
 
ShukronаСана: Шанба, 02-Фев-2013, 06:26 | Изох # 1004
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bumbichka ijodizga omad. Soginchni unitishmas kamaytirish kerak.
 
LoadingСана: Шанба, 02-Фев-2013, 18:28 | Изох # 1005
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Sizni esladim. Ha men ushaman. Siz bilan... Yo'q adshtirvossiz. Ha meni ismim shunaqa lekin... Siz usha kuni uzun qora ko'ylak kiyib olgandiz. Sochingiz... Ha adashmasam yaltiroq bir nimalar yuqorisi o'ng yelkezdan chapga qarab tasmadek tushkan ko'ylakda ediz. Sochizni... Esimda yo'q chap tarafida gul bor edi menimcha? Sochni... Do'stimni to'yida. 14-sentabr bo'ladi. Ushanda yo'lakda uchrashib qolgandik. Sochizni mundoq o'ng yelkezga tashlab olgandiz. Afroditta kabi. Kerak bo'lganizda qandoq rossa qidirdim?! Telefonimni qaytarib berin.

Faqat 3 ta shart!
 
M@$terСана: Шанба, 02-Фев-2013, 19:36 | Изох # 1006
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
P.S.Loading shu oxirini prikolni qilib tugatas, qoyil qolaman.
 
GiyosСана: Шанба, 02-Фев-2013, 19:40 | Изох # 1007
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Loading super. Juda ajoyib. Boya negadir hayolimga bir qiz bir taniwini telini uxlatib ketganini eslagandim. Hozir yana esladim.

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Якшанба, 03-Фев-2013, 23:49 | Изох # 1008
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Monolog MAVZUSINI 1-betdan o'qishni maslaxat berishti. Siz xam o'qib ko'ring.

Faqat 3 ta shart!
 
DadaxonСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 11:00 | Изох # 1009
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Titragan lablarim isming pichirlar, yig'lash uchun közyoshi topolmagan közlarim suratinga termular. Sog'inch deb atalmish saxroda, visol chashmasin izlab jon xalak. Qaylardasan men izlagan malak, tong sabolaridan ber darak. Tört devor ichnda yolg'iz qog'oz ila sirlashishdan, qalamga dardm aytb, jim ichga yutishdan, ozod etgil mani. Söngi bormi bu xijronlarni, jilovi bormi tug'yonlarni. Sabrim qoyalari nurab bitmoqda, sendan esa xamon yöq darak. Kun chekinib ortiga, quyosh mayus botmoqda. Qalbim zulmatiga oshno bölib, tun xokm böldi olamga. Mendan arazlagan uyqu, qancha tunlarni bedor etib, xar tun köksidan itarganm sabab. Bu tun chorlarman endi shu g'aflatni özim. Tushdagi visoldan bölib umidvor. Xich bölmasa shu tun tushlarimga bölgil mexmon. Erta tong közlarim ochay sevinchdan.(oshiq D.)

Добавлено (05-Фев-2013, 10:00)
---------------------------------------------
Shu yerni özida yozilganligi sabab xato va kamchliklari bölsa uzur.

 
mirandaСана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 23:07 | Изох # 1010
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
Bilmadim paydo bo'lding o'zi
qaydan? Extimol kelding huv
anavi o'zga sayyoradan.
Ko'nglimga mexmon bo'lip
olding birdan, mumkunmi dep
taqqillatmasdan. Mexmon
bo'lganda xam
chaqirilmaganidan, odamdi
xijolat qilip
xayajonlantiraverasan. Heyy sen
o'zi qanaqa mexmonsan, xatto
g'urur, xaddingni bilmaysan.
Xaydasam xam ketmaysan. Xuddi
o'z uyingday o'rnashib olgansan,
u xam yetmaganday ko'ngil
to'ridan joy olgansan, ketishni
esa xayolingni bir chetiga xam
keltirmaysan. Bu deyman
mexmon bo'lish yoqip qolganmi
menimcha ko'nglimi o'zingniki
qivomoqchisan, og'ri qaroqchini
o'zisan nega ko'ngil uyimga ko'z
olaytirasan? Chochimi
to'zitadigan chochimi
chigaligasana chigalsan. Yo'q
undan battarrog'i yurakdagi tish
og'rig'isan lo'qillatasan. Tishniku
oldirsa bo'ladi senichi? Seni esa
oldirip bo'ladi, na voz kechib
bo'ladi, bedavo kasalligu, yuqumli
vabosan. Qon bosimimni
oshirgan davleniyasan, yurakga
yuqgan grippsan. Bu ketishda
meni ajalimdan besh kun oldin
o'ldirip qo'yasan. Senchi sen
naverna jon oluvchi jallodni
shogirdisan. Fevral bo'lmay turip
bevaqt kelgan baxordan xam
nagliysan. Soyabondi uyda
qoldirgan paytda quyvorgan
selday shoshirasan. Yurakda
chaqgan chaqmoqsan ko'nglim
to'lqinlarin mavjlantirgan
tarnadasan tarnada. Bu xam
yetmaganday sog'intirishni xam
bopleysan. Qizlar ko'nglini
olishda eng moxir babniksan babnik.
Doim meni yig'latadigan, lekin
ovqatimga shira beradigan
achchiq piyozsan. Nima men
bilan qaysarlikda
musobaqalashmoqchimisan?
Xaligi boru xaligi oting o'chgur
nimaydiya Esmeralda boru
o'shandagi Melissioday
tentaksan. Men tushunmaydigan
fizika , metematikaday
murakkabsan. Ayt o'zing nega
bundaysan? Uzur savol
bermadim chunki sen javobi yo'q
savolsan. O'qilmagan kitobday
qiziqsan. Meni jaxlimi chiqarip 10
kg semirasan biram xursand
bo'lasan, bunaqa asabimga
tegaversang semirip yorilib
ketasan. Yaqinlashsa
uzoqlashgan, uzoqlashsa
yaqinlashgan musbat zaryatli
magnitsan. Ko'nglim
yetmaganmidi? Endi tushlarimda
xam bezovta qilgan mexmonsan.
Mexmon kutishni yomon
ko'raman nega shuni chunmisan.
Yo'q menimcha sen o'zbekcha
bilmisan xitoy tilisan. Xullas meni
xar kuyga solgan boshginami
balosisan. Ko'nglimda yilda 326
kun mexmon bo'ladigan nagliy
zaraza mexmonsan. Uni buni
qo'y karochi o'zi meni qachon
tinch qo'ymoqchisan? Nima
eshitmadim a? voyey endi ataylap
jimsan bazida shunaqa jimlik
sukunatsan....
Qo'y buzma xayollarim, tinch
qo'ygin tushlarim. Menga
shundog' xam yaxshi, bo'ldida
endi lash lushlaringni olginda kelgan joyinga sura qolgin?
Kelishdik okeymi? A uff yo'q yana
yo'q mi ? Voy dod ishqilip sen
anavi men qo'rqadigan sevgi
deganlarimasmisan???
menimcha endi topdim sen
sevgiga o'xshaysan vuy naxotki
o'sha mashxur sevgi deganlari
sen o'zingmisan??? Uzur tanimay
qolipman. Boshqalatdan iye kelsinla kelsinla assamolumu alaykum xush
kelibsan!!!

Добавлено (06-Фев-2013, 22:07)
---------------------------------------------
Bilmadim paydo bo'lding o'zi
qaydan? Extimol kelding huv
anavi o'zga sayyoradan.
Ko'nglimga mexmon bo'lip
olding birdan, mumkunmi dep
taqqillatmasdan. Mexmon
bo'lganda xam
chaqirilmaganidan, odamdi
xijolat qilip
xayajonlantiraverasan. Heyy sen
o'zi qanaqa mexmonsan, xatto
g'urur, xaddingni bilmaysan.
Xaydasam xam ketmaysan. Xuddi
o'z uyingday o'rnashib olgansan,
u xam yetmaganday ko'ngil
to'ridan joy olgansan, ketishni
esa xayolingni bir chetiga xam
keltirmaysan. Bu deyman
mexmon bo'lish yoqip qolganmi
menimcha ko'nglimi o'zingniki
qivomoqchisan, og'ri qaroqchini
o'zisan nega ko'ngil uyimga ko'z
olaytirasan? Chochimi
to'zitadigan chochimi
chigaligasana chigalsan. Yo'q
undan battarrog'i yurakdagi tish
og'rig'isan lo'qillatasan. Tishniku
oldirsa bo'ladi senichi? Seni esa
oldirip bo'ladi, na voz kechib
bo'ladi, bedavo kasalligu, yuqumli
vabosan. Qon bosimimni
oshirgan davleniyasan, yurakga
yuqgan grippsan. Bu ketishda
meni ajalimdan besh kun oldin
o'ldirip qo'yasan. Senchi sen
naverna jon oluvchi jallodni
shogirdisan. Fevral bo'lmay turip
bevaqt kelgan baxordan xam
nagliysan. Soyabondi uyda
qoldirgan paytda quyvorgan
selday shoshirasan. Yurakda
chaqgan chaqmoqsan ko'nglim
to'lqinlarin mavjlantirgan
tarnadasan tarnada. Bu xam
yetmaganday sog'intirishni xam
bopleysan. Qizlar ko'nglini
olishda eng moxir babniksan babnik.
Doim meni yig'latadigan, lekin
ovqatimga shira beradigan
achchiq piyozsan. Nima men
bilan qaysarlikda
musobaqalashmoqchimisan?
Xaligi boru xaligi oting o'chgur
nimaydiya Esmeralda boru
o'shandagi Melissioday
tentaksan. Men tushunmaydigan
fizika , metematikaday
murakkabsan. Ayt o'zing nega
bundaysan? Uzur savol
bermadim chunki sen javobi yo'q
savolsan. O'qilmagan kitobday
qiziqsan. Meni jaxlimi chiqarip 10
kg semirasan biram xursand
bo'lasan, bunaqa asabimga
tegaversang semirip yorilib
ketasan. Yaqinlashsa
uzoqlashgan, uzoqlashsa
yaqinlashgan musbat zaryatli
magnitsan. Ko'nglim
yetmaganmidi? Endi tushlarimda
xam bezovta qilgan mexmonsan.
Mexmon kutishni yomon
ko'raman nega shuni chunmisan.
Yo'q menimcha sen o'zbekcha
bilmisan xitoy tilisan. Xullas meni
xar kuyga solgan boshginami
balosisan. Ko'nglimda yilda 326
kun mexmon bo'ladigan nagliy
zaraza mexmonsan. Uni buni
qo'y karochi o'zi meni qachon
tinch qo'ymoqchisan? Nima
eshitmadim a? voyey endi ataylap
jimsan bazida shunaqa jimlik
sukunatsan....
Qo'y buzma xayollarim, tinch
qo'ygin tushlarim. Menga
shundog' xam yaxshi, bo'ldida
endi lash lushlaringni olginda kelgan joyinga sura qolgin?
Kelishdik okeymi? A uff yo'q yana
yo'q mi ? Voy dod ishqilip sen
anavi men qo'rqadigan sevgi
deganlarimasmisan???
menimcha endi topdim sen
sevgiga o'xshaysan vuy naxotki
o'sha mashxur sevgi deganlari
sen o'zingmisan??? Uzur tanimay
qolipman. Boshqalatdan iye kelsinla kelsinla assamolumu alaykum xush
kelibsan!!!

 
LoadingСана: Пайшанба, 07-Фев-2013, 02:55 | Изох # 1011
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Endi!
 Endi sevging xam menuchun bir tiyin. Endi yonma-yon yashaymizu xaroratni sezmaymiz. Endi sovuqqina ikki yurak bir-biriga yuzlanib sovuq, soxta irjayadi. Endi uchrashib qolsak o'zimiz xaqimizda uzoq gapiramizu lekin "Axvolimizga voy bo'lsin" deb unsiz shivirlaymiz. Endi quloqlar kar, ko'zimiz ko'r bo'ladi. Endi yashash uchun xa deganda kuch topolmaymiz. "Menga ishonasanmi" degan savolga soqov bo'lib turaveramiz. Endi sira ishonmaymiz. Endi muz yurak ichida zax bosib yashaymiz. Endi shu yurak ichida bemor bo'lamiz. Endi xech qanday davo izlashni istamaymiz. Endi kech. Endi bizga biror xalaskor qo'l uzatmaydi. Endi bizni bo'lak yurak deydilar. Endi biz shunday yashayveramiz. Qanidi bu muz yurak tars yorilsayu zamniga muz parchalari kabi sochib ketsam.


Faqat 3 ta shart!
 
HayatСана: Жума-муборак кун!, 08-Фев-2013, 16:49 | Изох # 1012
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Xira ufqqa qarab intilar beburd yuragim,xasta-xasta uradi,yetkazmay havo.Shu payt bo'g'zimga nedur keladi,ko'z yoshim yuzimni yum-yum yuvadi.Ko'chalarda yuraman,eshitib sokin musiqa,baland ovozda baqirib kulib.Ketayapman bozorga hanjar olishga,tosh bo'lgan yuragimni zora yorolsa,yorolmasa novvoyga olib boraman yoqib tashlasin yurqagimni,kuyib ketsin,erib ketsin!!!.Kerakmas bu tosh yurak.
O'zim ekkan gullar ham iforsiz,qonli gullaydi endi ular,ular mayib hammasi.Ularga qarab bolaligim yodimga tushadi,dod endi bolamasman,qonli gullaysiz gullar.Aslida ular emas,mening ko'zlarim qonga to'lgan,vaxshiyman,o'z qalbimni ko'mib tashlaganman,ko'nglim esa qotil,nogiron hissiyotni ko'mgan qotil.G'azabli nigohlarimga deraza bug'ining suvga aylangan tomchisi kelib tushdi,bu men uchun zaxar edi.Sekinlik bilan yemiradi tosh tanamni,nogiron hissiyotlarimni yanada ayanchli ahvolga soladi.Baribir menga farqi yo'q,boshqariladigan qo'g'irchoqqa aylantirishgan.
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 08-Фев-2013, 18:24 | Изох # 1013
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
- Qanidi eshitmasaydim. Bilmasam edi darding. Qalqonlik qo'limdan kelmas. Ular xaq, ular mehribon, lekin seni chunishga qodir emaslar.
Alvon guldan chambarak yasab, majnuntol novdasin kokil qilarding. Jilmayish majburiy, bolaligingdek. Aybingni yashirib turar edingku? Bu safar chunolmay turasan garang, bilmaysan bugun nimadur aybing.

Hayat forumga B U M bilan kirib keldiz! Omad!


Faqat 3 ta shart!
 
BumBumCHaСана: Душанба, 11-Фев-2013, 00:06 | Изох # 1014
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
Kechir, sendan butunlay ketdim... Ha, men alaqachon muhabbat manzilidan uzoqlashib ketdim. Ketibman-u yuragimning nozik lavhalarini armon deya atalmish buyuk hukmdorga qul ekanimni sezmay qolibman. Ishon, men seni baxtiyor etishni, baxtli ko`rishni o`zimning yagona shirin xayoliy orzuimga aylantirgandim. Afsus, buni istamading. Balki istagandirsan ham, lekin menga hech qachon sezdirmasding. O`zingni mening oldimda o`gacharoq tutarding. Ammo menga o`zingni qanday tutishingni ahamiyati yo`q edi. Chunki qalbimda ertakdagi egallagan shaxzodalar o`rnini egallab bo`lgan eding. Senga shunchalik qattiq bog`lanib qolgan edimki, bu bog`liqlikni hech kim, hech narsa, hech qachon uzolmasligiga ko`zim yetardi. Bu yo`lda hech kimning qurbi yetmasligini teran anglabman-u, sening, o`zingning borligingni unutibman. Nima bo`lgan taqdirda ham men baxtli edim va ana shu ne`matning shirin xayollari bilan toabad birga qolaman. Hayotimdan, seni uchratganimdan naqadar baxtiyorman. Qalbimdagi abadiy sevgim bilan yashash naqadar totli baxt! Yo`q, xavotirlanma, men endi sevgimizning o`sha so`lim bog`lariga hech qachon qaytmayman. Chunki endi men o`zga olamlarga ketib bo`ldim. Esingdami, birga tinglagan qo`shiqlarimiz, birga o`tkazgan ajib onlarimiz. Ular mening dunyoyimda, xayoliy olamimda yashayveradi. Faqat bir narsadan qo`rqaman, bu- sening nigohlaring. Endi sening nigohlaring oldida tiz cho`kmaslikka ham o`zimda kuch topa olaman. Sening qarashingdagi sehrlovchi o`sha boqishlar endi o`z kuchini yo`qotdi. Endi sen umuman o`zga menga yod bo`lgan dunyosan. Men faqat xayolimdagi o`sha insonni bir umr sevaman va u so`ngi nafasimgacha men bilan yashayveradi. Men seni qanday bo`lsang, shundayligingcha sevardim. Goh- gohida sen uchun nelarga qodirligimdan o`zim ham qo`rqib ketardim. O`sha qo`rqinchlar bugun bizni bir umrga ayirdi. Men seni ham, o`zimni ham ayblamoqchi emasman. Bir xotirlagin-a, bizning tanishishimiz antiqa edi, mana bugun ayrilishimiz ham o`zgacha. Bilasanmi, inson hayotida bir umr baxtli yashamasligi mumkin, lekin u umrning qaysidir lahzalarini shu qadar baxtli baxtiyor o`tkazadiki, ana shu baxt, o`sha shirin onlar uni butun hayotini nurafshon etishga qodir. Nima bo`lganda ham, sen mening hayotimni o`zing bilmagan holda ma`nolarga to`ldirding. Ana shularning barchasi uchun sendan bir umr minnatdorman. Ehtimol, sening hayotingda sezilarli iz qoldirmagandirman, ammo birga o`tkazgan chog`larimizni eslaganingda hech bo`lmasa bir bora kulib qo`yarsan. Mendik, nodon bir qizning telbalarcha sevganimni xotirlaganingda yuzinga iliq bir tabssum yugursa-ana shu mening baxtim. Demak, hayotda sening bir bora jilmayishingga arzigulik biror ish qilishga ulguribman. Yo`q, men sendan kechirim so`ramayman. Chunki sen qalbimdasan, sen mening o`zimsan…
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 22-Фев-2013, 13:58 | Изох # 1015
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Качонлардур бизни учраштирган, бизга дустлик, севгини берган ёлгондан минатдорман. Сенчи, сен нима учун бу ширин ёлгондан хафа буласан? Шу ёлгон бизни учраштирди. Илтимос кайт, бошка ёлгон гапирмасликка вада бераман!
Вок яна ёлгон гапирвомман.

Добавлено (22-Фев-2013, 12:58)
---------------------------------------------
"Yuragim bo'm-bo'sh" Yurakda qondan boshqa nima bo'lsin? Sevgimi? U qanday qilib yurakka kiradi? Yurakni qayeriga joylashadi. Qayerida joylashsa chin sevgi bo'ladi? Yurakdagi sevgi qon aylanishiga tasir qiladimi? Agar tasir qilsa tanani jaroxatlamaydimi? Hasta qilib qo'yadiku. Hamma sevib sevilishni istaydi. Aytmoqchi bo'lganim erkak-ayol, yigit-qiz o'rtasidagi sevgi haqida emas. Demak bu dunyoda hammamiz dardisar bo'lamizmi?


Faqat 3 ta shart!
 
NosirСана: Душанба, 25-Фев-2013, 03:12 | Изох # 1016
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Birinchi muhabbatim... Tushasan yodga takror va takror, lekin bir narsa qalbimga beradi ozor, u xam bo'lsa achchiq xotiralar...
Sevsangu sevilmasang, mehr bersangu mehr ololmasang, etibor qilsangu beetibor qolsang... ishon bundan yomoni yo'q...
Xali xanuz meni bir savol qiynaydi, aybim nima ???
Balki tengingmasdirman... yoki ko'cha tilida aytganda: sani vkusingdamasdirman, ahir men oddiy bolamanku...
O'zim oddiy bo'lsam xam senga bo'lgan Sevgim oddiy emas...
Senga mehr berolmaydigan puldor boyvochchaning qo'lida qo'g'irchoq bo'lgandan ko'ra sen uchun xatto jonidan kechishga tayyor oshiqning bir umrlik yori bo'lmoqlik avzal (emasmi???)


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
xasan_uzСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 21:45 | Изох # 1017
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Sog'indim..!

Yomg'irni sog'indim.

So'ngi qoldirilgan xabarni oldim, ''Menga, eng yomg'ir yoqqan oy yoqadi. Yomg'ir yog'ishini sababi. Xuddi hech kim qo'li yetmas osmon ham vaqti kelganda ojiz qolib ko'z yosh to'kkanday bo'ladi. Yani yomg'ir yog'adi. Siz aytganday qilaman. O'zizni asrang Yaqinlariz, qadirdonlariz va menday begona qiz un! Omon bo'ling''

Yomg'ir menga xam yoqadi... Judayam yoqadi....!

Bu gal osmon ojizlikda emas aslida, aslida meni ojizligimdan ko'z yosh to'kdi.

Men xam aytganingdek qilaman.

O'ZIMni asrayman, YAQINLARim uchun, QADIRDONLARim uchun.

Aslida, eng yaqinim xam, eng qadrdonom xam o'zing eding.

Afsuski begona ham bo'ldik..! Mana sen aytgan toifalar endi menda mavjud.

Yomg'ir xam yog'yapti.

Quyosh chiqib yomg'ir yoqqanini ko'rganmisan?

Bugun men ko'rdim..!

Ozgina shamol esdi. Bulutlar quyosh nuridan tovlanib asta men tomon suza boshladi, lekin yomg'ir xam tinmay yog'averdi.

To'grisini aytsam ... Yuragim tez-tez urib, dimog'imga achchiq bir narsa tiqildi. Bundan beixtiyor ko'zlarim xam achishdi...

 

 

Yana takroran shunday yomg'ir yog'sa yuragim qon o[font=Times]’tkazishdan butunlay to'xtab qolishi aniq![/font]
[font=Times]Chunki bugun uning tub - tublarida, qolgan qonli yomg’irlar aynan shu yomg'ir bilan birga to'kilib bo'ldi va bu qonli yomg'irdan katta -katta, ko'rinmas, xech kim o'qiy olmaydigan qilib seni ismingni yozdim. Biroq bu sozlarni faqatgina sen o'qiy olasan!!!

Seni sevishga xaqqim yo'q, lekin nima qilay?

Ayb menda emas... Yuragimda!

Shunday ekan meni emas, shu ayibdor yuragimni, yarador yuragimni yaralagan betakror kulishlaringni jazola...!

Omon bo'l. Yomg'ir yoqqanida ko'rishib qolarmiz...

Quyoshli yomg'irlar yoqqanida!!!

Chunki bu ta'sirli onlarni shirin xotira va go'zal uchrashuvga alishmoqchiman.

Xop degin.

Iltimos,o'sha sen yoqtiradigan, yomg'ir tinmay yoqqan va yog'adigan kunlar xurmati, jaxl bilan bo'lsada mayli deb qo'y!!!

(Eng yaqin va qadirdon begonamga)...


[/font]


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 22:28 | Изох # 1018
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Ajoyib, dildagi gaplar...

Sog' salomatlik...
 
SmartDentСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 22:44 | Изох # 1019
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
Койиил....

Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
 
ShukronаСана: Шанба, 02-Мар-2013, 00:31 | Изох # 1020
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qoil. Ijodilaga omad.
 
LoadingСана: Шанба, 02-Мар-2013, 09:26 | Изох # 1021
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ayb menda emas... Yuragimda!
Shunday ekan meni emas, shu
ayibdor yuragimni, yarador
yuragimni yaralagan betakror
kulishlaringni jazola...!

Shu joyi juda yoqti.


Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Якшанба, 03-Мар-2013, 00:49 | Изох # 1022
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
sad

...
 
LoadingСана: Якшанба, 03-Мар-2013, 01:47 | Изох # 1023
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Monolog v stile Meyxana

Aytasan bugun mavridi emas. yaxshisi keyinroq ertaga keling. Bugun holingiz axvoliz yomon. Ne sabab bunchalar mastu-alassiz?

Ha ichdim sharob qo'llaringdan, o'pdim qadax lablaringdan. Mastman endi, tentak sifat. Yuragingni mayxona et. Zarbasi yo'q yuragimning, burchaklarga biqinadi. Qo'rqoq tilim tishim tishlar, jimjitlikka sig'inadi. Aqlim bo'ldi vasling quli sotayabsan bozor etib. Kulgularing xaridori ko'zlarimni o'yayabsan. Uzun, Nozik oyoqlargin quchadurman poyingdaman, toptab o'tsang yayrar tanam, qadamlaring o'padurman. Menga yoqar shunday xayot endi shunday yashayman men. Hukumdorim, malikamsan kechkin derman qosh-qonimdan, maylin chiqmay zindoningdan, zora sening yoningdaman.

F.T


Faqat 3 ta shart!
 
MirzoxidСана: Якшанба, 03-Мар-2013, 12:45 | Изох # 1024
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Okam tinshliqbi

...
 
GiyosСана: Душанба, 04-Мар-2013, 18:43 | Изох # 1025
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Sen mening armonlarimsan, kurtak ocha olmayotgan nihol sevgimsan. Seni sevgim kelgandiku, nega ayirdi taqdiring. Buncha bag'ri tosh bo'lmasa hayot. Nahot bizga birga bölish qismat emas. Kimni sevaman sendan ortiq, kim loyiq sevgimga sendan ortiq. Mehrli sözlaring, joduli közlaring, afsus menga emasmi? Bir bor siz keraksiz, seva olaman deganingda, men sevardimku...

Sog' salomatlik...
 
Поиск: