Monolog - Страница 32 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 01:14 | Изох # 776
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
10. Senga so'ngi so'zim bu Kumush. Boshqa aytmayman sening isming. Men seni sevgandim, lekin ayta olmagandim. Kechir. Otabekga turmushga chiqayapman deganingda meni kutgin deb ayta olmadim. Kechir. Aytganimda balki hozir birga bo'larmidik. Bilasanmi? Men seni shunchalar sevardimki, mendan ortiq seni hech kim seva olmasdi. Agar kimdir seni mendan ortiq sevgan bo'lsa, unda men seni sevmagan ekanman... Afsus ayta olmadim. Baxtli bo'l. Giyosni eslama, seni eslamaganimdek... (Tugadi)
E'tiboringiz uchun rahmat!


Sog' salomatlik...
 
YoJiKСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 14:50 | Изох # 777
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
Yillani aybliymi? Uzimmimi? Yon
atrofdilanimi? Taqdirmikan? Balkim
sinov? Shuncha Sabrim kammi?
Balkim o'tomayapkandirman? Unda
jonimmi saqlashing nechun? Ulimdan
boshqa nimani kutiy yana? Ulgurarmikkiman? Gunohlarimchi???
Mani eshitmiyapsan deb uylab
qovomman...


В мире много всего вредного...вот Я, например!
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 05-Окт-2012, 17:40 | Изох # 778
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Yojik bu ukolni achig'ida yozilganmi? biggrin
jiddiy gapirsam juda tasirli.


Faqat 3 ta shart!
 
ParvinaСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 14:20 | Изох # 779
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Kechiraqol...
Aslida xatoyim seni qizil olmadek achitib qo`yganim, Olma har zamon is`temol qilishin kutgandek, Sen mendan iliqlik kutding. Iliqlik ruhi tarbiyalagandek meni ammo yuragim o`zganing mehriga muhtoj. Kerak emas edi munosabatlarimizdagi halaqitlar juda ko`p azob berarding achib qolgan olmaga. Go`yo kutgandeksan oq olmadek poklik, lekin ko`k olmadek yaralangan va qizil omadek qonga belangan yuragim. Men o`sha qo`llari singan, qalbi yetim, mehri nogiron, quloqlari singan har kungi telba, xuddi yolg`izlik qaramdek eslay olamanu yolg`iz dunyoga kelganim qayerda eding o`shanda? Siqilma yolg`iz mani o`tadi ham kunlarim sensiz. Umidlarim hech kelisholmayapti orzularing bilan, xatolarim armonlaringla ro`baro. Kechir sog`inishni o`rganmadim, ko`nglimni bermadim, kechir seni yuragingga quloq sololmadim, axir sinishga ulgurganku allakay, kechir seni tanlamaganim uchun chunki loyiq emassan, balki egallagan edi birinchilardan o`zgalar seni mendan, yuraver qaramay ortingga, hatto soyang ergasholmaydi izimdan, har holda kechirim so`rashga yetibtiyu kuchim, bo`ldi endi kechirar san olmani, qanaqaligining ahamiyati yo`q, qanday ahvolda ekanin bilan qiziqmasang ham bo`laveradi. Xaridori ko`p olmadek tutamanu o`zimni, bekinib yurishga yetarmikan sabrim…


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Якшанба, 07-Окт-2012, 14:33
 
LoadingСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 20:28 | Изох # 780
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Xaridori ko`p olmadek
tutamanu o`zimni, bekinib
yurishga yetarmikan sabrim…

P.S hafa bo'men monologizni shu joyi eng sermano bo'libti. Sog'inib kutkanga arziydigan ijod. Raxmat!

Добавлено (07-Окт-2012, 19:28)
---------------------------------------------
Yolg'iz.
Xayollarin chalkashib ketadi. Biror ishga qo'lin bormidi. Nimadur yetishmidi xayotinda. Bu sog'inchdan emas, alda o'zini. Muxabbat xaqida kuylasa xofiz, o'chirib qo'y radioni, ishini qil. Kino borki xammasi yolg'on. Ishonma undayin sevgi mavjudmas. Ko'chada yurganlar aniqki o'ynash. Gaplari yolg'ondan o'zga gap emas. Eshitma mensimay o'tib ketaver. Bir-birin aldaydi axmoqlar. Odamga sadoqat yarashgan emas. Sevgini niqob qilib olishgan. Oila qurganlar xaqiqat faqat, ularni majburlar shartnoma muddat. Axd qilib qo'yishgan birga yashashga. Bazilar yashaydi shu qog'oz sabab. Aslida dardini eshitib ko'rgin. Jon-dili yoqishni istab yashaydi. Yaxshiki bog'larda pishgan mevalar. Ularga yana bir baxona topilgan.
Uyinda sokin jimlikni tingla, tosh qotgan devordan umr daftarini o'qib chiq. Ular aytsinlar inson felini. Ayanchli taqdirlar qora dog'ini, devorga urulgan zarblardan o'qi. Ko'zlari yoshlangan be ayib ayol taqdirin har yerda sarg'aygan dog'lardan o'qi. Ko'zinga ko'ringan changlar zarrasi qaytolmas umri xazon qizlar yuziga. Mana bu gilamni guli titilgan. Bir ona yig'lardi sajdaga qo'yib bosh. Bog'da xazon bo'lgan yoshligin eslab. Yodgora qizini baxtin so'rardi. Charxpalak aylandi dunyo quyoshi qaragin nursiz ziyosiz qoldi. Yodgora onasin aybini takrorlab, har fursat qandaydur yigitni aldardi.
Yolg'iz yashayver, maslaxat berdim. O'ylab ko'r afsusga keyin o'rin yo'q.
Men yolg'iz yashadim faqat o'zimni deb. Aldoqchi tuyg'ularga o'rin bermadim.
Balki bir laxza baxtni ko'rmadim?
Bir umr bir o'zim yolg'iz yashadim.


Faqat 3 ta shart!
 
ShahzodaСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 22:45 | Изох # 781
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 107
Холати: Хозир йўқ
Армонларим жуда куп...
Энг етиб булмасим, энг катта ва тубсиз армоним сизсиз!
Кулларим чузсам етмасим узингиз.
Кузларим изласа топилмасим узингиз.
Юрагим интилса , согинчларим узингиз.
Оёкларим манзилингиз томон талпинса, энг узун йулим узингиз...
Аллодимдан хамиша зорланиб сураганим узингиз.

Сизни бир марттагина, бор йуги бииииир борагина куриш эди орзуим.
Хеч булмаса 5 сониягина етар эди менга.
Сизнинг васлингизга туяр эдим уша дамда.
Кузларингизга туйииииб бокар эдим уша он.
Сизни багрингиз иликлигини туя туриб, яхши куришим айтар эдим охиста!

Кани энди...
Армон бари...
Кузларингизни куриш, сузларингизни тинглаш армоон мен учун.

Яна биргина утинчим бор сиздан...
Хеч булмаса тушларимда булинг пайдо.
Унгимда кура олмаган сухбатларим курай тушларимда булсада.
Шу кунгачам бир бора булсада кура олмаганим, кузларингизни курай тушимда.
Умуман ушлай олмаган кулларингизга тегинай тушимда.

Хаётимдан кидирдим, топа олмай тушларимдан изладим сизни.
Руёдан хам топа олмай, армоним дилим эзар.

Билсангиз сизсиз хамиша эгик бошим.
Юролмайман узгалардек бошим магрур тутиб, Сиз - Мехрибоним борсиз дея!

Парво килмайман бошка армонларим борига...
Шу армонимнинг узи килган мени ерлар билан тенг!!

Сиз булганингизда эди...
Менинг Тогим - суянардим, ёвларга килмай парво!
Тянчим - таянардим, кокилмасдим, екилмасдим оёгимдан чалганлар олдида!
Ишончим - ишонардим, мени химоя килишингингизга озорлардан!

Булганингизда эди...
Юрар эдим фахирланиб, бошим эгмай бир зум.
Мен кимдан гурурланай?
Йуксиз ахир...
Кимни мактанай?
Йуксиз ёнимда...
Айтаколинг ёлгизим узингиз.

Дилим яралари битмаган...
Энди битмаса хам керак!
Огрикларим тобора кучлирок азоб бермокда...
Булганингизда малхамим булар эдингиз узингиз!

Орзу килар эдим сизни аваллари...
Кутар эдим келиб коларсиз бир кун дея.

Кутавериб кутмай куйгандим сизни.
Орзу килавериб кундим асли эканингиз армоним!

Такдирим эканда сизсиз яшаш!
Курмаслик сизни...
Хар дам хар ердан излаш сизни!
Пешонамда бор эканда...
На илож...
 
LoadingСана: Якшанба, 07-Окт-2012, 23:24 | Изох # 782
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Shaxzoda bu monologiz juda yoqdi. Qo'shiq qilib aytilsa bo'larkan.

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Душанба, 08-Окт-2012, 09:58 | Изох # 783
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Feruza opa,Allohning yuqtirgani bor sizda,ammo negadir juda kam yozasiz) ... Giyos,Kumush va Zaynab haqida öz fikrimni avval aytganim uchun bu yerda yana takrorlamadim.) ... Parvina,monolog har doimgidek ajoyib.Olmalar misolida köngil kechinmalaringizni bayon etibsiz.Olmalarni hech oqar suvda oqizganmisiz.Ular suvda tölqinlanib goh sokin goh tez qalqib-qalqib oqadi.Monologni öqib ösha jarayon xayolimga keldi.Goh sokinlik, goh g'alayonli tarzda qalbingizdagilarni moddiylikka öxshatib tökib-sochibsiz.Bu esa Parvinaga xos "Parvinacha uslub"...Loading qöshni,sönggi paytlarda ijodingizda keskin portlashlar sodir bölayapti.Bu yaxshilikka,Loadingcha "kosa tagida nim kosa "uslubni saqlagan holda yozsangizda,qöshni bölganimiz uchun yozganlaringizning mag'zini köp hollarda tushungandek bölaman) .Siz könglingizdagini bekitishga harakat qilayapsiz-u,lekin dilnomalaringiz sotib qöyayotgandek... Haa,siz murakkab insonsiz,bunga shubham yöq... Masalan,aslida siz yolg'izlikni istamayotdeksiz-u,lekin yolg'iz bölishga intilishga harakat qilayotgandeksiz.Balki,köpgina monologlaringizning syujetini bekatdan uzulmasdan yozishingizga sababchi insonni kutayotgan yoki axtarayotgandeksiz...O'zingiz bilan özingiz kurashib yashashingiz esa,albatta sizni kamolot sari yetaklaydi.Bu dunyoda komil insonning özi yöq,ammo unga intilganlar juda köp.Hayot-harakat ekan,demak töxtamang,qöshni...Shaxzoda,Allohim qalbingizga xotirjamlik ato etsin.She'riy uslubdagi bu monologizni öqib,negadir rahmatli Shavkat Rahmon köz öngimda namoyonlandi.Negaligini özim ham bilmayman.Balki,ular shunaqa zarbli ammo ayni paytda mungli ohangda yozganlari uchundir.Qalbingizdan toshayotgan sel-özanini xarob etmasin,ilohim.Siz menimcha köproq yozishingiz kerak.Köpincha yozgingiz kelganda ham, yozmaydigan odatingiz borga öxshaydi.Alloh yuqtirgan ekan,qalbingizdagi sözlar galasi toshganda yozavering,erinmang.) ...IJODLARINGIZGA BARAKA.(kimnidir yozmagan bölsam,öqimadim degani emas.Men vaqt topganimda boshqa mavzularni öqiyolmasamda,faqat Ijodistonni albatta öqib chiqaman.) Yuqoridagi xolis fikrlarim ijodlaringizni öqiyotgan chog'imda paydo böldi... Eshiklar yopiladi.Keyingi bekat Ijodiston...Oxirgi bekat ham Ijodiston))

Nigohimda jamdir bu olam...
 
ShahzodaСана: Душанба, 08-Окт-2012, 13:32 | Изох # 784
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 107
Холати: Хозир йўқ
quwiqqa uzunli qimidimi:-o
 
LoadingСана: Душанба, 08-Окт-2012, 20:12 | Изох # 785
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qirmilon martta bitta gapi qaytargandan, bu yaxsgku?

Добавлено (08-Окт-2012, 17:50)
---------------------------------------------
P.S SOKINA RAXMAT!
Beqaror hayollar.

Добавлено (08-Окт-2012, 19:12)
---------------------------------------------
Kundalik 2
Yozilmadi bugungi kun. Qanday qo'lim boradi? Qanday yozay rangim o'chgan. Qanday yozay "ketti" deb. Ishonmagan narsani nima deb xam yozar edim? O'tinaman xazil degin, qaytaman de iltimos. "sizni sinadim" degin shunday bo'lsin iltimos.
Shularni yozib qo'ydim, kundaligim ichiga. Uyg'oniboq yozgandim hali kelmagan uyqudan.


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Сешанба, 09-Окт-2012, 01:03 | Изох # 786
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
yomgir yogdiy-u, kayfiyatim tushib ketdi... sanga qongiroq qilib ichimdagi dardimni anglatgim keldi...
"yomgir bolsang, minglarcha tomchilar ichidan seni izlab topardim... chunki qorqaman, tuproq bagriga olgandan keyin qaytib bermas..." deb... eh... kimga gapiryapman... kim bilar kerakmasman hechkimga...

mandan zerikib ketgandaysan... faqat ozingdan gap chiqsa suhbatlashasan... man ichimdagilarni aytgim kelganda esa yuz ogirasan...
bazan, ozgargansan desam "Hop!" deysay...
tushinganing uchun emas, charchaganing uchun... kim bilar, kerakmidim man sanga...

stol ustidagi yarim ichib qoldirilgan piyolada choy kabi, soviyapman yashashdan... kim bilar, yonda oqqan suving oqmay qolsa bilinarmidi qadrim, man...

hayot ozi shunday ekan... tugilganingda yeglaganingni sababini butun hayotin davomida yashab korib otarkansan... tushinib borar ekansan...
eh... kim bilar... kerakmasman hechkimga...


 
GiyosСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 08:47 | Изох # 787
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Dark, super!

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 08:50 | Изох # 788
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Avaz bey doimgide ajoyib.
W
Oshiq.
Ko'zinga ayibdor boqmas ko'zlarim. Senga hech yoqmaydi shirin so'zlarim. Choralar suruviga chorvodor bo'ldim. Senki mag'rurlik ulovidasan. Poyingda poyondoz bo'lganlaridan, ishonching qozonib sotkanlar qancha. Men esa dil izxor qilgan sukutda. Hazilkash taqdirning o'yinidaman.
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
bek_x6Сана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 11:34 | Изох # 789
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
Seni chin qalbimdan sevaman … Hatto sening ko’ngling boshqasida ekanini bilib tursamda sevaman… Seni sevishga haqqim yo’qligini bilsamda sevaman… Sevilmasligimni bilsamda sevaman… Senga yetisha olmasligimni bilsamda sevaman… Seni tunu-kun kutaman ko’zimda yosh bilan, hatto bir zumgina xayoling band qilmasamda…
Seni xayolimdan chiqarolmayman, unutolmayman bunga yurak yo’l qo’ymaydi… Yuragimni qulog’i kar, ko’zi ko’r… qiynayveradi menga bo’ysinmay… Faqat seni isming takrorlaydi…
Bilasami bu yuragim nimani xoxlaydi? Seni ko’zlaringa qarab bir og’iz gapirmasdan sevgi izxor qilsam… Ko’zlaringa qarab o’tirsam… Sochlaring silasam… Chiroyli tabassumlaringni ko’rolsam… va seni dunyodagi eng baxtli odam qila olsam…!!!
Quvonchimham, dardimham sensan… Baxtimham, Omadimham sensan… Orzuimham, Armonimham sensan… Sensiz men hechkimman…
Mayli bu dunyo ishlariga ko’zimni yumaman, qanchadir qolgan umrimni taqdirga tan berib yasharman …Mendan qayg’urma, men xafa emasman. O’zingni o’yla va baxtli bo’l, bir martagina bo’lsayam seni sevib sevilgan insoning bilan baxtli ko’rsam bilginki men sendanam baxtliman … Menga shuni o’zi kifoya … smile
Seni sevib senga sevilmagan …ing!


Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) bek_x6 - Чоршанба, 10-Окт-2012, 11:39
 
ParvinaСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 17:36 | Изох # 790
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Кани эди хаёт ранглардан иборат булмаса, ок, кора, кизил, яшил, кук, сарик, кул ранг, пушти рангларнинг кераги йук, кимдин унинг фаркига боради, узини катта тутиб, кимдир кузларининг ожизлиги эвазига ажратаолмайди хам. Мен хам ранжимас эдим юрагимдаги догнинг рангидан. Кани эди инсонлар катта-кичики, кам-куп яшагани, кимдир улгурганию-кимнингдир гашига тегкани ва кимдир унинг кайта тугилишига зор булгани, мен зорману бу - менинг ёлгон орзуимлардан. Каранг ман унинг кайта тугилишини орзу килаяпману аммо ёши – чи? Кимдар нима булибти бу бахт деса, кимдир унинг кайта тугилишини кутганига кадар хаётдан туйиб, тошган. У шу давр мобайнида масаликлар жамланмасидан егулик тайёрлайман деб олов тагига ут ёкиб, пишишин кутган, нохосдан куйдириб куйганую, эътиборсизлиги эвазига ундан махрум булиб колгани балки бунинг хаммасини кастан уюштиргандир, кайта тугилиш учун имкон излагандир, мен эса баъзида куйдириб, гохида мехр билан олоб тагини ёкардим. Хар кунги килган хатоларим эвазига сочимнинг толасини хадъя этаман, кара уни учириб юбориш хавфи кучли, хар бир тукилган соч толамнинг саноги утказган кунимизнинг рамзи сифатида асраб куй, мен эса бу кунларни юрагимда санаб бораман. Кайдан дейсанми? Уриб турса булгани, колгани холва. Майли баъзида сал кечрок уйкудан турсаму, сени хам кечрок уйготсам, урушмагин шунчаки хар кунги бир хилликдан чарчаб кетганман. Бугун кечрок уйгондингу мен билан ёлгондакам урушишни бошладинг, бу менга кун давомида завк багишлади, сенинг кайтишингни интиклик билан кутиб, ярашиш сирларидан яна бирини кашф килишим учун туртки булди. Бугун кечагидан жуда хурсандсан! Кизик булса керак уй шундай чиройли курилганки, эшик, дераза, девор ва на еру-осмони бор. Унда наканот бор куниш учун, на осмони бор кутарилишга. У факат эътибор марказида. Кулгили кимдир яшайдими, кимдир йиглайдими нахот осмоннинг доди-фарёдидан курик колган булса, бу хаёлий бушлик, кани эди мен хам шундай бир бушликка дуч келсаму хеч гап суз эшитмасам, йигламасам, юрак кисилгани каби уйда камалиб яшамасам.

Allah büyükdur
 
LoadingСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 20:22 | Изох # 791
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S BEK_X6 mavxumlik, yoqimli iztiroblar olamiga xush kelibsiz. Bu monologni yozishizga kim yoki nima turtki bo'ldi bilmadim. Lekin man uchun o'tnishga aylangan satirlarni bitibsiz. Bazan aytishni istaganlarimni forumdoshlarim yozishadi, shunda "meni chunadigan odamlar bor ekanku?" deb quvonaman.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Parvina bu monologni odatdan sal ko'proq marotaba qayta o'qidim. Hayron bo'men chundim. Faqat savolim bor.
Turli o'xshatish, qiyoslashlarni qandax qilib jamlab bir-biriga bog'laysiz?

Ranglardan boshlandi, rang bilgan odamlar mag'rurligi, turli dunyoqarashdagi odamlarni ko'rib holosasidan qayta tug'ulish. Tug'ilishni o'zini turlicha chunish mumkin. Manga bir xillikdan qochish xaqidagi "maslaxatiz" yoqdi. Sochlar tolasi xar kun sanog'ini belgilashi. Bu baland parvoz gapga o'xshagani bilan., mundoq olib qarasa aslidaxam shunday. Uyga tarfiz xam ajoyib.
Raxmat!
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Izlab topilmadi.
Qancha sarson bo'lma, qancha yolvorma foydasiz. O'tkan shirin damlarni o'rtaga qo'yganing bilan natija chiqmaydi. Javobimni o'zgartirishim uchun sabablar yetarli emas. "Urunib ko'r" deb tavsiya berolmiman. Qiynalma, ovora bo'lma. Foydasiz.
Talab qilaman yo'limni to'sma. Yoningda bo'lganimga ketolmaydi deb homxayol bo'lma. Yuraging zarbini eshitganimu, lablaring titroqlari meni senga qaytarolmaydi. Yuraging hovliqqaningdan tez urmoqda, lablaring titrog'i sovuqdan xalos.
Maylin mani unutma, o'zini azoblab yashayver. O'zing bilasan. Hohla yolg'iz yashab o't dunyodan. Balki o'zgararsan? Nafrat o'ti muzlagan qoninga jo'shqinlik berar? Hozir esa kut. Usha kunlarni kutib yasha. Usha kunlar bugun kelar, ertaga, yoki umuman kelmas. Lekin men ketaman. Usha kun kelgunicha yoningda bo'lib turolmiman.
Endi yo'q. Senga bo'lgan sevgim, na qonimda, na xotiramda va yuragimdan izab topilmagan.

Kuchli ijodkordan keyin yozganim o'zimga biroz yoqadi. Tasiri bor albatta.
Loading...


Faqat 3 ta shart!
 
ParvinaСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 20:48 | Изох # 792
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
mani teskari dunyoga keltirganlar shekilli shunchaki ba'zi bir yomon tariflarni yumshatib foydalanaman rahmat e'tibor un hali ancha narsalar haqida yozishim mumkin ln faqat oxshatishlik bu mavzuga togri kelmaydi.

Allah büyükdur
 
GiyosСана: Чоршанба, 10-Окт-2012, 21:57 | Изох # 793
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Muzdek cofe... Hech qanday haroratsiz, hech qanday hislarsiz... Qaynoqlik taftidan, sovuqlik yaxshiroqku! Issig'i kuydiradi, asl holiga qaytishi qiyin. Muzlasachi? U eriydi, keyin o'z holiga qaytadi. To'g'ri hissiz bo'lar, lekin yashayveradi hech muamosiz, hech narsani o'ylamaydi. Salqin kofe, uni hech qachon puflamaysiz, kuydirib, labingizni tishlamaysiz. Osonroq! Muzdek cofe. . . . Sutli, shakarli. . .

Sog' salomatlik...
 
docСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 18:11 | Изох # 794
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 119
Холати: Хозир йўқ
Ketaman hatto o'zimni olib,ko'rishadi ketaman shunday unsiz,shunday xissiz ko'rolmaydi hech kim izimni,xuddi shamoldek uchaman...ketaman izimni o'zimla olib,uzun ko'ylagimda chopqillab ketaman!Kulib-kulib sahrodan sekin yuraman...men ketaman ortdan qarolmaydigan qilib,hatto qarolishmas yerga...........shunday ketamanki,qumlarni ham bosib.Jilmayaman yerga boqib,ketaman mayin qadam bosib,ketaman hech kimni taniyolmay,ketaman ko'rishga ham ulgurishmas.Ketaman albat hammasini bosib,ke-ta-man yugurib,chopib ketaman shoshib...ketaman o'zimni o'zimla olib,ortimga o'girmay yuzim.
(P.S.Yulduz Usmonova&Serdar Ortach-Diyemam ashulasi bilan hamnafas o'qib ko'rsangizgina bu monolog boshqacha tuyuladi.To'g'risi shu ashulani umuman tushunmaymanu,lekin qandaydur yoqadi.)
Loloshechka.
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 12-Окт-2012, 23:58 | Изох # 795
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Biz ko'pincha yo'qotmagunimizgacha yaqin insonimizni qadriga yetmaymiz. U insonni yo'qotgandan keyingina anglab yetamiz hayotimizdagi o'rnini. Endi kech, har qancha urinsakda u inson endi bizdan uzoqda. Ko'zimiz kulsada qalbimiz yig'laydi. Uzoqdan bo'lsada bir bora ko'rishni hohlaymiz. Bag'rimizga bosib "SENI SEVAMAN" degimiz keladi. Lekin... g'urur bu narsaga yo'l qo'ymaydi. G'urur va aql birgalikda yuragimizga qarshi chiqadi. Yurak esa jimgina unsiz yig'laydi. Bariga ko'nadi va yashashda davom etadi. Garchi yurak hohlamasa ham g'urur va aqlga bo'ysunib "ALVIDO" deymiz. Va yana o'sha g'urur sabab undan ko'zlarimizni olib qochamiz. Ko'zimizdagi yoshni ko'rishini hohlamaymiz. Sekingina "BAXT" tilaymizu uni tark etamiz. Garchi baxti "O'ZIMIZLIGINI" bilsakda!!!
 
DadaxonСана: Шанба, 13-Окт-2012, 03:00 | Изох # 796
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sevgida bazan g'ururga qarshi kurashish kerak. Zero ortiqcha g'urur manmanlik va kibrga olib boradi.
 
GiyosСана: Чоршанба, 17-Окт-2012, 05:21 | Изох # 797
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Seni ismingni o'chirdim. Qalbimdan. Endi eslamayman. Seni butunlay unutdim. Sendan qutuldim. Orzularimdan kechdim. Mayli bo'lsa ham endi armon. Afsuslanmayman. Afsuslanasan. Aytgan so'ngi so'zlaring eslab, o'zingga takrorlab. Xato qidirasan. Foydasi yo'qku endi. Qachon tushunasan. Mehrimdan kechib, mehr kutmay. Sen ham ismimni o'chirgin. Yuragingdan. Boshqa eslamay, unutgin...

Добавлено (17-Окт-2012, 04:21)
---------------------------------------------
KUMUSHGA ATALGAN NOMA II.

1. Kumush... Armonim, yeta olmagan orzuyim. Sendanda uzoqlardaman, qalbim nechukdir sen bilan qolibdi. Ko’zlarim yo’lingdamas hamon, kutishdan charchamadim. Lekin bu foydasiz kutish. Daraxt soyasida mayus o’tiraman. Daraxt shitirlar Kumush deya. Daraxt tanasiga ismning o’yib yozgum. Kumush+Giyos=Armon, orzu ham emas.... Kunlar o’tdi.... Fasllar o’zgardi, sen ham o’zgarganingdek. Sening sevging o’zgardi, mendan Otabekka o’tdi. Yozning issig’idan Qishning Qaxratonini tanlading...

2. Eshitdim. Otabek uylanibdi yana. Zaynabni qilibdi o’ziga yor. Uni mehri bo’linib endi ikkiga, senga kamroq qolibdi. Tunlari yig’lama ko’zlaringga olib yosh. Kumush senga aytgandim, qilasan hali afsus deya. Endi foydasiz meni eslashlaring, endi foydasiz meni chaqirishlaring, endi foyadisiz meni intizor kutishlaring... Kutasan endi Otabekni Zaynabni quchog’idan qaytishin. Senga kelib yana seni sevaman deyishini. Kutasan rosa ham. Kutasan ko’zlaringda yosh bilan...

3. Esingdami Kumush. Uzugingni menga berib turganding. Usha menda qolib ketibdi. Kecha hamyonim kavlagandim, qo’limga ilinib qolibdi. Esimga tushdi usha uchrashganimiz. Esimga tushdi usha sevishgan paytimiz. Menga kerakmas endi bu uzuk, qaytarib ol . Qolmasin menda sendan esdalik. Kerakmas hecham seni eslashim... Uzugingni berib yuboraman ko’rsam Otabekni Toshkentda. Zaynabni bag’ridan sen tomon ketayotganida. Faqat aytmagin sen, kerakmas bu uzuk menga deb...

4. Qish keldi. Kumush qish deyishadi nega, yana xotirlatib seni menga. Oppoq qish desa ham bo’lardiku! Qishni yoqtirmayaman endi. Bildim, nega sovuq Otabekni tanlaganing, u qish edida, Sen bilan Kumush qish bo’lardi. Seni ko’rsam so’rardim. Baxlimisan deb. Afsus istamayman ko’rishni... Eshitdim. Otabek ketibdi sendan. Hozir Marg’ilonda darbadar kezarmish. Nima qilding u bechoraga. Shunday pok qalbli insonga. Otangni ayblama haydadilar uni deya. Sen aybdorsan, tanimading uni xatini... Afsuslanaman senga, hursand bo’laman sen bilan birga bo’lmaganimga.

5. Bahor kelayapti. Otabekdan uzr so’rabsan. Xatolaringni tan olib. Kelayotgan ekansan Toshkentga. Marg’ilon torlik qildimi Kumush sen bevafoga. Endi balki ko’risharmiz yo’lda tasodif. Ko’rishganda o’tib ketaylik ko’rmagandek. Vasling qolsin menga armonda. Armonni yor qilay. Sen yashagin Giyosni o’ylamay. O’ylagin meni uzoqlarda deb. Ko’rasan, hammasi o’z o’rniga tushib ketadi. Men ham baxtimni topib ketaman. Kelganingda yo’l chetida turgan bo’lsam, u men emasman. U boshqa...

6. Sen bilan bir shaxarda yashaymiz. Masofalarimiz yaqin. Qattiqroq ovoz bersak eshitamiz. Lekin begonalarmiz bir birimizga. Yonginamizda baqirsak ham eshitmaymiz. Bir birimiz uchun quloqlarimiz betgan, to’lgan. Kulguliku? Lekin shunday ekan bizni taqdir. Kumush sen Otabek bilan baxtlisan. Garchi oralaringda Zaynab bo’lsa ham. Senga qoilman, shunday bo’lsa ham yashayapsan. Men soham bo’yicha ishlayapman. Hech havotir qilma. Seni o’ylamayapman. Hech ham. Faqat bir marotaba eslayman. Shu misralarni yozmoqchi bo’lganimda....

7.8.9. Ishda edim bu kun, chopib keldi yonimga Xasanali. Yordam kerakmish senga, tobin qochibdur bir zumga. Kumush isming eshitib, yo’lga tushdim Xasanalidan oldin. Uying tomon yaqinlashganimda eshik oldida Zaynabni ko’rdim. Ko’zlarida sal quvonch bor. Kelganim eshitib, ichakarida tabibni kirg’azing deb qolishdi. O’zbek oyim qo’lida bir go’dak bilan, seni o’g’ling bilan chiqib ketdi. Ichkarida Otabek o’tiribdi seni yoningda, manglayingni bosgancha. Kelganim ko’rib hursand bo’ldi, hayajondanmi, yoki asabdanmi o’rnidan turishni ham unutdi. Ne bo’lganin so’rab, qo’lingni ushalashga izn so’radim. Tomiring urishin tekshirib, lablarim tishladim. Sen ichgan ovqatdan bir barmoq yaladim. Daxshat! Seni zaharlashibdiku, zahar ichibsanku bechorginam. Otabek hayron. Esladi kim berganin. So’kdi yaramas Zaynabni. Ko’rinishing bir ahvol, ranglaring so’lg’in. Har zamon bir o’xchib qo’yasan. Iching qaynar og’riqdan. Men bilgandim Zaynab seni zaharlashin, shunga zaharga qarshi dori ham olib kelgandim. Shuni ichasan, so’ng hech nima ko’rmagandek bo’lib ketasan...

10. Ertasiga Otabek keldi yonimga, holing yahshilanibdi, bo’limsan sog’. Uzoq rahmat aytdi. So’radi mendan, o’g’liga meni ismimni, Giyos deb qo’yishni. Men qutqaribman uni baxtini, eslab yurarmish meni endi butun umr. Rozi bo’ldim. Boshqa choram yo’q edi. Senga aytgandim, o’g’lingga ismimni qo’ymagin deb. Nima ham qilardik, taqdirda bor ekan. Otabek va Kumush o’g’illari Giyos bo’lsa bo’lsin endi. Men o’z vazifamni bajardim, seni qutqardim. Senda o’zga bo’lsa ham qutqarardim. Zaynab ketdi. Sen qolding Otabek bilan... Bilasanmi? Usha qo’lingni ushlaganimdagi tomir urushing hammon barmoqlarimda sezilib turadi. Sen yashayapsan. Baxtli, sog’ salomat yashayapsan!

Tugadi.


Sog' salomatlik...
 
GulsumСана: Пайшанба, 18-Окт-2012, 10:29 | Изох # 798
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 90
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 667
Холати: Хозир йўқ
Биласанми юрагим энди мен сенга ёрдам беролмайман..
Биласанми к,албим энди сенга юпанж болололмайман...
Чунки энди мен сизларсизман, ёлгизман, сарсонман...
Биламан авалларихам шунай эди,..лекин унда сенинг нидоингни етказаолардим, айтаолардим согиндим деп, мени эмас сенинг созларинг эдику юрак.., к,ачонлардир унданхам бергандинг дарак...энди эса ёлгизман ёлгиз..усиз, сенсиз,...узимсиз.
Энди малхам кутарман хаётдан умитсиз...
Бошк,а боргим келмас у ку'чаларга..уни эслатган жим ку'чаларга..
Энди бомбошсан юрагим кетиб к,олган согинчли болагим , ета оламай айрилган ёлгиз керагим, Илтимос мени кечид коглим, сени алдади бу бехуш унгим...


Сени онда сонда коришни узи бахт...борлигинг бахт.
 
GiyosСана: Душанба, 22-Окт-2012, 07:45 | Изох # 799
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Seni bir menga yaqin so'zing, meni bir qadam ortga tashatadi. Seni men tomon bir qadaming, meni 10 qadam ortga tashatadi. Shunday ekan, masofani buzmagin, bo'lmasa mendan ayrilib qolasan. Meni uzoqlardan ko'rasan, nuqtadek. Juda ham uzoqlarda bo'laman, yulduzlardek. . .

Добавлено (22-Окт-2012, 06:45)
---------------------------------------------
Nega uni sevding yurak mendan so'ramay... Men baribir hissizku, yonimdagi gulni hidini anglolmasam. Nima qilarding o'zingga ortirib mushkul ish. Qiynalasan edi beto'xtov, har urganingda. Men bermayman senga yordam. Sen qayerda eding aql, bir og'iz aytmaysanmi yurakka sevma deb. Senga ishonardimku o'zimdanda ko'proq. O'rtada qiynalar yurak. O'chirib tashla uni yurak, sevma, kerakmas senga.


Sog' salomatlik...
 
БОБОСана: Душанба, 22-Окт-2012, 18:41 | Изох # 800
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Гиёс монологлар дахшат (Утмаган кунларми?)))))))))))))
 
Поиск: