[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
"Dardlar dardimga malxam"
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 02:40 | Изох # 26
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dubai-Qarshi -uyimga qilgan telefon qo'ng'iroqlaridan keyin.

Sog'inchdan soy bo'lib oqaman,
Dubaidan uyga sim qoqaman,
quvonchdan oy bo'lib balqaman,
Otamning ovozin eshitsam.
Onamning ovozin eshitsam.

Alqasa muz dilim eriydi,
yig'lablar holimni so'raydi,
azobim bir nafas ariydi,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

Armonim darahti yiqilar,
Firoqqa janoza o'qilar,
Bog'zimda nimadir tiqilar,
Otamning ovozin eshitsam.
Onamning ovozin eshitsam.

Telefon go'shagi qo'limda,
ko'p yaxshi niyatlar dilimda,
lek gapim qotadi tilimda,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

"Alijon qachonlar kelasan?
hazir bo'l,moshinda yurasan."
tez-tez simlar qoqib turda san,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

Ozingni avayla,asra der,
jonini o'ylamas,bolam der,
Alisher dilimdan oqdi she'r,
Otamning ovozin eshitgach
Onamning ovozin eshitgach.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:38)
---------------------------------------------
Ustoz shoir Muhammad Yusufning she'rlariga atab.

Satridan tomchilab dard tomar,
she'riyat ko'kida Shams,Qamar,
O'zbekning belida zar kamar,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Onamni sog'insam malhamday,
sovqotgan ruhimga gulhanday,
adog'siz dardlari Urhunday,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Boshimga bolishday tunlari,
tushimda Majnunning unlari,
yurakning dard to'la hunlari,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Hushomad neligin bilmaydi,
Vatanni,Onani kuylaydi,
egasiz,tillarda yig'laydi,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Netayki,dunyosi shu ekan,
may deb tutgani og'u ekan,
Qadr ho'p kamyob tuyg'u ekan,
Muhammad Yusufning she'rlari.

O'zbegim so'roqla ruhini,
ardoqla chekkan ul ohini,
quritmay asragin bog'ini,
Bog'ingning eng asl gullari,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Har qanday tomchi ham ter emas,
Alisher yozganing she'r emas,
ba'zi bir dostonlar teng kelmas,
Muhammad Yusufning she'rlari.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:39)
---------------------------------------------
Onam.

Dardini un qilib elagan,
umrini o'gliga tilagan,
sog'inib tunlari yig'lagan,
Jonimning javhari Onajon!
Ko'zimning gavhari Onajon!

Go'sht topsa zorlangan yegin deb,
bo'z kiyib,to'n tutgan kiygin deb,
sog'indim bolam-a kelgin deb,
So'zlari anbarim Onajon!
Dard to'la tanburim Onajon!

Soy to'lar to'kkan ul yoshidan,
yurt to'yar pishirgan oshidan,
dardi hech ketmaydi boshidan,
Tegirmon toshginam Onajon!
Quvonchim,hushginam Onajon!

Jonimni Jabbordan qizg'anib,
isitmam chiqqanda to'lg'anib,
ro'zgo'ri g'amiga o'ralib,
toliqqan boshginam Onajon!
Qalamday qoshginam Onajon!

Qo'yningdan qush kabi uchiblar,
Sog'inchdan tog' kabi ko'chiblar,
Alisher oyog'ing quchiblar,
o'g'ilmas azobman Onajon!
ga'm to'la zardobman Onajon!

Добавлено (24-Сен-2012, 01:39)
---------------------------------------------
Vatan.

Jon kemamga langarim,
ruhimga gul chambarim,
ifori hush anbarim,
Dalamdirsan-ey Vatan.

Yig'lab yuzim silagan,
omonligim tilagan,
bolasini o'ylagan,
Onamdirsan ey Vatan.

Ruhim o'pib uhlatgan,
dilda ijod cho'glatgan,
Onam aytsa yig'latgan
Allamdursan ey Vatan.

Otam chertgan tanburim,
Singlim sochi sumbulim,
qon bag'ri tilim-tilim,
Anorimsan ey Vatan.

Kuylarimga joziba,
dardi to'la sozida,
tilimning har so'zida,
Alyorimsan ey Vatan.

Peshonamning teriday,
otam yotgan so'riday,
Muhammadning she'riday,
Ulfatimsan ey Vatan.

Tilab yurgan tilagim,
ruhda ulug' ertagim,
keraklardan keragim,
Orzumdirsan ey Vatan.

Bulog'ing bol tilimga,
duoing gul yo'limga,
Onam tutgan qo'limga,
Zog'oramsan ey Vatan.

Quvonch to'la oshimsan,
ko'kka yetgan boshimsan,
sog'inganda to'kkanim,
Ko'z yoshimsan ey Vatan.

Atlas kiygan singlimsan,
beqasamday ko'nglimsan,
darddan kuyi munglimsan,
Bayotimsan ey Vatan.

Eng balandim-tog'imsan,
Eramdayin bog'imsan,
azob,dilda dog'imsan,
Sog'inchimsan ey Vatan.

Ta'rif ojiz vasfingga,
yetay deyman vaslingga,
Alisher yig'lab bitgan,
Qasidamsan-ey Vatan.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:40)
---------------------------------------------
Onamga.

Dardimni dilbarday dilda ardoqlab,
Sog'inch kitobini yig'lab varog'lab,
sabolardan bugun diydor so'rog'lab,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
Mehrli yuzingni sog'indim Ona.

Ko'z yoshim yuzimmas,ichimga toshib,
tilim noming aytsa yuragim shoshib,
piyoda borsammi tog'larni oshib,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
nurli yonog'ingni sog'indim Ona.

Dunyoga keltirib,ko'rmayin mehr,
ko'zdagi jolangdan tilginang tahir,
dunyo-zindon ekan go'yo boy-bahil,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
quyoshday yuzingni so'gindim Ona.

Hashamlar quvnatmas bugun ko'zimni,
Bashanglar anglolmas dardli so'zimni,
sog'insam rasmingga bosib yuzimni,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
Hudodan shifoing o'tindim Ona.

O'g'lim degan holsiz tilingga o'lay,
dardlarim qaritgan dilingga o'lay,
o'lsam Jannatda ham farzanding bo'lay,
Hudodan umringni o'tindim Ona.
qadog'li qo'lingni sog'indim Ona.

Yigit yig'lamaydi-bekor gap ekan,
seni so'ginganda to'ladi o'pkam,
dunyoni sig'dirgan tog'lardan ulkan,
hotamtoy dilingni sog'indim Ona.
Hudodan shifoing o'tindim Ona.

Yashayapman ta'til kelishin kutib,
Abu Dhabisida bir kunim o'tib,
qachon u Oktyabr kelarkan yetib?
sog'ingan Alisher o'glingman Ona.
musofir yuragi dog'lingman Ona.

 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск: