[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 13-Дек-2013, 01:33 | Изох # 726
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
clap Omaaadislaaaar))) oops

erka farishta....(m)....
 
EzoDilСана: Шанба, 14-Дек-2013, 04:09 | Изох # 727
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Dunyoning biri kam,adolati yöq,
Har kim armonlarga,dardga egadir.
Baridan charchadim,qöl siltab shu tob,
Bugun körgim keldi, sizni negadir...

(EzoDil)


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 14-Дек-2013, 16:38 | Изох # 728
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Bravooo Dildora specool

Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Якшанба, 15-Дек-2013, 01:19 | Изох # 729
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
raxmat asalim

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Sardor_BСана: Душанба, 16-Дек-2013, 08:27 | Изох # 730
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Bravo Ezodil

Sayyod.com
 
EzoDilСана: Душанба, 16-Дек-2013, 21:38 | Изох # 731
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
..

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) EzoDil - Душанба, 16-Дек-2013, 21:52
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 01:00 | Изох # 732
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-Ey, do'st-
Yolg'izlik Xudoga yarashar xolos.
Har neda sherik bor, hamkor ikki ko'z.
Ko'nglimdan chiqadi so'rog'li ovoz.
Yonimda bormisan, bormisan ey do'st?

Dunyoning ishlari chigal so'rovli.
Har qadam hisobli, sonli qarovli.
Bahorlarim kelsa qorli qirovli.
Yonimda bormisan, bormisan ey do'st?

Borimni berganim bir jon aldasa.
Jonim deb bilganim janon aldasa.
Goh yolgon tovlanib imkon aldasa.
Yonimda bormisan, bormisan ey do'st?

Kongil bu g'amlardan topmasa orom.
Qoraysa qayg'udan yaralgan yaram.
Bosh olib ketmoqdan qolmasa choram.
Yonimda bormisan, bormisan ey do'st?

Nogoh gardaningga biror g'am minsa.
Dunyoning ishlari bag'ringni tilsa.
Eslagin kimgadur suyanging kelsa
Yoningda boringman, boringman ey do'st.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 01:02 | Изох # 733
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
clap do'stim ajooyib)

erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 01:04 | Изох # 734
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Bormisiz EY DO'ST?! smile

Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 19-Дек-2013, 14:14 | Изох # 735
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Dunyo g'amlaridan charchasang nogoh...
Yoningda bo'lurman illo banogoh...!!!

Bravooo Mehribooonim manim... specool


Fikrim satrimda oshkor!)
 
GULI_NURСана: Сешанба, 24-Дек-2013, 16:53 | Изох # 736
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Erta tongda shirin uyqudan kechib,
Shayton bog'lab ketgan iplarni yechib.
Haqiqiy mexrni Ollohga tuyib,
Joynamoz ustida ötirar ayol.

Rasm soling tirnoqqa,
Böyalmagan böyoqqa.
Shayton qurmagan inin,
Chirk bosmagan pok dilin.
Joynamoz ustida ötirar ayol.

Sözin boshi Bismilloh,
Tildan tushmaydi Olloh.
Sajdasi Kabatulloh,
Ergashgani Rasululloh.
Joynamoz ustida ötirar ayol.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 02-Янв-2014, 20:08 | Изох # 737
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
=Har kungi odat=
Har kungi odatin qilmasdan kanda,
Oqshom tezlashadi yurak urishlar.
Allanechuk hislar uyg`otar tanda,
Suratga termulib, hayol surishlar

Ikkimiz yonma-yon bir tanu jondek,
Baxt quchib, baxtlarga to'lib uchganmiz.
Atrofda yaltirb qorlar marjondek,
Go'yo ming avval surat tushganmiz.

Ha, ming yil ilgari, million yil oldin.
Yashardim baxtlardan ko'ra baxtliroq.
Qayerda yo'qotdim anglamay qoldim.
Baxt ketdi bahordan ko'ra vaqtliroq.

Qor eridi, o'chib ketdi izlaring.
Qalbim muzlog'ida qoldi abadiy.
Sen endi eslama, yashir hislaring.
Men she'rga yashirgum dardim, adabiy.

Har kungi odatin qilmasdan kanda,
Oqshom tezlashadi yurak urishlar.
Yana qiynab, meni qoldirar g'amda,

Suratga termulib, hayol surishlar...

Akbar Shoh.

Добавлено (02-Янв-2014, 19:08)
---------------------------------------------
Men haqimda so'raging kelsa,
Suluvlardan so'rama meni.
Ular aytar bilsa-bilmasa,
Yolg'on aytib aldashar seni.

Men haqimda so'raging kelsa,
Shamollardan so'ra ahvolim.
Tingla soching o'ynatib yelsa,
Qulog'ingga shivirlar holim.

Men haqimda so'raging kelsa,
Tunlar bedor yulduzlarni kut.
Ular rinmay charaqlayversa,
Ko'zlaringni uzmay quloq tut.

Men haqimda so'raging kelsa,
Tez-tez kirib turgin bog'larga.
Gul yuziga shabnamlar insa,
Javob bo'lar ko'p so'rog'larga.

Men haqimda so'raging kelsa,
Kuzda kuzat tiniq soylarni.
Soy sathiga agar oy minsa,
So'roqqa tut siniq oylarni.

Men haqimda so'raging kelsa,
Tong chog'ida tingla qushlarni.
Duo qilgin ro'yobin bersa,
Tong nuridek shaffof tushlarni.

Men haqimda so'raging kelsa,
Sen shulardan so'ragin meni.
Va ishongin ular ne desa,
Yolg'on aytib aldashmas seni!

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 05-Янв-2014, 12:05 | Изох # 738
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Bravooo... Mehribooonim... specool

Добавлено (05-Янв-2014, 11:05)
---------------------------------------------
Bravooo... Mehribooonim... specool


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Dilnoza_EСана: Якшанба, 05-Янв-2014, 21:42 | Изох # 739
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Akbar Shoh ijodizga omad. Judayam go'zal she'r yozibsiz.
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 08-Янв-2014, 21:39 | Изох # 740
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rahmat azizlarim.

Добавлено (08-Янв-2014, 20:39)
---------------------------------------------
=Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi=
Xech meni tinch qo'ymadi dunyo,
Kimdir nogoh ismingni aytdi...
Qalbda to'fon boshlandi, go'yo
Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi!

Kunduzlarim yana bexuzur,
Tunlarimdan yo'qoldi orom.
Ishq xislatmi va yoki qusur?
Anglay olmay qiynaladi jon.

Yana daftar titish boshlandi,
Orasida izhoriy xatlar.
O'qiyotib ko'zim yoshlandi,
Esiz, yonib ketgan suratlar.

Yuragimda boshlandi taftish,
Go'yo meni so'roqlar birov.
Ikkimizni uchrashtirgan qish,
Vujudimni qoplagan qirov.

Nigohlaring vasli bilan band,
Xijroningdan xorg'in qarog'lar.
Seva olar kim mendan baland?
Qaytalanar eski so'rog'lar...

Shu yurakni sug'urib olib,
Qo'yishsami o'rniga jihoz.
Zora ishqing dildan yo'qolib,
Osoyishta yashardim biroz?.
...
Qalbda to'fon boshlandi, go'yo
Tuyg'ularim ta'tildan qaytdi!
Xech meni tinch qo'ymadi dunyo,
Kimdir nogoh ismingni aytdi...

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
ChniveSСана: Чоршанба, 08-Янв-2014, 22:14 | Изох # 741
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 74
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 86
Холати: Хозир йўқ
Tog'da garmon o'ynaydi
Tomda xo'roz kuylaydi,
Xolang ishtonin yo'qotgan,
Pochchang bekitgan bermiydiiiii biggrin


Hayot berganda Ta'lim ..
Chetga qochar Muallim...
 
uzigabek1920Сана: Жума-муборак кун!, 10-Янв-2014, 00:55 | Изох # 742
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Na senda baxt, na menda quvonch.
Ikkimiz ham g'arib, bechora.
Na bir taskin, na dilga yupanch,
Topolmaymiz ko'ngillar pora.

O'tkazasan tunlarni bedor,
Yulduzlarga aytolmay siring.
O'tkazaman tunlarim bemor,
Kunduzlardan yashirib sirim.

Qadding egik kun sayin sening,
Tabassumni unutgan labing.
Qaddim egik kun sayin mening,
Ahvoli tang, qaltirar qalbim.

Yuragingda allanechuk his,
Sog'inch, sevgi azaliy bir dard.
Yuragimda allanechuk his,
Qiynayverar natijasiz ahd.

Qiynalasan azobing cheksiz,
Qalb so'rog'i javobsiz hanuz.
Qiynalaman azobim cheksiz,
Lek umidvor nimadandur ko'z.

Qarg'aysanu g'urur qurg'urni,
Qaroriga yo'q qarshiliging.
Qarg'aymanu g'urur qurg'urni,
Dushmanimdur bag'ritoshligim.

Sindirdikmi baxtni talashib,
Muhabbatni yetmay qadriga?.
Ilkis, xato qadam tashlashib,
Xanjar urdik sevgi bag'riga.

Bunda endi yashamoq nechun,
Qaxratonda, tun, zim-ziyoda?
Menda sen yo'q, men yo'q sen uchun.
Dil talpinar, yo'llar ayroda.

Na senda baxt, na menda quvonch.
Ko'zlagandik qayu maqsadni?
Na bir taskin, na dilga yupanch.
Uvol qildik pok muhabbatni. . .
. . .
Na senda baxt, na menda quvonch?.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 10-Янв-2014, 01:28 | Изох # 743
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Qoyil... Mazza qildim o'qib o'ziyam... smile

Bravo Mehribonim... smile


Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 12-Янв-2014, 18:31 | Изох # 744
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Kimdur aytdi: dunyo fizika,
Qonunlari qatiy bir tizim.
Boshqasi der: matematika,
Xisob kitob mazmun azizim.
Kimyo dedi boshqa bittasi:
Moddalardan tashkildur hayot.
-Yo'g'e butun galaktikasi
O'rganamiz bu falakiyot.
-Anatomiya butun bir olam.
So'zni buzdi baqirib birov.
Axir shunda jam ilmi odam
Qolganlari shunchaki tirkov.
Jim eshitib, kulgim qistadi.
Eh, shunchalik xarobmi hayot?
Uch unsurda ma'no izlari,
Dunyo, inson va adabiyot.

Akbar Shoh
adabiyot kuchli azizim.


Originallikka intil.
 
Dilnoza_EСана: Якшанба, 12-Янв-2014, 20:12 | Изох # 745
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Akbar Shoh ijodizga omad. She'rlariz judayam chiroyli va mazmunli.
 
uzigabek1920Сана: Шанба, 25-Янв-2014, 18:45 | Изох # 746
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Рахмаат!

Добавлено (23-Янв-2014, 17:16)
---------------------------------------------
Derazamni avaylab chertib,
Tunda yo'qlab kelgan senmiding?
Oynakdagi g'uborni artib,
Tongni yorug' kutgin debmiding.

Chiqillagan soat milini,
Musiqaga o'girgan senmi?
Tunni bosgan zulmat devini,
Sof yo'rgakka yo'girgan senmi?

Senmi, shahar havosin poklab,
Yana yerni sog'inib qaytgan.
Senmi bir vaqt arsh aro qolib,
Qaytib, bizga salomlar aytgan.

Miltillagan chiroq nuriga,
Million jilva hadya qildingmi?
Mudroq bosgan qalbim to'riga,
Bir amallab kira bildingmi?
---
Tanidim-ku seni azizim.
Sen quvonchsan, o'zing og'rig'im,
Goh o'rtovchi, gohi lazizim,
Qalb qadrdon beg'ubor yomg'irim.

Sendan bitta iltimosim bor.
Sen eplaysan, bilaman buni.
Charx aylanib yog'ganda takror,
Yuv qalbimda qolgan qayg'uni.

Mayli, qaytib kelganda bahor,
Mayli, keyin mayli, sal kechroq.
Lek yodingdan chiqmasin zinhor,
Yuv, qabrimdan unmay qizg'aldoq.

Akbar Shoh.

Добавлено (25-Янв-2014, 17:45)
---------------------------------------------
Sen, sevgini sevdim degan zar so'zlardan izlama.
Kulib-kulib o'ynab turgan har ko'zlardan izlama.
Bahor chog'i dil bog'ida mavjlanarkan ishq sayli,
Bulbul o'ynab uchib-qo'ngar gul yuzlardan izlama.

Sen, sevgini ertaklar-u, qo'shiqlardan izlama,
Haqiqatdan tamom yiroq bo'shliqlardan izlama.
Ishq ilohiy hukm erurki, bilib qo'ygin sen shuni,
Dilni quvlab aql yetmas to'siqlardan izlama.

Sen, sevgini boda lim-lim soqiylardan izlama,
So'zlarida ma'nosi yo'q dohiylardan izlama.
Oliy savob muhabbatdur, gunohkori bunda yo'q,
Tili birla dili ayro osiylardan izlama.

Sen, sevgini dunyo mulki g'aznasidan izlama,
Betikon bir gul qidirib, g'unchasidan izlama.
Mashaqqatsiz mukofot yo'q, shundayindur muhabbat,
Oson yetar biron dildor g'amzasidan izlama.

Sen, sevgini qulf solinmas darvozadan izlama,
Bozormas-ki ishq maydoni ovozadan izlama.
Dunyo kezib aylanma sen, atay sevgi axtarib,
Osmonlardan toparman deb havozadan izlama.

Sen, sevgini jon kuydirib kuygan jondan izlama,
Ma'dan emas qazib olsang biror kondan izlama.
Tushkunlikka tushma aslo, tubanlikka bo'lma xesh,
O'tib ketgan yillaringdan, zor armondan izlama.

Sen, sevgini vafosidan kechganlardan izlama,
Kunda takror ishq ahdini ichganlardan izlama.
Shundaylar bor muhabbatni o'pich bilan hisoblar,
O'zga yorni bag'ri to'lib quchganlardan izlama.

Sen, sevgini o'tib ketar afg'onlardan izlama,
O'zligini aniq bilmas sarsonlardan izlama.
Sen sevgini o'zingdan top, ich-ichingda dilda U,
Taxlil etgil chun izlarsan yolg'onlardan izlama!

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 28-Янв-2014, 13:18 | Изох # 747
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Bravooo Mehribooonim... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 00:46 | Изох # 748
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
rrrahhhmattttt

Добавлено (05-Фев-2014, 23:46)
---------------------------------------------
Necha qavmlar o'tdi bunda charx falak avzoiydan,
Falak charxi o'tmadi xech qavmlar parvoiydan.

Odam borki dunyo ichra dunyo topsam der mudom,
Dunyo uchun ortmagay xech nafsi zo'r dunyoiydan.

Odam borki lazzati aysh kifoy unga, bas yetar,
Arsh uchunda chiqmasam der ayshidan ro'yoiydan.

Odam borki jaholatda qabohatni erkalar,
Zalolatda o'tarman der mahluqot yovvoiydan.

Guldan izlar, puldan izlar, kimdan izlar baxtlarin,
O'ylamas baxt kondin chiqmas, chiqmagay daryoiydan.

Odamiyzot qara senda qandoq xor-u hastalik,
Ruhiyat-u zehn mahrum nasli sof havoiydan.

Akbariy Shoh ayt baralla anglasin johil buni:
Baxt toparsiz siz izlashni o'rganung Navoiydan.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
EzoDilСана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 01:25 | Изох # 749
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Qoyiley. Tögrisi ijodiz lol qoladigan darajada. Qalamiz hich qachon sinmasin Akbar Shoh.

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 10:50 | Изох # 750
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rahmat EzoDil siz ham juda ajoyib yozasiz!

Originallikka intil.
 
Поиск: