[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:08 | Изох # 976
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
buguncha yetar....yigilib qolgan xavaskorlik mevalaridan ulashdim..yoqsa xursand bo'laman...Yoqmasa zorim bor-u zo'rim yo'q azizlar....

Добавлено (21-Июн-2013, 00:31)
---------------------------------------------
Diana,Katta raxmat.Juda xursandman...Ozgina o'lsa-da yozganlarim kimlarnida ko'gliga yetib borayotganligidan...Vatanni sog'inchi esa yurakda dard.Xar  yili borib tursak-da eski supa,jonajon xovli,ota-ona ko'zimiz oldidan ketmaydi...Shu soginch sabab qo'l qalamga boshlaydi...Nimadir ichdan quyilib qog'ozga she'r deb bo'lmasa-da to'kiladi....

Добавлено (21-Июн-2013, 00:36)
---------------------------------------------

Dada,ko'zingizdan nur xam ketibdi-
-ko'zoynakka ancha ko'nikib qopsiz,
qachon qaytasan deb so'ramang yana,
ongda bu savollar hanuz javobsiz.

Ba'zan jangda hislar kelganda g'olib,
ongim mag'lub bo'lib-qolsa yaroqsiz,
Quyosh xam bermaydi ruhga tasalli,
kunlar o'tar yilday,fayzsiz,maroqsiz.

Xovlimizni qumsab,nurab bu jismim,
ko'chaga chiqqanda sizdan so'roqsiz,
lochinday uchishga shaylanib netay,
zo'glarga zo'r kulgu bo'ldim,qanotsiz.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:37)
---------------------------------------------
Musofirlik-qaro tun yanglig'
dil qoshiga qo'yar surmalar,
yana ko'klam xabarin aytib,
ona yurtga qaytar turnalar.

Atllas ichra tovlansa qirda,
ko'zi suzuk,labi burmalar,
sog'inch o'tkir nishli bir chayon,
chaqib to'ymay-dilda o'rmalar.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:39)
---------------------------------------------
Vatanimga.

Tunlari dardlaring yostiqday botib,
sog'inch o'ralganda pahta ko'rpanga,
kunduzlar yeganing tatimay mensiz,
qoshig'ing botmaydi,yovg'on sho'rvanga,
Onajon,o'gilmas -yukman zil-zambil,
yelkangni ezgan ul tashvish to'rvangga.
O'g'lingni kutishni qo'ysan,ey Vatan,
ruhimga yor-yorli to'ysan,Ey Vatan.

Jonimni jon dedim,bitta jon dedim,
yashamog'im kerak -misli xon dedim,
sensiz-jonni yoshga bo'ktirib yedim,
Duduq tillarimga kuysan,ey Vatan,
jonimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Uxlasam tushimdan dalang ketmaydi,
Lolang teray desam qo'lim yetmaydi,
Dunyoni bir qilsa senga yetmaydi,
Ko'klarga yetguvchi bo'ysan,ey Vatan.
ruhimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Isiriq isidan to'ladi hovling,
ko'z tegmasin,o'gil-qizing chiroyli,
sensiz boshim bugun qorli,qirovli,
rayhonday iforli bo'ysan,ey Vatan.
jonimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

O'zga yurtlarni men qilmovdim havas,
ruhim asir-bunday ko'rmovdim qafas,
gar sog'inib borsam,bolam desang bas,
ongimda sog'inchli o'ysan ey,Vatan.
ruhimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Hech kimga yurakda malomatim yo'q,
Otam o'zing yolg'on xushomadim yo'q,
Alisherman,sensiz halovatim yo'q,
bolangga sajdagoh joysan-ey Vatan,
aldasam-ko'zlarim o'ysan ey,Vatan.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:40)
---------------------------------------------
[font='lucida grande', tahoma, verdana, arial, sans-serif]Ey dil-Kumushimsan,
Otabegingman,
senga ko'ngil qo'yib-
-qoldim baloga,
sen-da kun ko'rmading
qonga belanib,
nega uchrading,
men-baxtiqaroga.

[/font]

Добавлено (21-Июн-2013, 00:40)
---------------------------------------------
Ey dil-Kumushimsan,
Otabegingman,
senga ko'ngil qo'yib-
-qoldim baloga,
sen-da kun ko'rmading
qonga belanib,
nega uchrading,
men-baxtiqaroga.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:42)
---------------------------------------------
Dunyoning ishi bitdi,
mening ishim bitmadi,
barchaning qishi o'tdi,
meniki xech o'tmadi.
qahratonda qaltirab,
mehring bilan isindim,
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.

Sensizlikda,gadoman,
to'q bo'lsa ham bu qornim,
poyingda edi asli,mening-
-o'gillik o'rnim,
oshga yetdim deganda,
netay qon quydi burnim,
Vatan sensiz burda non,
tomig'imdan o'tmadi.

Dubai misli o'rgimchak-
-avrab tortar domiga,
yoki aldoqchi malak,
og'u solgan jomiga,
keraklardan keragim-
-bayroqsan ruh tomiga,
sensizlikda yuragim-
-o'xshaydi go'r komiga,
o'zing tuproq bermasang-
- yot tuproqni yutmadi.
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.

Ovunchog'im ish bo'ldi,
unuttirgan dardimni,
suvmas tahir yosh bo'ldi-
-yuzdan yuvgan gardimni,
O'zimni aldab o'zim,
quchoqlayman sabrimni,
ruhim kulib ko'nglimning-
-ko'chasidan o'tmadi,
jonni bug'doyday yanchib,
nonin menga tutmadi.
Vatan sensiz burda non,
tomig'imdan o'tmadi.

Beminnat non sendadur,
sensiz joy xam topilmas,
dardlar dilda kundadur,
bolta ursang chopilmas,
eshigi lang hijronning-
-go'yo sira yopilmas,
yopay desam,ojizman,
sensiz kuchim yetmadi,
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:43)
---------------------------------------------
Qorli xovli,izlar bosilgan,
izing kabi topilmas choram,
qayt ortingga,ko'zlarim toldi,
dardim sig'mas bo'gzimga bolam.

Qur-qurlashib turnalar qaytdi,
ko'm-ko'k rangga burkandi olam,
sensiz umr o'lkamda-ayoz,
izg'irinda yupunman bolam.

Eshik qarab bomdodda,shomda,
aytib faqat Hudoga nolam,
dunyosidan to'ydim va lekin,
diydoringga to'ymadim bolam.

Tongda turib,shirin choy qilib,
piyolaga boqib xayolan,
patir to'grab,ichgin bo'tam deb,
o'zim so'zlar o'zimga bolam.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:49)
---------------------------------------------
Quvonch sig'mas-
g'amdan tordir dilning eni,
bo'lib-yupanch,
Ona duo qiling meni.

Izg'irinda qolib ketdi
umrim kuni,
alqab-alqab,
Ota duo qiling meni.

So'ginch jallod-
netay aldolmadim uni,
bardosh tilab-
Ota duo qiling meni.

Tirik murda-
ruhning yig'lab chiqdi joni,
sabr tilab,
Ona duo qiling meni.

So'zlarimda qalov yo'qdir,
olov yo'qdir,
Hasratimga diydor degan
to'lov yo'qdir,
Hijron boyqush-uy aylagan,
jon,tanamni,
sovuq sayrab-rohat topgan
ko'ngli to'qdir.
oyday balqib yorug' aylab
zulmat tunni,
yig'lab-yig'lab
ona duo qiling meni.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:51)
---------------------------------------------
Jonda rohat yo'qdir-ruh alamzada,
dengizga quyilar ko'zimning soyi,
dono suhbatingiz qumsayman dada,
damlagan oshingiz sog'indim oyi.


Palmalar jonimga berolmas taskin,
Majnunsifat tolni izlab yuraman,
qumsab qolsa ruhim-bahoriy epkin,
bodom gullarini tushda ko'raman.

Shu zayl o'tmoqda umrim bahori,
bog'larimda sog'inch zog' kabi uchar,
mendan arazlagan bugun halovat,
musofirlik zuluk-qonimni ichar.


Jonga rohat yo'qday-ruh alamzada,
ko'rfazga quyilar qarog'im soyi,
faylasuf ekansiz angladim dada,
xayolda allangiz tingladim oyi.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:53)
---------------------------------------------
Yo'llar chigin-yechmoq uchun yurak kerak,
yurak nedur,ruhga qalin bilak kerak.
Ona yurtni sog'inganda she'r yozmasdan,
tuprog'ida unsam degan tilak kerak.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:54)
---------------------------------------------
Chinordan uzilgan yaproqlar,
uzilib suzilgan yaproqlar,
oyoqlar ostida xor bo'lib,
hazonday ezilgan yaproqlar.

Vatandan uzoqda,yiroqda,
Oftobmas go'yoki chiroqda,
yurakdan lahtaday qon quyib,
daryoga aylangan qarog'lar.

Daraxtdan to'kilgan yaproqlar,
to'kilib,o'kingan yaproqlar,
dilimning toqida sog'inchdan,
hilpirab bukilgan bayroqlar.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:08)
---------------------------------------------
Essiz Odamlar. 

O'zimni er bilsam,sizni sher dedim, 
do'stim deb davrada qaddimni kerdim, 
shoqoldan,o'tdingiz sizga tan berdim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Bir zumga burilsam pichoq suqdingiz, 
qadrimni kafanlab go'rga tiqdingiz, 
ruhimni burdalab bayroq tikdingiz, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Ko'nglimning ko'chasi hor bo'lib qoldi, 
turfa makringizdan tor bo'lib qoldi, 
oqibat qafasda jim o'lib qoldi, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Avval o'zingizga qozi bo'linglar, 
umrning sovuqsiz yozi bo'linglar, 
bergan noningizga rozi bo'linglar, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Qahrga ko'mildim,ulashib ziyo, 
yoshimga cho'mildi aldamchi dunyo, 
mayli hop,hargizga boqmangiz qiyo, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Yaratganim haqqi dilni bergandim, 
mo'minlar birodar deya yurgandim, 
chayonday chaqdingiz,yomon ingrandim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Dil emas termulib kiygan kiyimga, 
o't qo'ydingiz fayzli umr uyimga, 
bugun yetolmadim o'ylab o'yimga, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Oyog'ingiz yetmas,toqqa ketaman, 
eng chuqur bir g'orni makon etaman, 
haqqingizga duo qilib o'taman, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Mening yuragim kir,yakka siz malak, 
kapalak bu umrim bo'ldi jonhalak, 
sizga Alisherdan yagona tilak: 
men ketdim,hush qoling,essiz odamlar!


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:52
 
DianaСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:22 | Изох # 977
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Цитата (AlisherbekUZ)
Tongda turib,shirin choy qilib,piyolaga boqib xayolan,
patir to'grab,ichgin bo'tam deb,
o'zim so'zlar o'zimga bolam.
Shu joyigacha labimni tishlabgina o'qiyotgandim, ammo bu yerida...((( RAXMAT KAAATTTAKON!!!   Agar kitob chiqarsez eng birinchi haridori uzim bo'laman behabar qobketmelik hop?
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:30 | Изох # 978
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Diana, raxmat....Insha Allah...Otgan safar Vatanga ta'tilga borib shoir Sirojiddin aka Sayyidga bir nusxa tashlab kelgandim...Shoirlikka da'vom yoq lekin baribir kimdir oqisa ozgina bolsa-da Vatanda yurgan onlarini qadriga yetsa xam savob xam xursand bolaman...

Добавлено (21-Июн-2013, 01:25)
---------------------------------------------
Biri kam dunyo.

Kimgadir tilloning qadri yo'q,
kimningdir pul bilan dardi yo'q,
kim qashshoq tinglovchi mardi yo'q,
asal deb totganim sirkamsan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Tulkisan sherlarni aldagan,
qassobsan pichog'in qayragan,
yig'lasam kulishdan to'ymagan,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Jannatga o'xshatma o'zingni,
bir pulga olmayman so'zingni,
iltimos katta och ko'zingni,
devorsiz ko'chani ko'rgan,san,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Buhoriy bobomdan qolgansan,
Termiziy o'gitin olgan,san,
va lekin sinfingda qolgansan,
qoloqsan,darsingni o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Ravon yo'l qidirib bag'ringdan,
charchadim muttaham,o'gringdan,
yo'l bo'lsa kechardim bahringdan,
Shaytonga qulvachcha bo'lgan,san,
Dunyo sen tosh botgan yelkamsan!

Ilonsan xech oshno bo'lmagan,
gadoysan to'rvasi to'lmagan,
omadsan-ho'mraygan,kulmagan,
yuzingni balchiqqa yuvgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

G'amzangga aldanib kuydim,man,
malak deb adashib suydim,man,
tul hotin ekansan qo'ydim,man,
sehrdan,makrdan jirkan,san,
Dunyo sen tuhumsiz kurkamsan!

Eshakni oshno deb o'tarsan,
dononi poshnangda tutarsan,
isqirt aravangni ko'tar,san,
puf desa yirtilgan yelkansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Shukr deb non yesam yig'laysan,
may tutib ko'zimni bog'laysan,
lahadga yiqitib kulgaysan,
bol deb yalaganim sirkamsan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Bag'riingda to'rt kunli mehmonman,
cho'lingda charchagan karvonman,
narhingni xop ko'rdim arzon,man,
yo'llari tikonga to'lgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Chayonday poylaysan chaqishni,
boplaysan yolg'onlar to'qishni,
qo'y endi zog' kabi cho'qishni,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Jannatni teng qilma bo'yingga,
it qochar bosh suqsa uyingga,
azalar ulangan to'yingga,
qasringni ko'pikdan qurgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Childirmang ho'p chalib,qo'ymading,
o'ynatib,yig'latib,to'ymading,
qadrli mehmonday suymading,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Beshikdan tushishim kutasan,
tushgandan g'amingni tutasan,
yiqitib,tobutga ortasan,
zaqqumday zaharga to'lgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

O'ylama tiz cho'kmam poyingga,
tupurdim minnatli soyingga,
qand bo'lmam zaharli choyingga,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Seni bir itimday suymasman,
o'lsang xech azangda kuymasman,
Odamman senga bir qo'ymasman,
Alisherni azobga qo'ygan,San.
Dunyo sen alamli erkamsan!

Добавлено (21-Июн-2013, 01:29)
---------------------------------------------
Mehmon.

Dunyo aldoqchi mezbon,
yoki g'am to'la zindon,
makriga bo'lma qurbon,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Yuragingni g'ashlama,
ko'zlaringni yoshlama,
Eski to'nni tashlama,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Bu ko'ngilni keng tutgin,
darding tog'larga aytgin,
aks sado bo'lib qaytgin,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Talashma mol davlatni,
ko'rsatma xom savlatni,
kulib kuzat ulfatni,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Bir biringni yemasdan,
yomon so'zni demasdan,
omon chiqqin qafasdan,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Sevganing ham o'tadi,
davlat qo'ldan ketadi,
tobut yelka tutadi,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Qo'shning qo'yma jabrga,
oshno bo'lgin sabrga,
Yig'lab kirma qabrga,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Alisher sen tayyor bo'l,
dunyo-og'u sochar gul,
do'stim,bo'lma unga qul,
Bugun borsan,erta yo'q.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:30)
---------------------------------------------
Qarg'asifat odamlarga.

Bulbulday kuylasang avj pardalarda,
do'stlaring yulduzday yoritsa tuning,
niyatim,bog'ingga qo'nmasin hazon,
va yana zog'larga qolmasin kuning.
Ular sovuq soya,quyosh yuziga,
omading ko'rolmay itday hurarlar,
va yoki go'ng titar qarg'aga o'xhsab,
qishing kelishini poylab turarlar.
Aynan shularga ters yasha dunyoda,
kabutar misoli o'tgin yonidan,
qon bosimi oshib yiqilsa shohdan,
tulkilar g'ajisin giribonidan.

 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:30 | Изох # 979
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Alisher aka she'rlarizzi "She'rlar" mavzusiga qo'yib borin...

Bravooo... Judddayam ajoyib, ta'sirli...)))))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:32 | Изох # 980
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dunyo.

Dunyoning ishlari ho'p qiziq,
achchiq so'z yurakka zahar o'q,
tegsa gar darmon-u davo yoq,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Boqinglar oyoqlar ostiga,
o'ralmang ilonning po'stiga,
o'yinchoq bo'lmang,siz dastiga,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qasamlar suv emas ichgali,
ibodat to'n emas yechgali,
ishonchli qush emas uchgali,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qarz berib,olmangiz jonlarni,
ko'zlardan oqizmang qonlarni,
unutmang omonat onlarni,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ne zotlar oyoqlar ostida,
yuribmiz ajdodlar ustida,
haqiqat do'nglarning pastida,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Haloldan totinib,to'yingiz,
Bezating ohirat uyingiz,
azaga almashmang to'yingiz,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ukalik qarzini tuygandan,
akam yo opam deb suygandan,
Alisher so'z dedi kuygandan,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:36 | Изох # 981
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Alisher aka "QALBDAGI SATR"larga yozib tashavossiz, o'tga yozish mumkinmas...

She'rlar temasiga joylashtirin she'rlarizzi iltimos!!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:42 | Изох # 982
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dinora_Golden_Girl,  bu qalbdagi satr bo'lmay nima unda?:)))) kitobdan kochirganim yoq///qalbdan tokilganini tushirdim..yozmang desangiz yozmayman unda smile
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:45 | Изох # 983
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yoo' yoo' yozuvrin... Faqat Tema qoidalari bilan tanishib chiqin.

Agarda she'rlar muallifi o'ziz bo'sez FAQATGINA "SHE'RLAR" temasiga yozin...

"Qalbdagi satr"larni egasi bordee...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:48 | Изох # 984
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
"qalbdagi satrlar" VIP odamlar uchun ochilganmi Dinora?:)tushunarli
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:51 | Изох # 985
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yoo' VIPdegila uchunmaaas...

O'zligini ya'ni mualliflik she'rini yozvotkanla "SHE'RLAR" temasiga yozishadidee...

Ijodizga OMAD... Judayam ajoyib yozilganakan...)))))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:53 | Изох # 986
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dinora_Golden_Girl, smile raxmat xop osha yerda yozaman...
 
AbbosbekСана: Шанба, 22-Июн-2013, 08:47 | Изох # 987
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Agαr hαyotingdα pαydo bo'lgαn
inson o'tmishingni unitishingα
yordαm bersα demαk u inson kelαjαging!


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Sardor_BСана: Шанба, 22-Июн-2013, 13:46 | Изох # 988
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Seni uchratgan o'sha kun men uchun mo'jiza bo'lgandi. Seni yo'qotgan kun esa aza. Sen yashebsan. Men xam yashebman.

Sayyod.com
 
AbbosbekСана: Якшанба, 23-Июн-2013, 00:00 | Изох # 989
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Yer yuzida 70000000000 odam bor
nega aynan sizni o'ylayotganimni
tushunmiman 69999999999 odam
sizni o'rnizni bosa olmagani uchun
bo'lsa kerak...


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
ShukronаСана: Душанба, 24-Июн-2013, 05:13 | Изох # 990
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bunchalar kulgili janjal.
Cholu kampir urishi.
Chol kech kirsa uyga
Kampir kuyar rashkidan.
Xozirgi qari chollarga
yosh qizlar oshiq emish. )))
 
Zinnura_KСана: Душанба, 24-Июн-2013, 07:33 | Изох # 991
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Qushtek yengil bo'lish nma degani bilasizmi?????

Bilsangiz sizga havasim keldi...
Man bugunga qadar bilmaganakanman... smile


erka farishta....(m)....
 
AbbosbekСана: Душанба, 24-Июн-2013, 11:06 | Изох # 992
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Mening tanxo muxabbatim bor.
Muxabbatga sadoqatim bor.
Muxabbatsiz kelma yonimga .
Yondirgudek xaroratim bor.
Olloxim , Olloxim , Olloxim.
Meni yorga yorga qil deb.
Butun baxtni bor qil deb.
Saxarlar senga ibodatim bor.

Juddayam yoqdi shu ashula.
Shu ashula eshitganim sari senga bo'lgan muxabbatim ortib bormoqda.


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
T_SardorСана: Сешанба, 25-Июн-2013, 00:14 | Изох # 993
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Bugun erta tongda notanish raqamdan tel böpti... Kunduzi kimakan dib qiludim... 1ta bola olib tel qimaganini i ''.......'' ismli taniwiz yömi dib sani ismini etti... Man yö didimu telni qöydim.... Naxotki san qigan bösen?! Axir biröni maxramisanu...! Balki adawgandurman... Iwqilib adawgan böli! San bösa Baxtli böl! Hayollarin chiqar mani!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
AbbosbekСана: Чоршанба, 26-Июн-2013, 07:18 | Изох # 994
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
1.Ilonni bolasi ilon bo’ladi,
Chayonning bolasi chayon bo’ladi.
Odamning bolasi odam bo’lmasa,
Uning oqibati yomon bo’ladi.
2.Bir söz bilan buzilar shox qal'asi
Ingrab chiqadi gödak nolasi Öt balodi, suv balosi yomondir.
Undan yomon, bilgin tuxmat balosi...
3.Bir so'ngakka sordek qanoat qilg'on,
Afzaldir nokasga bo'lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi
O'zing topib yegan burda arpa non.( Umar Xayyom)


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 26-Июн-2013, 18:59 | Изох # 995
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Oyijoooniiimmm mani...
Sog'indiiimmm sizni...

"O'tkinchi dunyo" boshlandi...
Anuuu "Neyna"ni oyisini ko'rib siz esimga tushib ketvossiz... Har bir gapirishlari sizni eslatib, yanada sog'inchimni kuchaytirmoqda...

Oyijooonim... Shu kinoni ko'rib yig'lasam, erkalab ko'zimdagi ko'zyoshimni artib qo'yardiz... Hozir yig'lasam ko'zyoshlarimni kim artib qo'yadi... cry


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Sardor_BСана: Чоршанба, 26-Июн-2013, 19:43 | Изох # 996
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Seni qancha kuchli sevmayin kongling o'zgada bolsa meni sevgim bir pul...
SENI SEVAMAN


Sayyod.com
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 27-Июн-2013, 19:00 | Изох # 997
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Uraaaaaaaaaaaaaaaa... Hozi mani joneem, Molochinam mani DIANICHKAAAM, samalyotdan tushadi... Yehuuuuuuuuuuuuu...
BIRAAAM XURSANDMANKIIIIIIIII... smile


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Пайшанба, 27-Июн-2013, 19:05 | Изох # 998
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Böri ayiqdan, sherdan qörqqani
bilan, Lekin SIRKDA öynamaydi. . .


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Abbosbek - Пайшанба, 27-Июн-2013, 19:45
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 27-Июн-2013, 22:24 | Изох # 999
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DIANICHKAAAAAM MANI, BEG'UBORIM... SIZ BILAN TANISHGANIMDAN JUDDDAYAM, JUDDDAYAM, JUDDDAYAM XURSANDMAN... OYIJONIMMI (oyijonizzi), QIZALOG'IM DEB QABUL QIGANLARI UCHUN KOTTAKON RAHMAT... DO'STLIGIMIZ ABADIY BO'LSIN MOLOCHINAM MANI...!!!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Пайшанба, 27-Июн-2013, 23:11 | Изох # 1000
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim
mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi
ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening
tor ko'nglimga sig'mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi – Po'st
tashlab, turlanib yurgan nayranglar.
. . . .(Shanu)


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Поиск: