[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Balo Dashtida Majnundek Manim Devonadur Kong'lim.....
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:10 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Ba'zan bu Dunyoning firibi,boylik vasvasasiga tushgan odamlari,dindor bo'lib dinini maxkam tutolmay yana kimlargadir aql o'rgatadigan aqllilari,yuzingga qarab kulib orqangdan xanjar uradigan do'stlar,tirnoqqa zor oilalar-u,yangi tug'ilgan chaqalog'ini xech ikkilanmasdan axlatga tashlaydigan fohishalari qisqasi bu Dunyoning boridan to'yganda ko'chada xammaga kulgi bo'lib yurgan devonaga xavasim keladi,ustimdan kulsangiz xam aytamana xa o'sha biz masxaralayotgan devonaga xavas qilaman.Chunki u bizni ayblarimizni.o'zimiz xatto oynada ko'rolmaydigan nuqsonlarimiz aksini ko'rsatadi.Biz esa bundan umuman bexabar xolda majnunsifat devonaning ko'rsatayotgan qiliqlariga qarab qotib qotib kulamiz..Bu devona xatto olim-u fuzalolar ming mashaqqat bilan o'rgangan xayot darsidan dars berayotganligini biz tushunib etmaymiz.Xokisorlik,Oshiqlik,Armon,Dard va Ko'ngil darsidan.Devonani gapirtirib o'z telefonlariga kichik bir film qilib tushirib keyin atrofdagilariga ko'rsatib kulib qanchadan qancha gunohni o'zlariga sotib olayotgan odamlarimiz,xech ikkilanmasdan,butun dunyoga jar solgudek mana ko'rib qo'yinglar meni maxallamda meni ko'chamda mana shunday devona bor deb nimaga erishishar ekan.Oldin sen o'zingga boq do'stim.Bu devonani ertaga beradigan xisobi yo'q lekin senchi?Qisqasi bir-birimizni ustimizdan kulish,bir birimizni balchiqqa bulash bilan kunimiz o'tayapti...Bir qo'shnimiz ozgina boyib qolsa,bu bechorani qara “ko'rmaganni ko'rgani qursin” deymiz..lekin o'sha boylikni Xudo bizga bersa o'sha qo'shnimizdan besh battar tamoshani ko'rasiiz....Aziz Aka-Opalar unutmaylik senga,menga,unga berilgan xar bir ortiqcha qism yoki bo'lak albatta atrofimizdagi kimningdir xaqqidir faqat Alloh bizni bu o’tkinchi dunyoda boylikda sinash uchun o'sha akamizni yoki ukamizni yoki qo'shnimizni xaqini bizga bergan...Biz boymiz deb g'ururlanib ich-ichimizdan sevinib,et olib yurgandan ko'ra maxalladan yordam pulini olib kuniga etkaza olmaydigan qo'shnimizni xolidan ozgina bo'lsa xam xabardormizmi?shu xaqda o'ylaymizmi?baribir yi’gi,.qurib xech narsaga erishmaymiz,yarimta non bilan to’yadigan bu qorinni kajavaday qilib qo’lda tillo soatlarda,uyimiz to'la o'zimizga o'xshagan kazo-kazolar,xar kuni jiz,tandir kabob eb bir kichkina idishda bo'lsa xam qo'shnimizga uzatishni xotir qildikmi?yo'q albatta...Qo'shnimiz esa uyimizdan chiqayotgan anvoyi xidlardan to'yib to'yib xidlayotgan bolasiga,bolam unaqa qilma uyat bo'ladi deyishdan nariga o'tmaydi,chetroqqa borib qo'li kaltaligidan o'ksinib yig'lab qo'yadigan xolatlar yo'q deysizmi?Qo'shnimizning pul so'rab chiqishidagi xolatgacha bormaylik.Ketmon so'rasinchi?ba'zilarimiz ana xovli to'rida xech kimga keragi bo'lmay chang bosib turgan ketmonimizni xam yashiramiz...ketmonni amakisi olib ketuvdi-ya...Bir birimizga bo'lgan xasadimiz shunchalik kuchliki ,agar bunaqa xasad eng zaharli deganimiz chipor ilonda bo'lsa xasad zaxrini tanasida qanday saqlashni bilmay ilonni o'zi xam til tortmay o'lardi,Lekin biz o'lmay bu zaharni oxrigacha olib borishga axd qilamiz, bir qancha odamlarni o'ldirib ana undan keyin o'zimiz bexol bo'lib yiqilamiz.Janozamizga kelganlar esa juda yaxshi odam edi.Alloh raxmatiga olsin deb qo'yishadi.ular xam nima desin bechoralar,,,Xa bir umr shu ko'cha loyga to'lgandi,cho'ntagidan bir so'm chiqarib kelinglar shu ko'chani tekislab asfalt qilaylik savob bo'ladi demagan odam edi deyishsinmi?Yo'q bizni Xalqimiz chumoliga xam ozor bermaydigan,andisha bilan yashaydigan,birovning yuziga tik qarab kamchiligini yuziga soladigan yoki tuxmat qiladiganlardan emas...Orasida bitta ikka bo'lsa bordur,Ularni yaxshiliklarimiz bilan bir ikki marta uyaltirsak yaxshilar safiga tushishadi...Bizda xam boylar kam emas lekin xar safar uyga dam olsihga borganda bir narsani guvohi bo'laman,kambag'al Xudoga shukur deb yashab yuribti lekin tagida qo’sha qo’sha lacettisi bor odam bundaylar kim boymi? ularni ikkta lacettisi bor ekan demak ular millioner, ular nimadan noliydi?voy falon narsa falon narx bo’p ketdi,piston narsa falon narx bo’p ketdi,baraka topgur siz sarf qilgan charlarini puliga evropalik o’rtaxol oila bir oy ro’zg’or tebratishini bilsangiz ko’zingiz chiqib ketarmidi.Xalolingiz bo’lsin.Borida isrof qilmay eb ichishga nima etsin lekin isrof xam katta uvol.uvol esa bu gunohdir.qisqasi Xasad,Ig'vo,Nafs,molparastlik bu bizni borimizni eb bitirayotgan illatlardir.Mana shu illatlardan poklansak shuni o’zi Allohning dargohida ulug’ ibodatday qabul bo’ladi InshaAllah..Hofiz kuylaganlaridek:Balo dashtida majnundek manim devonadur ko’nglim.
 
GiyosСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:47 | Изох # 2
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
(har bir monolog, hikoyaga (qisqa bo'lsa) alohida mavzu ochish shart emas.)

Sog' salomatlik...
 
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:50 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
yaxshi.nazarda tutaman.
 
DilnozaСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 15:26 | Изох # 4
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Gaplariz ko'pi to'g'ri lekin shundaylar borkiiiii. Bugun dori so'rab keladi yaxshilik deb chiqarib bering sal biron nima bo'lsin seni doringdan bo'ldim, ataylab o'ldirmoqchi bo'gansan deb sudga beradi. Boshqasini tushundiz menimcha.Yoshiz katta ekan o'rgatish mengamasdir. Pul topib puldorlar qanaqaligini bilsayiz. Men kuniga yuz xil odam bilan momila qilib ularni juda yaxshi bilganman. Judayam xa o'ziyam bir ikki gapirsayiz yaxshilar orasiga qo'shiladi. Bilmaysiz bazi odamlar qanchalik yomonligini.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 15:41 | Изох # 5
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Oynaga qarab sochimdan boshqasini ko'rmiman. Sochim ustida mening g'ururim turadi. Qani quruq gapiramizmi yoki amaliyotda bu ishlarni amalga oshiramizmi?

Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 17:20 | Изох # 6
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Gurur yurakda turadi,soch olinsa gurur sartaroshni fartukiga soch bilan oralashib yoqolib qolishi mumkin ukam....Yurakdan esa g'ururni faqat o'limgina sug'urib olishi mumkin agar u bo'lsa....Ba'zi odamlarimizda g'urur kamayganidan yuzsizlar ko'payib ketayotgan bo'lsa,ba'zilarida buning aksi gururni ko'payishi ya'ni kibr kuzatiladi....Kibr esa Jahannamga eltuvchi yo'ldir....salomat bo'ling

Добавлено (20-Июл-2011, 16:20)
---------------------------------------------
Fikrlar uchun raxmat Dilnozaxon....

 
DilraboСана: Душанба, 25-Июл-2011, 17:54 | Изох # 7
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Nega odamlar wunchalar agressiv bb ketiwgan-a?!Göyoki bu dunyoga ègadek.ÖZINIKI B6LMAGAN NARSALARGA EGAlik qiliwmoqchi böliwadi.ASLIDA 6ZLARIYAM OMONAT EKANLIKLARINI UNUTIB Q6YIWGAN

Добавлено (25-Июл-2011, 16:54)
---------------------------------------------
Nega odamlar wunchalar agressiv bb ketiwgan-a?!Göyoki bu dunyoga ègadek.ÖZINIKI B6LMAGAN NARSALARGA EGAlik qiliwmoqchi böliwadi.ASLIDA 6ZLARIYAM OMONAT EKANLIKLARINI UNUTIB Q6YIWGAN


Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 25-Июл-2011, 18:03 | Изох # 8
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Odamlarni boshqaradigan yovuz kuch bor---Nafs.Unga qul bo'lganni xoliga voy.Alloh asrasin xammamizni.
 
DilraboСана: Душанба, 25-Июл-2011, 18:09 | Изох # 9
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Ilohim.ALLOH HIDOYATIDAN ADAWTIRMASIN.BARCHAGA IKKI DUNYO SAODATINI ATO QILSIN

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 25-Июл-2011, 18:39 | Изох # 10
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
OMIYN.AYTGANIZ KESIN DILRABOXON
 
DilraboСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 01:52 | Изох # 11
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Paygambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. oynaga qaraganlarida wunday körkam yaratganing un hamdu sanolar bölsin odobimni ham wunday gözak qil deb Allohdan söraskanlar.Aslida u zotni hammamizdan mukammal odob-xulq sohibi qb yaratgan ediku Alloh.Biz oynaga qaraganimizda nimani sörayapmiz?!Iymonimizga hech oyna tutib kørdikmikan?!

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 29-Июл-2011, 13:09 | Изох # 12
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dilrabo bu gapingiz yurakdagi gap boldi....katta raxmat

Добавлено (29-Июл-2011, 12:09)
---------------------------------------------
"Tushun zar xikmatlar ma'nosin ey do'st,
xato yozma ko'ngil inshosin ey do'st"

 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 29-Июл-2011, 17:17 | Изох # 13
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Alisherbek aka yozganlaringizni öqib öylab qoldim.2ta lasettisi bor odam qiyomatda nechta mawinang bor edi deb söralmasligini bilarmikan?Albatta,hammamiz gunohkormiz,lekin gunohning ham tavbasi boladi,qayta qilinsa uning kafforati qiyinda.Saytda Sayyodning hofiz W.Jörayev bn suhbatini 6qidim,Chiviniy haqida tasirli rivoyat aytibdilar.HAYOT DONO,KOHNA MUALLIM.Undan nimani organiw odamni oziga bogliq ekan.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Шанба, 03-Дек-2011, 05:01 | Изох # 14
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Xofizimizni xikoyalarini eshitganimcha yo'q lekin dunyo xaqiqattan xam kengga keng torga tor ekan.....

Добавлено (01-Авг-2011, 11:34)
---------------------------------------------
Assalamu alaykum qadrli Sayyod.com xodimlari,akalar-opalar,ukalar-singillar,xammalaringni kirib kelgan Oylarning ulug'i Mohi Ramazon bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Alloh bu muborak oyda neki tilagan yaxshi,ezgu tilak niyatlarimiz bo'lsa barchasini mustajobini bersin deb duo qilaylik.Awwaluha roxmatun,awsatuha magfiratun va axiruxa itqum minan neyron bo'lgan muqaddas oyni ibodatlarimizda qoim bo'lib,duolarda soim bolib otkazishni Alloh xammamizga nasib aylagan bolsin.
Omiyn Ya Robbil A'lamiyn.

Добавлено (16-Авг-2011, 11:40)
---------------------------------------------
Xurmatli Sayyod.com jamoasi sizlarni kech bo'lsa xam saytingiz tavallud ayyomli bilan chin dildan tabriklayman.Sizlarga omad,kelajakdagi ishlaringda rivoj tilayman.www.sayyod.com website kelajakda bir qancha dunyo tillarida o'z faoliyatini boshlasin va dunyodagi barcha millat sevib bir ochib o'qimasa kechasi uxlolmay chiqadigan sayt darajasiga ko'tarilsin.Xatto o'sha Amitabh Bachchan,Shoxruxxon,Jennifer Lopes,Anjilar ochib bugun nima gap ekan Sayyodda deydigan kunlar yaqin bo'lsin..Xar doim Ona diyorimiz bayrog'ini osmonlarga qadab,Ozbekning gururini dunyolarga doston qilib yuringlar.Xammalaringga bu muborak Ramazon oyida eng ezgu tilaklar ijobatini tilab Alisherbek.Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dhabidan.

Добавлено (28-Ноя-2011, 00:30)
---------------------------------------------
Bu Dunyo-yarim qarich lattaga o'ralib faqat shu qarichni 2 qarichga kengaytirib,yerimizni esa 2 gazga kengaytirib ketadigan Dunyo ekan .....Karvonimiz esa Beshik va Tobut....Ikkisi xam yogochdan lekin birini ko'rganda qalbimiz bahoriy shabadani tuysa ikkinchisini ko'rganda etimizni junjiktirgan kuzning achchiq izgírini ko'zlarimizni yoshga to'ldirib yalab o'tarkan .Alloh O'tgan axillarimizni raxmat qilgin,tiriklarimizga esa iymon,insof bergin....Amin

Добавлено (03-Дек-2011, 04:01)
---------------------------------------------
Bugun 2 dekabr Arab Amirliklari mustaqillikka erishganiga 40 yil to'ldi....Ish soatim 8 pmda tugadi lekin 10 minutlik yo;lni 3 soatda bosib o'tdim.Arablar o'zlaricha mashinalar marshini o'tkazib yo'llarda probka xosil qilib ishlaridan qaytayotgan boshqa odamlarni sillalarini quritishdi.Bular jumlasiga men va Ruminiyalik kollegamni xam qo'shmay iloji yo'q....Bir narsaga xayronman shundog'am chiroyli Porshe Cayonne yoki BMWX6 mashinalarini president va millat bayrogi bilan o'rab chirmashmasa xam xamma biladi bu diyorda bugun bayramligini.TV,RADIO to'xtamay bong urib osmonda to'xtovsiz samolyotlar va vertolyotlar OAE bayrogini xilpiratib marsh o'tkazishyapti.140.000 dirhamga bir mahalliy arablardan bo'lgan ayol mashinasini xar xil bezaklar swarowski toshlari bilan bayram uchun bezatibdi.Alloh ziyoda qilsin lekin 140.000 dirham salkam 50.000$ni tagiga boradi,xozirgi sharoit arab diyorlaridan urushlardan sillasi qurib kelgan iroqlik,falastinlik,misrlik qanchadan qancha arab och nahor ish izlab sarson sargardon bo'lib yurganda shu zarilmidi sanga ey boy xotin deydigan odam topilmaydi.Rolls Royceini salkam 50.000$ ga presidentni rasmi bilan bezab o'zicha vatanparvarlikni da'vo qiladi ba'zi axmaq arablar.Atrofdagi beva bechoraga ber.Qancha arab ish topolmay sarson.O'gzi qiyshiq bo'lsa xam boyni bolasi gapirsin degan maqol bu erda xam yo'q emas.Endi bunday qullarga Allohdan aql va o'zga birodarlari xoliga ozgina bo'lsa-da achinish xissini berishini so'ramay ilojimiz yo'q bundan ortig'ini qilishiga biz ojizmiz.Alloh Raxmdil Zotdir.

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Душанба, 01-Авг-2011, 12:40
 
LoadingСана: Шанба, 03-Дек-2011, 12:27 | Изох # 15
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nima qilsak qildik. Ado bo'lguncha. Be adad kemirdik nafslar to'yguncha. Nafsibat to'ymaydi bilsak dunyoda. To jannat atalmush uyni topguncha. Ko'p bo'lsa shukrona qilganing yaxshi. Yo'g'ida sabirning kulbasi yaxshi.
Alisherbek hozir man uyimda o'tirib voy axmoqlar divotman. Ammo yangi yil yaqin. Nima demoqchiman chunvosizmi? Haytni arafasida osh qilish mushkul dib turgan axoli hech kim kemidigan yangi yil dasturxoniga eng kamida 300-400 ming so'm rasxo'd qilishadi.
To'ri 300 000 so'm 50 000$ balki kimgadur pul emasdur. Ayni Toshkent shaxrini o'zida yarim yildan beri masjidlar qayta tamirdan chiqmoqda.
Qancha oila qiz uzatolmayabti, o'g'lini uylantirolmayabti. Mana bu holat siz etgan bilan barobarmi? Yoki yo'q bilmadim?

Har safar nolinib dardimizni aytamiz-u aqlimiz tor ko'chada tiqilib qolib ana undan keyin yuqoriga qo'l uzatamiz.
Vatanni sevmoq iymondandur.
Jannat atalmush vatan nasib qilganlarga muborak bo'lsin diman.


Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 02:43 | Изох # 16
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Loadingbek asl ismingizni bilmayman agar yozib qoldirsangiz Alloh va ota onangiz bergn ism bilan chaqirish yaxshida....oldindan raxmat...Fikrlaringizga kelsak xa bilaman Toshkent umuman olib qaraganda o'zbekistonda an'analar ketidan quvib kim o'zar o'ynab keyin qo'pol qilib aytganda ikki qo'llarini burunga tiqib qarzga botib o'tirgan yurtdoshlarimiz xam bor.Yangi yil dasturhoni bizda modaga kirib bormoqda,bu dasturxonda xamma noz ne'mat bo'lishi shartdek xuddi yozib qoyilgan qonunday.Alhamdulillah musulmonmiz-u lekin agar Ro'zai Ramazonda iftorlik va saharlikka shunday tayyorgarlik ko'rib xalol pok ibodat bilan oila davrasida eb ichsak unda qancha savob olardik...Afsuski xar bir amalimiz riyo uchun bo'p qolgan....Astag'firulloh///fikrlar uchun raxmat....Bek

Добавлено (19-Дек-2011, 01:18)
---------------------------------------------
Vatanni sovug'idan eb kelgan bu tanam Abu Dhabini issig'ida orom ola boshladi.Qarshida xam Toshkentda xam ko'cha sovuq bo'lganiga yarasha uy issiq bo'lsa qaniydi.O'zimni xuddi musichadek u yoqdan buyoqqa urib issiq joy qidiraman.5 yildan beri salqinlik ko'rmagan bu tanam arab sahrosining jazirama xavosiga moshlashganidan achinib xam ketdim.Immun system esa Vatanni sovug'iga qarshi kurasha olmay qoldi,lekin yuragim shunaqangi osoyishtalikni xis qildiki,ota-onam,singillarim,do'stu-yorlar davrasida o'zimni shunaqangi engil xis qildimki,tilim xar kalom aytganda xuddi ruhim osmonga bir uchib chiqib qaytib tanamga sig'may ketayotganday xursand va shod sezdim o'zimni.Samolyotga o'tirishim bilan yana ruhim yig'lay boshlaydi.Ex Fano dunyosining arosatda qolgan odami.....Ona Vatanga xam musofir yurtga xam sig'maysan,ertaga qaytsang qanday ko'nikasan?xar safar uyga borsam shu savollar iskanjasida qaytaman....Yuragim yig'lab ko'zim esa,kulib kutib olayotgan hind taksi xaydovchisining "Hi Sir welcome to Dubai" deyishi bilan yana aldamchi dunyo g'aroyibotlarini kuzatishga kirishadi...Asosiysi Alloh bergan bu bosh omon bo'lsa,qolganini ko'raveramiz.Xech birimizni yomonga yo'liqtirmasin.Bizni yomon degan dushmanlarimizni xam uylarida bemahal aza bo'lmasin deb duo qilaman.

Добавлено (08-Янв-2012, 03:31)
---------------------------------------------
Vatan shabbodasi yuzimni siypalab o'tyapti...Xushxabar ....INSHAALLAH

Добавлено (29-Июн-2012, 04:30)
---------------------------------------------
‎"Otamga"

Musofirchilikda yurib dadamni qadrilariga etyapman.Bu bitiklarni professional she'r deb bo'lmas,lekin nima bo'lganda xam bir musofir o'gilning dardu xasratlari ini'kosi.

dunyolarga sig'may ketsa dardim mening,
ota sizning bir dardingiz bo'lolmaydi,
eski supa sizga o'gil bo'lib qoldi,
daydi o'gil bir yo'qlab xam kelolmaydi,
ishi ko'pmish,chipta qimmat uchish uchun,
oydan oyga qoldiradi ta'tilini,
baxonasi tugamaydi,vajlari ko'p,
kulsa xamki toy'ib to'yib yig'lolmaydi.
otajon deb maxkam bosib quchog'iga,
ko'zingizga ko'zlari tik qarolmaydi,
Tanbur chalib,dardingizni sovutganda,
bolam deb ingragan qalbni ovutganda,
kelar kunin oylar poylab zor kutganda,
kutmang Ota,bu kas o'gil bo'lolmaydi,
kelgan bilan koringizga yarolmaydi.
Zerikarmish qilar ishi bunda emas,
so'zlar so'zi yuluq yamoq,lo'nda emas,
qololmasmish boshlig'idan olibti xat,
do'st yorini deydi sizni oy'lolmaydi.
ko'ksingizda tanburdayin yig'lolmaydi.
29.06.12

Добавлено (29-Июн-2012, 04:32)
---------------------------------------------
"Chet elliklarning yashash tarziga orzumand bo'lgan uka singillarga"

Ajnabiyga xavas bilan boqma ukam,
uning xam o'z dardi ko'pdir sen kutmagan.
Onasi xech senikiday osh tutmagan,
g'am kochasi bisyor uning sen o'tmagan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.

Tunlar disco,night clubda yurar tortib,
non op kirmas ro'zg'origa o'zdan ortib,
chekkanidan tomirlari chiqqan bo'rtib,
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
O'z soyingdan uzoqlarga oqma ukam.

Kun keladi ko'kka chiqib oy bo'lasan,
cho'ntagingda "kok"ing ortib boy bo'lasan.
ozagingni unutsang gar loy bo'lasan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
ezilgan bu dilni sen xam yoqma ukam.

Sog'inch degan ichingdan bir tomir tortib,
Vatan deya yuragingda mexring ortib,
lash-lushingni chemodanga zarb-la otib,
ko'zda mexr,og'ir bir dard,alam mung-la.
Onajonim,Vatanim deb kelar kun bor.

Inin tashlab qaytgan qaldirg'ochlar kabi,
Ota uying to'ldiriblar o'tirgin sen
shum ajinlar kuydirgan ul aziz yuzni,
farzand bo'lib mexringga bir to'ydirgin sen,
Kechir endi Onajon sen kechir endi,
Musofir bu o'glingni sen kechir endi...
Yuragingdan g'am anduxni ko'chir endi.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Aylanayin qora qozon o'chog'ingdan.
adab,xurmat gurkiragan gul bo'gingdan.
bolang sira ketmas endi quchog'ingdan.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Chog'dan qaynoq mexring qumsab keldi bu dil,
Tandir noning isin qumsab keldi bu dil,
Sensizlikda nima bo'lsa bo'ldi bu dil,
"Cho'li Iroq" kabi dardli navo bo'lmas.
O'zing malxam bo'lmasang gar davo bo'lmas.

Otajonim chalib bergin qonsin yurak.
Tanbur ovozidan baxra olsin yurak.
Ajnabiyga xavas qilib nima ko'rdim,
Dunyo ko'rib,dunyolardan o'zni so'rib,
undan o'zni topolmagach yuzni burib.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

19.06.2012.She'r deb bo'lmasa-da shunga oxshashroq...boriga baraka...

Globallashuv ummonida,o'z o'zanimizni topib olishga intilishimiz,Millat sifatida o'zlikni to'liq anglab etishga bo'lgan xarakatimiz xar doimgidan ko'ra muhimroqdir.
Alisher....

Добавлено (24-Сен-2012, 01:41)
---------------------------------------------
"O'zbegimning go'zallari"

Bu bitiklarni Dubaidan yga qaytguncha yozdim.Xazilomuz xaqiqat tarzida.Albatta Amerika yoki Europalik xonimlarni yashash tarzlariga e'tirozim yo'q lekin baribir o'zimizni Layli,Shirin,Kumush,Ra'nolarimizdan qo'ymasin.

Yasama bir xayrat bilan "wow" desa-da.
yulduzi bor restoranda "lunch"yesa-da,
"Chanel","Dior","Armani"ga "fan" esa-da,
Amriqo-yu,Europalik sizga etmas,
Hayo yongan oy chehrangiz dildan ketmas.

"Champagne" ichish meros unga onasidan,
yigit zoti arimaydi xonasidan,
bo'lsa xamki zebi "Diamond" donasidan,
Amriqo-yu,Europalik sizga yetmas,
Hayo yongan oy chehrangiz dildan ketmas.

chittak kabi,uchib yurar shoxdan shoxga,
yurish,turish,kulishlari quruq sohta,
o'zin o'rab chirmasa-da gul matohga,
Amriqo-yu,Europalik sizga yetmas,
Hayo yongan oy chehrangiz dildan ketmas.

11.07.2012

Добавлено (24-Сен-2012, 01:43)
---------------------------------------------
Xijron.

Dubai-sen chiroyli arab jayroni,
Husningga termulib to’ymaydi ko’plar,
Mening sog’inch yovday kirgan qalbimda,
Dard zambaragi uzra gumburlar to’plar.
Sen esa hurkak bir hush nigoh bilan,
Mening mahzun ko’nglim olmoq bo’lasan,
Jayronim,sendan-da go’zal ohuning,
Dardida yonganim balki bilasan.
O’sha ohu qalbda men bilan har kun,
Hatto tunlarimga boqar ko’zimdan,
Sehridan majnunday mastona bo’lib,
Hushxo’r taom tutgum shirin so’zimdan.
Ul ohu sendan-da nozikdir jayron,
Mendan hafa bo’lma rostini aytdim.
Sen makon aylagan bu issiq yozdan,
Sovqotib,hayolda yoniga qaytdim.
Ul ohu yurtimning hurkak malagi,
Tog’larni koshona aylagan o’zga,
Qirlari alyorlar kuylasa sarhush,
Dardni his qilolmas o’zidan o’zga.
Shul ohu tushimda,o’ngda men bilan,
Sening yotligingni menga aytadi,
Agar senga bir nafas tikilib qolsam,
Ruhim sahrosidan ortga qaytadi.
Men esa qolaman alamni quchib,
Chopib ham yugurib hech yetolmayman,
Oldimga qayt deydi go’yo Kumushday,
Men sen Zaynabimni ranjitolmayman..
Ne qilay ikki o’t aro bu ruhim,
Majnunday yig’laydi,tinchlik bermaydi,
Qoshiga bormasam,ishqi o’ldirar,
Bu zada qalbimni firoq tirnaydi.

 
DianaСана: Душанба, 24-Сен-2012, 04:59 | Изох # 17
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Ofarin! Kottakon raxmat AlisherbekUZ! Har bir yozgan hikoya, she'rlarezdan olam-olam ma'lumot, ibrat oldim. Ilohim OLLOH sizni uz panohida asrasin, boshez omon bo'lsin!

Yovlar boshin egolmagan,
Ko'plar izlab yetolmagan
Qushlar tashlab ketolmagan
Yurtimizga ko'z tegmasin!

Oltin ungan tuprog'iga
Bolga to'la bog'-rog'iga
Mag'rur qad kergan tog'iga
Yurtimizga ko'z tegmasin!

Bu vatanga qanchasi zor
Uzga yurtni qilmang xumor
Dunyo emas VATANBOZOR!
Yurtimizga ko'z tegmasin!

Yurt gullating bog'bon bo'ling
Xalq kuylasin doston bo'ling
Shu el sevgan inson bo'ling
Yurtimizga ko'z tegmasin!

(AlisherbekUz gaplaridan ilhomlanib yozib tashladim, o'xshamagan bo'lsa uzur!)


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Diana - Душанба, 24-Сен-2012, 05:01
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 10:32 | Изох # 18
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
rahmat Dianaxon
 
LoadingСана: Душанба, 24-Сен-2012, 22:52 | Изох # 19
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S ana yozibsizku Diana? Zo'r. Yoqimli, yengil(odamga aniq chunarli manosida) sher ekan.
..... . . . . . . . . . . ........
Alisher aka yana bir bor raxmat.


Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 23:49 | Изох # 20
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Loading arzimaydi yoqqanidan hursandman...
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: