Hikoya
|
|
Dadaxon | Сана: Якшанба, 13-Янв-2013, 19:01 | Изох # 601 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Xasan_uz Yana birbor qoyil. Birinchi bölib öqiganimdan xursandman. Ijodinga omad döst.
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Якшанба, 13-Янв-2013, 19:23 | Изох # 602 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos aka qoyil zo'r chiqibdi!!! Kuchukchamni esladim uyam yahshi kuchuk edi!!! Bizayam judayam yahshi ko'rar!!!
Xasan aka tasanno siznikayam zo'r chiqibdi. Bravo!!! Hayotning achchiq haqiqati yozibsiz va eplabsiz!!!
Mani yig'latdila!!!
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 14-Янв-2013, 22:46 | Изох # 603 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Tongi SMS.
Soat 6:00. Robiyani telefoniga navbatdagi SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham o’z navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi. “Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”...
Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS lari desa bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular avtobusda to’sattan bir voqea sabab tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi. Yo’q, konduktor e’tiroz bildirgandi, bir narsalar dib so’kishdi, keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan turib, ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda institutda o’qiydi. Uni ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir avtobusni orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda yoniga bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga o’zini g’alati his qildi. Keyin qizga: - Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat (shunday deb o’rnidan turdi) - Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim. - Joy berganimgami? - Yo’q. Mani tanimadizmi? - ... (Sobir o’ylanib qoldi) - Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona bo’lsez ham. - Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi begona ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde ko’raman. Sizga yordam berganimdan hursandman. - Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa uyalib yurdim. - O’zi rahmat etishizga imkon bo’lmadiku. Tushib ketdik. - Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib rosa hursand bo’ldim. Yonizga kelib, nima dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir bor rahmat...
Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu holatdan keyin avtobusda bir birlarini har kun ko’radigan bo’lib qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir qancha vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga kirdi) - Allo. Robiya. Salom. - Assalomu Alekum. - Sizga bir gap etmoqchidim. - Qanaqa gap. - Sizni sansirab gapirsam maylimi? - Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi. Nega sansiramoqchi dib) - Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi? Sababi, man o’zimga yaqin olganlarimni barchasini sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim, kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman. Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman. - Yo’q, man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya o’zi bilmagan holda shu gaplarni etvordi) - Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman. - Hop
Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da SMS yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa sabablar... lekin ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar, yengi telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi: “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. 3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uyg’ongandi. Lekin ular buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima bo’lishi mumkin? SMSda sog’inch haqida yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi. ”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa so’rayman, rostini et. Man sanga shuncha SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan ham zarracha sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.” Robiya javob yozdi: “Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz bo’lsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni ko’rishga harakat qilaman.Zarracha deganim, har narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar bo’lmaganda ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz, lekin hich sani sog’indim dimiysiz”. Sobir javob yozdi: “Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi tomonga qarasam ham, sani ko’raman. Faqat sani”.
Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz. Bunday sog’ichlilar bir birini sevmidi dib etib bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak. Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni ham orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib qo’ya qoldi. Robiya tushunmay ham qoldi. Sobir: “Man sani sevaman, manga turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham shunday o’yladi. Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari kampir turgandi. Qo’lida og’ir sumka. Bozordan kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan uni uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q diya olmadi. Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi. Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi. Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham Robiyani telfoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya ham usha javobni jo’natdi. “Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))” Sobirdan yana keldi: “Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni yuboraman”. Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima dib ham yozardi. Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya “keyinroq o’zim telefon qilaman. Hozir ishlarimni qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi. - Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz. - Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni qilib bo’ldingmi? - Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana bor. - Man hozir daraxtga chiqvotudim. - Nega? - Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan. Ushanga iltimos qilishgandi, “Amaki olib bering, o’zi bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq o’zim SMS yozaman. SMSimni kutgin, albatta yozaman. Yoki o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib bo’lib. Maylimi? - Hop bo’ladide.
Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga chiqib tushardim dib o’yladi Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. O’zim qilaman. Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta telefon qildi. Yana javob yo’q. 1 soatlardan keyin yana telefon qildi. - Allo. Assalomu Alekum. - Voalekum Assalom. Kim bu? - ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab qo’ydi. Adashmagan.) - Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera olmaysizmi? - Siz Robiyamisiz? - Ha. - Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar edi. - ... - Sobir endi oramizda yo’q. - Nega.....(ovozi titrab chiqdi). - Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir daraxtga chiqgan ekan... usha yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik. Man haligacha o’zimga kelolmayapman. - ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar kirmasdi) - Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi kim tutishini ham bilmiman. Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi)
Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib ketdi. Ming hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi: “Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi mumkin emas. Ular o’lmaganlar. Ular tiriklar. O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi. Sobirni mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab qarab qo’yadi. Hozir Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi betlamiydi. “Qaysi uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib o’ylab tez tez ketib borardi. “Shom bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan rasmlari bor edi. Shu ko’chadan yuraman. Mashinalar, odamlar ko’p. Nahotki rost bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol so’rashdi. - Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi? - A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.) - Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik. - Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar to’planib turgan eshikda) - Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi? - Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi edi) - Nimani qizim? - Bu yerda kim vafot etdi? - Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun olamdan o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni irodasi. Olamdan o’tdilar. - Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi.
Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand bo’lsada, tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati yuzini burishtirib turardi. “shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni hich qachon kechirmiman. Yana maraka borligini bilib etishgan. Mani sinamoqchi bo’lishdimi? Ko’rsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi. O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib ketgan raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi. Yonidan yana ayollar o’tib ketishvotgandi. Ularni gaplari qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi qo’shni, Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan ekan. Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa ham salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi. Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan. To’g’ridagi eshik yonida ham odamlar to’planib turishibdi... Robiya yo’l chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib yig’lab yubordi. Buni kutmagandi. Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki, qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi. Robiya uyida yig’lashga ham holi qolmagandi. O’ksib, o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan yigit unga nima bo’lganini etib berdi. Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi... Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib, telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi. Va har doimgi javobini yozdi. “Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))” Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku. Telefonni oldi. - Allo. Assalomu Alekum. - Allo. Voalekum Assalom. Siz Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz yozdingizmi? (kechagi yigitni ovozi) - Ha. Manga SMS keldi. Har kuni yozadigan SMSlari. Javob yozdim. - Kechirasiz. Telefon hali ham manda turibdi. Sizga hich kim SMS yozmadi. Sizdan SMS kelganiga, o’qib hayron bo’lib, telefon qildim. - Mana manga SMS keldiku. Keyin yozdim. Yozganimdan keyin esimga tushib, hayron bo’lib turgandim. Siz telefon qilib qoldingiz... (Sobir vafot etganiga so’ngi bor ishonib, dodlab yig’lab yubordi.) - Robiya. Afsusdaman. Og’irroq bo’ling. Yig’idan foyda yo’q.
Robiya yig’idan to’xtamasdi. Onasi kelib, qizini ovutgan bo’ldi. Robiya yana yig’lab, yig’lab charchadi. Uhlab qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan Sobirnikiga fotixa o’qigani ketdi... Kelgandan keyin onasi qizini boshiga kelib, “sen albatta baxtli bo’lasan, taqdiringga u yozilmagan ekan. Boshqasi sani baxtli qiladi” dib, peshonasidan o’pib qo’ydi. Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi. Lekin bu unga g’ayri tabiiydek tuyulardi. Tushga yaqin Sobirni raqamiga telefon qilishni dugonasidan so’radi. Birozdan keyin dugonasi Robiyaga qaytib qo’ng’iroq qoldi. Telefonni boshqa yigit olganini etdi. U SMS yozmagan ekan dib qo’shib ham qo’ydi. SMS kelaverdi. Kelishdan to’xtamadi. Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya Sobir bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. “SMS yozaman. SMSimni kutgin” digandi. “Lekin qanaqa qilib, buni imkoni yo’qku. Qanaqa qilib. Ularni telefon raqamlaridan SMS kelsade, lekin hich kim yozmagan bo’lsa. Man javob yozsam borsa. Mani rosa javob yozgim keladi. Sog’indim dib. Rosa sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi, sizni eslayverganimdan. So’gindim dib yozgilarim keladi. Lekin kimga yozaman. Man yozganimni ular o’qimasalar. Kimga yozaman????” shunaqa lar dib yig’lardi. Yana tong. SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq qildi. Boshqa chiday olmadi. Telefonni so’ramoqchidi. Bunday azobga chidolmasdi. Telefonni bir boshqa yigit oldi. - Allo. - Assalomu Alekum. - Voalekim Assalom. Eshitaman sizni. - Manga haligacha SMSlar kevotti. Soat 6:00da. Avvalgidek. - (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni akasiman. Uni telefonini man olib yuribman. Avval etganizdan keyin, kompaniyaga bordim. Ular arxivni ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin telefon ustaga olib bordim. Ular bunga SMS yuboruvchi programma o’rnatilganini etishdi. Unga SMS yozib, hohlagan paytga yuborishga qo’ysa bo’larkan. Sobir sizga SMS jo’natishni har kungiga qo’ygan ekan. Programmani o’chirish uchun parol terish kerak ekan. Afsuski bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa narsalar ham o’chib ketar ekan. Ukamni telefonida uni eslatuvchi ko’p narsalar bor. Shunga o’chirtira olmadim. Sizga etmoqchi edik. Lekin qanday etishni bilmadim. Nima dib o’ylashizni bilmadim. O’zizni telefon qilishizni kutdim. Sizdan bir iltimosim bor edi. Iloji bo’lsa biznikiga keling. Onam sizni ko’rmoqchi edilar. Ukamni xonasi shunday turibdi. U yerga oldin kirmasdilar. U o’lgandan keyin, uni eslab xonasiga kirib, sizni rasmlarizni ko’rdilar... ushanga siz bilan ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang. Hohlasangiz, uyizdan borib olib ketishadi. - ... (uzoq o’ylanib. Sobirni hurmati uchun ham rozi bo’lishga qaror qildi). Hop. Faqat oyim ham man bilan boradilar. - Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani boraman. Manzilizni etvoring.
Robiya manzilini etdi. Keyin onasiga etdi. Onasi boshini egib, mayli ishorasini qildi. Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi. Uyda Sobirni onasi Xadichaxon opa ularni yig’lab kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim yeta olmagan kelinim kelibdi” digan so’zlari ham bor edi. Ular Robiyani quchoqlab, rosa yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini bolasini quchoqlab, homush o’tirardi... Robiya onasi bilan qaytib olib ketvotganda, akasi gap boshlab qoldi: “Man ukamni yahshi bilmas ekanman. Siz haqingizda ko’p gapirardi. Sovchi ham yubormoqchi edi. Afsuski... Telefonini man olib yuribman. Ishlatishgamas. Shunchaki uni tanishlari, kimdir telefon qilsa man gaplashaman. Ko’plar uni olamdan o’tganini bilishmidi. Tushuntiraman. Ko’plarni kayfiyati juda tushib ketadi. Manga ham qiyin. Har telefonda uni eslab, uni tanishlariga javob berish. Uni o’lganini eshitgan tanishlari, u ko’p yahshilik qilganini etib berishadi. Shu mani ukammidi dib o’zimdan so’rab qolaman. Hich qaysinisini man bilmasdim. Tarixga yozilgulik ishlar qilgan ekan. Undan qovotganini bizani eslashimizamas. Uni qigan yahshiliklari ekan. Ushanga faqat yahshilik qilish kerak ekan. Uni birorta odam yomonlamadi. Faqat afsus diyishadi. Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi. Havas qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas qilish. Undan o’rnak olish... Sizga yana bir gap. Sizga Sobirni unuting dimayman. Lekin endi o’zizni hayotingizni qurishiz kerak. Xotiralar bilan yashab bo’lmaydi. Uni unutsez biza hafa bo’lmimiza. U endi yo’q. Hich narsani o’zgartirolmimiz. Yana sizga boradigan SMSlar. Hohlasangiz uni o’chirtirishim mumkin. Kerak narsalarini ko’chirtirib oldim. Shuni o’zizdan so’ramoqchidim?” dib etib qoldi. Robiya, indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi... Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya smsni yoddan bilsa ham, baribir o’qidi. Keyin: “Aldoqchi, uyqichi. Har doim manga o’ziz yubormas ekansiz. Man aniq bir vaqtda eslab yuboradilar dib o’ylardim. Sizga ishonardim. Yolg’onchi. Sizdan nafratlanamaaaan, mani tashab ketdiz” deb telefonini devorga otib sindirdi. SIM kartasini olib, uni ham sindirib tashladi. U endi Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa telefon ishlatmoqchi ham emasdi... Bir necha yillar o’tib, taxminan 4 yillar. SIM karta ishlatilmagi uchun shu raqam qayta sotuvga chiqdi. Ancha oldin sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam bo’lmagani uchunmi, yoki nimadir sabab bu raqam sotilmadi. Kompaniyadan bir kishi bu raqamni sotib oldi. Uyga kech keldi. Sumkasidan yangi telefon olib, uni joyladi. Va uhlab yotgan xotinini yoniga qo’yib qo’yib, xotinini yuzidan o’pib qo’ydi. Erta tong. Soat 6:00. Yangi telefonga SMS keldi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Ayol cho’chib uyg’onib ketdi. Yonida telefon turibdi. Telofon bantik bilan o’ralib, qog’oz yopishtirilgandi. Unga “Robiya tug’ilgan kuning bilan tabriklayman. Endi sanda ham telefon bor. Oddiy raqam oldim. Turmush o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi. SMS ni qayta o’qidi. “Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”... Robiya pichirlab: “Sog’indim, lekin oldingilaridam ham ko’proq”.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
БОБО | Сана: Душанба, 14-Янв-2013, 23:50 | Изох # 604 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Гиёс юраги бушлар эхтиёт булиб укисин деб огохлантирмабсиз.
|
|
| |
Xusan_uz | Сана: Сешанба, 15-Янв-2013, 00:22 | Изох # 605 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 374
Холати: Хозир йўқ
| bunisiga gap yo`q...
|
|
| |
SpecialOne | Сана: Сешанба, 15-Янв-2013, 01:13 | Изох # 606 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Öqib turib, uzr-u, Sobir xarakterida G'iyosni tasavvur qildim, deyarli juda yaqin tanimasam ham)) bezorila haqidagi joyida, bekatda bir qiz 2 ta bomjdan qörqib bu yonimga ötvoganini, bomjla u tomonga ötsa yana bu tomonimga ötvoganini eslab kuldimam)))
|
|
| |
Lucia | Сана: Сешанба, 15-Янв-2013, 01:23 | Изох # 607 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 360
Холати: Хозир йўқ
| Buncha tasirli yuregi boshla dasmolcha bilan oqila judayam ajoyib
|
|
| |
SpecialOne | Сана: Сешанба, 15-Янв-2013, 03:52 | Изох # 608 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat e'tibor uchun)) tanqidla uchunam, nega bunchalik tanqid tushunmadim-u, lekin, bulaga yetarlicha maqtovlarni olib bölganman)) mayli, endi haqiqiy ijodistonda haqiqiy tanqidlaniyam eshitaman, buyam foydali))Добавлено (15-Янв-2013, 02:52) --------------------------------------------- ...Ona, onajonim, jonim onam! Bugun esa, jonsizim onam.... Jonizga jon bölolmadim-mu!? Boshizda parvona bölolmadim-mu!? Falak ming aylandi, quladi, bu kun! Alp bölib, er bölib, xizmatiz qilolmadim-ku! Qöllariz muzlabdi, qilt etmas zarra, yuzimning, közimning, qöllarim, köz yoshim tafti ilitmasmi hech!? Tovonimga tikan kirsa, tanim emas, undan-da sizning joniz achirdi! Yurak-bag'riz qon, puf-puflab, avaylab-asrab joniz halak, mehriz falak yashardiz, farishtam, beg'uborim, sochlariga oq tushgan duogöyim, duolariz armonmi endi!? Onam jonim, qarang, tovonimda zarra tikan emas, dunyoning eng katta tog'idek xanjar yuragimda-ku! Nahot sizning yuragingiz achishmayapti!? Bir bora turing, bolam, bolajonim, keldingmi suyanchig'im, bag'ritoshim, sog'inmadingmi onaginangni, deng! Ketmayman endi, yölda qoldi ösha keng shaharlar, kechalari charog'on yöllar, kerakmas handon kulgular, sohta tuyg'ular!!! Sovuqqotdim ona, nimchangiz qani? Yoshligimni eslayman, bu kech, yoningizda, nimchangizda uxlayman....
|
|
| |
Shukronа | Сана: Сешанба, 15-Янв-2013, 23:26 | Изох # 609 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Giyos rozi bolurin. Taklifga.
|
|
| |
Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 04:03 | Изох # 610 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Armiyaga boraman......
Har yili shu sana yaqinlashish bilan, yuragimdagi axmoqona xavasim ortib boradi...aynan bu yil ham huddi wundo..xavas diganlari to'lib to'lib oxiri paqqqq etib yorildi qo'ydi. Bu qanaqa xavas db o'ylavotkandursiz, eshitsez kulas)) mayli sekin qulog'izga etaman... ARMIYAga borgim keladi (boshqa joy qurigande) . Mana bugun Buvijonimmi uylarida 10 ta jiyanimga kamandirli qivomman.. Tv da askarlar haqidagi filimni ko'rdimu ...eski kasalim qo'zib, tom cherde ga yugurdim, uyoda tog'ajonimni askarlik kiyimlari turadi....Chiqvolib boshlandi hayolparasligm. " Qani bir kiyb ko'richi wu wapkasini. - Vah vah vah yigitmisan yigit haqiqiy MUJIK.. O'zb ni qizlari ishqimda uksus ichb o'ladi to'chna)) i hozir qo'ybersam o'zmga o'zm kampo't bo'qqolaman...yo'q bu safar yana ozgina kiyb o'tiraman, yahwisi o'z bn o'zm hola holakasm o'yniman. Qanaqib?? Oddiy. Man askar bo'laman, UMMON ni eshitib sevgan qizmga xat yozaman... " Kallamga kegan bu fikrdan o'zimam zavqlanib kettim, darro'v qog'oz ruchka va tel.ni opkelib ijod qilishga kirishdim.. " Qanday Unutdin...menga ham o'rgatttt...." ayni ijod pallasi " Salom xat! MAN SANI SEVAMAM...hayrom bo'vossanmi gulim..salom yo'q alik yo'q nega bundo divotti db..ex bilsedin bugun salomimxam aligim xam aynam wu..ko'zmmi ochiwim bn wu so'zlani takrorliman.. hayolimdayam , yuragimdayam, wu gap...iwonasanmi? kamandirgayam wu gappi etvorimman rosa kalte yedim.... To'g'risi yana bir gap etimi SANI SOG'INDIM... Muslimjoonako'vv dg to'vushlarin haliyam qulog'imda.. Ovozam ovozmas surnayni o'zginasididee.... " wu joyga keganda yelkamga tawlangan qo'l dan cho'chib bir sakrab tuwdim....kamandirmi???? Yo' tog'ajonim...i sharmandaaaaa..(( uyalganimdan ustolni tegiga kirib ketvotudim, tog'ajonim sekin usto'lni surib xatimni olib o'qiy kettila..bir manga bir xatga..bir manga bir xatga qaravottila..man faqat yerga qaravomman.. -Xo'sh oddiy askar Muslimjon bu xatni nima qilamiz...??Добавлено (16-Янв-2013, 02:23) --------------------------------------------- - xi xi xi nma qilardik , 6 ta ksera ko'piya qb qizlaga tarqatamiz )))) shu payt tog'am tarafdan man ga qarab uchb kevotkan eski barbi qo'g'irchog'immi ko'rdim. Manam epchilgina yigitmasmanmi(hayolan) bir akrabat qb egilib qoldim... -xo'p yahwide Muslimjon armiyani ko'rmoqchimidiz , oldimga tushin... Man hursandman, tog'am mani armiyani ko'rsatarkanlaaaaa db..afsus bu xursandchiligim ko'pka cho'zlmadi... Oshxonaga opkirib oldimga , bir qop karto'shkani to'kkancha - qani Muslimjon bir qo'lizdan Salo'mka(qo'virilgan karto'shka ) yilikchi, askarlani qorni och tez tez qimirlennn... Didila qo'ydila..(( Добавлено (16-Янв-2013, 02:42) --------------------------------------------- armiya digani wuvakandeee, db man ishga kirishdim.... Hayolsuriibbbbbb, awulaaaa etibbbb karto'wkani artvotudim, boshimga bir nima paq etib teydideee..jahl bilan orqaga qaradim, qarasam tog'ajonim e yo'g'e kamandir turibtila qovoni solib - bet sanga oyini uyimas awula etib o'tirgani..betni armiya db qo'yibti - ne mani uras??? Ko'zmdan yolg'ondakam yow tomchiladi..)) indamasakan db urvurasmi, hozr oym kesala etberaman urganizni...kenaym gayam etberaman nechta qiz bn yurganizni...hammasini etaman... (yeg'i aralash erkalandim))) har doim sal erkaligimga erib, asal qizmdan wakar qizmga soladigan tog'am.... Bo'ynimdan siqib ushab - ee erkee, qanaqa og'ilbolasan oyimga etberaman db db uvillidigan, bo'l tez ishini qil...db baqirdila... Добавлено (16-Янв-2013, 02:54) --------------------------------------------- endi haqqata qo'rqa boshladim, bir qop karto'shka artib 3 tog'ora salo'mka(qo'vurilgan karto'wka ) pishirdim. Karto'shka disa ko'ynim aynib zo'rg'a turudim.. Kamandir qo'llarida shvabra bilan pollatta ko'tarib keb qoldila, -qani Muslimjon ho'lini aspalini bir oynade qb yuvib chiqinchi... Ey wu so'vudayaaa diyiwimmi bilaman, wvabra bilan sop qoldila...endi rostakasm yeg'ladim, wvabra ku mayli tog'am urganlari alam qb kettide nma qiliwni bilmiman...erkaligimmi zig'ircha foydasi temadi, wunichun kate yeb qoliwdan qo'rqib buyurilgan ishlani bilib bilib qilishni boshladim.. Wu tariqa oyijonim kegunlaricha burnimmi yerga ishqalagudek qb ishlattila...orada rosa kalteg ham yevoldim((((( Добавлено (16-Янв-2013, 03:03) --------------------------------------------- Oyijonim kelishlari bilan bo'ynilariga osildim, hudi oyimmi 1 yil ko'rmagandeman, rosa sog'inimman.. Bir payt tog'am gap boshladila.. -xo'w qizi nma qilamiz Muslimaxon bo'lasmi yo' Muslimajon mi????iii tssss yeg'lama faqat...oridimi urganim, mayli hafa bo'ma yur o'zm sanga wokolat oberaman... Shu damda Qiz bolaligimga wukur qivordim, qando yahwi man qizbolaman, mazza hich kim urmidi, hamma ayidi.. Kimnidur avaylab yawagandan, kimnidur avaylagani bo'p yawaw min martta yahwikan... YIGITLARIMIZGA BO'SA OLLOHDAN SABR TILIMAN. va o'tib ketkan bo'sayam bayramlari bn TABRIKLIMAN....
erka farishta....(m)....
|
|
| |
T_Sardor | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 05:43 | Изох # 611 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
| ......)))
O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 12:12 | Изох # 612 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Ajoyib
Omad
|
|
| |
БОБО | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 12:52 | Изох # 613 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Муслимбек))))))))Супер
|
|
| |
SmartDent | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 13:04 | Изох # 614 |
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Койил)))))Вой Зиннурахонеее))), а бу хикоянгизни класс босадиган жойи каерда?)
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
|
| |
ORCHIDEA1508 | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 13:12 | Изох # 615 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 453
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 241
Холати: Хозир йўқ
| ZOOO'R CHIQIBDI ZINURRA)))))) OMAD
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Чоршанба, 16-Янв-2013, 21:09 | Изох # 616 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos aka muncha bag'ritoshsiz?!!! Mani rosa yig'latdiz-u!!!Добавлено (16-Янв-2013, 20:09) --------------------------------------------- Zinnura qoyil siziki bir olam-u G'iyos akaniki bir olam!!!
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 00:56 | Изох # 617 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Zinnura vaqt bo'lishi bilan to'liq o'qib chiqaman. Hozircha xavoda B a r b i turibti)
Giyos manga yoqti so'ngi xikoya. Aldamchi hulosalar berib borishi jonu dilim. Raxmat! Ko'z yoshdan ancha yiroqman. Lekin o'lchovlarim to'ri. ) Aynan qatta aldamchi hulosa dib qiziqvosmi? Man qizni aldab boshqasiga. . . . . I yana shuni davomida. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Charxpalak. Jigar porasin zaminga qo'ygan, sho'rlik onani birov sezmadi. Bir qadam uzoq ketti-yu so'ngra, dunyodan zarracha xavo olmadi. Sovuq edimi? Jazirama yoz? Bunisi qorong'u bo'ldi bizlarga. Lek so'ngi quvatin to'plab oldiyu, qizini quchoqlab o'ldiyu-ketti. Shov-shuvli yillar qolib anxorda, oqib ketti oradan fursat. Qiz yolg'iz ulg'ayib yetti voyaga. O'xshardi yuzlari qirmiz lolaga. Kimlar kelmadi. Kim do'st, kim dushman. Bechora hech birin farqin bilmadi. Tobora ko'p izlab yupanchga suyanch. Qidirar yuzsiz ota-onasin. Axir, axir kim tashlab ketar, ishqining mevasin, jigar porasin?! Birov bilmadi, kimdur aytmadi, suluv qiz necha yil sabab izladi. Balog'at nish urgach azolariga, uchradi sevgining balolariga. Ochligu yo'qchilik bezdirganmidi? Mexir yo'q zarracha sezilganmidi? Osildi, yopishti, ishondi balki baxtli bo'ladi, bo'lgusi taxtli. Nikoxsiz ishonib nafsin qondirdi, bokira yillarin yo'lda qoldirdi. Shuncha kun ishq mayin quyadi lablar, qadax so'zlari shirin va yolg'on.Добавлено (16-Янв-2013, 23:56) --------------------------------------------- Go'yo der edi biz birga to'fon, xar qanday to'siqni etkuvchi yakson. Yomon sevardi, shunchalik yomon. Niyati turmush oila farovon. Fursat keldi qorin semirdi, zuriyod jonlanar endi sezildi. Hush xabar aytildi, suyinchi kutib, to'y qani? Vadalar vafosi nega bugun jim. Jim bo'lib qoldi devor xijolat, qochib qutildi kutmayin fursat. Jigar porasin zaminga qo'ygan, sho'rlik onani birov sezmadi. Angladi payqadi endi shu fursat. Onasin topkanday birdan kuladi. Kuladi tiz cho'kib qizin oldiga. Devorga bitilgan so'zni esladi. " ey inson charxpalak unutma umr, umrni xazonday to'zg'itib o'tma. Bolangni ulg'aytir uni deb yasha, avloddan avlodga pok nasil qoldir.".
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Shukronа | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 12:25 | Изох # 618 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| MUSLIMBEK SUPER.
|
|
| |
NOZI | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 13:30 | Изох # 619 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Менга эса хаммаси ёкди. Одноклассники худди хаётдан олинганку ;-) 9-синф кизининг хикояси хам жуда хаётий, бунака вокеалар атрофимизда камми? Никох узугини бошиданок нима билан тугашини билсамда, охирида барибир кузимга ёш келди. Шу жойида бир маслахатми, илтимосми, билмадим, ниса деб тушунасиз, ёзувчилар, айникса, детектив ёзадиганлардан озгина урганадиган жойингиз бор экан, асарни укий бошлаганда, укувчи охирини билмаслиги, нима билан тугашини топа олмаслиги керак, охири кутилмаган булиши керак. Русча айтганда, «не раскрывая все карты», ёзиш керак. Тахмин килгандан умуман фаркли тугаса, асарнинг муваффакияти ошади. Аммо ёмонмас, ишонарли, таъсирли ёзилган.
|
|
| |
SpecialOne | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 13:36 | Изох # 620 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
| Höp raxmat))
|
|
| |
ORCHIDEA1508 | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 14:47 | Изох # 621 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 453
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 241
Холати: Хозир йўқ
| odno xaqidigini bugun o'qidim yaxwi 4iqipti ))
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 15:23 | Изох # 622 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Sani shunday sevardimki, özing ham tasavvur qilolmasding... Sanam manchalik sevsang kerak yoki undan ortiq deb quvonardim... Sanga özimga ishongandek ishonardim... Toki U bilan körmagunimcha... Ösha kuni... Öqishdan xursand bölib chiqdim, chunki bugun man uchun boshqacha kun... TUG'ILGAN KUNIM... Shirin orzular qildim, kursdoshlarim, domlalarim tabrigi... Sani mehrli nigohing... Man uchun atayin yozib kelib tabriklagan she'ring... Dars tugaguncha yashirincha termulganlarim... Baxtli edim... Hammasi möjizaviy edi göyo... Chunki, ertalabdan man uchun atayin yozilgan bayram dasturxoni... Özim yoqtirgan atayin man uchun adajonim pishirgan malinali tort... Boshlangan kunimga shukrona aytib, söng bir dam töxtab universitet hovlisida özimga keldim, hayollarimni yig'dim... Qaradim qadrdon mashinamiz yöq... "Oyijon qayerdasiz?" "Qizim uyda mehmonlar ko'payib ketdi, birpas kutib tur" "Oyijon ovora bölmang hozir taksiga chiqaman" "Qizalog'im özingni asra, yöllar muz, ehtiyot bölib kel!" ayni muddao... "Xöp böladi, Oyijon" Shirin entikdim, uni hozir yana köraman... Bekatga yaqinlashardim, yurib emas, uchib ketardim göyoki...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
Nilufar_93 | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 20:05 | Изох # 623 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Muslimbek bilgandima bu sizligizi... Добавлено (18-Янв-2013, 19:05) --------------------------------------------- Loading...haqiqat shunaqa bo'larkan.shunaqala kasriga begunoh farzand. Avloddan-avlodga pok nasl qoldir...shu joyi juda zo'o'o'r...
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
|
| |
Mohinur_U | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 23:58 | Изох # 624 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
| Men O'zbekistondan ketayotganimda endigana 8 yoshi edim. 8 yosh qizaloq nimani xam bilardi dersiz ln qandaydir xis qilardim maktabim mehribon o'qtuvchim va sinfdoshlarim maxallam vatanim xammasi qolib ketmoqda. Lekin menga taskin beradigan narsa shu ediki dadam bilan bir oila bo'b yashaymiz chunki o'zbda uncha ko'p bo'lmasdi biz endi Turkiyaga butunlay ketmoqdamiz u yerda oila bo'lib bir dasturxon atrofida dadam oyim men va 2 ukam yashaymiz qanday mazza... Samalayotda uchayapman ko'zimdan bir tomchi yosh dumaladi xayr vatanim deb pichirladim ... Turkiya juda go'zal davlat ekan menga rosa yoqdi. oyim turk tilini bilgani un oz fursat o'tib bu yerdagilar bn chiqishib ketdilar va uyda bizga turk tilini o'rgatib bizni tarbiyamiz bilan shug'ullanardilar. dadam esa ishlardilar Oradan bir yil o'tdi bu yerdagi maktabga o'rganib qoldim dugonam xam bor edi ismi Nazli. Bir joyda turardik.
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 19-Янв-2013, 00:26 | Изох # 625 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Toblantirgan sinov... oxiri yarqiragan baxt.
Kunlarni birida bir qiz va yigit internetda tanishib qolishdi. Ular uzoq suhbatlashishdi. Kunlar, oylar va yillar. Keyin telefon raqam almashildi. Telefonda suhbatlar. Oylar, yillar gaplashdilar. Bu paytda ikkalovligida iliq munosabat shakllanib, u sevgiga aylandi. Lekin ular haligacha bir birini hayotda ko’rishmagandi. Faqat bir birlarini rasmlardan tanishardi. Qiz yigitni uchrashuvga taklif etdi. Yigit boshida rozi bo’lmadi. Keyin rozilik berdi. Ular ertasi kuni bir bog’da uchrashishga kelishishdi. Qiz erta kelishini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Rosa kutdi. Tonggacha qanday vaqtni o’tkazishni ham bilmadi. Uhlay desa ko’ziga uyqu kelmadi. Hayol surib yotib, uhlab qoldi. Ko’zini ochsa tong! Juda hursand uyg’ondi. Yuvinib bo’lib, ertalabki nonushtani tayyorladi. Ota-onasi qizidagi yuz o’zgarishlarini ko’rib, bir birlariga kulib qo’yishdi. Nonushtadan keyin ular ishga ketishdi. Qiz sochlarini tarab, turmaklab, yuzlariga oro berdi. Ko’p emas, ozgina. Yuzini o’ng tomonida ozgina dog’i bor. Har doim shu dog’idan uyalib yuradi. Lekin o’ziga yarashib turadi. Baribir uyaladi. Shu joyiga ko’proq oro berib, bilintirmaslikka harakat qiladi. Yana yigit uni ko’rib, fikri o’zgarib qolmasin deb o’ylaydi. Tayyor bo’lgach u yo’lga tushdi. Bog’ga borib, uchrashuv belgilangan joyda yigit yo’q ekanini ko’rdi, hayron qoldi. “Kechikmasligi kerak ediku” deya o’ziga pichirladi. Telefonini olib yigitga, yani Anvarga telefon qildi: - Allo. Assalomu Alekum Anvar aka. Qayerdasiz? - Salom Saida. Men shu yerdaman. - Ko’rmayapmanku! Usha aytilgan joyda turibmanku. Yo’qsiz! - Ha, kelib bo’ldingizmi? Men vaqtli kelgandim. Ertalab uyda choy ichishga ham ulgurmagandim. Shu sababli, turgan joyizdan to’g’ridagi kafeda o’tiribman. Iltimos shu yerga kelsangiz. Uzr, kutib tura olmadim. Eshitishimcha, “qizlar uchrashuvga kech chiqadi” deyishgandi. Shunga “ulguraman” deb o’ylabman. - Yo’q, hijolat bo’lmang. Hozir boraman. - Mayli. Kelavering. Ichkarida bir o’zim o’tiribman.
Qiz hursand holda kafega bordi. Ichkarida, stolni o’ng tomonida rostan ham bitta yigit yegulik buyurtma qilish uchun taomnomani o’qib o’tirardi. Ha. Bu rasmdagi yigit. Qizni eshikdan kirganini sezgan Anvar, Saidaga qaradi. Saida uyalib, pastga qarab kelayotgandi. Anvar o’rnidan turmay, Saidaga to’g’risidagi joyni ko’rsatdi. Saida o’tirdi. Qo’lidagi telefonni stol ustiga qo’ydi. Ichida “kelganimda o’rnidan turib ham kutib olmadi” deb o’yladi. Keyin asta Anvarga qaradi. Qaradiyu, bir cho’chib tushdi. Anvarni yuzini yarimi kuygandan qolgan chandiq bilan qoplangan edi. Juda daxshatli holat edi. Anvar, Saidani holatini tushunib, izoh qildi: - Saida, ming bor kechirim so’rayman. Sizga boshida ayta olmadim. Hozir yuzimni ko’rib, cho’chib ketganingizni ham sezdim. Ishonasizmi, har tong, oynaga qaraganimda, o’zim ham cho’chiyman. Sizga yuborgan rasmimda, bu holatdan bir necha yil ilgari tushgandim. To’g’risi sizdan ayrilishdan qo’rqdim. Hudbinlik qildim. Usha paytlar menga kerak edingiz. Hozir ham keraksiz. Lekin. Bu uchrashuvga men sizga barcha xaqiqatni aytgani kelganman. Avtohalokat natijasida oyoqlarim qisilib qolib, yonayotgan mashina ichida qolib ketganman. Yuzim shu ahvolga keldi. Uzoq mulojalar jonimga tegib ketgan ishonsangiz. Bu yuzni qayta to’g’rilashga, o’sha oq xalatlilarni ko’rishga ko’zim ham qolmagan. O’sha paytlar siz paydo bo’ldingiz. Yana... - Gapirib bo’ldingizmi? Men sizni sevardim. Siz mendan hamma narsani yashiribsiz! Yolg’onchisiz! (yig’lab yubordi) - Yo’q. Men yolg’onchi emasman. Yashirish bu yolg’on deganimas. - Men sizni boshqacha tasavvur qilgandim. Hudbin ekaningizni bilmabman. - Tan olaman. Usha paytlar o’zimni o’yladim. Men sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz ham o’zingizni o’ylashingiz kerak. - ... - Avtoxalokatdan oldin, men unashtirilgandim. Lekin bu holatdan keyin, to’yim bo’lmadi. U qiz boshqaga turmushga chiqib ketdi. Men juda ruhiy tushkunlik holatda qolgandim. Usha holatdan siz chiqardingiz meni. Sizga rahmat aytmoqchiman. - Arzimaydi. Faqat men uyga vaqtliroq borishim kerak. Kechirasiz.
Saida shoshib kafedan chiqib keta boshladi, hayoli parishon bo’lib, yo’lak chekkasidagi nogironlar aravachini turtib yubordi. Ahamiyat bermay, tashqariga chiqib ketdi. Yo’lda o’zini g’alati xis qildi. Qanday qilib, bunday hunik odam bilan yashashini tasavvur qilomasdi. Dugonalarini gap so’zlar qilishini o’yladi. Bu yoqda ota onasi ham rozi bo’lmaydi. Anvarni unutishi kerak. Telefonidan uni raqamini o’chirib tashlamoqchi bo’ldi. Yurayotgan joyida to’xtab qoldi. Axir telefoni stol ustida qolib ketganku. Kafega qaytib bordi. Kirib, yana to’xtab qoldi. Boyagi nogironlik aravachasiga ofitsantlar Anvarni o’tkazishayotgan edi. Shoshib telefonini stoldan olib, qaytib chiqib ketdi. Orqaga qarashga yuragi ham betlamasdi...
(Hikoyani shu joyigacha ko’p joyda o’qigan, yoki eshitgan bo’lsangiz kerak. Lekin buni davomini yozishmagan. Shu yerda tugagan. Endi davomini o’qiysiz. Balki bu yolg’onmasdi)
Anvar ertalab uyg’ondi. Asta o’rnidan qo’zg’alib, aravachasiga o’tirdi. Yuvingani bordi. Oynaga qaradi. Yarimi odam, yarimi mahluq. Chiday olmadi. Oynani urib sindirdi. Oyoqlarini ushladi. Issiq bo’lsa ham, joni yo’q. Hech narsani sezmaydi. Boshqa odamni oyog’idek turibdi. O’ziga o’zi: “U yuzimni ko’rib, mendan ko’ngli sovidi. Oyoqlarimni ko’rmasdan, meni cho’loq ekanimni ko’rmasdan ko’ngli sovudi. Agar oyoqlarim uchun tashlab ketganda ham rozi edim. Bunchalar afsuslanmasdim. Yuzimdan, yo’q basharamdan qo’rqib ketdi. Nahotki unga odamni ichki go’zalligi emas, tashqi go’zalligi muhim bo’lsa. Kechgani ham ma’qul ekan. Soxta sevgi edi unda. Chin bo’lganda, hech bo’lmaganda, oyoqlarim yurmasligini bilib, keyin qo’rqib ketardi. Lekin men aytmoqchidim. “yana” degan joyimdan qolib ketdim. Afsuslanmayman. Meni shu holatimga ham erga tegishga rozi bo’lganlar bordir. Axir nogironman deb, uyda yotmasam, uyda o’tirib bo’lsa ham ishlasam....” yana nimalardir deb pichirladi. Anvar bir firmani hisobchisi bo’lib ishlaydi. Uyidan uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Yordamchilarini unga ma’lumotlarni olib kelib turishadi. U uyida ishlaydi. Va internet orqali jo’natadi. U kuchli mutaxasis. Shu sababli shu holatiga ham firma rozi bo’lib, jon deb ishga o’ziga olib qolgan. Anvar yashashi uchun kimnidir yordami juda zarur. Hamma vazifalarini qila oladi. Lekin yuvinishi, kiyimlarini yuvishi, yana boshqa ishlar... unga qiyin. Onasi nechta joyga, boshini urib bormadi. Hammasi nogiron ekanini eshitib, rad etadi. Mayli degani yuzini ko’rib, rad etadi. Anvar onasini tushkun holatda kelishini ko’rib, yuragi eziladi. Bitta odamni deb, otasini deb, hayoti shunday ko’rinishga keldi. Ushanda otasi mast holatda bo’lmaganida, qarshisidan kelayotgan yuk avtomabilini urib yubormasdi, o’zi o’lmay, Anvarni nogiron qilmagan bo’lardi. Lekin bu hayot ekan. Kimdir ozgina narsadan noliydi. Anvar bunga nolimaydi. Yuragi achisa ham, yonmaydi. Ham o’zidan, ham otasidan ayrildi. Onasini dardi olida uniki hech nima emas. Bitta o’g’il. Lekin nogiron. Kecha Saida uni eshitmayyoq tashlab ketgani alam qildi. O’ziga o’zi yana: “Yuzimni o’rniga yuragim yonib ketib, sevolmay qolsam bo’lmasmidi” deb pichirladi. Baribir odam astoyidil istasa, so’rasa, Alloh unga baxtini berar ekan. Bir qancha vaqtdan keyin Anvarni shu holatiga ham erga tegishga rozi qiz topildi. Ishonish qiyin, lekin rozi bo’libdi. Anvar hayron qoldi. Lekin onasini gapiga ishonmadi. U yuragidan qandaydir hadik bor edi. Onasi esa, kulardi. “O’g’lim, sen ishonaver” deyrdi. Anvar, qiz bilan uchrashishini aytdi. Qiz uni o’z ko’zi bilan ko’rishni istardi. Balki fikri o’zgarar. Turmushga chiqqandan keyin, o’zidan afsuslanishini, bir umr o’zini koyishini istamasdi. Shu sababli Anvar orani ochiq qilish istagida edi. Onasi mayli dedi. 2 kundan keyin bog’ga uchrashuv belgilandi. Anvar aravachasini changlarini artib, boltlarini mahkamlab, uchrashuvga ketdi. Bog’ uyidan uzoq emas. Shu sababli o’zi ketdi. Vaqtliroq bordi. Uzoqdan bir qiz ko’rindi. Yonida bir ayol ham bor. Aniq uchrashuvga chiqgan. O’sha bo’lsa kerak. Ayol un ko’rib turibdi. Qiz esa ko’rmayapti. Anvar kelayotgan tomonga teskari turibdi. Anvar yaqinlashganda ayol qizni oldidan ketdi. Anvar “aniq shu ekan, meni biladi, yolg’iz qoldirish uchun ketdi” deb o’yladi. Qiz hali ham teskari qarab turib. Soatiga qarab qo’yadi. Qizni yoniga yaqinlashganda aravasini mayin tovushinini eshitib, qiz qaradi. Anvar uni darrov tanidi. Bu Saida edi. Anvar hayron bo’ldi. To’g’risi bu holatni kutmagandi. “Qanday qilib” o’ziga o’zi savol berardi. Huddi tush ko’rayotgandek edi. Qiz ko’rmasdan bekorga rozi bo’lmaganini endi tushungandek edi. Shu onda o’zini juda baxtli his eta boshladi... Saida unga salom berdi: - Assalomu Alekum. (negadir samimiy emas) - Voalekum Assasalom. Yahshimisiz. (sal duduqlandi) - Rahmat. Yahshi (qandaydir, Anvarni mensimagandek ohangda, ensa qotirib). - Men uchrashuvga chiqgandim. (hursand holda) - Men ham. (Hali ham ensa qotirgan holatda) - To’g’risi sizni ko’raman deb o’ylamagandim. Ko’zlarimga ishonmayman. - Nega ko’zlarizga ishonmaysiz, nima meni baxtli bo’lishga xaqqim yo’qmi? Men ham turmushga chiqishim kerak. Sizni aldavingiz qurboni bo’lib yurmaymanku. (baland ovozda shu gaplarni aytdi). Yana kimni aldab, uchrashuvga chaqirdingiz. Bu safar ham stolga o’tirib olib, aldaysizmi? Yoki shu yerda turibmi? Sizni ko’rib, rahmi kelganidan, rozi bo’ladi deb o’ylaysizmi? Adashasiz. Sizdakalarga mana shunaqa hayot munosib. O’zizni harakterizga yarasha jazo olgansiz. - ... (Anvar hayron qoldi. Uchrashuvga chiqmoqchi bo’lgan qizi shu edimi, yoki adashdimi? Onasidan ismini ham so’ramabdi. Birga olib kelsa bo’larkan. Har holda tanir edi. Saidani bu gapirishlari jon jonidan o’tib ketdi.) - Uchrashuvingizga boring. Hozir meni bo’lajak qallig’im keladi. Siz bilan ko’rib, noto’g’ri hayolga bormasin. - Kechirasiz... (uchrashuvga chiqqan qizi bu emasligni bildi. O’ziga shukur qildi. Lekin uni gaplari rostan ham og’ir botgan edi. Yurishni ham yurmaslikni ham bilmasdi. Orqaga, uyga ketgisi ham kelardi. Negadir, hozir keladigan, u bilan uchrashadigan qiz ham uni haqorat qiladigandek.)
Uni hayolini bir yigitni ovozi buzdi. “Kechirasiz, siz Saidamisiz?” dib Saidaga murojat qildi. Saida ham kulib, “Ha menman” deb javob berdi. Yigit aravada, Saidani yonida turgan Anvarga qarab qoldi. Saida buni sezib, tilanchiga o’xshaydi. Shu yerda turib oldi. Nima qilishni bilmay qoldim. Yahshi siz kelib qoldingiz” deb aytdi. Yigit, Anvarni yasanib olganini ko’rib, pichirlab “zamonaviy tilanchi” deb, Anvarni cho’ntagiga 5000 so’m solib qo’yib, “jo’na bu yerdan” dedi. Anvarga uni 5000 so’m solgani emas, Saidani aytgan gaplari boshiga to’qmoq bilan urgandek ta’sir qildi. Saida va u uchrashgan yigit uni oldidan ketishdi. Anvar hayollari bilan qoldi. Uni yonidan bir qiz, nogironlik aravachasida kelib to’xtadi. Anvar o’ziga kelib, unga qaradi. U yosh qizcha ekan. Bo’ynida “Yordam beringlar” deb yozib olgan. Tilanchi qiz ekan. Anvarni hayoliga unga berib ketilgan pul keldi. O’shani cho’ntagidan olib, tilanchi qizga uzatdi. Tilanchi qiz hayron bo’lib, “aka, sizdan men pul ololmayman. Sizdan pul so’rash uchun yoningizga kelmadim. Men har kuni shu yerda gullarni tomosha qilish uchun oz muddat turaman. Mang, qaytib oling” deb unga bergan pullarini uzatdi. Anvar “Yo’q singlim. Bu seni pullaring. Menga adashib berib ketishdi. Seni qalbing bir qiznikidan ming chandon chiroyli ekan. O’zing... (tilanchi demoqchi edi, ayta olmadi)... halol ekansan. Menga achinma. Menga baxt tilasang bo’ldi, bu seni pullaring” deb javob qaytardi. Tilanchi qiz Anvarni hayollariga xalaqit bermaslik uchun boshqa yoqga ketdi. Anvar onasiga telefon qilib, qizni ismini so’rab oldi. Zamira ekan. chiroyli ism. Oz o’tmay. Bir qiz, onasi bilan keldi. Oddiy kiyinishgan. Qiz ozgina to’laroq. Istarasi issiq. Ko’zlari chaqnab turibdi. Zamirani onasi Anvardan kelib, ismini so’radi... To’y bo’ldi. Katta bo’lmasa ham kichikroq. Zamira juda mehribon edi. Hech qachon yuzidan tabassumi tushmasdi. Hamma gap “Ho’p bo’ladi” so’zi og’zidan tushmasdi. Anvar nima sababdan u to’yga rozi bo’lganini bilmasdi. “Balki bunga kambag’alligi sababdir. Shu sabab turmushga chiqa olmagandir. Yana uyda kasal otasi, uzatilishi kerak bo’lgan singillari bor. Ushanga rozi bo’lgan” deb hayolidan o’tkazardi. Zamira bu narsalar uchun rozi bo’lmagandi. Savob uchun, Anvarga yordam berish uchun rozi bo’lgandi. Anvarni onasi sovchilikka kelganda, ko’zidagi yoshini ko’rib, rozi bo’lgandi. U uchun tashqi ko’rinish emas. Ichki ko’rinish muhim edi. Bu borada Anvarni tanlab, adashmaganini bilardi. Oradan oz vaqt o’tib, Anvar yuzini plastik operatsiya qildirishga qaror qildi... 1-2 oydan keyin uni yuzida oz chandiqdan boshqa hech narsa qolmadi. Ertalab uyg’onib, oynaga qarab, “shuni vaqtli qildirganimda bo’lmasmidi” deb o’ylardi. Keyin Zamirani ko’rib, “yo’q, vaqtida qildirdim. Avval qildirganimda Zamirasiz qolardim” deyrdi. Operatsiyadan oldin palatada yotganda bir xonadoshi, oyoqni tuzatsa bo’ladi deb qolgandi va bir doctorni telefon raqamini yozib bergandi. Anvar ikkilanib, o’sha raqamga qo’ng’iroq qildi... manzilni olib, o’sha yerga bordi. Ularni bir yoshi katta doctor kutib oldi. Anvarga bir ikki tekshiruvlar yozib berib, natijasini olib kelgandan keyin davolash rejasini tuzib chiqdi... yangi usulda davolash metodikasi. Mo’jiza edi bu. Ishonish qiyin. 1 yil deganda Anvar oqsoqlanib bo’lsa ham, o’z oyog’ida yurib chiqdi. Undan baxtli odam yo’q edi. Juda ham baxtiyor. Endi uni hamma narsasi bor. Hech kimdan kam emas. Yura oladi. Yana qanchadirdan keyin oqsoqlanishi ham yo’q bo’lib ketar ekan... 1 yildan so’ng, farzandli bo’ldi. O’g’illi bo’ldi. Ismini shu baxtiyorliklaridan Baxtiyor deb qo’ydi... Baxtiyor tug’ildi. Lekin Zamira... yura olmay qoldi. Bir tomondan sinov tugab, boshqa yoqdan sinov... Zamirani uyga olib keldi. Doctorlar, vaqt o’tgani sayin yahshi bo’ladi deyishibdi. Anvar o’zini davolagan doctorga ham bordi. U ham deyarli shunga yaqin gapni aytdi. Davolay olmadi qisqasi. Anvarni umidlari puch yong’oqqa to’ldi. Ustini qora qarg’alar o’rab olishdi. Uni ko’tarib, aylanishardi. Anvarni hayollari aynan shunday edi. Endi Anvar bolasiga qarashi kerak, ham xotiniga. Bu yoqda ishini ham eplashi kerak. Allohdan har kuni yolborib, xotinini dardiga shifo so’rardi. Uni dardini o’ziga berishini so’rardi. Faqat bir narsani bilmasdi. Zamira ham har namozida huddi shu duoni aytganini... Anvarga bu holatlar o’zini nogironligidan ham og’irroq edi. Bu yoqda hursand bo’lishga ulgurmagan onasi, yana g’amga botgandi. Onasi ham Baxtiyorga qarardi, bir xillarida keliniga. Uni ham boshi qotganda qotgan. U ham har duosida o’sha dardlarni o’ziga olishini so’rardi. Anvar firmaga o’zi borib keladigan bo’ldi. Qo’shimcha ishlamasa, oilani boqa olmasdi. Onasi uyda qolayapti. Onasi ham ancha yoshga borib qolgan. Uy ishlari, hammasi uni zimmasida. Zamira esa, aravachaga ham o’tira olmaydigan holatda. Yahshi hamki qo’llari harakatlanadi. Har holda bolasiga qaray oladi. Lekin bu ham ko’pga bormadi. 6 oy deganda qo’llari bo’shishib, bolasini ko’tara olmay qoldi. Tushirib yuborishiga ham sal qoldi. 9 oy deganda erini oldida ayollik vazifasini bajara olmay ham qoldi... Nima kasal ekanini hech kim aniqlay olmadi. Juda ko’p tekshirtiruvlarga olib borildi. Foydasiz. 1 yarim yil shu holatda o’tdi. Hamma ishlarni Anvarni o’zi qildi. Xotinini parvarishi, tagini almashtirishi, yuvinishi... hamma ishlarni. Onasi bularni eplolmaydi. Ishxonada hamkasblari, uni koyir edi. Har narsalar deyishardi. “Nogiron xotinni boshinga urasanmi? Ko’cha to’la qiz, hohlaganing shu martabangga yo’q demaydi. Qari onangni o’ylasangchi, qariganda rohatda qolish o’rniga, kelinni qo’lidan choy ichish o’rniga, kelinini tegini tozalab yuribdi...” shunga o’xshash ko’p gaplar. Anvar bu gaplarga javob qaytarmasdi. Foydasiz ham edi. Ular buni dardini qaydanam bilsin. Axir uni ham bir paytlar shu holatida Zamira yo’q demagan. Unda tanlash imkoniyati katta bo’lgan bo’lsa ham. Shunday ekan, Anvar qanday qilib uni rad etadi. Uvoli tutmaydimi? Uyiga qanday qilib ketkazib yuboradi. Sog’ holatda olib, kasal bo’lganda qaytarib berish. Axir bu odamku. Uni ustiga u yerda otasi ham kasal bo’lsa. Kim qaraydi. Boshqaga uylanish. Xiyonatni hayoliga ham keltirmaydi. Faqat achinadigani bu yerda onasi. Qiynab qo’ydi. Afsus. Shu o’ylar bilan uyga keldi. Zamira erini ko’rib, sal bo’lsa ham o’rnidan qo’zg’alishga harakat qildi. Buni imkoni yo’q bo’lsa ham. Anvar ham uni qiynamaslik uchun, unday qilishing shart emas deydi. Har kungi holat bu. Zamira Anvarga bir gap boshladi. - Anvaraka. Sizdan bir narsa so’rasam... yo’q demaysizmi? - Qo’limdan kelsa, yo’q demayman. - Qo’lizdan keladi. Buni qila olasiz. - Hop. Nima ekan. Oldin ayt. - Siz oldin menga va’da bering. Men shuni qilaman deb ayting. - Qo’limdan kelsa. - Keladi. - Hop. Va’da beraman. - Uylaning. - Yo’q. Men faqat seni deganman. Boshqaga uylana olmayman. - Men roziman. Boshqa uylanishizga roziman. - Men rozi bo’lolmayman. Hech qachon. - Va’da berdingiz axir. - Qo’limdan kelsa dedim. - Undan keyin va’da beridingiz. Iltimos men uchun rozi bo’ling. Sizga xotinlik qila olmayapman. Iltimos. - ... - Sevgimiz uchun, muhabbatimiz mevasi Baxtiyor uchun rozi bo’ling. Onajonimiz uchun rozi bo’ling. - ... - Onajonimga aytdim. Ko’ndirdim. Ularni meni deb qiynalshlarini, sizni ham meni deb qiynalshingizni istamayman. - ... - Iltimos rozi bo’ling. Ko’zim ochiqligida... - Unaqa dema. Sen yashaysan. Kerak bo’lsa meni hayotim bilan yashaysan. - Qayta tuzalishimga ko’zim yetmayapti. Kundan kunga og’irlashayapman. Hali gapira olmay ham qolsam kerak. - Iltimos, bunaqa gaplaringni gapirmagin. - Roziman deng. Iltimos. Men uchun! - Mayli. Roziman. Faqat onamni va bolamni o’ylab. O’zimni emas. - Sizga ishonaman. Shu oy ichida. Iltimos.
Zamirani bu taklifi Anvar uchun kutilmagan bo’ldi. Juda kutilmagan. Anvar o’zi o’ylayotgan gaplarni, Zamira qandaydir o’qiyotgandek edi. Ishxonasidagi ayollar bu gaplarni qayoqdan eshitishibdi, Anvarga manzillar berishdi. Unisini qo’yib, bunisini maqtashdi. Manimcha Anvarni onasi telefon qilib aytgan bo’lsa kerak, Zamirani qistovi bilan. Anvar boshida tortidi. Qaysi ayol ikkinchi xotin bo’lib, tegishga rozi bo’ladi deb o’ylardi. Yoshi ham 30 ga yaqinlashib qoldi. U xato o’ylagandir balki. O’z tashvishlari bilan bo’lib, ko’cha hayotini unutgandir... Berilgan manzillar bo’yicha ko’rsatilgan “nomzod”larni ko’rdi. Chetni odami bo’lib gaplashib ko’rdi. Hech qaysinisi Zamiradek mehribon chiqmasdi. Faqat bittasigina uni qalbida chiroq yoqa oldi. Kasalxonada ishlaydigan hamshira ayol. Har holda Zamiraga qaray oladi deb o’yldi. Yoshi 25 larda. Erga tegib, 1 yilda ajrashgan. Eri to’g’ri odam emas edi. Adashib, uydagilarini qistovi bilan rozi bo’lgandi. Lekin ko’p yashay olmay ajrashdi. Chiday olmadi. Shunday qilib, Anvar hamshira ayol, yani Madina bilan alohida o’tirib, jiddiy gaplashdi. Hamma voqealarni aytib berdi. Ertasi kuni, uni uyiga onasini olib bordi. Sovchilikka. O’g’lini ham qo’shib oldi. Zamiradan qo’shni ayol chiqib xabar olib turadigan bo’ldi. Madinani uyidagilari, ularga javobni Madinani o’zidan olishlarini aytishdi. Madina uzoq o’ylab, Baxtiyorni ko’rib, Anvarga tegishga rozi bo’ldi. Kichik Xudoyi qilib, Anvar Madinani o’ziga nikohlab oldi. Anvar ancha yengil bo’ldi. Uy ishlarini hammasini Madinani o’zi bajardi. Zamirani parvarishida ham alohida ahmiyat berdi. Shirinso’zlikda Zamiradan qolishmasdi. Opajon, opajonlab, unga yahshi qarardi. Bir gap bilan hamma ishni uddalardi. Kasalxonadan ishdan bo’shadi. Anvarni ko’p vaqti endi ishda o’tadigan bo’ldi. Hammasi yahshi keta boshladi. Baxt tushunchasini endi tota boshlagandi. Balki bu sinov diyiladiku. Zamira kuchdan qolish o’rniga, kuchga kira boshladi. Bu orada Madina qizlik bo’ldi. Ismini uzoq o’ylab, Sojida qo’yishdi. Chiroyli ism. Endi Anvarni ikki farzandi bor. Anvarni onasi ham hursand. Birdaniga bunday baxtni kelishini kutmagandi. Nevaralariga qarab, rosa quvonardi. Zamira ham rosa quvonardi. U haqiqiy eriga vafodor ayol. Chunki o’z paytida eriga g’amxo’rlik qilib, kerak paytda boshqa turmushga ham ko’ndirdi. Yuragini bir parchasini uzib bo’lsa ham. Uncha buncha ayol bunga rozi bo’lishi qiyin holatda. Bunday olib qaraganda u Anvarni “li”si edi, yani baxt ni “li”si. U Anvarni BaxtLI bo’lishi uchun yaralgandek edi. O’zi esa kamtarlik qilib, “li”ni Madina deb aytardi. Balki ikkalasi hamdir. “l” va “i”. Baxtli. Chiroyli so’z. Hamma orzu qiladigan holat... oylar o’tib, Zamirani ahvoli ancha yahshi bo’lib qoldi. Har holda aravachaga o’tira oladigan bo’ldi. Madina uni sayrga olib chiqardi. Doctorlar hali ham ojiz. Nima kasal edi, qanday tuzalmoqda. Bu Madinani mehribonligidanmi, yoki bir oilani to’kis bo’lishi uchun Tangrini yuborgan sinovimi? Mavhum. Mavhum. Yana 1 yil deganda Zamira o’zi bemalol yuradigan bo’ldi. O’z ishlarini va kerak bo’lsa uy ishlarini qiladigan bo’ldi. Sojida qizaloq ikki yosh. Tug’ilgan kuni nishonlandi. Oila dasturxon atrofida. Hamma hursandchilikda. Bu kunlarni Anvar tushida ham ko’rmagandi. To’kis oila.... Mehr. Anvar o’z mehrini teng ikkiga bo’lishga qiynalardi. Ikki ayol bilan bir uyda yashashga juda ham qiynalardi. Biridan birini ortiq ko’rolmasdi. Shunda ham ko’z ochib ko’rgani Zamira bo’lsa, ikki ayoli ham unga qiyin holatida kelishgan bo’lsa. Bir vaqtni o’zida ikki buloqdan suv icha olmasligini juda yahshi bilardi. Uni o’ylarini, Zamira ham Madina ham o’qiy olardi. Zamira tuzalib ketishini hayol qilmagandi. O’lib ketaman deb o’ylardi. Madina esa, bu hayotni bilib kelgan. Demak, ming sabrli bo’lsa ham Zamira bu holatdan qiynalardi. Ikkalasi ham Anvarni bu qiyin holatdan chiqarish uchun, uydan ketishga tayyor edi. Ko’proq Madina ketishga tayyor edi. Anvar, bechora Anvar. Ikki o’t orasidagi Anvar. Oldin kim edi. Qanday ahvolda edi. Kim uni shu darajaga yetkazdi. Kim uni shu martabagacha yetkazdi. Ikkalasi... Yana tanlov. Jonga tegdi. Ikkalasiga mehr bera oladi. Ko’nikadi. Uddalaydi... lekin qanday qilib. Siqilib ketib, qo’shni kvartaldagi BARga bir hamkasbini qistovi bilan bordi. Ichkariga kirib, oddiy suv olib, ichib o’tirdi. Yonnida mast, alastlar yigit qizlar... hiringlashib, ichib o’tirishibdi. Hamkasbi usha yerda kim bilandir gaplashib o’tirdi. Anvarga o’ylashi uchun sharoit kerak ekanini bilardi. Ichkari qorong’uroq. U yer bu yerdan chiroqlar yonib, o’chib turadi. Anvar navbatdagi suvni olib ichayotganda bir ayol uni turtdi. Qaradi, sochlarini to’zg’itib olgan bir mast ayol. Qo’lida qandaydir ichimlik bor. Sovuq tirjayib turibdi. Anvarga qarab: “Yahshi yigit, dam olmaymizmi? Siqilib o’tiribsiz? Yuring, ko’nglizni ochay!” dedi. Anvar ichida “fohisha, senlardan nafratlanaman” deb qo’ydi. Fohisha undan battar suykala boshladi. Uni qo’lidagi suvni olib, ichib qo’ydi. Keyin suvuq kuldi ham. Anvar unga nafrat bilan qaradi. O’chib, yonib turgan chiroqlar ularni yuziga tushdi. Uzoq tushib turdi. Fohisha kulishdan, Anvar nafratidan to’xtab, ikkalasini yuzida hayronlik tusi egalladi. Fohisha asta: “Anvar aka bu sizmi, ko’zlarimga ishonmayapman. Men Saidaman. Taniyapsizmi?” dedi. Anvar yana jim. Faqatgina kallasi bilan “ha” ishorasini qildi. Saida: “Qanday qilib, tuzaldingiz, axir siz... Bilasizmi, meni sizni uvollingiz urdi. Oilam bilan uzoq yashay olmadim. Ajrashib ketdim. To’g’rirog’i, xiyonat qilganimda erim ushlab oldi. Keyin o’z uyimga ham sig’dirishmadi. Ko’chada qoldim. Bilasizmi? Sizni rosa o’yladim. Sizga bo’lgan sevgim hali ham bor” didi. Unga javoban Anvar: “Yo’q, men sizni tanimayman. Men boshqa Anvarman. Iltimos meni tinch qo’ying. Uyda ikki sevgan ayolim kutmoqda. Bolalarim ham. Sizdakalardan nafratlanaman” deb aytdi. Va BARdan chiqib ketdi. Fohisha uni gaplarini pichirlab qaytarib qoldi: “Iltimos meni tinch qo’ying. Uyda ikki sevgan ayolim kutmoqda. Bolalarim ham. Sizdakalardan nafratlanaman”.... Anvar ikki ayol bilan yashashi taqdirida bor ekaniga ishon hosil qildi. Taqdir tushunchasini mohiyatiga yetdi. U Saidaga uylanmaganidan rosa hursand edi. Xudoni o’zi uni, undan uzoqlashtirish uchun shunday dard bergan. Bu dard orqali Zamirasini topgan. Zamirasini dardi tufayli, Madinasini topgan. Endi ularni hech qachon yoqotmaydi. Ularni qiynalib, sinovlarda topgani. Mehrni bo’lish shartmas. Ular o’ziga keragini olib olishadi. Bu baxt hammada ham emas. Tinch oila yaratish hammani ham qo’lida emas. Bu dunyo sinovli dunyo. Oyni 15 qorong’u bo’lsa, 15 yorug’. Sinovlarda toblangan odam, ertasiga albatta yarqiraydi. Toblanayotganda, olov domida albatta azobli bo’ladi. Bunga chidab, o’ta olsa, yarqiraydi...
Tugadi. Mualif: Giyos Manba: Sayyod.uz/forum
Sog' salomatlik...
|
|
| |