8 Март
|
|
SarVario | Сана: Сешанба, 06-Мар-2012, 09:00 | Изох # 1 |
Ответственный за русский форум!
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 22
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 459
Холати: Хозир йўқ
| Хурматли форумимиз кизлари, мухтарама онахонлар, мунис опа сингиллар! Сизларни кириб келаётган 8 Март Халкаро Хотин-кизлар байрами билан чин юракдан табриклаймиз! Бежиз айтишмайди, Сизлар борсизлар Олам мунаввар деб. Бахтимизга доим сихат саломат булинглар. Юзингиздан кулгу, лабингиздан табассум аримасин.
Маъмурият.
Всё самое интересное здесь - http://sayyod.uz/forum/40 SAYYOD.COM - мечты сбываются!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 18:11 | Изох # 2 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Silaga ikki og'iz tilagim bor edi! Go'zal qizlar va go'zal qizlarni dunyoga keltirgan aziz, munis ayollar,! Voy bizaniyam dunyoga keltirgan Gulchehralaru, Mukambarlar, doyim sog'ligilar salomatligilar bilan ko'nglimiz hotirjam etib yurilar. Sizga omad, xamma faraz qiladigan baxt tilab qolaman.
Sarvar aka bu mavzuni ochkaniz uchun raxmat!
Ey erkaklar (agar) bu mavzu aslida forum chatdanda tezroq to'lishga arziydi. Agar bu kun bazi diniy qoidalarga to'ri kelmaydi deganlar bo'lsa? Niyatimizni to'g'rilab tabrik yozishingizni tavsiya etaman. Zero bu gunoh bo'lmaydi insha Alloh.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
milawka | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 20:00 | Изох # 3 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
| Nimaga faqat erkaklar? Manam opalarimi örtolarimi tabrikliman. .Shu fursatdan foydalanib barcha ayollani uzimiyam bayram bn tabrikliman. Avvalo sog' bölaylik, Alloh hammamizga Mukammal Baxt bersin.Mehrga muxtoj qilmasin xamisha e'tiborda bo'laylik. .)
|
|
| |
bek88 | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 21:31 | Изох # 4 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Mo'mini sevdirgan mehir muborak, Ro'zada asqotgan sabir muborak. Bundanda ajoib bundanda go'zalroq , Ming bayramdan yaxshiroq _8 mart aziz ayolar kuni_ MUBORAK!
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
sherzod | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 22:06 | Изох # 5 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
| Avvalam bor wu kuni o'ylab xalqaro bayram deb belgilagan insonlarga raxmat. Asliga sizlar uchun xar kuni bayram nishonlasak xam kam. Bizni dunyoga keltirgan aziz onalarimiz, mexribon opa-singillarimiz, sevimli qizlarimiz uchun dunyoni jamiyki tilaklariyu sovg'alarini bersak xam kam. Sizlar borsizki xayotni barcha quvonchlari bizlarga totli. Sizlarsiz jannat xam go'zal bo'lmagan, sizlarsiz sevgi muxabbat paydo bo'lmagan, sizlarsiz oila xam butun bo'lmagan, sizlarsiz tarix xam kelajak bo'lmagan, xullas sizlarsiz dunyo butun bo'lmagan. Wunday ekan sizlarni nega qadrlamaylik. Nafaqat bu kun, balkim xar kuni sizlar uchun bayramdek o'tiwini tilab qolaman. Chunki sizlar bunga arziysizlar. Bayramingiz muborak aziz va latofatli go'zal qizlarimiz.
|
|
| |
Izzat_I | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 22:52 | Изох # 6 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 10
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 109
Холати: Хозир йўқ
| барча мунис аёларимизани байрам бн табриклиман она бу накадар ширин суз уни асраш авайлаш бизани бурч а 8 март буни еслатади бизага
|
|
| |
MARAT_89 | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 22:59 | Изох # 7 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
| kirib kelyatgan bayram bilan netolka forumdoshlar balki butu uzbekiston ayyollarni chin qalbimdan tabrikliman.
Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
|
|
| |
Nodira_M | Сана: Чоршанба, 07-Мар-2012, 23:05 | Изох # 8 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 125
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 410
Холати: Хозир йўқ
| 8 марта - женский день! Один из дней в году, Когда Вы вносите во все улыбок теплоту, Когда цветы цветут в душе! И в этот светлый час, как прежде вновь Пусть будет Вам сопутствовать: Надежда, Вера и Любовь!
Хорошо, что есть время, расстояние и трудности.. Порой, именно они дают понять кто Любит, кто Дружит, а кто.. не так уж и нужен...
|
|
| |
Dark | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 00:19 | Изох # 9 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
| Forumiston va butun onajonlarniyu-holajonlarni, opajonlaru-singiljonlarni, barcha ayollarimizni va alohida Sardor Kamilovni onajonlarini ham shu qatorda kirib kelayotgan 8-mart bilan chin yurakdan tabriklayman... Latofatli yuzingizdan tabassum, oilangizdan risq-u baraka arimasin... oilali ayollarimiz uylarida soglik salomatlik, shirindan shakar farzandlar rohatini kurishlik, hamisha bahordek zarif, go`zal bo`lib yurishlarini tilakdoshiman... hali turmush qurmagan qizlarimizni esa kelajakda ularni qadrlaydigan, kelin urnida qiz ko`radigan oilalarga erkatoy kelinchak bo`lib, yor yorlar ostida kirib borishlaring nasib qilsin...
yana bir bor tabriklayman... cheksiz lutf ila Dark...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 01:11 | Изох # 10 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Ana endi tabriklasak bo'ladi. 8mart halqaro hotin-qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha ayollarni, onalarimizni, opa-singillarimizni chin qalbdan tabriklayman. Doimo sog'-salomat bo'lib yuringlar. Eng yaxshi niyatlar sizlar uchun. Omad va baxt hamroh bo'lsin. Forumimizdagi opa-singillarimizga alohida tabrik. Yuzilardan kulgu, labilardan tabassum arimasin.
Omad
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Пайшанба, 08-Мар-2012, 01:14 |
|
| |
KAKA | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 01:49 | Изох # 11 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 127
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
| Ayolni ardoqla kungliga qara , Aylagin dunyoning gavharlarini. Hofizday tanitib poyiga bahsh et, Dunyoning eng guzal shaharlarini. 8-mart halqaro hotin-qizlar kuni bilan barcha O'zbekiston ayollarni chin qalbdan tbriklayman!!!!!!!!!!!!!!!!!1
Yulduz bo'lib to'g'ilmaydilar, balki yulduzga aylanadilar
|
|
| |
oybek | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 01:51 | Изох # 12 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| 8 mart haqida zamonaviy rivoyat
Yigit tong bo‘zara boshlashi bilan bozorga oshiqdi. Havo sovuq: bahorga o‘xshamaydi. U bozorga oshiqdi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olishga qaror qildi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli gul turardi. Lolalar! — Kim sotyapti? — so‘radi yigit yaqinroq borib. — Hozir keladi, — dedi sut-qatiq sotayotgan kampir. Yigitning yonida bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni o‘ziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash bor edi: hamma yog‘i tikilib, yamoq bo‘lib ketgan. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursa-da, ancha yil xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan, biroq ko‘zlarida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. Bechora sovuqdan ko‘karib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Yigitning unga rahmi keldi. Sinchiklab razm solgach, cholning piyonista emasligini, shunchaki ko‘p qiyinchilik ko‘rganini, g‘aribligidan uyalayotganini tushundi. Gul sotuvchi ayol chelakka yaqinlashdi. Chol botinmay bir qadam tashladi. Yigit ham. — Qizim, bir dona lola qancha turadi? — Yo‘qol bu yerdan, yaramas chol, sadaqa so‘ramoqchimisan, yo‘qol, — baqirdi gulchi xotin. — Menga bitta lola kerak, qancha turadi? Yigit cholning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rdi. — Bittasi?! Sen bilan pachakilashib o‘tiramanmi? Yo‘qol! — Sen baqirmasdan, guling qancha turishini ayt, — dedi chol sekin. — Donasi besh yuz so‘m, — dedi xotin kinoya bilan. Chol cho‘ntagidan ikkita ikki yuz so‘mlik chiqardi. — Menda to‘rt yuz so‘m bor, balki to‘rt yuz so‘mga berarsan? — so‘radi chol qimtinib. Yigit cholning ko‘zlarida shu paytgacha birorta erkakning ko‘zida ko‘rmagan alam va og‘riqni payqadi. — Yaxshi, hozir, — gulchi xotin mazaxomuz hiringlab, chelagidan bir dona lola oldi. Gul shoxchasi o‘rtasidan singandi. Chol lolani olib, uni to‘g‘rilashga urindi. Ammo gul o‘jarlik bilan pastga egilardi... Qariya qo‘lida singan lolani tutgancha yig‘lardi. — Menga qara, nima qilyapsan?! — yigit o‘zini vazmin tutishga urinsa-da, chidolmay baqirdi. Gulchi xotin birpasda kichrayib qolgandek bo‘ldi, ko‘zlarida qo‘rquv bilan indamay yigitga qarab turaverdi. — To‘xtang, — yigit cholning yengidan tutdi. — O‘v ahmoq xotin! Bir chelagi qancha turadi?! Javob ber! — E... a... — Sendan so‘rayapman, bir chelagi qancha turadi?! — 30 ming bo‘lsa kerak... Yigit cho‘ntagidan bir dasta pul olib, gulchi xotinning oyog‘i tagiga tashladi. So‘ng chelakdagi lolalarni olib, cholga tutqazdi. Qariya bu tuhfani bosh chayqab rad etarkan, unsiz yig‘lardi. Yigitning ko‘zlarida ham yosh qalqib chiqqandi. — Yuring, — yigit bir qo‘li bilan lolalarni ushlab, bir qo‘li bilan uning qo‘lidan tortdi. U shirinliklar sotiladigan rastaga qarab yurdi. Ixchamgina chiroyli bezatilgan tort sotib oldi-da, cholga o‘girildi. — Menga qarang, ota, mening pulim bor. Bu o‘ttiz ming cho‘ntagimga zarar qilmaydi, siz esa singan lolangiz bilan xotiningizning yoniga borishingiz yaxshi emas, axir bugun sakkizinchi mart-ku! Manavi gullarni, tortni olib boring, mening nomimdan ham tabriklab qo‘ying. Cholning ko‘zlaridan duvillab yosh oqa boshladi. Lablari titrardi. Yigit ortiq bu manzaraga qarab turolmasdi. U qo‘lidagilarni cholga tiqishtirib, ko‘zlarini kafti bilan artdi-da, tez-tez nari keta boshladi. Oshiqib ketib borarkan, ortidan cholning past, dardchil ovozda gapirgan gaplarini aniq eshitdi: — Biz... 50 yildan beri birgamiz... U kasal bo‘lib qolgan... Bugun sovg‘a bergim kelgandi...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 02:24 | Изох # 13 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Hiyoya uchun rahmat Oybek aka. Juda ta'sirli. Qoil. Добавлено (08-Мар-2012, 01:24) --------------------------------------------- Sokin tunda bezota qilib, Eng so'nggilar safida bo'lib. So'zlarimni guldasta bilib, Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!
Quvonaman juda judayam, Quvonchizdan quvonar olam. Garchi gullar tutolmasam ham, Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!
Bu sherni mehrimni parchash dedim, Har bir misrasini sizga atadim. Tabriklayman sizni azizim singlim, Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!
Sizga tilaklari hali ko'p bisyor, Baxtingiz gullasin go'yoki bahor. Ko'nglizda qolmasin zarracha g'ubor, Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!
Bu balki siz uchun katta sovg'amas, Balki bu umuman sovg'a ham emas. Bilaman baribir bundan quvonas, Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!
Omad
|
|
| |
Shahzod | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 03:24 | Изох # 14 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2066
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
| Barcha Ayollarimizani bugungi bayramlari bilan Tabrikliman va Doimo sog'liq Tilab qolaman !
★ Shahzod ★
|
|
| |
Vijdon | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 03:56 | Изох # 15 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 771
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
| Mana shu jumla xar doim mani xam o'ylantirib qo'yadi: "Ayollar erkaklarga qaraganda o'z kar'erasini qilib, katta muvaffaqiyatlarga erishishda ancha qiynaladilar, chunki ularning xotini bo'lmaydi" Borizga shukr! Xurmatli va mexribon, munis onaxonlar, bebaho xolajonlar, go'zal opa-singillar! Baxtimizga sizlar bor ekansiz, Xudo xoxlasa xayotimiz xamisha mazmunli o'tadi. Umringiz uzoq bo'lsin, bizdanda kuchli mexringiz undan-da ziyoda bo'lsin. Ilingan shirin tabassumizdan xar doim baxramand bo'lib yuraylik. Mehr olishdan va uni tarqatishdan aslo charchamang.
Bayramiz muborak bo'lsin... Chin ko'ngildan tabrikliman.
Bilimini sinab ko'rishni xoxlaganlar uchun uchun tez orada "Intellektual Ring"ning davomli sonlari!
|
|
| |
milawka | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 09:32 | Изох # 16 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
| Hammelaga butun forumimiz gözal qizlaridan TASHAKKUR. Iloyim sizday mehribonlar bor bo'lishsin. .
|
|
| |
nusrat8182 | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 10:10 | Изох # 17 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
| Aziz onalar,opa-singillar va forumimiz malikalari bayram muborak!Ayollar sizlar borsizki olam munavvar.Sizlar borligingiz u-n biz go'zalik deb atalmish nematni his qilamiz,farzand kulgisiyu quyosh taftidanda issiqroq mehrni his qilamiz.Buning u-n sizlarga doim tashshakur!Bugungi bayram muborak aziz ayollar!
Kutmoq va umid qilmoq kerak...
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 10:23 | Изох # 18 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| bugungi bayram bilan barcha forumdagi opa singillarimizni va ula orqali onajonlariniyu buvijonlarini tabrikliman. Aka ukalarim silaham onajonu opajonlarizi tabriklab qo'yila. Ayollarimizga bugun kottadan kotta baxt va omad tiliman, uyim joyim didigan yoringizni suyuklisi bb yurila)) Go'zallik silani hich qachon tark etmasin. BAYRAMILA MUBORAK BO'LSIN
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
NOZI | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 10:40 | Изох # 19 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat kottakon tabriklar uchun. Quvonchdan bowimiz osmon qadar yuksaldi. Barchangiz ozingiz uchun yaqim va qadrli ayollarni ham tanriklab qoyinglar
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 10:50 | Изох # 20 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Go'zallik axtarib dunyoni kezdim, Bir kuni erinmay oygacha chiqdim. Shu bugun men buni olaman tan, Sizdan go'zali yo'q, qizlar gulbadan.
Bugundan boshlab avval faqat faraz qilolgan baxtizga erishinga ayoll qizlar. Sababi sila baxtli bo'masela baxtli bo'lishga bermisila. Sila tinch yashaselar, bizni umrimizham uzoq bo'ladi. Silar sog' bo'selar aptekachilar uyida uhlidi.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
komol_76 | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 11:25 | Изох # 21 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Яхшиямки оллоҳ одам атога ҳамроҳ қилиб момо Ҳавони яратиб берган. Азиз ва муҳтарам аёлларимиз, онахонларимиз, опа-сингилларимиз! форумимизнинг барча йигитлари номидан, ўз номимдан, шу билан бир қаторда ўғилларим номидан ҳам барчангизни Баҳорнинг илк байрами, 8-март - Халқаро хотин-қизлар куни билан чин қалбдан муборакбод этаман. Барчангизга узоқ умр, сиҳат-саломатлик, хонадонингизга тинчлик-осойишталик, дастурхонингизга қут-барак, ўзингизга эса оддий АЁЛЛИК БАХТИни тилаб қоламан! Илоҳим хар бир кунингиз байрам, хар бир онингиз баҳор бўлсин! Доимо баҳор гулларидай чиройли, нафис, гўзал ва бетакрор бўлишингиз тилакдошиман!
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
loloshechka | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 11:30 | Изох # 22 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| Barchaga tashakkur,ktta rahmat . Shu qatorda man ham barcha onajon,opa-singillarimni tabriklayman.Har doim bahordek betakror bo'lishlarini tilab qolaman.Baxt,omad,totuvlik,hotirjamlik sizni va oilangizni tark etmasin.
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 11:31 | Изох # 23 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ey odam ko'zingni och! Mehir oqib ko'zlaridan. Qo'lini juftlab duodadur! Onadur ul mo'jiz zot.
Gulchehra, Boqiyahon, Mukambar onalar umringiz uzoq bo'lsin
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Bоnu | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 12:32 | Изох # 24 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Энг ажойиб табриклар бизнинг форумда бўлади ўзи. Рахмат йигитлар. Кўнглимиз тоғдек кўтарилди. Бизнинг бахтимиз сиз йигитлар билан бутун. Ака укаларимиз бахтимизга омон бўлинглар.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
|
| |
DiLinZaDa | Сана: Пайшанба, 08-Мар-2012, 14:05 | Изох # 25 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 639
Холати: Хозир йўқ
| Дорогие наши девушки, женщины, поздравляю вас с международным женским днем!)))
Sen uchun qadrli bo'lganlarni unutma.
|
|
| |