[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
O'zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi
toxaclubСана: Сешанба, 01-Мар-2011, 20:57 | Изох # 1
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 692
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 379
Холати: Хозир йўқ
Ona diyorimiz uzra bahor nafasi keza boshlagan mana shu yorug` kunlarda siz, azizlarni, butun O`zbekiston xotin-qizlarini 8 mart - mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan samimiy qutlab, barchangizga o`zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Biz betakror yurtimiz, go`zal o`lkamiz, barchani o`ziga maftun etadigan husunkor tabiatimizni ayollarimizga xos bo`lgan qalb saxovati, hayo va iffat, vafo va sadoqat tuyg`usi , sabr-bardosh va mehr-muruvvat fazilatlari bilan uzviy bog`liq holda, bularni Ollohning o`zi bizga bergan tengsiz va xosiyatli ne`matlar deb tasavvur qilishimiz tabiiydir, desam ayni haqiqatni aytgan bo`laman

Chindan ham, Yaratganning buyuk va beqiyos mo``jizasi bo`lmish ayol zotini ta`riflash va madh etish uchun har qanday yorqin timsol va tashbehlar kamlik qiladi.

Ayol deganda, ko`z oldimizda avvalambor aziz va mukarram Ona siymosi namoyon bo`ladi. Barchamizni yuragi ostida o`stirib dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan, o`zining oq suti, mehr-muhabbati bilan qalblarimizga olijanob insoniy tuyg`ularni singdirgan munis onalarimizga har qancha ta`zim qilsak, ularni har qancha ulug`lasak, arziydi, albatta.

Barchangizni go`zal ayyomingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.
Toleingiz baland, rizqi nasibangiz ziyoda, go`zallik va mehr-muhabbat doim sizga yor bo`lsin
Xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin!

01.03.2011 T.A.Azimov

 
madinaСана: Сешанба, 01-Мар-2011, 21:18 | Изох # 2
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 390
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 114
Холати: Хозир йўқ
Rahmat!:-)

don't worry! --------> be HAPPY!!!!!!!!!!!!! :))))) because life is beautiful!!!!
 
GulilolaСана: Сешанба, 01-Мар-2011, 21:32 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
RAHMAT.
 
SmileyСана: Чоршанба, 02-Мар-2011, 01:30 | Изох # 4
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 447
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 359
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Toxir smile

 
SUPER_GIRLСана: Чоршанба, 02-Мар-2011, 05:38 | Изох # 5
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 328
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 41
Холати: Хозир йўқ
rahmat toxaclub kayfiyatimizani kotardiz
 
SUPER_GIRLСана: Чоршанба, 02-Мар-2011, 07:34 | Изох # 6
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 328
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 41
Холати: Хозир йўқ
biggrin
 
GiyosСана: Пайшанба, 03-Мар-2011, 23:02 | Изох # 7
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Mana hademay 8 mart bayrami kirib kelmoqda. Bu bayramni ko'pchilik orziqib kutsa (ayollar), ko'pchilik kelmas ham mayli edi (erkaklar) deb kutadilar. Hazil. Nima qilamiz endi.
TABRIKLAYMIZ!!!

Bahor nafasi o'zi bilan 8 martni olib keldi. 8 mart bu biz uchun qadirli va ardoqli bo'lgan poyiga bosh eggan onajonlarimiz bayramidir. Qolaversa bir biridan go'zal qizlarimizni ham bayramidir. Bahorni bejizga yosh qizlarga o'xshatishmaydi. Chunki bahor ham qizlar kabi go'zaldir. Qizlarimizni go'zalik hech qachon tark etmasin. Har bir xotinu-qiz bu bayramni orziqib kutadi. Bu bayram ular uchun eng muhimi sovg'a emas balki e'tibordir. Har biringiz hurmat e'tiborga loyiqdirsiz. Bayram bilan barchangizni qutlab qolaman. Bu bayramlarda 100 chisin ko'rayotganizda biz ham yana tabriklayotgan bo'lili)))))


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 04-Мар-2011, 15:33 | Изох # 8
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
shaxsan man qizlani tabriklab, hurmat qilaman dib 8-martni kutib yashamam. Qachon imkon shu zahoti hurmatlarim, samimiyatim silaniki.
Loading...har lahza bir imkon.


Faqat 3 ta shart!
 
GulilolaСана: Жума-муборак кун!, 04-Мар-2011, 22:07 | Изох # 9
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
O' bravoo! BARCHELAGA E'TIBOR VA HURMAT UN RAHMAT!!
 
Anv@rbekСана: Сешанба, 08-Мар-2011, 01:09 | Изох # 10
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Aziz va mo'tabar xilqat bo'lmish go'zal va betakror ayollarimizni shaxsan mana shu Forumiston jonkuyar va faollari nomidan (shu joyida sal paxatakorlik qildim kechirgaysila) Dunyodagi eng ezgu tilaklarim keyingi uzoq va mazmunli hayotilaga doimo xamrox bo'lib yurishini chin dildan tilab qolaman.
Бириктирилиш: 6341791.jpg (34.6 Kb)



 
LoadingСана: Сешанба, 08-Мар-2011, 15:18 | Изох # 11
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
man roziman.

Faqat 3 ta shart!
 
SmileyСана: Чоршанба, 09-Мар-2011, 00:14 | Изох # 12
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 447
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 359
Холати: Хозир йўқ
Voy dodik. Raxmat kottakon. Bizani forumdi bollaga umuman gap yo, hammaligi molodci!!! Xursan qivordilayu smile

 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: