"ФАХРЛИ ИНСОН" ?    | Биз:  +99894 695-21-21 (+телеграм) |   Телеграм  канал:  @sayyoduz  | эл.почта: sayyod@gmail.com
 

     

Реклама бўлими: +99894 6952121
 
DBS 12. Bek8111 bilan! (+Jizzah sayohati) - Форумистон
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
DBS 12. Bek8111 bilan! (+Jizzah sayohati)
GiyosСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:04 | Изох # 1
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Assalomu Alekum DBS ni aziz o’quvchilari. Mana uzoq kutirilgan DBS ning navbatdagi soni yana davom etmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz, hammamizga tanish bo’lgan, Forumda Bek8111 nicki orqali tanish bo’lgan, Bekzod aka. Biz ular bilan suhbatlashish uchun takliflariga binoan. Jizzah shahriga bordik. Borgan kunimiz 07.07.2013 yil. Sayohatimiz haqida ham yozib ketaman.


Jizzahga yetib keldik.

Jizzahga ertalab, soat 8-30 da yetib bordik. (Jizzahga borganlar, Man G’iyos, Faxriddin, Nodirjon. ) Turgan joylarini qiynalmay topib bordik. Endi eshikni qulflagan ekanlar. Ichkarini ko’ramiz deganimizdan keyin, ochdilar. Ichkaridan bitta rangli printerni mashinaga soldilar. Ungacha ichkarini ko’rib turdik. Ichkarida endi, ustaxona. Diqqatimizni ikki rasm tortdi. Bu haqida keyinroq.


Bek akaning ishxonalari. Aynan shu joydan internetga kiradilar.

U yerdan Nodirni Sparkini qoldirib, boshqa mashinada Zomin tog’lariga qarab, 1,5 soat deganda bordik. Yo’lda Tandir kabob oldik. Zavtrak uchun.


Zomin tomon oshiqmoqdamiz. Yo'ldan tandir kabob olayotgan paytimiz.

Keyin Zomin suv ombori yonida rasmga tushdik. Qurt va boshqa narsalar sotishar ekan. Qurtdan oldik. Echki qurtini so’radim. Ikki joyda chiqdi. Oldim. Ot qurtini so’radim. Mani aldab, sigir qurtini berishdi. Joyida aldashganini etdim. Keyingi gal, Jirafani qurtini topib qo’yilar deb ketdik.


Zomin suv ombori. Usha yerdan qurt olayapmiz.

Dam olish uchun joyni, Zomin sihatgohi yonidan tanladik. Ajoyib manzara, ajoyib havo, ajoyib iqlim... Ta’riflashga rasmlar bor)). Birinchi bo’lib, jigar kabobni pishirib, so’ng tushurdik. Yo’q, ikkinchi ekan. Birinchi Tandir kabob edi. Keyin tog’ aylangani surdik. Manimcha bunaqa joyda dam olish kerak. DBS olish kerakmas. Bekorga vaqt ketqazib))). Bir yilda bir marta tog’ga borsak, mazza qilib dam olish kerakda)). Gulzor oralab, archazorda rasmga tushdik.


Zomin sihatgohi.


Mashina turar joyidamiz.


Yo'lda bel qotib qoldi))


Choyxona. Bek8111 vilkalarni artmoqdalar.


Faxriddin. Telefon kamerasini sozlamoqdalar




Jigar shashlik pishdi. Marhamat olilar.


Faqat 2 ta yiya olaman.


Biza mastermiza. Lyuboychasini yeb tashaymiz)


Sihatgoh sotuvchilari


Giyoh sotuvchi. Kak budto shu yerdan terilgan... Qattan terilganini bilmayman))


Sihatgoh old tarafida shu haykal bor ekan. Faxriddinmas, yonidagi qora narsa haykal))


Sihatgoh orqa tarafi. O'rmon. Faxriddin va Nodir


Bu ham


Sihatgohni orqa tomondan ko'rinishi.


DBS sayohatchilar komandasi. Biz shu joyda ayiq ko'rdik. To'g'ri rasmda ko'rinmayapti. Lekin rasmga hozir kim olayapti)))


Giyos



Sihatgoh yon tarafi


Bu usha ayiq, mani orqamda turgan. Boya bizni rasmga olgan. Ikkita maymoqmas, bakalashka ushlab turgan))) U yigit haydovchi Xurshid.Bek aka bilan yonma yon ishlashadi.

Sherbuloqga qarab yo’l oldik. Mani bu yerda ikki narsa hayratlantirdi. Birinchisi, mana bu tablo. Hamma joylarni km si bor. Lekin bu nimaga kerak? Va qanday transport boradi? Orginal yondoshuv. Har holda Toshkent borligiga ham rahmat))
Ikkinchi hayratlantirgani, buloq suvidan uyga olib ketmoqchi edim. Bakalashka yo’q edi. Usha yerda sotuvchi xolalardan so’rasam, bor deyishdi. Narxi... uzr. Man bo’sh bakalashkani 1000 so’mga olmayman. Arzoni, sal urinib qolgani 500 so’m. Uzr. Manga to’g’ri kelmaydi. Yaxshi, xaydovchida bor ekan. Suv olib oldim. Nu suv... ichida Calsiyga boy diyilgan ekan. Calsiylari ko’rindi. Ichib bo’lib, uyga qaytvotgan paytimda. Mazzasi yaxshi.



Sherbuloqga yetib keldik.






Mana bu usha yo'l ko'rsatkichlari. Kim qayerga bormoqchi edi?


Sherbuloqni tepasi


Sherbuloq haqida


O'rmonga kiruvchi bekorchi mardlar uchun.


Chavandoz Nodir


Sherbuloq suvi

Undan keyin, yana teparoqqa ko’tarildik. OOO. Bu yerda bizni Ming yillik archa kutib turgan ekan. Naqd ming yillik. Esdalik uchun rasmga tushdik. Usha yerdagi qo’riqchi, 2008 yil ishga kelgandim. Usha paytda ham 1000 yillik edi. Hozir ham deb qo’ydi)). Taxminan ming yillik ekanda.





Necha yildan beri, 1000 yillikdagi archa.


Fon zo'ra


Bek aka zo'ra


Sherbuloqdan, sihatgohga qaytish


Qo'llarni ko'tarib, baqirdik ham))

Keyin Sharsharaga qaytdik. Oxxxx. Suvni muzdekligini. Oyoqni uvishtirib qo’yayozdi. Fotosessiyani zo’rg’a qilib oldik. Muzdekligiga gap yo’q. Manzarasi super.


OOO Sharshara...


Sharsharaga yo'l... Qizlarni bo'yi past emas. Mani bo'yim baland))
















Keyin bir ikki fotosessiyadan keyin, dam olish joyigiga tushib, go’shtli kabobni ham pishirib, tushirdik))). DBS ni 10 daqiqasini Sherbuloqqa ketayotganda o’tkazgandik. Mashinani ichida. Qolganini Zomindan, Jizzah shahriga qaytayotgan paytda o’tkazdik.


Kabob pishdi.






Sizlar kabob yemisizlarmi?


Tarvuzxo'rlik. Juda ham shirin. Afsuski zo'rg'a yemoqdamiz. Yarimi qolib ketdi))

Unda keyin. Usha mashhur Jizzah somsasidan oldik. Afsuski vaqtimiz kam qolganligi sababli, somsani uyga olib ketishga to’g’ri keldi. Mazzasi super. (Bek aka, 2 tasi tugul 3 tasini ham bemalol yeya olarkanman)) ).


Somsa yeymiz deb kelgan edik.


Qaysi biridan olib beraylik?


Shu salafandagi bo'laveradi...


DO’STIM BILAN SUHBAT! 12 SON.
HAZILOMUS, QALTIS SAVOLLAR BILAN. ASABI BO’SHLAR, TARBIYACHILAR O’QIMASIN!!!)))

G’iyos: Tarjimaiy holingiz bilan tanishtirib o’tsangiz. Ko’pchilik bilarku, bilmaganlar uchun.

Bek8111: 1981 yil Jizzah viloyati, Zarbdor tumanida tug’ilganman. Oilaliman. Hususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanaman.

G’iyos: Oilangiz haqida ham qisqacha aytib o’tsangiz.

Bek8111: Ikki o’g’lim, bir qizim bor.

G’iyos: Kasbingiz haqida ham to’xtalib o’tsangiz.

Bek8111: Kasbim, shu komyuter va uning qo’shimcha qismlarining ta’mirlash bilan shug’ullanaman. Komyuter bilan bog’liq barcha muamolarni qo’ldan kelgancha hal qilaveramiz.

G’iyos: Nechi yildan beri, shu sohada xizmat ko’rsatasiz?

Bek8111: Mana shu 1 avgust kuni 10 yil bo’ladi. 2003 yil 1 avgustda boshlagan edik.

G’iyos: Bundan oldin, qaysi sohani egallashni hohlagandiz?

Bek8111: Yurist bo’lishni hohlagandim.

G’iyos: Yurist bo’lishizga nima to’sqinlik qilgan?

Bek8111: Yurist bo’lishimga, hayotdagi o’zimiz hohlamagan har hil muamolar... Sharoit.... Muhit ham.... (G’iyos: Nima sharoit? Nima muhit? Uylantirib qo’yishmoqchi bo’lishdimi? Moliyaviy tomondanmi?)... Uydagilar ko’proq hohlashmadi.

G’iyos: Qarindosh yoki tanishlarizdan kimdir yuristmidi? Nima sababdan qiziqqansiz?

Bek8111. Hech kim yo’q. Yoshligimdan qiziqardim shu sohaga.

G’iyos: Yoshligizdan qiziqib, keyin katta bo’lib, kompyuterga qiziqib qoldingizmi?

Bek8111: Komyuterga qiziqishim, shu litsey paytidan boshlangandi. (G’iyos: Qaysi litsiyda o’qigandiz?) Zarbdor tumani iqtidorli bolalar litseyida o’qiganmiz.

G’iyos: Shu bilan shu sohada ishlab kelayapsiz. Boya, ishxonangizda kirganimizda manavi rasmni ko’rdik. Shu rasm haqida...



Bek8111: Katta rahmatdan, kichik bo’lsa ham pul yaxshi degani. Endi, bir xil odamlarning kompyuterini ertalabdan kechgacha tuzatasiz, bitgandan keyin rahmat deb ketadi. Ushanaqalarga mo’ljalangan narsa. (G’iyos: Ushanaqalar ushanaqani o’qiydide deb o’ylaysizmi?). Kirgan odam har biri shuni o’qiydi. Shu sababli kiraverishga qo’yib qo’yganmiz. (G’iyos: O’zi uni qayerdan olgansiz. Internetdan olib, chiqartirib olganmisiz, yoki kimdir tashlab ketganmi?). Uni rasmini internetdan olingan, yozuvi boshqa yoqdan olingan. Keyinroq bu internetda ommalashib ketdi.

G’iyos: Ikkinchi rasm....



Bek8111: bu rasm, injiqroq mijozlar uchun qo’yilgan. Keyin, ko’pchilik kleib turib, ko’p savol beradiganlar bor. Arzimagan narsani qayta qayta so’raydiganlar uchun. Endi uni hamma ko’ravermaydi. Tushunmagan odamga savol beraverganda, shu tomonga bir qaratib qo’yamiz. (G’iyos: Tushunmagan odam, endi bunaqa narsaga ham tushunmaydi. Uni qo’yib nima foyda?) yo’q, tushunadi. (G’iyos: Tushunmagan tushunmaydi. Undan ko’ra shu rasmni o’rngiga reklama qo’yganiz yaxshi emasmi))) ). Tushunmagan odamga tushuntirishga harakat qilamiz.

G’iyos: Boya 3 ta ishxonam bor deb aytdingiz...

Bek8111: Birinchi joyim, bir firmada. U joyda ham, shu kompyuter xizmatlari bo’yicha. Ikkinchi joy, Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazida (Jizzah viloyati) ham kompyuter operatori bo’lib ishlayman. 3 chisi esa, o’zingiz ko’rgan joyda. Hususiy tadbirkorlik xizmati. Eng ko’p vaqtim ham shu yerda o’tadi. (G’iyos: internetga ham shu yerdan kirasiz) Internetga ham shu yerdan kiraman. (G’iyos: Kechalari ham shu yerdan topsa bo’ladi sizni) Kechalari ham shu yerdan topsangiz bo’ladi. Uyda bo’lmagan paytimda shu yerda bo’laman.

G’iyos: Hayotdagi Bekzod aka bilan internetdagi Bek8111 ni farqi.

Bek8111: Vertualda jiddiyroqman. Hazilga ham olib turishim mumkin. Lekin jiddiyroqman. Jiddiy odamga jiddiyman. Hazilkashga hazilkashman. Oyna misoli.
Hayotda ko’proq hursandchilikka mos yashayman.

G’iyos: 3 ta farzandiz bor. Shular qaysi sohani egallashini istaysiz. Bilaman. Hozir o’zlari tanlaganini deysiz. Sizni fikrizcha, hohshizcha?

Bek8111: O’zlari halitdan sohasini belgilab bo’lgan, o’zimni fikrimcha, o’zlariga qo’yib beraman. Baribir odam nimagadirga mo’ljalagni bilan bo’lmaydi. (G’iyos: sizga qo’yib berishmaganku) Men qo’yib beraman.

G’iyos: Yuridik kitoblarni o’ziz q iziqib o’qib chiqganmisiz?

Bek8111: Oldin hammasini yoddan bilardim. Vaqt o’tgan sayn, asta sekin esdan chiqib borayapti. Yiliga yangi qonun va farmoyishlar chiqib borayapti. Ularni o’rganishga vaqt yetmaydi.

G’iyos: Harbiy xizmatga borgansiz. Qaysi yillar?

Bek8111: Ha borganman. 1999 yil 2001 yillarda. Bir yarim yillik. Termiz shahri, Umumqo’shin harbiy qismida o’taganman.

G’iyos: Usha yerda qanday esda qolarni qiziqarli voqea bo’lgan?

B: U yerda har kuni esda qolarli voqea bo’lardi. Armiya hayot maktabi deb bekorga aytishmaydi. Armiyada, qilmagan ishingizni hammasini qilasiz. (G: Masalan. Uyda nima ish qilmagansizde. U yerda qilgansiz). Hayotda uyda qilmagan ishlaringizni qilasizda. Uydagilarni do’stlaringizni so’ginasiz. Qiziqarli voqealar har kuni bo’lardi. (G: Esda qolarlisi). Har kuni bo’lardi. Eslab qolmagan lekin. Eslasam aytib beraman))

G: Zo’r gap bo’ldide. Esda qolarli voqea har kuni bo’lardide. Lekin birortasi ham esimda qolmagan...

G: Endi nickiz haqida to’xtalib o’tsak. Bek8111 nickini tanlagansiz. 8111 bu tug’lgan yilingiz va oyingiz. Nima sababdan shunchaki ismizni tanlamagansiz?

B: Begzod nicklari juda ko’p, shu sababdan Bek8111 ni tanlaganman. (G: Unda nega kuni ham qo’ymagansiz?) Unda uzun bo’lib ketardida.

G: Forumga va saytga qachon kirib kelgansiz?

B: Forumga o’tgan yili 2012 yili fevral oyida kirib kelganman. Saytga esa bundan bir yillarcha oldin kirib turar edim.

G: Forumga qanday qilib kirib qoldingiz?

B: Forumga kirardimku, lekin qayeriga qanday yozishni bilasdim. Keyin G’iyos degan yigit bor edi. Ushanda maslahat so’rab so’rab, sekin sekin o’rganib olganman).

G: Forumga kirganizdan beri, forumda nimalarni o’zgartirdiz. Nimalarni yangilik qilib, olib keldingiz?

B: Yangilik qila olgan narsam, Jizzah haqida mavzu ochib, ushani ma’lumotlar, iqlimi, shahardagi o’zgarishlar bilan to’ldirganim. Boshqa yangilik qilmaganman. Boshqa mavzularda oz oz bo’lsada yozib, qatnashib, o’z hissamizni qo’shib kelayapmiz.

G: Jumboqlar va topishmoqlar mavzusida ham hozirda aktivsiz. Shunga savollarni qayerdan olayapsiz? Kitobdanmi? Yoki kimdir sizga berayaptimi?

B: Savollarni kitobdan olaman. Badiy kitoblardan kelib chiqamiz ko’pincha. Ko’pincha Toxir Malikni kitoblarini o’qiymiz. Detiktiv savollar ko’proq unda.

G: Shu savolalarni o’zizga berganda, o’ziz topa olarmidingiz?

B: Savolga boshida o’zim topishga harakat qilib ko’raman. (G: Topa olmaganizdan keyin forumga qo’yasizmi?) U savollar aslida savol bo’lib tuzilmagan. Bazi bir savollar birinchi javobi bilan beriladi. Shundan savol yasalishi kerak. Shunday yasash kerakki, bir uchi ko’rinib turishi kerak.

G: Nima sababdan o’zingizni berayotgan savol javoblaringizdan moderatorlarni ajratib qo’ydingiz?

B: moderatorlarni ajratib qo’yganim yo’q hech ham.... Masalan, o’zim forum haqida o’ylab tuzgan savollarimda.... Ular tez biladida. Forumda hammani taniydi. Ular tez topib qo’ygani uchun, ularni ajratganim sababi shundan. Forumdoshlar usha savoldagini qidirib izlasa, bir biri haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi. Usha maqsadda.

G: Lekin sizni hamma savollariz forum haqida emasku. Boshqa savollar ham bor. Badiy kitobdan olayapman deyapsiz. Badiy kitobda forum haqida yozilmagandir...

B: Yo’q, yo’q. Bu savollarga moderatorlarni aloqasi yo’q, faqat.. agar.. yutuqli savollar qo’yilayapti. Yutiqli, shu .. telefoniga 1-2$ pul o’tkazish orqali savollar qo’yilayapti. Kim topsa ushalarni telefoniga o’tkaziladi. Ular asosan forum haqida berilgandi. Forumdan kelib chiqib, tuzilgan savollar edi.

G: Shu o’rinda yana bitta savol. Mana shu pul yutiqli savollarga sizni munosabatingiz?

B: Munosabatim yaxshi. Qiziqish ortadi.

G: Qiziqishni pul bilan emas, boshqa narsa bilan uyg’otish mumkin emasmi?

B: Masalan nima bilan?

G: Pul bilan sotib olish...

B: Pul bilan sotib olish bo’lmayapti.

G: Bu yerda pul bilan sotib olish bo’layaptide.

B: Sotib olish emas. Asosan qiziqtirish.

G: Hop qiziqtirish. Qiziqitirishni pul bilan sotib olish bo’layaptide.

B: Pul bilan sotib olish boshqa narsa.

G: Nega. Mana masalan ko’pchilik pulga qiziqadi. Shu 1-2$ giz ham harnada. Telefon hisobiga. Shu sabab qiziqib o’yinga kiradi. Shuni qiziqtirishni boshqa yo’llarini o’ylab ko’rmaganmisiz?

B: Masalan qanaqa yo’li bo’lishi mumkin. Vertual olamda, faqat shu telefoniga pul tashash yo’li orqali o’tkazish mumkin. Masalan, sovg’a berish kerak bo’lsa, uchrashuvlarga borish kerak. U kelishi kerak.

G: Sovg’a ham baribir poraga kiradida. Boshqa qanaqa yo’li borligini man bilmadim endi. Shuni sizga savol qilib berayapman.

B: Boshqa yo’li haqida o’ylab ko’rmaganman hali.

G: Qiziqarli hikoyalar mavzusiga, yaxshi hikoyalar qo’yib borasiz. Usha hikoyalarni qayerdan olasiz?

B: Usha internetdagi saytlardan. (G: lekin man uni qidirib topa olmadimku). Voqealar yozib boriladigan maxsus sayt bor. Usha yerdan olaman. Kitoblardan skaner qilib olaman keyin.

G: Nima sababdan ko'p undov belgisini ishlatib yozasiz. Yoki shunchalar jo'shqinlanib. Hayajonlanib yozasizmi?

B: Ko’proq, yozganimni yetkazib berish maqsadida. Ko’proq his hayajonli gaplarga qo’yiladiku.

G: lekin sizni hamma gaplarizda deyarli borda.

B: Ishlataman. Lekin juda ko’pmasda. (G: juda ko’pamas, hammasida). Lekin hech e’tibor bermaganman undov qo’yishga. (G: hamma yozganlarizda undov, undov, undov. Yozgan gapizni birortasida undov qatnashmasa, u gap hisoblanmaydida). Endi bu odamni e’tiborini ko’proq tortishda. Nuqta belgisiga qaraganda, undov belgisi ko’proq e’tiborni o’ziga tortadi!

G: E’tibor tortish uchun gapni mazmuni ahamiyatli emasmi? Undovingizga qaraganda.

B: Mazmuni ahamiyatli. Undov belgisi, odamning psixologiyasini o’rganganda, e’tiborni ko’proq tortadi! So’roq bu qiynidigan gap. Odam psixologiyasi bo’yicha. (G: so’roq o’z nomi bilan so’roq gap) Ko’pchilikka so’roq gap yo’qmaydi. Olimlar tajriba o’tkazganda, so’roq belgisili gapga kam e’tibor qaratiladi. Undov belgisi bor gaplarga ko’proq e’tibor qaratilgan.

G: Siz bu gapingiz bilan so’roqli gap bo’lsa ham, undov belgisini qo’yib ketaverasizmi?

B: Yo’q, so’roqli gapga undov qo’ymayman. Savollarga undov qo’yamiz. Boshqa gaplarga undov qo’yamiz. Undov qo’yganda ko’proq odamni e’tiborini tortib, qiziqtiradi.

G: Qiziqtirishni boshqa yo’lini qilish kerakmasmi? Masalan qoraytirib yozish...

B: Qoraytirib yozish, endi kimdandir ajralib turish bo’lib qoladi. (G:undov ajralib turish bo’lmaydimi?) Undov ajralib turishga kiradi, lekin hamma ham sezmaydi. Endi hammani ham o’ziga yarasha uslubi borda. Kimdir ko’proq undov ishlatadi. Kimdir vergul ishlatadi. Kimdir umuman tinish belgisi ishlatmaydi. (G: Kimdir uchta nuqta ishlatadi. Kimdir qavs ishlatadi, kulish belgisini) Smaylik qo’yishadi.

G: Nega qanaqadir savol berishsa sizga. Masalan, siz xaqizda xaqiqat. Shunga ha demasdan, uzoqdan olib kelib, falsafiy gaplar bilan, misollar keltirib, chuntirib berib, to’g’riligini tushuntirib berasiz. Shuni oddiygina HA deb aytishiz qiyinmi? Sabab? Falsafona qilib olib kelasiz.

B: Ha to’g’ri desangiz ham bo’ladi. Odamga shu xaqida tushuncha bersangiz, usha narsa ko’proq esida qoladi.

G: Tushunchasi bor odam sizga savol berayapti. Shu shunaqami deb. To’g’rimi deb.

B: Tushunchasi bor odam sizga savol berayaptiku. To’g’ri, ha deb javob bersangiz ham bo’ladi. U narsa e’tibor... hiii, nimasida, esida qolmaydi. Agar misollar bilan tushuntirsangiz, u yanada qiziqroq bo’ladida, ham tushunadi. Misollar bilan tushuntirib bersangiz, unda yana savol tug’iladi...

G: To’xtang. Esda qolishi, qolmasligi sizning muamoyingiz emasku. Agar o’ziga kerak bo’lsa borku, eslab qoladida. Qanaqa usul bilan bo’lsa ham. Siz majburmassizku unga, eslatib qolishiga.
(Bu joyida bir birimizga gap bermadik. Shu ikkimiz o’z fikrimizni qaytarib, qaytarib, oxiri bir birimizga gapirishga navbat berdik. Mashinani ichidagi boshqalar uhlay olishmadi ham. Uyg’onib ketishdi. Haydovchi o’zini kulgudan tiya olmadi)) )
B: Hamma odamda har hil bo’ladida. Endi siz usha savolga atroflicha keng qilib javob bersangiz. Savol bergan odamda, qayta savol tug’ilmasligi ham mumkin.

G: Siz savoli tug’ilguncha, savolini esdan chiqarib, o’ldirib qo’yvossizku.

B: Agar boshqa narsani bilmoqchi bo’lsa, savol beradide, usha narsa haqida ham misollar olishi mumkin.

G: Misollar olishi mumkin. Siz...

B: Fikrlash doirasi ham kengayadi.

G: Faylasufmasmisiz oka siz?

B: Yo’q, faylasufmasman))

G: Nega unda hozir faylasufona gaplarni gapirayapsiz?))

(Mazza qilib kuldik)

B: Har kim faylasuf bo’lishga harakat qilish kerak.

G: Hop, harakat qilish kerak. Lekin siz faylasaufmasman deyapsiz. Unda sizga harakat qilib, nima keragi bor. Bekorga shuncha odamni vaqtini olib, shuncha yozuv yozib. Uzoqdan olib kelib, To’g’risini aytganda ham, savolga javobni uzoqdan olib kelib, aylantirib, keyin ha to’g’ri degansiz. Javob ma’nosi ushada.

B: Hamma har hil tushunadida. (G: Yoki bu ham e’tibor tortishmi?) yo’q. Kimdir bitta so’z bilan tushunadi. Kimdir atroflicha tushuntirib bersangiz, “VOOO” deb tushunadi. Diqqatni tortib, ha bunaqa ekan, bunaqamas, bunaqa ekan deb tushunadi. Kimdir to’g’ri aytsangiz yetib boradi. Kimgadir aylantirib aytsangiz yetib boradi. Forumda endi ko’pchilik o’qiydi. To’g’ri tushunadiganlarga ha deb javob berganman. To’g’ri tushunmaydiganlariga, aylantirib, kengroq qilib tushuntirib berganman.

G: E’tibor tortish uchun deb qo’ya qoling.

B: e’tibor tortish uchun ham bo’lishi mumkin.

G: Mana qarang, yana tan olmasdan, uzoqdan olib kelib tushuntirayapsiz. Ha deb qo’ysangiz bo’ladiku. Mana yana misollar keltirasiz. Aytayotgan narsam bu yerda bo’layapti. To’g’rimi? Isbotlab berdim sizga shu narsani. Faylasuflikka da’vogarlik qilayotganizni.

B: Da’vo qilganim yo’q, hech nimaga da’vogarligim yo’q.))

G: Da’vogarligiz yo’q, lekin da’vogarlik qilayapman deb qo’ying)) O’ziz etdingizku, faylasuf bo’lishga intilish kerak deb) (Faxriddin, odam faylasuf bo’lishga intilish kerakmi? Faxriddin (uyg’onib ketib. Uhlab kelishayotgandi. Charchashganda): Yo’q). Demak hamma bu fikrda emas ekan.

B: Endi kim qanday fikrlaydi, har kim o’ziga...

G: Nega unda hammani nomidan javob berayapsiz?

B: Yo’q, odam faylasuf bo’lishga harakat qilishi kerak.

G: Odam deyapsizda, boya har kim deb aytdingiz.

B: Hohlaymizmi, hohlamaymizmi, o’zimiz bilmagan holatda shu narsaga kirib qolamiz. Mana siz ham, birorta savol bersam....

G: Mana yana olib qoachayapsizda.

B: O’ziz bilmagan holatda tushuntirib qo’yasiz.

G: Yana olib qochayapsizda, qarang.

B: Yo’q, olib qochganim yo’q.

G: Quvladingizmi unda))

G: Keyingi savolga o’tamiz endi. Sizdan 1-2-3-4 chi muhabbatlaringiz haqida so’rasak... Forumda ham, statuslarizda ham shu muhabbatlaringiz haqida javlon urib yozasiz. Ko’pchilik, nahotki Bekzod aka ayollarini shunchalar sevsa deb o’ylaydi, afsuski qarasa... boshqa insonga atalgani bilinadi... Muhabbatlaringiz haqida savol beramiz.

B: Muhabbat haqida gapirishga til ojiz deydiku. Birinchi muhabbat, ikkinchi muhabbat, uchinchi muhabbat. Birinchi muhabbatim, kasbimga bo’lgan muhabbatim. Kompyuterim. Hamma narsadan ustunroq qo’yadiganim. (Faxriddin: Komyuter ikkinchi xotin bo’lishi mumkinmi?) Mumkin. Kim qanday qabul qilishiga bog’liq. (Faxriddin: Sizda birinchisimi yoki ikkinchisimi?) Birinchisi.

G: Mayli. Man hissiyotli muhabbat haqida aytayapman. Anavi... ayollarga, qizlarga bo’lgan muhabbat haqida aytayapman.

B: Ayollarga, qizlarga bo’lgan muhabbat haqida? Ha, oldin bir inson bo’lgan. Ushani yaxshi ko’rganman. Undan keyin, hozirgi ayolimni yaxshi ko’rganman. Endi o’tmish... (G: Shu o’tmish varraqlarini ozgina varraqlaylik. ) hohlaymizmi, hohlamaymizmi o’tmish o’zi eslatib turadi. Har zomon o’tmish kelib turadi. O’zi eslatib.

G: Nima sababdan muhabbat yo’llaringiz ayro tushdi.

B: Yo’limiz ayro tushgani, endi uni uydagilari (G: Nima dedi uydagilari?) Rozi bo’lmadi. Yo’q degan.

G: Nega yo’q dedi. Sizni nima kamchiligiz bor edi?

B: Balki yoqmagandirman. (G: Nima hislatingiz yoqmagan). U paytda hech joyda ishlamasdim. (G: Nega ishlamasdingiz? ) O’qimagandim. (G: Nega o’qimagandingiz?) U payti endi maktabni bitirgan paytim bo’lgan. (G: uni vaqtli uzatib yuborishganmi? Yoki uni vaqtli uzatib yuborishganmi?) Yo’q. Vaqtli uylanmoqchi bo’lmaganman. Unga vaqtli sovchilar kela boshlagan. Keyin jo’nating degan. Uydagilarni jo’natganman. Uydagilarga norozi bo’lgan. Uydagilar esa faqat bir marotaba boramiz , Yo’q desa qaytib bormaymiz deyishgandi. Bir martaga rozi qilgandim. Keyin yo’q deyishdi. Boshqaga turmushga chiqib ketgan.

G: Xarbiy xizmatdalik paytizda xatlar yozishgan ekansizlar. Usha xatlaringiz mazmuni qanaqa edi? Sevgi maktublari bo’lgan ekan.

B: Xatlar yozganmiz. To’g’ri... oxirigacha kurashganmiz, lekin ilojisi bo’lmagan. Xatda asosan, o’zimizni hol ahvolimiz. Sevgi muhabbat haqida yozganmiz.

G: U nima haqida yozardi?

B: U oddiy narsalar yozardi. Muhabbat haqida yozardi. Kam edi. Uydagilarim nima desa shu bo’ladi deyrdi.

G: Xarbiy xizmatdan ta’tilga usha qizni ko’rish uchun kelgan ekansiz deb eshitganman...

B: To’g’ri. Ta’tilga aynan uni ko’rgani kelmaganman. O’zi 3 marta ta’til olganman. 2 marotabasida o’rnimga 2 ta o’rtog’imni yuborganman. 3 chisida o’zim kelganman. Sababi, shu fotixa to’yi bo’lishidan oldinroq edi. (G: Kelib, fotixani buzmoqchi bo’lganmisiz?) Yo’q, bu maqsadda kelmaganman. Armiyadan qaytganganimdan keyin to’yi bo’lgan. U paytgacha to’yi hali bo’lmagandi. Lekin harakat qilib ko’rganman. O’zi aytgandi, qo’lizdan nima kelsa, ushani qiling deb. Agar qo’lizdan kelsa, fotixani qaytaring degan. Keyin... (G: Ushanda qo’lizdan nimalar kelgan?) Endi ko’p ish qilganmiz... (G: masalan) Uyidagilar... Kuyov bolani o’zini chaqirib, tushuntirganmiz, baribir tushunishni hohlamagan. (G: Kuyov bolaga etmaganmisiz, man bu qiz bilan yurganman deb) Yurganman deb aytmaganman. Lekin yaxshi ko’rishamiz bir birimiz deganman. U ham yaxshi ko’radi, men ham yaxshi ko’raman deganman. Lekin tushunishni hohlamagan. Mayli farqi yo’q, uylanaveraman degan.

G: U qiz shunaqangi go’zal edimi? Shunaqangi fazilatlari zo’r edimi?

B: Gap go’zallikda emas. Endi usha paytlar chiroyli ko’ringan. Ushani uchun yaxshi ko’rganman. Lekin yetishmaganimga ham, Hudoga shukur qilaman. (G: Nima sababdan?) Sababi, Mana shu darajaga kelishimga ham, usha narsa sababchi bo’lgan. Usha uydagilarini aytishi bo’yicha, hech joyda ishlamaydi, tuzukroq kasbi yo’q, (G: Bekorchi degan) bekorchi emasdimku. Komyuter bilan ishlardim. Komyuter bilan ro’zg’or tebratib bo’lmaydi deb uydagilari shunday qaror qabul qilishgan. Shuni hisobidan...

G: Shu sevgan qizingizni deb, ko’chada bir necha marotaba mushtashgan ekansiz. (o’sha uchrashib yurgan paytlarizda).

B: To’g’ri, mushtlashuvlar bo’lgan. Endi, adashmasam, har bitta odamni boshida bo’lgan narsa...

G: Yo’q, masalan man hali qizlar deb mushtlashmaganman.

B: Endi, bizni boshimizda shu narsa bo’lganda. Usha qizni yaxshi ko’radiganlar juda ko’p edi.

G: Endi shuni, tinchlik yo’li bilan. Yoki qizni o’zini hohshi bilan amalga oshirsa bo’lmasmidi?

B: Endi buni oshiqlari tushunmasdida))

G: Qizni o’zi aytsa bo’lmasmidi? Manga faqat Bekzod aka kerak... Shunday deb aytsa..

B: Ular tushunishni hohlamasmidida... Shuni aytadida, muhabbatni ko’zi ko’r bo’ladida deb. Ular shu darajada yaxshi ko’rib qolganki, ko’ziga hech nima ko’rinmasdi. Aynan shunaqa degani uchun ham mushtlashuvga kelardi. Agar mushtlashsam, voz kechib yuboradi degan ma’noda.

G: Mana siz shuncha kurashib, kerak bo’lsa qon to’kib bo’lsa ham erisha olmadiz. Shu paytda, yuqorida aytganizdek, qo’lizdan kelgan barcha ishni qiling deb, so’ngi yo’l sifatida... Nima desa bo’ladi. Uni o’zizniki qilib olishiz uchun imkkon bersa, yani siz bilan alohida kvartiraga bir kunga chiqishga rozi bo’lsa... Siz bu imkoniyatdan foydalanarmidingiz?

B: Yo’q.

G: Nima sababdan rozi bo’lmasdiz. Xarbiy xizmatdan shu qizni ko’rgani kelgan ekansiz.

B: Har doim to’g’ri tarbiya berishgan. Hamma narsani to’g’rilikcha qabul qilib, to’g’rilikcha egalik qil deb. Mana har narsaga erishishiz yo’lida, ikkita, uchta yo’l turadi. To’g’ri yo’l har doim qiyin ko’rinadi. To’g’ri yo’ldan borsangiz to’g’ri. Unga boshqa yo’ldan erishsa ham bo’lardi masalan. Aynan boshqa yo’l bilan erishishni o’zimga ep ko’rmaganman. Sababi tarbiyamiz boshidan shunaqangi o’rgatilgan.

G: Tarbiyangizda, ko’chada bolalar bilan qiz talashib urishish bor edimi?

B: Tarbiyamda, ko’chada bolalar bilan urishish yo’q edi. Endi ular sizga kelib, tushunishni hohlamagandan keyin, boshqa ilojiz yo’qku.

G: Bu yoqda qiz ham kelib, rozi bo’lib turibdiku. (bir kunga)

B: Qiz kelib tursa... undan deb kelmasdi birinchidan. Sababi uni shunaqa deyishini bilib turib, yaxshi ko’rganman. Bo’lmasa, bunaqangi harakterli qiz bo’lganida yaxshi ko’rmasdim. Birinchi yaxshi ko’rishdan oldin, harakterini o’rganib chiqib, kuzatib, qandayligini bilib... undan keyin...

G: Sinfdoshiz bo’lgana?

B: Yo’q. Sinfdoshim bo’lmagan. O’zimdan ikki yosh kichik.

G: To’yingiz nechanchi yil bo’lgandi?

B: Meni to’yim 2006 yil bo’lgan. 25 yoshimda. Uning to’yi 2005 yilda.

G: To’g’risini aytgandadagi javoblarizni taxlil qilsak. Pul berib turgan ekansiz. Singlisi orqali.

B: Endi, o’zi yordam so’rab kelgandan keyin, yordam berganman.

G: Lekin u yerda men singlisi orqali yordam berganman degansiz. Qanaqa tushunish kerak.

B: Pul olmagandi. Yordam so’rab kelardi. Masalan, biror tashkilotda ish ochmoqchi edim. Tashkilotga qanday borsa bo’ladi. Siz yaxshiroq bilasiz. Shunday borsam bo’ladimi? Endi hozir tanish bilishsiz ish bitirish qiyin. Endi ayol kishi bo’lgani uchun, o’zi borsa unga, har hil ko’z bilan qaraydigan odam bo’lishi mumkin. (G: Birga borgansizlar) Birga bormanmiz. O’zim borib. Yoki telefon orqali hal qilib berganman.

G: Olib qochmang. Pul haqida gaplashayotgandik.

B: Olib qochayotganim yo’q.

G: Qancha bergansiz?

B: Pul, endi qancha kerak miqdorida berib turgan ekanman. O’zimni sharoitimdan kelib chiqqan holatda. Ortgan pulimdan berganman. Lekin o’zimga yetmay turgan payt bermaganman.

G: Usha loyihada, ayoliz rashk qilmaydimi deb savol berishganda, yo’q deb javob bergansiz?

B: Rashk, endi to’g’risini aytsa, har bir ayol rashk qiladi. Lekin kimdir shuni ko’rsatadi. Kimdir ko’rsatmaydi. Lekin men o’zimni ayolimda buni ko’rmaganman. Rashk qilganini. To’g’ri tushunishga harakat qiladi. Har doim to’g’ri tushunishga harakat qiladi.

G: Nega ayoliz forumga kirmaydilar?

B: O’zi hohlamaydi. O’zim bir necha marta olib kirmoqchi bo’ldim. Hohlamadi. Internetga, forumga qiziqish yo’q, lekin...

G: Keyingi savolga o’tamiz. Lekinni qo’yib turaylik. (B: lekin...) Jim turing. Manavi yerda yaxshi savol bor))) Pul berganizni sevgan qizim bilmaydi dediz. Singlisi orqali berganman dediz. Hozir ham bilmaydimi?

B: Bilmasdi. Yaqinda bildi. (G: Qachon bildi?) bir oy, bir yarim oylar bo’ldi. Siz yordam bergan ekansiz. Qaytaraman pulingizni deb, nima qildi. Endi keragi yo’q dedim. O’tib ketgan narsani nima qilish shartamas.

G: Qanday qilib bilib qoldi?

B: Usha singlisi aytgan. Usha orqali bildi. To’g’rirog’i singlisi emas, jiyani bo’ladi. Singlim deydi.

G: loyihada mana bunday degansiz: Тугри пул берганимда олмаган. Тугриси пулни бошка киши берган. Лекин у кишига мен берганман! Кейин у пулни уша кишига кайтарди. Лекин буни мен берганлигимни уша киши ва мен биламан холос! У узи билмайди! Уртадаги киши аёл киши унинг синглиси!

Lekin undan oldin.

Хиёнатдан куркишга куркаман! Аёлимга эмаслиги хам аник! Севган кизим бор эди. У хали хам бор. у билан гаплашиб тураман хали хам. Факат интернет тармогида. Реал хаётда у мени танламаган. Тугрироги мендан воз кечган ва бундан афсусда. Хозир оиласидан ажраган. Деярли купгина статусларим унга аталган. Реал хаётда жуда кам учратаман уни. Унда хам гаплашмайман. Факат виртуалда. Аклим билан кунглимга кулок соламан доим. Буни аёлим хам билади. Ахли аёлимдан у хакидаги хеч нимани яширмайман.
Тугриси хозир у хам мана шу сайтни мехмон булиб кузатиб утирибди!

Shu yerda ba'zi tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Kim kuzatayotgandi. Ayolizmi? Yoki birinchi muhabbatizmi? Shunday bo'lsa qanday qilib bilmadi pul berganizni? Umuman birinchi muhabbatiz sayyod.com ga kiradimi? Agar ayoliz bo’lsa...

B: Ayolim.

G: Bundan oldin, ayolim umuman internetga kirmaydi dedingiz.

B: Kirmaydi.

G: Kirmaydi dedingizku.

B: Kirmaydi, faqat o’zim qiziqtirib, aytganimda, man haqimdagi narsani o’qishga kiradi, yoki o’qib bering deydi.

G: Nega unda, kirmaydi dediz bundan oldin?

B: O’zi mustaqil kirmaydi.

G: Balki bu yerda sevgan qiziq haqida aytgandirsiz. Vertualda gaplashib turaman degansiz. Nahotki vertualda gaplashib turgan odamizga, o’ziz haqizdagi bo’layotgan voqeani unga etmasangiz. Masalan sevgan qiziz, shuncha yil gaplashgansiz, yana gaplashvotganakansiz. Hoziram gaplashvotganakansiz, balki boya usha bilan telefonda gaplashgansirsiz.

B: To’g’ri tushunadi ayolim.

G: Ayolizmas, Hozir sezgan qiziz haqida gaplashayapmiz. U forumga kiradimi?

B: Yo’q. Kirmaydi. To’g’risi, forum haqida ikki – uch marotaba qiziqtirib, harakat qilib ko’rdim, qiziqmadi. Yo’q, u narsa kerakmas deyaptida. Ish yuzasidan agentda o’tiradi. Odnoklassnigi yo’q.

G: Mana azizlar, o’qidilar, Bekzod aka ikki xil varyantda javob berdilar. Ayolim umuman internetga kirmaydi didilar. Keyin man haqimda narsa bo’lsa kiradi dedilar.

B: To’g’risin aytgadaga kirgan...

G: Mana endi fortishkaga ketdi))

B: To’g’risini aytgandani o’qidi lekin.)) ushani o’qidi))

G: Mana bitta ushani o’qibdilar.

B: hech nimani yashirmayman. Hamma narsani aytaman. Borini. Kim bilan, nima haqida, qachon gaplashsam. Hammasini aytaman. Hammasini o’zim aytganim uchun to’g’ri tushunadi. Boshqa birovdan eshitgandan ko’ra, o’zimdan birinchi eshitgani yaxshi.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:07 | Изох # 2
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
G: Manga kelgan savollardan.... Javob berishga harakat qilasiz. “ Ko’p kuzatganman. Ishxonada, turli suhbatlarda, aksaryat erkaklarni sirli, g’oyibona sevgisi bo’ladi. Lekin shuni turmushga ko’chirishsa, oilasiga nisbatan hudbinlik bo’ladi. Ular mana shu ayol qiyofasidan ilhom olib, oldinga talpinib yashashadi. Sizdachi?

B: Ko’chadagilarga qarab unaqa qilmayman. Sersevgi inson emasman. Usha faqat bitta odamni yaxshi ko’rganman. Endi usha o’tmishda bo’lgan, o’tmishni xatosini biz to’g’rilay olmaymiz. Hohlasak, hohlamasak ham. Hozirgi kunda ayolimni yoqtiraman. Ko’chada ko’rgan odamimga havasim kelishi mumkin, lekin sevgi emas. Shunchaki kiyinishiga, chiroyiga, odobiga, o’zini tutishiga, xulqiga, taritib intizomiga havas qilishim mumkin. Lekin bu sevgi emas. (G: sevgimas, shunchaki yoqtirish.) Yo’q, bu qandaydir usha narsaga (G: O’rganish) yo’q. (G: Qiziqish).. usha meni qiziqtirgan narsasiga bo’lgan hurmatim. Masalan tartib intizomiga bo’lishi mumkin. (G: Figurasi bo’lishi mumkin). Yo’q. Hech qachon figura uchun anaqa qilmaganman. (Bitta kulib qo’ydik)

G: Oila ma’sulyati sizni ta’rifingizda.

Oila ma’sulyati bu katta ma’sulyat talab qiladi. Bu salgina xato qilsangiz oila izdan chiqib ketishi mumkin. Huddi bir tepalikdan katta suv tushib ketayapgandek tasavur qilsangiz, uni salgina bursa, boshqa tomonga yo’nalib ketishi mumkin. Ushanga, unga katta e’tibor qaratish kerak. Eng ma’sulyatli narsa usha. Oilani suvdek tasavvur qilaman.

G: Yana sizni Toshkentda bir qizmi, ayol bilanmi aylanib yurganizni ko’rishgan ekan. Bu kim edi? Birnchi mi yoki ikkinchi , uchinchi muhabbatmi?

B: Kim bilan? (hayratlanib)

G: Bir shim kiygan, qizmi, ayol bilan ko’chada ko’rishgan ekan. Shu qanchalik xaqiqatga yaqin.

B: U tanishim bo’lishi mumkin.

G: Tanishiz bilan rasmga tushib yurasizmi? Qo’l ushlashib?

B: Rasmga tushirgan bo’lishim mumkin. Lekin birga rasmga tushmaganmiza. Qo’lma qo’l ushlashib yurmaganman. Keyin bunaqa tanishlarim ko’p. Ko’pchilik komyuter va boshqa texnika olib berishimni so’rashadi. Toshkentga keladigan kunim aytaman, birga kelishadi. Shunda u rasmga tushadi. Men rasmga olib qo’yaman. Endi qaysi biri ekanini rasmini ko’rsatsangiz, kimligini aytardim. Menimcha kimgadir yordam berish, noto’g’ri emas.

G: Afsuski usha rasmlar bizda yo’q)). Endi bu oilangizga, ayolingizga, birinchi sevgingizga hiyonat emasmi?

B: Yo’q, ular hammasi taniydi, tanishimni biladi.

G: Endi taniydi, taniydi deb, qo’l ushlashib yurish yaxshimi oka, 3 ta bolalik odamga.

B: Qo’l ushlashib yurmaganman.

G: Endi biza qanaqa qilib ishonamiz sizga?

B: Endi qo’l ushlashib yurgan bo’lsam, qani fakt))

G: Endi bizada fakt yo’qda. Bo’lganda qaniydi))

B: Endi buni kimdir ko’rishi bilishi shart emas. Hamma o’ziga to’g’ri bo’lishi kerak. Qilgan ishimni qildim deyman. Qo’rqadigan, uyaladigan joyim yo’q. Hech kimdan tilim qisiq joyi yo’q. Hudoga shukur.

G: Odam, to’g’riman deb, hohlagani bilan yurishi mumkin demoqchimisiz bu bilan?

B: Hohlaganim bilan yurganim yo’q, ish yuzasidan borgandim. Shu yerda rasmga tushuring degandi, rasmga oldim, bo’ldi.

G: Ish yuzasida, qanaqa ish yuzasidan bo’lishi mumkin. Rasmga tushurish ishmi?

B: Komyuter olib bering dedi. Kompyuter olib berishga bordim. Keyin Toshkentni chiroyli binolarini oldida rasmga tushaylik dedi. Rasmga oldim.

G: Endi bu bir bahonade oka.

B: Endi kimdir bahona deb o’ylashi mumkin.

G: Bahonani sababi bo’lmaydi deyrdiz.

B: Kimdir bahona deb o’ylashi mumkin.

G: Kimdir o’ylashi mumkin to’g’ri. Lekin bu bahonamas, sabab, to’g’ri.

B: balki sababdir, balki bahonadir. Lekin hamma narsa niyatga bog’liq. Niyat to’g’ri bo’lsa, hech narsa noto’g’ri ketmaydi.

G: Keyin yana, forumdagilar bilan suhbatda aytishdi, Bekzod aka, qizlarga nisbatan... hiiiii. Bir.... shilimshiq... yo’q. Shilqim.... Chiroyliroq qilib aytaylik... Sere’tiborroq ekansiz? Shunga fikriz qanaqa?

B: Faqat qizlargami? (G: mayli, ayollarga ham), o’g’il bolalarga nisbatan ham e’tiborroq qarataman. Kerak bo’lsa bu haqida o’zizga ham aytganman. Forumdoshimiz qanaqa ekanligi haqida. Ko’pini tushunmaganimni o’zizdan so’raganman. Ko’pchilikni taniysiz deb. (G: Mayli, hop, bu yerga mani aralashtirmangda, aybdor qilmangda...) Aybdor qilganim yo’q. (G: ... Savolga javob bering oka. Nima sababdan, ayollarga, qizlarga nisbatan shilqimlik qilasiz?) Shilqimlik qilmaganman, nimaga? Kimga qilibman. (G: Qattan biliy man. Shunaqa deb aytishdi. Shilqimroqlar deb. Nimaga bunaqalar, so’rab bering diyishdi). Kimga shilqimlik qilgan ekanman. Isboti bilan aytishsin. (G: Isbotini keltira olmaymanda. Bu yerda anonimniy bo’lishi kerak... DBS sirlari bor endi). Hech kimga bunday qilmaganman.(G: Shilqim holatlariz bor lekin) Shilqim holatim yo’q. (G: Nega unda forumdagi ayollarni yo’ldan urmoqchi bo’ldiz?) Kimni yo’ldan urmoqchi bo’libman? (G: Har hil gaplar gapirib, anaqa qilib, ubu gaplar, nito gaplar gapirib, harakat qilibsiz. Keyin druzyasidan udalit qilib yuborishibdi. Keyin boshqa ijtimoiy tarmoqdan kechirim so’raganizdan keyin qayta qo’shishibdi.) Yo’q, yo’q. Bunaqa gaplar bo’lmagan. (G: Qanaqa bo’lgan unda). Hech kim druzyasidan udalit ham qilmagan, hech qanaqa bo’lmagan. Birinchi o’rinda o’zini hurmat qilgan odam, boshqa birovni ham hurmat qiladi. (G: endi hurmat haqida faylasufli qilmang. Fortishka qidirib. Savolga javob bering. ) Faylasufmasman. (Faxriddin, hali faylasufmasdiz. G’iyos: Mana endi faylasuf bo’lib yetishayapsizda)))) ) Har bitta odam o’zini hurmatini bilish kerakda. (G: bu yerda hurmat prichom, shilqimlik qilayotgan paytizda.) Hech kimga shilqimlik qilmaganman. Kim aytdi.(G: kimligini ayta olmayman. Anonimni bo’ladi deb va’da berganman.) bu pushkaga olish ham bo’lishi mumkinda. (G: Pushkamas, aynan nimagadir suyanib etvomman man. ) yo’q. Hech kimga shilqimlik qilmaganman.

G: Sizni yana qarib, quyilmagan chol ham deyishadi? Bunga fikriz?

B: Endi hammani fikrlashi o’ziga bog’liq.

G: Forumdan uylanganlar kim edi... ha, Oybek aka, Komol amaqi, Jahongir akaga etishmaydi. Faqat sizga etishadi.

B: Balki ularni meni bilganchalik bilishmas.

G: Siz o’zizni o’ziz reklama qilib, bildirib qo’yaverasizda?

B: Endi yozgan statuslarimdan o’qib, shunday deb o’ylashlari mumkin. Shunaqa o’ylaydiganlarga bitta gapim bor. Meni ko’pchilik taniydi. Lekin qanaqa inson ekanimni juda kamchilik biladi.

G: Faylasufona gaplar ketdi yana)))

B: Shunaqa o’ylaydiganlarga javobim shu. . Meni ko’pchilik taniydi. Lekin qanaqa inson ekanimni juda kamchilik biladi.

G: Yana suhbatda aytishdi. Nima sababdan Bekzod aka, yuradigan qizlarini (O’ynashlarini) netda maqtanadilar . Forumga, statuslarga yozib demoqdalar.

B: Men maqtanmayman bu narsa bilan.

G: Unda nega yozasiz, sevganim bor, unim bor deb. Hoziram maqtandiz rosa))) Ikkitalab)))

B: Tushunmadim)) Nima deb maqtandim)

G: Etvossizku...

B: u o’qiydi shu narsalarni...

G: Bir xillar etadiku, sevgan qizim bor edi oldin. Bo’ldi. Shunaqa etsa bo’ldi. Ta’riflab berib, qanaqa uchrashgansiz. Qatlarga borganiz, rasmlarga tushganiz,

B: Maqtanishga kiradimi yo’qmi bilmaymanku, lekin...

G: Reklama qilishga kiradi lekin...

B: Reklama qilishga kirishi mumkin lekin. Lekin tabiatan shnunaqaman. Birovdan yashiradigan narsam yo’q...

G: Shu hislatiz kimgadir yoqmasakanda. Shu maqtab yozishlariz. Oldin hurmat qilgan ekan, keyin esa... hurmatizni yoqtibsiz...

B: Mayli, hurmatni hech kim birovdan so’rab olmaydi. Hamma o’zini nimasiga qarab hurmat qiladi.

G: Kimdandir so’rab olish shartamas lekin.

B: Hurmat qilmasa, mayli hurmat qilmay qo’yaversin, borligimcha qabul qilishi kerak. Kim bo’lsa ham. Kim bo’lishidan qat’iy nazar.

G: Endi shuni reklama qilish odobdanmi? Uylangansiz, 3 ta bolangiz bor. Uni ustiga ayolingiz ham o’qib turar ekan. Noqulaymasmi? Masalan ayoliz ustida bildirmasa ham, ichida qandaydir his tuyg’ular o’tadi. Boshqani sevgan ekan...

B: Bilmadim, borligim shunday. Harakterim shunday.

G: Borligim shunday ekan deb, 10 tasi bilan yurish kerakmasku.

B: Men 10 tasi bilan yurmaganman.

G: Yo’q, man misol keltirvommande.

B: Siz unday demangda G’iyos. Men 10 tasi bilan yurmaganman.

G: Endi shu qanchalar odobga to’g’ri keladi oka. Endi misol qilib keltiraman, ayoliz ham shunday desada, ushani yaxshi ko’rardim, borligimcha qabul qiling deb, siz aytayotgan gaplarni aytsa. Qanday qaraysiz bunga?

B: Yo’q, uni kechira olmayman.

G: Kechira olmaysiz. U sizni kechirishi keraga!?

B: Bilmadim endi, hohlasa kechirsin, hohlamasa kechirmasin. Boshida hamma narsani tushuntirib aytganman.

G: Endi baribir ko’ngilda hislar bo’ladiku. U ham inson, boshqa...ona masalan.

B: Ko’ngliga boshqasini kirib kelishiga yo’l qo’ymayman hech qachon.

G: Yo’l qo’ymaysiz, lekin o’ziz ko’nglizda boshqasini olib yursangiz?

B: Ko’nglimda boshqasini olib yurmaganman shu paytgacha.

G: Hozir etdingizku, ikkitasi bilan yurganizni.

B: Ikkitasi bilan!?

G: Birinchi muhabbatiz va ikkinchisi bilan rasmga tushgan ekansiz.

B: Ikkinchisi muhabbatim emas.

G: Kim unda? Sevgizmi?

B: Yo’q, Sevgi ham emas)) Tanishim.

G: Mana qarangde. Nega hammasi sizgade, shilqimlik ham, boshqa ham, sevgi ham sizgade. Oybek aka, Komol amaqi, Jahongir akaga etishmaydi. Faqat sizga etishadi. Bekzod aka hammasida.

B: Ko’rinish shunday bo’lishi mumkin endi.

G: Yoki bu ham e’tiborni tortishni bir usulimi? Sevgini reklama qilib)

B: E’tiborni tortishni usulimas bu.

G: Nima unda bu. Nima deb atash mumkin bu holatingizni?

B: Kim hohlasa, nima deb atasa atayversin.

G: Yo’q, bir yaxshi tomonga o’zgarish kerakmasmi, odam ahloq tomondan.

B: Siz DBS o’tkazgani kelganmisiz, yoki tarbiyaviy soat o’tkazgani kelganmisiz))

G: DBS da hamma narsa borku))

F: Manam hayron qovomman. Boyadan beri baqir chaqir qilasizlar))

G: Vanihoyat javob berishdan bosh tortdilar oxiri. Faylasuflilari tugab qoldi.

F: Yaxshi ubu xonada o’tqazmayapmizde, bo’lmasa xonani burchagiga turg’azib qo’yardiz))

G: Navbatdagi savolga o’tamiz unda. Forumda sizga eng yoqqan mavzular qaysi.

B: Jumboqlar va aqliy sportdagi mavzular.

G: Forumdagi ijodkorlarni qaysi birini ijodlarini kuzatib borasiz?

B: To’g’risi, forumdagi hikoya she’rlarni ko’piga qiziqmayman. Faqat G’iyosni MS sni o’qidim. Qiziqgandim. Keyin Sardor akani Sevganimga atalgan noma sni kuzatib boraman.

F: Toshkent Moskva ni o’qiganmisiz?

B: Toshkent Moskva ni to’liq o’qib chiqganim yo’q. O’qib chiqqanmanu, ko’p ruscha joylariga tushunmaganman.

G: Rus tilini yaxshi bilmaysiz demak?

B: Rus tilini to’g’risi yaxshi bilmayman. Yaxshimas, umuman bilmayman.

G: Siz uchun maxsus so’rovnomalar. Buni forumimda qo’yganman. Unda siz qatnashmagansiz. Shuning uchun sizga beraman.

Yo'lda pul yotganini ko'rib qolidingiz? Nima qilasiz?
Sekin olib, yo'limda davom etaman.
Tez olib, yugurib ketaman.
Olib, 3 marta baland ovozda "kimniki" dib baqiraman, egasi chiqmasa olib ketaman.
Olib, 3 marta past ovozda "kimniki" dib pichirlab, egasi chiqmasa olib ketaman.
Olib ko'chadagi kimgadir berib yuboraman.
Olib tilanchilarga berib yuboraman.
Olib yirtib tashiman.
Olmasdan o'tib ketaman.
Olib chetroqqa qo'yib ketaman.
Olib egasini topgunimcha qidiraman))

B: Olib, egasi shu joyga kelishini kutaman. Kelmasa olib ketaveraman.

G: Egasini qancha vaqt kutasiz? Kelmasachi?

B: Bir soat bo’lishi mumkin. Ikki soat bo’lishi mumkin. Pulini yoqotgan odam, bir ikki soatda qaytib keladi.

G: Ishlariz, sevgillariz kutib qolmaydimi sizni? Sevgiliz deganda kompyuterizni nazarda tutayapman. Boya birinchi sevgim degandiz)

B: Agar kutishga arziydigan summa bo’lsa kutaman.

G: Undan ko’ra olmasdan ketgan yaxshimasmi?

B: Olmasdan ketsangiz, kimdir olib ketishi mumkin.

G: Sizga buni nima aloqasi bor)

Siz uzroqroqga ketayotganizda nimada yurasiz?
Siz uzoqroq, taxmiman 10 km. Qaysi ko'proq transportda yurasiz?
Man piyoda yuraman.
Avtobusda.
Marshrutkada.
Taksida.
O'zimni mashinamda.
Samalyotda.
Vertalyotda.
Qayiqda.
Meni qanotlarim bor. Uchaman))
Farqi yo'q manga. Qaysi biri kelsa ham)

B: Taksida ketaman ko’proq.

G:
Ismingiz o'zingizga yoqadimi?
Ha. Ismim o'zimga yoqadi.
Yo'q. Yoqmidi.
O'zimga yoqadi, boshqalarga yoqmidi.
Ismim yoqadi, faqat ma'nosi yoqmidi.
Ismimni o'zgartirgim keladi.
Ismim bilan faxrlanaman, 100 marta tug'ulsam ham shu ismni tanlardim.
To'g'risi hozir ismimni eslolmayapman. Kimman?

B: Ismim o’zimga yoqadi. Faxrlanaman ismimdan.

G:
Sizga qaysi fasl yoqadi?
Bahor
Yoz
Kuz
Qish
Manga bahor bilan kuz yoqadi.
Manga kuz bilan qish yoqadi.
Manga bahor bilan yoz yoqadi.
Manga 1 kun qish, 1 kun yoz bo'lsa yoqadi.
Mani hayotimga fasllarni aloqasi yo'q. Tug'ilganimda shunaqa edi, bundan keyinam shunaqa bo'ladi.
Hammasini yaxshi ko'raman.

B: Hayotimga fasllarni aloqsi yo’q.

G:
Foxishabozlikga kim aybdor?
Foxishalar
Mijozlar
Ota omasi aybdor, nazorat qilmagan.
Hamma o'zini qadamiga javob berib yurganda, bu atama bo'lmasmidi.
Hech kim aybdor emas.

B: Foxishani o’zi aybdor.

G: Mijozlar aybdor emas sizningcha?

B: Mijozlar aybdor emas.

G:
Bo'sh vaqtingizda ko'proq nima qilasiz?
Uxlayman.
Kino, Televizor ko'raman.
Radio, musiqa eshitaman.
Kitob o'qiyman.
Telefonda gaplashaman.
Internetga kiraman.
O'yin o'ynayman.
Boshqa narsa bilan shug'ullanaman.
Ko'chada aylanaman.
Mani bo'sh vaqtim bo'lmaydi.

B: Bo’sh vaqtim kam bo’ladi. Bo’lgan payti kitob o’qiyman.

G: Bo’sh vaqtiz internetga kirmaysiz. Yoki internetga kirganiz bo’sh vaqt hisoblanmaydi.

B: Yo’q, internetga faqat ish bilan kiraman. Bir nimaga javobini yozish uchun, yoki forumda kim haqida nima yozilganini bilish uchun. Nima yangiliklar bo’layotganini bilish uchun kiraman.

G:
Tushingizga ishonasizmi?
Yo'q ishonmayman.
Ha ishonaman.
Tush ta'biri kitobi yostig'imni tegida turadi. Har tushimni ushandan qariman.
Tekin kinoku. Ishonib bo'midi.
Tush? O'zi bu nima?
Man tush ko'rmiman.
Tushlarim esimda qomidi.
Sizda tushlarni zakaz qiladigan joylarni nomeri bormi?
Tush kelajakdan so'zlaydi.

B: Tush ko’raman. Tushimga ishonaman. (G: Bashorati kitobi bormi? F: Yostig’iz tagida). Yo’q.

G:

Yaqinlaringizni to'yi bir kunda bo'lib qoldi. Kimning to'yiga borar edingiz?
Aka, uka, opa, singil (laringizni)
Amaki, tog'a, xola, amma,(yoki shularni farzandlari)(laringizni)
Sinfdoshingiz
Kursdoshingiz
Yaqin do'stingiz (dugonangiz)
Qo'shningiz
Qaysi biri birinchi aytsa, ushanisiga
Hech qaysinisiga bormayman. To'ylarga bormayman aslida
O'zimni to'yim bo'lsa, ushanisiga borardim))
Qaysi birinikiga ko'p artist kelsa, ushanisiga boraman

B: Qaysi biri birinchi aytsa ushanikiga boraman. Lekin hammasiga borishga harakat qilaman birinchidan. 5-10 daqiqa o’tirib bo’lsa ham.

G:
Birinchi muhabbatingiz bo'lganmi? (Manimcha buni berishni ham hojati yo’q edi))) )
Ha bo'lgan. Hozir ham u mani muhabbatim.
Bilmiman, muhabbatim bo'ganmi, o'tkinchimi? Javob beromiman.
Ha bo'lgan. Lekin ajralganmiz.
Faqat man sevgandim. Eta olmaganman. Bir tomonlama muhabbat edi.
Yo'q. Endi topaman.
Bilasmi, u bu dunyoda endi yo'q.
Man o'ldim kuydimlaga ishonmiman. Men Sevmaymanku.
Oxirgi muhabbatim bor.
Mani har sevganim, birinchi muhabbatim.
Bilmiman. Muhabbatmidi, yoki boshqa. O'tkinchimidi. Javob beromiman.

Qaysi varyantligini etish shartamas, hamma uje bilib bo’ldi.

B: ))))

G:
Eng yoqtirgan bayramingiz qaysi?
Yangi yil
Vatan himoyachilari kuni
8 mart, Xotin qizlar bayrami
Navro'z
Hotira va qadirlash kuni
Mustaqillik bayrami
Ustoz va Murabbiylar kuni
Xayit bayrami
Tug'ulgan kun

B: Hayit bayrami. Chunki shu kuni dam olaman. Boshqa bayramlarda dam olmayman.

G:
Folga ishonasizmi? Fol ochdirganmisiz?
Ha. Folga ishonaman.
Yo'q. Folga ishonmayman.
Folga ishonma, folsiz yurma.
O'zim fol ochamanku, trikchiligimi o'ldirmagin.
Folchilar qiynalib, puli qomiy o'lib qomasin dib fol ochdirib turaman.
Folchilar yoqotib yuborish kerak.
Fol o'zi nima? Anu o'tiradigan polmi?
Folchilar aldoqchi.

B: Folga umuman ishonmayman.

G: Hazilomus savol.
Sizga do'stingiz kiyilgan paypoq sovg'a qildi))) Nima qilasiz?))
Hursand bo'lib olaman.
Hursand bo'lmay olaman.
Hafa bo'laman. Olmayman.
Shunchaki olmayman.
Yuziga qaratib otaman.
Kiyib olaman.
O'ziga qaytarib beraman. Keyin u bilan umuman gaplashmayman.
103 ga qo'ng'iroq qilib, u uchun psix brigada chaqiraman.
Mani unaqa do'stim yo'q!
Nima qilishimni izohga yozaman...

B: unaqa do’stim yo’q.

G: Agar kimdir hazillashib, berib qolsa nima qilardiz?

B: Berib qolsa, o’ziga boshqa shunaqa ishlatilgan narsa sov’ga qilardim...

G: ))) Rezinkalimi?

B: )) Kiyilgan narsa, ko’ylakmi, futbolkami, kiyib yiyilgan oyoq kiymi sovg’a qilishim mumkin.

G:
Ajrashishga sabab (yoki aybi)
Er (kelishmovchilik)
Xotin (kelishmovchilik)
Qaynona, Qaynota (kelishmovchilik)
Farzand yo'qligi
Pul muamosi
Kimnidir kasal bo'lishi
Vaqtli nikoh qurish
Qarindoshlar o'rtasida nikoh
O'zimni varyantim (kommentga yozaman)
Fikrim yo'q. Birovni oilasiga aralashmiman.

B: O’zimni varyantim. Tushunmovchilik. Hamma o’zini fikrlash doirasidan kelib chiqib aytadi. Kimdir qaynata qaynanasini. Hammada har hil sabab bo’lishi mumkin. Eng birinchi sabab, hammani o’ziga bog’liq. Hamma vaziyatdan yo’l topib chiqib ketsa bo’ladi. Ayrim hollar bundan mustasino. Voz kechib bo’lmaydigan narsalar bo’lishi mumkin.

G:
Siz uzr, kechirim so'ray olasizmi?
Yo'q. Men hech qachon uzr so'ramayman.
Aybim bo'lsa, mendan o'tgan bo'lsa uzr so'rayman.
Menga farqi yo'q. So'ra desa so'rayveraman. Mendan nima ketdi.
Vaziyatga qarayman. Yoshi, manasabi katta bo'lsa so'rayman. Mendan kichik bo'lsa yo'q.
Ayb kimda bo'lishidan qat'iy nazar mendan so'rashi kerak.
Pulini to'lashsin, so'rayveraman))
Menga yoqmagan odam bo'lsa so'ramayman.
O'zimni varyantim. Izohga yozaman.

B: Agar ayb mendan o’tgan bo’lsa, qachonki tushunib yetsam, ushanda so’rayman.

G: Tushunmasangiz so’ramaysiz?

B: So’ramayman.

G: Ayb sizda bo’lsa ham.

B: Ayb menda bo’lsa ham. Agar tushunib yetmasam.

G: )) Unda buni sizga faylasuf kelib, tushuntirishi kerakda))

B: Yo’q, kechroq o’zi tushuntirishi mumkinku. Shuni nazarda tutayapman.

G: Forumdagi hozirda aktiv forumchilardan 4 tasiga 3 ta savol bering. Ular o’z javoblarini izohga yozishadi.

B: Abrorga. 1. Nimaga u qaynoqqon. Sal narsaga jahli chiqadi. Urishishga moyil. 2. Qachon uylanadi. 3. Futbolni qachon boshlaymiz? Chunki u murabbiy edi.

(O’ylanib, kimga berishni bilmay, uzoq tanladilar.)

Anu, meni shilqimlik qiladi deb o’ylaydiganlar savolim. Nega meni shunaqa o’ylaydilar.

G: Aynan kimgadir berasiz.

B: Anvarbekga. 1. Nima uchun saytdan ketmoqchi bo’lib yuribdi. 2. Nima sababdan bugun kelaman deb, kelmadi. 3. Yaqinda yangi ish boshlayman degandi. Ushani qachon boshlaydi, va u nima ish edi.

Ravshanbekga. 1. Bir ishni boshlaydida, nima uchun oxiriga yetkazmaydi. 2. Oldin aqliy sport bo’limida ko’p ko’rinardi. Hozir nega ko’rinmayapti. 3. Oldin Zakovatni olib borayotgan paytida, kech kelardi va IIB hodimlari bilan muamo bo’lib qolganini aytardi. Oxirgi paytlarda kirmay qo’yganiga qaraganda, usha yerga ishga o’tib ketdimi?

Faxriddinga, 1. Komyuterga, texnologiyaga qiziqishizga nima sabab bo’lgan. Qanday kirib kelgansiz?

F: Mani o’zimni qiziqishim bo’lgan. Maktabda o’qib yurganimda, komyuter kurslariga borganman. 7 sinflardan boshlagan bo’lsam kerak. 1 yil kurslarda o’qiganman. U yog’iga shahsiy tajribam bilan o’rganganman.

B: 2. Sizda hozirgi kecha kunduzda uylanishizga kim halaqit berayapti. Yoki nimadir halaqit berayaptimi? Nega uylanmayapsiz?

F: Yonimdagi G’iyos halaqit bervotilar. (Kulgi) Mana G’iyos uylansinlar, Anvarbek uylansinlar. Fazliddin uylanvoti. Ocherd kemayapti bizaga.

B: 3. Forumda o’ziz ideal deb biladigan qiz bormi? Yoqtiradigan emas. Ideal deb biladiganiz. Hamma tomonlama bo’lmasa ham, ko’p tomonlama.

F: Qizlar? Unaqa ideal yo’q. Ayollar bor.

G: Manga savoliz bormi? 4 ta!

B: Savolim bor. Juda ko’p savolim.)) (Yuzlaridagi hursandchilikni bir ko’rsangiz edi))) )
1. Nima uchun siz DBS da yolg’on savollar ham tuzasiz?

G: Man yolg’on savol tuzmayman. Manga savollar keladi, ma’lumotlar yig’ayotganimda. To’g’risini etsam, yolg’onmi, rostligini bilmayman. Shuning uchun shu savolni berib, tekshirib ko’rman. Lekin savollarni sal oshirib, bo’rtiribroq beraman.

B: 2. Qizlarni aldashdan charchamadingizmi?

G: Man qaysi qizni, yoki qizlarni aldayotgan ekanman.

B: Endi buni isboti ham bor. Aytib berishim ham mumkin.

G: Etib bering. Qaysi birini aldagan ekanman. Isbotiz bormi?

B: Juda ko’p qizlarni

G: Isbotlab bera olmadilar mana. Qo’shish sizgamasda oka.))

B: Faxriddinga bergan savolim. Forumda o’ziz ideal deb biladigan qiz bormi? Yoqtiradigan emas. Ideal deb biladiganiz. Hamma tomonlama bo’lmasa ham, ko’p tomonlama.

G: Bor. Ko’p. 3-4 ta bor. Kimligini etmiman.

B: Ayollarmi, qizlarmi?

G: Ayollar ham , qizlar ham bor. Ayollarni etishim mumkin. Masalan. Hiii Hilola opa, Nozi opa... Afsuski singillarini ham uzatvorishgan))) Yana kim bor... yaqin taniydiganim ushalar. Qizlarni etmiman, suyilib ketishmasin)))

B: 4. Moderatorlar orasida, sizga yoqmaydigani bormi?

G: Moderator emas, forum bo’yicha ham yoqtirmaydiganim yo’q. Hammani teng ko’raman.

B: 5. Mana sizni, forumda hikoya yozgan, sh’er yozganlarini ko’ra olmaydi deb baho berishadi ko’pincha. Nima uchun shunday? Harakterizda bormi?

G: Manda unaqa harakter yo’q.

B: Kimdir hikoya, sh’er yozsa, srazu internetdan izlab qolar ekansiz.

G: Ko’ra olmaydigani odatimasku, lekin o’zi yozganmi yo’qmi bilish uchun qidirib ko’raman.

B: Nima uchun qidirasiz?

G: Birinchi o’qib chiqaman. Yoqsagina keyin qidiraman. Agar rosti ham o’zi yozgan bo’lsa fikrimni bildiraman. Yoqmasa, qidirmay ham qo’yaman.

B: Lekin shuni ko’pchilik ko’ra olmaslik deb tushunadi. Ko’pchilik mavzularni yopib tashlagan ekansiz.

G: Bir hil mavzularni yopganman edi.

B: Bir xil mavzu emas.

G: Masalan.

B: hiii. Qalbdagi satrlar bilan, anavi mavzu o’xshash.

G: Yurakdan oq qog’ozgacha. Ikkallasi ham ochiqku.

B: Yaqinda ochildi.

G: Oldindan ochiq edi. O’xshash diyishadi. Lekin unday emas.

B: SpecialOne mevzusini nega yopib tashlagansiz?

G: Forumda alohida mavzu ochib, ijod qilishga ruhsat yo’q. O’zi ochib olgan edi.Keyin yopildi.

B: 6. Moderatorlik mansabizdan, hech shahsiy manfatiz yo’lida foydalanganmisiz? Manfat emas, bir kimgadir yondoshib...

G: Tushundim, bo’lgan. Kimdir ubu yozganini taxrirlashni so’raydi. O’chirib tashlashni. Shuni to’g’rilab beraman. Agar ma’qul topsam. Va bu izoh hech kimga zarar keltirmasa, o’chirgandan keyin zarar keltirmasa.

B: 7. Yangi kelgan forumdosh. Sizga yoqmayapti. Lekin sizdan yordam so’rayapti. Shunga yordam berasizmi?

G: Yordam beraman.

B: Sizga yoqmaydi.

G: Yuoqmasa ham yordam beraman.

B: Yolg’on gapirayapsiz.

G: Yordam beraman. Agar forum bo’yicha bo’lsa. Realda yordam bermasligim mumkindir. Lekin forumda yordam beraman.

B: Har doim, juda ko’p yordam so’rayversachi? Nechi marta yordam bera olasiz?

G: Oldin yordam beraman. Juda ham tushuntira olmasam, boshqa kimdandir yordam so’rashini etaman. Balki man unga yetkazib bera olmayapgandirman. Shuni tushuntiraman. Bir necha marta forumchiga, shu usulni qo’llaganman. U forumni o’rganib olgan. Lekin yoqmidigan emasdi. Bundaylar yo’q. Yangi kelib, yoqmasligi qiyin masala.

G: Mana bugungi suhbatimiz o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Bugungi suhbatdoshimiz Forumdagi Bek8111 nick sohibi, Bekzod Iskandorov bo’ldilar.
Ular bilan biz Zomin tog’larida dam olib, sur’atlarga tushdik. Ularga O’zim nomimdan, Nodir va Faxriddin nomidan ham minnatdorchilik bildiramiz. Hozirda

Sizga yoqgan va yoqmagan savollar?

B: Hech qaysi savol yoqmadi.

G: O’zi yoqadigan savol ham yo’q edi))

B: Faqat salbiy savollar berildi. Bu bilan, faqat forumdagilarni fikri shunday.

G: Ijobiy savollarga To’g’risini aytgandada javob berib bo’lgansiz oka)

B: Unda ham ijobiy savollar berilmagan...

G: Bilmadim. Unda nasibangizga, harakteringizga yarasha savol olgan ekansizda))

DBS ga fikriz.

B: DBS yaxshi o’tdi. Faqat o’ziz o’ylab topgan savollarni hisobga olmaganda.

G: Faktlari bilan keltirib berdim shekl.))

B: Faktlarini aytmadiz. Kim berganini aytmadiz usha savolni.

G: Kim berganini nima qizig’i bor sizga. Muhimi berilganiku. Hursand bo’lsangizchi, hurmatiz bor ekan, berishdi))

B: Endi shu narsa... Mayli, undan ko’ra savol bermagan yaxshi edi))) Savollarni o’ziz o’ylab topgan bo’lishoz ham mumkin.

G: DBS haqida fikr bildirayotgan ediz.

B: Hullas DBS yaxshi o’tdi. Forumdagilarni bir birini bilib olish uchun yaxshi narsa. Kim men haqimda qanaqa fikrda, o’ziga havola. Usha boya aytgan gapim hammasiga. Meni ko’pchilik taniydi, lekin kamchilik biladi.

G: Forumdoshlarga tilaklaringiz...

B: Forumdoshlarimga tilaklarim, har doim sog’ bo’lishsin. Usha sayt yanada rivojlansin. Shunaqangi biri birimiz bilan uchrashuvlar ko’proq bo’lsa, bir birimiz haqimizda ko’proq ma’lumotlar bilamiz.

G: Suhbat uchun rahmat. Bugungi suhbatdan hafa bo’lmadingiz degan umiddamiz. Bu ko’ngilochar, hazilomus loyiha hisoblanadi. Albatta qaltis savollar ham bo’lib turadi. Chunki bu savollar odamni ichki dunyosini xaqiqiysini ochishga yordam beradi. Shu savollardan odam qanday chiqib ketishini bildiradi. Siz faylasufona gaplariz bilan chiqib ketishga harakat qildiz, lekin bu bo’lmagan narsa deb, yeqildiz)) Tabriklayman))

B: Siz savol ichidan, savol tuzib ketdizde, ushani uchun))

G: Suhbat uchun rahmat!


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:07 | Изох # 3
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Uzooq kutilganakan)

Omad
 
GiyosСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:09 | Изох # 4
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Forumchilarga ta'rifni Bekzod akani o'zlari yozadilar.

Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:35 | Изох # 5
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Suxbat juda xam keskin, ajoyib, qiziqarli òtibdi. Rahmat. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
FC_PAXTAKORСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 18:55 | Изох # 6
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Nima bu? Shu DBS mi?

Добавлено (09-Июл-2013, 17:55)
---------------------------------------------
Rasmlarni hammasini ochmadi. Odnoga papka qib qo'yishni ilojisi bormi


Omad
 
ShohiСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 19:02 | Изох # 7
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
Anaaa o'qib bo'ldim) ajoyib savol javob. Ayniqsa bowidagi taassurotlardan bu Dbsmi yo alam qilsin loyihasimi deb o'yladim. Bowida judayam kulguli holatlar) bora bora esa... Ta'riflashga til ojiz, qo'rqib, nafasim qaytib ketti savollardan. Begzod aka asablarizga qoyilman)) o'rnizda bowqasi bo'lganda bilmadim nima bo'lardi))) hullas hammaga raaahmaaat)

Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
FC_PAXTAKORСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 19:09 | Изох # 8
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Bek8111)
B: Abrorga. 1. Nimaga u qaynoqqon. Sal narsaga jahli chiqadi. Urishishga moyil. 2. Qachon uylanadi. 3. Futbolni qachon boshlaymiz? Chunki u murabbiy edi.

harakterim shunaqa. Juda ham jahldor insonman. Yoqmasa shartta shartta aytaveraman. Hech kimdan tilim qisiq emas. Lekin bu degani urishishga moyil degani emas!
Asablarimniyam oldirib qo'yganman va yilda bir marta nevropatologda davolanib chiqardim. Nu ikki yildan beri bormayin ham qo'ydim. Foydasini sezmadim.

Bilmadim qachon uylanaman. Balki kelasi yili yozga uylansammikan degan rejalarim yo'q emas. Avval zvezdamiz zvezdasiga to'g'ri keladigan qiz uchrasinchi.)))) o'zimga qolsaku......)) Ko'ramiz hech kim behabar qopketmaydi.

Futbolda Nurbek murabbiy ediku men emasdim. Bilmadim menga bog'liq emas. Tog'risini aytsam hadeb Toshkentga borgani imkoniyatim yetmayapti. Shuning uchun faqat aksiyaga boryapman. Bundan habariz bor. Balki bu oy o'ynarmiz. Kelishamizda maslahatlashib hammamiz.

Faxriddinga bergan savolizga ham javob yozmoqchidim: forumdan Hilola opani ideal insonim deb hisoblayman. Hamma un o'rnak bo'la oladilar.
Hattoki yigitlarimiz un ham(!) (shahsiy fikr belgisimidi) ))))

ana endi dbsni o'tkazganlarga meni savolim: nega yashirincha zominda yuribsilar biz behabarmiz? Balki aytganilarda ham bora olmasamam, kutmagandim!

Добавлено (09-Июл-2013, 18:09)
---------------------------------------------
Bu soni deyarli yoqmadi. Tergovchi va jinoyatchi o'rtasidagi suhbat.))))
bechora sevgi senga hech joyda tinchlik yo'q))


Omad
 
БОБОСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 19:57 | Изох # 9
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Нихоят 2013 даги биринчи сони форумга чикибди.
Укиб хафсалам пир булди.Бу канака дустона сухбат булди.
Шахсий саволдан бошка савол куриб кетганми?
Бекзодни устидан кулишми бу? Бинойидек кутиб олиб
мехмон килибди,сулим масканларга олиб чикиб тамоша
килдирибди.Бир кун ишидан колиб сизлар билан бирга
булса,эвазига сизлардан компроматми олгани.Хеч кандай
самимий сухбат курганим йук.Хазиломуз сухбат дебсиз,
1- апрель давно утиб кетганку.Ким сизга савол йуллаган.
Дбс хакида бориб келиб хабар бердингларку.Умуман бу сони
ухшамаган.Бу гапларни Бекзодни оиласини яхши билганим учун
2 кун уйларида оилам билан мехмон булганим учун,сиз чиккан
Зомин тогларида бирга борганим учун хам ёзяпман.Хавас килгудек
оила.Тугрисини айтса сиз уни енгишга харакат киляпсизми Гиёс?
Оила мукаддас даргох бу ерда хазил кетмайди.
Нквд жаллодлари сурок килгандек булган.Туйдирганнинг соколига..
дегандек булибди.Хафа булиш йук Гиёс,яхширок утказиш мумкин эди.
 
ShahzodСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 20:42 | Изох # 10
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2066
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
Nihoyat o'qib chiqdim suhbat faqat hazilomuz tarzda o'tganu,lekin savollar berishda esa broz sayoz kamchiliklar bor deb o'yliman.suhbat Ajoyib ) G'iyos og'a ishlarizga Olg'a !

★ Shahzod ★
 
ShukronаСана: Сешанба, 09-Июл-2013, 23:18 | Изох # 11
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bek bn G'iyos razborimi bu
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 00:07 | Изох # 12
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Охо Бекзод ака адвакатсиз пракрор билан судлашибдилаю (|)
Руслада бир ку'рсатув бу'ларди ....
Расимлани негадур кичкина ку'рсатябди


...
 
Kamola_95Сана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 00:22 | Изох # 13
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
Vuuuy G'iyos aka Bekzod akani avtomat bilat otib tawagande, qaltiz savolla bilan otib tashabsizku. Bekzod aka qoyilman agar manga shunaqa savolla berib tashashsa yig'lavorardim... Raxmat kottakon silaga!

Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
 
Anv@rbekСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 01:13 | Изох # 14
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Yarmigacha o'qib zerikib kettim))) Savollar o'ta g'ariz....(umumiy bahoni to'liq o'qib yozaman)
Rasmlar va unga yozilgan izohlar zo'r

Цитата (Giyos)
B: Anvarbekga. 1. Nima uchun saytdan ketmoqchi bo’lib yuribdi. 2. Nima sababdan bugun kelaman deb, kelmadi. 3. Yaqinda yangi ish boshlayman degandi. Ushani qachon boshlaydi, va u nima ish edi.
Avvalamboshi Bekzod akaga rahmat, forumdagi shuncha userlar orasidan mani tanlab manga savol berganliklari uchun.
Javoblarim:
1) Bunga 2-3ta sabab bor. Fazliddin mani himoya qilaman deb o'zi "qurbon" bo'ldi, bu borada Fazliddinni oldida o'zimni aybdordek xis qivomman (agar ahamiyat bergan bo'sela aynan Fazliddin BAN olgan kundan beri forumda passivman). Keyin qolaversa nasib qilsa yaqin orada uylanib shahsiy hayot boshlash arafasida turibman (qiz topilsa bo'lgani)))) ). Shu munosabat bilan, oila qurganimdan keyin fan club va forumni boshqarish.... nima desam ekan.. oila 1-o'ringa chiqsa kerak... yana bilmadim... bir kun kelib qachondir ketish haqida ko'p o'yliman... lekin bir gapni takrorlashdan xech charchamayman, bu gapim forumni teoremasiga aylanib bo'lgan. "Forumda ko'rinmas, lekin kuchli magnit bor, u yaxshimi yomonmi hammani tortib turadi"
2) DBSga borolmaganimdan Giyos, Faxriddin va birinchi navbatda esa sizdan uzr so'riman. Shu 7-iyul kuni man tungi smendan ertalab soat 8da chiqishim kerak edi, bir kun oldingi smenamni o'zgartirolmadim, yigitlar esa soat 5:30da yo'lga chiqishligi kerak edi. Shunaqa qilib mani kutishmadi)))
3) Mani yaqin tanidiganlar mani tinch o'tirmasligimni yaxshi bilishadi))) demoqchi bo'lganim, biznes sohasidayam, komp. soxasidayam yangi yangi loyixalar va izlanishlar bilan yuraman. Yangi ish boshlasam etaman))) hozircha sir, hayotiy prinsipim shunaqa bir narsani reja qilsam, u amalga oshganidan so'ng etaman, ungacha esa ovoza qilmay turaman.
Yangi ishimdan bittasini yaqinda lichkada o'zizga etdimu)) qolganlari sayqallanish jarayonida turibdi, biznes hamkorlik rejalarim ham yo'q emas...
TV sohasida ham variantlar bo'lmoqda, maqbul variantni tanlab yengi joyga o'tishim mumkin (albatta TVni ichidan)





Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Чоршанба, 10-Июл-2013, 01:17
 
FaxriddinСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 13:55 | Изох # 15
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
DBS haqida: Giyosni bergan savollari mangayam yoqmadi, ayniqsa shaxsiy hayotga bog'liq, sevgi haqidigi savollar. Bekzodakani o'rnida boshqa inson bo'ganda chidam turolmasdi. Giyos chegaradan chiqib ketdila, suhbatmas janjal bo'votganda o'xshadi. Begzodaka sabr toqatizga qoil!

Sayohat haqida: Sayohat zo'r bo'ldi.
Bir kun vaqtlarini ayamasdan shuncha tayyorgarlik ko'rib, bizani ochiq chexra bilan kutvogan Bekzod aka va Xurshid akaga kotta rahmat etaman. Jizzax sayohati man kutganimdan ham zo'r bo'ldi.




Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Faxriddin - Чоршанба, 10-Июл-2013, 14:00
 
Dilshod_AСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 15:14 | Изох # 16
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
Naxotki bu o'wa Bekzod aka..?

Xotinim mani tuwunadi disiz.. Ming qisayam bu muqaddas oilaga xiyonat-ku.. !!!
 
NOZIСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 16:17 | Изох # 17
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Бекзод ака, чидаганизга рахмат))) Тарбияли инсон экансиз, шунча саволларга туриб берибсиз. Мен булганимда Гиёсни ммм, бугишга буйим етмасдию, буйим етган жойига бир туширардим happy

Добавлено (10-Июл-2013, 15:17)
---------------------------------------------
нега смайликлар бунака? angry


 
VENENA_89Сана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 17:51 | Изох # 18
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 101
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 718
Холати: Хозир йўқ
Bekzod aka savollarga sabr blan javob beribdila, jahllari tez bömasa kere.
 
FC_PAXTAKORСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 17:56 | Изох # 19
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Menimcha DBS chilarni tarkibiga Madinani qo'shib qo'yish kk((
Giyos & Madina => ajoyib dbs chilar bo'lar edi))

Добавлено (10-Июл-2013, 16:56)
---------------------------------------------
Taklifda shunchaki)) nu bizni takliflar yozuvda qopketganku doim))


Omad
 
bek88Сана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 20:36 | Изох # 20
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Bekzod aka xaqida bilmagan narsalarimiz xaqida bilib oldik. Suxbatni uyishtrganlarga raxmat. Suxbatni urtasida 1 muxabbtalari xaqida suxbat chuqurlashib ketibdi.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Dilshod_AСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 20:46 | Изох # 21
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
Nega xamma etirozlar G'iyos akaga bo'votti..? Bo'tta Bekzod aka xam oppoq emaslarku..
 
БОБОСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 20:57 | Изох # 22
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Бировнинг шахсий хаёти билан кимнинг неча пуллик иши бор экан?
Бекзод нима иш килибдики у хакида обсуждения киламиз.
 
Dilshod_AСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 21:11 | Изох # 23
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
Xamma o'zi uchun qiziq bo'ganini so'ridide..

Добавлено (10-Июл-2013, 20:11)
---------------------------------------------
Nega bo'masa "Bu mani shaxsiy xayotim uni xammaga owkor qiliwni xoxlamiman" dimadila o'wa yerni o'zida.?

 
БОБОСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 21:19 | Изох # 24
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Тугрисини айтгандада унака дебсиз,однода бунака дебсиз
деб сурокка тутилгани учун жавоб беришга мажбур булгандир.
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 10-Июл-2013, 21:46 | Изох # 25
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
eee stop!!! bu yer chatmas!!!

...
 
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск: