[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
DBS 8 unet bilan!
GiyosСана: Пайшанба, 22-Мар-2012, 19:47 | Изох # 1
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
(Bu qism Fan.sayyod.com da qo'yilgan edi. Hozirda u sayt ishlamayotgani uchun forumga ko'chirdim.)
Bugungi suhbatdoshimiz unet sayyod.uz/forum a’zosi. Man bu insonni shu forum ochilgandan beri taniman. Ular Koreyada istiqomat qiladilar. 4-5 marotaba telefon orqali suhbatlashganman. Ular juda ochiq ko’ngillar. Kamtar ham.... yana aytishim mumkin ular juda ham hazilkashlar. Suhbatda ko’p hazil gaplar qildik.



Giyos: Assalmu Alekum. Mana bugungi 8 suhbatdoshimiz ekansiz. Siz bilan yaqindan tanishayotganimizdan hursandmiza.

Unet: Voalekum Assalom. Assalomu Alekum.

Giyos: Hozir mana oldimda Anvarbek ham bor.

Anvarbek: Assalomu Alekum. Qalaysiz. Koreyslarga “ko’z qisib” yuribsizmi?

U: Ha koreyslarga “ko’z qisib” yuribmiz (Kuladi)

G: Sizga odatdagidek birinchi savol bilan murojat etaman. Nima sababdan forumda unet nickini qo’ygansiz?

U: O’zi ro’yhatdan o’tayotganimda Ibrohim deb qo’ymoqchi bo’lganman, bo’lmagan. Katta harflar bilan yozib ko’rganman, kichik harflar bilan yozib ko’rganman bo’lmagan. Keyin o’zimcha unet deb ro’yhatdan o’taychi dedim. Unet bo’lib ro’yhatdan o’tdi. Shundan keyin shunday bo’lib qoldi. Keyinchalik almashtirmoqchi ham bo’ldim, lekin shu nom bilan tanildim, nima keragi bor deb o’yladim. Shu nom bilan qoldi.

G: Shu nick sizni hayotingizda qandaydir ma’no anglatadimi?

U: Forumga unet nomi bilan kirib keldim. Shu nom bilan tanildim. Endi boshqa ma’nosi bordir, lekin manga shu forumni angalatadi.
(Koreyaga endi borgan paytlari tushgan suratlari.)


G: Ism Familya... Tug’ilgan sanangiz.

U: Siddiqov Ibroxim Sobitovich 1984 yil 28 yanvarda Namangan viloyati Namangan shahrida tug’ilganman.

G: Internetdagi unet bilan hayotdagi Ibrohimni farqi bormi?

U: Yo’q. Bir xil!

G: Demak internetda ham hayotda ham “ayyorman” dimoqchisizde))) (hazil qilib savol berildi)

U: Ja unchalik ayyormasmanu, lekin bordir... ayyorligim)))

G: Harakteringiz qanday?

U: Harakterim.... manimcha og’ir bo’lsa kerak, o’zim o’ylashimcha. Ko’proq ishonuvchanman. Shundan pand ham yeyman. Yolg’on gapira olmayman. Tezda bildirib qo’yaman.

G: Lekin shu paytgacha bildirmay kelmoqdasizku)))) (hazil qilib savol berildi)

U: Hayotda, vertualda hich yolg’on gapirmaganman))))

G: Hop mayli. Unda bizaga Koreyaga borishimiz uchun aviachipta yuborishingiz kerak edi. Lekin chiptalar bizda yo’q. Qani o’sha chiptalar?))) (hazil qilib savol berildi)

U: Chiptalar hozir paynet orqali sizlarga yetib borgan bo’lishi kerak edi))). Sizlar birinchi reys bilan uchib kelishilar kerak edi)))) (hazil tariqasida javob)

G: Lekin bizaga chipta kelmadi! Mana hozir ayeroportda o’tiribmiza....))))

U: Yo’q buni sababi Anvarbek bilan bog’liq bo’lsa kerak. Anvarbekni biznes ishlari bilan bo’lib, samalyot uchib ketidi))))

Anv@rbek: Sizlarga noto’g’ri ma’lumot boribdi)))

U: Hozir Agentda ko’rdim: “Abu Sahiyda yuribman” digan ekan. Statusga ham yozib qo’yibdilar. Informatsiyani shundan oldim))))

G: Mayli hazil hazil bilan.)) Bo’sh vaqtizda nimalar bilan shug’ullanasiz?

U: Bu yerda bo’sh vaqtda ko’chaga chiqib aylanib kelaman, internetga kiraman.

G: Mana hozir siz Koreyadasiz. Koreyaga ketishingiz qanday bo’lgan?

U: Koreyaga borishim, aholini ish bilan taminlash idorasi bor. Shu yer orqali 4 yillik shartnoma tuzib kelganman. Bahor oyida 4 yil bo’ladi. Hudo hohlasa O’zbekistonga qaytaman.



G: Keyin yana qaytib ketish rejangizda bormi?

U: Yo’q, Yo’q. Shuncha yurganimiz yetarli. Vatan, oila a’zolarimizni sog’indik. Bo’ladi.

G: Koryes tilini bilasizmi? Umuman ketishdan oldin koryes tilini bilarmidiz?

U: Ketishdan oldin koryes tilini bilmasdim. O’zbekistonda ketishdan oldin 1 oy o’rgatadi. Asosan koryes ma’daniyatini. Bu yerga kelganimizda ularni tilini tushunmadik. Bular o’z shevasida gapirardi. Mana hozir oz moz kundalik hayotda ishlatiladigan so’zlarni bilaman.

G: Koreya bilan O’zbekiston ma’daniyatida qanday farqlar bor?

U: Ancha! Tog’ bilan yerchalik farq bor. Misol uchun ota- onaga bo’lgan, hurmat oila bularda unchalik zo’r deb eta olmayman. Endi hamma koryeslar shunday deb aytmayapman. Man ko’rgan bilgan koryeslar shunday. Bizni ma’daniyatga to’g’ri kelmaydi. Lekin bor. Ota-onasini, o’zini oilasi hurmat qiladiganlari. Lekin ko’p emas. Yana etadigan bo’lsak, masalan bizda ko’chada begona odam bo’lsa ham salom beramiza, bularda bunday emas.

A: Ularni qaysi madaniyati sizga yoqdi? Sizda havas uyg’ota oldimi? Urf odati bo’yichami?

U: Ular o’z qadryatlarini hurmat qiladi. Bayramlarini... Qaysi bayram bo’lsa ham keng qatnashadi. Oddiy ishchimi, katta amaldormi hammasi teng qatnashadi.

A: A milliy ananalarga ular vatanparvarlik ruhida tarbiya topgan. Shunday demoqchimisiz?

U: Ha. Tog’ri.

A: Koryeslarda spirtli ichimliklardan nima ichiladi?

U: Ichimligi ko’p. Misol uchun Shoju. Aroq bilan deyarli bir xil. Makoliy digani guruchdan olinadigan ichimlik. Bu ham mast qiluvchi.

G: O’ziz ham ichib turasizmi?

U: O’zim ichmayman. Oldindan aytib qo’yay.

G: Chekasizmi?

U: Chekib turaman. Lekin ichmayman. Chekish ham ichish ham odamni o’ziga ziyon. Lekin...

A: Mana yuqorida koryeslarga “ko’z qisib” yuribsizmi deb so’radim. Hozir siz uydan uzoqdasiz. Umuman Koryeada qiz tanishlariz bormi?)))

U: Koryeada qiz tanishlarim yo’guu, lekin koryes oilasidan tanishlarim bor. O’zini yaqin olib, mani oilasiga qo’shgani... masalan biror tug’ilgan kun bo’ladimi, yoki boshqa oilaviy bayrami bo’ladimi ushanga chaqirishadi. Borib turaman.

G: Siz ham mehmonga chaqirib turasizmi?

U: Yo’q. Endi bu yerdagi uyimdagi sharoit bir kishilik bo’lgani uchun ko’chada mehmonga chaqiraman. Kafe, restoranlarga.

G: Bu uy shartnoma bo’yicha berilganmi?

U: Shartnoma bo’yicha berilgan.

G: Bir kishilik xonangiz “evro” remontmi, yoki “koryes” remontmi?)))

U: Koryes remont. Endi juda evro remont deb bo’lmaydi.

G: Oilangiz haqida gapirib o’tsangiz?

U: Onam borlar. Otam hayotdan o’tganlar. Ikki akam va bir singlim bor. Hammamiz alohida uyli joyli bo’lganmiz. Man onam bilan qolgaman. O’zimni oilam, turmush o’rtog’im uy bekasi. Farzandim Muhammadali 4 yoshda hozir.

G: Koryega ketayotganizda farzandiz necha oylik edi?

U: 8 oylik edi.



A: Uylanganizdan qanchadan keyin ketgansiz?

U: Uylanganimdan keyin 2 yil.

G: Hozirda uyingizdagilar bilan aloqa bo’g’lanishingiz qanday?

U: Aloqa yahshi. Kuniga bir – ikki marotaba onamga, o’zimni oilamga telefon qilib turaman.

G: Internet orqali video aloqaga ham chiqib turasizlarmi?

U: Ha gaplashib turamiz.

G: Uylanishingiz sovchilik orqali bo’lganmi yoki sevishibmi?

U: Yo’q. Sovchilik orqali.

G: Sizda undan oldin birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi... muhabbatlariz bo’lganmi?)))

U: Uchinchi, to’rtinchilar bo’lmaganu lekin birinchi, ikkinchilar bo’lgan))) Erkak kishida bo’ladiku))

G: Nega ularga uylanmagansiz? Yoki ular erga tegib ketganmi?

U: Yo’q. Endi oilaviy sharoit... ularni bizga to’g’ri kelmagan, bizni ularga to’g’ri kelmagan. Bilmayman.

G: To’g’ri keladiganini sevsangiz bo’lmasmidi? ))))) (hazil qilib savol berildi)

U: Endi yurakka buyruq berib bo’lmaydiku))) Man hozir shuni sevaman. Endi baribir sovchilik bilan bo’lganda ham, ko’rib, yoqtirib keyin uylanadiku.

G: Uchrashganilarda qanaqa qiziqarli voqealar bo’lgan?)))

U: Hmm. Keyingi savoliz))



G: Hozir ishlayotgan kasbingiz?

U: Mebelni kompaniyada ishlayman.

G: Nima kasbda ishlaysiz? Har holda Direktormasdursiz))

U: Yo’q. Endi direktorlikka harakat. Hozirda oddiy ishchi.

G: O’zbekistonda yurgan paytinigizda Oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishga qiziqganmisiz, niyatingiz bo’lganmi?

U: Boshida qiziqganman. Keyinchalik o’qishdan ham ko’ra savdoga qiziqganman.

G: O’zbekistonda nima ish bilan shug’ullangan edingiz?

U: O’zbekistonda suniy charm magazini bor. Teri mahsulotlari. Shu magazinda sotuvchi bo’lib ishlaganman.

G: Suniy charm. Siz uni tabbiy charm deb sotardiza?)))

U: Yo’q. U charmlar mashinalarni chihol, shunga o’xshash joylarga ishlatadigan edi.

G: Koreyadan kelgandan keyin o’qish niyatingiz bormi?

U: Yo’q.

G: O’zbekistonga kelgandan keyin nima ish qilasiz?

U: Yana savdo yo’lida ishlayman.

G: Hayotda orzulariz va armonlariz bormi?

U: Yoshligimda futbolchi bo’lishni orzu qilganman. Lekin bo’la olmadim.

G: Armonchi?

U: Armon. Armon borku, lekin etish shartamasdir.

A: Ibrohim aka hayotda kumiringiz bormi? Kimga kumir bo’lgansiz?

U: Yo’q. Hurmat qiladiganim bor. Manchester Unitet o’yinchisi *********

A: Hozirgi nikoh arafasida turgan yoshlarga beradigan maslahatlariz? Mana siz oila qurdingiz va tabbiykii siz pul topishn ilinjida o’zga yurtga ketdingiz. Bu ham nima sababki oilani boqish...

U: Avvalo nikoh... oila muqqadas dargoh. Nima ham deyish mumkin... Ikki yosh bir birini tushunib, harakterini o’zini muomilasini tushungan holda nikoh qursa yahshi deb o’ylayman. Hozirgi kunda eshityapman... ko’plab ajarlash, shunaqalar... Asosan bundaylar bir birini tushunmasdan, yoshlikdan uylanganmi, bilmayaman. Shunga sabab ajralishlar ko’payyapti.

A: Aynan ularni nikoh oldi vazifalari haqida. Nimalarga e’tibor berish kerak. Mana bu oddiy hayot sinoviku! Yangi oilaga qadam qo’yilmoqda. Misol uchun kamchiliklar bo’ladi. To’g’rimi? Masalan sizda bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz endi bu imtixondan o’tdingiz. Endi arafasida turganlarga maslahatiz.

U: Shu savolga hotirjam agentdan javob bersam bo’ladimi?

G: Ha albatta bo’ladi. (Keyinchalik LS dan Anvarbekga yuborgan xatlari. “anvarbek kecha bergan savolingiz yuzasidan
Oila ikki yoshni bir biriga bulgan ishonc mehr muhabbat va ota onalarga bulgan hurmat ustiga quriladigan bino deb bilaman agar hudo kursatmasin ushbu bino ustunlaridan biriga ziyon etsa bino ichida turish hafli buladi nafaqat ikki yosh balkim ota onalar ham bundan aziyat chekishadi
ilohim oila qurish ostonasida turgan yigit qizlarga tilagim quradigan binoni mustahkam qilishsin shuunda umrlari ohirigacha bahtli saodatli bulishadi
iloji bulsa shuni suhbatga qushib quyasiz anvarbek”.

G: Sayt va forumga kirib kelishingiz. Saytga qanchadan beri kirib kelasiz. Birinchi marotaba qayerda ko’rib qolgansiz...?

U: Sayyod.uz saytiga kirib kelishim... Youtube da ko’plab kliplar ko’rardim. Shunda o’zbek kliplarida Sayyod.uz degan yozuv chiqardi. Bu qanaqa sayt ekan, nega reklama qilyapti ekan deb kirdim. Shunda Jumanji loyihasi bo’lardi. Yangi paydo bo’lgandi adashmasam. Kirganimga 1 yildan oshdi.

G: Forumga kirib kelishingiz?



U: Saytda aylanib yurib FORUM deb yozilgan joyga kirdim. Qarasam u yerda har hil mavzular... Giyos degan bola bor edi. Palatkasi bilan kelib olgan edi. Shu yerda shular bilan tasnishganman. Keyin Toxir bo’lar edi. Toxaclub. Toxaclub bilan o’rta asrlarda gaplashishli))). Shular bor edi. Keyin Shahlo. Shunday qilib forumga kirib kelganman.

G: Usha paytdagi forum bilan hozirgi forumni qanday farqi bor?

U: Oldin qiziqarli bo’lardi. Hozir ko’pchilik bo’lgani uchunmi? Yoki ushanda yengi bo’lganimiz uchunmi? Balki bizga qiziqarli tuyulgandir. Oldin boshqacha edi. Hozir forumga kirsam ham o’zimni yangi qo’shilgan userdek his qilaman.

G: Forumda sizga yoqadigan mavzular. Qaysi?

U: Hozirgi kunda AQLI SPORT bo’limidagi mavzular, Keyin OILA bo’limidagi mavzular, MUHLIS MINBARI dagi mavzular yoqadi.

G: Mana forumga kirib kelganizga yaqinda 1 yil bo’ladi. Shu kungacha ochgan mavzulariz juda ham kam. Nima sababdan kam mavzu ochgansiz?

U: Mavzu ochishlikka...bilmadim. Hech o’ylab ko’rmagan ekanman. Bilmadim. Balki Giyos degan bola bo’lardi. Usha teskorli bilan yopib tashardi. Balki yopib tashashidan qo’rqib ochmagandirman (kuladi).

G: (Oka Tanish bilishchilik qilib mavzularingizni berkitmasdim())))) )

A: Man tarafdan ochilgan mavzularga qanday qaraysiz? Yutuq va kamchiliklari.

U: Anvarbek ochgan mavzularga yahshi qarayman. Ko’p yangiliklarni shu mavzulardan bilaman.

G: Man ochgan mavzularchi?)

U: Endi to’g’risini aytay. Taqqoslab. Soni ko’p... (Anvarbek yotvolib kulvotilar shu joyda) ko’proq monologlaringni o’qib turaman.

G: Sizda forum moderatori bo’lish fikri bo’lganmi? Va forum moderatori bo’lganizda qanday o’zgartirishlar, yangiliklar kiritgan bo’lar edingiz?

U: Ko’proq men oddiy user bo’lishni ma’qul ko’rar edim.

G: Mayli unda sizga savolni boshqacha qilib beraman. Forumda qanday o’zgartirishlar qilsa sizga yoqadigan forum bo’ladi?

U: Hozir adashmasam forumda hammasi yahshi. O’ylagan mavzularim deyarli hammasi ochilGAN.

A: Unetdan kelajakda forum uchun qanday yangilik kutishimiz mumkin?

U: Hozircha yangilik va’da qilolmayman. Vaqt masalasi juda kam. Iloji boricha harakat qilaman forumga kirib turishga.

A: Mana sizga bitta tanqidiy savol beraman. Sayyod.uz ga kirganizga 1 yil bo’lmoqda. Nima sababdan shu vaqt ichida siz tomonizdan birorta yangui user jalb qilinmadi? Hoh O’zbekistondan bo’lsin, hoh Koreyadan.



U: Mani tanishlarim ko’pi Sayyod.uzga kirib turadi. Bir xillariga aytib ham turaman. Yahshi sayt. Yangiliklardan tez xabardor bo’lib turasan, o’z fikrlariningni qoldirishing mumkin deb. Ro’yhatdan o’tishmadi. Ular kirib yangililarni o’qib turishadi. Koreyadagi tanishlarim ham, O’zbekistondagi tanishlarim ham.
A: Baribir siz tomondan shu paytgacha jalb qilish bo’lishi kerak edi. Yoki harakat bo’lgan bo’lsa besamar bo’ldimi?

U: Harakat bo’ldi, lekin besamar. Ko’pi yoshi kattalarde. Reklama yahshi bo’lganidi.

G: Forumda sizni kimdir hafa qilganmi?

U: Yo’q. Hech kim hali hafa qilgani yo’q.

U: Meni savolim bor edi. Agar iloji bo’lsa.

G: Bo’lsa beravering.

U: Oldin bir mavzu bo’lardi. Hazilomus sud degan. Shu nega yoqolib ketdi. Shuni sababini bilmoqchidim.

G: Oxirgi hazilomus sudlarda userlar ancha jiddiylashib ketishdi. Hazilni tushunmay qolishdi. Shu sababli bu mavzu yopildi. Xaqiqatga olib yuborishdi. Bu hazil edi. Man kimnidir hazil sudga chaqirsam oldin agentda gaplashib kelishib olardim. Lekin...



U: Man o’ylaymanki shu mavzu qayta ochilishini. Oz bo’lsada forumdagi userlarni kamchiliklarini yoki boshqalarini tanqid qilib bartaraf etilardi.

A: O’zbekistonga kelganizda birinchi bo’lib qaysi user bilan uchrashardingiz va nima haqida suhbatlashardiz?

U: Kelganda siz, Giyos, Toxir va ko’pchilik bilan ko’rishib gaplashardim. Toxirga bitta choyhona mendan deb va’da berganman.

A: Forumda qaysi userni ish faoliyatiga havas bilan qaraysiz. Kimni ochayotgan mavzulari, yozayotgan fikrlari... kimni namuna qilib ko’rsata olasiz? Aynan 24 soat online bo’lib o’tirish bu foyda deganimasku to’g’rimi?

U: Foyda emas. Forumga berayotgan, ochayotgan mavzulari, fikrlari bilan ajralib turadiku. Mavzu ochishi bo’yichamasu, mavzularga chiroyli fikr bildiradigan qizlardan ledy. Ismlari Karima edimi? Shu.

A: Shulardan o’rnak olsa bo’ladi. Shularni o’rnak qilib ko’rsatsa bo’ladi demoqchisizde? To’g’rimi?

U: Juda ham o’rnak oladigan darajada emasku, lekin o’z fikriga ega, mustaqil fikriga ega deb ayta olaman.

A: Mana fan club jonli loyihalarda qatnashib kelmoqda. Siz mana chetda o’tirib kuzatmoqdasiz. Sizga qaysi biri yoqdi.

G: Va qaysi biridan reportaj yoqdi.

U: Menga ko’proq IMPRO-TK loyihasi yoqdi. Varrak shoudan ko’ra IMPRO-TK qiziqroq. Keyin man agar iloji bo’lsa Yulduzlar bilan Futbol shou o’tkazilsa yahshi bo’lardi deb aytardim. Yoki fan clubni o’zi o’ynasa ham. Bu ham qiziq bo’lsa kerak.

A: Qaysi sanda regstratsiya bo’lganiz esizdami?

U: Yo’q hozir aniq eta olmayman.

A: Taxminan.

U: Taxminan 2010 yil sentabr oyi.



G: Adashvosiz.

U: Sentaybr yoki dekabr. Yo’q. Sentyabrda.

A: Qanaqasiga? O’zi forum 11 chi dekabrda ochilgan bo’lsa.

U: Ha unda dekabr. Dekabr!

G: Qaysi kunida?

U: 12 yoki 13da.

G: 13 chi dekabrda ekan.

A: Mani yordamlarim bilan ammalab topdilar. Rahmat deb qo’ying))

U: Rahmat. Rahmat)))

Userlarga ta’rif!

G: Ibrohim aka, sizga userlarni o’qib turaylikmi yoki o’ziz etasizmi?

U: O’zim tanigan, bilganlarimga bera qolaman.

G’iyos Hazil tariqasida aytib o’taman.
Giyos – hazilkash, samimiy.
Anv@rbek – aqlli, intiluvchan.
Fazliddin – Shoir. Ular bildirgan fikrni o’qish man uchun juda qiyin. Boshqalar uchun bilmadim.
Nigora (Smiley) - hazilkash, samimiy.
Gulfina (loloshechka) – erkatoy.
Shahlo – Shahloga keyinroq, hozir...o’xshamaydi. (Biza shoshirib turibmiz. Orqalaridan ikkita katta it quvlatvomiza))) )
Dilnoza – 25 soat online, 24 soat deb qo’ya qoling.
Dilrabo – forumga tez kirib, o’z o’rniga ega bo’lgan user.
Sherzod – Adashmasam 2 yoki 3 chi DBSda chiqgandilar. Ta’rif bera olmayman, lekin bugalteriya sohasida ishlashlarini bilaman.
Ledy – U ham forumga kirib o’z o’rniga tez ega bo’ldi. Aqlli va ma’noli fikrlar yozadi.
NOZI – 41 yilda shu forum tashkil qilinayotganda tanishganmiza)))
Toxir – Juda juda aqlli fikrlarga ega bo’lgan. Uni gaplarini ham chunish oz muncha qiyinroq.



Etmaganlarimni etib o’tinglar.

G: O’ziz tanladiz shu varyantni, biza aytmaymiza!

U: Shu man tanish emasman...
Admiral –
Madina – singiltoy, quvnoq userlarimizdan. Hozirda qidiruv ishlariga berib yuborilgan)))

G: Forumda Zuxraxon ni tanisizmi?

U: Shahsan gaplashmaganman, lekin forumda ko’rganman.

G: Fikriz qanaqa, ta’rif bera olasizmi? Yutuq, kamchiliklarini.

U: Yo’q. Yo’q. Men eta olmayman.

G: Nima sababdan.

U: Men Forumga mumtazam kirib kuzatib yurganimda ayta olardim. Hozir men mumtazam kira olmayapman.

G: Hozir sizga bir narsa aytaman. Zuxraxon hozir biz bilan birga boshdan beri o’tiribdilar.

U: Ha. Ha.

G: 3 kishi o’tiribmiza.

U: Ha yahshi. Salom ayting.

G: Sizga ham salom aytdilar.

U: Salomat bo’lsinlar.

G: Rahmat dedilar.
Mayli qoganlarni eslay olamadilar.

A: Oqibat yoqolibdi.

U: Giyos ni aytib o’tdimi Anvarbek?

G: Aytdiz, aytdiz. Birinchi aytdiz.

A: Dilya qatta qoldi.

U: Ha Dilya qolib ketdi. U haqiqatdan kam kiryapti. Parvina hozirda ban olgan.

A: Jasmina qolib ketdi.

U: Ha. Oldinlari ko’p kirib turardi. Hozir o’qish bilan bo’lib kira olmayaptimi...bilamadim. Lekin Jasmina ni bilaman.

Qogan qutgan savollar.

G: Hayotizdagi eng qiziq voqeani aytib bering.

U: Forumdagi qiziq voqeani aytib beraman. Forumda bir mavzu bo’lardi. Ertak yozamiz degan. Shunda Toxir bilan ikki kishi yozayapmiz. U yerda magazin mavzusi bo’lmoqda. Men boshladim: “Giyos magazinni ko’rdi. Yugurib yo’lni yu yog’iga o’tmoqchi edi, nimadir osmondan chalop etib tushdi” didimu nuqta qo’ydim. )))))))))) U yerdan Toxir yozibdi: “Giyos boshini ushlagancha osmonga qarab, yahshiyam sigir uchmaydi” deydi.)))))) Shu joyda to’xtatdi. Keyin agentda yozishib turgan edik. Yozishib turibmiz, aytdim: “Hozir Giyos ko’rsa hafa bo’ladi. Kel boshiga boshqa narsa tushsin.” dedim.)))))) Uyam yozibdi: “Ko’p qavatli binoni ustidan o’tib ketayotgan ekan, tagidan kimdir suv quyib yuboribdi” deb. )))))))))))))) Lekin shu yomon o’xshagande. Hafa bo’lish yo’q lekin.

A: Forumdoshlarni qaysi birlari bilan yaqin muloqotdasiz?

U: Ko’proq Giyos. Agentdan deyerli ko’pchilik, Gulfina, siz, Fazliddin, Nigora, Nozi... Islomjon degan bola ham qolib ketdi. Shuni ham qo’shib qo’yinglar. Komoliddin aka ham qolib ketdi.

G: A bularga ta’rif bermaysizmi?

U: Komoliddin aka, o’zlari katta bo’lsalar ham qalblari 18 yoshlik.)))
Islomjon oddigina hamshahar.



G: Sport qaysi turlari bilan shug’ullangansiz.

U: Sportni futbol turi bilan shug’ullanganman. Oldin Chorsudagi Spartakga borib turardim. Hozir hech qaysinisi bilan shug’ullanmayapman.

A: Musiqa asboblarini chalishni bilasizmi?

U: Yo’q. Lekin hozir bizni ishhonamizda pionina ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishgan. Ikki korxona birga ishlab chiqarishgan.

A: Mana siz forumga pioninoni oldida o’tirib rasmga tushganizni qo’ygansiz. Bu reklama edimi?

U: Bu Smiley ni nozik joyi. Pioninoni yahshi ko’radi. Uni nozik joyi. Shunga atilatdan qo’ydim.

G: Mana sizga bitta savolde. Siz forumdagi qizlar bilan agentda, telefonda gaplashib turasiz. Bunga rafiqangizni fikri. Ular buni biladilarmi? Qanday qaraydilar?

U: Tochka. Boshqa savolga o’tgin)))

G: O’zbek kinolariga fikringiz. Oxirigi ko’rgan o’zbek filmingiz?

U: Oxirgi ko’rganim “Qo’rg’oshin”. Umumiy qilib etadigan bo’lsam, ko’p kino chiqayapti. Ko’pi sifatsiz. Tanlaydigan odam o’zi qaysi birini ko’rishni biladi. Muhlisni hohshi bu!

G: Shou biznesga fikringiz qanaqa?

U: Shou biznesga kelsak...(bir tiyinga qimmat dimoqchidilar, man etib qo’ydim.) 1 tiyinga qimmat.

A: Sizda haydovchilik guvohnomasi bormi? Haydovchilikga qiziqasizmi?

U: Haydovchilik guvohnomam yo’q. Haydashga qiziqaman.

A: Rasmlarizni birida mashinada o’tirib tushgansiz?

U: Rasmlarda...birinchi qo’yganim boshlig’imizni mashinasi. Qora mashinada tushganim. Mashinani ichida tushganim sherigimni mashnasi, ko’chada yurish uchun olganmiza.

G: Yangi kelayotgan userlarga maslahatingiz, tilaklaringiz...

U: Nima maslahat berishim mumkin. Giyosnimi Komol akani gaplari boru, hamma yoqni chat qilmanglar degan. Shu.

A: Mani har doimgi savolim. Shu paytgacha forumdami yo agentdami ayta olmagan so`zlaringiz bo`lsa, fan-clubdagi ucerlarga. Shu tanqidiymi yo so`zingizmi bo`lsa sizga imkoniyat.

U: Aynan bir kishiga qaratilgan gapim yo’q. Agentda yoki boshq yoqda bo’lsa bemalol o’ziga aytaman. Muamo bo’lsa o’zini yuziga aytaman. Qo’pol tuyulsa ham.

G: DBS loyihasiga fikringiz? Siz bilan bu loyiha qanday o’tdi?

U: Qiziqarli! Do’stona suhbat. Jonli suhabat.

G: Kamchilik va yutuqlari, siz bilan!

U: Real holatda ko’rishib, suhbatlashib bo’lmadi. Men bilan shunday bo’ldi. Fikrim ijobiy. Hursand bo’ldim.

G: Forumdoshlarga tiliklaringiz.

U: Sog’ – salomat bo’lishsin. Mana hozir 1 yilliki bo’libdi. Mana shu 10 yillikda ham 20 yillikda ham birga shunaqa ko’rishib, uchrashib yurish nsib qilsin. Hammalari salomat bo’lishsin.

G: Dictafon o’chdi. O’zimiz o’zaro gaplashib turganimzda dictafonni yoqishni so’radilar.
Ha nima gap? Gapiring.

U: Anu bola qolib ketdi. Juda hafa bo’ladi shekilli.

G: Kim?

U: Farrux! Farrux. Ismini to’g’ri yozishlikni talab qiladigan bola qani?

G: dj-diza. To’g’ri usha.

U: Ha O’sha esdan chiqib qolib ketibdi.

Ibrohim akani o'zlari yasagan ishlari.


Unet haqida aytadigan bo’lsam. Juda hazilkashlar. Hazillarni juda ham yahshi ko’taradilar. Fikrlashlari manga yoqdi. Suhbat qanaqa tez o’tib ketganini bilmay qoldim. (Qogan fikrni komment da yozaman.)
Bizni oldimizda Zuxraxon o’tirgan edilar. Ularni fikrlari: Fikrlashlari yaxshi, samimiy inson! Ba'zida jiddiy ba'zida hazilkash. Mani hamma fikrim ijobiy bu insonga!

Fikrlaringizni kutib qolamizaaa. Suhbatni Giyos va Anvarbek olib borishdi.
Giyos


Shu sonni qisqartirilgan audio versiasini eshitish uchun mana shu yerni bosing.


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Пайшанба, 22-Мар-2012, 20:02 | Изох # 2
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Yangi soni qachon Giyos kutib qoldik

Omad
 
FaxriddinСана: Пайшанба, 22-Мар-2012, 22:36 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
keyingi soni kim bilan?



Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
 
FC_PAXTAKORСана: Пайшанба, 22-Мар-2012, 23:40 | Изох # 4
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Keyingi sonlarini chet eldagi forumdoshar bilan o'tkazilar yana

Omad
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 18-Ноя-2012, 16:00 | Изох # 5
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
unet - bu user qayodala hozir? Nega forumga kirmayaptila?

erka farishta....(m)....
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: