|
Monolog
|
|
| EzoDil | Сана: Душанба, 07-Апр-2014, 10:44 | Изох # 1201 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| . Добавлено (07-Апр-2014, 09:44) --------------------------------------------- Qadimdan bir gap bor: "Örik gullaganda bir qor yog'adi" degan. Mana sizga olam olam qooor! Bechora örik daraxtiga jabr-da! Qalbimda ochilgan gullarni oppoq laylak qor bitta - bitta tökib ulgurdi. Yana öshanday sovuqlik,muzlik... Ayriliqlar,xörliklar,yolg'onlar qismatim ekan. Yuragim nafratlarga tölishini istamayman. Lekin nafratlanishga majbur qilishmoqda. Derazadan termuliiib ötirimman. Kechagina ekilgan nihollarni sovuq uribdi,daraxt gullari shamolda jon berib,qorga kömilibdi. Ana,bir dona kurtak qorga köksini qalqon qilib,yashash uchun kurashmoqda. Mana shu umid uchquni... Bösh kelma kurtagim! Yaproqlaring nozik bölgani bilan,asosing mustahkam! Birgina sen daraxtni qayta jonlantirishing mumkin,faqatgina sen uni yashashga undaysan! Taslim bölma! Kurash! Hali bog'larga bahor keladi,bizning köchalarni ham quyosh isitadi. Qorlar ötkinchi. Ular közni qamashtiruvchi oppoqligiyu,etni junjiktiruvchi sovuqligidan mag'rurlanadilar. Lekin bilmaydilarki,quyoshning zarrin nuri bir onda ularni loyqa suvga aylantirishini...
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) EzoDil - Пайшанба, 13-Мар-2014, 22:46 |
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Душанба, 07-Апр-2014, 12:55 | Изох # 1202 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Ajoyiiib...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Душанба, 07-Апр-2014, 13:11 | Изох # 1203 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmaat)))
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| Parvina | Сана: Душанба, 14-Апр-2014, 13:13 | Изох # 1204 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Кел...
Кел бугун куришиб, булишиб олайлик!!! Кузларимни сенга бераман, сени кургим келганда, излаш учун!. Хисларимни олиб кет, буйсундира олмаяпман, улар бошка-бошка! Тушларимни совга килай, куп тушларимга кириб йулдан ураяпсан, Ахмоксан! Оёкларимни синдир, улар факат сен томон отланади. Осмонимни узгартир корага, барча кийимларим шу рангда сенга ёкмаслигим сабаб! Куз ёшимнинг хар томчиси Сенинг бахтинг эди, бахтсизликка куникаман энди. Буёклар менга ортикча, энди ким учун! Балки битта хиёнат киларсан, ушандагина вос кечганларим кор килар, Сен кетгин... яна кимгадир богланиб коларман хазондек!!! Вакт даво.... вакт вафо, хозирча бошкариб тур, кун келиб оларман барин ижарага!!!! Кел... кел...
Allah büyükdur
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Пайшанба, 29-Май-2014, 14:28 | Изох # 1205 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Bahor oxiri. Yomg'ir... boshida shitirlab, keyin esa sharros quydi... Bir zumda hamma yoq ho'l bo'ldi... Agar shu yimg'irda yursangiz, 1 daqiqaga qolmay usti boshingiz shalabbo bo'ladi. Menga yomg'ir yoqadi, yomg'irda yurish yoqadi. Zontiksiz, shunday yomg'irni his qilib, yomg'ir tomchilari yuzlarimga tushganini bilib, haroratini sezib yurish yoqadi. Sochlarim alaqachon ivib ketgan. Yomg'ir suvlari sochimdan yuzimga tomchilab, yuvmoqda. Ba'zi paytlar ko'zimni zo'rg'a ochib yumaman. Oldimda, mendan oldinda ikki yosh ketmoqda... Bir qiz bilan yigit... Men ularni taniyman. Yigit uylangan. Qiz esa turmushga chiqqan. Zontik ostida ketishmoqda. Ular yaqin tanish. Zontik yigitniki, o'ng qo'lida ushlab olgan. Bosh barmog'i zontikni tutquchi bo'ylab ko'tarilgan. Qiz ham zontikni chap qo'li bilan ushlab olgan. Uning qo'llari zontikni tutqichi bilan birga, yigitni bosh barmog'ini ham ushlab olgan... O'zgacha hissiyotda ketishmoqda... O'tmishlarini eslab ketishmoqda... Bir birlariga aytolmagan gaplarini eslab ketishmoqda... Yigit ham qo'lini tortib olgisi yo'q. Qiz esa qattiqroq ushlamoqda. Ular shu bahona bir birlariga nasib qilmagan mehrlarini olmoqdalar, haroratini olmoqdalar... Ular bebahra qolgan hissiyot shunchalar ko'pki, bitta barmoqdan o'tishi qiyinlik qilmoqda. Ular o'zlaricha ko'p narsani hayoldan o'tkazmoqdalaru, lekin bir birlariga bildirmayaptilar. Ikkovlari ham o'yga tolib, hayol surmoqdalar. Endi hammasiga kech bo'lgan. Ikkisi ham bir biriga begonalashgan. Avvalgi yaqinlik ular orasida yo'q. Ikkisi ham oilalik. Yaqinda farzandlik ham bo'lishadi. Ikkisi ham turmush o'rtog'ini yaxshi ko'radi... Shu yomg'ir bahona o'zlari bilib, bilmay ozgina yaqinroq bo'lishdi. Boshqa payt, bunday yurishmaydiyam, hatto, qo'l berib ham so'rashishmaydi.... Yomg'ir tindi. Bir bir tomchilarni aytmasa, butunlay yo'q. Yigit zontikni yopmoqchi ekanini aytdi. Qiz qo'lini oldi. Yigit zontikni yopib, pastga tushurdi. Katta ko'chaga chiqqach, ikkisi ikki tomonga qayrilib ketdi, huddi avval ularni taqdir ayrigandek... Ichlarida o'ylashayapti, yana qachon yomg'ir yog'arkin, deb...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Пайшанба, 12-Июн-2014, 14:55 | Изох # 1206 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Hayot qiziq... Insonlar ojiz... Dunyo yolg'on-u tuhmatlarga makon... Suyanganim,ishonganim,tavakkal qilganim- Yaratgan Egam! Kechir! Gunohlarim,xatolarim,ojizliklarim uchun kechir! Bugun hovli supirayotib turpoq uyumiga közim tushdi,chumolilar ini ekan,supirmay ötib ketdim. Lekin supirilgan hovlida juda hunuk körinardi,mehmonlar kelishi kerak,turpoq bölib yotmasin deb supirib tashladim. Hovli tozalandi,ammo hovlidagi kir könglimga tushdi. Mana,yana uyqim öchdi. Birgina chumolilar inini buzganim shunchalik könglimni hijil,vijdonimni qiyin ahvolga solayapti-ku,odamlarning uyini,oilasini buzayotganlar qanday hotirjam uxlayotgan ekan a? Boshimizga biror musibat tushganda "Qaysi gunohlarim uchun" deb oh uramiz,dod voy solamiz. Afsuski,insoniyat qilgan xato-yu,gunohlar uchun bittadan g'isht qöyilsa,har kim özi uchun bir "Buyuk Xitoy devorini" kashf etardi. Insonning xatolari öziga körinmaydi,qaniydi imkon bölsa-yu,özingni chetdan kuzatsang... Tög'ri deb hisoblaganlarim xato,xatolarim esa tög'ri ekanligiga köp bora amin böldim. Kimlar meni tushundi,kim sevdi,kimlar nafratlandi... Lekin baralla aytgim keladi könglimda hech kimga nisbatan g'araz yöq,shunchaki juda og'ir vaziyatda juda qattiq ishondim. Huddi sahroda suvsiragan yölovchiga sarob köringani singari,miltiragan yulduzni yorug'lik deb öylabman. Ammo yulduzning yorug'i quyosh porlagandan keyin yöqolib ketarkan. Bog'imda porlagan quyosh abadiy bölsin,uning tafti yuzimga qizillik,könglimga iliqlik olib kira oldi,mehri bardavom bölsin. Kimlarningdir bilib bilmay könglini ranjitgandirman,Ollohim ularning köngliga avf urug'ini sochsin,men ularnikini kechirganim kabi. Ey,Buyuk Rabbim,Ramazonni iymon köz yoshlari bilan yuvilgan yuz, namoz ila poklangan qalb,Sening rizoliging yölida tiyilgan nafs ila kutib olmoqlikni nasib et! Omin!
(EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| nuriyev7077 | Сана: Чоршанба, 18-Июн-2014, 23:16 | Изох # 1207 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
| ...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) nuriyev7077 - Пайшанба, 19-Июн-2014, 11:16 |
| |
| |
| Miss-Shoira | Сана: Жума-муборак кун!, 20-Июн-2014, 09:17 | Изох # 1208 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ótgan kunlarim esimda... Shunchaki manosiz, mazmunsiz edi ular... Oddiy... shunchaki kunlar... Kecha yóq eding hayotimda ham, hayolimda ham... Tófon kabi paydo bóldingu, shunchaki ótayotgan kunlarimga maqsad olib kelding... Bugun yonma-yonmiz... Lekin dardimiz boshqa-boshqa... Birgamiz har kuni, lekin qandaydir uzoqmiz... Ğamgin bólsang sen siring aytmaysan, dardim tòlsa men ğamim oshkor etmayman... Kózimiz tóqnashadi har safar, ammo ul kòzlar ortidagi tuyğular yashirin... Urunaman... Intilaman ósha kòzlar ortidagi ğamni bilishga, yurakdagi darding olishga... Yòllar kòp lekin hech biri sening qalbing tomon olib bormaydi... Kòrinmas devor bizni ajratadi... Sen tomon qadam tashlashim uchun imkon bermaydi... U tòsiqni aylanib ham òta olmayman... Sening qalbing eshigi yopiq... Yól uzoq... tòsiqlar bisyor... Sabr ... Menda borku, lekin shu sabr ham umidsiz... shu sabr ham arosat... Huddi biz kabi sarson... Yashirin bari... uzoq oramiz... yonma yonmizu qalbimiz yiroq... tuyğular juda uzoq... bizlarni birlashtiruvchi kòprik ham yòq... Bugun... shunc haki bari... bekordir balki... uvoldir balki... tushunarsiz bari... Savollar bisyor... javob esa yagona: qalb eshiging berk! Ochishning esa menda imkoni yòq... yóllarim berk... Ertangi kun noma'lum... Bugungi munosabat omonat... Ertaga o'rtamizdagi arosat ip ham uzilishi hech gap emas... Uni mustahkamlash esa hayolimizning bir chekasida ham yo'q... Birgamiz... Lekin yo'llarimiz boshqa... Taqdirimiz ayro.
|
| |
| |
| Dark | Сана: Жума-муборак кун!, 20-Июн-2014, 12:13 | Изох # 1209 |
|
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
| Ps. Bir paytlar miss_shoira niki ostida istedotli shoira bir qiz bolar edi. Bir forumda emas, birnecha forumlarda ayni nik ostida yurar edi. Yaqindan tanish emasman, yozgan sherlariga kozim tushib turardi. Sheri oxshamaydi-ku, lekin nic osha osha))
|
| |
| |
| LierGirl2014 | Сана: Шанба, 21-Июн-2014, 20:38 | Изох # 1210 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
| Oldindan oqqan suvni qadri yo'q. QADRIMGA YET!!! yo'qsa kec bo'ladi keyin AFSUSLANASAN...!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 12:51 | Изох # 1211 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Bo'ldi yurak, boshqa sevma, alaqachon sevib bo'lgansan. Endi o'z holimga qo'y. Boshqa sevgi kerakmas menga. Ko'tara olmayman bu og'ir toshni. Bir dona sevdirib charchatdinku axir! Nega yana meni qiynashni hohlaysan? Ahmoqqina yuragimni yana tizminingga solishingga yo'l qo'ymayman! Bilib qo'y! Men avvalgidek yosh, sodda emasman. Hozi ancha ulg'ayganman, pishganman. Baribir boshqa sevdira olmaysan! Ey sevgi. Bilasanmi, men uchun asli sen yo'qsan... Sevgi... Yana unga o'xshashini topib, menga uchratib, sinadingga?
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| EzoDil | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 14:40 | Изох # 1212 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| p.s: G'iyos aka,monolog bowida yurakka murojaat qib turib,birdan sevgiga ötib ketdizmi?)))
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
| |
| |
| hamzahokim | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 17:10 | Изох # 1213 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 144
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 37
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil
Talabalik oltin davrim!
|
| |
| |
| JaNoB_JaDiD | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 20:47 | Изох # 1214 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Qirolicham, san eding mani go’zallik timsolim, Quyoshidan ajralgan tundaman, juda yomon ahvolim. Qo’limda daftaring, sandan qolgan estalik, Maktabdagi xotiralar bilan sani esladik. Bir yuz o`ttiz beshinchi maktab, ha o`sha bizlar o’qigan maktab, Darsdan so’ng ketardik ikkalamiz ikki ta`raf. Bir-birimizga e’tibor yo’q, ikkalamiz ikki dunyo, Mandan sanga qarash yo’q,sandan manga qiyo. Shunday o’tkazibman qancha yillarimni, O’ylamabman keyinchalik sog’inchli erta-kechimni. Oldimda ochilgan gulni yopibman qo’lim bilan, Ketaveribman egri-qishiq(notekis) yo`llarim bilan. Internatdagi hayotda qaynaq yoshlik o’chog’ida, Bilmay asta bog’bon bo’libman muhabbat bog’iga. Sani har ko’rganimda so’zlar ustida yugurib, Shoshilib qolar edim tilni har yonga burib. Muhabbat ertagida yoshning ro`li yo’q, bizlar juft bo`lar edik, Bir yosh kattaligingni farqi yo’q, bir but bo`lar edik. O’n besh yillik tuyg’u haqiqiy, HILOLim sevgim doimiy. Sani esidan chiqarmaydi sani JaNoB JaDiDing!!! (by 4J)
|
| |
| |
| hamzahokim | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 22:05 | Изох # 1215 |
|
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 144
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 37
Холати: Хозир йўқ
| Jur'at qalam ötkiru OMAD!
Talabalik oltin davrim!
|
| |
| |
| JaNoB_JaDiD | Сана: Душанба, 23-Июн-2014, 22:55 | Изох # 1216 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Hamzahokim qalam emas klaviatura kotta
rahmat
|
| |
| |
| Parvina | Сана: Жума-муборак кун!, 27-Июн-2014, 18:59 | Изох # 1217 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Юрагингни мен учун кулбаси йук экан мехмон килишинг шартмиди? Бу хаёт! Бу хаётда бизни жуфт курайдиган дардкашимиз топилмади, тилилмиз куйиб колсада, атрофимизда парвоналар йук, Биз айрилдик бемалол, вайронага айлаган кулба билан хеч кимни иши йук. Кимдир дуст булаолмади менга, сенга. Факат никобли вайронкорлар бир марта сен учун, бир марта мен учун ювиб беришди олмаларни, на охиригача ейилди на тишлаб куйилди..... Мендек хасраткаш, мендек тили куйган, мендек кулбаси шикастланган булмаса керак!!!
Allah büyükdur
|
| |
| |
| Zulfiya_A | Сана: Шанба, 28-Июн-2014, 02:50 | Изох # 1218 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1184
Тақдирланишлар: 1
Холати: Хозир йўқ
| Факат гамгин монологла ёзилганми?
Какие бы гиены меня не окружали,всегда останусь Королевой!)))
|
| |
| |
| Miss-Shoira | Сана: Чоршанба, 09-Июл-2014, 17:34 | Изох # 1219 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bilmasdim, bir kun kelib jazoinga loyiq bo'lishim.
Jazoing olovida yonishim bilganimda umuman boshqa yo'ldan yurardim.
O'zimni kul bo'lishdan asrar edim. Bundanam oliysi hor bo'lishdan, senga zor bo'lishdan o'zimni qutqargan bo'lar edim....
Sensiz qolishimga ishonchim yanada ko'proq bo'lganida edi.... Men sen tomon intilmas edim, sen tarafga qadam qo'ymas edim....
Yodimda ilk taniy boshlaganimda sen men uchun ahamiyatsiz eding.
Men sen eshitar edimu lekin darding meni qiziqtirmas edi hatto. Men seni shunchaki eshitar edim...
Yordam berish uchun emas... Shunchaki.... Balki o'sha patda sen meni kuchli inson deb o'ylagandursan...
Vaqt o'tib ojiz tarafimni oshkor etib o'zim ilk hato tomon qadam qo'ygandurman....
Kunlar, oylar mehrim uyg'onishiga sabab bo'ldi, endi seni shunchaki emas butun vujudim bilan tinglardim.
Dardlaringga malham bo'lish istardim, avvallari bo'shliq bo'lgan bo'lsang o'tgan kuni oylar qalbim to'ldirishing uchun meni senga yaqinlashtirgan edi.
Bilasanmi yuragimga qanchalar og'ir botadi sen o'zgalar bilan gaplashayotganingni eshitish...
O'zgalar bilan tushgan sur'atlaringni ko'rish ... Menda hatto sur'ating ham qolmadiku ahir....
Bilmadim aynan shu menga qilayotkandur alam...
O'zgalarga berayotgan zarracha e'tiboring meni rashkda yondirayotgandur...
Naxotki ko'zimdagi yosh bo'lib qolsang?
Mayli ko'zlarim yoshi bo'lsang ham rozi edim,
seni qo'yib yubormaslik uchun yeg'lamas edim...
Kipriklarim orasida ko'zlarim nurida asrar edim...
|
| |
| |
| JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 24-Авг-2014, 16:19 | Изох # 1220 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Shoir: JaNoB JaDiD......... Name: Baxtli bo’l [Intro]”Alvido, Hayr” yoqtirmas bul so’zni, Osongina yoshga to`ldiruvchi ko’zni. Ezadur qalbni, kemirur yurakni, Qiyinchiliksiz kirgizar sevgiga nafratni. [verse 1] Daryoda amalladim, dodimni ushlab, shildirab, Ziynatim yo’qotdim sokin bayroqday xilpirab. Qo`rqmasdan yurdim, o’rinsiz ichdagi xavotirlani bari deb, O’zimcha ishni tugatdim yurgandim erta xali deb. Erta deganim kech bo’ldi, o’zga oldi mana boplab, Endi esa Rakatni hamma yeri sani eslatar azoblab. Yodga solar oxanging, tabassuming, chiroyli kulishlaring, Kir aralashmagan toza so’zlaring, yarashadigan noz qilishlaring. Yodga solar Bir yuz o`ttiz beshinchi maktabdagi o’sha sho’x davrimizni, Endi tiklanayotgan o’zimiz bilmagan muhabbat shahrimizni. Shul ingliz-tiliga tayyorlanishda sani har kun ko’rardim, To’g’risi ham bu yerga bir sani borliging uchun kelardim. Bu man uchun tabarruk joy, lan’ati chiydi bo’sh yipni, San bilan dardlashmasan boshlardi yurak siqishni. Shu sababli yozilgandir man uchun muqaddas bo’lgan xotira, Bir tomondan ham eng yomani shu joylashgandir qalbimda. Yodga solar sani ko’rish uchun qilgan harakatlarim, Yoz kunlari sani kutgan qancha soatlarim. Qilingan ishni qilib, bo’yalgan ustidan bo’yab, Sabr bilan izing poylab, nima deyish haqida o’ylab. Ko’zim quvonib, ruhim yashnashi aniqligidan baxtiyor turganim, A-San paydo bo’lishing bilan o`zimda yo’q quvonib yurganim. Qani endi qo’lingdan ushlab quchoqlab bag’rimga bossam edi, Hayolimdagi o’tkazmalarni ma’lum qilib, SMSlar yozsam edi. Afsus, o’rtamizdagi bir metr deb o’ylagan masofa, Aslida bir ming kilometrlik yo’l ekan, kasofat. chorus: Oddiy gap: oq yo’l, Asosiysi baxtli bo’l. [verse 1,5] Yolg’onmas sani sog’inaman ha juda, Bilaman sani sog’inaman behuda. Yuraman kech-qorong’ular chetida, Yonaman sarob tuyg’ular o’tida. Turaman Orol dengizi portida, Suzaman shu tufayli tuzliklar bortida. [verse 2] Qirolicham, san eding mani go’zallik timsolim, Quyoshidan ajralgan tundaman, juda yomon ahvolim. Qo’limda daftaring, sandan qolgan estalik, Maktabdagi xotiralar bilan sani esladik. Bir yuz o`ttiz beshinchi maktab, ha o`sha bizlar o’qigan maktab, Darsdan so’ng ketardik ikkalamiz ikki ta`raf. Bir-birimizga e’tibor yo’q, ikkalamiz ikki dunyo, Mandan sanga qarash yo’q,sandan manga qiyo. Shunday o’tkazibman qancha yillarimni, O’ylamabman keyinchalik sog’inchli erta-kechimni. Oldimda ochilgan gulni yopibman qo’lim bilan, Ketaveribman egri-qishiq(notekis) yo`llarim bilan. Internatdagi hayotda qaynaq yoshlik o’chog’ida, Bilmay asta bog’bon bo’libman muhabbat bog’iga. Sani har ko’rganimda so’zlar ustida yugurib, Shoshilib qolar edim tilni har yonga burib. Muhabbat ertagida yoshning ro`li yo’q, bizlar juft bo`lar edik, Bir yosh kattaligingni farqi yo’q, bir but bo`lar edik. O’n besh yillik tuyg’u haqiqiy, HILOLim sevgim doimiy. Sani esidan chiqarmaydi sani JaNoB JaDiDing!!!
chorus: Oddiy gap: oq yo’l, Asosiysi baxtli bo’l. [verse 2,5] Endi yonimdamassan, yurak kim uchun uradi, Sog’insam hayolim faqat san tomon yuguradi. Endi atrofimda qayg’u-alam o’z uyini quradi, Baridan charchadim, yashashga intilish qochadi. Endi mendek hayotdan bezor yonida kim yuradi, Baribir ham ko’ngil hammadan o’zini chetga oladi.
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Пайшанба, 18-Сен-2014, 17:56 | Изох # 1221 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| O'zgarmagansan. Hamon avvalgidek go'zalsan. Seni anchadan beri endi ko'rayapman. Bir ko'rishda tanidim. Sen ham meni taniding. Ha men o'sha olifta... Men senga yaqinroq bo'lishga intilardim. Sen esa mendan o'zingni olib qocharding. Meni dugonang bilan yurishimni hohlarding. Va buni eplarding ham. Seni yoqtirishimni bilsang ham, o'zingni beparvo tutarding. Ko'p xiralik qilsam, yoqol olifta deyrding. Ikkimiz yolg'iz qolib suhbatlashsak ham, mavzu faqat dugonang bo'lardi. Faqat u, u, u, u. Bitiruv kechamiz esimda. Sen bilan valsga tushaman deb, davraga taklif qilgandim. Shunda sen qayerdandir, dugonangni topib kelib, qo'limga tutqazib qo'yib, qo'lidan mahkam ushla olifta degandik. Nailoj u bilan vals tushgandim. Shu umrimdagi birinchi vals edi. Shu birinchi sen bo'lishingni istagandim. Lekin... Shu vals oxirgi vals ham bo'lib qoldi. Bizlar bitirdik, o'z yo'limiz bilan ketdik... Dugonang bilan ham gaplarimiz uncha qovushmadi. Faqatgina do'st bo'lib qoldik. Seni esa g'oyib bo'lganding, topa olmadik, na u, na men. U turmushga chiqdi, farzandli bo'ldi, sal to'lishib, o'zgardiyam. Uni har ko'rganimda, seni eslayverardim. Unda seni ko'raverardim.... Bir kuni u menga bir gap aytib qoldi. Sen meni yoqtirgan ekansan. Lekin u uchun mendan kechibsan. Nima sababdanligini tushunmadim... Oralaringda nima gap bo'lganiniyam aytmadi. Faqat shuni aytib, hayolga toldirdi. Mana yillar o'tib endi qaytib kelibsan. Balki dugonang bilan qolmaganimni eshitgandirsan, balki o'z sababing bilan... Meni bir savol qiynaydi. Nega o'sha paytda, mendan qocharding? Bilardinku!? Javobsiz savollar. Turmushga ham chiqibsan. Biz u bilan birga bo'lolmasligimizni sezgansana? Afsus... To'g'risi, kelishingni kutmagandim. Kech kelding... Yaqinda ota bo'laman! Men o'zgarmaganmana?
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Dilnoza_E | Сана: Пайшанба, 18-Сен-2014, 22:37 | Изох # 1222 |
|
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos ofarin. Ijodizga omad.
|
| |
| |
| Sarvar94 | Сана: Жума-муборак кун!, 19-Сен-2014, 07:12 | Изох # 1223 |
 Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 774
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 83
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 27-Сен-2014, 09:14 | Изох # 1224 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat) Bahor kelsa, seni doim eslayman. O'sha qaldirg'ochlar yana uchib kelganda. Chug'urlashib, ostonada uchishganda. Sen ham qaldirg'och eding. Mening qaldirg'ochim... Bahorda qalbimga kirib kelding. Qaldirg'och shipga mustahkam in qurgandek, sen yuragimga mustahkam sevgini qurding. Qaldirg'och ini atrofida parvona bo'lgandek, sen yuragim atrofida parvona eding. Men bilan o'ynar eding, quvnar eding. Qaldirg'och bolalariga yegulik keltirib bersa, sen menga mehringni keltirib berar eding. Doimo g'amxo'r eding. Afsus. Kuz keldi. Barcha qaldirg'ochlar mehr bilan qurgan inini tashlab ketdi. Sen ham shular singari, yuragimga mehr bilan qurgan sevgingni tashlab ketding. Qaldirg'ochlar mehribonligini bilardimu, bevafo ekanini bilmas edim. Yuragimdagi sevgi sensiz bir haroba indir. Egasiz, kimsasiz... Sen o'z halovatingni o'ylab ketding. Meni ahvolim esa seni zarracha qiziqtirmadi. Bevafosan, beparvosan, beyuzsan. Kuzni yomon ko'raman. U kelganda, sen ketganding. Bahorda, yana bahor kelganda qaytib kelmagin. Kelsang ham, yuragimda alaqachon nurab ketgan sevgingni qayta tiklamagin. Menga sensiz yaxshi. Qaldirg'ochlarsiz yaxshi. Bevafolarsiz yaxshi...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Diana | Сана: Шанба, 27-Сен-2014, 09:35 | Изох # 1225 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
| Giyos, Qoyil!! Judayam zo'r! Ta'sirlanib ketdim... Omad ijodizga!
|
| |
| |