Monolog - Страница 47 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
RaVsHaNBeKСана: Чоршанба, 21-Авг-2013, 09:50 | Изох # 1151
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
hands

Добавлено (21-Авг-2013, 08:50)
---------------------------------------------
bir dasta qip qizul rozani olasdee shartta sharta mashu gaplani gapirib gulli berasiz)))
qani yo' deb koo'rsinlachi)))
Roshen digan shkalatdanam ovoling biggrin


+99893 942 32 32
 
Nilufar_93Сана: Чоршанба, 21-Авг-2013, 22:18 | Изох # 1152
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Doctor Ji endi miw miw lar ostida qolasizov))

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 01:52 | Изох # 1153
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Eslolmadingmi? Yoki shunchaki eslaging kelmadimi?
Umuman olganda ikkisi ham bir xil. Seni unutishim, sendan voz kechishim uchun chiroyli va arzigulik sabab. Menda bunaqa sabablar juda ko'p. Xatto keragidan ortiq ham. Lekin hammasining ustiga chizilgan. Senga bo'lgan abadiy ishqim va umidim bilan chizilgan. Shuning uchun ular inobatga olinmaydi qalbim qonunlarida. Chunki qalbdagi oliy maqsad sensan. Jamiki harakatlar sen uchun, seni yo'lingda.
Bir vaqtlar menda kuchli, otashin ishq bor edi. Sendan olganim iliq munosabat, mehrdan keyin ishq yanada kuchaydi. Yonginasida ishonch paydo bo'ldi.
Vaqtincha, vaqtinchalik. Yomon ko'raman shu so'zlarni. Meni xijronda yolg'iz tashlab, holimni abgor qilgan vaqtinchalik mehring sabab.
Shundan keyin ishq yonida sen tufayli, ming afsuski, vaqtinchalik mehring tufayli paydo bo'lgan ishonch yo'qoldi.

Ishq esa hamon qalbim hokimi. U o'ziga yordamchi ham topdi. Umid. Ha, ha, o'sha vaqtinchalik ishonch o'z joyini umidga berib ketdi. Sendan umidga, mehringdan umidga, ishqingdan umidga. Butunlay qo'lga olgan meni bular. Meni saqlashi kerak bo'lgan aql ham, sen degan, va faqat sen degan, ishq va umid xizmatida. Menda meniki bo'lgan xech nima qolmadi. Hammasi seni deydi. Shumikin oshiqlik, shumikin sevgi.
Umid qabrgacha meni tashlab ketolmas ekan. Agar sen uni yana ishonchga aylantirmasang. Endi vaqtinchaligi kerakmas.
Mayli umid ham bir kun so'nar ekanku deysanmi? Undan keyin navbatda ilinj turibdi.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 09:07 | Изох # 1154
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
smile hands

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 07:45 | Изох # 1155
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Kechiring, sevgingiz qabul qila olmadim. Hech qanday aybingiz yo'q. Hech qanday kamchiligingiz ham yo'q. Faqat. Faqat, men uchun juda yoshsiz. Sizni seva olaman. Albatta seva olaman. Lekin siz, mendan ortiqrog'iga loyiqsiz. Men oddiymanku. Sizni hayotingiz hali oldinda. Yoshingiz endigina 18 da. Men esa... Men shu yoshimgacha, ko'p sevib yubordim. Bu sayyoq yurakka buyruq berib bo'larkanmi? Faqat hijron bilan uni hovurini bosa oldim. Siz hali yana kimnidir, o'zingizga mosini sevasiz. Sizni qadringizga yetadiganini yoqtirib qolasiz. U ham sizni sevib, ardoqlaydi. O'z ko'zlari kabi, sizni har bir chang zarrasidan ham asraydi. Ishonmayapsizmi? Ishonavering. Hali ko'rasiz. Men aytdi deyrsiz. O'sha paytlar, dumaloq yerda, ko'rishib qolsak, shu gaplarimni aytib, hursand bo'lib, eslaysiz... Ko'rishmaymiz deb o'ylamang. Biz ko'rishamiz, baxtli kunlarimizda. Ko'rishmasakda, baribir baxtli bo'lamizku!

Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 09:31 | Изох # 1156
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
hands Takooooy monolog bo'libdi ))

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 10:17 | Изох # 1157
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Men oddiymankuuuuu...

Shu so'z yoqib qoldi Giyos akacha... Endi so'z boyligimda shu "ibora"ni albatta ko'o'o'p ishlataman... hands


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Шанба, 07-Сен-2013, 12:04 | Изох # 1158
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Bu qiz bilan har kuni O'ynardik
bekinmachoq. Darrov topardim uni
Devorga bekingan choq. Qo'l
ushlashib adirga Chopar edik
hakkalab. Qaytardik keyin birga,
Qo'ymas edim yakkalab. Ishonmasdan ko'zimni Kafti bilan yopardi. Bekinardi. Men uni Osongina topardim. Kapalakday beqaror, Ohuday edi qochoq. Keyin bilsam, aslida Bu dunyo - bekinmachoq. Bir kun ogoh qilmasdan Bir burchakka chekindi. O'zi bilib-bilmasdan Chimildiqqa bekindi.
Ovoz berdim: «Bo'ldi, chiq, Qanisan?..» - tinglar edi. Lekin negadir piq-piq Chiqmasdan yig'lar edi. Kiray desam yoniga, To'siq bo'ldi yangalar. Igna sanchib jonimga, Dil dardimni yangilar. Tashqaridan so'z qotdim: «Hammasi o'yin edi, Ko'z yumdimu - yo'qotdim, Buyog'i to'ying endi...» Shundan berihar kuni Yaramga teginaman. Uzoqdan ko'rib uni, Shu zahot bekinaman.
Ergasholmas izimdan, Ortimdan chopolmaydi. Ko'rib turaru zimdan,
Hech qachon topolmaydi. .
P/s Prosta Ijtimoiy Tarmoqdan bir tanishim yuborgan muallifni bilmiman. . .


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 07-Сен-2013, 12:51 | Изох # 1159
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Bechora Oshiqcha va Ma'shuqchalaaar... cry

Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Шанба, 07-Сен-2013, 21:39 | Изох # 1160
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Hoziirgina dori ichdim. . . Balki kimdur ko'rib qutqarib qolar . . Balki . . . Nima bo'lsayam sen bilan oxirgi marta gaplashgim, ovozingni eshitgim keldi. . . Raqamingni o'zgartiribsan . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 10-Сен-2013, 12:50 | Изох # 1161
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
KUZMUNCHOG'IM MANIM... Ko'zlari tim-qora sevgilim manim...
Shirin jonim manim...
Dunyoyim manim...
Sevgisin isbot qilgan,
Botirim manim...
Qalbginamning o'g'risi,
Bir donam manim...
Hayotimga nur bag'ishlab,
Kelganim manim!!!
Nega sizni atayman KUZMUNCHOG'IM deb?!!
O'ylaganmisiz sira, aytaverishim hadeb?!!
Bilmaysizda sizni qanchalik sevishim...
Malaklardan rosa, ko'p rashk qilishim...
"KO'ZMUNCHOQ" emas KUZMUNCHOG'IM deb,
Atasam qaraysiz mayin jilmayib...
KUZMUNCHOG'IM deyishim sababin aytay...
Buningchun oshiqlar aybga buyurmagay...;
KUZ faslida sevganim uchun,
Yaproqlarni sevganim uchun,
Otashin muhabbat berganiz uchun,
Atarman tanhoyim, KUZMUNCHOG'IM deb...
Sizni sevdim hayotimning lahzalarida,
Shoir aytgandek: eng gullagan yoshlik chog'imda...!!!
O'tli nigohingiz qalbimga ishq soldi,
Dilim uzra aylanib jonimni oldi...
KUZMUNCHOG'IM MANIM...
YAGONAM MANIM...
Ertaklarimdan topgan,
SHAHZODAM MANIM...
KERAGIM MANIM...
AZIZIM MANIM...
Mehr nuridan topgan,
MEHRIBONIM MANIM...!!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
JaNoB_JaDiDСана: Сешанба, 10-Сен-2013, 20:29 | Изох # 1162
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
holam mani

Добавлено (10-Сен-2013, 19:29)
---------------------------------------------
hands


 
GiyosСана: Пайшанба, 19-Сен-2013, 04:28 | Изох # 1163
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bir kun. Uzoq vaqt. Hayron qolmang. Siz uchun atigi bir kun bo'lishi mumkin. Lekin men uchun bu juda uzoq vaqt. Chunki meni sog'inadiganim bor. Uni ko'rmasam, sog'inishni boshlayveraman. Bilmadim nega bunday. Avvallari bunchalik sog'inmasdim. Hammasi uni sevib qolganimdan keyin boshlandi. Sevib qoldimku, sog'inch nima ekanini seza boshladim. Sevgi va Sog'inch doimo yonma yon yurar ekan. Ishonmayapsiz a? Unda sizam bir marta sevib ko'ring. Atigi bir kunizga. Keyin siz bilan qayta salomlashaman. Yo'q, ustingizdan kulmayman. Faqat sevganingizdan, "senam meni sevasanmi?", deb so'ramang. Siz, "senam meni sog'inasanmi?", deb so'rang. Nimaga deysizmi? Sababi oddiy. Bu savol ikki hil ma'noni bildiradi. Sizni sevgani uchun sog'inganini. Ensangiz qotdimi? Yuzingizni bujmaytirdingizmi? Demak hali sevmabsiz. Hali sog'inmabsiz. Boshqalarniyam sog'inishimiz mumkinku deyapsizmi? Ha, mumkin. Juda ham mumkin. Ularni ham sevasiz. Hayron bo'layapsizmi? Qarang, hech zamonda dushmaningizni, yoki ko'rishni istamagan odamingizni sog'inasmi? Yo'q. Qancha ko'p vaqt ko'rmasangiz, shuncha ko'p hursand bo'lasiz. Gaplarim xaqiqatga yaqin ekaniga endi ishonayapsiz. Sekingina kulib ham qo'ydiz. Siz shu joyda, kimnidir sog'inishni hohlayapsiz. Yo'q demang. Yuragingizni qo'liz bilan ushlang va eng yaqin odamingizni 1 hafta ko'rmagandek his qiling. Sog'indingizmi? Agar rostdanam sog'ingan paytingiz bo'lsa, yuragiingiz shunaqangi uradiki. Qanot bersangiz, uchib ketadigandek. Yozganlarimdan asabiz qaynay boshladimi? Hohlasangiz uyog'ini o'qimang. Qiziq emas. Lekin o'qimasangiz, hayotingizdagi eng katta xatolardan birini qilgan bo'lasiz. Juda muhum narsa yozaman. Qiziqdingiz a? Men hazillashgandim. Boshqa hech narsa yozmayman. Faqat kimgadir mana bunday yozaman: "Sen ham meni sog'inasanmi?"...

Sog' salomatlik...
 
HushroyСана: Пайшанба, 19-Сен-2013, 16:34 | Изох # 1164
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Гиёсиддин, ТАСАННО!!!))
Дархакикат, севмай туриб, согинч хиссини туйиб булмайди!..)
 
RaVsHaNBeKСана: Пайшанба, 19-Сен-2013, 21:14 | Изох # 1165
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
San xam mani sog'inasanmi
jovob tayyor :yooo')))

Monolog yoqdi manga... hands


+99893 942 32 32
 
EzoDilСана: Шанба, 21-Сен-2013, 01:20 | Изох # 1166
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
qoyil gap yö!

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
ParvinaСана: Душанба, 23-Сен-2013, 11:56 | Изох # 1167
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Сени севиб колганман!!!
Кумлар охир окибат тошгаайланиши хакида билсанг эди, узоклашганинг сари осмонлар ларзага келганини
курсанг эди, энди сени осмонинг бошка, менинг хам, кеча ва кундузимиз алмашган
ва анча узоклардаааа,  яна бир тонг отиб,севиничим ичимда сигмаётганин, сени куриш учун хаёт эканлигимни билсанг эди.
Шукурлар булсинким, узок булсанг хам борсан, кимлардир тошлар орасида, уларнинг
хатто тошбокадек жони йук… узоклашганинг тамом дегани эмас,  хар куни овозингни эшитмасамда унутишим керакдегани эмас, майли уша йуллардан утаман ёлгиз кайта ва кайта, манзилимиз каерларгадир кучиб кетади дегани эмас.


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Душанба, 23-Сен-2013, 11:57
 
DadaxonСана: Шанба, 28-Сен-2013, 11:40 | Изох # 1168
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
"Nomalum noma" Qaylardasan?
Nelar bor öylaringda,
xayollaringda... Orzularingda
yashaydi nelar, kim. Közlaring
qaromi movirang yoki..
Sochlaring uzunmi yoki kalta,
römol bezaydimi boshing.
Nima jisminga mosu xos isming,
shirin saslaring tinglaydi kimlar.
Borar bölsam olib borar qay yöl,
manzillar.
Necha baxor kördi
yillaring, kimlar bilan ötar
kunlaring.
Bilmayman
qandaysan, kutganmisan,
kutilganmanmu man! Nigoxlar
töqnashib, yokida uchrashib..
Topishamizmi taqdir birlashib.
Yurakda uyg'onib shirin xislar,
sevgiga oshno bölarmizmu
bizlar.
Yoki yovchilar izlab
axtarib, ostonang xatlab
ötarmu.. Rizo qilib ota onangni,
kelin qilib olib kelarmu.
Bilmayman bilmaysan sen xam,
baxtim qaylardasan men qayda.
Izlaganim axtarganim...
peshonamga bitilganim, bir kun
borar kutganing mexru qalbin
kaftda tutib. Asraganing bir
umrlik sadoqatu mexring
olgani, bir umrga yoningda
yöldosh bölib qolgani.
Xichkimga bermaganim, ming
gözallardan asraganim, olib
borgum xadya etgum. Qiziq,
Qaylardasan?? Juftu xalol etib saylangan taqdirim, kimsan qandaysan. Xalol ishqim xalol muxabbatim, xalol mexring bokira tabassumingga atarman borim. Xichkimga bermagan vafo, sadoqat samimiy tuyg'u xislarim... Senga asrayabman, asragil senxam.
Kutgil borarman bir kun.
Oshiq.D
 
Zinnura_KСана: Шанба, 28-Сен-2013, 11:56 | Изох # 1169
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
hands Maladeeeess Do'stim..
Qoilmaqom..bitiklar..
Sof tuyg'ular tarannumi.. hands ijodizga..
Pok qalbizga ballii..


erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 28-Сен-2013, 13:20 | Изох # 1170
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Da, haqiqatdan ham ajoyib monolog chiqibdi akajonim... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Шанба, 28-Сен-2013, 14:05 | Изох # 1171
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Raxmat sizlarga yoqqanidan xursandman. Shunchaki öylaymanda kim qanday qayerda kelajakdagi rafiqam. Shularni shunchaki oqqa köchrdim
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 04-Окт-2013, 09:29 | Изох # 1172
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
O beg'uborim, yo'llaringda adashib, topolmay seni, sarson sargardonman. Toleyim boqdi, topdim tanho yulduz osmonimdan. Mashriqdan esar shamol, olib kelib, seni iforing. O beg'uborim, sog'intirma men oshiq, telba devonangni. Sensiz huvillar, bo'sh kulbam. Nurga to'lmas, qorong'u xonam. Sen bo'lmasang, kim bo'lar yorim, borim. O beg'uborim, jonim... Jamolingni kam ko'rmoqni, amr qilma, talpinay seni vasling hohshi ila. O beg'uborim, sensan meni yolg'izim... Senla otsin tongim, senla botsin quyoshim... O beg'uborim, bo'l sevgan yorim...

Sog' salomatlik...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 05-Окт-2013, 00:12 | Изох # 1173
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Ooo... Telbachaginaaam... clap Giyos akachaaam mani... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Сешанба, 08-Окт-2013, 20:39 | Изох # 1174
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Qara.. Yashayapman xa
ölganim yöq
Borman tirikman, nafas
olyabman qara.
Ösha öshaman, ösha
közlar kör bölib qolmadi,
ösha yuzim ösha lablarim
tildan xam qolmadim.
Faqat, quvonch yöq endi
bu közlarda. Tabassum
paydo bölmayapti ösha
yuzlarda. Yurak
sog'inchdan qiynalib,
oyoqlarga tezlash degan
xukm etmayapti.
Oyoqlarim xichkim tomon
yugirmayapti
chopmayapti. Zato
yashayapman.
Mussaffo tong.. Uyg'onish
kerakligi uchun uyqudan
yuz buryapman, seni
körish uchun uyg'ongan
tonglarimdek emas.
Közlarim ochiboq
telefonimga
boqmayapman, "Xayrli
tong jonim" yöq endi
bunday smslar.
Telfonning xam qizig'i
qolmagan. Lekin
yashayapman.. Mexr berib
mexriboni bölmayapman,
xichkimdan kutmayapman
xam. Vaqt.. Qande ötyapti
xozr nechchi böldi
soatimga qaramayapman.
Qaysidir soatda körishm
kerak bölgan sen
yöqsanku. Ketganman
qaytganim yöq, qaytishni
öylamayapman. Unutmoq
uchun kelganman lek
nega unutmayapman.
Sendan, yurtdan,
yaqinlarimdan olisda lek
baribr yashayapmanku,
ölmadimku. Sinib
qolmadimku. Qaraaaaa
yashayapman.
 
GiyosСана: Пайшанба, 17-Окт-2013, 06:54 | Изох # 1175
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Oq libosda kirib kelding, ko'nglim so'ramay, o'tib ketding. Ko'zda yoshing arta olmay, yongginangga qarab ketding. Ko'z yoshlaring yashirma mendan, koshki bilmasam seni. Qilding hiyonat muhabbatimizga. Ayrding bir birimizdan. Endi bu so'nggi uchrashuv, so'nggi visol. Seni to'yinggu. Yoningda baxtli kuyov. Esdan chiqarma meni hecham, o'chirma meni hayotingdan. Baxtli bo'lganingda qora kuning bo'lib qolsam ham, unutma sira ham. Hozir davraga chiqib, tabrik so'zi aytaman. Sen bilan kuyovga baxt tilab, to'yxonani tark etaman. Faqat bitta iltimos sendan, yig'lamagin gapirayotganimda. Kulib tur, quvonib tur. So'nggi chehrang, qolsin mende shunday... Ketayapman... Yo'ldaman yolg'iz... Sokin kecha... Mayin shamol esmoqda... Ortimga qarayman, oq libosda, bir qiz yugurib kelmoqda...

Sog' salomatlik...
 
Поиск: