Yurakdan to oq qog'ozgacha - Страница 39 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
AbbosbekСана: Сешанба, 18-Июн-2013, 10:39 | Изох # 951
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Bilasanmi, Sen kimsan? Telbasan...
beozor va ozorli telba... Hayron
böma gaplarimdan, bugun jahlimmi chiqardin judddayam... Davay sog'intirishdan garov öyniymizmi? Ogohlantiraman... Yutqizasan... Öynamiy qöyaqol... Meni rahmimmi keltirmagin... Seni judddayam yomon köraman... Qorong'u yolg'iz...
Dunyo tor sensiz...
Yashash osonmas...
Ishon osonmaaas...
Qanday ayt endi...
Yasharman yolg'iz...
Yuragim könmaaas...
Yurak ishonmaaaas...
Xursand bömaaaa, bu ashula
sengamaaaaas, shunchaki naushnikda
eshityabman....


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
ShukronаСана: Сешанба, 18-Июн-2013, 19:45 | Изох # 952
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qalbimda josh urar.
Ajip bir tuygu.
Lek bu qanday tuygu
Bilolmasman?
Bu mehrmi bilmadim yana
Yoki yaqinin topdi
Bu yurak.
Kim u yuragimga yaqinim.
Ne uchun yuragim bejo.
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 00:50 | Изох # 953
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Vatan.Kimsan?-Nimasan?
Buncha ildizlaring uzun bo'lmasa,
yuragimning tolalarigacha chirmashgan.
Yigit bo'lib yosh ko'rmagan ko'zlarim,
sening sog'inchingda,
sho'r suv bilan labimni tahir qildi.
Bayro'gingni ko'rganda esa,
yuragim,
xuddi onasini anchadan beri ko'rmagan 
go'dakning 
mitti yurakchasidek,
shodlikdan xapqiradi.
Va yana g'urur va shodlik omuxta bo'lgan
xislar dengiziga cho'miladi bu qalb.
Non desam undan ortiqsan,
suv desam undan-da zilolsan.
Alloh,yaratgan bu ruhimga
mehring bilan zeb bergan buyuk Kulolsan.
Tog'laringning qorli cho'qilariga boqib,
billurdan-da toza xavoni sipqorganim-da,
o'pkamning katakchalarigacha yetib borgan rohat,Senmisan?
Yoki,loyli ko'chada,
yoshlikni eslab,azim tut daraxti tagida,
xayol bilan suhbatlashganimda,menga suhbatdosh bo'lgan 
soya,Senmisan?
Yoki,buvimning qabri ustida qiygo's ochilgan,Lolamisan?
Duogo'y onam deymi Seni?
Avliyosifat otam deymi Seni?
Barchasida jamuljamsan Vatan.
Soyda xam loyda xam,xatto oyda xam aksingni ko'raman uxlasam.
Dunyo turguncha turgin.Bir oddiy musofir,seni chin dilidan sevgan o'gil-qizing qatorida men xam borman.Bilaman sen xam meni yaxshi ko'rasan,lekin jimgina,beriyo,beminnat sevgan Ulug'imsan.Ilohim tug'roingni dunyo ayvoni toqiga yaxshi nom olib,qaday oladigan farzandlaring ko'paysin Onajonim.
 
Olamgir(Alemgir)Сана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 00:58 | Изох # 954
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
Dostim Vatan uchun yozilgan bitiklaringizni oqib togrisi kozimga yosh keldi. Agar dostim bu sozlar 10 varraq yozilganda ham oqib chiqardim jonim fido bolsin vatanga. Dostim hurmatim oshdi sizga, agar ozingiz yozmagan bolsangiz ham shu bitiklar qalbingizni chertib bizlar bn baham korgan bolsangiz rahmat, agar ozingiz yozgan bolsangiz sizga hurmat tazim qilaman

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:07 | Изох # 955
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Olamgir(Alemgir), raxmat Olamgirbek...xa Vatanni soginganda yozib turaman o'zimniki...iliq tilaklar uchun raxmat

Добавлено (21-Июн-2013, 00:01)
---------------------------------------------
Ko'zing kulsin-shodlik nuridan,
azoblaring kuyib,kul bo'lsin,
Onajonim-O'zbegim elim,
darhonangda faqat to'y bo'lsin.

Karnay surnay ovozi tutsin,
fayzi bo'lak ko'chalaringni,
xumoriman-taralsin xar yon,
yopgan tandir kulchalaringni.

Do'st-yorlaring kulgisi yangrab,
quvonch qo'shib xonadoningga,
ketmas davlat bo'lib kirsin baxt,
changib qolgan g'aladoningga.

O'gil-qizing yaxshi kunida,
savlat to'kib,o'zing bosh bo'lgin,
nabiralar ot bo'ling desa,
kishnab turgan ulug' yosh bo'lgin.

Tilaklarim eng asillari,
senga bo'lsin armug'on elim.
To'ylar qilib,charchama sira,
ko'rmagin xech bemahal o'lim.

Ko'zlaringda ko'rmay o'tayin,
bir tomchi xam alamli yoshni,
istasang gar bog'labon belim,
damlab beray Qarshicha oshni.

Faqat sen kul,yayra,siqilma,
bu dunyoni olma nazarga,
yur o'glim deb arava kabi,
sudra meni,eski bozorga.

Bozoringda mast bo'lib qolsam,
zirang xidi olsa aqlimni,
o'z uy-o'lan to'shaging,deya,
eslat menga,ota naqlimni.

Duolaring bo'lsin ijobat,
Ona Halqim-ko'ngli muloyim,
toki dunyo turguncha tursin,
O'zbek degan noming Iloyim.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:03)
---------------------------------------------
Onamning ko'zidan uqqanlarim...

Ruh tog'imga oraladi,
xijron otli bo'rilar,
xavo yetmay xovli chiqsam-
-seni so'rar so'rilar.

Eski supa toshlariga,
ko'zim tikib qolaman,
izlaringni topa olmay,
yig'lab-yig'lab tolaman.

Ko'zlarimning qorachig'i,
sog'inchingda toraydi,
jigarporam,sen qaytmasang,
kim kunimga yaraydi?

Bolajonim,yo qaytishing,
tuya go'shti yeganmi?
yoki kimdir,meni qarg'ab,
bolangdan top deganmi?

Seni qumsab,kunim befayz,
qo'lim ishga bormaydi.
suratingga boqsam-mehrim,
ich-ichimni tirnaydi.

So'ginganda,tongda kirib,
supurarman xonangni,
qayt bolam-a,o'lmay turib,
o'ldirdingku onangni

Добавлено (21-Июн-2013, 00:07)
---------------------------------------------
Onamning ko'zlaridan o'qiganlarim. II

Bolam menga kerak emas pul degani,
sen yonimda yursang bas,men ulug' boyman.
diydoringni istab-zahar xar yeganim,
go'yo shoxi ko'chib ketgan bir saroyman.

Mijja qoqmay tunlar kirib ul xonangga,
suratingni silab,yig'lab kular bo'ldim.
rahming kelmaydimi qari bu onannga,
o'lar bo'lsam sensizlikda o'lar bo'ldim.

Qaytgin bolam,sog'intirma qaytgin bolam,
ne yetmaydi, endi senga aytgin bolam?
g'amim sensan,tanda jonim kamim sensan,
madorim yo'q,ko'zda yoshim artgin bolam.

Xovli kengdir,xovli tordir-sig'mayapman,
xar burchakdan ovozingni tinglayapman,
ko'klam kelib,laylak qaytsa minorlarga,
mening bolam qaytmadi deb yig'layapman.

Ne so'rasang dadang bilan borim berdim,
qariganda suyanchig'im bo'lar derdim,
menga tog'lar olib berma,qaytgin uyga,
pulingsiz xam yarim nonim topib yerdim.

Kechir endi dardim to'kib aytdim bolam,
kech bo'lmasdan ortginangga qaytgin bolam.

Issiq jonman diydorimga to'ygin sen xam,
onajon deb shirin so'zing aytgin bolam.
Dubaiga sen uzuringni aytgin bolam,
ota yurt-jon huzuringga qaytgin bolam.

 
Olamgir(Alemgir)Сана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:11 | Изох # 956
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
Dostim vatan tuygusi bu eng azobli tuygu. Bu tuyguni vatandan yiroq yurib uni qadriga yetganlar biladi. Hozirgi yoshlarimizda vatan tuygusi ozgina bolsa ham patriotizm yetishmaydi. Bilasizmi vatandan yiroqda bolsangiz nafaqat yaqinlaringizni balki bosib otgan kochalariz, mehri daryo insonlarni qaynoq tafti yerda otgan tuprogini, ariqlardgagi zilol suvlarini ham soginasiz. Chunki kindik qoningiz tokilgan. Chunku onangiz sizni kutvotti vatan kutvoti. Bunday olkani yana qayerda topasiz shunday ekan ulug shoirimiz A. Navoiy etganlaridek oltin qafas ichra gar qizil gul butsa bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:24 | Изох # 957
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dunyo.

Xalovatim tunagan o'gri,
aytgin yo'ling bormikan to'gri?
makring sabab qon-dilim bag'ri,
dema,dunyo- abad go'shaman,
to'xtat aravangdan tushaman.

Shayton uchun qasrsan bilsam,
hasad qilib sasirsan kulsam,
qutularsan ertaga o'lsam,
dema,dunyo-o'sha-o'shaman,
to'xtat aravangdan tushaman.

Yamoq to'rvang tutib qo'limga,
chop,top deysan qo'ymay xolimga,
kun bermayin dono,olimga,
dema,yuzga kulgu qo'shaman,
to'xtat aravangdan tushaman.

Sohta,tullak mehrigiyosan,
sahro uzra sarob,ro'yosan,
boy ko'zida yongan riyosan,
dema menga o'sha-o'shaman,
to'xtat aravangdan tushaman.

Avrab,arslon,sherlarni yutding,
nomus,orni juvonmarg etding,
aldab,qaysi go'rlarga eltding?
menga qolsa bir kun yashamam,
to'xtat aravangdan tushaman.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:15)
---------------------------------------------
Olamgir(Alemgir), xa Vatandek ulug' ma'vo yo'q.Alloh barchamizni Vatanga sodiq o'glon bo'lib xizmatida bo'lishlikni nasib etsin.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:17)
---------------------------------------------
"O'zgarib ketibsan"
tanishim dedi,
maqtovmas aslida,
bu dakki edi.
balki dedim,ammo,
indamay qo'ydim,
lekin u oldinroq,
qaerda edi?
Qiynalib borganda,
yordam bermagan,
betob bo'lganimda,
xolim so'rmagan,
endi o'zgarishim,
yoqmabti unga,
zahar til-pichog'in
qayraydi menga.
Unga tob'e bo'lsam,
yaxshiroq edi,
yurardi ustimda,
tegirmon surib,
chetga chiqib rosa,
aynibsan dedi,
achchiqroq gapirsam
o'rnidan turib.
Jilmayib qo'ydim-u,
yo'lni ko'rsatdim,
avval xam oxir xam,
el bo'lmas dilga,
bundaylar cho'kishim 
kutishar yoki,
ko'z tikar cho'ntakdan,
ko'ringan pulga.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:18)
---------------------------------------------
Kimgadir so'zlarim yoqmaydi bugun,
kimdir changim qoqib rosa yomonlar,
baridan charchasam,tushimga kirib,
o'ziga tortadi Qarshi tomonlar.

Boshi berk ko'chamga kiraman asta,
Umidli darvoza-otam nigohi,
mayli qadrim bo'lsa yerdan xam pastda,
ko'nglim osmon etar onam qaro'gi.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:20)
---------------------------------------------
Ulug'lardan ulug'im,
yo'lim poylab yuzginasi so'ligim,
mujgonlari daryolarga to'lig'im,
Onamdursan-Vatan.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:21)
---------------------------------------------
Yetti yilki,ko'rmadim qorni,
yetti yilki,yozda qovruldim,
Yurtga mensiz kelgan bahorni,
qumsab,xazon kabi sovrildim.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:23)
---------------------------------------------
Puling ortib,yuraging shoshsa,
sal o'pkani bosibroq yurgin,
qozoningda xar kun osh pishsa,
boyga emas,yo'qsilga bergin.

Suzgan oshing boylar yemaydi,
sal isrofdan yiroqroq yurgin,
yegan bilan rahmat demaydi,
savob bo'lar,yo'qsilga bergin.

Davring kelib,Hudo fayz berib,
ziyodasin bersa noningni,
eslab o'tgan og'ir oningni,
qizgonmayin-yo'qsilga bergin.

Hudo xaqqi,bersang,olasan,
exson qilsang omon bo'lasan,
riyo qilsang,kuyib qolasan,
savob bo'lar,yo'qsilga bergin.

Kekirsang bu to'yganing demak,
ertaga deb saqlama yemak,
Haqdan kelar xar madad,ko'mak,
bosib yemay,yo'qsilga bergin.

Exsoningni yashirib bergin,
bergandan so'ng jimgina yurgin,
qasr qursang jannatda qurgin,
borligida yo'qsilga bergin.

Tavakkal qil faqat Allohga,
yo'ldosh qilsin dindor xamrohga,
uchratmasin ahmoq,gumrohga,
duo tilab-yo'qsilga bergin.

Shukr qilgin,chaynolsang nonni,
zikr bilan o'tkaz xar onni,
istig'for ayt,xayda shaytonni,
duo qilar,yo'qsilga bergin.

Ming yil bo'ldi tobut o'zgarmas,
kengaymaydi yoki qisqarmas,
unga minsang tillo qutqarmas,
ko'pam yig'may yo'qsilga bergin.

Yurak bag'ir to'lib alamga,
nuqsonimiz oldim qalamga,
qo'shiil do'stim,she'riy nolamga,
duo qilar,yo'qsilga bergin.

Alisher,sen Makkadan oldin,
tavof ayla onangning poyin,
so'ng qarindosh xolini so'rgin,
ortib qolsa,yo'qsilga bergin.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:24)
---------------------------------------------
Momolarim chertgan qadim chanqovuzim,
mehri bilan cho'miltirgan tosh xovuzim,
ko'klam kirgan bog'laringga zordir ko'zim,
Xazon ko'rma,gullab,yaxshna go'zal bo'ston,
diydoringga dilim tashna O'zbekiston.

Palmalarning bargi tikan-qalbga botar,
chinorlaring kaftdek bargi xumor etar,
tanam tashlab,ruh sen tomon uchib ketar,
bir tog'ing chun bitsa kamdir-mingta doston,
diydoringga dilim tashna O'zbekiston.

O'zga yurtda sabo yuzim silamaydi,
sendan boshqa xech kim sabr tilamaydi,
yelkam uzra sog'inch tog'day qulamaydi,
O'zing Haqsan qolgan bari quruq chiston,
diydoringga dilim tashna O'zbekiston.

 
DianaСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:27 | Изох # 958
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
AlisherbekUZ, raxmat kattakon, doimgidek betakror hammasi! Ijodingizga omad! She'rlarizdan ham tez-tez yozib turing forumga, iltimos! Har bir she'rizda Vatan sog'inchi, yurtga bo'lgan mehr juda chiroyli tarzda ifodalanardi, qayta qayta o'qirdim.
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:08 | Изох # 959
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
buguncha yetar....yigilib qolgan xavaskorlik mevalaridan ulashdim..yoqsa xursand bo'laman...Yoqmasa zorim bor-u zo'rim yo'q azizlar....

Добавлено (21-Июн-2013, 00:31)
---------------------------------------------
Diana,Katta raxmat.Juda xursandman...Ozgina o'lsa-da yozganlarim kimlarnida ko'gliga yetib borayotganligidan...Vatanni sog'inchi esa yurakda dard.Xar  yili borib tursak-da eski supa,jonajon xovli,ota-ona ko'zimiz oldidan ketmaydi...Shu soginch sabab qo'l qalamga boshlaydi...Nimadir ichdan quyilib qog'ozga she'r deb bo'lmasa-da to'kiladi....

Добавлено (21-Июн-2013, 00:36)
---------------------------------------------

Dada,ko'zingizdan nur xam ketibdi-
-ko'zoynakka ancha ko'nikib qopsiz,
qachon qaytasan deb so'ramang yana,
ongda bu savollar hanuz javobsiz.

Ba'zan jangda hislar kelganda g'olib,
ongim mag'lub bo'lib-qolsa yaroqsiz,
Quyosh xam bermaydi ruhga tasalli,
kunlar o'tar yilday,fayzsiz,maroqsiz.

Xovlimizni qumsab,nurab bu jismim,
ko'chaga chiqqanda sizdan so'roqsiz,
lochinday uchishga shaylanib netay,
zo'glarga zo'r kulgu bo'ldim,qanotsiz.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:37)
---------------------------------------------
Musofirlik-qaro tun yanglig'
dil qoshiga qo'yar surmalar,
yana ko'klam xabarin aytib,
ona yurtga qaytar turnalar.

Atllas ichra tovlansa qirda,
ko'zi suzuk,labi burmalar,
sog'inch o'tkir nishli bir chayon,
chaqib to'ymay-dilda o'rmalar.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:39)
---------------------------------------------
Vatanimga.

Tunlari dardlaring yostiqday botib,
sog'inch o'ralganda pahta ko'rpanga,
kunduzlar yeganing tatimay mensiz,
qoshig'ing botmaydi,yovg'on sho'rvanga,
Onajon,o'gilmas -yukman zil-zambil,
yelkangni ezgan ul tashvish to'rvangga.
O'g'lingni kutishni qo'ysan,ey Vatan,
ruhimga yor-yorli to'ysan,Ey Vatan.

Jonimni jon dedim,bitta jon dedim,
yashamog'im kerak -misli xon dedim,
sensiz-jonni yoshga bo'ktirib yedim,
Duduq tillarimga kuysan,ey Vatan,
jonimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Uxlasam tushimdan dalang ketmaydi,
Lolang teray desam qo'lim yetmaydi,
Dunyoni bir qilsa senga yetmaydi,
Ko'klarga yetguvchi bo'ysan,ey Vatan.
ruhimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Isiriq isidan to'ladi hovling,
ko'z tegmasin,o'gil-qizing chiroyli,
sensiz boshim bugun qorli,qirovli,
rayhonday iforli bo'ysan,ey Vatan.
jonimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

O'zga yurtlarni men qilmovdim havas,
ruhim asir-bunday ko'rmovdim qafas,
gar sog'inib borsam,bolam desang bas,
ongimda sog'inchli o'ysan ey,Vatan.
ruhimga alyorli to'ysan ey,Vatan.

Hech kimga yurakda malomatim yo'q,
Otam o'zing yolg'on xushomadim yo'q,
Alisherman,sensiz halovatim yo'q,
bolangga sajdagoh joysan-ey Vatan,
aldasam-ko'zlarim o'ysan ey,Vatan.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:40)
---------------------------------------------
[font='lucida grande', tahoma, verdana, arial, sans-serif]Ey dil-Kumushimsan,
Otabegingman,
senga ko'ngil qo'yib-
-qoldim baloga,
sen-da kun ko'rmading
qonga belanib,
nega uchrading,
men-baxtiqaroga.

[/font]

Добавлено (21-Июн-2013, 00:40)
---------------------------------------------
Ey dil-Kumushimsan,
Otabegingman,
senga ko'ngil qo'yib-
-qoldim baloga,
sen-da kun ko'rmading
qonga belanib,
nega uchrading,
men-baxtiqaroga.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:42)
---------------------------------------------
Dunyoning ishi bitdi,
mening ishim bitmadi,
barchaning qishi o'tdi,
meniki xech o'tmadi.
qahratonda qaltirab,
mehring bilan isindim,
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.

Sensizlikda,gadoman,
to'q bo'lsa ham bu qornim,
poyingda edi asli,mening-
-o'gillik o'rnim,
oshga yetdim deganda,
netay qon quydi burnim,
Vatan sensiz burda non,
tomig'imdan o'tmadi.

Dubai misli o'rgimchak-
-avrab tortar domiga,
yoki aldoqchi malak,
og'u solgan jomiga,
keraklardan keragim-
-bayroqsan ruh tomiga,
sensizlikda yuragim-
-o'xshaydi go'r komiga,
o'zing tuproq bermasang-
- yot tuproqni yutmadi.
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.

Ovunchog'im ish bo'ldi,
unuttirgan dardimni,
suvmas tahir yosh bo'ldi-
-yuzdan yuvgan gardimni,
O'zimni aldab o'zim,
quchoqlayman sabrimni,
ruhim kulib ko'nglimning-
-ko'chasidan o'tmadi,
jonni bug'doyday yanchib,
nonin menga tutmadi.
Vatan sensiz burda non,
tomig'imdan o'tmadi.

Beminnat non sendadur,
sensiz joy xam topilmas,
dardlar dilda kundadur,
bolta ursang chopilmas,
eshigi lang hijronning-
-go'yo sira yopilmas,
yopay desam,ojizman,
sensiz kuchim yetmadi,
O'zbegim-Onajonim,
xech kim senga yetmadi.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:43)
---------------------------------------------
Qorli xovli,izlar bosilgan,
izing kabi topilmas choram,
qayt ortingga,ko'zlarim toldi,
dardim sig'mas bo'gzimga bolam.

Qur-qurlashib turnalar qaytdi,
ko'm-ko'k rangga burkandi olam,
sensiz umr o'lkamda-ayoz,
izg'irinda yupunman bolam.

Eshik qarab bomdodda,shomda,
aytib faqat Hudoga nolam,
dunyosidan to'ydim va lekin,
diydoringga to'ymadim bolam.

Tongda turib,shirin choy qilib,
piyolaga boqib xayolan,
patir to'grab,ichgin bo'tam deb,
o'zim so'zlar o'zimga bolam.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:49)
---------------------------------------------
Quvonch sig'mas-
g'amdan tordir dilning eni,
bo'lib-yupanch,
Ona duo qiling meni.

Izg'irinda qolib ketdi
umrim kuni,
alqab-alqab,
Ota duo qiling meni.

So'ginch jallod-
netay aldolmadim uni,
bardosh tilab-
Ota duo qiling meni.

Tirik murda-
ruhning yig'lab chiqdi joni,
sabr tilab,
Ona duo qiling meni.

So'zlarimda qalov yo'qdir,
olov yo'qdir,
Hasratimga diydor degan
to'lov yo'qdir,
Hijron boyqush-uy aylagan,
jon,tanamni,
sovuq sayrab-rohat topgan
ko'ngli to'qdir.
oyday balqib yorug' aylab
zulmat tunni,
yig'lab-yig'lab
ona duo qiling meni.


Добавлено (21-Июн-2013, 00:51)
---------------------------------------------
Jonda rohat yo'qdir-ruh alamzada,
dengizga quyilar ko'zimning soyi,
dono suhbatingiz qumsayman dada,
damlagan oshingiz sog'indim oyi.


Palmalar jonimga berolmas taskin,
Majnunsifat tolni izlab yuraman,
qumsab qolsa ruhim-bahoriy epkin,
bodom gullarini tushda ko'raman.

Shu zayl o'tmoqda umrim bahori,
bog'larimda sog'inch zog' kabi uchar,
mendan arazlagan bugun halovat,
musofirlik zuluk-qonimni ichar.


Jonga rohat yo'qday-ruh alamzada,
ko'rfazga quyilar qarog'im soyi,
faylasuf ekansiz angladim dada,
xayolda allangiz tingladim oyi.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:53)
---------------------------------------------
Yo'llar chigin-yechmoq uchun yurak kerak,
yurak nedur,ruhga qalin bilak kerak.
Ona yurtni sog'inganda she'r yozmasdan,
tuprog'ida unsam degan tilak kerak.

Добавлено (21-Июн-2013, 00:54)
---------------------------------------------
Chinordan uzilgan yaproqlar,
uzilib suzilgan yaproqlar,
oyoqlar ostida xor bo'lib,
hazonday ezilgan yaproqlar.

Vatandan uzoqda,yiroqda,
Oftobmas go'yoki chiroqda,
yurakdan lahtaday qon quyib,
daryoga aylangan qarog'lar.

Daraxtdan to'kilgan yaproqlar,
to'kilib,o'kingan yaproqlar,
dilimning toqida sog'inchdan,
hilpirab bukilgan bayroqlar.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:08)
---------------------------------------------
Essiz Odamlar. 

O'zimni er bilsam,sizni sher dedim, 
do'stim deb davrada qaddimni kerdim, 
shoqoldan,o'tdingiz sizga tan berdim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Bir zumga burilsam pichoq suqdingiz, 
qadrimni kafanlab go'rga tiqdingiz, 
ruhimni burdalab bayroq tikdingiz, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Ko'nglimning ko'chasi hor bo'lib qoldi, 
turfa makringizdan tor bo'lib qoldi, 
oqibat qafasda jim o'lib qoldi, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Avval o'zingizga qozi bo'linglar, 
umrning sovuqsiz yozi bo'linglar, 
bergan noningizga rozi bo'linglar, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Qahrga ko'mildim,ulashib ziyo, 
yoshimga cho'mildi aldamchi dunyo, 
mayli hop,hargizga boqmangiz qiyo, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Yaratganim haqqi dilni bergandim, 
mo'minlar birodar deya yurgandim, 
chayonday chaqdingiz,yomon ingrandim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Dil emas termulib kiygan kiyimga, 
o't qo'ydingiz fayzli umr uyimga, 
bugun yetolmadim o'ylab o'yimga, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Oyog'ingiz yetmas,toqqa ketaman, 
eng chuqur bir g'orni makon etaman, 
haqqingizga duo qilib o'taman, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Mening yuragim kir,yakka siz malak, 
kapalak bu umrim bo'ldi jonhalak, 
sizga Alisherdan yagona tilak: 
men ketdim,hush qoling,essiz odamlar!


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 01:52
 
DianaСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:22 | Изох # 960
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Цитата (AlisherbekUZ)
Tongda turib,shirin choy qilib,piyolaga boqib xayolan,
patir to'grab,ichgin bo'tam deb,
o'zim so'zlar o'zimga bolam.
Shu joyigacha labimni tishlabgina o'qiyotgandim, ammo bu yerida...((( RAXMAT KAAATTTAKON!!!   Agar kitob chiqarsez eng birinchi haridori uzim bo'laman behabar qobketmelik hop?
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:30 | Изох # 961
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Diana, raxmat....Insha Allah...Otgan safar Vatanga ta'tilga borib shoir Sirojiddin aka Sayyidga bir nusxa tashlab kelgandim...Shoirlikka da'vom yoq lekin baribir kimdir oqisa ozgina bolsa-da Vatanda yurgan onlarini qadriga yetsa xam savob xam xursand bolaman...

Добавлено (21-Июн-2013, 01:25)
---------------------------------------------
Biri kam dunyo.

Kimgadir tilloning qadri yo'q,
kimningdir pul bilan dardi yo'q,
kim qashshoq tinglovchi mardi yo'q,
asal deb totganim sirkamsan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Tulkisan sherlarni aldagan,
qassobsan pichog'in qayragan,
yig'lasam kulishdan to'ymagan,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Jannatga o'xshatma o'zingni,
bir pulga olmayman so'zingni,
iltimos katta och ko'zingni,
devorsiz ko'chani ko'rgan,san,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Buhoriy bobomdan qolgansan,
Termiziy o'gitin olgan,san,
va lekin sinfingda qolgansan,
qoloqsan,darsingni o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Ravon yo'l qidirib bag'ringdan,
charchadim muttaham,o'gringdan,
yo'l bo'lsa kechardim bahringdan,
Shaytonga qulvachcha bo'lgan,san,
Dunyo sen tosh botgan yelkamsan!

Ilonsan xech oshno bo'lmagan,
gadoysan to'rvasi to'lmagan,
omadsan-ho'mraygan,kulmagan,
yuzingni balchiqqa yuvgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

G'amzangga aldanib kuydim,man,
malak deb adashib suydim,man,
tul hotin ekansan qo'ydim,man,
sehrdan,makrdan jirkan,san,
Dunyo sen tuhumsiz kurkamsan!

Eshakni oshno deb o'tarsan,
dononi poshnangda tutarsan,
isqirt aravangni ko'tar,san,
puf desa yirtilgan yelkansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Shukr deb non yesam yig'laysan,
may tutib ko'zimni bog'laysan,
lahadga yiqitib kulgaysan,
bol deb yalaganim sirkamsan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Bag'riingda to'rt kunli mehmonman,
cho'lingda charchagan karvonman,
narhingni xop ko'rdim arzon,man,
yo'llari tikonga to'lgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Chayonday poylaysan chaqishni,
boplaysan yolg'onlar to'qishni,
qo'y endi zog' kabi cho'qishni,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Jannatni teng qilma bo'yingga,
it qochar bosh suqsa uyingga,
azalar ulangan to'yingga,
qasringni ko'pikdan qurgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

Childirmang ho'p chalib,qo'ymading,
o'ynatib,yig'latib,to'ymading,
qadrli mehmonday suymading,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!

Beshikdan tushishim kutasan,
tushgandan g'amingni tutasan,
yiqitib,tobutga ortasan,
zaqqumday zaharga to'lgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!

O'ylama tiz cho'kmam poyingga,
tupurdim minnatli soyingga,
qand bo'lmam zaharli choyingga,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!

Seni bir itimday suymasman,
o'lsang xech azangda kuymasman,
Odamman senga bir qo'ymasman,
Alisherni azobga qo'ygan,San.
Dunyo sen alamli erkamsan!

Добавлено (21-Июн-2013, 01:29)
---------------------------------------------
Mehmon.

Dunyo aldoqchi mezbon,
yoki g'am to'la zindon,
makriga bo'lma qurbon,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Yuragingni g'ashlama,
ko'zlaringni yoshlama,
Eski to'nni tashlama,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Bu ko'ngilni keng tutgin,
darding tog'larga aytgin,
aks sado bo'lib qaytgin,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Talashma mol davlatni,
ko'rsatma xom savlatni,
kulib kuzat ulfatni,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Bir biringni yemasdan,
yomon so'zni demasdan,
omon chiqqin qafasdan,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Sevganing ham o'tadi,
davlat qo'ldan ketadi,
tobut yelka tutadi,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Qo'shning qo'yma jabrga,
oshno bo'lgin sabrga,
Yig'lab kirma qabrga,
Bugun bormiz,erta yo'q.

Alisher sen tayyor bo'l,
dunyo-og'u sochar gul,
do'stim,bo'lma unga qul,
Bugun borsan,erta yo'q.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:30)
---------------------------------------------
Qarg'asifat odamlarga.

Bulbulday kuylasang avj pardalarda,
do'stlaring yulduzday yoritsa tuning,
niyatim,bog'ingga qo'nmasin hazon,
va yana zog'larga qolmasin kuning.
Ular sovuq soya,quyosh yuziga,
omading ko'rolmay itday hurarlar,
va yoki go'ng titar qarg'aga o'xhsab,
qishing kelishini poylab turarlar.
Aynan shularga ters yasha dunyoda,
kabutar misoli o'tgin yonidan,
qon bosimi oshib yiqilsa shohdan,
tulkilar g'ajisin giribonidan.

 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:30 | Изох # 962
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Alisher aka she'rlarizzi "She'rlar" mavzusiga qo'yib borin...

Bravooo... Judddayam ajoyib, ta'sirli...)))))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:32 | Изох # 963
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dunyo.

Dunyoning ishlari ho'p qiziq,
achchiq so'z yurakka zahar o'q,
tegsa gar darmon-u davo yoq,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Boqinglar oyoqlar ostiga,
o'ralmang ilonning po'stiga,
o'yinchoq bo'lmang,siz dastiga,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qasamlar suv emas ichgali,
ibodat to'n emas yechgali,
ishonchli qush emas uchgali,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qarz berib,olmangiz jonlarni,
ko'zlardan oqizmang qonlarni,
unutmang omonat onlarni,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ne zotlar oyoqlar ostida,
yuribmiz ajdodlar ustida,
haqiqat do'nglarning pastida,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Haloldan totinib,to'yingiz,
Bezating ohirat uyingiz,
azaga almashmang to'yingiz,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ukalik qarzini tuygandan,
akam yo opam deb suygandan,
Alisher so'z dedi kuygandan,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:36 | Изох # 964
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Alisher aka "QALBDAGI SATR"larga yozib tashavossiz, o'tga yozish mumkinmas...

She'rlar temasiga joylashtirin she'rlarizzi iltimos!!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:42 | Изох # 965
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dinora_Golden_Girl,  bu qalbdagi satr bo'lmay nima unda?:)))) kitobdan kochirganim yoq///qalbdan tokilganini tushirdim..yozmang desangiz yozmayman unda smile
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:45 | Изох # 966
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yoo' yoo' yozuvrin... Faqat Tema qoidalari bilan tanishib chiqin.

Agarda she'rlar muallifi o'ziz bo'sez FAQATGINA "SHE'RLAR" temasiga yozin...

"Qalbdagi satr"larni egasi bordee...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:48 | Изох # 967
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
"qalbdagi satrlar" VIP odamlar uchun ochilganmi Dinora?:)tushunarli
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:51 | Изох # 968
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yoo' VIPdegila uchunmaaas...

O'zligini ya'ni mualliflik she'rini yozvotkanla "SHE'RLAR" temasiga yozishadidee...

Ijodizga OMAD... Judayam ajoyib yozilganakan...)))))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:53 | Изох # 969
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dinora_Golden_Girl, smile raxmat xop osha yerda yozaman...
 
AbbosbekСана: Шанба, 22-Июн-2013, 08:47 | Изох # 970
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Agαr hαyotingdα pαydo bo'lgαn
inson o'tmishingni unitishingα
yordαm bersα demαk u inson kelαjαging!


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Sardor_BСана: Шанба, 22-Июн-2013, 13:46 | Изох # 971
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Seni uchratgan o'sha kun men uchun mo'jiza bo'lgandi. Seni yo'qotgan kun esa aza. Sen yashebsan. Men xam yashebman.

Sayyod.com
 
AbbosbekСана: Якшанба, 23-Июн-2013, 00:00 | Изох # 972
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Yer yuzida 70000000000 odam bor
nega aynan sizni o'ylayotganimni
tushunmiman 69999999999 odam
sizni o'rnizni bosa olmagani uchun
bo'lsa kerak...


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
ShukronаСана: Душанба, 24-Июн-2013, 05:13 | Изох # 973
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bunchalar kulgili janjal.
Cholu kampir urishi.
Chol kech kirsa uyga
Kampir kuyar rashkidan.
Xozirgi qari chollarga
yosh qizlar oshiq emish. )))
 
Zinnura_KСана: Душанба, 24-Июн-2013, 07:33 | Изох # 974
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Qushtek yengil bo'lish nma degani bilasizmi?????

Bilsangiz sizga havasim keldi...
Man bugunga qadar bilmaganakanman... smile


erka farishta....(m)....
 
AbbosbekСана: Душанба, 24-Июн-2013, 11:06 | Изох # 975
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Mening tanxo muxabbatim bor.
Muxabbatga sadoqatim bor.
Muxabbatsiz kelma yonimga .
Yondirgudek xaroratim bor.
Olloxim , Olloxim , Olloxim.
Meni yorga yorga qil deb.
Butun baxtni bor qil deb.
Saxarlar senga ibodatim bor.

Juddayam yoqdi shu ashula.
Shu ashula eshitganim sari senga bo'lgan muxabbatim ortib bormoqda.


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Поиск: