|
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
| NOZI | Сана: Якшанба, 24-Июн-2012, 02:55 | Изох # 426 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Urrreee, man birinchiman! Ey, Goppor, uyquchi, birinchi kechadayam uxlidimi odam? Tursenchi
|
| |
| |
| Loading | Сана: Якшанба, 24-Июн-2012, 03:09 | Изох # 427 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Borsenchi gaplashsenchi? U bu narsa xaqida? Shaxmat shashka 11 metrlik jarima to'pi tipo.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 24-Июн-2012, 13:31 | Изох # 428 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 76 qism
Uxlagani yotdim, lekin shunday go’zal o’tirganda ko’zga kelarmidi. Uxlab qoldim, faqat u uchun. 15 daqiqa u yotmadi. Usha o’tirgancha o’tirdi. Hich qatgg o’zgarmadi ham. Usha usha o’tirish. Ko’z qirim bilan sekin qarab qo’yaman. Yo’q. Hali beri yotmaydi. Balki unga nisbatan adolatsizlik qivotgandirman. Oshirib yubordimikan. Birinchi kechadan bunday qilmasligim kerakmidi. Nima bo’lganda ham uni orzu havaslari bor ediku o’ziga yarasha. Yo’q, boshqa chidomiman. Mayli, hech bo’lmasa ozgina mehr beray. Kelganiga o’zi afsuslanvotgan bo’lsa, undan battar afsuslanmasin. Nima bo’lganda ham ko’chada ko’rganlar G’opporni xotini diyishadi. “Uyg’onaman”! Sekin yo’taldim. Keyin Sayyoraga qarab: - Sayyora, nega uhlamayapsan. Yotmisanmi? - A. Ha. Hozir. Uyqum yo’q negadir. - Hm. Yengi joy. Shunday bo’lishi tabiiy. Hali o’rganib ketasan. - Otirganim sizga halaqit berdimi? Kechirasiz. Buni o’ylamabman. Uzr. - Yo’q. Hijolat bo’lmang. Shunchaki sababini bilgim keldi. Maniyam bu xonada birnchi yotishim. O’zim anavi pastdagi uyda yotardim. Hali ham xonam usha usha turibdi. - Rostanmi? Man shu yerda bo’lsa kerak dib o’ylabman. - Yo’q. Bu yerni san kelishinga tayyorlab qo’ydim. Yoqdimi? - Ha. Zo’r. Mani xonam ham shunday edi. - Suv yoki ubu narsa ichasanmi? - Ha. Ichaman. Suv bo’laveradi. - Hozir man olaman. - Yo’q, toxten, qatta turganni manga eting, o’zim olaman. Siz o’tiravering. - Hop. Huv anavi tumbochkani ichida mineral suv bor. Yonida stakan ham bor. - Ha ko’rdim. Borakan. (birinchi manga stakanga yarim qilib suv quyvotgandi, to’ldirib quyishini so’radim. Keyin manga uzatdi. So’ng o’ziga quyib ichdi) - Rahmat. Sevdek serob bo’ling. - Arzimidi. - (yana nima gaplashishni bilmadim. O’zi bu payt nima gaplashish kerak! shuni anulardan so’ramabmanam. Hozir ikkalamiza bir birimizaga tikilib o’tirvuramiza. Mayli man uni chiroyiga mahliyo bo’lib o’tirvuraman. A uchi. Mani nimamga qaridi. Dilshoddan yordam so’rab SMS yozaman. Nimadir maslahat berar... Hartigul uhlamagan ekan. Javob keldi. Tak nima yozibdi: “uyindagilarni tanishtir. O’zining haqingda gaprib ber, shartlaringni et. Uni qiladigan ishlarini et. Shunaqalarni gapirib ber. Ha uje zerkib qoldingmi?” dibdi. Zerkanim bilan nima ishin bor sani?) Sayyora to’y yoqdimi? - Ha yoqdi. Juda chiroyli bo’ldi. Huddi shunaqa to’yni orzu qilgandim. - Sanga yoqgan bo’lsa hursandman. Mani uyimdagilarni ko’rdinga, oldimizga keganda ko’rsatdimku. - Ha. Ko’rdim. Lekin yahshi ko’ra olmadim. Chunki hayajonda edim. Hamma bizga qarab turgandi. - Mani telefonimda rasmligi bor. Hozir hammaligini sanga tanishtirib chiqaman. - Yahshi bo’lardi. Ertaga ko’rganda qiynalib qolmasdim. - Mana bu adam. Ismlar Fazliddin. Juda hushmuomila insonlar. Hammaga qo’llaridan kegancha yordam beradilar. Hali o’zin ham ko’rasan. Bu onam. Ismlari Gulmira. Sani nazorat qiladigan oyijoning. Man juda yahshi ko’raman onamni. Ularni har bir etgan gaplari man uchun qonun. Ushanga mandanam oldin, ularni ko’ngillarini olishing kerak. ko’p vaqt ular bilan bo’lasanku baribir. Bu kotta akam. Ismlari Rustam. Juda kuzatuvchi odam. Har bir melichga ham ahamiyat beradilar. Oldilaridan o’tvotganingda, salom berishni aslo unitmagin. Bu kenayim. Ismlar Nazokat. Ularni xotinlari. Sani katta opang. Ishlarni ular sanga buyuradilar. Chidiysan. - Ishdan qochmayman. - Bu kichkina akam. Ismlari Farhod. Alohida chiqib ketganlar. Harakterlari juda og’ir. Lekin sanga yahshi munosabatda bo’ladilar. Bu ularni xotini Feruza. Kesalar ko’rsan. Shunaqangi huhmuomilalar... Man eslasam hozir uydan chiqib ko’rgim keb ketadi. Ikkalaligida ham 3 tadan bola bor. Obshiy 6 ta. Biza bilan 3 tasi yashidi. Qoganlari mehmonga keb turishadi. Ertaga hammasini bitta bitta chaqirvolib tanishtiraman. Rasmlari yo’gakan manda. - Ha mayli, tanishib ham olarmiza. Endi ular diom man bilan bo’ladiku. - Ha. Mayli. Man yotdim. Sanam uhlamasang ham ozgina yotib dam ol. Soat ham 3-30 dan oshibdi. - Ho’p bo’ladi. Yahshi yotib turing. - San ham.
Yonimga yotdi. Hayajondan nafas olishi kuchaygandi. Shundoqqina eshitilib turardi. Man yon tomonga o’grilgandim, quchoqlaydi dib o’yladimi, nafas olmay qo’ydi. O’grilganimni bildimi keyin yana ushandek hayajonli nafas olishni boshladi. Man uni yuziga tikilib rostan uhalab qoldim...
Davomi yaqin paytda...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Якшанба, 24-Июн-2012, 14:21 | Изох # 429 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Э уйкучи. Биринчи никох кечаси бу дунёда жаннатдан бир учкунлигини билмисанми? Шу куни нима ният килса амалга ошадику. Хеч бумаса, намоз хам укимади. Шу куни Оллохдан нима сураса, берадику. Бу буса гафлат босиб ухлаб ётибди.
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 25-Июн-2012, 11:20 | Изох # 430 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bu qismini G'iyos yozmagan. Ey yo'q bu qismini manga alohida yozib qo'yganlar.
Yaqinlashmaganini taxminan mana bunday chundim. Uylanganiga qaramay Sayyora toza emasligini biladi. Shuni kecHirolmayabti.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 02:25 | Изох # 431 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 77 qism
Ko'zimni ochdim. Sayyora yo'q. Soatga qaradim. 5 bo'libdi. Boshida tushunmadim. Keyin hovliga suv sepib sipirishi kerakligi esimga tushdi. Derazadan qaradim. Alaqachon hamma yoqga suv sepib, supurib bo'libdi. O'zi esa, oshxonada nimadir qivoti. Qanaqa qib ulgurdi ekan. Ex kelinlar. Yana uxlashga uyqum kemadi. O'tgan to'yni eslagim keldi. Yaxshiyam manga nikoh va zagsdan 1 kun oldin o'tib olinglar diyishgan ekan. Bo'lmasa to'y kuni ko'p narsaga ulgurmasakanmiza. Zagsdan o'tganimizdan keyin Sayyora juda baxtiyor edi. Mani o'ygarmas kayfiyatimni ko'rgandan keyin, kulgusi kamaydi. Man hursandmasdimde. Lekin baribir u o'zini hursand qib ko'rsatishga harakat qib, eplay oldi. Man eplolmadim. Ho'mrayib o'tirvurdim. Hich bo'masa sal kulib kulib qo'ysam bo'lardi. Unaqa bo'madide. Kimdir arpamni hom o'rib ketgande o'tirvurdim. Mayli nima bo'ganda ham o'zim rozi bo'ldimku. Mani majbur qilishmadiku. Yaxshiyam hich kim sezib qolmadi. Aziz. Man umuman chunmadim shu bolaga. Nega ketib qoldi? Manimcha o'ziyam bilmasa kerak. To'yam o'tdide oxiri. Birovdan kam, birovdan ko'p. Nima bo'ganda ham afsuslanishga haqqim yo'q. Chunki afsuslanish, bu bilib qilinadigan ish. Oqibatini ham bilib turib qilinadigan ish. O'xshamiy qogandan keyin Afsus. Sayyora ichkariga kirib kevoti. Man yotibman. Sekin ko'zimni yumib oldim. Hijolat bo'lmasin dib. U xonada sekin oyoq uchida yurdi. Bitta oxpwog'ini qatturo bosib yuborgandi, manga reskiy qaqadi, uyg'onib ketmadilarmi dib. Uyg'onmaganimni bilgach borib oynani oldiga o'tirdi. Yuziga ubu narsalardan surib pardoz qildi. Keyin boshiga ro'mol o'radi. Ro’mol biram chiroyli yarashdiki. . . Sayyorani husniga husn qo'shib yubordi. Ko'rib, "uyg'onib" ketib yuzidan bitta bo'sa olgilarim kelib ketdi. Lekin. . . de. Keyin chiqib ketdi. Man turib, derazadan ortidan qarab qoldim. Shu endi meni xotinimmi? Ko’ra bila turib oldim. Qanidi qiz bola bo’lganida edi... hozir hayotimiza bunday zerikarli boshlanmangan bo’larmidi???
77 qismni Davomi ertaga ertalab)
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 07:58 | Изох # 432 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Manimcha vaziyat ancha no odatiy. Qiziq Goppor endi nima qiladi?
Giyos bechorani asal aridek g'o'ng'illatizde! Borku? Qiynamen. Gulga mushtoq istaklari gulni shirasidan totsin. Keyin bir gal reklamada birga bo'lishgan duvdiz.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 09:45 | Изох # 433 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Эрталаб булдию, Гоппор халяим турмабди, давомини этбермабди. Шу уйкучилиги комади-комадиде
|
| |
| |
| fer_shon | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 12:38 | Изох # 434 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
| Quote (NOZI) Эрталаб булдию, Гоппор халяим турмабди, давомини этбермабди. Шу уйкучилиги комади-комадиде G'iyos kecha joy talashib charchaganla!!!!!!!!!!!!!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 13:12 | Изох # 435 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 77 qism davomi Sal turib man hovliga chiqdim. Da hamma yoq chinnidek. Yuz qo’limni yuvib, dasturxon atrofiga o’tirdim. Onam, adam, akam alaqachon choy ichib o’tirishgan ekan. Sayyora dasturxonni yasatishni, pishiriqlar pishirishni sindirib tashabdi. Buni akam qo’lini zo’r qib ko’rsatganidan bildim. Ha, rostanam zo’r qilibdi. Ertalabdan ulgurganiga qoyilman. Keyin kenayim keldilar. Jiyanlarim kelishdi uzun qisqa bo’b. Sayyora kelib choynakni olib ketib, boshqattan damlab keldi. Keyin piyolada ozgina qib choy quyib, turib o’ng qo’l bilan chap qo’lini ko’ksiga qo’yib sal egilib adamga uzatde. Keyin bir chetdan hammaga. Jiyanlarim uyalibgina o’tirishibdi. Oldin bunaqa uyalganini ko’rmagandim. Choy ichib bo’lib, Azizni oldiga chiqgani ketdim. Ishxonadan otpusk olganman. 2 haftaga. O’zi omasamam bo’lardi. Prosta ozgina dam oliy didimde. Sayyora uy ishlari bilan mashg’ul bo’lib qoldi. Azizga telefon qildim. Uyida ekan. Chiqdim. Eshik oldiga chiqib kutib turgan ekan. Qo’l berib ko’rishdik. Keyin uyiga taklif qildi. Aziza choy olib keldi. Aziz yengi kuyov qale endi dib pichin qilib qo’ydi. Aziza sekingina kulib qo’ydi. Keyin choy quyib berib chiqib ketdi. Aziz mandan nega to’ydan ketib qolding digan gapni kutvotganini sezdim. Ushanga bu savolni bermadim. Uyoq buyoqdan gaplashib o’tirdik. Gap baribir to’yga borib taqaldi.Aziz orqaga qarab oldi. Aziza bormi yo’qmi digan ma’noda, keyin tushuntirish ishlari, savol javob.... ishqib hammasini gaplashdik. Mani telefonimga sms keldi. Obedga chaqirvotganakan. ...
davomi kechroq yana
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 13:39 | Изох # 436 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Giyos) Sal turib man hovliga chiqdim. Da hamma yoq chinnidek. Yuz qo’limni yuvib, dasturxon atrofiga o’tirdim. Onam, adam, akam alaqachon choy ichib o’tirishgan ekan. Sayyora dasturxonni yasatishni, pishiriqlar pishirishni sindirib tashabdi. Buni akam qo’lini zo’r qib ko’rsatganidan bildim. Ha, rostanam zo’r qilibdi. Ertalabdan ulgurganiga qoyilman. Keyin kenayim keldilar. Jiyanlarim kelishdi uzun qisqa bo’b. Sayyora kelib choynakni olib ketib, boshqattan damlab keldi. Keyin piyolada ozgina qib choy quyib, turib o’ng qo’l bilan chap qo’lini ko’ksiga qo’yib sal egilib adamga uzatde. Keyin bir chetdan hammaga. Jiyanlarim uyalibgina o’tirishibdi. Oldin bunaqa uyalganini ko’rmagandim. Choy ichib bo’lib, Azizni oldiga chiqgani ketdim. Ishxonadan otpusk olganman. 2 haftaga. O’zi omasamam bo’lardi. Prosta ozgina dam oliy didimde. Sayyora uy ishlari bilan mashg’ul bo’lib qoldi. Azizga telefon qildim. Uyida ekan. Chiqdim. Eshik oldiga chiqib kutib turgan ekan. Qo’l berib ko’rishdik. Keyin uyiga taklif qildi. Aziza choy olib keldi. Aziz yengi kuyov qale endi dib pichin qilib qo’ydi. Aziza sekingina kulib qo’ydi. Keyin choy quyib berib chiqib ketdi. Aziz mandan nega to’ydan ketib qolding digan gapni kutvotganini sezdim. Ushanga bu savolni bermadim. Uyoq buyoqdan gaplashib o’tirdik. Gap baribir to’yga borib taqaldi.Aziz orqaga qarab oldi. Aziza bormi yo’qmi digan ma’noda, keyin tushuntirish ishlari, savol javob.... ishqib hammasini gaplashdik. Mani telefonimga sms keldi. Obedga chaqirvotganakan. ... Шу жойи 2 марта кетиб коптику)))
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Сешанба, 26-Июн-2012, 13:44 | Изох # 437 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| O'zi bu gal qisqaginekan,shunga 2 marta yozib uzaytirgandurlade)))
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| Bоnu | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 12:24 | Изох # 438 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Ман охири қобкетибманку, Сайёрадан яхши келин чиқсаям яхши рафиқа чиқишига шубҳам бор. Давомини кутамиз. Добавлено (28-Июн-2012, 11:24) --------------------------------------------- Ман охири қобкетибманку, Сайёрадан яхши келин чиқсаям яхши рафиқа чиқишига шубҳам бор. Давомини кутамиз.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 30-Июн-2012, 23:13 | Изох # 439 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 78 qism
Azizni ham majburlab olib chiqib ketmoqchi edim. Baribir ko’nmadi. Keyin o’zim chiqib ketdim. Uyga kirib qo’limni yuvdim. Endi sochiqqa artmoqchi bo’lib sochiq turgan joydan olmoqchi edim, uje Sayyora sochiqni qo’limga tutqazdi. Qachon, qanaqa qib keldi, sezmiy qoldim. Qo’limni artib bo’lib, rahmat didim. Keyin u manga ovqat tayyor dib, oshxonaga ketdi. Manam bordim. hm. Rostanam ovqatni zo’r qilibdi. Ishonganimcha borakan... Kech tushdi. Uy yumushlarini ham, kechki ovqatni ham zo’r qildi. Anchadan beri (onam ovqatni kam qilaganlaridan beri, kenayim ovqatni boshlaganlaridan beri) bunaqa mazali ovqatni yemay qo’ygandim. Mana usha kun bugun qaytib kegandek. Sayyora ovqatdan keyin idishlarni tezda yuvib qo’ydi. Keyin xonamizga kirib ketdi. Man televizor ko’rib qoldim. Keyinro 1 soatlardan keyin manam xonamizga ketdim. Akam bilan keneyim kulib, bir birlarini turtib qo’yishdi. Sayyora sochlarini taravotgan ekan. Kelganimni ko’rib, o’rnidan turdi. Man o’tiravur, hijolat bo’lma didim. Keyin sochini tarashda davom etdi. Anchadan beri sochini yoyganda ko’rmagandim. Sochlari biram chiroyli. Keyin uni yuzida manikidaka afsus alomati yo’q. Unda boshqacha. Sochini tarab bo’ldi. Ustidagi uy kiymini alishtirmoqchi bo’ldi. Shkafdan tungi ko’ylagini oldi. Manga qaradi. Man telefon titib o’tiribman. Keyin narigi xonaga o’tib almashtirib keldi. Xayron qoldim. Klubda begonalar oldida kiyimini yechib o’ynagan, erini oldida uyaldimi? Ha mayli, yengi kelin. O’rganib qoladi. Balki manga ham shunisi maquldir. Divanga kelib o’tirdi. Manam o’tiribman. U manga nimadir dimoqchi, lekin eta olmayapti. Manam bir ikki gaplarni etishim kerak. hozirmi? Yoki keyin. Qachon? Yo’q. Xozir. Keyin kech bo’ladi. - Sayyora, sanga bitta gap etmoqchiman. - Bemalol etvuring. - Esingda a usha gaplashganimiza.... (shartlashganimiz dib etomiyapman)... (sal chunmiy qarab turibdi)... usha kelishganimiz esingdaku. - Ha esimda. - Ushanga man sani ... - Chunaman sizni. - Man sanga qo’limni ham tekkizmayman. Qando bo’sen shundo asriyman. - Hop. - Iltimos mani to’g’ri tushun. - Sizni tushunaman. O’zizni qiynamang. - Balki san hohlashing mumkin. San xotinizman, hamma shartlarizga roziman diyishng mumkin. Lekin man bundan foydalanib olmoqchimasman. Baribir uzoq birga yashamaymiza. Tashqarida hammani oldida er xotinmiza, ichkarida begonalardek....
Shu gaplarni zo’rg’a etdim. Keyin xonadan chiqib ketdim. Hovliga stol olib borib, ushatda o’tirdim. Akam bilan kenayim haliyam televizor ko’rishvotganakan. Bir birlariga pichirlashib yana kulishdi. Man indomadim. Chunki nima diyman. Balki boshqa narsaga kulishvotgandir. O’zi ulardan boshqa problemam yo’qmi. Sayyora bu yoqda yondirvotiyu. O’zimga qarshi chiqomiy o’tiribman. Bir hayolimga shartta ko’zimni yumib, er-xotinlik qilimiy diymande. Keyin bu fikrdan qaytaman. Chidayman. 2 yil o’tadi ketadi.
Oktyabr oyi (2012)
Sayyora shunaqangi kelinlik xizmatlarini qildiki, hamma unga qoyil qovordi. Kenayim ham tan bervordilar. Ular ham 2 haftada bunchalik og’izga tushmagandim didilar. Onamni etmisizmi, manga shundo kelin topganimga rahmatlar etib tashadilarku. Man har kuni kechalari qiynalib chiqdim. Yonma yon yotamiza, lekin begonadek. Sayyora manga yonimdagi begona edi.
Davomi yaqin soatlarda!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 04:06 | Изох # 440 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Гоппор нима деса десину, лекин ундаям юрак бор. Якин соатлар келдикууу
|
| |
| |
| Loading | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 11:04 | Изох # 441 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Agar so'kkanimda ban osaman koment tashardim. Yonimdagi begona emush. 2 xaftada uyog'indan kirib bu yog'indan chiqvossanu 2 yilda...bilmadim.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 12:03 | Изох # 442 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Anchadan beri o'qimagandim. 1soatcha o'qibmana qoil gap net.
Omad
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 02:01 | Изох # 443 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 79 qism
Biz ikkimiz bir xonadamiz. Bir xonadan nafas olamiz. Sen va men. Oldimizda hech kim yo’q. Faqat sen va men. Nafas olamiz yonma yon. Yuraklarimiz yurishi eshitilar xato, lekin bir tuyg’u yo’q oramizda, yaqinlik. Biz begonamiz, yonma yon yashaydigan begonamiz. Sen menga yonimdagi begonasan. Boshqacha begonasan. Farqimiz, biz birimizni bilamiz. Juda ham zo’r bilamiz. Yashaymiz bir birimizni hayollarimizda, yashaymiz bir birimizni qalbimizda, yashaymiz bir joyda. Lekin o’zi begonamiz... Taqdirni tuhfasi ekan bizga begonalik, ajralmas ekanmiz shunda ham. Majbur qildi meni shunga begonaginam. Qanchalar yaqin edik biz, qanchalar qadrdon edik biz. Ishonmasdikku sevgimizni hech kimga, nima bo’ldi holimizga. Ayriliq yo’q bizga, ko’rishni istamagan ko’zlar yo’q bizga, nafrat ham yoq bizda, shunchalar ahil begonamiz. Bir so’z bilan begonamiz, oldin hech ham o’ylamagan begonamiz, alam dardida qolgan begonamiz, bir birimizga doim yonma yon begonamiz. Umid uzmaymiz taqdirdan, sovg’a kutamiz hamon. Biz g’aribmiz, biz mushtoqmiz, kutamiz chin sevgi, erishmoq istaymiz muhabbatga. Begona bo’lmasin, o’zimizniki bo’lsin. Exx begona sevgi bilan yashash. Begona bo’lsa ham, yonimdagi sevgi. Begona bo’sa ham sevamanmi? Ha, shunisiga ham shukur. Mendan uzoqdamas, yonimdaku. Men bilan birgaku. Taqdir o’yini o’ynatayapti kuyiga. Meni qildi raqqos. Har kuyga soldi men bechorani. Holim harob, kulmoqda ustimdan. Mayli vaqtlar keladi. Hali men ham kuy chalaman. O’ynataman o’zim uni. Taqdir, men seni o’ynataman. Sendan qochaman. Qochib ketaman. Yeta olmaysan. Sendan o’zib ketaman. Begonalar menga yaqin bo’ladi. Yonimdagi, qo’ynimda bo’ladi. Taqdir ushanda sen nima ham qilarding? Sen o’ynaysan? Men chalaman.... Ko’zlarim ocharman tong saharda. Yonimda begona sevgim hamon. Shirin uhlar. Buzgum kelmas aslo oromin. Tush ko’rayotgan bo’lsa kerak. lablarini qimirlatar. Mayli begonaman. Lekin juda yaqin begona. Birgina bo’sa maylidir. Bu uncha aybmasdir. Axir uhlayaptiku. Bunday chiroy, odob, yurishi bilan qilmaydimi hech erkakni rom. Birgina bo’sa, boshqa hech narsa. Qabimda begona sevgi bo’lsa ham. U menga begona bo’lsa ham. Yonimdagi begonadan bitta bo’sa. Lablaridan totli bo’sa. Nafaslarimiz to’qnashdi. Iliqqini nafasi. Uhhh. Kuchim yetmayapti. Qo’rqaman uyg’onishidan. Yuragim beto’xtov urmoqda. Orqaga qaytsam undanda battar! Chiday olmaydi bunga. Mayli. Faqatgina bitta begona bo’sa. Meniki emas... lablarini mazazi ketmas labimdan. Ajratgim kelmas sira. Bergan va’dalarim ham unut bo’ldi bu tam oldida. Afsus ajralaman. Uyg’onmasdan avval. Lablarini sekingina yalab qo’ydi. U ham sezdi nimadir. Ex men ahmoq begona. Yonimdaku shunday durdona. Qadriga ham yetmayman. Ko’nglini ham ololmayman. Nega rozi bo’lding o’zi shartiga. Bilardinku shunday bo’lishini. O’zing qo’yding unga shartlar... yana o’zing buzding hohlab. Afsuslanma endi. Unut bu tamni. Takrorlama boshqa. Chunki endi yaqin begonasan.
Davomi yaqin soatlarda! Balki bitta izohdan keyin!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 03:43 | Изох # 444 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yozin man o'qivotman. Добавлено (02-Июл-2012, 02:43) --------------------------------------------- Voy do o o o od shu yoshimda osoniya Goppor! A maylin Giyos yozmagandek men xam yozomiman, coment!
Kimdur qiziqligi qolib ketti deganmidi? O'zi qop ketkan. 
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 03:50 | Изох # 445 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 80 qism.
14 oktyabr 2012 yil
Ertalab Aziz telefon qib qoldi. Uydamisan dib. Yakshanba, uydaman didim. Moshinangda tez chiq. Azizani dardi tutibdi. 3 minutda moshinani ko’chaga olib chiqib qo’ydimde. Keyin roddomga qarab ketdik. Ja uchirmadim. Orqadan Azizani ovozi eshitilib turibdi. Turib turib yana ovozi chiqadi. G’alati ekan. Tug’ruqxonaga bordik. Bizani kelishimizaga ko’zi to’rt bo’b kutib turgan doctorlar ko’rinmadi. Ha, navbatchisi borakan. Lekin yoshroq. Chiqib olib kirib ketishdi. Aziz ham orqadan kirib ketdi. Man moshinani tashqariga olib chiqib ketdim. Keyin ushatda o’tirdim. Sayyoradan sms keldi. “Qatta ketdingiz. Oyijon so’ravotilar” dib. Man “O’zim tel qib etaman” dib javob yozdim. Keyin shu moshinada ozgina uhlab oliy, kecha kech yotgandim televizor ko’rib dib uhlashim bilan Aziz chiqib keldi: - Hali borakan. Oldinga bitta maslahat bilan keldim. Man ichkariga kirishim mumkinakan. Kirsamikan? - Aziz, g’alatimisan. Man qattan bilaman. (uyqimni buzdide, chala uyqu bilan javoblar ham nito chiqvoti) - Shu qo’rqvommande. - O’tir moshinaga unda. O’rninga man kiraman. - ...? - Kirmasang sho’tta kutib o’tir. Tug’ilsa chaqirishadi. Ko’rasan. Suyinchisini berasan keyin. - Eyy G’oppor, g’alati bo’b ketvomman. - Boya so’ragandim shuni. - Ey, ota bo’laman, chunvossanmi? - Ha chunvomman. San ota bo’lasan. Manamas (kulib qo’yaman) - Hursand bo’senchi. Man bilan qo’shilib kulsenchi. - Hursandman. Prosta bola tug’ish osonmasde. Anunda gapirishvotganini eshitib qolgandim. Rosa qiynakan. Aziza qiynalishiga achinvomman. - Ha. Lekin bolallik bo’lamiza. Urrraaaaa! - Uraaaaa (sohtalik bilan). - Ey G’oopor. Qanaqa moshinada obchiqsam ekan? - Mana, mani moshinamda obchiqamiza!. - Iya, birinchi bolamni sani moshinangda obchiqamanmi? - H. Nima? Nimasi yomon. Yahshi moshina. - Lemuzinda obchiqaman dib o’zimga va’da berganman. Ushanaqa gaplashaman. - Hop, mayli. Ushanda obchiq. - Sanga buni nega etvomman. Chunmayapsanmi? - Hop. Topib beraman. O’zin gaplashasan faqat. - Manda hozir vaqt yo’qde. Ushanga sanga etvomman. - Hop didimku. - Ichkariga kirsammikan? Ichimga sig’miy ketvomman. - Ichingamas, moshinamga sig’miy ketvossan - Nima farqi bor. Qatgaligini. - Hahaha... - Ey G’oppor. Ismini nima qo’yamiza? - O’zi nima tug’ilarkin? - Otasiga o’xshasa og’il. Onasiga o’xshasa qizaloq! - Unda bilmadim. Uyga borib onamdan so’riman. Yoki qaynata qaynonendan so’ra. O’zingda varyant bo’masa. - San ism qo’ysang nima qiladi? - O’zimmi ismimni zo’rg’a eslimanku, sanga ism hozir qattan keladi. Oldin tug’ilib osin. Keyin birgalikdan maslahatlashamiza? - Hop. Yahshi fikr. - .... - Ey G’oppor. - Aziz. - Ha. - Nima diysan, gapir. - San qachon bolalik bo’lasan. - Sanikidan keyin. - Agar man o’g’il ko’rib, san qiz ko’rsen, quda bo’larmidik. - Ey undan ko’ra xotinini o’yla, hali unga qancha bor. Indamasam, nevara to’yini qilasan hozir. Nevaralaringga ism qo’ydirasan. - Hop. Indamadim. - ... (boshimni rolga endi qo’yib, ko’zimmi yumgandim...) - Ey G’oppor. Yur birga kirilik. Usha karidorda turamiza. Tug’ilgandagi ovozini eshitgim kevoti. Ichkariga kira olmiman, yurak betlamaydi. - Hop. Baribir uhlatmading. Mani kirg’azarmikan karidoriga bo’sa ham. San borib, ichakariga kirvur. Man moshinani yopib, orqenda kirib boraman. Qaysi tomonda o’zi? - Kirganingda chap tomonda.
Aziz kirib ketdi. Orqasidan 1 minut farq bilan bordim. Eshikni olidadagi doctor mani kirg’azmadi. Man nega dib so’radim. Begonaga mumkinmasakan. Man: “Ichkarida mani xotinim tug’voti. Aziza. Ushatga kirmoqchiman”didim. Doctor: “Uni eri xozir kirib ketdiku” didi. Aldabdi didim. Hozir qarichi. Mana bu yerga famiyasini yozgandi... mana bir xilku. Siz erimasizku” divotganida, hazillashdim, o’rtog’im sal nozikroq, yiqilib tushsa ushab qolishim kerak. karidorda turaman. Iya opa, hali choy ichmadilarmi? (dib cho’nchelariga pul sob qo’ydim.) Hich kim bilmidi. Bitta yordam qiling.” Didim. Keyin o’tqazvordilar. Ichkarida Aziz karidorda uyoqdan buyoqga yurvotganakan. Mani ko’rib, sal kulib qo’ydi.
Davomi yaqin soatlarda!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 08:24 | Изох # 446 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Hozir hotinidan gap eshitadi. Goppor qarab tur vo'shshem maza qilasan. Azizaga achinasande Azizni ustidan rosa kulgin keladi. Ichkaridan aaayy A Z I Z ! Digan ovoz eshitiladi.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 10:29 | Изох # 447 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Шу кетишда Гоппорам ота бугиси кеп колади хали. 2 хафтага чидомади, 2 йил нима киларкин?
|
| |
| |
| bek_x6 | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 12:04 | Изох # 448 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| bechora Goppoooorrrr)))
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
| |
| |
| БОБО | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 02:30 | Изох # 449 |
 ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Давоми качон соатлар суткага алмашдику......
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 14:47 | Изох # 450 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Klass
Omad
|
| |
| |