|
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
| Giyos | Сана: Душанба, 14-Май-2012, 03:08 | Изох # 376 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 70 qism
18 avgust 2012 yil.
Mana yana tong otdi. Quyosh qizarib yer yuzini yoritvoti. Havo salqin. Tong havosi. Toza. Bir zumdan keyin hamma uyg’onib, havoni chang to’zon qoplidi. Keyin nafas olish rohatlanish uchun emas, yashash uchun olinadi. Xozir man to’yib to’yib rohatlanish uchun nafas ovomman. Lekin shu rohatlanish manga nasib qilmayapti. Balki kechagi gaplar sababdir. Kecha hayotimda bitta katta xato qildimi, yoki savob bilmadim. O’zimni fikrim bo’yicha Sayyorani qutqardim. Man uni rad etganimda u aniq fohisha bo’lib ketardi. Yoki usha qaysidir boyni o’ynashi bo’lib yurardi. Unga to’g’risi achindim. To’g’ri u mani qanchalar aldagandir. Uni kechirmagandirman. Lekin u o’zini emas, oilasini o’ylab shu yolg’onlar bilan mani aldabdiku. Oxirgi gaplarini imlardir mani o’rnimda bo’ganida o’ylashi mumkin edi. Yana aldavoti dib. Yo’q. Man unaqa o’yliy olmadim. Unga oldingidek ishondim. Nima sababdan bilmadim. Balki soddaligim (o’zimni hich sodda dib bilmaganakanman), balki ishonuvchanligim (ko’p bora hayotda qoqilishga sabab bo’ladigan omil), balki yordam bervurishim (hozir hamma ham yordamni o’ylab beradigan bo’lib qolgan, yordam bersam qaytarmikan dib. Agar qaytmasa yordam bermidi), balki kechiruvchanligim (Ismimni ma’nosi ham kechiruvchi ekan. Endi odamni harakteri ham ismiga mos bo’b ketarkanmi...)... Ishqilib shulardan Sayyora foydalana oldi. U o’zini baxti uchun odam tanlay bildi. Man uni hich qachon ayblamiman. Usha raqsga tushganini ham. To’g’ri bu sharmandalik. Lekin uni vazayatida boshqa yo’l yo’q edi. Kimlardir ko’rdi uni shunday holatida. Lekin ularga javob yo’q. Baribir bir kun etvoradi. Kimgadir ishonib etadi. Usha kimdir yana kimgadir. Kimgadirdan hamma eshitib bo’ldi. Dilshod. Ha uni aldadim. Unga Sayyora etgan gaplarni etganimda hich qachon ishonmasdi. Kerak bo’lsa mani to’yimga ham qarshilik ko’rsatardi. Aniq Sayyorani fohishaga chiqarardi. Ota onamgacha etardi kerak bo’lsa. Mani qo’rqaganim shu edi. Hich kim bilmasligi kerak edi. Dilshodga esa ishonch yo’q. Yana bir tomoni u to’ydan keyin Sayyoraga “boshqacha” ko’z bilan qariy boshlardi. Bu gaplarni etmasam, Sayyorani o’yinchiligini sir saqlamasligiga sharoit yaratgan bo’lardim. Nu yaqin do’stim. Etmasam ham bo’masdi. Lekin Sayyoraga bergan va’dam uchun aldashga majbur bo’ldim. Kimga qanaqa bilmadim. Lekin uni ishontira oldim manimcha. Bilaman, u baribir bir kun kimgadir etib qo’yadi. Shunga ham tayyor bo’lishim kerak. Exx Sayyora. Ko’ramiza endi bu yog’i nima bo’ladi. Hali boshqa o’rtoqlarim eshitsa nima diydi bilmadim. O’zim haligacha ishonolmiyapman. Qanaqaligini bilib turib, unga uylanish. Hamma alday olaman, lekin o’zimnichi. O’zimni qanchagacha aldiman. Baxtimni unga sovg’a qildimku. Mayli u shu bilan baxtli bo’lsa. U shu bilan kulib yursa. Endi man uni sevmimanku. Nikohimiz ham shartnoma asosida bo’voti. To’ydan keyin u mani yuzimga qando qaridi. Man unga qando qariman. O’rtoqlarim dayussan diyishi mumkinku. Ha etishadi. Yuzimga etmasa ham, orqadan gapirashadi. O’zim tanlagan yo’l. Chidashdan boshqa choram yo’q. Mayli man uchun ham chiqvotgan quyosh bordir. Mani bog’imda ham gullar o’sar. Mani arig’imda ham suv oqib qolar. Kutaman shu kunlarni. Hozir qorong’ida yurishga chiroq topishim, bog’imdagi tikinlarni olishim, ariqdagi qumlarni tozalashim kerak. mani hayotim kimgadir yordam bervoti. Juda kulguli. To’yga ham ozgina qoldi. Hich kim bilmasa bo’ldi. Qogani bir gap bo’ladi. Man yo’ldan ketvuraman, taqdir mani qatga uloqtirib tashasa, ushatga borib tushaman. Shular mani taqdirimga yozilgan ekan. Yozilgan ekan. Lekin shuni o’zim yaratvomman. Hamma narsani taqdirdan ko’rvurisham bo’masakan. Ex Sayyora. Nimaga bunaqa bo’lib qolding? Ishonardimku, foydalandingku. Nega oldin boshqasini sevib qolmaganakanman. Sevsam, qurib qolarmidi. Afsuslanishga endi kech. Foydasiz. Lekin hozirgi vaziyatda shu lazzatli. Bo’mag’ur hayollarni yig’ishtirib, ishga borganim yahshi. Quyosh alaqachon ko’rinib bo’ldi. Uhlavotganlarni oynasidan tushib, yuzni qizdirib, uyg’otadi. Ushanda quyoshni yomon ko’rib ketishadi. Bolalar bo’lsa g’inshib qo’yishadi. Quyosh uzoq tushib tursa, odamni uyqusi qaytib kemidi. Yana bekorchi hayoliy gaplar. Charchabman. Hayotdan charchabman. Manga o’g’ir zarba bo’libdi. Lekin tashqi tomondan qaraganda ko’tara olibman. Man zo’rmande. (qatta, so’ttaksan. Esing yo’q sani. O’zini baxtingni o’ylasang bo’lardi. U sanga kim edi. Hich kim. Sevmasding ham aslida. Shunchaki kimnidir sevging keganidan sevaman dib o’zini ishontirarding. Usha hich kim uchun, o’zini qurbon qilding. Ahmoqsan, hali yana boshqa o’rtoqlaringga ham hisobot topshirib, ularni ham og’zini yopishing kerak. Zo’rmish. O’z ko’nglingda mardlik qildim divossande a). Rostanam man mardlik qildim. Ichki tuyg’ular ham bir xillarida yoqadigan gapni etib qolarkan.
Davomi bor. © Giyos@mail.ru
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Anv@rbek | Сана: Душанба, 14-Май-2012, 03:21 | Изох # 377 |
|
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Giyos) 70 qism 18 avgust 2012 yil.
- G'iyos tovba Vanga bo'lib ketine , 2012-yil 18-avgust hali kemadiyu)) Xuddi The Lost kinokartinasi singari, voqelar rivoji hozirgi davrdan ilgarilab ketibi...
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 14-Май-2012, 08:44 | Изох # 378 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Voy hali kemadimi? Sezmabman.))) Lostni ko'rmaganakanman. Bu yerda vaqtga unchalik urg'u berilmaydi. Faqat qahramonlarni yoshi inobatga olinishi uchun o'zib ketilmoqda. Hayronman qanaqa qilib sezmay qoldim)))
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Sokin_Qalb | Сана: Душанба, 14-Май-2012, 21:28 | Изох # 379 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
| Faqat bosh qahramoni o'ldirmen! Omad!
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 15-Май-2012, 00:48 | Изох # 380 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yaxshi! Muloxaza qilish jarayoni. Bu seriasida yaxshi joylari bor ekan!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Anv@rbek | Сана: Сешанба, 15-Май-2012, 00:51 | Изох # 381 |
|
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Giyos) Voy hali kemadimi? Sezmabman.))) Lostni ko'rmaganakanman. Bu yerda vaqtga unchalik urg'u berilmaydi. Faqat qahramonlarni yoshi inobatga olinishi uchun o'zib ketilmoqda. Hayronman qanaqa qilib sezmay qoldim)))
- Giyos, sizni xatoizni Edit qilish man uchun sharaf))) Unda hozir 2012-ni o'rniga o'zim yaxshi ko'rgan sonladan bitta yil yozib qo'yaman))
|
| |
| |
| Faxriddin | Сана: Сешанба, 15-Май-2012, 10:20 | Изох # 382 |
|
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
| ikki yosh qo'sha qarib, chol kampir bo'b yurishsin. Bizaga nima xizmatla bor?
Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
|
| |
| |
| Dilshod_A | Сана: Пайшанба, 17-Май-2012, 21:49 | Изох # 383 |
 Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| dovomi qachon bo'ladi
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 00:52 | Изох # 384 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 71 qism
Azizga hich narsa diyomadim. Dilshod o’zi tushuntirdi nima dib bo’sa ham. (1 hafta o’tdi)
Kechqurin ishdan keldim. Onam karavotda o’tirgan ekanlar. Borib erkalangim keldi. Lekin qanaqa qilib. Eslay olmadim. Onamni tizzalariga boshimni qo’yib yotib oldim. Ozgina osmondagi yulduzlarga qarab o’tirib. Hayolim ketib qoldi. Bilmasdan onamga ertak etib bering dib yubordim. Onam kulib qo’ydilar. Hop. Qaysi ertakni etib beriy?-didilar. Man yengisidan bo’sin dib qo’ya qoldim. Onam sanbob bitta ertak bor. Ushani etib beraman didilar. Onam ertakni boshladilar... Nomi “Ona mehri”. Bu ertakda bir yigitni malikani sevib qolgani haqida etilgan....
Yo’lda ketayotgan edim. Olamon. Juda ko’p. Bilmadim bu ne ekan. Tushunmas hech kim. Yaqinroq turarman man ham. Navbat uzun. . . So'radim, bildim. Malika turmushga bo'libdi rozi. Navbatdagilar bari oshiqlar. Malikani vasli istar bari. . . Juda juda ko'p yigitlar, yoshi ulug'lar ham ora orada bor. O'ylayman, ahmoqmi bular. Bir qizni deb jonidan kechishlar. Shu gapimdan so'ng olamon menga qaradi. Ko'zlarida nafrat. Qo'llarida g'azab. "Sen nima deyapsan? Sen bilmaysan. Ko'rmagansan bu malikani. Qoch bu yerdan, o'zingga rahm qil, yoki seni o'ldiramiz. . ." - dedi bir oshiq yigit. Men tobora yanada hayratlandim. Ahmoq emas, telba bular. Telba Majnun bular... Ortga o'grildim, ketmoq istab o'z yo'lim tomon. Olaman "Malika ko'rindi" - deb hayqirdi. Kim ekan u, shunchalar telbaga aylantirgan, kim u shunchalar go'zal deb ta'riflangan. Peshayvonda turar savlat sochib bir hurliqo. Bir marta ko'rdim. Atigi bir marta. Uzoqdan yana. Yaqinlashib ko'rmoq istadi yurak. Ex qani edi olamon bunga ko'nsa. Hamma oldinga intilar, ko'rmoq istab malikani yaqinroq. To'yib ko'rish istar husnini. Oralarda ayollar ham bor. Qaysidir erkakni ortiga tortar, taxminan bildim. Bu uning xotini, erini qaytarmoq uchun kelgan. Onalar ham bor. O'g'lini bu o'limdan olib qolmoq hohlab kelgan. Afsus ko'ndirish qiyin. Yuragini mahf etgan malika vasli, ona mehridan ustun kelar ko'proq. Yaxshiyam oralarda onasiga muhabbati bor bor. Oldingga yurdim, yigitlarni yora. Malika qo'lida ro'molchani silkitar kulib. Bu chiroyli ko'zlar. Chiroyli kulishlar. . . Peshayvon tagida yozuv: "Malikani 3 sharti bor. Shu shartlardan o'tgan Malikani yori bo'ladi. O'ta olmagan oxirgi ko'rgan yorug'ligi shu bo'ladi". Mana men o'taman shartdan. Balki omadim kelar. Lekin bu navbatdan qanday qilib o'taman. Malika qo'lidagi oq ro'molni pastga otdi. Oshiqlar talashib, qo'larini yuqorilab ilomoq uchun talashdilar. Bir oshiq epchil ekan. Mahkam tutdi ro'molni. Malika qaytdi ortiga. Oshiq yigitni ham olib kirib ketishdi. Qolganlar qoldi afsusda. Gap so'zlar, bajarolmasin, bajarsa nima bo'ladi, shartdan o'ta olmasin. . . Shu kabi so'zlar. Menam oshiqman endi.navat talashayapman raqiblarim bilan. Hamma intilar oldinga, ro'mol ko'p tushayotgan joyga. .. Ana yana ko'rindi Malika. Qo'lida romolchasi bor. Ex eplay olmabdi yigit. Omadi kelmabdi. Endi ko'rmas Quyoshni boshqa. Oshiqlar yuragida zaracha qo'rquv yo'q. Kutishar ro'mol tushishin. Malikaga yaqinroqman. Yuzida parda bor. E voh. Parda to'sganda shunday go'zal bo'lsa. Pardasiz ko'rganlarni yuragin to'xtatarku... Mana ro'molni otdi yana. Qo'llarim yonidan o'tib ketdi ozgina. Yana kutaman. Kirib ketganga omadsizlik tilab... Ex. Ana yana Malika ko'rindi. Essiz ketibdi bechora yigit. Bir tomondan quvonsam, bir tomondan achinaman. Ortda katta olamon. O'tgan yo'lovchilar ham Malikani jamolin ko'rib, safga turar. Malikani har boqishin intizorlik bilan kutishar. Mana yana ro'mol uchdi. Bu safar boshqa yoqga. Talash, ur to'palon. Malika qaytdi ortiga. Ro'molli oshiq ham kirib ketdi. Yana usha gaplar, omad, omadsizlik tilashlar. . . Bajara olmadi shartni yigit. Yo'q bo'lib ketdi endi. Ortda bir onaxon yig'lar: "Nima qilding o'g'lim, ne istading, ne bo'ldi bolam. Aytgandimku senga, Uchma makrga. Sevgi qildi seni telba, ko'r. Menga quloq ham solmading, gaplarim olmading... Qanisan endi. Men kim bilan qoldim. Meni boquvchim, go'rga qo'yguvchim edingku. Bolaginama. Seni ortingdan shu yergacha keldim, ortinga bir bora qaramading ham. Ko'zlaring faqat o'sha Malikada. Nahotki ona mehridan, sevging ustulik qilgan bo'lsa. . . Endi seni qaydan topdim. Ko'zimni oqu qarosin. Sendan emasman aslo hafa. Ayb menda. Qilmabman yaxshi tarbiya. Bermabman sof mehr. Ayb o'zimda. Ko'r ko'zlar ko'radigan mehr bermabman. Aybdorman". Onani gaplaridan nogoh ko'zlarim yoshlandi. Onasiz o'sdim, mehr ko'rmay. Onaga bo'lib zor. Onasi borlarchi? Qilyabdiku xor. Afsus hech kimim yo'q. Ortimdan qoladigan. Meni tartibga soladigan. Ona yig'lar hamon. Yerlar loy bo'ldi, ko'zdagi yoshdan. Borib tiz cho'kdim onaga, dedim: "Onajon. Mana men bo'laman sizga o'g'il. Yig'lamang bo'ldi. Qutqaraman o'g'lingiz, akamni. Meni qiling faqat duo. Bajaray Malikani shartin". Ona der: "Bolam. Joning o'zingga og'irlik qilyaptimi? Hamma ayol birku, ko'rinishi boshqa bo'lsa ham. Nega shunga tushunmaysizlar. Yaltiroqga chopgaysizlar. Bir bolamni yoqotganim yetar. Boshqasi yonimda qolsin. . . . Mayli ahding jiddiy ekan. Qaytara olmayman baribir. Duo qilaman. Esdan chiqarma hech qachon. Yigit boshing baland tut. Egmagin hech qachon. G'ururing sotma, ketsa ham boshing. Sen yigitsan, unutma sira. Ortingda ona bor, shuni esla". Onam duosi olib, Malikani romol otishin kutarman. Onam duo qildi omad tilab. Malika yana chiqdi peshayvonga. Usha savlat, usha kulgu, usha chiroy. Oshqlar qo'li yuqorida. Osmondagi oyni olmoq istab. Malika ozgina oshiqlariga boqdi, so'ng ro'molni otdi. Ro'mol tushdi kelib qo'limga, bosdim qattiq bag'rimga. Ro'moldan taralar ajoyib ifor. . . Sarhush aylar barimizni. Malika kirdi o'z xonasiga. Meni ham olib ketdi soqchilar kuzatib o'sha xonaga. Xona hashamatli ko'rkam. Malika o'rtada o'tirar xontaxta yonida. Menga joy ko'rsatdi va bir piyola choy uzatdi. Asta yuzidagi pardasini yechdi. Xona yorqinlashdi yanada. Malika ko'zlari kulib turar. Nigohim uni bir bir ilib qo'yar. Malika buzdi jimlikni. Aytmoq istab shartini. Menga aytdi: "tanlang qay birin aytay oldin. Yoki hammasini bir vaqtda". O'ylamayman, ayt hammasi bir paytda. Malika aytdi: "O'yla avval. Hali imkoning bor. Ko'rding bor husnimni. Ketaver uyingga. Bo'lma juvornmang. Joning asra. Shart aytsam, ortga yo'l qolmaydi. Eslolmaysan boshqa quyoshni ham". Yo'q. Ayt shartingni. Bajaraman barini. Men seni yor istab keldim. Maqsadga yetmaslikni ep bilmay. Malika aytar shartini: "Mayli, men berdim imkon, qildim ogoh. Bir umr chekmang afsus. Shartlarim aytaman unda sizga. Bajaring uni sevsangiz agar meni, bir zumda. Birinchi shartim shuki, menga bo'lasiz bir umr yor. Saroydan chiqmaysiz qaytib hech qachon. Ikkinchi shartim esa, turibdi ostonada kovushim. Necha kundan beri usti chang. Shuni tozalaysiz, yoqsin menga. Uchinchi shartim esa. Sizdan oldin kirgan oshiqni o'ldiring. Toki meni yuzimni ko'rgan. Aytolmasin o'zgalarga. Shuni bajarsangiz sizni yoringizman". Yo'q. Men bajarmayman shartingiz. Juda ham osondir kimlarga. Mayli roziman o'limga. Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan menga. Bo'larman sizga yor. Tashqarida esa kutayotgan onam bor. Voz kecholmayman onamdan sira. Ona mehri ustun menga bari sevgidan. Sog' bo'lsam balki toparman yana sevgim. Lekin topolmaymanku ona mehrin. Men onamga vafodorman. Yolg'izlatmayman hech qachon. Chang kovushingiz. . . Kechir meni. Men senga er bo'lyapman. Qul emas. Menda erlik g'ururi bor. Egmayman ayolimga sira boshim. Sen qilishing kerak menga xizmatim. Odam o'ldirish. Yo'q. U begunoh. Unda ayb yo'q. Uni jonini men olmayman. Yaratgan oladi. Seni husningni ko'rgani gunoh sanalmas. O'ldirishga esa arzimas. Mana meni o'ldir, ogohlantirding. Bajara olmadim sharting. Roziman. Faqat onamdan uzr so'rab qo'y. Bajara olmadim va'damni. Qaddimni tik tutdim. Egmadim unga boshim. Afsusdaman. Bekor qildim shart o’ynab. Akamni qutqara olmadim. Onam yana farzand do’g’ida qoldi... Malika o’tirar kulib. Men kutaman kelishin ortimdan jallod. Malika bitta chapak chaldi. Jallod emas. Vazir keldi. Qo’lida zar cho’pon. Malika o’rnidan turdi. Menga yaqin kelib tazm qildi: “Ey botir, qo’rqmas yigit, sen bajarding shartimni. Sen yutiding. Sendan oldingilar hammasi aytganimni qilishdi. Saroyga qamalib, oilasidan kechishdi voz. Ayting menga. Tug’ishganlaridan kechgan, vaqti kelib mendan kechmaydimi? Yurtga yov kelsa, qochib ketmaydimi? Bunday oila sevmaslar menga yor bo’la olamas. Siz bu shartda tanladingiz onani. Oilaga vafodorsiz. 1 shartdan shu sabab o’tdingiz. Ikkinchi shart ne bo’ldi. Siz egmadiz menga bosh. Qolganlarchi. Yotib olib, kiyimlariga artishdi kovushim. Shular ham erkakmi? Menga qul emas. Er kerak edi. Ular bir ayol deb, g’ururidan kechdi. Borini sotdi hisob. Yurtga yov kelganda, shular sotilar birinchilar bo’lib qator. Sizda g’urur, egilmas bosh bor. Shu sabab o’tdingiz uchunchi shart tomon. Uchinchi shart edi odam o’ldirish. Bu qotillik, katta gunoh. Ko’zini sevgi ko’r qilganlar. Kim bo’lsa ham o’ldirar. Ularda iroda mustahkam emas. Juda ham ojizdir betamom. Ular sira bilmas adolat. Bundaylar qanday qilib bo’ladi yurtga hukumron. Siz adolat qila oldingiz. Va shartlarim bajara oldiz. Keldi oldimga 100 dan ortiq oshiqlar. Eng ko’pi qildi aytganimdan ikkisin. Bo’ldi. Endi siz menga yorsiz. Yuring peshayvonga. Bilsin xalq sizni endi kimligiz”. Chiqdik Malika bilan qo’l ushlashib. Pastda ikkimizni ko’rgan olamon afsuslanar. Hammasi er tepinib, uyi tomon ketar. Kelgan ayollar hursand, quvonchda. Duo qilar meni tabriklab Malika bilan. Qoldi yolg’iz onam. Esga tushdi bergan va’dam. “Malikam, ana meni onam. Seni zindoningda bor meni akam. Qo’yib yuborsang edi. Baxtli qilarding onamni. Men o’tdim shartingdan. Shu ona duosi tufayli. Ta’zimdaman doim, onalar poyiga”. Malika etdi ozod. Omon qolgan barcha oshiqlarni. Rahmat eta ketdi hammasi, o’grilib ortiga bir bir. Onamni olib kelib saroyga, joy berdim 7 ko’rpaga. Bo’lsinlar endi rohat – farog’atda. Ko’rsinlar orzularin ro’yobin. Meni qilsinlar duo. Bo’ladi chunki ijobat doimo....
Shu joyida ertak tugadi dib tugatdilar. To’g’risi ertakga shunchalar berilib ketibmanki. O’zimni usha yigit o’rnida ko’rib yubordim. U onasini rohatini tanladi. Manchi? Man nimani tanlavomman? Bu kottaa so’roq... Davomi bor. © Giyos@mail.ru
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 09:28 | Изох # 385 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Мана она дуосининг кучи! Яшавор йигит! Гоппор, кизим санга этаман, келиним сан эшит буптию буёги
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 10:04 | Изох # 386 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Giyos ishoning juda tasirli. O'ylimanki bu fanatlik kasali emas!
Goppor bundan nima hulosa olishi mumkin to'risi chunolmadim. Shu kungacha nima bo'lgan bo'lsa hammasi o'zini aybi emas ediku? Kutamiz!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 10:58 | Изох # 387 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Lirik chekinish bo'pti. Ajoyib.
Omad
|
| |
| |
| Dilshod_A | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 12:46 | Изох # 388 |
 Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| gap yo' dovomini kutamiz
|
| |
| |
| toxaclub | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 17:44 | Изох # 389 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 692
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 379
Холати: Хозир йўқ
| tog'risi tan berdim. Ijotizga omad.
|
| |
| |
| vipbaner | Сана: Шанба, 19-Май-2012, 18:40 | Изох # 390 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 68
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 88
Холати: Хозир йўқ
| Juda qiziq ! Davomini intizorlik bilan kutib qolamiz .
Intilganga toley yor
|
| |
| |
| Iroda | Сана: Якшанба, 20-Май-2012, 14:17 | Изох # 391 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 37
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 96
Холати: Хозир йўқ
| ertak judayam yoqdi
|
| |
| |
| Loading | Сана: Якшанба, 20-Май-2012, 16:24 | Изох # 392 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S klass bosilikmi endi? Добавлено (20-Май-2012, 15:24) --------------------------------------------- Yo'q. Men bajarmayman shartingiz. Juda ham osondir kimlarga. Mayli roziman o'limga. Bu shartlar to'g'ri kelmas ekan menga. Bo'larman sizga yor. Tashqarida esa kutayotgan onam bor. Voz kecholmayman onamdan sira. Ona mehri ustun menga bari sevgidan. Sog' bo'lsam balki toparman yana sevgim. Lekin topolmaymanku ona mehrin. Men onamga vafodorman. Yolg'izlatmayman hech qachon. Chang kovushingiz. . . Kechir meni. Men senga er bo'lyapman. Qul emas. Menda erlik g'ururi bor. Egmayman ayolimga sira boshim. Sen qilishing kerak menga xizmatim. Odam o'ldirish. Yo'q. U begunoh. Unda ayb yo'q. Uni jonini men olmayman. Yaratgan oladi. Seni husningni ko'rgani gunoh sanalmas. O'ldirishga esa arzimas. Mana meni o'ldir, ogohlantirding. Bajara olmadim sharting. Roziman. Faqat onamdan uzr so'rab qo'y. Bajara olmadim va'damni. Qaddimni tik tutdim. Egmadim unga boshim. Afsusdaman. Bekor qildim shart o’ynab. Akamni qutqara olmadim. Onam yana farzand do’g’ida qoldi...
Mana shu joylari!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilshod_A | Сана: Сешанба, 22-Май-2012, 23:05 | Изох # 393 |
 Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| dovomi qachon
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 23:05 | Изох # 394 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Barchaga e'tiboringiz uchun rahmat. Uzr. Hozirda o'qishni oxirgi haftalari ketvotganili uchun yozishga sira vaqtim bo'lmayapti. Imtixonlar.... Ishqilib ancha toliqtiradi. 1 hafta 10 kunlar davomini yoza olmasam kerak. Lekin vada beraman. 10 kunlar ichida 10 ta qismni 10 kunda yozib beraman.Davomini etvorgilarim kevotiyuuu. Lekin keyinchalik fikrim o'zgarib qolishi mumkinde. Yana bir bor e'tiboringiz uchun rahmat. Demak tez kunda MS ni davomini kuting.... Giyos.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Якшанба, 27-Май-2012, 00:30 | Изох # 395 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| 5 ga topshirin o'zin yozib beraman! Qolalgan qismini!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Июн-2012, 21:06 | Изох # 396 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 72 qism. Shularni hayol qilib turgandim onam gap boshlab qoldilar: “G’oppor, o’g’lim. Mana sanga man hich qachon uni qil buni qil dib etmganman. Akalaringga nechi marta bo’lsa ham qimoqchi bo’gan ishidan qaytarib, o’zim etganimni qildirdim. Lekin sanga keganda o’zini qisman bo’lsa ham mustaqil qo’ydim. San erkin o’sgin didim. Hohlaganini qilishga ruhsat ham berdim. Akalaringga bunaqa qimaganman. Bilsan o’zing ham. Chunki man sanga ishonaman. San uddalashingni bilaman boshlagan ishingni. Mana uylanvossan yaqinda. Sevgan qizingni etding. Man sovchi bo’lib bordim. Roziligini olib to’yni ham boshlab yubordik. Baxtli bo’lgin iloyim. Endi man sanga etadiganim. Hozir ertakni ham sanga bolaligini eslagin dib etmadim. Akalaringga ham etib berganman. Ular sal bo’lsa ham quloq solib yurishibdi. Yor topiladi. Ona topilmaydi. Ona duosi topilmaydi bolam. Shuni esdan chiqarma. Ertaga bir marta ayoling bilan ko’rishib, onani esdan chiqarib yubormagan. Ayoling shirinlik qilmasin. Ayollar nima bo’lsa ham o’zini qattiq o’ylaydi. Shu mani erimni onasi digan hayol uni o’zidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. To’g’ri bor. O’zini qaynonasidan keyin ikkinchi o’ringa qo’yadigani. Bor. Faqat juda ham kam. Xatto manam, qaynonamni o’zimdan oldin qo’ya olmaganman. Ishonvurgin. Qachalik harakat qilmayin, baribir ichimdagi bir kuch bunga qarshilik qilgan. Bu kuchni uncha buncha ayollar yenga olmaydi. Balki Sayyorang buni uddlar, ko’rinishidan odobli, aqlli, iffatli qizga o’xshadi. O’zim hali bafurja gaplashib ko’rmagan bo’lsam ham. Sanga ishonaman chunki. San man bilan bir xil fikrlisan, u akalaring adenga o’xshagan. (shu joyda ozgina kulib qo’ydilar). San gaplarimni unutmasen bo’ldi. Bilaman hozir bu gaplarni etmasangiz ham qilaman divossan. Lekin etib qo’yish mani burchim. Ertaga afsuslanmasen bo’ldi. Baxtli bo’l o’g’lim. Man sani juda yahshi ko’raman. Ke peshongdan bitta o’pib qo’yi... Man uchun hali ham bolasan. Endi boraqo, damini ovol.” dib manga xonanmni ko’rsatib yubordilar. Gaplarini kallamda sintez qilishga ulgurmasdan xonamni oldida adam sigaret chakib o’tirganlarini ko’rib qoldim. Xonamni eshigini ochomasdim. Adam eshikni yonida o’tiribdilar. Qo’llari bilan manga o’tir ishorasi qilib, sal surildilar. Man yonlariga o’tridim. Sigaret hidi manga kegandi, qo’lim bilan yelpib sal o’zimdan uzoqlashtirdim. Baribir tutuni burnimga kirib, yo’taltirdi. Sekin salom berdim. Ichib olgan ekanlar. Hidi keb turibdi. Sigaret hididan ham ko’p. Manga qarab: “O’tir o’g’lim. Shunaqa qib uylanvosande endi. Baxtini bersin. Mana manam onang bilan anchadan beri yashab kevomman. Kam bo’madim. Muhimi o’g’lim. Mana yaqinda uylanasan. Boshinga ayol zoti yopishib oladi keyin. Hamma qadaming uni kuzatuvida bo’ladi. Shu kuzatuvdan chiqib keta olishing bu sani o’zingga bog’liq. Ayolini boshinga chiqarib olish ham, yelkanga o’tqazib olish ham. Ko’tarib olishing ham, hammasi. Manga bittasi etgandi. Qattadur o’qiganmi, boshqa qiganmi.... ayollarni 4 ta jonzotga o’xshatgan. Harakterini! Birinchisi tovuq, ikkinchisi sigir, uchinchisi ilon, 4 chisi mushuk. Bulardan qaysi biriga sani ayoling o’xshidi, keyin o’zin bilvolsan. (Yo’talib qo’ydilar) agar tobvuqga o’xshagan bo’sa, sani urdi hudo. Faqat etganini qiladi. Vaaay dib yurvuradi. Mabodo, issiqjonde. Kasal bo’b qosenam, uje ketdi. Vaay dadasi, nima bo’ldiiii sizgaaa, manii qo’rqitmengg. Endi sizsiz man nima qilaman. Voooyyy dadasiiiii. Yig’lavuradi. Doctor chaqirish ham aqliga kemidi. O’lib ham ketishing mumkin. Keyin bular beetibor bo’lishadi. Yonida ... endi erkakchilik, .... hiyonat qisang ham ko’rmidi. Bepisand. Luchshi bunaqa xotin omagan yahshi. Sigir. Bunaqasiga uchrasang.... ucha haflimas. Xiyonat qisenam, nu hafa bo’ladi, boshqa bo’ladi. Lekin ketib qomidi. Ilon. Oooo . bo’g’ib qo’ya qoladi sani. Qadamingni o’ylab bosasan. Maboda ushab osa.... hayotdan ko’zingni yumginde. Bularni ichida eng yomoni, mushuk. Shunaqangi ichingga kirib, qonini so’radi, shunaqangi yoningda yuradi. Umuman boshqasiga qaratmidi. Ko’zingni faqat o’zida bo’ladigan qib qo’yadi. Sani o’ynatadi. Ko’rsen yugirib borasan. Anu kinolarni ko’rganmisan. Mafiyoz o’tirvolib, shotirlariga buyruq beradi, baqiradi, so’kadide. Eshikdan xotini kirib keb qosa, muloyim supurgi bo’b qoladi. Uyog’idan o’tadi, bu yog’idan o’tadi. Shunaqa ayollar mushuk. Ularni uncha buncha narsa qiziqtirmidi. Pulam uncha qiziqtirmidi. Ularni sani ustindan hukmron bo’lish qiziqtiradi. Endi onang. Qaysi biriga kirishini etardimu, eshitib qosa bo’g’ib qo’yishi mumkin... sanga bularni etishimdan maqsad.... Gapni po’stkalasi, (qo’llaridagi sigaretani uzun tortib, tashab yubordilar) xotiningga volya bermagin. Boshinga chiqarvomagin. Sanga xiyonat qigin dimiman. Etdim. Mana katta hayot ostonasida turibsan. Baribir kimdir sanga shuni etishi kerak. san endi mustaqil bo’lishing kerak. Shunga sanga etdim. Hayotingni o’zing davomlisan. San ming hiyonat qisenam, ayollar kechirvoradi. Lekin mabodo bo’shlik qib, xotinini eplomiy qolib, ko’chaga chiqib ketib qosa..... bunday bo’lmasinu, bunaqa xiyonatni kechirib bo’midi. Hich qachon kechirmisan. Mani ichvogan, og’ziga keganini gapirvotilar dib o’ylamagin. Man sani mustqil hayotga tayyorlavomman. San alaqachon mustaqil hayotdasan lekin. Baribiram etishim kerak man. Man sanga ishonaman. Yuzimizni yerga qaratadigan kelin olib kemayapsan. O’zinga qara o’g’lim. Man sanga uncha gapirganim bilan baribir o’zing bilganingdan qomisan. Mayli, uyinga kirib uxla, ertaga ishinga borasan” dib eshigim oldidan turib ketdilar. Xonamga kirib rosa o’ylashni boshladim. Negaki ular manga ishonishvoti, man qanaqa qiz olib kevamman. Ishonchliligini oqlolmadim to’g’risi. Lekin endi orqaga yo’l ham yo’qde. Qatga boshimni ursam, usha o’pirilib ketvoti. Nimaaaaa qiliyyyy maaaaan. (Tashqaridan adamni ovozingni o’chir, nega baqirasan digan ovozlari eshitildi.) Adam manga noto’g’ri narsa etmadilar. Baribir erakak kishi xiyonat qiladi, ko’pchiligi. Tan olish kerak. buni qaysinisi biladi, qaysini bilmidi. Onam boshqa ma’nodagi gaplar etdilar. Bu yerda ikkalaligi kelishib olishganmi bilmadim. Lekin adamam ancha hayot ko’rib qo’yganakanlar.
Davomi bitta izohdan keyin!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Dilshod_A | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Июн-2012, 22:23 | Изох # 397 |
 Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| Gappor 2 o't orasida qop ketdi buyoda sayyoraga vada berib qo'gan bir yoda ota onasini ishonchi qaysi birini tanlirkin Добавлено (01-Июн-2012, 21:23) --------------------------------------------- davomini kutamiz
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 01-Июн-2012, 22:28 | Изох # 398 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| O'x xo'w yaxshi! Yozing qani! Добавлено (01-Июн-2012, 21:28) --------------------------------------------- Otanga tosh otma ey! Kishi!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilshod_A | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Июн-2012, 08:28 | Изох # 399 |
 Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| dovomi qachon qo'yilarkina
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 10-Июн-2012, 03:34 | Изох # 400 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 73 qism. Ikki kundan so’ng.
To’yga etishni boshlab yubordim. Saida opani etishim kerak. Ularnikiga borib etib kelishim kerak. Kecha borgandim. Uyda yo’q ekanlar. Shoshib turganimga qaytib kevurdim. Bugun uyda bo’salar kerak. Lekin qolib ketishlari kerakmas. Bugun uyda yo’q bo’salar ham kutaman kegunlaricha. Kechki payt soat 5 larda ishdan chiqib bordim. eshikni taqillatdim. Hich kim javob qilmadi. Yana taqillatdim. Hich kim.... Zvonokni bosdim. 4 marta bosdim. Hich kim yo’q. Endi chalmoqchi edim. Orqadan “biza bo’ttamiza” digan ovoz keldi. Saida opa orqadan chiqib kevotgan ekanlar. Uyga taklif qildilar. Kirdim. (rosa o’yladim oldin). Bolalarni kiymini almashtirdilar birinchi. Keyin choy qo’ydilar. Dasturxonga harakat qivotgandilar, kerakmas didim. Hozir ketaman didim. Mayli unda hich bo’masa choy ich didilar. Keyin oshxonaga o’tib ketdilar. Hmmm. Ular hicham o’zgarmaganlar. Usha ushalar hali ham. Hali ham Murod akani kutvotilar. Rasmlarini qo’yib qo’yibdilar. Sal ozganlar lekin. Mani yoshim kottalashib, yana ham Murod akaga o’xshab ketvomman. Ichim qiziy boshladi. Negadir ketgilarim keb ketdi. Saida opa choynakda choy ko’tarib keldilar. O’tirdilar. Endi bildim. Sayyora Saida opaga sal o’xshab ketarkan. Oldin hich ahamiyat bermaganakanman. Yo’q. O’xshamidi. Man o’zimni aldavomman..... - Saida opa. Xabariz bormi yo’qmi bilmadim. 16 sentyabra uylanvomman, billa bo’lasiz. - Voy rostanmi? G’oppor rostan etvossanmi? Tabrikliman. Hali eshitmagandim. Voy juda ham hursandman, baxtli bo’lgin. - Albatta boring. Man sizni kutaman. Bolalarni ham olib boring. - San uylanasanu, man bormimanmi? To’y boshida o’zim turaman. - Rahmat. Siz kesez juda ham hursand bo’laman. Mayli man ketdim. Yana bir ikki joyga borib, etib kelishim kerak. - O’tirsen bo’lardi. Hozir ovqatga unnardim. Bekor ketib qovossande. - To’ydan keyin hudo holasa, keliniz bilan o’tiradgan bo’b kelamiza. - Kellaring, qara. Etding. Kemasang ko’rasan mandan. (Hursand bo’b ketdilar)
Ularnikidan chiqib, uyga ketdim. Mahallaga kirib kelganimda onamni ko’rib qoldim. Qo’shni”larniki”ga ketvotgan ekanlar. Hamma qo’shnilar bir joyda yig’ilashadi, yoki hammasinikiga kirib chiqiladi. Qaysi biri realga to’g’ri kelishini bilmadim. Buni uchun aylanib chiqish kerak orqalaridan. Shu paytgacha yurmaganman orqalaridan, endi ham yurmiman. Uyga kirdim. Xonamni eshigini oldida yana adam o’tiribdilar. Bu safar qo’llarida futbol gazetasi. Boshqa gazeta bo’lishi mumkinamas. Chunki boshqasini o’qimidilar. Gazeta o’qivotilar. Demak ichmaganlar. Hamma joylari o’zlarida. Salom berdim. Sal kutirib, qarab, keyin alik oldilar. Ozgina surildilar. Demak o’tir diganlari. O’tirdim. Indamadilar. Ko’zlari gazetada. Bir ikki varroqlab, ko’z yugirtirgan bo’ldilar. Keyin gazetani buklab, hich qachon chiqomidi bu yurishda didilar. Kim? Qatga? Nega chiqomidi bilmadim. Cho’ntaklaridan sigareta olib, chekmoqchi bo’ldilar. Keyin gugurt olmoqchi bo’ldilar. Chiqmadi. Boshqa cho’ntaklarini qaradilar. U yerdan ham chiqmadi. Keyin sigaretni qaytib solib qo’ydilar. Man gugurt olib kegani turmoqchi bo’gande bo’lgandim. Qo’llari bilan ushab, o’tqazib qo’ydilar. Keyin gapni boshladilar. Man nima haqida gap bo’lishini taxmin qila boshladim. Lekin hozir nima diyrkanlar dib hayron qob turibman. Adam: “G’oppor. Kecha sanga nima diganlarim esimda. Lekin ba’zi ota o’g’liga etmidigan gaplarni ham etdim. Chunki sani haraktering manikiga o’xshidi. Faqat sani irodang manikidan kuchli. Man ba’zi qilgan xatolarni san qilmagansan. Man esa.... gapni nimadan boshlanshni ham bilmayapman. San yaqinda uylanvossan. Oila qurish bu juda muhim masala. Shunga umr yo’ldosh tanlashda adashmaslik kerak. harakteri yoki boshqasi to’g’ri kemasa bir umr yonib o’tasan. Haliyam tanlash imkoniyating bor. Keyin afsuslanib yurma. Shoshish kerakmas bunaqa payt... Man tanlamasdan onanga uylanganman. Chunki boshqa tanlash imkonim yo’q edi. (ozgina bezovtalanib qoldilar.) Onang yahshi. Juda zo’r ayol. Man tanlamaganman. Ko’rmasdan rozi bo’lganman. Chunki sabablari bor edi. Onangni bunga umuman aloqasi yo’q. Hamma sabab o’zimda edi. Shoshib uylanganman disayam bo’ladi. San o’ylamagin yana. Hammasi toza. Man etvotganim onang bilan to’yimizdan oldin bo’gan. (Sal siqilvotganlari bilinardi. Ko’ylaklarini oldidan bitta tugma yechdilar. Keyin suv obke didilar. Borib suv olib keldim. Suvni ichdilar. Kelishimda gugurt ham olib kegandim. Berdim. Seigaretani ko’ylaklari cho’nchegidan olib yoqdilar. 4 marta chuqur chuqur tortib, yerga bosib o’chirdilar, keyin otvordilar.). Manam sanga o’xshab juda o’zboshimcha bo’ganman. Lekin irodasizligim pand bergan. O’tgan kuni shularni etmoqchidim. Onang yurgani uchun eshitib qomasin dib etmadim. Buni hich kim bilmidi. Halima opani bilsana. Huda rahmat qilsin. Man ushanda yosh edim. Tog’risi buni sanga etmasligim kerak. lekin baribir kelajakda xato qilmagin dib etvoman. Akalaring onanga tortgan, ular chizilgan chiziqdan yuradi. San boshqachasan. Xalima opa. Erlari yo’q edi. Nimaga yo’qligini etib o’tirmiman. Manam san Saidani ko’rgani chiqganingdek chiqib turardim. Manga etish noqulay. Lekin san mani, bu gaplarni adam emas. Do’stim etvoti dib tasavvur qilgin. Murod. Xalima opani o’gli. Usha bola sani akang. U mani xaqiqiy o’glim. Sani akang. Man ushanda o’zimni bosa olmaganman. Xalima opa ham. Man ahmoq bo’lsam, u nafsiga yutqazgan. Yoqtirardik bir birimizani. Tushunvossanmi? Man ahmoqlik qildim. O’zimni qaytara olmadim usha payt. Keyin bir birimizadan uyalib yurdik. Ozginadan keyin ular ko’chib ketdilar. Qattandiram gap so’z chiqa boshlagandi. Man qoldim. Keyin ota onam mani aynib ketmasin dib srochna uylantiramizaga tushib qolishdi. Man bo’tta bunaqa vaziyat bo’gani uchun qarab o’tirmadim. Rozi bo’vordim. Bir xillarida onangni ko’ziga ham tik qarashga uyalaman. Bitta narsa ovutadi, bu voqealar to’ydan oldin bo’lgan digan. Bu xiyonatamas diyman. Keyin umuman hiyonat qimaganman. 3 yildan keyin Xalima opa bola bilan qaytib keldilar. So’raganlarga yana turmushim bo’lmadi dib etdilar. Lekin turmushga boshqa chiqmagandilar. Keyinam chiqmadilar. Manam boshqa ularnikiga chiqmadim. Lekin har doim yordam berib kelardim. Murod kotta bo’gandan keyin. Bo’tta sanlar ham kotta bo’b qoldilaring. O’zimam qiynaldim. Ikki oilada bolang bo’lsa. Buni qanaqa qilib tushuntirsam ekan. Qiynaldimde. Eplolmadim. Ikki oilani boqa olishga qiynaldim. Yana bildirmasdan. Rosa alam qilardi. Rosa afsuslanardim. Usha payt yoshlikda qilgan xatoyim dib afsuslanardim. Hayotni orqaga qaytarishni iloji bo’ganda man birinchi bo’b chiqardim. Lekin undan keyin boshqa xato qilmadim. Chunki man Xalima opa 3 yil ketib qolishiga sababchi edi,. Vijdon azobi mani qiynab yubordi. Man ular bilan holi joyda gaplashib xaqiqatni bilib oldim. Vijdon azobi undanda ortdi. Imkon qadar yordam qildim. Mani ahvolimga tushganingda bilmadim san nima qilarding. Murod yoqolib qolganida man rosa qidirdim. Hamma tanishlarimga etdim. Javob oldim. U o’lgan. Ushanda u ham o’lgan. Lekin hich kimga etomdim. Saidaga bir necha marta etmoqchidim. Etomadim. Buni san etarsan keyinroq. Saidaga yordam qilganim ham ushandan. U mani kelinim nima bo’ganda ham. Nevaralarimni onasi. San chiqib yurishinga ushanga qarshilik bildirmaganman. Jiyanlariga qaravoti dib. Hoziram yordam berib turibman. Lekin hich kim bilmidi. Saidaga ham nimaga yordam bervotganimni asl sababini bilmidi. Lekin Murod o’lgani aniq. Bir qancha surishtirishlardan keyin man bildim. Buni etishing kerak. Mani xonamda o’ligini rasmlari va pasportini rasmi turibdi. Keyin, to’yindan keyin sanga beraman ularni. Sanga etadiganim shu sir edi. Keyin afsuslanib yurmagin. Xato qilmagin. San ertaga oila boshlig’i bo’lasan. Sanga xotining qarab turadi. Sangamas. Qo’lingga birinchi. Sal ishing orqaga ketsa, oilangni taminlab bera olmasang, xotinini oldida obro’ying tushib boradi. Nima bo’ganda ham xotiningni qo’liga qarab qolmagin. Sanga hozircha etadiganlarim shu. Mandan hafa bo’magin. San mandan kuchlirosan. San bunaqa xatolarni qilmasligin uchun etdim. Endi borib uxla.” ... dib gaplarini tugatdilar. Mana sizga hayratlanarli voqiya. Bilmiman. Nima diyishni bilmiman. Nima qilardilar manga bularni etib. Murod aka. Nahotki ular endi yo’qlar....
Davomi yaqin kunlar. © Hali ham usha
Sog' salomatlik...
|
| |
| |