"Qo'rquv"
Qashshoq edik,molu davlat so'radik,
boylik berdi o'zni tutdik to'radek,
ibodatdan pastga qarab nuradik,
...Robbim aytdi:"Ayo bandam,
qay tomonga borursan?
mendan uzoqlashgan saring,
Do'zah tomon yurursan.Добавлено (26-Сен-2012, 11:40)
---------------------------------------------
Dunyo.
Dunyoning ishlari ho'p qiziq,
achchiq so'z yurakka zahar o'q,
tegsa gar darmon-u davo yoq,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Boqinglar oyoqlar ostiga,
o'ralmang ilonning po'stiga,
o'yinchoq bo'lmang,siz dastiga,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Qasamlar suv emas ichgali,
ibodat to'n emas yechgali,
ishonchli qush emas uchgali,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Qarz berib,olmangiz jonlarni,
ko'zlardan oqizmang qonlarni,
unutmang omonat onlarni,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Ne zotlar oyoqlar ostida,
yuribmiz ajdodlar ustida,
haqiqat do'nglarning pastida,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Haloldan totinib,to'yingiz,
Bezating ohirat uyingiz,
azaga almashmang to'yingiz,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Ukalik qarzini tuygandan,
akam yo opam deb suygandan,
Alisher so'z dedi kuygandan,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Добавлено (26-Сен-2012, 11:42)
---------------------------------------------
Shayton noshukrlikka undaganda Alhamdulillah zikri unga o'tli qamchi.
Mayli baht narvonin pastidadurman,
ro'zgo'rning yarim,kam-ko'stidadurman,
balki oyoqlarning ostidadurman.
...Mayli yolg'on dunyo dastidadurman,
Shukr Egam,tuproq ustidadurman.
Oyoqlarim yurar,yo'q hech armonim,
chuldirar bulbulday,tilim,zabonim,
qalbimda pishqirar umid ummonim,
Mayli-da oyoqlar ostidadurman,
Shukr Robbim,yerning ustidadurman.
Duoga ochguvchi qo'llarim butun,
qarog'im ajratar kunmi yoki tun,
birdan kamman balki birovdan ustun,
Mayli baht narvonin pastidadurman,
Shukr Tangrim,tuproq ustidadurman.
Vaqt yetsa qovjirab so'lguvchi gulman.
O'zing berding,O'zing olguvchi qulman,
Bo'l desang Labbayk deb turguvchi kulman,
Mayli yo'lg'on dunyo dastidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.
Bir oniy baht erur asli tiriklik,
farqi yo'q,to'ndami yoki choriqlik,
iymonim umrimga berar yorug'lik,
Mayli hayot kamu-ko'stidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.
Olimdan qo'rqmayman qo'rqaman Sendan,
Umidim uzmasman,Qiyomat Kundan,
o'sha kun desang bas,Suyukli Bandam,
Jannat-ul Firdavsing qasdidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.
Bilmam qayda tugar,umrim chigal yo'l,
gunohim poklolmas hatto ulug' ko'l,
Madadni O'zingdan kutdim men butkul,
Jannat-ul Rizvonlar qasdidadurman,
Shukr Robbim,tuproq ustidadurman.
Ulgurishim kerak bari bariga,
tilimdan bol tutib yosh-u qariga,
umidim yetmoqdir Behisht to'riga,
Habibingni ko'rmoq qasdidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.
Qanday baht sajdada turgan bu onim,
Seni poklyapman to tanda jonim,
Bilmam aylanarmi erta bu qonim,
Alisherman,rahmating qasdidadurman,
Shukr Robbim,tuproq ustidadurman.
Добавлено (26-Сен-2012, 11:44)
---------------------------------------------
"O'lim xayol emas xaqiqat".Filmini ko'rib.
O'lim xayol emas,xaqiqat deya,
ko'xna ochun bizga nasixat so'zlar,
to'glar qaltiraydi Maxsharni kutib,
...Insu jins qo'rquvda,xadikli ko'zlar.
Dengizlar toshadi,o'zanin buzib,
daraxtlar yig'laydi,yaprog'in uzib,
lek Inson kelajak rejasin tuzib,
"Abadiyat"deya safsata so'zlar.
Qushlar chirqiraydi"Essiz Odamlar",
qayda qoldi iymon,baxtli u damlar,
o'ylatmoqda Baqo emas,fanoiy g'amlar,
faqat zar dardida yonar bu ko'zlar.
Joynamoz taxmonda yotibdi,yangi,
Qur'on o'qilmaydi,artilar changi,
uyqu erkalaydi ibodat tongi,
Shaytonga o'lja qalb,qarodur yuzlar.
Xar bir bosgan qadam ibrat,bir naql,
Faqat unga xos bo'lgan ne'matdur aql,
shaytonga ergashib,bo'lmasa johil,
zabon Bismilloh deb Xoliqdan so'zlar.
Добавлено (26-Сен-2012, 11:44)
---------------------------------------------
Rasuli Akram S.A.V:"Mo'minlar biri birlarini Allohning yo'lida sevish bilan Jannatga dohil bo'ladilar,bir birlarini Allohni yo'lida sevishlik esa o'rtalarida salomni yoyish bilan bo'ladi."deganlar.
Rasul Sallolohu Alayhi Vasallamning oldilariga bir kishi kelib:- Yo RasulAlloh islomda eng yaxshi amal nima?-deb so'radi.Shunda Rasuli Akram S.A.V shunday javob berdilar:"Taom yedirmog'ligingiz va tanigan va tanimagan odamingizga salom berishingizdir"Muttafaqun Alayh(Imom Buhoriy va Muslim hadis kitoblarida keltirilgan)
Bir paytlar kichiklar choy suzib ildam,
...avval kattalarga uzatardilar,
biror bir yig'indan savlatga emas,
siyratga qarabon kuzatardilar.
Endi-chi salom ham nasiya,qarzday,
ko'plar unutishgan,so'zning boshini,
zamona zaylidan ketgan bir darzday,
muruvvat tutolmas ko'zda yoshini.
Balki,salom bizga Rasulimizdan,
sunnatligin bugun unutib qo'ydik,
yoki odam tanlab,bu tilimizning,
lug'atin sinfga ajratib qo'ydik.
Endi boyga barcha yog'li salomlar,
oddiyroq odamga qalaysiz yetar,
foydamiz uchundir shirin kalomlar,
asli mana shundoq kunimiz o'tar.
Bukun siyrat bir pul,boy o'gli to'rda,
og'zi qiyshiq lekin tinmay gapirar,
izdihom olqishlar,barakalla deb,
dono jim,haroba kulbaday turar.
Dunyo bir aylansa chirpirak bo'lib,
boy o'gli dononing joyiga qaytsa,
qani endi to'rda,ilhomi kelib,
dono asrga teng ilmidan aytsa.
shunday mashvaratlar istayman hamon,
lekin qidirib ham topolmadim man,
gapning dangalini aytib she'rimda,
fojeamga ko'zim yopolmadim man.
Shundan yurak mahzun,yig'laydi yum-yum,
dard dildan sochildi,sochilganday qum,
Alisher she'r tugab,tishlamagin mum,
degin:do'stim,As-Salamu Alaykum.
Добавлено (26-Сен-2012, 11:48)
---------------------------------------------
O'zimga nasihat
Eng katta aybdor zamona emish,
Norizo bandalar shunday so'z demish,
Iymonimiz bo'lib gumonga yemish,
...chiqmas quyosh bo'lib botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Yarim nonga kecha to'ygan qornimiz,
bugun yamlayapmiz,yerda borni biz,
unutdikimikin asli eski o'rnimiz,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Emish,o'lsak tana yo'qlikka ketar,
kufr botqog'ida iymon qon yutar,
tobut qadrdon do'st,yo'limiz kutar,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Bobolar shukr deb eski kulbaga,
dillari yor bo'lgan har on tovbaga,
bugun qanoat yo'q yarim kulchaga,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Berganni betiga boqma,ol deya,
uyatni,hayoni berdik nasiya,
yetimning rizqini qilibon tuya,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Sharmu-hayo sarson,qayda uloqar,
adovat jonlarda gulhanin yoqar,
tilga harom luqma boldayin yoqar,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Hasad sehri o'tkir yosumondayin,
kibrdan boshimiz osimondayin,
falsafa o'qiymiz goh Salmondayin,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Faqat aza uchun yangrar tilovat,
Qiyomatdan bo'lib,mujda,alomat,
ribodan iymonda yo'qdir halovat,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Dunyo jin qamalgan eski bir ko'za,
qadahlarda oqar daryoday,bo'za,
dardida mast bo'lib ko'zimiz suza,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Mo'minlar jannatda qasr qurmoqda,
Iymonsiz dunyoda kayfin surmoqda,
Jahon qiyomatga yo'lin burmoqda,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Ey Robbim,yo'limiz adashtirmagin,
joyimiz do'zahga almashtirmagin,
buyuk azobing-la ko'rishtirmagin.
O'zing qutqarmasang cho'kib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.
Alisher ko'zing och,azonni tingla,
boshingni eggin-u,qulliging angla,
Holiqing tomonga yo'lingni o'ngla,
dunyoning qo'lidan tutib boryapsan,
Hiyonatkor qulday o'tib boryapsan.