|
Hikoya
|
|
| Nosir | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 02:41 | Изох # 401 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| O'g'lini uylantirish maqsadida qiz qidirib yurgan Farida opa sovchilikdan qaytgach xomushligini ko'rib ovsinining kelini so'radi : - nima bo'ldi Farida opa ? - qizni buvisi rozi bo'lmadi, qizimiz xali yosh, eeendi 17 ga kiradi dedi... - mayli, shunga xam siqilasizmi, keling yaxshisi meni bir jiyanim bor, shuniyam bir ko'ring-chi... Bu gapni eshitib Farida opani chexrasi yorishdi va darrov kelinni savollarga ko'mib tashladi : - qiz o'qiydimi yoki ishlaydimi..? - farmani bitirgan, xozir Toshmida aptekada ishlaydi - qizni bo'yi balandmi ? - xa, o'glingizga mos baland bo'yli - rangi oqmi yoki menga oxshab qorachadan kelganmi ? Farida opa bu savolni berishiga sabab o'zi qoramag'iz bo'lgani uchun-mi kelini oppoq yuzli bo'lishini xoxlardi... - oppoqqina, ko'rsangiz o'zingiz xam yoqtirib qolasiz... - bo'pti unda ketdik... - voy qayerga..? - qayerga bo'lardi, qizni ko'rgani... Sardor senam kiyinib chiq, biz bilan borasan Farida opa shunday deya o'g'li va ovsinining kelinini olib yo'lga otlandi... Ular Toshmiga yetib kelishdi, mashinadan tushisharkan Farida opa o'g'liga tayinladi: - birinchi bo'lib Gulnoza kennaying kirsin, men esa sen bilan xuddi xaridorday keyin kiramiz tushunarlimi..? - xop oyi... Rejadagiday aptekaga birinchi bo'lib Gulnoza kennayisi kirdi va ketidan Sardor onasi bilan kirib keldi. Sardor ichkariga kirishi bilan ko'zi egniga bir xil oppoq xalat kiygan sotuvchi qizlarga tushdi... ichida o'yladi: vuyyy bularni chiroyliligini, qaysi birikin bo'lajak kelinbola..?! shunday xayollar sura turib ko'zi birdaniga yuzida chiroyli xoli bor qizga tushdi... shu qiz bo'lsaya... Sardorni ko'nglidan shu fikr o'tib ulgurmadiyam-ki aynan shu qiz Gulnoza kennayisi bilan salom alik qilib ko'risha ketdi... Sardorni qandaydir bir kuch qiz tomon yetakladi... u qizni yoniga yaqinlashib: - kechirasiz yaxshi qiz, sizlarda bosh og'rig'iga dori bormi ? - deb so'radi. - xa bor, sizga qanaqasidan kerak, trimol..., ....., .....??? - menga shu trimoldan beraqoling... - mana marxamat... - kechirasiz... uzr... tish og'rig'igachi ? nima bor...? - sinepar... - shundan bering... - mana marxamat, bo'ldimi..? - yo'q, 5 grammlik shprits bormi sizlarda..? aslida Sardorni xech qaeri og'rimayotgandi, u qizni atayin gapga solayotgandi... (davomi bor)
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 14:00 | Изох # 402 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P'S davomini kutvommiz! Добавлено (26-Май-2012, 13:00) --------------------------------------------- 3-qism. Фарход бундай холатда нимани ёзади? Фақат бир одамни энди йуқлиги билан хач нима узгармагандек гуёки. Аслида қайни отаси бир катта оилани махкам тутиб турганди. Хаёлини базор жамлаб фақат 4 қаторгина шер ёзди. "Дард устига чиппон" булиб хайдовчи бир дақиқа жим булай демайди. - Ха укам!? Бирор киминг улдими? Азадорларга ухшайсан? -шундай деб совуқ қах-қах отиб кулди. Ёки Фарходга шундай туйилди. - Қайни отам улдилар. - Ия шунақасиям буладими? Халиям қайни отасига йиғлидиганлар бораканда? - хайдовчи кулавериб рулни зурғаттан ушлаб қолди. Жуда бемаза одам эканми уйлади Фарход. Азадор екан демайдия? Бугун Фарход Наргизани синглиси ва укасини уйига олиб кетти. Наргиза ота уйидан кетишни сира истамасди. Лекин қололмайди. Бир тарафидан эрдан қайтган номи бор, бошқа тарафдан уни бу уйга боғлаб турган фақат хотира қолди. Қолгани қариндошлар тарафидан таланиб булди. Хар бир уйни каттаси булиши керак экан. Булмаса оила дегани чупони уйқуга кетган подадек тарқалиб кетар экан. Наргиза эрини уйига қайтишга кунди. Фарход вилоятга қайтди. Тазияга шошиб иши чала қолганди. Наргиза шу сабабдан уйга қайтишга кунганди. Бир тарафи укаси ва синглисини уйлади. Наргиза бахтли кунларга етиб келганини билмасди. Уйга қайтганидан бери укасини кайфияти яхши. Қайни отасига хамрох бувоган. Қаёқларга бориб, бир нималари қилиб келишади. Базан уй болага тулади. Шундай кунларни бирида Наргиза узига-узи кутилмаган саволларни берди. - Мен бахтли булишим мумкунми? Севги деб улдим куйдим деган ёшдан утиб булдим. Фарход мен билан қолди. Демак фақат улар билан бахтли буламан. Фарзанд куришни истайман. Хаммаси биз истагандек эмас, одатий оилаларда булганидек булишини истайман. -Наргиза хаёлий савол жавобларга берилиб кетиб Мунисани қайтганини сезмай қолди. - ... Наргизапо?! Вой вууу!? Тиржайишиз бошқача? Акам қайтарканларми? - Нима дисан? Поччен қайтвотганакамилар? - Вой опа сизга нима булди? Нимадан уялвоссиз? Ман сиздан суравомман? - Эйй бор киймини алмаштир? Нега бошимни айлантирасан? - Наргиза уйлаганларини худди синглиси эшитгандек уялиб кетти. "мана курасан ман энг бахтли аёл буламан" деб пичирлаб узини тартибга келтириб қуйди. Тамом! Бу булган воқиаларга асосланиб ёзилган. Фақат 4 йил оралиқни бирлаштириш қийин булди. Хозир Наргизани бахти тукис булишига бир фарзанд етмаябти. Севишганлар хар замонда қунғироқлашиб туришади. Куни кеча Мирза билан куришганди.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Nosir | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 14:53 | Изох # 403 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| aslida Sardorni xech qaeri og'rimayotgandi, u qizni atayin gapga solayotgandi... buni bir chekkada kuzatib turgan Farida opaga xam qiz yoqdi shekilli o'g'liga pichirlab: qizni ko'proq gapga sol- dedi... Aptekadan chiqisharkan Farida opa Sardorga kulib : - qiz qalay ekan, yoqtimi...? - bo'ladi... bo'ladimush, ich-ichingdan shu qizni yoqtirganing shundoqqina bilinib turibdi-ku, Sardor ichida o'ziga o'zi shunday gaplar gapirib kulgisi qistadi... - endi qaerga boramiz..? - qizni uyiga... - qizni uyiga ?! - xa, nega xayron bo'lasan, qizni uyiga sovchilikka boramiz... xayda moshineni, xa aytgancha Gulnoza, jiyaningizni ismi nima va qaysi maxallada turishadi..? - ismi Nargiza, Beshqayrag'ochda turishadi... Xash pash deguncha Beshqayrag'ochga xam yetib kelishdi... - men xam tushaymi mashinadan..? - senga nima bor, Gulnoza kennaying ikkalamiz kirib chiqamiz, sen ungacha bizni kutib tur mashinadan tushmay... shunday deb Farida opa Gulnoza kennayisi bilan uyga yaqin kelib darvozani taqillatishdi, ichkaridan bir ayol chiqib darvozani ochdida Gulnozani ko'rib xursand bo'lib ketdi, chunki bu ayol Gulnozaning xolasi edi... - voy Gulnoza, bormisan, kelila... kelila... xolasi mexmonlarni ichkari uyga taklif kilib dasturxon atrofiga o'tqazdi-da shosha pisha - sizlar o'tirib turinglar, men xozir- degancha oshxonaga chiqib ketdi... bir patnisda xar xil shirinliklar ko'tarib kirgan mezbonga mexmonlar : - ovora bo'lmang, biz birrovga keldik, yana boradigan joylarimiz bor, undan ko'ra keling o'tiring- deyishdi... Xola qo'llarini duoga ochib: - qani iloho omin, qadam yetdi balo yetmasin, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod, dasturxonlarimiz to'kin-sochin bo'lsin, Allohu Akbar... - xola yaxshimisiz, uychila tinchmi, amakim, jiyanlarim yaxshi yurishibtimi..? - raxmat Xudoga shukr, o'zila yaxshi keldilami, siz yaxshimisiz...? Xola garchi Farida opani tanimagan bo'lsada quyuq so'rashdi... xullas ikkala tomon bir birlari bilan salom alik qilib bo'lishgach Gulnoza xolasiga qarab: - xola to'g'risini aytsam uyingizga sovchi bo'lib keldik, bu Farida opamlar, oilalari judayam yaxshi, ularni o'g'illari Sardor judayam aqlli xushli, uyim joyim deydigan yigit, Nargiza jiyanimni shu yigitga bersangiz xecham afsuslanmaysiz- deya maqtashga tushib ketti... Xolasi o'ylanib turib shunday javob berdi: - Gulnoza, avvalambor o'zim xam xoxlardim qizimni begona joyga bergandan ko'ra qarindoshga berishni... lekin saaal vaxliroq kelmabsizlarda, chunki qizim o'tkan kuni bir yigit bilan uchrashuvga chiqib keldi, u yigitni onasi xam xoli jonimga qo'ymayapti qizingizni menga bering deb, yigit katta joyda ishlirkan, lekin judayam jiddiy, bilmasam, xali bir qarorga kelganimizcha yo'q amaking bilan... (davomi bor)
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 15:14 | Изох # 404 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S boshlanishi yomon emas! Kutamiz!
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 15:40 | Изох # 405 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Amakim bn tezro maslaxatlashin,ichiniz qurib ketdi. Добавлено (26-Май-2012, 14:40) --------------------------------------------- Amakim bn tezro maslaxatlashin,ichiniz qurib ketdi.
|
| |
| |
| Nosir | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 19:28 | Изох # 406 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| Farida opa uchun bu kutilmagan gap bo'ldi... Gulnozani xam bu gapdan xabari yo'q edi, qaydanam xabari bo'lsin, o'zi qizlik uyiga oyda bir keladimi yo'qmi, qarindoshlarinikiga mexmonga borishiniku gapirmasayam bo'ladi, uy yumushlari, farzandlaridan ortmaydi bechora... - xa unda mayli biz turaqolaylik, siz xo'jayiniz bilan maslaxatlashib ko'ring, biz yana kelamiz - dedi Farida opa... Tashqariga chiqisharkan Gulnoza ich ichidan xijolat bo'ldi, Farida opa xam noqulay vaziyatga tushib qoldi... - Gulnoza, vaxliroq aytsangiz bo'lmasmidi shu jiyaningiz xaqida..? - uzr Farida opa, menam qaerdan bilay bunaqa bo'lishini, siz siqilmang, men xolam bilan yana gaplashib ko'raman, Xudo xoxlasa xammasi yaxshi bo'ladi, noumid shayton. - Qaydam... lekin menga shu qiz juda yoqudida... Ular mashinaga o'tirishdi, onasi va kennayisini kayfiyati yo'qligini ko'rgan Sardor nima bo'lganini payqagandek edi, shunday bo'lsa xam baribir so'radi: - Xa onajon... nima bo'ldi, qizni onasi bilan gaplashdilarmi ? - gaplashdik bolam gaplashdik... qiz o'tkan kuni bir yigit bilan uchrashuvga chiqib kelganakan, qizni ota onasi maslaxatlashib keyin javobini aytisharkan... Bu gapni eshitib Sardorni yuragi qinidan chiqib ketay dedi... - birgina uchrashuv xech narsani xal kilmasa kerak, to'g'rimi ona..? - xa bolameyyy... buncha nafasing ichingga tushib ketti, u qiz bo'lmasa boshqasi bo'lar, xozir nima ko'p qiz ko'p, daraxtni silkitsang qiz yog'iladi... - savolimga javob bermadiz..?! - qaysi savolingga..? - bir martta uchrashuvga chiqsa darrov rozilik bermas yoki...??? - endi bolam buni taqdir deb qo'yibti, agar yigit bilan qiz bir biriga to'g'ri kelgan bo'lsa, bir birini yoqtirgan bo'lsa keyingi uchrashuvda yigit qizga padarka beradi, mana bunisi to'y xal bo'ldi degani... - qanaqa padarka ??? qanaqa to'y ??? Sardorni ko'zlari katta katta ochilib ketdi... - qanaqa bo'lardi, padarkadaka padarka... uzuk beradi, tort beradi......... Sardorni qulog'iga boshqa gap kirmadi, aniqrog'i eshitishniyam xoxlamadi, nega endi u qiz boshqasidan uzuk olishi kerak ekan, axir o'sha uzukni Sardor taqmoqchi edi qizning barmog'iga... - meni shu chetroqda qoldiring Sardor... Mashinada Gulnoza kennayisi borligi esidayam yo'q Sardorning, xayolu fikri aptekadagi o'shasotuvchi qizda edi... mashinasini bir chekkaga olib to'xtadi... - mayli Gulnoza, katta raxmat, sog' bo'ling, uyizdagilarga salom ayting... - xo'p Farida opa, siz xam salom ayting, xecham o'ylamang, Xudo xoxlasa xammasi yaxshi bo'ladi, mayli Farida opa mayli Sardor yaxshi yetib olinglar, xayr... Oradan 2 kun o'tdi, Sardor kechki payt uyga kelsa dasturxon bezatilgan, dadasi uni kutib o'tiribti... - Assalomu Alaykum dada... - Vaalaykum Assalom, qaerda eding, nega qo'l telefoning o'chiq...? - Ko'chada ishlarim bilan yurudim,telefonomni zaryadkasi o'chib qolibti,tinchlikmi? - Bo'lajak qaynotang kelib ketdi, sen bilan ko'rishib gaplashmoqchi ekan... - qanaqa bo'lajak qaynotam, xech narsani tushunmadim, tushuntiribroq gapiring dada - xaligi aptekada ishlaydigan qiz boru... xaligi ismi nimaydi Nargizami..? o'shani dadasi kelib ketdi, sen xaqingda maxalladan surishtirgani kelganakan, tasodifni qara, ikkita uchta xonadondan surishtirib bizni uyimizga xam adashib kirib qolibti. (davomi bor)
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 19:40 | Изох # 407 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Hammasi yahwilik bn tugasinde...
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 19:59 | Изох # 408 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Chundim! Lekin yana qanday burilish bo'lishi mumkin?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Шанба, 26-Май-2012, 20:20 | Изох # 409 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Loading,hikoyangizning mazmuniga endi tuwundim.Rahmat! Odamiylik,mehr-oqibat,baxtga intiliw hissini ajoyib tasvirlagansiz.Haydovchiga öxwagan odamlarning borligi ham haqiqat!Ijodingizga omad tilayman. Добавлено (26-Май-2012, 19:20) --------------------------------------------- Nosir,sizga ham omad tilayman.Qizlar daraxtda ösadi,kerak payti silkitib tanlab olamiz,deb öylaydigan onaxonlarimizning borligi ham haqiqat,afsuski...Ijodingizga baraka.Davomini kutamiz
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| Nosir | Сана: Душанба, 28-Май-2012, 03:02 | Изох # 410 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| - keyinchi... keyin nima bo'ldi..??? - nima bo'lardi, mexmonni uyga taklif qildim, anchagacha seni kutib gaplashib o'tirdik - buyog'i qiziq bo'ldiyu, bo'lajak ikkita quda biiir otamlashibsizlarda... - xa, qizni dadasi yaxshi inson ekan, menga yoqdi, unga -Xudo xoxlasa kelin tushirsam unga shu ikkita xonani beraman deb ichkari uyni ko'rsatib chiqdim... - nima qilardiz dada to'ydan oldin nog'ora chalib, u kishiniyam xijolatga qo'yib... - nimasi xijolatakan, ko'rsin-da qizi kelin bo'lsa qaerga tushishini... - xo'p mayli, keyinchi...? - keyin u kishi seni so'radi, ko'rmoqchi ekan, aksiga olib senam uyda yo'qsan, qo'ng'iroq qilsam qo'l telefoning xam o'chirilgan... - aytdimku zaryadkasi o'chib qolibti deb... - hm...ko'chaga chiqsang nuqul zaryadkang o'chib qoladi-a..? qisqasi qizni dadasi ertaga bizni uyiga mexmonga taklif qildi... - bizni deganiz kim...? - kim bo'lardi, sen va men, ertaga tayyor tur, yana esingdan chiqib qolmasin... Ertasi kuni Farida opa Sardorga ketishi oldidan tayinladi: - u yerda o'zingni og'irroq tut, ko'p gapirma, yana uyaltirib qo'ymagin bizni... - xo'p oyi, aytganingizdek qilaman, ko'nglingiz to'q bo'lsin... - mayli unda yaxshi borib kelila... Aytilgan vaqtga kechga qolmay yetib borishdi, Sardor dadasi bilan mashinadan tushib darvoza tomon yaqinlashgan ediyamki eshik ochilib qizni dadasi mexmonlarni qarshi oldi va ichkariga taklif qildi... Dasturxon atrofiga joylashib o'tirishgach qizni dadasi choynakdagi choyni qaytarib quydi, non ushatib mexmonlarni yoniga qo'ydi... - yaxshi keldinglarmi..? - raxmat, Xudoga shukr, mana keldik, bu yigit o'glim bo'ladi, ismi Sardor... - hm tushunarli... Sardor o'qiydilarmi yoki ishlaydilarmi...? Qizni dadasi negadir savolni Sardorni dadasiga qarata berdi, bunga javoban Sardorni dadasi: - bemalol o'zidan so'rayvering qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa... Sardor esa savolni kutibam o'tirmadi : - kasb xunar kolledjini bitirganman iqtisod fakultetini, xozir savdo soxasida ishlayman O'rikzor bozorida... orada 5 minut jimlik, na qizni dadasi gapiradi na o'zini dadasi, Sardor bunga chidab tura olmadi, chunki u buni yoqtirmaydi, xarakteri shunaqa, oxiri o'zi gap boshladi: - o'zingiz qaerni bitirgansiz..? Dadasi sekingina Sardorni oyog'idan turtib qo'ydi jim o'tir degandek... - men 1978 yili Avtodorojniyni bitirganman, 5 yil o'qiganman. shu payt ichkariga qizning akasi kirib qo'lidagi ovqat solingan kosalarni dasturxonga qo'ydi... Sardor uni xam dasturxonga taklif kilmoqchi bo'ldi: - keling aka, o'zingiz xam o'tiring... (tovbaaa, bu yerda kim mezbonu kim mexmon) - raxmat, Xudo xoxlasa xali ko'p o'tiramiz siz bilan... shunday deb qizning akasi chiqib ketti. - qani mexmonlar olinglar, olib o'tiringlar, ovqat sovumasin. Sardor tarelkadagi to'g'ralgan pomidorga ishora qilib : - o'zingizni bog'danmi deyman..? - xa o'zimizni bog'dan - bodring xam ekkanmisiz..? - yo'q, faqat pomidor ekkanmiz... Sardorni dadasi ortiq chidab turolmadi, Sardorni sekin turtdida qizni dadasiga qarab - mayli, biz turaqolaylik, mexmondorchilik uchun raxmat... - o'tiribsizlarda, xozir qovun tarvuz so'yib keladi... - raxmat keyingi safar... Mexmonlarni tashqariga kuzatishga chiqqan qizning dadasiga Sardorni dadasi: - uzr, xafa bo'lmaysiz, o'g'lim shunaqaro, xamma bilan chiqishib ketaveradi, oldingizda xijolatdaman... - nimalar deyapsiz, buni xecham xijolat bo'ladigan joyi yo'q, o'g'lingiz ko'ngli toza yigit ekan... xullas mexmonlarni kuzatib bo'lgach qizni otasi Nargizani Sardor bilan uchrashuviga rozilik berdi, Sardorni uyidan sovchilar kelib uchrashuv kunini belgilab ketishdi, uchrashuv xam o'tdi, yigit va qiz bir biriga yoqdi, qarabsizki 1 oydan so'ng to'y. (davomi bor, kelgusi sonda: to'ydan keyin oradan 2 oy o'tar o'tmas kuyovbola 16chi tez tibbiy kasalxonaning operatsiya stolida)
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
| |
| |
| YoJiK | Сана: Сешанба, 05-Июн-2012, 18:22 | Изох # 411 |
 Рўйхатда
Гурух: VIP
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1189
Холати: Хозир йўқ
| Онажонларимизни Қадрига Етайлик . . . ! ! ! Ўлим фариштаси шифохонада оғир ахволда бехуш ётган бир мўмин йигитнинг қошига келди. Унинг рухини уйғотди: "Эй, банда, сен умрингда зарра гунох қилмадинг. Бас, юр сенга жаннат эшиклари очиқ. Мен томон 4 қадам ташласанг кифоя!" Рух танадан қўзғалди. У томирларига турли тиббий асбоблар уланган, оппоқ чойшабларга бурканган ўз танасига бир зум термулиб қолди. Кейин индамай фаришта томонга бир қадам ташлади. Шунда унинг ортидан йиғи овози эшитилди. "Бу кимнинг йиғиси?",- фариштадан сўради рух. "Бу сенинг энг яқин дўстинг. У сенинг ўлимингдан 3 кун шундай йиғлайди". Рух Аллохдан дўстига узоқ умр сўради ва фаришта томон яна бир қадам ташлади. Шунда унинг ортидан аввалгидан кучлироқ бошқа бир йиғи овози эшитилди. "Бу кимнинг йиғиси?", - фариштадан сўради рух. "Бу сенинг аёлинг. У ўлимингдан 40 кун шундай йиғлайди". Рух Аллохдан аёлига сабр-у саодат тилади ва фаришта томон яна бир қадам ташлади. Шу махалда унга жаннат эшиклари зохир бЎлди. Рух жаннат гўзалликларидан лол қолиб бир зум тўхтаб қолди. Шунда унинг ортидан боягиларидан ўн чандон дардли йиғи эшитилди. "Бу кимнинг йиғиси?",- фариштадан сўради рух. "Бу сенинг онанг. У ўлимингдан умрининг сўнгигача шундай йиғлайди". Рух бир ортига қаради, бир жаннат томон қаради. Сўнг фариштадан сўради: "Мен сен б-н кетишни хохламасамчи?" "У холда сенга яна жаннатга кириш имкони берилмаслиги мумкин!" Рух ортидан эшитилаётган юракни ўртовчи ғамли йиғига бир муддат қулоқ тутди ва деди: "Агар ортга қайтмасам, қиёмат кунигача онамнинг йиғиси қулоқларим остида бўлади. Ахир қандай қилиб онамни бу холида ташлаб кетаман? Мен кетмайман!" Рух ортига уч қадам ташлади. Фаришта ғойиб бўлди. Рух танага қайтиб кирди. "Юрак ура бошлади!",- қўлида электрошок мосламасини ушлаб турган оқ халатли доктор хаяжонланиб бақирди шу пайт . . . ! ! !
В мире много всего вредного...вот Я, например!
|
| |
| |
| bek88 | Сана: Сешанба, 05-Июн-2012, 21:22 | Изох # 412 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| ajoyib hikoyalarni ko';tamiz?
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 06-Июн-2012, 12:05 | Изох # 413 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| Taqdir....... Insonni qo'g'irchoq qilib o'ynarkan. Inson "qo'g'irchoq" bo'lganini o'yn so'ngida bilarkan.. G'alati yaaa. . . ??? Ha juda g'alati! Bir avtobus , bor yog'i avtobus... Shunchaki transpo'rt.... Unda minglab insonlar va ularni tutawtiruvchi taqdir iplariii.... Tutash taqdirlar..) Mana o'sha tutashgan taqdir. Biroq , bu taqdir biroz o'zgacha tutashibti, unda 2 inson bir birini baxtli etishganuuuu.... O'zligi ham bilishmagan, hayotta ayro, 2 taqdir egalari bo'lib yashashgan. Ular taqdirlaridan norozi emas! Ular baxtli ! Ular baxt sohiblari! Faqat... , faqat shu qalblariga muhurlangan birgina so'z " 34 avtobus"..... Qiz: Qora ko'zlarini avtobus oynasiga tikib, undagi avtobus aksini , insonlarni kuzatardi.... Sekn nimanudur pichirlab, qo'lidagi qalin daftariga yozib qo'yardi.... Yigit: Qo'lidagi kitobni varroqlagancha , nimadandur tasirlanib tirjayib kular, bu qilig'idan o'zi hijolat tortib o'zini bosiwga urinardi... Mana 1 kun... , 2 kun... , 1 hafta... , ana bo'masa 1 yil ham bo'pti.... Aynan shu 1 yil.. Har kuni shu harakatlar takrorlanardi... Xuddi kino lentasiga o'xwab..... Yigit qiz qo'lidagi daftarga juda qiziqardi, unda nima yozilganini bilishni istardi, ammo so'ragani uyalardi... (( { "UYALARDI ???" Nima o'g'il bolayam uyaladimi?..... Yo'q bu siz o'ylagan uyatliylik tushunchasi emas, bu aslida o'zbekona andisha, va oriyat ustunligi....!!!} oxiri qiziqish ustun kelib, gap ochdi... - kechirasiz..... Qiz u tomonga qaradi... Yigit yana gap boshladi... - qo'lizdi daftarizni prokat qb turomismi? -nima? nima qilas buni? - shunchaki o'qishga kitobim qomadi, daftarizam kitobdan kammas shekilli ??? Rosa qiziq..! -....... - shu disez mani zirenam 5 boholimas de, tepezda bekitiqcha mo'ralab o'qivurib ko'zm orib ketti.... Rahmiz kesn.... Mana manam sizga kitob berib turaman, spes siz uchun ko'tarib yurudim.... Yo' dimen, to'g'ri chunin... - haaa hop, ko'ndirdiz... - i ana gapga chunadigan qizligizni biludim, mana man sizga no'mer yozib beraman, biza amaliyotka ketvommiza, amaliyod tugaguncha o'qib bo'laman, hop.... Ja mani topomasez, tel qilas, bo'ladimi? - yo'q shartmas, mawi avtobusga birkun chiqasu baribir. -ha albatta, 2 hafta dan keyn, chorshanba kuni, mashi avtobusda ko'riwadiz... Shu gaplarni gapiraturib yigit kitob ichiga "34 avtobus, chorshanba" db yozib qo'ydi. Qiz ham daftarini oxirgi betini ochib yozdi..... Kulib hayrlashishdi.... Qiz uyga keldi o'zida yo'q hursand, shodligi ichiga sig'masdi, nimagaligini o'ziyam bilmasdi...) kitobni qo'liga olib varaqlay boshladi.... Bu kitob " O'gay ona" db nomlanardi... Mazmuni ham juda keng, va chunarli, hullas qiz bu kitobni o'qishni boshladi, huddi tezroq o'qisa, o'sha yigitni tezroq topadigandek tuyilardi..... Yigit avtobusdan tushishi bilan negadur yana tirjayishga tushdi, oldinlari u o'qigan kitoblardagi hazilomus so'zlardan, prikollardan kulgan bo'lsa, hozir chunolmasdi nega yana kulyapti, ??? Tezda daftarni varroqlashga tushdi.... Daftarni hoshiyasiga.. ... ALLOHIM SHU DAFTARNI OXIRGI VARROG'INI BAXT KO'Z YOSHLARIM BILAN YOZISHNI ISTARDIM.... Bu so'zni yigit o'qidi, ammo ahamiyat bermadi. Qolgan betlarini varroqlashga tushdi..... Ajabo shuncha payt bir avtobusda kelibti yu atrofidigi insonlarga ahamiyat bermapti, bu daftarda aynan usha avtobusda yo'l yo'lakay ketadigan insonlar haqida yozilgandi.... Ana "kuzatuvchanligu uu mana Sherli Homs" hayolidan o'tkazdi yigit....
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Feruza | Сана: Чоршанба, 06-Июн-2012, 12:11 | Изох # 414 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
| Judayam ajoyib Adash onajonlarimiz boshimizga omon bo'lishsin.Farzandlar xam onalari,oldida unib o'sishsin.
|
| |
| |
| Zinnura_K | Сана: Чоршанба, 06-Июн-2012, 12:12 | Изох # 415 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| dovomi bor...
erka farishta....(m)....
|
| |
| |
| Feruza | Сана: Чоршанба, 06-Июн-2012, 12:12 | Изох # 416 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
| Zinnuraxon raxmat!!!
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 12-Июн-2012, 22:42 | Изох # 417 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yangi mobil aparat qo'limga tushgan kundan 2ta hikoya hech qandaz zadershkasiz sizga taqdim etiladi. "Yo'lovchi" va "DALA HOVLI"Добавлено (12-Июн-2012, 21:07) --------------------------------------------- Dala hoxvli!
Qorong'u xonada Nozimni ovozi eshitilib turdi. Biroz vaqt o'tgach jimib qoldi. Yonida uxlab uxlolmay ko'zini ochishga erinib yotgan ukasi be ehtiyor suxbat tugaganidan quvonib ketti. - Aka Uxlab qoldizmi? --so'radi u. - Yo'q xali uxlaganimcha yo'q. --To'satdan chiqqan ovozdan cho'chib ketgan Nozim joyidan qilt etmay javob berdi. - Ertaga ishmi? - Yo'q, ertaga yakshanbaku? --Bu savollar sababini chunmagan aka telefon ekraniga qarab sms yozishni boshladi. - Shunga qolganlarni uyqusini xarom xilish shartmikan? Ertaga dala xovlida xashar qilmoqchidik. Uxlab dam olsak bo'lardi? -- Uka bu so'zlarini ancha dadil gapirdi. Huddi akasi hech nima qilmaydiyu, hamma ishni o'zi qotirib qilib qo'ygandek. Qo'shni xonadan tinchlik talab qilgan oyisini ovozini eshitib, Nozim ukasini ustiga bir mushtni tashladi. Shundan keyin uka "hiq" etgan ovoz chiqardiyu xona jim bo'lib qoldi. Dala xovli katta bo'lmasada bog' desang arzigulik. Xar qanaqa meva daraxtidan topiladi. Havosi, umuman tabiati juda musaffo. Nozim bolaligidan bu yerlarga kelishni juda yaxshi ko'radi. Mevasi shaftolidek keladigan o'rik daraxti tagidagi, bobosidan qolgan supada cho'zilib, shirin uxlashni ko'pdan beri juda sog'ingan. Lekin endi kelsa avvalgi izzat, xurmat yo'q. Bobosi ekkan rayxonni yoqimli hidlari endi noyob atirdek bo'lib tuyiladi. O'rik daraxtiga hechkim tayyor qilib suv sepib qo'ymaydi. Dala xovlini ishi ko'pligidan supaga yetib borsa katta gap. Ayniqsa bu yilgi kuchli yog'ingarchiliklardan keyin bir yoqda uyni devorlari nurab yotibti, singan daraxtlarni maydalab tomdagi omborga joylash kerak. Nozim bir amallab qochib qolmoqchidiku? Dadasiga yo'q diyolmadi. O'qishni baxona qilay desa dam olish kuni. Ichida qandaydur rejalarni pishitdi shekillik, mashinani o'zi xaydashini aytib shart qo'ygandek bo'ldi. Asli buyam bir baxona, qarorini o'zgartirganini bildirmaslikni yo'li. Agar bugun bormasa yil davomida qancha rejalari tagiga olishi aniq. "Ishlamagan tishlamaydi" axir. Birinchidan yozda birinchi bo'lib dala xovliga Nozim boradi. Bu yilgi tavallud kunida o'rtoqlarini shu yerga taklif qilmoqchi. Undan keyin ulfatlar bilan kelishi kerak. Oilaviy hordiqni xam shu yerda o'tkazish an'anaga aylanib bo'lgan. Nozim shularni o'ylab borishga o'zida istak toptimikan dersiz? Yo'q. Nozim dala xovliga Nazirani olib kelmoqchi. Qo'l-oyog'i qandayligini buvijonisini maktabida imtoxon qilib ko'rishni o'ylagan. Nozim hayollarini chegarasini ko'rolmay turganida, dadasini ovozi uni o'ziga keltirdi. - Tezroq bo'lsangchi?! Ovqat pishgani qachon edi! O'tinlarni olib chiqib qo'ysak, kechgacha devornimi mayda ishlarnimi bitirar edik. Balki xammasiga ulgurib bugun tugatarmiz? --Nozimni dadasi o'tinlarni arqon bilan boylab yana uzatdi. - Be malol ulguramiz dada. Muncha shoshasiz? Qorin ochiga yo'qsizde a? --Nozim bu ishlarni istamigina qilganidanmi, dadasiga nima deb qo'yganini payqamay qoldi. - Ochlikka yo'qsiz disande? O'zimni o'ylab yashiman to'rimi? Sizlar och qolib man to'yib ovqat yeyman doim shunaqami? -- Bu gaplarni kulib gapirsada ichida bir nima qilt etib joyidan surildi. Katta bog' o'tinlarni dast ko'tarib uzatib bergan dadaning ohirgi bog'lamni ko'tarishga holi yetmay qoldi. O'zing olib chiqib qo'y ishorasini qilib ariq tarafga ketti. Nozim labida tabassum bilan chaqqongina narvondan tushib o'tinni yuqoriga qarab uloqtirdi. Omadli uloqtirishdan mag'rurlanib ukasiga bo'yin cho'zdi. Oshxona derazasidan erkaklar suxbatiga quloq tashlab qo'ygan ona eri ketgan tarafga qarab-qarab qo'ydi. - Nozim manga qara. Azim san dadanga sochiqni olib borib ber. --Buyruq oxangida aytilgan bu chaqiriqdan Nozim uff torti. Ukasi qolib oshxonaga qarashishni istamadi. - Azim san oyimga qarashgin, o'zim sochiqni olib borib beraman. - Ovqat tayyor man sani boshqa narsaga chaqirdim. Sochiqni ukang olib borib beradi. - Tinchlikmi oyi? --Nozim oshxona eshigiga o'tirib oldi. - Nega dadanga bunaqa bemani savol berasan? --past ovozda gapirilganiga qaramay bu gaplar xonada jaranglab eshitildi. - Qanaqa savol, nima debman? --Nozim aynan nima ayb qilganini bilmasada boshini quyi solib oldi. - "Ochlikka yo'qsizde emush?!" Jinni-pinni bo'lmadingmi bolam? Hech zamonda shunaqa gapirilganmi?! - Voy nimaga ko'pirtirasiz?! Hazillashtikku ko'rmadizmi, o'zlariyam kuldilar? - Hazil emas... --Eshikdan Azimni yugurib kelayotganini ko'rgan onaning gapi ichida qoldi. "Axmoq" deb qo'lida choynakni ko'targancha gaz oldiga yurdi. Azimni ortidan dadasi xam kelib dasturxonga o'tirdi. Nozimga tez yuvinishini aytib ayolini qo'lidagi choyni oldi. Hasharni eng shirin joyi mana shu bo'lsa kerak? Odamni yegani ichiga tushadi. Badaniga singidi. Achchiq qilib dam yegan, qaynoq choy badanni yayratadi. Bazan katta-katta xo'plab choy simirganda odamni faylasuflik qobilyati ishga tushib ketadi. Teran fikirlay boshlaydi. Kamiga badandagi telni esgan shamol bir muzlatganida odam be extiyor "Ana Jannatning eshiklari ochildi" deb yuborishi aniq. Nozim katta farzand bo'lganigami yoki boshqa sababmi og'ir ishlarga yo'qroq. Uning ustiga ko'p kutilgan farzand emasdi. Baliki dadasi bitta farzandligi tasir qilganmi, qarindoshlar Nozimni boshlarida ko'tarib yurishadi. Tushlikka qaynatilgan "mexmon mastava"dan keyin choyxo'rlik qilib o'tirganlarida Nozimni uyqu bosib keldi. Uxlashga ruxsat tegarmikan degan umid bilan katta gapirishni boshladi. - O'zi nima qilib biza sabzavot, mevala yetishtirib yuribmiz? Bozorda to'lib toshib yotibti? - Iya Assalomu alaykum bozorda dorilangan meva sabzavotlar bo'ladi. Добавлено (12-Июн-2012, 21:42) --------------------------------------------- --Ona tezgina vaziyatni yengilatishga urundi. Shundoq xam erining boyagidan keyin avzoyi buzilib turibti. - Biza dexqon emasmizku? Dala ishlari qora ish xisoblanadi bilasizmi? Dadam zavodni raxbari bo'lsalar, man yurist bo'sam, bu ishla endi bizaga yarashmidide? - Ey manga qara?! - Dadasi o'zim chuntiraman. --Ona piyolani stolga sezilar-sezilmas taqilatib qo'ydi. Nozim buni payqamadi. Dadasi nima demoqchiligiga qiziqib qarab turdi. - Opa o'ziz chuntirin nevarezga. --Ota gapirsa o'g'lini xafa qilib qo'yishni bilib gapirmaslikka qaror qildi. Nozim dadasini raxbarligini gapirib ko'nglini ko'tarmoqchi edi. Aftidan no to'g'ri o'ylagan ko'rinadi. - Bolam dadang raxbar bo'lgani bilan nima o'zgarar edi? Dehqonlikda baraka bor. Bobojoning xam xuddi shu ishlarni qilganlar. Usha paytda "Volga" olib yurardi. Lekin kelib o'zimizni dala xovlida shu ekin tekinlarga qarab yurardilar. Shu paytgacha yil o'n ikki oy biror martta bozorga yugurgan emasman. Biz dexqonchilikni o'zimizni extiyojimiz uchun qilyabmiz? Biror marotaba bozorga oborib sotamiz deb qilgan emasmiz. Sen o'rganmagansan shuning uchun og'irlik qilyabti. To'g'ri xamma meva-sabzavotlar yo'qku, lekin bu xam muammo emas. Bizda yo'g'ini mana Qodir do'dadan olamiz. Qodir do'da kim bo'lganini bilasanmi? Xmmm!? Shundoq odam ham bog'dorchilikni yaxshi ko'radi. Qora ish demaginde bolam. Dadasi sen bolaginamni to'ri chun xali bolaligi bor. O'qishlari charchatgandurde? --Nozim o'zini gaplaridan uyalib qoldi. Tabassumli yuzlariga qizil rang oraladi. Buvijonisini gaplaridan ibrat olib boshini qimirlatib o'tirdi. Quyosh toliqib boshini daraxtlar ustiga asta qo'ydi. Ko'p o'tmay xuddi o'zining xaroratidan eriganday xar tarafga erib oqdi. Supada buvisini qarindoshlar xaqidagi so'ngi yangiliklarini eshitib o'tirgan Azimni xayolini quyoshning daraxt ortidan miltirab oqishi egalladi. Nozim alla qachon eng moxir musovvir solgan bu manzaraga maxliyo bo'lib o'tirar edi. - Azim qara olmalar quyosh nurida yo'q bo'lib ketgandek go'yo? Huddiki rassom mevalarni chizishni udalay olmay, duch kelgan nuqtaga bo'yoq tekazib qo'yganga o'xshaydi? --Nozim bu xolatga tarif berar ekan, qo'llarini yuqori ko'tarib holatni chizib berdi. - Mening tasavvurimda quyoshning xiraligi ogoxlikka chaqirmoqda. Inson umridek menimcha? --Azim o'z fikrini aniq chuntirishga so'z topolmadi. - Qanaqa inson umri? Nima demoqchisan? - Tug'ilish bor, tog'lar ortida uzoqdan-uzoq ko'tarilgisi kelmay turgani kabi inson xam avval tug'ilishni istamas ekan. Lekin tug'ilgandan so'ng gurkirab yashay boshlaysan. Osmonga ko'tarilasan gurkiragan yoshlik davringni surasan. Zo'r kelsa bulut to'sadi ammo yana erkin nur sochasan. Quyosh nuridek ezgulik nurini sochasan. Bolalar bekorga quyoshni kulib turgan qilib chizishmaydi. Sababi u doim kulib turadi. Ammo bu dunyoda mangulik yo'q. Quyosh kabi bizlar xam botamiz. Xuddi yashash uchun kurashayotgan odamlar kabi quyosh o'zini xar tarafga uradi. Ufqqa yastanib oladi. Lekin o'lim xaq ekan. --Azim o'z so'zlarini mag'zini xali chaqib ulgurmasdi. Bularni hammasini kimdur unga aytib turgandek. Qiyoslashlari nechog'lik to'gri ekanini bilolmay jimib qoldi. Buvisiga savol nigoxi bilan qaradi. Diqqatini akasini gap boshlagani tortdi. - Ayni damda meni o'ylantirgan narsani aytaman. Faqat jim turib eshit. Quyosh so'lg'in nurlarini daraxtlar ustiga yoyib qo'ydi. Zamin hira tortdi. Bu be takror jilolanib turgan rang qanchalik go'zal bo'lmasin, yuragimga bir g'ashlikni olib keldi. Huddiki zaminga boshqa yorug'lik qaytmaydi. Umrimiz shunday zulamtda qolib ketadi. Bu xiralikni yoritish uchun minglab uchqunlar kerak. Bu zarradek uchuqunni topishni imkoni bormikan? O'yladim yana. Iymon bir uchqun. Yaxshilik bir uchuq. Insonlar lablariga tomizib qo'yilgan bir tomchi tabassum ham bir yorug' uchqun. Azim ukajonim agar, agarda shunday bo'lsayu, biror kishi senga shu sanaganlarim sababli "dilim ravshan bo'ldi" desa demak sen quyoshni zaminga qaytaribsan. Yaratganning Jannatini bu dunyodan xam topibsan. Ko'zlaring borliqni o'z rangida ko'rish imkoniga yana sazovor bo'libti. Qanday baxt, qanday rohmat nuri bu?! --O'rtada sukut hukumron. Qozonga urilgan kapkir ovozidan boshqa ovoz yo'q. Yelpig'ichi bilan ko'z yoshlarini tusib utirgan buvisi bazan ko'zlardan chiqib ulgurmagan yoshlarini burnidan oqayotgandek tortib qo'yadilar. - Aqilli, ser mulohaza bolalarim mani! Bugungi qilgan ishlaring xam bir uchqun aslida. Sizlar bir uchqun topibsizmi, ota-onangiz nur topibti! Ota-onangiz topkan nur men va raxmatlik bobong uchun ziyo bo'ladi. --Hanifa buvining yoshli ko'zlari kulib turardi. Inson shunday ekan. Mexnatidan hech xam qochmaydi. Ming yil desang ming yil xizmat qiladi. Ammo ko'zida yosh bilan kulgan inson, faqat usha insongina mexnatining mevasini shirin totganda shunday bo'lar ekan. Biz aytamiz qolganlar mexnati zoye ketadimi deb? Yo'q hamma ekkanini o'radi. Asal qutisidan murabboq olinmaganidek, Qalampir ekkan odam hosiliga qalampir oladi. Bir iymonlik odam shunday eslatgan edilar. "Yaxshi kishining farzandi bir adashadi, bir qoqiladi, bir yiqiladida yana yaxshi bo'lib ketadi. Yomon inson esa qora niyatli ishlariga jazo olmayotganidan quvonadiku, oldinda farzandiga kasri urib ketishi mumkinligini inkor etadi."
Chunarsiz yakun topgan hikoyamni ko'rib hayron bo'lmang. "Nozim"ni "Dala hovli"ga qanday aloqasi bor deb savol berganlar bordir? Balki aynan shu uy avloddan-avlodga tarbiya, maskani bo'lar? Bir kunlik sar-xisob misolida butun umrini izga solganlar bo'lgandur ehtimol?! Loading...
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Сешанба, 12-Июн-2012, 23:32 | Изох # 418 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Ko'zlarimizni kattaroq ochib qarashimiz kerak bu Xayotga..RAHMAT
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 00:20 | Изох # 419 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Katta bog'...O'rik daraxti tagidagi supa...bobomizdan qolgan xotiralar...rayhon ifori...quyow...sevinch közyowlari..."advokat" ona...hamma-hammasi taniw,qadrdon manzaralar.Bor böling,qöwni.Quyow haqida bunchalar chiroyli gaplarni hech qayerda öqimaganman wu choqqacha.AJOYIB!Boringizga wukr.Ijodingizga baraka! Добавлено (12-Июн-2012, 23:20) --------------------------------------------- Bir kunlik sarhisobdan bir umrga saboq oluvchilar umridan baraka topsin,ilohim.Rahmat,qöwni.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 11:23 | Изох # 420 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yo'lovchi! Qing'ir ishlari tufayli maxalladan quvilgan Nortoy ko'cha sang'ishdan bo'shay demaydi. Sang'iy-sang'iy "Katta bog' "ni jin ko'chalarida adashdi. Quyosh tikka ko'tarilganida, uning ustiga qulab tushganday bo'ldi. Xoldan toyib, devori nuragan uy soyasiga qo'ndi. Biroz tin olib, yo'lga tushishga chog'landi. Sapchip turgani xato bo'ldi. Ko'z oldi qorong'ulashib ketti. Boshi garangsirab, devor ushlab qoldi. Qo'shni uy eshigidan chiqan yosh juvon unga ko'zi tushgan zaxoti uy ichidan soqoli oqargan keshini boshlab chiqdi. Nortoy ayol kishini chaqirig'idan uyg'ondi. Qandaydur ayvon, shiftiga bedana to'rqovoqlari ilib qo'yilgan. Mayyin esgan shavboda hovliga ekilgan yalpizlarni bo'yini har tarafga to'zg'itadi. Odamni be ehtiyor qonib nafas olishga undaydi. To'rqovoqlar shamolda bir maromda silkinib turibti. Ichkari honada radio ovozi jaranglab eshitilyapti. Jannatdamanmi o'yladi Nortoy. Haligi juvon dasturxonga gullari jim-jimali kosani olib kelib qo'ydi. Nortoyga ko'z qiri bilan qarab, jilmaydi. Shart o'girilib ortiga qaytdi. Nortoy hali to'liq hushi o'ziga kelmaganidanmi, ayolni yuzini yaxshi ko'rolmadi. Avval qorin g'amini qilib olaychi, keyin ko'ngil hohshini bajaramiz deb o'yladi. Hayolan ishtaxasini qitiqlab tamshanib kosaga qaradi. Yuz tuzilishini buzib yuborgan ensasi "mexmonga qatiq berar ekanmi?" degan manoni bildirib turardi. Nortoy qatiqni simirib ichishdan ko'ra nonni bo'ktirib yeyshni hush ko'rar edi. Yuzasi huddi uni pishirgan ayolni yuzidek tarang yaltirab turgan nonni kosadagi qatiqqa botirdi. Yigit kosaga xayron ko'zlari bilan tikilib, botirgan nonini tishlab bir muddat ko'zlarini yumgancha chaynalib o'tirdi. Qoshiqni kosaga tiqib uch-to'rt marotaba kavlab ko'rdi. Bu sovuq taom mazali bo'lishiga qaramay Nortoy uni yeyishga ishtaxa qilmadi. Piyolada yalt-yalt etib ishtaxani qitiqlab turgan olchalik murabboga non botirg'izib yeyishni boshladi. Bo'y basti tuyadek keladigan bu yigit kasalvon bo'lsaya o'yladi Oydin. Murabboqni yeyishni boshlabtimi? Hozirgina "akroshkaga" non botirg'izib, boshlovdiku? Tavba birinchi ko'rishim bunaqasini. Ishtaxasiyam o'pqon ekande? Boshqa hech nima bermiman. "Hudo yetkazdi" deb hammasini yeb bitiradigan ko'rinadi. Tezroq choy opchiqib bermasam, dadamni sovuq choyini ichib qo'yadi. Dadamdan "Sovuq choy yo'qmi" deb men gap eshitaman. Oydin otasi guzarga chiqib ketganidan foydalanib bu yigitni bir jig'ini ezib qo'yishni o'yladi. Bitta qiz bo'lganiga sal sho'xroq. Akalarini xam bazan ishkalchilikda ortda qoldiradiigan taraflari bor. Chovgumda suv qaynagach choynakka bir xaftadan oldin quritib qo'ygan rayxonnidan solib choy damladi. Oshxonadan ayvongacha chunonan qotirib qadam tashladiki, Nortoy ichagiga tiqilib turgan nonni unuta yozdi. Oydin buni payqab o'z ishidan yanada ruhlanib ketti. Hontaxtaga choynakni asta qo'yib, kecha nikox kechasi o'tgan kelindek mulozamat bilan choy quyib uzatdi. - Choydan ching? Nega qarab o'tiribsiz? Biron nimadan yeng? - Raxmat, choy ichsam yetarlik. --Nortoy butun tanisi bilan nafas olishni boshlaganidan yuzlari qizarib, ko'zlari katta-katta bo'lib ketgandi. - Bir nima yoqmadimi mexmon? Hohlasangiz boshqa biror nima tayorlab beray? - Choyingiz rayxonlikmi deyman? Mazasi kelib turibti. --dedi Nortoy choydan extiyotkorlik bilan xo'plab. - Choyni nomi rayxonda o'rgilay. --Oydin tobora o'z qaxramonini maxorat bilan ijro etardi. "O'rgilay" jumlasixam ssenaridagi bir so'z edi. - Horijnikimi deyman, Mazasi asil Selon choyidaqa mazalik ekan. --Nortoy huddi o'zini horijiy davlatlarda bo'lgan odamdek tasavvur qildi. - Yana quyaymi? Iching bu shifobaxsh choy. -- Oydin "shifobaxsh" deganda hayolini qoralagan fikrdan tars yorilib kuldiyu, bir laxzada o'zini zo'rg'a to'xtatdi. - Nega kulasiz? Yoki meni mazax qilyabsizmi? --Nortoy bunday keskir qizni hecham ko'rmagandi. Hayolida o'zimga o'xshaganini uchratdimikin deb qo'rqib ketdi. Boya ko'ziga ayol qiyofasida ko'ringan edi, hovlida sipogina kelinchak bo'lib ko'ringandi, endi esa chaqmoqday bir qizni ko'rib turibti. Shayton vasvasa qilyaptimikan deb o'yladi. Bunday bo'lishini chindan istamaganidan, xira xashorotni haydagandek qo'llari bilan hayollarini to'zitishga urindi. - Yo'q voy!? Uyalinge, bunday o'ylagani. "Mehmon Atoyi Hudo" deb tarbiya olganmiz. Kulganim sababi umuman boshqa. - Ho'sh nimaga kuldiz? Menam kulay. Bir o'ziz, o'ziz bilan askiya aytishyabsizmi unda? --Nortoyni gumoni battar oshdi. Shart turib chiqib ketishni o'yladi. Lekin hali kun yorug' boradigan joyi yo'q. Ketolmaydi. Sababini o'ylab jilmayib qo'ydi. - Iya qiz bolani sirlari bo'ladi? Har nimani gapirish uyat bo'ladi. Munchalik bemaza bo'lmasez? To'risini etsam boya sizni ko'rib Menga atalgan er osmondan tushibdi deb o'ylab qoldim! --Ikkalalari birdek kulib yuborishdi. Ko'zlar uyalib har tarafga qochti. Oydin hayollarida chalkashib ketdi. Aslida o'zi suyilib ketgandek tuyildi. Sir boy bermay vaziyatni izga solishni o'yladi. Bunisi ortiqcha bo'ldi. Nortoy mazax bo'layotganini boshidan aniq bilib turgandi. Lekin o'zini aybi, bolaligidan shunaqa, chiroyli qiz ko'rsa tilini chiqaraveradi. O'rnidan turib zinaga qarab yurdi. Oydin ayyor tabassum bilan " Chap qo'ldan ohirgi eshik" deb dasturxonni tartibga keltirishni boshladi. Qizni o'ylaganidek bo'lib chiqdi. Rayhonli choy mehmonni mazasini biroz qochirdi. Endi sir boy bermay ichidan mazza qilib kulib o'tiradi. Ammo havotir bo'lib turgan joyi yo'q emas. Choy tasiri kuchayib ketib, yomon tasir ko'rsatsachi? Negadur mexmon burchakdagi xonaga borib, kirmay qaytib keldi.Добавлено (13-Июн-2012, 10:16) --------------------------------------------- Nortoy ko'cha eshik shu tarafda deb o'ylabti. Qiz nega unga xojatxonani ko'rsatganini chunmadi. Qizning maqsadi mana endi ayon bo'ldi. Aniq mazax qilyabti. O'zimdan battar qiz ekan deb o'ylab qoldi. Boyagi shirin hayollarini o'rnini shaytoniy istaklar quvlab ketti. "Uni uyga olib kirgan soqollik kishi otasi bo'lsa kerak?" Nortoy boyagi maftunkor tabassumli qizni, Ayyor tulkiga o'xshaib yubordi. Unga qaramay ayvonni yon tarafiga qayildi. Oydin biroz kech bo'lsada noto'g'ri ish qilib qo'yganini bildi. Yigitni uyga qaytishini iltimos qildi. Uzur so'radi. Aybini bo'yniga oldi. Otasi qaytguncha o'tirib turishini iltimos qildi. Nima sababdan bunday qildi, Oydin o'zi ham bilmadi. Ketsa ketavermasmidi? Oydin qancha sho'x bo'lmasin yolg'on gapni yomon ko'rardi. O'zi xam yolg'on ishlatmaslikka harakat qilardi. Sho'xligi tutganda o'zini yolg'ondan tiyolmasada ohirida albatta yolg'on ekanini aytib, bildirib qo'yar edi. Otasi uyga qaytib kelganda "ketib qoldi" deyishi yolg'on bo'lmaydi. "Nega ketti, tuzukmi?" degan savolga yolg'on gapirolmasligini bilardi. Oydin qilgan bugungi ishlari, hazil deb o'yin qilganlari asoratli bo'lishini bilmasdi. Nortoy hontaxta oldiga qaytdi. Hushi to'liq o'ziga kelib doyimgidek qing'ir o'ylashni boshladi. Qizga bir boshidan, boshqattan sinchkovlik bilan tikildi... " Hozir dasturxonni taribga keltiradi, sochini bir qo'li bilan ushlab turadi, ro'moli yo'q, ha sochini bir qo'li bilan ushlashga urinadi, ko'ylagini ikkinchi qo'li bilan yopib turadi, ishni qaysi qo'lida qiladi? Bezni ishi besh Nortoy. Unga o'yin qilish qanaqaligini ko'rsatib qo'y. Dodini ber. Umrini ohirigacha tishini oqini ko'rsatmaydigan qilib qo'y. O'zicha seni o'yinchoq qilmoqchi ko'rinadi, Bir mazza qilib o'ynatmaysanmi?" Nortoy shularni o'ylab "Albatta" deb ovozini bemalol qo'yib gapirdi. Oydin mijozni oldida hato qilib qo'ygan afitsantdek tipirchilashni boshladi. Shoshganidan ikki qo'li bilan sochini tartibga keltirishni boshladi. Chap qo'li bilan ko'ylagini yopib, O'ng qo'li bilan bir idishlarni yeg'adi, bir tushib ketgan sochlarini taramlaydi. "Ko'zini lo'q qilmay har nima bo'lgur, Uyat degani yo'q ekan. Qiz bola, uyaladi demaydiya?" shularni shivirlab ikki qo'li bilan idishlarni tezgina ko'tarib oshxonga bordi. "Qarashib yuboraymi"siga balo bormikan?! Ko'zlarini o'yib olish kerak bunaqa be xayoni" Oydin oshxonada idishlarni do'q qilib yuvib, joyladi. Oddiy qora choy damladi. Ikki qo'li bilan sochini tartibga keltirgan bu go'zalni qalbini o'g'irlasang arziydi. "oyoq-qo'li chaqqongina ekan. Oyimga kelin qilsammikan?" Nortoy ko'ksini silagancha yana "albatta" deb qo'ydi. "Sho'xgina qiz ekan? Otasi balki ataylab yolg'iz qoldirgandur? Balki otasi uydadur? Ey ha?! Chundim! Jinoyat ustida qo'lga olib pul undirishmoqchi. Yoki boya "To'risini etsam boya sizni ko'rib menga atalgan er osmondan tushibti deb o'ylab qoldim!" degandi. "Qizini shaytonligidan it iskamagan bo'lsa shartta menga uzatadi qutiladi" deb basharasi bujmaydi. Qaysi axmoq bog'bon, pishib yetilgan mevani qo'yni oldida qoldiradi. Hay-hay Nortoyboy Bo'ri deng, bo'ri!" ayyor kulib qo'ydi. Nortoy tobora qizni qilgan o'yinidan o'ch olishni o'ylay boshladi. Otasi kelguncha ishini bajarib qochib qolishni o'yladi. Qaytib kirganini sababi xam shu edi extimol? Bu qarorida zarracha ikkilanish bo'lmadi. "Shaqillatib quchoqlab, cho'lpillatib o'paman. Hushi boshidan uchaganidan o'zi xoxlab qo'ynimga kiradi" Nortoyni boshi voh-voh degandek qimirladi. Nafasi tazlashiganidan tomog'i tez qurib qoldi. Muzdak sharbat bo'lsa tomoqni xo'llab olishni o'yladi. Oshxona ostonasida Oydin ko'rindi. Qadamlari notekkis, cho'chip qadam tashlayabti. Uyda begona bilan yolg'iz qolganini endi payqagandek. "O'tirishini qarang buni? Kotta holasini uydami savil qogur?! Choynak bilan boshinga bir tushursamda, tipirchilab qolarmiding?" Oydinni yuragiga g'ulg'ula kirib bo'lgandi. Yigit kelishgan bo'lishiga qaramay tomirida shayton oqib turgani sezilib turibti. Qayoqdanam o'yin qildi? Dadasi kelgunicha bir korhol bo'lmasaydi. Yordam so'rab baqirsachi? Qo'shnilar oldida sharmandasi chiqadi. "Dayus o'lgur shundoq qizini bir begona bilan qoldirib ketadimi?" deyishlari aniq. Tosh bo'ron qilib o'ldirsalar qanidi! Bir umr do'g' ko'tarib yuradimi? Oshxonaga qaytib otasi qaytishi kutsamikan? O'g'ri bo'lsachi? Hech nima qilishga kuchi yetmasligini o'ylab ayvonga ko'tarildi. Baxona qilmasin deb piyolani to'ldirib choy uzatdi. Qo'lini silagan qo'lni shunchaki tasodifga yo'yib tomoq qirdi. Ko'zini oldini hira qilib turgan soch tolalarini orqaga taramladi. Ro'mol o'rab olsa bo'lar ekan. Endi o'rasa yigitni tasavvuriga boshqa xayol keladi. -Mehmon siz o'tiraturing men bir ovqatni boshlay? --Bu chochib qolish uchun baxona edi. - Yo'q ovora bo'lmang otangiz kelsalar sizni topshiramanu ketaman. Yana hozir ketib qolsam ko'z yosh to'kib, soch yulib qolmang? --Nortoy bu gaplarni shunday maxorat bilan gapirdiki yuzidan hazillashganini bilib bo'lmasdi. - Hazilkash ekansiz. Ovqatni sizga emas o'zimiz uchun tayorlayman. Nasibangiz bo'lsa yeb ketarsiz. Yana ochizdan ko'cha-ko'yda cho'zilib qolmang. Iymonli odamlar har qadamda uchramaydi hozir! - Maylin unqada ser go'sht qilib palovxonto'rani damlang qani. Ham tez pishadi ham bu belga quvat bo'ladi? Boyagi sovuq shildir sho'rva kerakmas. --Nortoy gapni mo'ljaliga aniq urdi. Buni qizni qovoqlari uyishidan bilish qiyin emasdi. - Boshizdan oftob urganida bu eng yaxshi davoku? Raxmatiz shumi? Iya juda bezbet ekansizku? --Oydinda boyagi qo'rquvdan asar ham qolmagandi. Добавлено (13-Июн-2012, 10:23) --------------------------------------------- Jaxli chiqib qolsa o'ngu-so'liga qaramay yonib ketadi. Ovozini balandlatganidan shunaqa o'xshaydi. - Voy boshim, hozir yorilib ketadi! Chidolmiman. Biror nima qilsangizchi? --Nortoyga qizning "quyosh urdi" degan so'zi juda qo'l keldi. Oydin soddalik qilib bonkadagi salqin choyni olib yigit tarfga o'tdi. Tizzalab o'tirgancha choydan quyib yigitga ichirdi. Ko'z-ko'zga tushdi Nortoy dod voyini davom ettirdi. Lekin Oydin undan ko'z uzolmay qoldi. Qulog'i kar, ko'zi nurini yoqotdi. Laxzada dushmanlik urnini sevgi muxabbat egallab oldi. Huddi ertak, sevgi seriallaridek maroqli tuyg'u. Oq otsiz xam shaxzoda bo'lar ekanku degan hayol uni garang qilib qo'ygandi. Nortoy buni bildi. Har qalay bunday vaziyat unga begona emas. Qizni qo'lidan piyolani olib qo'ydi. Qiz tamom ila tuzoqda. Ko'zlar to'qnashuvidan nafas tezlashdi. Endi bir maromda yagona odamdek nafas olishni boshlashdi. Yurak notinch uradi. Lablar, lablarga tekkanda Oydin hushiga keldi. Ayvondan otilib chiqib oshxonga berkindi. Derazani quliflab eshik tagiga kechagina dadsi olib kelgan bir qop kartoshkani tiradi. Yosh boshi o'ylamagan narsasi qolmadi. Etagiga lablarini ishqayverganidan lablari bo'yoq surtkandek qizarib ketti. Jirkanch! O'zi bilmay qoldi! O'yinda yuttim deb o'ylagandi. Oydin bilmasmidi? G'alaba bazan o'yin o'rtasida keladi va aldamchi bo'lishini? Otasiga nima deydi?! Qanday bosh ko'tarib yuradi. Sezib turib nega jarlik yoqasiga bordi. Olovni ko'rib kuydirishiga naxot aqli yetmadi? Endi nima bo'ladi? Oydin dadasiga miq etmasdi, lekin bu ayyor tulki hammasini aytib bersachi. Dadasi uni xam o'ldiradi, qizini xam? Deraza oldida odam soyasi ko'rindi. "Dadam bo'lmasinda ish qilib? Yo'q! Tezroq kelsinlar" derazada be o'xshov kulgichli yigit ko'rindi. - Nega qo'rqasan xazil qildimku? - Nima qilib qo'ydiz? Endi men nima qilaman?! Nomusimga tegishga nima xaqqiz bor edi? Yaxshilikka javobiz shu bo'ldimi? --Oshxonadan shunday baqiriq ovozlari eshitildi. - Qanaqa nomus? Ettima bular rejasi shunaqa deb. O'pkan bilan homilador bo'larmiding?! Sodda qiz ekansanu? --Nortoy boyagi o'ylaganlari xaqiqatga o'xshaydi. Bu joyda bir nima bo'lyapti. Biton yo'lakdan chetlashib, hovlini kesib ko'chaga qarab qochti. U boshqa hech qachon bu uydagilarni umuman eslamadi. Na yaxshiligini va na mazax qilganlarini. U shunchaki tasodifiy yo'lovchi edi xalos. Oydin nima bo'lsa bo'ldi dediyu, uyni o'z holiga keltirib hech nima bo'lmagandek yuraverishga qaror qildi. Boyagi o'ylagani yolg'on so'z aytishning hojati yo'q. Sababi yigit rostan ham ketib qoldi. Hisob tenglashdi. Ko'zini qizarganini oyisini sog'inganidan deb bahona qildi. Otasi uni ovutgan bo'lib "qiz bola rostanham juda mexribon bo'lar ekan" deb o'yladi. Usha voqiyadan keyin oradan sal kam to'rt oy o'tib ketti. Oydin vujudida yana bir yurak urmayotkanini, hali bokira ekanini alla qachon so'rab bilgandi. Lekin nima sababdan usha bezori yigitni unutolmayotganini bilolmasdi. O'zi boshlagan o'yinda tamom ila mag'lub bo'lganini tan oldi. U ismini bilmaydigan yigitga ko'ngil qo'ygandi. Yuragida sog'inch va xadikli qo'rquv bilan yashashni boshladi. Endi bir umur uni unutolmasam kerak deb qo'rqdi. Sog'inchi jumbushga kelib bazan tunlari ovozssiz uzoq yig'lardi. Uyiga kelgan sovchilarni xar birini usha yigitdan deb quvonib ketardi. Biroq u begona uni eslamayotganini bilmasdiham. Oydin ko'p o'zgarib qoldi. Ichidagi gapini sira yashirmasdi. Faqat bir dona siri bor edi. Usha suyuq yigitni sevardi. Hayolan qayta-qayta salqin choy tukancha uzoq o'ylanib, o'z hayolidan o'zi uyalib ketar edi. Oydin boshini kursi suyanchig'iga suyab mungli musiqa tinglarkan ko'ksida nimadur uni jonlantirib senchidi. Bir muddat bu nima ekanini chunishga urindi. Chungach "Naxotki uni o'ylamay qo'ygan bo'lsam? Lekin qachondan beri uni o'ylamayabman? Ziyovuddin bilan uchrashuvimdan bir kun oldin yig'laganim esimda. Demak armonli sevgi o'rnini baxtli oila degan tuyg'u egalashni boshladi. Yuragimga senchilgan bu nish armonli sevgining kuchsiz quroli edi halos. Alvido begonam, sen hayotimdan bugunoq butunlay chiqib ketasan. Bugun meni to'yim. Men baxtimni topdim. Loading...
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 13:40 | Изох # 421 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Hikoya nihoyatda qiziqarli yozilgan.Voqealar ketma-ketligini kuzatiw jarayonida Oydinga nisbatan xavotir hissi vujudga keliwi mumkin.Wu haqda o'z fikrlarimni aytsam:Xatoliklar ibrat oliwga undaydi. Avvalo,uydagilari Oydinni yolg'iz qoldiriwi katta xato.Oydin uyiga tasodif kelgan begona odamni nega öyin-mazax qiladi?! Bu uning fe'limi yoki tarbiyasizligi?Yana buyog'i Nortoyning tobi yöq bölsa,eng asosiysi nomahram bölsa! Umuman olganda qizning niyati yomon bölmagan,u sodda qiz bölsa kerak.Lekin,aqlli emas menimcha.Nortoyga kelsak," yulduzni benarvon uraman", deb adawdi...Hikoyaga tarbiyaviy tomondan tuwuntiriladigan gaplar biroz qalinroq qog'ozga öralganda nur ustiga a'lo nur bölar edi.Ammo,buni Oydinning öylari va harakatlarini yoritiw davomida bilintirmaslikka harakat qilingani hikoyani wa'riy tomondan qolipga keltirgandek...Hikoya haqida fikrim wular...(Endi aytmoqchi bölganlarim Loadingning uwbu hikoyasiga taaluqli emas!Umuman olganda wa'riy hukmlardan uzoqlawiw asar ruhiyatining ma'naviy köriniwini buziwdan bowqasiga yaramaydi.Buni özini musulmon hisoblagan har bir ijodkor yodda tutmog'i lozim,nazarimda.)
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 18-Июн-2012, 15:42 | Изох # 422 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Majnun tol.
1-qism
Katta anxor bo'yida o'sgan majnun tol, poyida qancha yuraklarni majnun holida ko'rdi. Bazan achchiq muxabbat qismatini tinglab bardoshi yetmay lovullab yongisi, so'ngra anxorga qulab parchalanib ketishni istardi. Qanday bardoshli bo'lmasa bu odamlar? Dardsiz daraxtham xatto qaddini tik tutolmay qoladi. Majnun tol ostidagi yoshlar esa tik turib jon berayotgan askarga o'xshaydilar. Yo'q. Bunday emas. Ular g'alaba jangi boshlanganida jang maydonini tashlab qochishmoqda.
Siyovush bugun yana anxor yoqalab mayus qadam tashlab boradi. Bu uzun yo'lakdagi har bir chechak, nobodot Ziyodani eslatib shivirlashadi. Sarxush etuvchi baxor qo'shig'ini kuylaydi ular. Hammasi usha kunlarni yodga soladi. Faqat endi Majnun bu ko'chalarda yolg'iz qadam tashlaydi. Siyovush mayus daraxt oldida to'xtadi. Suvga sochlarini yuvib turgan majnun tolga boshini qo'yib chuqur xo'rsindi. - Demak sen ham hursandsan? Sochingni yuvib, o'zinga oro berayabsan. Majnun tol, iltimos sen to'yga borma. Buguncha men bilan qol. Axir meni kim eshitadi? Qaydan dalda topaman? Mana bu anxor dardimni tinglarmidi? Yo'q, u meni eshitishni istamagandek to'lqinlarini tez oqizib qochadi. --Siyovush ko'zlarini yumushni istamaydi. Yumolmaydi. Ko'zlarida qalqib turgan yosh oqib ketadi. Ko'zidan tomgan yosh vadasini buzgani bo'ladi. G'ururini emas, sog'inchini yengolmaydi. Nigoxini osmonga tikib uzoq o'tirdi. Mayin esgan baxoriy shamol kurtak gullarini havoga to'zg'itdi. Azim chinorlar qish faslida avaylab asragan yaproqlari hamdard shovulladi. Osmonga yomg'irli bulut keldi. Majnun tol bezovta silkinib yigiti yuzini siladi. "O'rningdan tur, baxting uchun ohirgi soniyaga qadar kurash" deb undayotkandek tuyildi. -Yo'q bugun uning to'yi. Sevgimni sof ekanini isbotlash uchun ham to'yga bormayman. U meni ko'rgan zaxoti biror ko'ngilsizlik yuz beradi. -- Shamol endi chang to'zonga aylandi. Butun tabiat bu kundagi ayriqdan no rozi kayfiyatda isyon ko'tardi. Siyovushni hayolidan shu fikrlar o'tib birgina hulosani berdi. Bugun uni so'ngi marotaba ko'rishga axd qildi. Yuqoridan qog'oz o'ralgan og'ir jism tushdi. Siyovush etiborsiz umid nazari bilan qog'ozni ochdi. Ziyodani xatiga o'xshar ekan. Xa ziyodani xati. Mana ohiriga "Ziyoda" deb yozib qo'yilgan. Siyovush quvonchidan turgan joyida baqirib rossa sakradi. Majnun tolni avval boks qopidek mushtladi so'ngra quchoqlab, upib qo'ydi. Xatni qayta o'qidi.Добавлено (18-Июн-2012, 14:42) --------------------------------------------- 2-qism "Siyovush agar biz "baxt daraxti" deb nom qo'ygan majnun tol sizga xatimni yetkazgan bo'lsa juda xursandman. Agarda bu xatni bugun o'qisangiz iltimos qilaman meni shu joyimizda kuting, men albatta kelaman. Bordiyu qandaydur sabab tufayli kech o'qigan bo'lsangiz yoki Alloh bizni boshqa uchrashtirmaslikni taqdir qilib xatni o'qimay qolsangiz meni kechiring va baxtli bo'ling." -- Chang to'zon battar tuzg'iy boshladi. Anxor suvining oromi buzildi. To'lqinlanib, shiddat ila qirg'oqga kelib o'zini uradi. Siyovushni birdan avzoyi buzildi. Bunday ob-havoda Ziyodani kelmasligi aniq. Axir bugun uning to'yi. Agarda havo ochiq bo'lgan taqdiridaham u kelolmasigi kunday ravshanku? Bu nima qilgani? Siyovush bunday savollar yomg'irida ivib og'ir yuk ko'targan hammoldek bo'shashib o'tirib oldi. Atrofga umidsizgina lekin sinchkov nazar soldi. Hech kimni ko'rmagach tolga yelka qo'yib suvning to'lqinlariga tikilib qoldi. Quloqlariga Ziyodani ovozi tinmay eshitiladi. Qora bulut ortiq ko'z yoshini tiyib turolmadi. Siyovushni ichida yana alamli so'zlar qaynashni boshladi. -Uni mendan ayirib endi yig'layabsanmi osmon? hech bo'lmaganda bir necha soat kulib chiqmasmiding quyosh? Uni so'ngi bor ko'rishimni naxotki istamasa butun tabiat? Majnun tolim mening baxtli kunlarimni guvoxi, chin sevganimning sen bilasana? nega sen buni chunasanku, odam bo'lib meni chunishmadi? --Majnun tol kokillari shamolda hilpiraydi. O'zini gox u tamonga, gox bu tamonga tashlab uvillaydi. Uzoqdan Ziyodani chaqirgani eshitildi. Yigit usha tarafga qaradi, U xam qizga peshvoz chiqib yugurdi. Oq libos yer bilan bittadek kir bo'lib ketgan, nozik qo'l qo'pini yuzasi qon bo'lib ketgan. Ularni o'rtasida bir qadamgina masofa qolgan, qo'llar hayajon bilan to'qnashdi, nigoxlar umid bilan boqadi. Aytish uchun so'z topilmadimi yoki bo'g'izlarida tiqilib turgan og'ir bir tosh bunga to'sqinlik qildimi? Ular faqat chuqur nafas oladilar. Qizning ko'zidan qora yosh oqadi. Yigitni bardoshi yetmadi. Kelinning ko'ylagidan bir parcha matoni yertib qizning ko'z yoshini artdi. - Nega yertasiz mana ro'molcham borku? --Ziyoda titroq bosgan ovozida gapirdi. - Yana biror nima degin. Ovozingni sog'indim. --Siyovush qizning qo'lidan ro'molchasini olib avval chuqur nafas olib hidladi, Ko'zidan tirqirab ketgan yoshini artib qo'ydi. Ro'molchani bir muddat ko'ziga bosib turdi. - Yig'loqi, aldabsizde mani? Ko'z yosh bo'lmaydi deb vada bergandizku?! - Men emas ko'zim yig'layabti. Sendek go'zalni boshqa ko'rolmasligini bilgan xar qanday ko'z yig'laydi billsang? Meni ko'zim esa seni sevadi, mendek sevolmasa kerak? Lekin seni sevadi. O'zing xam yig'layabsanku? - Men axir qiz bolaman. --Ziyoda ro'molchasini so'ragandek qo'l uzatdi, yoki bu harakati hayajonidan yuz berdi. - Yo'q bermiman bu menda qoladi. Oradan yillar o'tib kelinimga sovg'a qilaman. Hozircha mana buni ishlatib tur. --deb Siyovush kelin ko'ylagidan yana pir parcha uzib berdi. Osmonda qarsillab chaqmoq chaqdi. Sevishganlar majnun tolning ostiga yashirinishdi. Ular bu g'animat daqiqalarni ko'z yosh bilan o'tkazib yuborishni istashmadi. Hayollariga nima gap kelsa suxbatlashib ketaverishdi. Ular kulgan sari osmoning avzoyi ham ochildi. Quyosh kulib chiqdi. Anxor suvi yana sokinlashdi. Ular uchun bugungi kun tugamaydigandek edi. Quyosh daraxtlar ortiga qochdi, keyin esa anxor suviga bo'yoq quydi. Rangli buyoqdan ufqqa rangli bulutlarni chizib charchadimi? Oy kelganda quyosh uxlab qoldi. Kutilmaganda Ziyodani chaqirib ukasi kelib qoldi. Ukasi yuguraverib charchagani ko'rinib turibti. Bayramona libosidan faqat pochasi shimarilgan shim va oq ko'ylagi qolgan. Oyoq kiymini changiga qarab bo'lmaydi. Bolani ortidan Ziyodani akasi va otasi yugurib kelishdi. Ular sevishganlarni ko'rib umuman xayolga kelmagan xayolga borishdi. Ular Ziyoda o'zini suvga tashlab cho'kmoqchi bo'lganida yo'lovchi yigit uni qutqarib qoldi deb o'ylashgandi. Aka Siyovushni qo'lini qattiq siqib minatdorchilik bildirdi. Ota qizidan xavotiri kuchlilik qilganidan raxmat deyishni xam unutib qo'ydi. Ular Ziyodani yetaklab ortga qaytishdi. Yaqindagina qochib ketishni reja qilib o'tirganlar, vaziyati kelganda lom mim demay nigoxlar bilan xayirlashishmoqda. Siyovush bor ovozida sevgi izxor qilib otasidan qizini qo'lini so'ramoqchi bo'lib ichi to'lib turibti. Chidashga majbur. Juda qiyin vaziyatda qoldi. Yo'q, chidolmadi. Ziyodani chaqirdi. Qiz otasini qo'lidan otilib chiqdiyu joyida qotti. Lablari "iltimos ayting" deb pichirladi. - Tinchlikmi yigit?! Nega baqirasiz? -- Ota xolatdan xayratga tushib Siyovushga yuzlandi. - Baxtli bo'ling, Kuyovdan boshqa qochmang xo'pmi? -- deb javob berdi. Ota qizini yetaklab yo'lida davom etdi. Aka bir muddat joyida o'ylanib turdi va yigitni yoniga qaytdi. - Tanisanmi singlimni? -- Aka shunday deb yigitni yelkasiga qo'lini qo'ydi. - Xa taniman. - Qanchadan beri tanisan? --aka bu javob bo'lishi mumkinligini bilsada baribir xayratlandi. - 4 yildan beri, nima eshitmaganmisiz? -- Siyovushni savoli yana bittaga ko'paydi. Oldiniga otasi va akasi uni tanishmagani, keyin esa Akasi singlisi xaqida endi bilib turgani. Uni hayron bo'lishiga sababi bor edi. Ziyoda unga uyimda hamma sizni taniydi deb aytgandi. Foto suratlarini uydagilariga ko'rsatgandi, uning gapi bo'yicha. Lekin akasi uni birinchi marotaba ko'rib eshitib turganini aytgach nima deb o'ylashni bilmay qoldi. - Chunarli bizga bir og'iz etsa bo'lardi, Sevganim bor deb. Ko'ngliga qarardik. Nima bo'lsa bo'ldi. To'yni to'xtatib bo'midi. Ukam omadini bersin. Sinimni boshqa bezovta qilma, eslamayam.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Nosir | Сана: Душанба, 18-Июн-2012, 22:26 | Изох # 423 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| Bu xikoyani ruschadan o'zbek tiliga o'girdim qo'ldan kelgancha. xatolari bo'lsa uzr. Kunlarning birida ishdan qaytayotib ko'zim gul sotiladigan joyga yaqin turgan keksa cholga tushdi, uning soqollari o'sib ketgan bir ahvolda edi, u gullarga qarab nimalarnidir o'ylardi, keyin u sotuvchi ayolni yoniga yaqinlashib: - qizim, mana bu gul qancha turadi? deb so'radi... - Xey alkash, omisanku nima qilasan mani vaqtimni olib, bor ishini qigin... Chol esa turgan joyida qimirlamas, gullardan ko'zini uza olmas edi. - Nima didim sanga, bor araveni tort... Shu joyiga chidab tura olmadim, sotuvchi ayolni yoniga kelib jahl bilan: - Otahon so'ragan gullari qancha turadi ? deb so'radim. - Besh ming dedi sotuvchi ayol zo'rg'a ovozi chiqar chiqmas. - Mana sizga o'n ming, ikkinchi bunaqa muomala qilmang o'zingizdan kattalarga... Gulni olib cholga uzatdim, uning ko'zlari yoshlandi... - Bugun kampirimni tug'ilgan kuni, shunga gul olgani kelgandim, yonimda faqat shu pul bor deya menga cho'ntagidan besh yuz chiqardi... - yo'q yo'q otahon, pulingizni cho'ntagingizga solib qo'ying, kampiringizni meni nomimdan tabriklab qo'ying, xoxlasangiz yuring, sizni kuzatib qo'yaman dedim... - raxmat, boradigan joyim uzoq emas, huv anavi yolni narigi betiga o'tib olsam bo'ldi... Chol bilan xayrlashdim, u esa yo'lni narigi betiga o'tdi-da qabriston ichiga kirib ketdi... Ko'zlarimga yosh keldi, cholning kampiri shu qabristonda yotgan ekan...
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Чоршанба, 27-Июн-2012, 17:36 | Изох # 424 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Vada berib nega ko'z yoshga olib kevossiz? Endi tezroq yozim. Ettim Adxamni nega topolmayabman dib.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilrabo | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 12:34 | Изох # 425 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Yo,qodir Alloh,barcha yaxwiliklar özingdan.Rahmat Adham sizga.Qadrdon singlimizning aqliga köz tegmasin. .Aqlli singlim Gulfina, bu hikoyaning avvalida ham hammani yig'latgandingiz.Yig'latmayman deb yana yig'latdingizku...Ijodingizga baraka!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
| |
| |