|
Hikoya
|
|
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 10:24 | Изох # 301 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Nozima opa man shu joyini o'qib uyqim o'chib ketti.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 11:01 | Изох # 302 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil Gulfina
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 11:14 | Изох # 303 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Nimaga odamni yig'latad a bu qiz ertalabdan)))) bravo kutamiz.
Omad
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 13:11 | Изох # 304 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Лолош, узиз ёздизми бу хикояни? Лекин жуда таъсир килди манга. Хаттоки, кузларимдан ёш калкди. Ва уйлантириб куйди, мани. Бу уткинчи дунёнинг ишлари бунчаям кизик булмаса, кеча саломлашиб юрган инсонинг, бугун кутилмаганда мангу уйкуда...
|
| |
| |
| loloshechka | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 15:05 | Изох # 305 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| ...Davomi Layloni va Ezozani olib ketishga moshina chaqirildi.Maxbuba ona,qizim o'z uyimdan chiqadi deb ketayotgan ediki... -Oyiiii,quda xola kelinlik uyidan chiqadi dedilar telefon qilib-dedi Sanobar yig'i aralash. Ona sho'rlik ko'ngliga qil ham sig'mas edi...mayli,kelinlik uyidan oxirgi manzilga kuzatamizda Sanobar...deya ko'z yosh ila aytar edi...Laylo va Ezozani yo'lda olib ketishar ekan...ona sho'rlik Layloning boshlarini silab: Tug'ilganingda rosa xursand bo'lgandik dadang ikkimiz,maktabni a'lo bitirding boshimiz ko'kka yetgandi bolaginam,institutga o'zing kirding"Shifokor"bo'laman oyi deding,quvonchim ichimga sig'mas edi bolam,talaba bo'lsang ham bizdan 1so'm ham so'ramagansan bolam,o'zing ishlar eding...Ezozangni qattiq yaxshi ko'rardingki...qo'lingdan tushmasdi......HAMMASINI TASHLADINGU,BIZNI ZOR QOLDIRIB KETDING bolama der edi onaizor...Laylo jonsiz,moshinada qalqib-qalqib ketar edi. Sanobar Kozimga(akasiga) telefon qildi(Kozim uzoq shaharda ishlar edi): -Akajon,Laylo opamdan ayrilib qoldik -Hazillashyapsanmi....lekin telefon go'shagidan onasining yig'i ovozi Sanobarning gapini tasdiqlar edi... Kozimga bu juda qattiq ta'sir qildi,u 6soatlik yo'ldan 3yarim soatda yetib bordi...lekin hali ham ishonmas edi...Moshinasidan tusha solib Kozim yig'i ovozi kelayotgan xonaga yugurdi...bordiyuuuu,devorga suyanib Laylo dedi pichirlagan ovozda va ko'zi onasiga ya'ni Maxbuba onaga tushdiyu,onaizorni quchoqlab: oyijon Laylo nega uyg'onmayapti oyijon,2-3kunda kelib Laylonikiga borib uni ko'raman degan edimkuuu oyijon,lekin o'lgan xolatida meni qarshi oldiku volidam deya yig'lar edi...
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 16:03 | Изох # 306 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Qoil
Omad
|
| |
| |
| loloshechka | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 16:19 | Изох # 307 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| ...Davomi Hech kimning ko'ngliga qil sig'mas edi...shu payt Kozimning hayoliga Shaxruz keldi(Layloning o'g'li)...Shaxruz 4-sinf o'quvchisi edi...Shu paytda eshik oldida bir avtomabil to'xtadiyu,hech narsadan xabari yo'q Shaxruz kirib keldi...(u mashg'ulotlarda edi).Shaxruz xonadonga kirishi bilan uni voxima bosib ketaverdi,va ko'zi Kozimga tushdi. -Tog'ajon,Assalomu Alaykum.Qachon keldiz? -Jiyan... -Oyimlar shu yerda deyishdi...siz nega erta kevoldiz?oyim 3-4kunda keladi tog'ang degan edilarku.... -Majbur bo'ldim jiyan dedi Kozim -Tog'a,nega bunaqa kiyimda hamma?nega buvimlar yig'layaptilar?tog'a qo'rqayapman dedi bola sho'rlik...Kozim hech narsa deya olmadiyu,Shaxruzning boshiga do'ppi kiygazdiyu,bag'riga bosib: -Jiyanim,kuchli bo'lgin dedi... Bola o'sha xonaga yugurdi....ha...Laylo va Ezozaning xonasiga...Shaxruz ko'zlari yoshga to'ldi...Maxbuba ona,Sanobaru,Sevarayu yig'ilganlar Shaxruzni xozi ovoz chiqarib yig'lashiga ishonchlari komil edi... Shaxruzni ko'zlari yoshga to'ldiyu,ko'z yoshini oqmasidan artib oldiyu,Maxbuba onaning bag'riga otilib uni quchoqlaaaab turdi...lekin ummuman ovozi chiqmadi.Keyin,Layloning oldiga bordiyu...ko'karib yotgan qo'lini ko'zida yosh to'la quchoqladi...bir so'z aytmadi...ko'zlarini yumdiyu yerga qaradi,ko'z yoshi yerga tim-tim oqar edi Laylo Shaxruzga shunday uqtirgan edi: Shaxruz,o'g'lim,sen kuchlisan bolam,hayotda qiyinchiliklar bor jonim bolam,lekin sen shunday yig'lagingi,hech kim ko'z yoshing ko'rmasin,men uchun eng kuchlisan sen.Mana shu gaplarni eslab ham Shaxruz miq etmas edi... U singlisi Ezozaning yoniga yaqinlashdi,Ezozaning ahvoli ayanchli edi,singlisini bag'riga bosdiyu,ko'z yoshi oqib kelaverar edi,lekin indamas edi... Laylo va Ezozni ertangi kun peshinda chiqarilishi ma'lum bo'ldi... Kuni bilan Shaxruz erkaklar yonida tik bosh bilan ovoz chiqarmay tikka turdi.Kech tushishi bilan uni Sevara o'z uyiga olib ketdi.Kechasi: -Shaxruzjon,uxlagin ertaga og'ir kun sen uchun... -Xop xolajon,uxlayapman dediyu...30daqiqa jim turdi va Sevarani uxladi deb o'yladiyu,hovliga chiqib: Oyijooooooon deya baqirib yig'ladi...kun bo'yi kuchli turib bergan bola(uni kuni bo'yidagi holatidan bola desa ham bo'lmas edi,u xatto buvasiyu,tog'asidan kuchli edi),kechasi u odatiy"bola"dek baqirib"Oyijoooon"deya yig'lar edi...
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
| |
| |
| SmartDent | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 16:20 | Изох # 308 |
 Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Exx LAYLO...
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 16:24 | Изох # 309 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Bolalarga qiyin bo'ldi afsus . . .
Omad
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 16:37 | Изох # 310 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Лолош, йиглатманг бунча...(((
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 18:04 | Изох # 311 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Bugun faqat yiglatdizku, Loloshim
|
| |
| |
| komol_76 | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 19:20 | Изох # 312 |
|
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| юрагим тўлиб кетди.... қанчалик харакат қилмайин ҳово етишмаяпти... шунчалигам бағри тошмисан Лолош.....
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
| |
| |
| Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 19:44 | Изох # 313 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Rosti Lolosh yig'lomi yurudim siz yig'latdiz rahmat
|
| |
| |
| БОБО | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 19:55 | Изох # 314 |
 ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| loloshechka, Молодца больше слов нет.Только слезы текут
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 19:57 | Изох # 315 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Xop xolajon,uxlayapman dediyu...30daqiqa jim turdi va Sevarani uxladi deb o'yladiyu,hovliga chiqib: Oyijooooooon deya baqirib yig'ladi...kun bo'yi kuchli turib bergan bola(uni kuni bo'yidagi holatidan bola desa ham bo'lmas edi,u xatto buvasiyu,tog'asidan kuchli edi),kechasi u odatiy"bola"dek baqirib"Oyijoooon"deya yig'lar edi...
O'g'il bolani eng og'ir nuqtasi bo'lsa kerak?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| milawka | Сана: Жума-муборак кун!, 16-Мар-2012, 20:03 | Изох # 316 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
| Lolosh hoz oyoq qölizi bog'lap sumkam bn bir solaman dugon,unaqa qiynamen bolani tuw bub qosin oxiri iltimoos
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 05:02 | Изох # 317 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 18 yoshga to'lmaganlar o'qimasin... (yo'q o'qisin) Beg'uborim edingku. . .
Erta Bahor. . . Illiq yomg'ir ezib yog'moqda. Akmal darchadan kirayotgan yomg'ir hididan to'yib to'yib nafas oldi. Bu hid uni hotiralarini qo'zg'atib yubordi... Afsus bilan esladi... Erta Bahor. Singlim... Hoy singlim. Bu yoqga kegin. Meni ko'ylagimni tugmasi uzilibdi. Ushani taqib bergin. Ishga kech qolayotgandim. Men sen tikguningcha choy ichib turaman. Akmal singlisi Nargizaga ko'ylagini berib o'zi oshxona tomon ketdi. Nargiza akasi uchun oshxonada nonushta tayyorlab qo'ygandi. Akmal nonushta qilib bo'lib, xonasidan ko'ylagini oldi. Yangi taqilgan tugmani tekshirib ko'rdi. Mustaxkam. Xonadan turib singlisiga "rahmat" deb baqirdi. Singlisi unga javoban "Bitta shokalad sizdande" deb kulib qo'ydi. Akmal kiyinib bo'lib shoshib chiqib ketdi. Oilada ular 3 kishi yashashardi. Akmal, Nargiza va onasi. Akmal avtobus xaydardi. Ishga erta ketib, kech qaytardi. U o'z ishini yoqtirardi. Avtobus haydashni bolaligidan yoqtirardi. To’g’ri bu kasbni orzu qilmagan bo’lsa ham, lekin yoqtirardi. Maktabni a'lo baholarga o'qib bittirgandi. Kollejda ham qizil deplom bilan bitirgan. Hamda o’quv fanlaridan o'tkazilgan olimpiadalarda Respublika bosqichada 2 ta fandan qatnashib, ikkalasidan 1 chi o'rinni egallagandi. Bu degani hohlagan oliygohiga imtixonsiz o'qishga kirishi mumkin degani edi. Lekin Akmal o'qishga sharoiti yo'q edi. Yolg'iz o'g'il. Onasini bir o'zi ishlaydi. Topgani yeb ichishdan ortmaydi. Keyin kiyim kechak degan narsalar. . . Bularni hammasiga bir o'zi qiynalardi. Keyin u tungi payt ishlab, kunduzi uyga kelib dam olardi. Akmal “oilani o'zim tebrataman” deb hamma orzularidan kechdi. U o'ziga yoqadigan haydovchilik kasbini egaladi. U endigina 23 yoshga kirgandi. 1 yildan beri avtobus haydaydi. Singlisi Nargiza undan 5 yosh kichik. Bu yil kollejni bitiradi. Akmalni yana 1 orzusi singlisini oliygohlarni birida o'qitish. “O'zim o'qimaganga yarasha singlim o'qisin” deydi. Singlisiga juda mehribon. Hech qachon hafa qilmagan. Nima so'rasa yo'q demaydi. O'qishiga nima kerak bo'lsa, hamma sharoitni qilib beradi. Singlisini juda yaxshi ko'radi. Kimdir singlisini hafa qilib qo'ysa, uni tazirini bermay qo'ymadi. Mahallada deyarli hech kim Nargizaga "gap otish" uchun ruhi betlamsdi. Akmal o’zi uylanishidan oldin singlisini uzatadi. U uchun singlisni baxti muhim. Afsuski singlisi uchun ko’p vaqtini ajrata olmaydi. Singlisi deyarli yolg’iz o’sdi. Akmal “ish ish” deb hammasidan voz kechdi. Akmal otasini deyarli eslay olmaydi. Onasidan so’rasa “otang o’lgan” degan javobni oladi. Otasiz o’zi o’stirdi. Kuni o'z ishi, avtobus haydash bilan o'tadi. Bir xil kun tartibi. Yoshligidan ish ish, onasiga yordam berish bilan katta bo’ldi. Deyarli ishlamasdan o’tgan kunini eslay olmaydi. Shu sababli o'rtoqlari bilan bundoq choyxona va kafelardagi ziyofatlarda o'tira xam olmadi. Endi oyoqqa turib, kollejdagi kursdoshlari, ishxonadagi hamkasblari bilan ulfatchilik qila boshladi. Unda ham oyda 1 marotaba. Akmal oldin bunday o'tirishlarda bo'lmagani uchun o'zini noqulay sezardi. O'tirish tong otar davom etardi. Mayshat avjiga chiqgan payt qizlar chaqirilardi. Ziyofat endi qizlar bilan davom etardi. Qizlarni yetaklab alohida xonalarni band qilishlar boshlnardi. Akmalga bu holat begona edi. Bu yerda o'zini begonadek his qilardi. Oldin qizlar bilan yurmagan, qo’lini ham ushlamagan bola edi. Qizlarni farishtadek ko'rardi. Ko’chada bolalar qizlarga gap otsa jahli chiqardi. Aytardi, axir senlarni uyingda ham singling, yoki opang bordir! Ularga begonalar gapirsa senlarga yoqadimi? deb. Bu yerga kelgan qizlarni ko'rib, fikri o'zgardi. “U meni atrofimda yaxshi qizlar bo'lgan ekan. Endi-endi qizlarni olasini ko'rayotgan ekanman. Nega bu qizlarni oilasi erkin qo’yib yuborgan ekan? Bularni akasi, otasi yo’qmi? Nazorat qilmaydimi? Exx essiz...” deb o'ylardi. Shunaqa o'tirishlardan 1 - 2 tasidan keyin, o'rganib ham qoldi. Bunday qizlar u uchun oddiy holdek bo’lib qoldi. Hattoki qizlar bilan alohida xonaga ham kirdi. Albatta o'z hohshi bilan emas. Hamkasblarini taklifiga binoan qizlardan biri uni taklif qildi. Yarim yalang'och qizga kim yo'q deyrdi. Akmal ming tarbiyali bo'lgani bilan u ham yigit kishi. Unda ham nafs bor, extiros bor. Qizni noz karashmalarga bo'yin egolmadi. Qo’l ushlashib xonaga kirib ketdi... Xonadan chiqishi bilan hamkasblari baqir chaqir qilishdi: “Tabriklaymiz! Erkak bo’lding. Malades!!! Yashavor erkak!” deb uni maqtashdi. Bunday kayfi safo Akmalga ham hush yoqa boshladi. Ishdan charchab kelib maishat qilish kimga yoqmasdi. Mana bugun ham kollejdagi sobiq kursdoshlari bilan ziyofat bor. Tong otar ziyofat. Tushlik mahal Akmal avtobus haydab ketayotib bir narsa esiga tushgandek sapchib ketdi: “Vay Nargizaga bugun kelmayman, deb aytmabmanu. Havotir olmasin” deb singlisiga telefon qildi. Lekin singlisi telefonni ko’tarmadi. Onasiga telefon qildi. Onasi ham javob bermadi. “Onam bunday payt uyg’oq bo’lardilarku. Nega javob bermayaptilar, Nargiza ham” deb hayol qildi. 15 daqiqlardan keyin Nargiza qaytib telefon qilib, eshitmay qolganini aytdi. Shundan keyin Akmalni ko’nglidagi g’ashlik ketdi. U singlisiga bugun tug’ulgan kun borligini uyga kech kelishini aytdi. Shu bilan kun kech bo’ldi deganda Akmalni avtobusi buzulib qoldi. Bu o’lganni ustiga tepgandek bo’ldi. Ustaxonaga qaytib kelib , avtobusini tamirlatdi. Avtobus tamirdan chiqguncha yarim tun bo’lib qoldi. Rosa charchadi. Uyga qaytib bordi. Ziyofatga boradigan ahvoli qolmadi. Uyi oldiga kelishi bilan hamkasblaridan biri telefon qilib nega kelmayotganini so’radi. Akmal charchaganini bahona qildi. Hamkasbi gapga usta bola edi. U Akmalni kelishga ko’ndirdi. Hozirda Akmalni nozik joyi bo’lib qolgan “qizlar”ni ham kelib bo’lishganini aytdi. Akmalni tezroq kelishi uchun qo’shib qo’ydi: “Yosh yoshidan. Kollejni studentkalari. Bittasi seni kutib o’tiribdi. Seni rosa maqtadim. Sen kelganingda haydovchiman demagin. Seni Bankir deb tanishtirdim” deb. Akmal miyg’ida kulib qo’ydi. Akmal eshikda qulfni ko’rib ajablandi. Nargiza qayerga ketibdi? Menimcha onamga yordam bergani ketgan bo’lsa kerak. Men onamga aytgandimku, Nargizani chaqirmang deb. Baribir olib ketibdilar” deb o’ziga o’zi gapirdi. Va nihoyat aytilgan joyga yetib bordi. Kursdoshlari qarsak chalib uni kelishini kutib olishdi. To’rdan joy berib, oldiga aroqdan quyib uzatishdi. Akmal charchoq bosdi qilib aqorni bitta ko’tarishda ichib yubordi. Ketidan ovqat berishdi. Kursdoshlari endigina yeb bo’lishgan ekan. Akmal ham tezda yeb bo’ldi. Xonada yarim yalang’och qizlar yigitlarni tizzasiga o’tirib olib nimanidir gaplashib o’tirishardi. Keyin telefon qilgan kursdoshiga menga “atalgani” qani deb so’radi. Kursdoshi tirjayib “ichkarida” deb ishora qildi. Akmal dadillik uchun yana aroq ichib oldi. Ichkari xonaga kirmoqchi edi kursdoshi to’xtatdi. “Hozir u band, vaqtli kelmading! Seni kutib turolmadi. Hozir chiqib qoladi” dedi. Akmal qizlarga qarab hayol surib o’tirardi. U oldingidek hayol surmasdi. Hozir o’zgargan. Aroq ichadi. Chekadi. Qizlar bilan “yuradi”. Onasini bergan tarbiyasini unutib bo’ldi hisobi. Ona tarbiya beribdiku, lekin irodasini tarbiya qilishni unutibdi. Shaytoni do’stlari uni yo’ldan adashtirishdi. Akmal charchagani uchun ko’zi yumila yumila boshladi. Ko’zi g’ira shira ko’rardi. Alohida xonani eshiki ochildi. Ichkaridan bir kursdoshi yalang’och qizni quchoqlab chiqib keldi. Akmalni uyqusi o’chdi. Qizni yuzini ko’rishga qiziqdi... Ko’rdi. Ko’rdiyu turgan joyidan qaytib o’tirib qoldi. “Nargiza” deb oxista pichirladi. Hamma narsa ko’zi oldidan tezda o’tdi. Ichgan arog’ini kayfi ham tarqadi. 5 soniya o’tirgan bo’lsa ham, bu u uchun uzoq edi. Nima bo’layotganini anglashga aqlli ojizlik qila boshladi. Nargiza ham qotib qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Akmalni kursdoshi hammon uni ko’tarib turibdi. U kulib: “Men bu bilan 6 oydan beri uchrashib yuraman” deb yonayotgan yog’ ustiga benzin sepdi. U bu qiz Akmalni jonajon singlisi ekanini qayoqdan bilsin. Akmal chiday olmadi. Stol ustida turgan pichoqni olib kursdoshi tomon yugurdi. Nargiza tushib, yerdan kiyimlarini olib qochdi. Akmal kursdoshini ko’kragiga pichoqni tiqib-tiqib oldi. “Senmi meni singlimni ifatini buzadigan” deb qo’ydi. Hamma yoq qon bo’lib ketdi. Hech kim nima bo’layotganini tushunmasdi. Nargiza ketib bo’lgan. O’rtada ko’zlari nafratga to’lgan, usti boshi qon bo’lgan Akmal qo’lida pichoq ushlab turibdi. Yerda esa kursdoshi jon bermoqda. Pichoq uni yuragiga sanchilgandi. Hech kim Akmalga yaqin yo’lashga botinolmasdi. Hamma qo’rqayotgandi. Akmal eshik tomon yurib: “Meni singlim bilan ham shunday ish qilasanlarmi?” deb ohista gapirib chiqib ketdi. Endi hamma nima bo’lganini tushunib yetdi. Akmal usti boshi qon ahvolda, qo’lida qonli pichoq bilan o’zi bilmagan tomonga qarab ketib borardi. Boshida turli hayollar. Turli o’ylar... Nomusini yoqotgan singlisi uchun or nomus qila boshladi. O’zini nomusini yangi yoqotgan qizchadek his qilardi. Mahallasiga qaytib borsa hamma uni ustidan kulib, ola qaraydigandek. U sharmanda bo’ldim dedi. U uchun hayot mazmuni bo’lgan singlisi fohisha bo’lib yetishibdi. Nahotki sezmadim deb takrorlardi. Shu zailda tongga qadar yurdi. Yurib yurib o’z uyiga kelib qolibdi. Qo’lida hamon pichoq turibdi. Uni hayoliga singlisini o’ldirish keldi. Bu sharmandalikdan, fohisha singlisidan uni murdasi afzal dedi. Eshikda qulf yo’q, demak singlisi uyga kelgan. Uyga kirdi. Uni onasi kutib oldi. Endigina kelgan ekan. Qo’lidagi sumkasini qo’ymagan ham. O’g’lini ahvolini ko’rib qo’lidagi sumka yerga tushib ketdi. Akmal onasiga qarab: “Ona siz meni usti boshimni ko’rib hayron qolib qo’rqib ketdingiza? Ha men odam o’ldirdim. Hozir odam o’ldirib kelyapman. Shuning uchun usti boshib shu ahvolda (Qo’lidagi pichoqni yerga zarb bilan urib sanchib qo’ydi). Ona agar siz hozir ichimni ham ko’rganingizda edi... qo’lingizdagi sumka emas, o’zingiz yerga tushib ketardingiz. Meni kechiring. Biz sharmanda bo’ldik (Bu payt ona yerga cho’kkalab o’tirib qolgandi). Onajon meni kechiring. Sizga munosib o’g’il bo’la olmadim. Oq sutingizni oqlay olmadim. Meni kechiring” dedi. Ona hamon bir nuqtaga tiklib o’tirardi. U nima bo’lganini endi endi anglab yetayotgandi. Uni o’g’li qotil bo’lgandi. Qo’li qonga belangandi. U nega bunday bo’lganini tushunmayotgandi. Gapirishga majoli ham yetmadi. Zo’rg’a qaltirab “nega?” deya oldi. Akmal eshikka suyangan holda: “Siz ish-ish deb bolalaringizni to’liq tarbiyasini esdan chiqardingiz. Siz bizga irodani o’rgatmadingiz. Nafs quli bo’lib, nima qilayotganimizni esdan chiqardik. Mana oqibati. Nargizaga e’tibor qilmay qo’ydingiz. U fohisha bo’lib ketibdi. Men uni ushlab oldim. (Ona tamom bo’ldi hisob, yuzidan rangi qochdi.) Siz meni kechiring. Ona men odam o’ldirdim. Meni endi qamashadi. Yana bir bor bergan oq sutingizga rozi bo’ling” dedi. Shu payt eshik taqillab, eshikdan Militsiya xodimlari kirib kelishdi. Akmalni qamoqxonaga olib ketishdi. Yerda qotib qolgan onaizor hamon tikilib o’tirardi. O’g’limni olib ketmanglar deb yig’lashga ham holi qolmagandi. Qancha vaqt o’tirdi bilmadi. Sal o’ziga kelib, o’rnidan turdi. Uy ichkarsiga tebrana tebrana keta boshladi. Ona ichkarida qo’lini tomirini kesib, o’lib yotgan qizi Nargizani murdasi borligini bilmasdi... bu zarbaga chiday olmadi. Eshik ostiga yiqildi... farzandlarini rohatini ko’raman degandi. Lekin u do’g’ini ko’rdi. Shu alamlar bir bo’lib ko’kragida qattiq o’g’riq bo’ldi. Qancha vaqtdir eshik ostida yotdi. Turg’azadigan o’g’li endi yo’q. Og’ziga suv tomizadigan qizi yo’q. Onada alam o’ti ko’kragida yondi. Allohdan qilgan gunohlari uchun kechirim so’radi. U qilgan xatolarini anglab yetishga ulgurmadi. Joni uzildi... Akmal qamoqxonada darchasidan kirayotgan yomg’ir tomchilarini yuziga tushishidan zavqlanardi. Yuzidan yomg’ir oqishi huddi uni onasi silayotgandek bo’lardi. Yuzidagi yomg’ir tomchilariga ko’z yoshlar hamrohlik qila boshlashdi. Bo’g’ziga bir nima tiqildi. O’kirib yig’lab yubordi. Yig’lab yerni urardi: “Neeeegaaaaa? Nega unday qilding. Ahir jonajonim endingku! Meni beg’uborim edinku!!! Men senga yomonlik qilmasdimku!!! Nega onamni ham olib ketding? Men yo’lg’iz qoldimku... P.S. Bir qaraganda hayotimizdagi oddiy holatdek ko’risnishi mumkin. Lekin birgina noto’g’ri qadam uchun 3 kishini umri zavol bo’ldi. Bu yerda kimni ayblash mumkin? Hamma har hil varyantni etishi mumkin. Kimdir akani odam o’ldirganlikda, agar u odam o’ldirmay, uyga singlisini ortidan kelganda singlisi o’lmasdi, o’zi qamalmasdi deyishi mumkin edi deydi. Kimdir singilni. Kimdir onani to’g’ri tarbiya bermaganlikda... hammani o’z fikri bor, o’z qarashi bor. Hozirda qizlarni ko’p iffatini saqlay olmay nafs quliga aylanishmoqda. Agar qizlar bu yo’lga kirmasa yigitlar hech narsa qila olmaydi... yigitlar ham nafsini tiyishi kerak edi. Bu yo’lga kirganlarda iroda yetishmaydi. Irodasi kuchli bo’lsa, sabrli, o’zini turli qiyishiq yo’llardan saqlay oladigan bo’lardi. Ona tarbiyasiga kelsak. Uni ayblash mushkul. Hamma ona farzandim yomon bo’lsin demaydi. Tuni kun farzandim boshqadan kam bo’lmasin deb yelib yuguradi. Shu orada tarbiya ham berishi kerak. Yosh bola xato qilsa onani ayblasak bo’ladi. Bola yoshlik qildi, ota-ona yahshi tarbiya bermabdi deya. Endi katta yigit kishiga, qizga bunday deb bo’ladimi? Uylantirsa, turmushga chiqarsa bolalik bo’lib, o’zini bolasiga tarbiya beradigan bo’lsa! Katta bo’lgandan keyin u o’ziga o’zi tarbiya berishi kerakmasmi? O’zi oq va qorani ajrata olish kerakmasmi? Kim aybdorligini topish kerakmasdir. Balki to’g’ri xulosa chiqarish kerakdir. Kimdir bu xatolarni takrorlamasligi uchun harakat qilish kerakdir. Kim biladi. Taqdir kimga nimalarni hozirlagan ekan... © Giyos@mail.ru
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 11:47 | Изох # 318 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Вой, ана бумасам...энди кизни хотираси хам йуколдими? Накадар дахшат...лолош, юрагим бошка дош беролмидику...((( Гиёс, сиз ёзган хикоядаги вокеалар, реал хаётда хам куп эшитгандим. Факатгина, астагфуруллох деб, узимизга керакли хулоса чикарсак булгани. Хеч кимми бошига тушмасин, илохим.
|
| |
| |
| miranda | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 13:59 | Изох # 319 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| Qayerdan boshlasam ekan bu dardli xikoyani boshini. Juda ko'p o'qiganman,ko'p eshitgan ta'sirli xikoyalarni, lek bunisi butunlay boshqacha... Cheka bir qishloqning cheka uyida. Dunyoga jar solip keldi go'zal bir qizcha. Qizcha go'zal kamchilik yo'q xusnda. Lekin afsus bu dunyo bir kam ekanda. Tabib aytdi bu qizaloqni yuragi xasta. Afsus kirolmaydi xatto ikki yoshga... Bu gaplarni eshitip ota onasi yig'lardi. Ertayu kech olloxga shifosini so'rardi. Qizcha esa hech nimani bilmay yotardi. Ota ona bag'rida bolalik gashtin surardi... Mana qizcha 2 ga xam kirdi. Mitti yuragi xayotda uchun kurashda yutdi. Qanday yashap keta oldi dep tabibni ensasi qotdi. Extimol bir nima bor qizda. Balki yashashni juda xoxlagandur mitti xasta yurakcha. Tabiblar xayratda axir bu yurak bilan yashash mumkun emasdida. Tabib aydi yana o'tkizip tekshiruvda. Baribir bu qiz kirolmaydi sakson yetmishga. Afsus arang boradi zo'rg'a 18 ga... Ota onasi bu gaplarga ishonmas edi. Tabibga meni qizim sog' kuchli derdi. Darxol tabib xuzuridan qizin olip ketdi. Va boshqa tabibga kelmaydigan bo'ldi. Qizcha bolalidan o'zgacha edi. Aql farosatda xammani lol qoldirardi. Uztozlari faxri, do'stlaring ishonchi edi. Cho'rtkesar dangal xaqiqatparvar edi. O'ynardi, kuylardi, xam i'stedodli shoira edi. Yuragi xasta bo'lsa xam yigitlarday jasur edi... Yilar o'tardi birin ketin. Bazida yuragi og'rirdi azob berip tanin. Lek u indamay jim yengardi. Qisqa umrim bilaman, ulgurip qolay dep shoshardi... O'tgan yillarda nimadur topdi nimadur yo'qotdi. Bu xasta yurak ex nimalarga chidadi. Yaqinidan ayrildi lek sinmadi. Xamma dardni kulip kulip yengardi nolimasdi. Xammani dardin olib kayfiyatlarin kutardi. Xuddi sog'lom odamday qizcha voyaga yetdi... Xamma o'ylardi o'shanda tabiblar adashdan. Axir bu qiz o'shandan beri og'rimagan. Yoki bu qiz ollox suygan peshanasi yarqiragan. Qizcha esa bor dardin yashirgan. Barcha dardlarini bir o'zi yenggan... Qizning orzulari osmon edi. U san'atkor bo'lmoqchi edi. Lekin xatto orzu qilishga xaqi yo'q edi. Doim negadur yolg'iz yurar edi. Buni bilmaganlar uni osmon qiz va xissiz der edi. Qizcha bilardi o'z dardin. Shu sabab og'ritkisi kelmasdi hech kim qalbin. Bazilar derdi bu qizmas farishta. Qani menga yor bo'lsa... Yaramaydi axir bu xasta yuragi sevishga. Derdi bekorga umid bergandan nima foyda? Axir yuragim xar vaqt to'xtap qolishi mumkunda xaqim yo'q baxtli bo'lishga. Shu sabab uncha munchasini ju'rati etmasdi xatto gapirishga. Undan ko'ra ulgurip qolay savobli ishga. Qizcha ko'mdi barcha orzularin. Undan ko'ra amalga oshiraman onam orzularin. Onasiga qarashdi mexnat qildi tinmayin. U armonlardan xam ilxomlanardi, qayg'ulariga bo'sh kelip yengilmayin. U barbir o'ynardi ashula aytardi lek faqat o'zi uchun. Essizgina iste'todi uvol bo'lmasmikin? Mana oradan o'n sakkiz yil xam o'tdi. Qizcha bu vaqtgacha ko'p ishlarga ulgurdi. Xayotda oz bo'lsa xam mufaqiyatga erishdi. Xamon yashamoqda xammasi yengdi. Xayotda o'z bo'lsada o'z o'rnini topdi. Aqli zakovati ila do'stlari mexrini qozondi. Tabiblar aytdi bu qiz buncha kuch irodani ayting qaydan topdi??? Demak tabiblar tashxisda aniq adashdi. Yoki bu qizni ollox siyladi yashab ketdi. Xasta yurak esa urishda davom etdi. Oradan yana to'rt yil o'tdi. Xammasi yaxshi edi bilmadim balki birdan ko'z tegdi. Qizchani yuragida negadur og'riq ortdi. Naxot tabib aytgan kun yaqinlashdi. Qizcha davom etar xayot mamot kurashin. Derdi xammasiga ulgurarnikinmin? Yo ollox yana ozgina vaqt bergin bergin... Shoshardi vaqt kam qolganin bilib. Urib tursada xasta yuragi ogrib. Kundan kunga ogriq borardi kuchayip. Qizcha taslim bo'lmasdi o'ziga ishonip... Naxot xammasi shunchalar oson tugaydi. Naxotki meni shu dard yengadi. Olloxim men juda yashagim kelyapdi. Men ketsam dunyo bo'shap qoladimi? Lekin ko'z yoshlarini artardi darov. Shukr qil dep o'zin so'kardi be ayov. Derdi endi ketsam xam armonim yo'q. Opa singilari xayotda o'rning topgan ulardan ko'nglim to'q. Do'slarimga yordam qildim demadim yo'q. Dard faryod qilmadim, dardlarga bunday so'ng xam yig'lagim yo'q. Dunyodan yolg'iz ketsam nima qipti. Orzulari armon bo'lgan bitta menmi??? Qisqa umri ko'z o'ngidan o'tardi. O'tkan umrin o'zicha taxlil qilardi. Qizning qisqa xayotidan ibrat olsa bo'lardi. Derdi insonlar vaqt qadriga yetarmikin? Yurak urip turganiga shukr qilarmikin? Mendan so'ng yashashni o'rganarmikin... Ming shukr oz bo'lsa xam dunyoni ko'rdim ollox. Sen o'zing bo'lding menga panox. Nolimayman gar nolisam bo'lur gunox. Men baxtliman, kuchliman biroq. O'lim va taqdir oldida inson ojiz naqadar ey vox... Yaralangan qush xamon parvoz etardi. Qizning xasta yuragi arang urip turardi. Uzur do'stlar xikoyani oxirini yozgim kemadi. Kim qanday tassavur qilsa xikoya shunday tugaydi. Faqat bir savol beraman nega y
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 14:00 | Изох # 320 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Giyosni hikoyasiga astag'furulloh deyman. lolosh tezroq tugating iltimos
Omad
|
| |
| |
| miranda | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 14:03 | Изох # 321 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| yaxshilar kam yashaydi? Yoki ular olloxga xam kerakmi? Shu yerda xikoyani tugatamiz. Bemor qizga olloxda shifo so'rap qolamiz. Xayot mamot kurashida yana g'olip bo'lishiga ishonamiz...Добавлено (17-Мар-2012, 13:03) --------------------------------------------- p.s voy oxirida nega uzilip yozildi yozganim uzur
|
| |
| |
| loloshechka | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 14:58 | Изох # 322 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| Miranda,ibratli hikoya ekan rahmat. Abror aka...xop-xop tugataman,lekin yana ozroq bor...
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 15:11 | Изох # 323 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat! Ijodilarga omad. loloshechka. Mittigina bu bolani bardoshiga qoyilman. . . . . . . . . . . . . . . . miranda ha aytganizcha bor! . . . . . . . . . . . . . . . Giyos barakalloh! Juda kerak ekan narsani yozibsiz.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 17:37 | Изох # 324 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Blin odam emas ekanu Layloni qaynonasi. Qo'ltig'idan osish kerak unaqalarni
Omad
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Шанба, 17-Мар-2012, 18:07 | Изох # 325 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Э вох, кичкинагина жуссанг билан бу кенг дунёга сигмаган болажон...(((
|
| |
| |