Бош сахифа » 2018 » Август » 2 » Каримов ширк даражасида улуғланмоқда!
00:44
Каримов ширк даражасида улуғланмоқда!

 Зиёратгохлардаги ширк амаллар ортида бизнесменлар турибдими тушунарсиз....балки яхши савдо бўлганига уларнинг манфаатдор химоячилари хам бордир деган савол туғилади. Акс холда нима учун бундай ширк амалларига бархам берилмас экан?

Сайтимиз мухлиси Шерзод яқиндагина Ал-Бухорий мажмуасида бўлиб  қайтар экан у ердаги хайратланарли воқеалар билан бўлишади:


Kuni kecha Samarqanddagi imom al-Buxoriy majmuasiga ziyoratga bordim. Hammayoqda qurilish ishlari, qandaydir katta oʻzgarishlar boʻlishga shay muhit. Ammo, hozirgi murojaatim bular haqida emas... 

Majmuaga kiraverishda qator savdo rastalari bor. Ularda turli sovgʻa-salomlar, suvenirlar, diniy va dunyoviy mavzudagi kitoblar va hokazolar sotiladi. Ana shu rastalarda sotilayotgan sovgʻalar orasida bir narsa "eʼtiborimni" tortdi. Turli oʻlchamdagi rasm qogʻozlarga rahmatli birinchi prezidentimiz Islom Karimovning suratlari joylashtirilgan, surat atrofida esa, Qurʼoni Karimdan ayrim suralar yozilgan. Ayrimlarida esa, oʻrtada Karimov surati, ikki yonida ikki maqbara: biri marhumning maqbaralari, biri al-Buxoriy maqbaralari. Va albatta kamida toʻrtta sura. "Suvenirlar" turli oʻlchamda devorga osib qoʻyish uchun maxsus tayyorlangan... Mening birinchi prezidentimizga boʻlgan hurmatim cheksiz. Ular qilgan ishlar tahsinga loyiq. Ammo, hech bir shaxsni suratini Qurʼoni Karim suralari bilan bir qatorda joylab boʻlmasligiga aqlim va farosatim yetadi. Oʻsha sotuvchilarga shu savol bilan murojaat qildim. Ular odamlarda ushbu suratlarni harid qilishga talab kuchli ekanligini aytishdi. Savdogarlar bu holatni hukmini hayollariga ham keltirishmagan.  Mutasaddilar qayoqqa qarashmoqda? Nahotki imom al-Buxoriy majmuasi imomi shu holatdan bexabar? Axir har kuni shu savdo rastalari orqali oʻz ish joyiga tashrif buyuradi. Bu koʻrganlarimning bir qismi. Majmua ichida ziyoratchilardan koʻra suratkashlar koʻp. Hamma kelgan "ziyoratchilar" maqbara (qabr) oldida tabassum ila suratga tushishmoqda! Oʻzi qabr oldida suratga tushish joizmi? Majmuaga kiraverishda ayollar uchun maxsus matolar roʻmol yoki "yubka" oʻrnida tarqatilmoqda. Oʻsmir, "zamonaviy" qizlar esa, oʻsha kiraverishda roʻmolni yoki "yubkani" oʻrab, ichkarida chiroyli surat uchun ularni yechib tashlashar ekan. Majmua oʻrtasida buloq va kichik hovuz joylashgan. Ilgari hovuzga odamlar niyat qilib tanga uloqtirishardi. Hozir esa undan ham battarroq, kichik kosmetik oynachalarni uloqtirishayotgan ekan. Hovuz tubi toʻla oyna. Bir paytlar shu suvda yashaydigan turli rangdagi chiroyli baliqlar endi yoʻq. Buloq boʻyida savdogar ayol paydo boʻlgan. U suv olishingiz uchun baklajka sotyapti. Muzey achinarli holatda... Hammayoq yoshlarning baqir-chaqiru kulgulari. Savdo rastalariga qaytsak. U yerda juda koʻp kulguli va ayni damda achinarli holatlar mujassam. Gapirsa gap koʻp. Elementar xatolar, diniy va dunyoviy savodsizlik... Musulmonlar idorasi va turizmga maʼsullar qayerdasiz? 

P/S Karimov va muqaddas suralar tushirilgan devoriy suratlar sobiq prezidentimiz qabrlari yonida va Samarqandning boshqa koʻzga koʻringan qadamjolarida bemalol sotilmoqda.

Шерзод 

Бўлим: Baxs| Tanqid | Janjal | Кўрилган: 4665 | Чоп этди: Sayyod

Нравится
Барча изохлар: 0
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *: Email(шартмас):
Код *:
Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!