Ucell 27.04.2012 dan boshlab Facebook tarmog’idan trafik cheklovisiz, bepul foydalanish imkonini beradigan “0.Facebook” xizmatini barcha Prepaid tizimidagi abonentlar uchun taqdim etadi.
O’zbekistonda birinchi bo’lib taqdim etilayotgan “0.Facebook” xizmati orqalik, Ucell abonentlari mashxur Facebook ijtimoiy tarmog’ining nol (yengil) variantidan trafik haqida qayg’urmasdan, bepul foydalanishlari mumkin. Facebook yengil varianti yordamida ishlatayotgan trafik haqida qayg’urmasdan yangiliklar o’qish, mulohazalar bildirish, do’stlaringiz profilini ko’rish va do’stlaringiz bilan hat almashishingiz mumkin.
Farrux malumot uchun raxmat. bu xizmatni yoqish keremi yo shartmasmi? undan tashqari bu xizmat faqat mobil versiyala uchunmi yo to'liq versiyala uchun ham amal qiladimi? Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
Xizmatga ulanishiz shart emas! Shunchaki mobil telefonizda quyidagi internet manzillaridan birini terishiz kere va sizga Facebook tarmog’ining bepul versiyasi taqdim etiladi: 0.facebook.com o.facebook.com O.facebook.com zero.facebook.com
Facebook tarmog’ining nol-versiyasi orqali saytning barcha standart xizmatlaridan foydalana olishingiz mumkin:
* Statusni yangilash; * Yangiliklarini o’qish; * Maqolalar, do'stlar statusi va guruh mulohazalarida qatnashish; * Do’stlaringiz va guruhlar devorida o’z mulohazangizni qoldirish; * Xatlar qabul qilish va yuborish.
Tarmoqning nol-versiyasi faqatgina matnli ma’lumotlarni o'z ichiga oladi. Multimedia servislariga (rasmlar, videolar va boshqa saytlar havolalariga) murojaat etilgan holatda abonent “0.Facebook” xizmati hududini tark etadi va keyingi foydalanilgan trafik amaldagi tarif rejasiga binoan narxlanadi. Bunday holatlarda tizim sizni bepul xizmat hududini tark etayotganingiz haqida ogohlantiradi.
Xizmat shartlari:
* Xizmat faqatgina mobil telefon ishlab chiqaruvchisi tomonidan o'rnatilgan brauzer orqali ishlaydi. E’tibor bering! Abonent boshqa brauzerlarni o'rnatib (masalan, Opera Mini), yoki Facebook dasturlari orqali, yo bo'lmasa shaxsiy kompyuter orqali xizmatdan foydalangan holda, Ucell xizmat bepul ishlashiga kafolat bermaydi;
--------------------------------------------- Ucell 30.04.2012 dan boshlab barcha Prepaid tizimidagi abonentlari uchun “0.VKontakte” xizmatini taqdim etadi.
O’zbekistonda birinchi bo'lib, Ucell abonentlari mashhur VKontakte ijtimoiy tarmog'ining soddalashtirilgan (nol) versiyasidan “0.VKontakte” xizmati orqali bepul foydalanishlari mumkin. VKontaktening soddalashtirilgan versiyasi yordamida Internetdan foydalanishda sarf bo'ladigan trafik haqida o'ylab ham o'tirmasdan istalgancha yangiliklarni o’qish, mulohazalar bildirish, do’stlar statusi va profilini ko’rish hamda barcha VKontakte foydalanuvchilari bilan xabarlar almashish mumkin.
Endi atigi $0.05 ulanish va abonent to’lovi narxiga, siz mashxur “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog’ining mobil versiyasidan va “Mail.ru Agent” mobil dasturidan trafik cheklovisiz foydalanashingiz mumkin.
PerfectumMobile uyali a'loqa kompaniyasi «Время говорить!» tarif rejasida aksiya e'lon qiladi. Unga ko'ra telefon sotib olgan abonentlarga «Время говорить!» («So'zlashuv davri») tarif rejasi xar oy abonent to'lovi 15 $ lik maxsus chegirma bilan taqdim etiladi. Abonent to'loviga maxsus chegirma 2013 yil 30 aprelgacha amal qiladi. (Ushbu tarifda chiqish qo'ng'iroqlari uchun xar oy 6000 bepul daqiqa beriladi)
Aksiya 2012 yil 1-maydan 2012 yil 31-maygacha davom etadi.
P.S Jamoat tarmoqlari: Odnoklassniki, Mail.ru uchun kunlik abonent to'lovini va undan cheksiz foydalanish kabi xizmatlar tobora kengayib bormoqda. Lekin shu paytgacha etilmagan xaqiqatni etmoqchiman. Ya'ni ushbu tarmoqlardan cheksiz foydalanish uchun siz opera minidan emas, balki telefoningizning o'zini brauzeridan foydalanishingiz kerak, hamda ulanish wap bo'yicha bo'lishi kerak.
O'zbekistonning birinchi CDMA uyali a'loqa kompaniyasi PerfectumMobile o'z abonentlarini yaxshi yangilik bilan yana hursand qildi. Yangi «Безлимитный» tarif rejasi: Abonent to'lovi oyiga 40 $ O'zbekiston bo'yicha chiqish qo'ng'iroqlari daqiqasi 0 $ Tarmoq ichidagi chiqish qo'ng'iroqlari daqiqasi 0 $ O'zbekiston bo'yicha 1 sms narxi 0 $ Kirish qo'ng'iroqlari 0 $ Mobil internet va WAP hizmatlari narxi 1 MB uchun 0 $
Boshqa tarifdan ushbu tarif rejasiga o'tish bepul.
2012 yil 7 maydan «Ishonchli to’lov» xizmatidan SMS-xabar orqali ham foydalanish mumkin
«Ishonchli to’lov» xizmatidan abonentlar hisobida mablag’ bo’lmagan taqdirda ham foydalanishlari mumkin. Xizmatni aktivlashtirish uchun mobil telefondan *111*32# USSD-komandasini y’oki 616320 raqamiga 1ni SMS-xabar orqali yuborish kerak. Shundan so’ng abonent quyidagi SMS-xabarlarni oladi
МТС Ўзбекистон компанияси абонентларга бепул антивирусни тақдим этади
Кеча 11-май куни МТС Ўзбекистон компанияси янги "МТС-Антивирус" автомат хизматини тақдим этиши тўғрисида эълон қилди.
"МТС-Антивирус" телефон ёки ноутбукни (МТС-модем орқали Интернетга уланганда) зарарли дастурлардан ҳимоя қилади. Потенциал хавфли ресурсга киришга уринганингизда (хавфли веб манзил терилганда) қуйидаги огоҳлантиришни оласиз:
ўзбек тилида: “Mazkur resurs viruslarga ega, shu sababli MTS-O’zbekiston ushbu resursga kirmaslikni tavsiya qiladi. Davom etasizmi?”
рус тилида: “Данный ресурс может содержать вирусы, в связи с чем МТС-Узбекистан рекомендует Вам отказаться от его посещения. Все равно продолжить?”
Агар сиз ресурсга ишонсангиз ва огоҳлантиришга қарамасдан шу сайтга ўтмоқчи бўлсангиз, “ОК” тугмачасини босишингиз ва шу сайтга ўтишингиз мумкин.
Сервис алоҳида активацияни талаб қилмайди ва МТС-Ўзбекистоннинг барча абонентлари – MMS/WAP/GPRS-Internet хизмати фойдаланувчилари учун автомат тарзда очиқ.
"МТС-Антивирус" хизматидандан фойдаланиш мутлақо бепул (0 $)
-"МТС-Антивирус" wap- ва https-манзилли саҳифаларни кўришда амал қилмайди. -"МТС-Антивирус" трафикка Opera Mini браузери орқали ишлов берилганида амал қилмайди.
Gmail SMS MTS-O’zbekiston Google bilan hamkorlikda Gmail SMS servisini taqdim etadi.
Endi siz hatto do’stlaringiz Gmail chatda onlayn bo’lishmasa ham, ular bilan muloqot qilishingiz mumkin. Gmail chat yordamida telefoningizda saqlangan raqamlarga SMS yuborishingiz mumkin.
Google Gmail chatidan foydalanib, do’stlaringizning raqamlariga bepul xabarlar yuborishingiz mumkin. O’z navbatida, sizning do’stlaringiz MTS-O’zbekiston abonenti sifatida ushbu xabarlarni o’z telefonlariga SMS ko’rinishida bepul qabul qilishadi.
Gmail SMS xizmati yordamida MTS-O’zbekiston abonentlari qabul qilingan xabarlarga SMS orqali javob berish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
MTS-O’zbekiston abonentlariga bu odatiy SMS yozishish ko’rinishida bo’ladi.
O’z navbatida, Gmaildan foydalanuvchilarga bu odatiy Gmail chatda muloqot qilishday ko’rinadi. Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
UCELL "UNLIMITED" tarifida O'zbekiston bo'yicha barcha qo'ng'iroqla CHEKSIZ dib chiqarib endi 25-maydan O’zbekiston bo’yicha chiqish qo’ng’iroqlari uchun 150 daqiqalik chegirma qo'yishdi(((( Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
Ucell kompaniyasi Billing tizimiga o'tayotganligi sababli. Xizmatlarni o'chirish va yoqish hamda internet sms, mms paketlarini sotib olish imkoniyati yo'q. yoqilgan xizmatlar avvalgiday ishlayveradi. Kompaniya 25-maydan 31-maygacha deb xabar bergan edi o'zining saytida, bugun esa 5-iyun haliyam o'sha ahvol. ayrim abonentlarni hisoblarida pul mablag'lari bo'lsa ham vaqtincha kompaniya tomonidan raqam faoliyati to'xtatib qo'yish hollari ham uchramoqda. internet Paket olishga urungan abonentlar esa qiynalib paket sotib ololmayapti. Agar bu hol yana davom etsa Ucell kompaniyasi abonentlari bir necha minga qisqarishi mumkin.
Вниманию абонентов MTC! В связи c предписанием Узбекского Агентства Связи и Информатизации оказание услуг сети подвижной услуг сотовой связи будет приостановлено сроком на 10 рабочих дней с 18:00 часов 17.07.2012 года.
Добавлено (19-Июл-2012, 17:25) --------------------------------------------- kim biladi ucell i beelinedan goodokga bitta ashula judayaaam kere topomayamman......... (((((((( kodini qatdan bilsa bo'ladi????????????
Хорошо, что есть время, расстояние и трудности.. Порой, именно они дают понять кто Любит, кто Дружит, а кто.. не так уж и нужен...
Muhokamani to'xtatishilarni so'rardim. Bek88 E'tirozlarni yuborish uchun LS degan narsa o'ylab topilgan. (Ushandan foydalanish mumkin. Hamma foydalanuvchilarda yoqilgan. Abonent to'lovisiz. Kiruvchi va chiqivchi LS lar mutlaqo bepul.) Sog' salomatlik...