Assalomu alaykum. Avvalo, hurmat-izzat uchun tashakkur qadrdonim Parvina. Mendagi shukronalik qay darajadaligini bilguvchi Rabbim,sifatimni ta'riflashda sizni yolg'onchi qilmasin degan umidda, o'zimni qalbimning shukrona elchisi deb nomlay qolay. Bilmasdan gunohkor bo'lib qolmasligimiz uchun shunisi maqulroq.)Добавлено (10-Ноя-2014, 16:06)
---------------------------------------------
Shukronalik-iymon bezagi,
Umidvor qalblarning tin-halovati.
Kalitdir Jannatga, saodatga,
Rozi bo'lmoqdir Alloh hukmiga!
Olis mashaqqatli safardan keyin,
Najotdir manguga daxldor ruhga.
Allohga hamd bolsin yaratganiga!
Добавлено (10-Ноя-2014, 16:17)
---------------------------------------------
Shabnam tomchisi musaffo tongdan,
Umidvor jivirlar bomdodga uygotib o't-o'lanlarni
Ka'basi-zaminga singar so'ng, mamnun nur emib...
Rozidir saharda bir lahza yilt etib yashaganiga!
O, Rabbim bir tomchi shabnamcha bo'lomas bandang...
Najot ber, shaytonning makriga uchrab har tongni,
Allalab o'zini, g'aflatdan dong qotgan bandalaringga!
Добавлено (10-Ноя-2014, 16:38)
---------------------------------------------
Shukronalik Allohning taqdim etganiga, yaratganiga, ataganiga, ,...hamma hammasiga rozi bo'lishdir. Bizni Odam alayhissalom qavmidan,( momo Havvo toifasidan), Muhammad sav izdoshlaridan qilib yaratgani va bizni bu dunyoga keltirib sinovlariga loyiq ko'rgani uchun hamdu -sanolar bo'lsin.
Yaratganning oldida ojizligimizni his qilishimiz bilan qalblarimiz yumshab shukur,Alhamdulillah, deymiz. Qalbimizga halovat yuguradi, o'zimizni sokin va Uning himoyasida sezamiz. Bundan ko'ra shukuhli, farahbahsh hislar bo'lishi mumkinmi?!
Sajda qilamiz qalblarimiz kengaygandek, aqlimiz esa charxlanganday ,ruhimiz yengil tortadi, tanamizning yengilligidan esa uni deyarli his etmaymiz. Bu sokin halovat shukronaligimizning bu dunyoda olgan mukofoti bolsa ne ajab?!
InshaAlloh, shukronalik uchun bizlarga Allohim chin dunyoda ham o'zining mukofotlarini taxlab qo'yganiga umid qilamiz.
Добавлено (10-Ноя-2014, 16:57)
---------------------------------------------
Men uchun bu dunyoda abadiy narsani o'zi yog-u, avlodlardan avlodlarga qoladigan meroslardan yasashim kerak bolganda kop narsalar taqdim qilishim mumkin. Masalan, oltindan turli qimmatbaho toshlar bilan bezab kapalak shaklida bilakuzuk yasagan bolardim. Chunki hamma odamlar boylikka qiziqadi, bu sa'nat asari o'ziga tortib qo'liga olib qarardi va shunda men kichkina harflarda yozgan "qolingni band qilma, dunyo o'tkinchi", deb yozib qoyganimni oqib o'ylanib qolishadi
Bilakuzukni chetdan tomosha qiladiganlarga esa, kapalakning umridan qiyos olinglar, degan ma'noda ham boladi.))
Yana, bizlarga ajdodlarimizdan meros bolib kelayotgan beshik va lavh ustidagi kitobni biror bardoshli materialdan yasab qoldirgan bolardim. Buni izohi esa:Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
Meni avlodlarimizga qoldiradigan narsalarim kop :P
Добавлено (10-Ноя-2014, 17:24)
---------------------------------------------
O'zbek adabiyoti shundog'am jar yoqasiga kelib qolgan...
Men kitob chiqarmay qo'ya qolay, bira to'la jarga qulab ketmasin Qarg'ishdan qorqaman, uvoliga qolmay,deymanda )))
Hozirgi ozbek adabiyotida son bor, sifat yo'q.
Bu mening shaxsiy fikrim. Yana bilmadim, kimga qanday..
Добавлено (10-Ноя-2014, 17:31)
---------------------------------------------
Qo'lingizga bitta kitob olsangiz xatolar g'ij-g'ij, hatto darsliklarda ham shu ahvol. Hamma har kalla, kallasiga nima kelsa , kelganini qilayapti. Hamma sohadagi kabi adabiyotda ham tizimsizlik vujudga kelgan,muvozanat buzulgan....
Yaxshiyam adabiyotchi emasman.)
Xullas, gapirsa gap ko'p.
Keyingi savolga javob. Oxirgi marta
Kogondagi Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratiga borgandik.
Добавлено (10-Ноя-2014, 17:34)
---------------------------------------------
Oy,quyosh,yulduzlar Allohning yaratgan mo'jizalari. Siri bizga malum emas, qiziqmaymiz ham...
Bizga anglatganlaridan boshqasiga ojizmiz.
Добавлено (10-Ноя-2014, 17:53)
---------------------------------------------
Namoz bu beqiyos ilm. Namozning fazilatlari ham shu jumladan cheksiz ajru savoblardan iboratdir. Bu haqda soatlab yozish mumkin...
Namoz bu hujjatimiz. Qiyomatda hisob kitob avvalo namozlarimizdan,shundan o'ta olsakgina keyin boshqa amallarimizdan boladi...
Amal bor, hisob yoq shuni uchun bu dunyomizni sinov, deb ataymiz. Qiyomatda amal yoq, hisob bor . Har ikki dunyodayam bizni asraguvchi xaloskorimiz-namoz.
"Tog'ri o'qiladigan namoz, insonni fahshadan ( chirkin,iflos,man qilingan narsalardan) asraydi" Ankobut surasi. 45- oyati karima.
Добавлено (10-Ноя-2014, 18:04)
---------------------------------------------
Besh vaqt namozimizni jami atigi 40 rakaat. 17ta farz,3 ta vojib, 20 tasi sunnat. Bir kunda nari borsa hammasi uchun 40 minut vaqtimiz ketar...
O'qilgan namozlar bizni nusratga yetkazar.
Qabr azobida o'qilmagan namoz uchun ham ruh, ham tana azobi bor, deyiladi. Allohim barchamizni namozlarimizda qoyyim qilsin. Dahshatli qabr va do'zax azoblaridan O'z panohida asrasin.
Добавлено (10-Ноя-2014, 18:17)
---------------------------------------------
Baxt formulasi.
Allohning roziligi ruhiy xotirjamlik soglik oila davrasi o'zi yoqtirgan faoliyat bilan shugullanish
Добавлено (10-Ноя-2014, 18:54)
---------------------------------------------
Parvina, murakkab savollar tuzishda sizga yetadigani yoq. O'ylaganlarimni qisman bolsa-da , javob tariqasida yetkaza oldim, deb o'ylayman)
Savollarga javoblarni shosha -pisha yozdim. Xatolari bolsa uzr so'rayman.