menu
person
[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Модератор форума: SarVario, Giyos, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Спорт ва Соғлиқ » Жисмоний спорт » Sport yulduzlari (Barcha turdagi futbol yulduzlari haqida ma'lumot)
Sport yulduzlari
DilnozaСана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 02:27 | Изох # 26
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Oldingilardan. Bitta Ronaldo degani bor edi. Brazilya komandasida 9 raqamda òynardi. Óshayam zòr. Boksdan Mayk Tayson, boy bez pravilga Fyoder Emelyanenko zòr. Shu ikkalasi kuchli. Tayson musulmon bòlib ismini Abdulaziz qòygan))

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
VokhidСана: Чоршанба, 31-Авг-2011, 03:39 | Изох # 27
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 192
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 128
Холати: Хозир йўқ
Бу ерда почти хамма Футболистлар хакида ёзибдию) если честно битта хам футболистни фанати эмасман номини эшитганман аммо узини танимайма факат Кристиан Роналдони рекламада курганман))
Менга Майкл Джордан жуда ёкади, дунё буйтча энг чиройли данклар сохиби. айни дамда Джордан Lakers жамоасида уйнаб келмокда
 
DilnozaСана: Чоршанба, 31-Авг-2011, 04:25 | Изох # 28
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Messi degan futbalistni zòr deyishadi.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
VokhidСана: Чоршанба, 31-Авг-2011, 20:13 | Изох # 29
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 192
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 128
Холати: Хозир йўқ
David Belle (Давид Белль) Удивительный спортсмен, паркур спорт турини яратган, актер и каскадер.1973-йил тугилган..
Паркур куча спорт тури яратилганига унча куп булмади аммо Бутун дунё ёшлари орасида жуда машхур булиб кетган. Куп кинолар олинди шулардан энг машхурлари 13-й район ва Ямакаси.
 
DilnozaСана: Сешанба, 22-Ноя-2011, 19:18 | Изох # 30
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Gonkada Shumaxer degani bor. Ko'zim sluchayna gonkaga tushsayam doim shu ism bo'ladi.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
FCPakhtakorСана: Чоршанба, 23-Ноя-2011, 10:09 | Изох # 31
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 99
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 103
Холати: Хозир йўқ
Aleksandr Geynrixsiz O'zbekiston terma jamoasini tasavvur qilish qiyin bosa kere
 
MARAT_89Сана: Жума-муборак кун!, 06-Янв-2012, 06:06 | Изох # 32
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
frenk lampard va dide drogbalar ( fc.chelsea )

Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
 
ClimbeRСана: Шанба, 07-Янв-2012, 08:50 | Изох # 33
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
Andres Inyesta
Xavi
Puyol
David Villa
Frenk Lamperd


chelsea chempion...
 
FC_PAXTAKORСана: Шанба, 07-Янв-2012, 10:49 | Изох # 34
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
O'zbekistonda Ravshan Ermatov. Eh Xojiboy Tojiboyev ko'rmay kettida.

Omad
 
fanatСана: Шанба, 14-Янв-2012, 14:52 | Изох # 35
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 10
Холати: Хозир йўқ
Машхур фудболчилар хакида маълумотлар улар буш вактида нима билан шугулланишади хаммаси Фанатдан

Добавлено (14-Янв-2012, 13:41)
---------------------------------------------
Тўпурарлар: 21 - Криштиану
Роналду (Реал Мадрид), 17 -
Лионель Месси (Барселона), 13 -
Гонсало Игуаин (Реал Мадрид)

Добавлено (14-Янв-2012, 13:49)
---------------------------------------------
Ман Юнайтед хакида

Newton Heath paytida, klub
formasining ranglari sariq va
yashil edi. Bu chiziq 1990-yilga
kelib, klubning 100 yilligiga
nishona tarzida, formaning
komplektiga qo'shilgan. MYU
ning eng nomdor uy formasi qizil
futbolka, oq shorti va qora
paypoq hisoblanadi. Mehmondagi
kiyimi odatda oq futbolka, qora
shorti va oq paypoqdir. Klubning
uchinchi, butunlay ko'k rangdagi
kiyimi ham mavjud, lekin klub
shuningdek, butunlay qora
rangdagi kiyimini ham ishlatadi.
Ammo 1995-96- yilgi mavsum
davomida bir marotaba kulrang
kiyim kiygan. Bu kiyimini kiyib,
MU g'alabaga erisha olmagach,
klub mazkur rangdagi kiyimdan
voz kechgan. Southamptonga
qarshi o'yinda birinchi taymning
o'zidayoq MU 3-0 hisobida ortda
qolayotgan edi, ammo ko'k va oq
rangli kiyimga
almashtirishgandan so'ng,
yakuniy hisob 3-1 bo'ldi .
O'yinchilarning fikricha,
kulrangdagi kiyim ko'rimsiz
bo'lgan, va o'ziga yarasha
omadsiz natijalarga yetaklagan.
Hozirgi paytda ularning
futbolkalarida bosh homiy AON
va Nikening ramzlari oq rangda
ifodalangan. Kiyimning old
yuqori chap qismida Manchester
Unitedning ramzi, o'ng qismida
Nike savdo belgisi va past chap
qismida esa, "The Red
Devils" (Qizil Iblislar) yozuvi
joylashtirilgan. Orqa qismida
o'yinchining ismi va raqami oq
rangda va qora chiziq bilan
o'ralgan . Raqamning tepa va past
qismida "qizil iblis" ramzi va
"MUFC" so'zi oq rangda va qora
rangli chiziqda yuritilgan. Shorti
oq va qora rangda, getr esa faqat
qora rangdan iborat. Kiyim
maxsus Nike Dri-FIT
materialidan ishlangan bo'lib, u
o'yinchilar uchun juda ham
qulaydir. Havoni yaxshi o'tkazadi
va bu o'yinchilar o'zlarini yaxshi
his qilishlariga zamin yaratadi.
Klub ushbu kiyimini ilk bor
2007/08-mavsum oldi "Urava Red
Daymonds" klubi bilan bo'lgan
o'rtoqlik uchrashuvida kiyib
chiqdi.
Manchester Unitedning ramziga
bir necha marotaba
o'zgartirishlar kiritilgan, ammo
ohirgi shakli bugungi kundagidek.
Ramz Manchester shahrining
emblemasidan kelib chiqqan.
Ramzdagi Iblis ifodasi klubning
"Qizil Iblislar " tahallusidan
olinga. Mazkur ramz fikri 60-
yillardan keyin Sir Matt Busby
tomonidan ilgari surilgan. 1960-
yillarning ohirida iblis siymosi
klubning dasturiga kiritiladi va
faqatgina 1970-yillarga kelib MU
ramziga kiritilgan.1998- yilda
ramz qaytatdan loyihalashtirildi.

Добавлено (14-Янв-2012, 13:51)
---------------------------------------------
Murabbiy Atkinson o'z
vazifasidan ozod etilganidan
so'ng, 1986-yil , 6-noyabrda Alex
Ferguson Aberdeen klubidan
taklif etildi. United 19-o 'rinda
borayotgan edi, lekin Ferguson
mavsumni 11-o 'rinda
yakunlashga muvaffaq bo'ldi .
O'sha yozda Ferguson bir qancha
mashhur o'yinchilar , Viv
Anderson, Brian McClair, Steve
Bruce va Jim Leightonlar bilan
shartnoma imzoladi. 1988/89- yilgi
mavsumda United omadsiz
o'yinlar seriyasini davom ettirib,
mavsumni 11-o 'rin bilan
yakunladi. Ferguson bir qancha
yosh o'yinchilar bilan tanishishni
boshladi va Gary Pallister, Paul
Ince va Danny Wallace kabi
o'yinchilarni sotib oldi. United
azaliy raqibi bo'lmish
Manchester Cityga 5-1 hisobida
yutqizgach, Ferguson tanqid
ostiga olindi. 1990-yil, yanvar
oyida United 20 ta klub orasida
15-o' rinda borayotgan edi,
Ferguson deyarli lavozimidan
ozod etilmoqchi bo'lib turganda,
u Unitedni g'alaba sari boshladi
va Angliya Kubogini yutib,
tanqidlarga chek qo'ydi va klub
tarihida omadli davr boshlandi.
Ligani 13-o'rinda yakunlash
albatta fanatlar ko'nglini hira
qildi, lekin keyingi mavsumda
kutilgan o'rinni egallaydi degan
ishonch yuqori edi. Navbatdagi
mavsumda, United ligani 6-o 'rin
bilan yakunladi va Angliya
Kubogida ham 5-davradan
bahslarni to'htatdi. Lekin
Rotterdamda Evropa Kubog
Egalari Kubogining Barcelonaga
qarshi uchrashuvida Mark
Hughes sobiq jamoadoshlari
darvozasiga 2 ta top yo'llab, MU
g'alabasini ta'minladi, 2-1 . Ular
Liga Kubogi bahslarida ham
finalgacha yetib kelib, Ikkinchi
Divizion vakili Sheffield
Wednesdeyga yutqazib ikkinchi
o'rin sohibi bo'lishdi. Keyingi
mavsumda Nottingham Forest
klubini mag'lub etib Liga Kubogini
qo'lga kiritdi. Premyer Ligada
esa Leedsdan keyin ikkinchi
o'rinni egalladi va hattoki
Angliya kubogini yutib oldi.
1991-92-yilgi mavsumda 18 yoshli
Ryan Giggs va darvozabon Peter
Schmeichel jamoaga taklif etildi.

Добавлено (14-Янв-2012, 13:52)
---------------------------------------------
"Manchester United "ning Buyuk
tarixi
Manchester United hikoyasi 1878
yilda, Lankashir va Yorkshir
Temiryo'llari va Vagon Zavodi
ishchilari korxona egalaridan
futbol jamoasi tashkil etish uchun
ruxsat va homiylik so'ragan
kunidan boshlandi. Ruxsat berildi
va Newton Heath LYT
("Lankashir va Yorkshir
Temiryo'llari" homiyligidagi)
klubi dunyoga keldi. U 1885-yilda
professional futbol klubi
darajasiga yetdi va "Manchester
Senior Kubogi" o'yinlarining
finaligacha yetib keldi, keyingi
yili esa anu shu Kubokni qo'lga
kiritdi, bu Manchesterning ilk
unvoni edi. Klub Manchester
United nomiga 1902-yilda
o'zgartirildi . Ularning asosiy
raqibi Ardwick edi (keyinroq
Manchester City nomi bilan
yuritildi). Klubning taqdiri ko'pga
cho'zilmadi va 1902-yilda
bankrot deb e'lon qilindi. Faqat
himoyachi Harry Staffordning
urinishlarigina klubni saqlab
qoldi. Uning mahalliy pivo zavodi
egasi John Davies bilan
uchrashuvi omadli bo'ldi va
natijada Davies klubni sotib oldi.
U klubni hamma qarzlaridan
to'laqonli ravishda ozod etdi va
Manchester United uchun yangi
davrga asos soldi. 1902-yilning
oxirlarida direktor Louis Rocca
taklifi bilan klub Manchester
United nomiga o'zgartirildi . 1903-
yilda klub Unitedning katta
yutuqlarga erishishiga sabab
bo'lgan o'zining haqiy va munosib
murabbiyi Ernest Mangnallga ega
bo'ldi. Tez orada ular o'zlarining
ajoyib o'yinlari bilan nomdor
bo'lishdi. Mangnall Manchester
Cityning sobiq o'yinchilaridan bir
nechtalari bilan shartnoma
imzolashni o'z zimmasiga oldi,
ularning ichida o'sha kunning
buyuk o'yinchilaridan biri Billy
Meredith ham bor edi. Meredith
jamoani yutuqlar sari boshlashda
davom etdi va ular ilk marta Liga
sovrinini va bir yildan keyin
Bristol Cityga qarshi
uchrashuvda g'alaba qozonib
Angliya Kubogini ham qo'lga
kiritishdi. 1910-yilda John Henry
Daviesga hayrihohlik bildirib,
klub Bank Streetdagi o'z
maydonidan Old Trafford
o'yingohiga ko'chib o'tdi.

 
Anv@rbekСана: Шанба, 14-Янв-2012, 14:54 | Изох # 36
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Boshqa saytlardan ma'lumotlar tayyor holida kopirovat qilinganida manba ko'rsatilishi shart!


 
fanatСана: Шанба, 14-Янв-2012, 14:58 | Изох # 37
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 10
Холати: Хозир йўқ
Барселона футбол клубинин эришган ютуклари
Испания премьероси : 1929, 1945, 1948, 1949, 1952, 1953, 1959, 1960, 1974, 1985, 1991, 1992, 1993, 1994, 1998, 1999, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011
Испания кубоги : 1910, 1912, 1913, 1920, 1922, 1925, 1926, 1928, 1942, 1951, 1952, 1953, 1957, 1959, 1963, 1968, 1971, 1978, 1981, 1983, 1988, 1990, 1997, 1998, 2009
Кубок эгалари кубоги : 1979, 1982, 1989, 1997
Испания суперкубоги : 2006, 2007, 2010, 2011
УЕФА Чемпионлар лигаси : 1992, 2006, 2009, 201
УЕФА Кубоги : 1958, 1960, 1966
УЕФА Суперкубоги : 1993, 1998, 2011
Клублар ўртасидаги ЖЧ : 2010


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Шанба, 14-Янв-2012, 15:00
 
FarruxСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:03 | Изох # 38
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 76
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 332
Холати: Хозир йўқ
Quote (fanat)
Клублар ўртасидаги ЖЧ : 2010

2011-yil ham


 
Real_MadridСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:09 | Изох # 39
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 146
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 279
Холати: Хозир йўқ
Реал Мадрид жамосининг эришган ютуқлари

- Клублар ўртасидаги ЖЧ : 1961, 1999, 2003

- Испания кубоги : 1905, 1906, 1907, 1908, 1917, 1934, 1936, 1946, 1947, 1962, 1970, 1974, 1975, 1980, 1982, 1989, 1993, 2011

- Испания премьероси : 1932, 1933, 1954, 1955, 1957, 1958, 1961, 1962, 1963, 1964, 1965, 1967, 1968, 1969, 1972, 1975, 1976, 1978, 1979, 1980, 1986, 1987, 1988, 1989, 1990, 1995, 1997, 2001, 2003, 2007,

- УЕФА Кубоги : 1985, 1986

- УЕФА Чемпионлар лигаси : 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002

- Испания суперкубоги : 2002, 2004, 2009

- УЕФА Суперкубоги : 2003

Добавлено (14-Янв-2012, 14:09)
---------------------------------------------
ma`lumot fk.uz dan

 
fanatСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:09 | Изох # 40
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 10
Холати: Хозир йўқ
Ди Мария «Мальорка» га қарши
ўйинда майдонга тушмайди
Мадриднинг "Реал" клуби ярим
ҳимоячиси Анхель ди Мария
мамлакат чемпионатининг 19-туридан
ўрин олган "Мальорка" билан
бўладиган ўйинда майдонга туша
олмайди.
Эслатиб ўтамиз, футболчи 31 куни
машғулотлар пайтида сонидан
жароҳат олган эди.
Аслида, ди Мария умумий гуруҳда
шуғулланишни бошлаган, бироқ
жамоа бош мураббийи Жозе Моуриньо
уни Испания кубоги доирасидаги
"Барселона"га қарши ўйинда майдонга
туширишни мўлжаллаган.
 
FarruxСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:24 | Изох # 41
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 76
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 332
Холати: Хозир йўқ
fanat, Telefondan kopy paste qivotganda enterlarni olib tashlab qo'yin!
Bir necha bor bu haqda gapirilgan bo'lsa ham lekin ahamiyat bermayapsiz.


 
fanatСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:31 | Изох # 42
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 20
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 10
Холати: Хозир йўқ
шу шартми
 
Anv@rbekСана: Шанба, 14-Янв-2012, 15:36 | Изох # 43
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
Quote (fanat)
шу шартми

- xa shart



 
FC_PAXTAKORСана: Шанба, 14-Янв-2012, 16:17 | Изох # 44
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Bu yerda endi Barsa va Real muhlislari kim o'zar o'ynashadimi?

Omad
 
NEYMARСана: Якшанба, 15-Янв-2012, 15:06 | Изох # 45
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 16
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 6
Холати: Хозир йўқ
Увол кетган истеъдод...

Футбол олами тенгсиз иқтидор соҳибларига жуда бой. Аммо юксак чўққиларни забт этиш, шу буюк неъмат эвазига мухлислар қалбидан абадий жой олиш уларнинг ҳар қайсисига ҳам насиб этавермайди. Бу галги ҳикоямиз аввалига мухлису-мутахассисларда катта умид уйғотган, лекин негадир ўзининг туғма иқтидорини тўла намойиш этолмаган футбол юлдузлари ҳақида.
Майкл ОУЭН
У 17 ёшида «Ливерпуль» таркибида АПЛда пайдо бўлди. 18 ёшга қадам қўйганида эса, Франциядаги ЖЧда Аргентина термаси дарвозасига фантастик тўп киритганди. Яна бир йилдан кейин ички чемпионатнинг энг яхши тўпурарига айланди. Ниҳоят, 22 ёшга тўлганида «Олтин тўп» соҳиби бўлди. Шу тариқа нуфузли соврин тарихидаги энг ёш лауреатлардан бири сифатида тарихга кирди. Шундан кейин йигитчанинг Британия футболи тарихига ёрқин саҳифалар битиши башорат қилинди. Майкл Оуэн мухлису-мутахассислар томонидан «Тил¬ла бола» мақомига лойиқ кўрилди. Бироқ вақт ўтиши билан иқтидорли ҳужумчини жароҳатлар безовта қила бошлади. Футболчи ўзининг автобиографик асарида тан олишича, 2002 йилдаги ЖЧда у оғриқни қолдирувчи воситаларни қабул қилган ҳолда тўп суришга мажбур бўлган. «Энфилд»ни тарк этиши ҳақидаги қарори эса фао¬лиятидаги салбий бурилиш нуқтаси бўлиб қолди. Шундан кейин Оуэн бирор-бир жамоада тузукроқ тўп суролмади. 2004 йилда «Тилла бола» ўз омадини «Реал»да синаб кўришга аҳд қилди. Бироқ ўша пайт¬ларда «Қироллик клуби»да етакчилик қилаётган Рауль ҳамда Роналдолар билан муносиб рақобат қилолмади. Натижада бир йилдан кейин ортга қайтишдан ўзга чора тополмади. 2005 йилда эса «Ньюкасл» таклифини қабул қилди. Ким билади дейсиз, эҳтимол, у ўз кучига нисбатан ишончини бироз йўқотиб қўйганлиги сабабли шундай қарорга келгандир? Ҳар ҳолда, «Сент Жеймс Парк»даги 4 мавсумни ҳужумчи азоб-уқубатда ўтказди. Бу ҳам етмагандек, ЖЧ-2006 доирасида Швецияга қарши кечган учрашувда тиззасидан оғир жароҳатланди ва кейинги мавсумни бутунлай ўтказиб юборди.
2009 йили Алекс Фергюсон ноёб иқтидор соҳибини тушкунликдан олиб чиқишга уриниб кўрди. Аммо тажрибали мураббийнинг барча ҳаракатлари беҳуда кетди. «МЮ таркибида тўп суриш ҳам Майклга айтарли муваффақият келтирмади.
Пабло АЙМАР
Бу йигит ҳам ўз вақтида нафақат Аргентина, балки жаҳоннинг энг иқтидорли ёш футболчилари сафидан жой олганди. У «Ривер Плейт» таркибида тўп суриб юрган пайтидаёқ кимсан буюк Диего Марадонанинг эътиборини тортганди: «Пабло Аймар - ўйин¬ларини пул сарфлаб кўришим мумкин бўлган дунёдаги ягона футболчи. Пабло - Аргентина терма жамоасининг сўнгги йиллардаги энг моҳир плеймейкери!»
2001 йилда Аймар Буэнос-Айресни тарк этишга қарор қилганида, уни қўлга киритиш учун бир қатор грандлар навбатга туришганди. Бироқ футболчи негадир «Реал», «Барселона» ва «Интер»дан кўра, «Валенсия»ни маъқул кўрди. Аймар бу жамоа билан ЕЧЛнинг финалига қадар етиб борди. Таъкидлаш жоизки, валенсияликлар ушбу иқтидор соҳибини ўз сафларига қўшиб олиш учун клуб тарихидаги рекорд маблағ - 24 млн. доллардан воз кечишганди. «Валенсия» Аймар билан биргаликда 2 марта Испания чемпионлиги, УЕФА кубоги ва суперкубогига сазовор бўлди. Лекин аргентиналик юлдузнинг ёрқинлиги йил сайин сўниб борди. Ажабланарли томони шундаки, Пабло жароҳатлар ёки интизом борасида ҳеч қандай жиддий муаммоларга дуч келмаган. Шу сабабли унинг савиясидаги пасайишни изоҳлаш ғоят мушкул. Нима бўлганда ҳам, 2006 йили Аймар «Валенсия» билан алоқани узиб, ўртамиёна «Сарагоса»га ўтди. Ҳозирда эса «Бенфика» шарафини ҳимоя қилмоқда.
Жибриль СИССЕ
- 2004 йили «Блэкберн» билан ўйинда оёғимни синдириб олдим. Хайриятки, «Ливерпуль» шифокорлари мени қутқариб қолишди. Синган суягим қон айланишини издан чиқарганди. Агар биз 30 дақиқага кечикканимизда, мен оёғимдан ажраб қолардим. Шифокорлардан қандай даражада миннатдор эканлигимни ифодалаш учун сўз тополмаяпман. Ҳақиқат шуки, уларнинг саъй-ҳаракатлари туфайли ҳозир ҳам майдонга тушяпман,-деганди асли ивуарлик бўлган франциялик футболчи. Ҳа, ўша жиддий жароҳат яна бир ноёб иқтидор соҳибини катта футбол билан барвақт хайрлашишга мажбур этиши мумкин эди. Жибриль «Энфилд»га Франция чемпионатининг 2 карра энг яхши тўпурари сифатида йўл олганди. Орадан атиги бир неча ой ўтгач, жиддий фалокат юз берди. Натижада «қизиллар»нинг ЕЧЛ ва УЕФА суперкубоги баҳсларида ғолиб чиқишларига муносиб ҳисса қўшган футболчи кейинчалик асосий таркибдаги ўрнини буткул йўқотди.
Хитой терма жамоасига қарши кечган ўртоқлик учрашувидаги иккинчи жиддий жароҳат Сиссени яна бир марта синовдан ўтказди. Ўша жароҳат туфайли ҳужумчи Германия¬даги ЖЧни ўтказиб юборди. Жароҳатлар «қурбони»га айланган Сиссе «Ливерпул»дан кейин «Марсель», «Сандерленд» ва «Панатинаикос» клубларида ўйнади. Айни пайтда эса «Лацио» шарафини ҳимоя қилмоқда.
 
LEOMESSIСана: Чоршанба, 18-Янв-2012, 12:31 | Изох # 46
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 72
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 19
Холати: Хозир йўқ
Леога тенг була олмайди хеч кайси бири

Хамиша галаба сари интилиш
 
LEOMESSIСана: Пайшанба, 19-Янв-2012, 14:48 | Изох # 47
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 72
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 19
Холати: Хозир йўқ
Вақтида туғилган Заммер...

Матиас Заммер 1967 йилда, роса вақтида туғилган. У 1996 йилда терма жамоаси билан биргаликда Европа чемпиони бўлган. “Ҳужумкор ҳимоячи” амплуасини “яратиб”, футбол оламида ўзига хос тўнтаришни амалга ошира олганлиги билан машҳур. Унинг ўйин услуби, майдондаги тактик ҳаракатлари бир нечта мутахассисларнинг таҳлилий изланишларига асос бўлган. Хуллас, ажойиб футболчи, лекин гап бунда эмас.

Заммер ўша 1996 йилда “Франс футбол” томонидан таъсис этилган “Олтин тўп”соҳибига айланган, яъни Европанинг энг яхши футболчиси деб эътироф этилганди. Қизиғи, айнан ўша мавсумда ФИФА томонидан аниқланадиган бошқа соврин – “Дунёнинг энг яхши ўйинчиси” мақомига у эмас, бразилиялик Роналдо лойиқ кўрилган. Бу ҳам майли, Заммер ўшанда учликка ҳам кира олмаганди. Ҳа майли, Европанинг энг яхшиси дунёда учликка кира олмаса нима бўлибди? Лотин Америкаси бор буёғда, дейишингиз мумкин, аммо ҳар икки соврин учун курашда Заммернинг рақобатчилари деярли ўшалар бўлганини айтсамчи? Мисол учун, дунёнинг яхшилари ичида учинчи ўринни олган Алан Ширер ҳам европаликку, тўғрими?

Бу ерда энг асосий жиҳат, бу совринлар эгасини аниқлайдиган сўровномада иштирок этадиган овоз берувчиларнинг футболга нисбатан қараши тубдан фарқ қилишини кўрсатади. Тўғри, биз ҳаммамиз бир хил ўйинларни. ўша футболни кўрамиз, Заммер каби мисоллар ҳар доим ҳам бўлавермайди, лекин ҳар қандай соврин ёки сўровнинг мантиғи имкон қадар ўзгармас ва тушунарли бўлиши керак деб ўйлайман. Мақола шу ҳақида.

Демак, “Франс футбол” 1956 йилдан бери таъсис этиб келган “Олтин тўп” соврини мавжуд. Турли кўзга кўринган нашрларда фаолият кўрсатадиган журналистлар Европанинг мавсумдаги энг яхши ўйинчисини аниқлайдилар. Яна ФИФА нинг ўзи 1991 йилдан бери “Йилнинг энг яхши ўйинчиси” совринини таъсис этганди. Бу сўровда Европанинг эмас, жаҳоннинг энг яхшилари аниқланади. Сўровда журналистлар эмас, барча терма жамоаларнинг бош мураббийлари ва сардорлари қатнашади.

Лекин кейинги соврин, аслида, статус жиҳатидан, мантиқан олиб қарагандада нуфузлироқ бўлиши керак бўлса-да, ундай бўлмади. Барибир “Франс футбол” таъсис этган мукофотнинг обруйи кучлироқ бўлиб қолаверди. Бунга учта асосий сабаб бор.

Биринчиси. “Олтин тўп” соврини узунроқ тарихга эга. Бу муҳим фактор. Ўз вақтида футбол оламининг афсоналари – Круифф, Платини, Чарлтон, Стефано каби футболчилар бу совринни бошлари узра кўтаришган. Демак ҳар қандай футболчи учун, билвосита бўлса ҳам ўша афсоналар бир бир руйхатдан жой олиш, қайсидир маънода беллашиш, мусобақалашиш имконига эга бўлади.

Иккинчиси. “Олтин тўп” таъсисчилари 1995 йилда сўров тизимига катта ўзгартириш киритдилар. Бу қарор совриннинг янада оммалашишига олиб келди. Гап шундаки, илгари бу эътирофга фақат европалик футболчиларгина сазовор бўлишлари мумкин эди холос. 1995 йилда африкалик Жорж Веа “Олтин тўп”ни олди. Энди, қайси мамлакат вакили бўлишидан қатъий назар, Европа клубида ўйнайдиган футболчи бу соврин учун номзод сифатида қарала бошлади. Агар “Сантос”лар вақти ўтиб, дунёнинг ҳамма юлдузлари Европада ўйнашини назарда тутадиган бўлсак, бу сўровнома ФИФА никидан деярли фарқ қилмай қолди.

Чунки энди фақат УЕФА эгидаси остида ўтадиган турнирлар ҳал қилувчи ролни ўйнамасди. Футболчи ўзини қайси турнирда кўрсатишидан қатъий назар, агар Европа клуби аъзоси ҳисобланса, кифоя қиларди. Масалан, 2002 йилги Еврофутбол мавсумида Роналдо жароҳати туфайли деярли майдонга тушмаган. Лекин жаҳон чемпионатида соғайиб, терма жамоаси билан чемпион бўлган, саккизта гол уриб мундиал тўпурарига айланган. Роналдонинг ЖЧ пайтида “Интер”нинг, сўров пайтида “Реал”нинг аъзоси бўлганлиги кифоя қилган ва “Олтин тўп” унга топширилганди. Атиги етти ўйин туфайли. Демак тамойил жиҳатидан, 1995 йилдан бошлаб “Олтин тўп” соҳиби деярли дунёнинг энг яхши футболчиси мақоми билан тенг қабул қилина бошланди.

Учинчи сабаб. ФИФА сўровида қатнашадиган мураббий ёки футболчилариннг асосий ишлари бошқа. Яъни улар журналистлар каби, футбол тарғиботи билан бевосита шуғулланмайдилар. Демак сўров пайтида турли нохолис овозлар кўпайди. Мураббийлар ўз шогирдларини юқори ўринга қўя бошладилар. Шунчаликка бордики, ҳатто, айтайлик, Мозамбик терма жамоаси бош мураббийи дунёнинг энг яхши футболчиси сифатида ҳеч ким танимайдиган футболчини, ўз шогирдини қўярди. Ана ундан кейин иккинчи, учинчи ўринларда Фигу ёки Зидан жой оларди. Кейинчалик, бунга барҳам берилди, мураббийларга ўз мамлакати футболчисига овоз бериш таъқиқланди. Лекин барибир, сўровномага бўлган муносабат ҳаммада ҳар хил эмаслиги туфайли нуфузга путур етди.

Ўтган йилдан бошлаб, ФИФА сўровномаси ва “Олтин тўп” соврини бирлаштирилди. Айнан мана шу бирлашув “Олтин тўп” нуфузига салбий таъсир кўрсатмоқда ва турли гап сўзларга, мунозараларга сабаб бўлмоқда. Нега?

Энг кўп мунозара ўтган йили кузатилди. Биламиз, ўтган йили жаҳон чемпионати ўтказилган. Ўрганиб қолганмизки, жаҳон ва Европа чемпинати ўтказилган йиллари, кўпинча, ўша турнир қаҳрамонлари йил охирида “Олтин тўп” учун асосий даъвогарга айланиб келадилар. Сўровга бораётган журналист номзод танлашда фарқли ёндошса-да, умумий натижада шундай бўлиб чиқарди доим. Ва буни тўғри деб ҳисоблайман.

Чунки, “Олтин тўп”ни сўровномасига қўйилаётган саволнинг асоси “Жорий йилда ким яхши ўйнади?” бўлиши керак. “Умуман ким яхши ўйинчи?” эмас. Журналистлар футболни мутахассис даражасида тушунмайдилар. Уларнинг энг асосий вазифалари – футболни кашф этиш, футболни ривожлантириш эмас, балки ФУТБОЛНИ ҚАЙД ЭТИШ дир. Шу пайтгача, “Олтин тўп” мана шу қайд этиш билан шуғулланиб келарди.

Мана, руйхатни очинг, 1990 йилда Маттеус – Германия ўша йили жаҳон чемпиони бўлган. 1984, Платини – Франция Европа чемпиони эди. 1988 йилда Марко ван Бастен, 2006 йилда Фабио Каннаваро... Хуллас, ғолиблар руйхатида тушунарли ва қандайдир мантиқ бор. Шундай бўлиши энг тўғри йўл эканининг сабаби – мисол учун бир йили фалон футболчи энг зўр бўлса, кейинги йили дарров бошқаси ундан зўр бўлиб қоладими? Буни қандай ўлчаймиз? Кимнинг зарбаси кучли ёки ким зўр дриблинг қилади, ё ким кўп гол уради – булар ўлчов эмаску, тўғрими? Ҳимоячилар бор, дарвозабонлар бор, уларни ҳужумчилар билан қандай солиштирамиз? Функциялар бутунлай бошқа! Демак журналистлар бу борада тўғри йўлдан боришади ва жамоаларнинг муваффақиятидан келиб чиқиб, танловни осонлаштириб олишади. 2006 йилда Каннаваро Зидан ёки Роналдиньодан жуда кўп жабҳада орқада қолиши аниқ эди, лекин сўров натижасида мантиқ бор эди. Италия – чемпион.

Хўш, 2010 йилда нима бўлди? Европа чемпионлар лигасида “Интер” ғолиб чиқди. Жамоа сардори ва етакчиси Уэсли Снайдер. Ўша Снайдер терма жамоаси билан жаҳон чемпионати финалигача борди. Яна Форлан деган футболчи ўртамиёна Уругвайни елкасида кўтариб, ярим финалгача судради. Муҳим голларни урди. Ўша Форлан Европа Лигасини ҳам ютганди, айтганча. Хўп, Испания жаҳон чемпиони бўлди. Тиқилиб ётибди номзодлар. Агар “Росси мантиғи” билан ўлчасак, Вилья жуда кўп ҳал қилувчи голларга муаллиф эди. “Маттеус мантиғи” бўйича Хавига тенг келадигани йўқ. Мабодо, “Тойота мантиғи”ни ишга солсак, финалдаги гол муаллифи Иньеста тенгсиз. Сўровнома натижалари чиққанда, мухлислар ҳеч қайси мантиқни топа олмадилар ва Мессининг иккинчи “Олтин тўп”и мунозараларга сабаб бўлди. Йўқ, Мессининг истеъдодига шубҳа йўқ, юқоридаги саналганлардан кўра кучлироқ футболчи эканини мен ҳам, уларнинг ўзи ҳам тан оламиз. Лекин бу ерда асосий зиддият ўша илгариги “Олтин тўплар”да кузатилган мантиқнинг ўртадан кўтарилгани бўлди. Бу совринда мантиқ қолмаслиги эса, унинг нуфузига соя солиши шубҳасиз. Сабабни эса юқорида айтдим. Ўтган йилдан бошлаб, “Олтин тўп” ФИФа сўровномаси билан бирлаштириб юборилганди ва энди сўровномада мураббий ва футболчиларнинг ҳам овози эътиборга олинмоқда.

Мураббийлар эса футболга нисбатан муносабат борасида журналистлардан тубдан фақр қиладилар. Улар футболни чуқур тушунадилар, бошқача кўрадилар. Журналистлар барибир ўйиннинг протоколига боғланиб фикр юритадилар. Журналистлар баъзида умумий тарзда мувозанатни ҳам сақлаб кетишади. Уч сафар Хави Мессидан бироз ортда қолдими, демак, Месси яна олар, Хавиягаям бўлсин, дейиш ҳам айнан журналистик мантиқ. Ёки ўтган йили Месси эмас, Хави олиши керак эди, энди бу йили тескари бўлсин, деб кетаверадиганларам журналистлар.

Мураббийлар учун эса, футболчиларнинг майдонда ўз функциясини қанчалик даражада уддалаши муҳимроқ. Бир ўйинда умуман гол урмаган, вазият яратмаган ҳужумчини журналистлар ер билан битта қилишса, мураббий “топширилган қандайдир вазифани аъло даражада уддалаганини” кўра олади. Бу шубҳасиз. Улар учун қайси йили ким чемпион бўлгани, ким нечта гол ургани умуман муҳим эмас. Мураббийлар учун футболнинг ривожи, янги схемалар, тактикалар, йўналишларни кузатиб бориш муҳим.

Ана энди бу қайсар “чолларга” Снайдер ЕЧЛ ни олганини ёки Форланни тушунтира оласизми? Ёки Хави икки йилдан бери яқин келяпти, шу сафар унга берайлик, бир нималик бўлиб қолсин, дея оласизми? Ҳеч қачон! “Месси зўр-ку!” деган жавобни оласиз. “Тўғри, у зўр, биламан. Лекин у терма жамоаси билан юта олмади ҳеч нарсани. “Барселона” Снайдернинг жамоасига ютқазди!” деб эътироз билдирасиз. Жавоб ўлароқ, “Барибир Месси зўр-ку” деган эътирозни эшитасиз. Ва у ҳам ўз ҳолича ҳақ бўлади.

Тўғри, Месси зўр. Бу фақат мураббийлар наздида эмас. Исталган мухлисдан, ҳатто у “Реал”нинг ашаддий ишқибози бўлса ҳам, сўранг – жамоангизга Месси келгани яхшими ёки Снайдер? Албатта, Мессини танлайди. Мураббий ҳам, руйхат ичидан энг яхшиларни танлар экан, унинг статистикасига ҳам қарамайди, айнан ўша йилда нималарни ютиб олгани билан иши йўқ. Умуман танлов пайтида у маълум бир йилни белгилаб ҳам олмайди. Айни паллада кимни энг яхши ўйинчи деб ҳисобласа, ўшани белгилайверади. Ўз ҳолича у ҳам ҳақ. Аммо бу тарзда аниқланиб топшириладиган “Олтин тўп”нинг нуфузи кейинчалик тушиб кетмайдими? Йўқ, бир неча ўн йилдан кейин олдинги руйхатнинг давоми сифатида алоҳида жиҳатни англатмасдан кўрк бериб турар. Мана шу йиллар “Месси даври” бўлгани ҳақидаги қандайдир хулосани ҳам тақдим этар балки. Лекин бу Роналдудан бошқа футболчиларнинг имкониятини нолга айлантирмаяптими? Имконият йўқ бўлган жойда эса, тулки ҳам узумдан кечганди, Крилов масалида. Заммерлар, Недведлар энгди ҳеч қачон “Олтин тўп”ни олишолмайдими?


Хамиша галаба сари интилиш
 
nusrat8182Сана: Чоршанба, 25-Янв-2012, 09:12 | Изох # 48
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
g'alati bo'lishi m-n men faqat ser alex fergussonga fanatman.

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
Sardor_TСана: Сешанба, 24-Апр-2012, 04:13 | Изох # 49
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 59
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 8
Холати: Хозир йўқ
Lempird
Dragba
Terriy
Ballic
Fernando torres
sheva
 
KamolaСана: Сешанба, 24-Апр-2012, 19:44 | Изох # 50
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
Men sevgan fudbalist bu Bekxam

Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
 
Форумистон » Спорт ва Соғлиқ » Жисмоний спорт » Sport yulduzlari (Barcha turdagi futbol yulduzlari haqida ma'lumot)
  • Страница 2 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Поиск: