O‘zbekistonlik mashhur dzudochi va kurashchi Abdulla Tangriyev ikki yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Fransiyaning “Sports.fr” internet-nashri xabar bermoqda.
Internet-nashrning yozishicha, iyun oyida o‘zbekistonlik sportchining organizmidan Cannabis moddasi (nasha o‘simligi) topilgan. Shu sabab u keyingi ikki yil davomida o‘tkaziladigan musobaqalar, jumladan, 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tadigan 30-Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
“Sports.fr” Tangriyevning chetlatilishiga oid boshqa ma’lumotlar keltirmagan. “L’Equipe” nashri mashhur fransiyalik dzudochi Teddi Riner voqea yuzasidan o‘z fikrini bildirar ekan, “Olimpiada o’yinlaridek katta musobaqani taqiqlangan moddani qabul qilish sabab o’tkazib yuborish aqldan emas”ligini aytgan.
Avvalroq, bir qator o‘zbek nashrlarida Abdulla Tangriyev oyog‘idan jarohat olgani uchun Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, O‘zbekiston Dzudo federatsiyasidagi manba Abdulla Tangriyev jarohat olgani sabab Londonga bormasligini “Kun.uz”ga tasdiqlagan edi.
Abdulla Tangriyev dzudo bo‘yicha besh karra Osiyo chempioni, 2011-yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Tangriyev 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2003, 2005 va 2009-yilgi dzudo bo‘yicha jahon chempionatlarida ham ikkinchi bo‘lgan, kurash bo‘yicha 2005-yilgi jahon chempionati g‘olibi.
Xalqaro Dzudo federatsiyasining 9-iyul kuni e’lon qilingan yangi reytingida Abdulla Tangriyev 100 kilogrammdan ortiq vaznda 7-o‘rinni egallab turgan edi.Добавлено (21-Июл-2012, 15:14)
---------------------------------------------
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Olimpiada-2012 futbol musobaqalarida hakamlik qiladi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar bermoqda.
2012-yilning 25-iyuldan 11-avgustiga qadar Angliyaning 6 shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda Ermatovga qanotlarda o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi. FIFA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar ro‘yxatida jami 16 nafar bosh hakam va 32 nafar qanot hakamlari bor.
bas
Olimpiada-2012 erkaklar o‘rtasida futbol musobaqalarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxati bilan O‘FF saytida tanishish mumkin.
2003-yildan beri FIFA miqyosidagi o‘yinlarda hakamlik qilib keladigan Ravshan Ermatov bungacha Olimpiada o‘yinlari final bosqichida ishlamagan edi. 34 yoshli Ermatov shu vaqtgacha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatlarida ishlagan. 2008-yilda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga ilk bora taklif etilgan o‘zbekistonlik referi 2011-yilgi musobaqaning “Santos” (Braziliya) – “Barselona” (Ispaniya) jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvini boshqargan. Shuningdek, xuddi shu yili Ermatov o‘z brigadasi bilan Osiyo Kubogi final uchrashuvini ham boshqarib borgan edi.
Ermatov 2010-yili Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida beshta uchrashuvda hakamlik qilib, bir mundial davomida beshta uchrashuvda ishlagan futbol tarixidagi uchinchi referiga aylangan edi. Bu musobaqada Ermatovga, qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorovdan tashqari, o‘zbekistonlik Rafael Ilyosov yordam bergan edi.
2010-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Ravshan Ermatov, O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan egasiga aylangan.
Olimpiada o‘yinlari futbol musobaqalari futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslaridan keyingi eng yirik xalqaro futbol turniri hisoblanadi.
Добавлено (21-Июл-2012, 15:21)
---------------------------------------------
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin dunyo tennis reytingida 34-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu Istomin faoliyati davomidagi eng yuqori cho‘qqidir.
Angliyada bo‘lib o‘tgan katta dubulg‘a turkumidagi “Uimbildon”da Istomin muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘rtinchi bosqichga qadar yetib bordi. Juftlik bellashuvlarida esa rossiyalik sherigi Mixail Yelgin bilan nim chorak finalda kortga tushdi. Qayd etish kerak, bu Istominning eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligining rasmiy veb-saytida yozilishicha, Denis Istomin 2010-yilning 30-avgust kuni dunyo tennis reytingida 39-o‘rinda ko‘rsatilgan. “Uimbildon” oldidan ham Istomin eng yaxshi bo‘lib turgan bu ko‘rsatkichni qayd etib turgandi. Katta toj turkumiga kiruvchi yilning uchinchi musobaqasi yakkalik bellashuvlaridagi 3ta, juftlikdagi 2ta g‘alaba Istominni 34-o‘ringa olib chiqdi. Oldinda o‘zbekistonlik raketka ustasini Londondagi XXX yozgi olimpiada o‘yinlari kutib turibdi. Undagi ishtirok orqali Istomin reytingidagi o‘rnini yanada yaxshilab olish imkoniga ega.
Ma’lumot o‘rnida “Uimbildon”ni chempion sifatida yakunlagan shveytsariyalik Rodjer Federer tennis reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kuchli uchlikni serbiyalik Novak Djokovich va ispaniyalik Rafael Nadal yakunlagan.
Добавлено (21-Июл-2012, 15:24)
---------------------------------------------
Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda “Manchester Siti” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yangi shartnoma besh yil muddatga mo‘ljallangan. “The Daily Mail” ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli Manchinining maoshi 7,5 million funt-sterlingni tashkil etadi. Avvalgi shartnoma bo‘yicha Manchini yiliga 3,5 million funtni tashkil etar edi.
“Siti” bilan imzolangan yangi shartnoma Manchinini Angliyada eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantiradi. Bungacha Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger orol-mamlakatning eng ko‘p maosh oladigan futbol mutaxassisi edi – uning yillik maoshi 6 million funt-sterlingni tashkil etadi. “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning maoshi yiliga 4 million funtni tashkil etadi.
Avvalroq rus matbuotida Roberto Manchini Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassisga yillik maoshi 7,2 million dollarga teng bo‘lgan olti yillik (ba’zi manbalarga ko‘rta to‘rt yillik) shartnoma taklif qilingan.
Roberto Manchini murabbiylik faoliyatini 2001-yilda Italiyaning “Fiorentina” klubida boshlagan bo‘lib, “Manchester Siti”ga kelgunicha Italiyaning “Latsio” hamda “Inter” klubida ishlagan. 2011/12-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra “Manchester Siti”ni Angliya chempioniga aylantirgan Manchini turli yillarda bir necha bor Italiya chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritgan.
Добавлено (24-Июл-2012, 15:38)
---------------------------------------------
Олимпиада-2012. Улар ватанимиз шаънини ҳимоя қилишади
1. Муроджон Холмуродов - велоспорт
2. Сергей Лагутин - велоспорт
3. Светлана Радзивил - енгил атлетика, баландликка сакраш
4. Елена Смолянова - енгил атлетика, ядро улоқтириш
5. Сухроб Хўжаев - енгил атлектика, босқон улоқтириш
6. Артём Дятлов - енгил атлетика, тўсиқлар оша югуриш
7. Вадим Меньков - байдарка ва каноэда эшкак эшиш
8. Юлия Борзова - байдарка ва каноэда эшкак эшиш
9. Ульяна Трофимова - бадиий гимнастика, кўпкураш
10. Жасурбек Латипов - бокс 52 кг
11. Орзубек Шайимов - бокс 56 кг
12. Фазлиддин Гаипназаров - бокс 60 кг
13. Ўктамжон Раҳмонов - бокс, 64 кг
14. Аббосбек Атоев - бокс, 75 кг
15. Элшод Расулов - бокс 81 кг
16. Анастасия Журавлёва - уч хатлаб сакраш
17. Александра Котлярова - уч хатлаб сакраш
18. Гўзал Хуббиева - уч хатлаб сакраш
19. Юлия Тарасава - уч хатлаб сакраш
20. Ришод Собиров - дзюдо 60 кг
21. Мирзохид Фармонов - дзюдо 66 кг
22. Наврўз Жўрақобилов - дзюдо 73 кг
23. Яҳё Имомов - дзюдо 81 кг
24. Дилшод Чориев - дзюдо 90 кг
25. Рамзиддин Саидов - дзюдо 100 кгча
26. Марина Сисоева - оғир атлетика 48 кг
27. Руслан Макаров - оғир атлектика - 56 кг
28. Баҳром Мендибоев - оғир атлектика - 69 кг
29. Шерзоджон Юсупов - оғир атлектика - 85 кг
30. Руслан Нуридинов - оғир атлектика - 105 кг
31. Иван Ефремов - оғир атлектика - 105 кг
32. Акмал Эргашев - таэквондо - 80 кг
33. Дмитрий Ким - таэквондо - 68 кг
34. Наталья Маматова - таэквондо - 67 кг
35. Жамоавий спорт гимнастикаси
36. Юлдуз Қўчқорова - сузиш
37. Александр Дерлюгов - сузиш
38. Раънохон Аманова - сузиш
39. Даниил Тулупов - сузиш
40. Дилшод Мансуров - эркин кураш - 55 кг
41. Ихтиёр Наврўзов - эркин кураш - 66 кг
42. Рашид Қурбонов - эркин кураш - 74 кг
43. Заурбек Сохиев - эркин кураш - 84 кг
44. Қурбон Қурбонов - эркин кураш - 96 кг
45. Артур Таймазов - эркин кураш - 120 кг
46. Мўминжон Абдуллаев - юнон-рум кураши - 120 кг
47. Елмурод Ташмуродов - юнон-рум кураши
48. Руслан Кудаев - қиличбозлик, шпага
49. Екатерини Хилько - трамполин
50. Жамовий ўқ отиш
51. Иван Зайцев - найза улоқтириш
52. Анастасия Шечникова - найза улоқтириш
53. Наталья Асанова - найза улоқтириш
54. Рифат Артиков - ўнкураш
55. Денис Истомин - теннис.
55 та (53) спортчи (аслида 54та, яна бир йўлланма Германияда ҳал бўлади) Ўзбекистон делегацияси номидан иштирок этади.
Юртдошларимизга яна бир бора омад деб қоламиз!
Добавлено (24-Июл-2012, 15:39)
---------------------------------------------
