Qashqadaryo
|
|
Ливерпуль | Сана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 21:58 | Изох # 26 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 106
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
| Muborak gazni qayta ishlash zavodi
|
|
| |
bek88 | Сана: Шанба, 06-Апр-2013, 13:18 | Изох # 27 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Jonlanish boshlandi bu mavzuda. LEVIRPUL RAXMAT ma'lumotlar uchun.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
shani_uz | Сана: Шанба, 20-Апр-2013, 03:24 | Изох # 28 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 6
Холати: Хозир йўқ
| ya tam ne bila
|
|
| |
Elmurod_D | Сана: Шанба, 18-Май-2013, 19:28 | Изох # 29 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
| Faxrlanaman bu zaminda yashayotganimdan.
sayyod bor biz bormiz.
|
|
| |
Sarvar94 | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 12:49 | Изох # 30 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 774
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 83
Холати: Хозир йўқ
| oh mening ona shahrim Qashqadaryo
|
|
| |
bek88 | Сана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 08:13 | Изох # 31 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Bugun ertalabdan shaxrimiz ko'chalarini kezib kundan _ kunga go'zalashib ketayotganini ko'rib xursand bo'ldim. Добавлено (24-Июл-2013, 09:20) --------------------------------------------- Bugun ertalabdan shaxrimiz ko'chalarini kezib kundan _ kunga go'zalashib ketayotganini ko'rib xursand bo'ldim. Добавлено (28-Авг-2013, 07:12) --------------------------------------------- Muborak tumani: Istiqboli nurafshon maskan Добавлено (28-Авг-2013, 07:13) --------------------------------------------- Tabiiy boyliklari va o´zining sanoat salohiyati bilan tanilgan Muborak tumanida ham istiqlol yillarida mislsiz o ´zgarishlar amalga oshirildi. Muborak tumani 1978 yilda tashkil topgan. Hududning umumiy maydoni 307 ming gektarni tashkil etadi. Shundan, qishloq xo´jaligida foydalaniladigan erlar 264,8 ming gektar, haydaladigan erlar 34,2 ming gektar, yaylovlar 226,9 ming gektar va 3,7 ming gektari esa boshqa erlarga to´g´ri keladi. Hozirgi kunda 4 ta qishloq fuqarolar yig´ini, 17 ta mahalla fuqarolar yig ´inlarida 76540 nafar kishi 20 ga yaqin millat vakili yashaydi. - Hududimizda katta imkoniyatlar mavjud, - deydi tuman hokimi Panji Allaqulov. - Tumanning iqtisodiy, ijtimoiy ravnaqi, avvalo neft va gaz sanoati korxonalariga bog´liq. Mamlakatimizda qazib olinayotgan jami neft va kondensatning asosiy qismini Muborakdagi neft va gaz sanoati korxonalari bermoqda. Tumanda "Muborakneftgaz" unitar sho ´´ba korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, "Ko´kdumaloq" O´zbekiston- Shveysariya qo´shma korxonasi, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Muborak issiqlik elektr markazi kabi yirik sanoat korxonalari bor. So´nggi paytlarda jahondagi eng ilg ´or texnikalar, texnologiyalar asosida ishlaydigan "Ko ´kdumaloq" qo´shma korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodining yangi sexlarining ishga tushirilgani, o´nlab yangi neft va gaz konlari ochilganligi, mavjud konlardan foydalanish samaradorligi oshganligi katta yutuqlarimizdir. Muborak gazni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlari yildan-yilga kengayib bormoqda. 2005 yilda yillik quvvati 13,6 milliard kub metr bo´lgan gazni propan bilan sovutish majmuasi qurib ishga tushirilgan bo´lsa, 2011 yilda umumiy yillik quvvati 2 milliard kub metr bo´lgan tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalovchi 22- sonli qurilma ishga tushirildi. Joriy yilda propan-butan aralashmasini olish majmuasini ishga tushirish natijasida har yili 258 ming tonnagacha suyultirilgan gaz hamda 125 ming tonna barqarorlashtirilgan gaz kondensati olinishi ko´zda tutilgan. Shuningdek, umumiy yillik quvvati 4 milliard kub metr xomashyoni qayta ishlash imkonini beradigan, tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalovchi yana ikkita qurilmani barpo etish ishlari qizg´in davom etmoqda. Bundan tashqari, mazkur korxona xomashyo bazasida faoliyat yuritadigan va yiliga 500 ming tonna polietilen ishlab chiqariladigan gaz-kimyo majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. - Tumanda joriy yilning birinchi yarim yilligida o ´tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 104,1 foizga, xalq iste´moli tovarlari ishlab chiqarish hajmi 109,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 108,4 foizga, jami xizmatlar hajmi 108,9 foizga, pulli xizmatlar 110,4 foizga, qurilish pudrat ishlari hajmi 129,2 foizga, qishloq xo´jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi 104,9 foizga o´sdi, - deydi P.Allaqulov. - Tuman hududidagi korxonalar tomonidan 3,5 million AQSh dollari miqdorida mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Tumanda 2378 ta sub´ekt mavjud bo´lib, shundan davlat korxonalari 121 tani, davlatga qarashli bo´lmagan korxonalar 2257 tani tashkil etadi. Mavjud xo´jalik yurituvchi sub´ektlarning 87 tasi sanoat, (shundan kichik biznes sub´ektlari 82 ta), 19 tasi transport, 277 tasi qurilish, 480 tasi savdo korxonasi, 323 tasi fermer xo ´jaliklari hamda 1071 tasi boshqa xo´jalik yurituvchi korxonalar hisoblanadi. Muboraklik dehqonlar qanchalik yuqori hosildorlikka, mahsuldorlikka erishsalar, shunchalik katta daromad olishni anglab etdilar. Shunga erishib kelayaptilar. Birgina misol, 2008 yilda tumanda 23 ming tonnadan ortiqroq paxta, 38475 tonna g´alla hosili olingan bo´lsa, bu ko´rsatkich 2012 yilga kelib 23405 tonna paxta, 45109 tonna g´alla hosiliga etdi. - Tumanimizda tadbirkorlikning rivojlanganligi, ishlab chiqarish tarmoqlarining kengayganligi yana bir muhim yutug´imizdir, - deydi Panji Allaqulov. - 2013 yilning birinchi yarim yilligida jami 238 ta, shundan 2 ta sanoat, 149 ta savdo, 47 ta xizmat ko´rsatish, 14 ta issiqxona, 2 ta baliqchilik, 4 ta chorvachilik va 20 ta tadbirkorlikning boshqa yo ´nalishlaridagi kichik biznes sub´ektlari ro´yxatdan o ´tkazildi. Shuningdek, joriy yilda tadbirkor ayollarni qo´llab- quvvatlash maqsadida 879 million so´m, xizmat ko ´rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 1 milliard 27 million so´m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 326 million so´m, 23 nafar kollej bitiruvchisiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 156 million so´m kredit mablag´lari ajratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo´llab- quvvatlash uchun berilgan kreditlar hisobiga hududda 1563 ta yangi ish o´rinlari yaratildi. Tadbirkorlik sub´ektlarini qo ´llab-quvvatlash maqsadida tumandagi tijorat banklari tomonidan 2013 yil birinchi yarim yillikda jami 16 milliard 439 million so´m kredit ajratildi. Tumanda "Obod turmush yili" Davlat dasturiga asosan chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish maqsadida 22 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan, chorvachilik bo ´yicha 17 ta loyihaga 933 million so´m, parrandachilik bo´yicha 3 ta loyihaga 205 million so´m, asalarichilik bo ´yicha 1 ta loyihaga 25 million so´m, baliqchilik bo ´yicha 1 ta loyihaga 30 million so´m sarflandi. 2009-2015 yillar mobaynida namunaviy loyihalar asosida qishloq joylarda umumiy maydoni 216 ming kvadrat metrga teng uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda Muborak QFY hududi Yangi Qoraqum massivlarida 2010 yilda 29 ta uy-joy qurildi. Bu ko´rsatkich 2011 yilda 70 tani tashkil etdi. Joriy yilda ham Yangi Qoraqum massivida namunaviy loyihalar asosida 130 ta uy-joy bunyod etilmoqda. Tumandagi mavjud 32 ta o ´rta ta´lim maktabining binolari zamonaviy asosda qurilgan. Hammasida laboratoriya, kompyuter xonalari to´liq jihozlangan. "Muborakneftgaz" UShK va Muborak gazni qayta ishlash zavodi maktab binolarini ta ´mirlashda, kompyuter, laboratoriya jihozlari bilan ta ´minlashda doimo katta yordam berishmoqda. Shuningdek, tumanda 13 ta maktabgacha ta´lim muassasasi, 5 ta kasb-hunar kolleji mavjud. Joriy yilda Qarliq qishlog´ida tender qiymati 3 milliard 329 million so´mga teng bo´lgan 360 o´rinli maishiy xizmat ko ´rsatish kasb-hunar kolleji qurilishi davom etmoqda. Barcha maktab va kollejlarda sport zallari mavjud bo´lib, futbol, voleybol, basketbol, engil atletika maydonchalari bor. Shuningdek, markaziy o ´yingoh, uning tarkibida 2 ta zaxira o´yingohi, bolalar sport majmuasi mavjud bo ´lib, ularda 2,5 mingga yaqin yoshlar har xil sport turlari bilan shug´ullanishayapti. "Mash´al" futbol klubi mamlakat birinchi liga jamoalari orasida etakchi o ´rinni egallab kelmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon tumanda sog´liqni saqlash sohasida keng ko´lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangidan bunyod etilgan, qayta rekonstruksiya qilingan va ta ´mirdan chiqarilgan barcha tibbiyot maskanlari zamonaviy qattiq va yumshoq jihozlar bilan jihozlanib, eng so´nggi rusumdagi tibbiyot asbob- uskunalari bilan ta´minlandi. Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasiga 13 ta "Tez tibbiy yordam" avtomashinasi olib berildi. Bugungi qishloq vrachlik punktlarida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar birlamchi bo´g´inda olib borilayotgan keng ko ´lamdagi islohotlar samarasidir. Keyingi yillarda tuman markazida shoshilinch tibbiy yordam bo´limi, tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshqaruv binosi va Qarliq, Geolog qishloq vrachlik punktlari yangidan zamonaviy loyiha asosida bunyod etildi. Oldindan faoliyat ko´rsatib kelayotgan 8 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi to´liq qaytadan rekonstruksiya qilinib, QVPlarga aylantirildi. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko´p tarmoqli markaziy poliklinika qoshidagi bolalar poliklinikasi, ichak kasalliklari, ginekologiya bo ´limlari kapital, bolalar yuqumli kasalliklar, tug´ruq va tug´ruqqa tayyorlash bo ´limlari joriy ta´mirlandi. Eng ulug´ va eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni arafasida muborakliklar tumanning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, sanoat korxonalarining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yangi binolar qurish ishlarini izchillik bilan davom ettirmoqda. Natijada istiqlolning nurli manzili – Muborak yuksalib, kun sayin, soat sayin ko´rkamlashib bormoqda.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
sherzod88 | Сана: Душанба, 30-Сен-2013, 16:41 | Изох # 32 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Shu yurt farzandligemdan faxrlanaman. Go'zal shaxar bizning shaxar.
Sayyod.com bu bizning orzularimiz ushaladigan makon.
|
|
| |
bek88 | Сана: Жума-муборак кун!, 25-Апр-2014, 17:48 | Изох # 33 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Қарши шаҳрининг 2030 йилгача бўлган даврдаги бош режаси тасдиқланди. Бу ҳақдаги тегишли қарор Вазирлар Маҳкамаси томонидан 23 сентябрь куни қабул қилинган. Қарор Қарши шаҳрини ривожлантириш, унинг режаси ва қурилишлари сифати ва даражасини ошириш мақсадида қабул қилинган. Бош режа бўйича амалга ошириладиган ишларнинг биринчи босқичи 2018 йилгача, якуний босқичи эса 2030 йилгача мўлжалланган. Қарорга асосан, Қашқадарё вилояти ҳокимлиги томонидан таклиф этилган ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Республика архитектура- шаҳарсозлик кенгаши томонидан келишилган Қарши шаҳрининг 2030 йилгача бўлган даврдаги бош режаси тасдиқланган.Добавлено (10-Ноя-2013, 11:59) --------------------------------------------- Ўзбекистон ҳукумати Қашқадарё вилоятида сайёҳликни ривожлантириш дастурини тасдиқлади. 2016 йилгача мўлжалланган дастурнинг амалга оширилиши учун, «Туркистон-пресс» ахборот агентлиги хабарига кўра, 101 миллион доллар сарфланади. ***********, портали маълумотларига кўра, 1 ноябрь куни тасдиқланган дастурга 80дан ортиқ инфратузилмавий, маркетинг ва ташкилий лойиҳалар киритилган. Улар орасида сайёҳлик инфратузилмаларини ривожлантириш, вилоят сайёҳлик маҳсулотларини диверсификация қилиш, сайёҳларни жалб этиш бўйича тадбирларни фаоллаштириш, янги меҳмонхона, ресторан ва умумий овқатлан жойларини қуриш ва мавжудларини реконструкция қилиш, бошқа ёндош инфратузилма объектлари ҳолатини яхшилаш, сайёҳлик соҳасидаги мутахассис кадрларни тайёрлаш ва малакасини ошириш кабилар ўрин олган. Хусусан, камида 20та сайёҳлик автобусларини сотиб олиш, Қарши аэровокзалида йўловчиларга хизмат кўрсатиш учун бизнес-зални ташкил этиш, шунингдек, «Китоб» темирйўл станциясини реконструкция қилиш режалаштирилмоқда. Бундан ташқари, вилоятнинг турли туманларида 30дан ортиқ янги меҳмонхоналарни қуриш кўзда тутилган. Қашқадарё вилоятининг сайёҳлик салоҳиятини хорижий бозорларда тарғиб қилиш мақсадида вилоят бренди ишлаб чиқилади ва VisitKashkadarya порталини ишга тушириш режалаштирилган. Вилоятда табиат ва тарихий-маданий объектлар бўйлаб янги сайёҳлик маршрутларини ишлаб чиқилиши кутилмоқда. Хусусан, Яккабоғ туманидаги Хўжаилғор қишлоғида Амир Темур оиласи ва унинг болалик йиллари тарихи ҳақида маълуомт берувчи уникал музей ташкил этилади, Самарқанддан Шаҳрисабзгача бўлган автомагистрал бўйида эса ўтовлар лагери, қишлоқ туризми объектлари ва ҳунармандчилик устахоналаридан иборат бутун бир сайёҳлик мажмуаси ишга туширилиши режалаштирилган. Реконструкция ва ободонлаштириш ишлари якунга етганидан сўнг вилоят сайёҳлик йўналишларидан Китоб расадхонаси ҳам ўрин олиши, Мингчинор қишлоғида эса тоғ чанғиси базаси ва дор йўли қурилиши кутилмоқда. Бундан ташқари, Ҳисор қўриқхонаси ва Китоб давлат қўриқхонасига сайёҳларни олиб бориш имкониятлари ҳам ўрганиб чиқилмоқда. Шаҳрисабзга ташриф буюрган сайёҳларда шаҳарнинг энг машҳур осори-атиқалари бўйлаб электромобилларда саёҳат қилиш имконияти бўлади. Жумладан, 2014 йилнинг июнида Оқсарой, Дор-ус Саодат ва Дор-ут Тиловат мажмуалари орасида электромобиллар қатнови йўлга қўйилади. Келаси йилнинг охиригача Косон туманидаги Хўжақудуқ қишлоғида термал сувлар билан даволовчи мажмуа қурилиши якунланади, бундаги сайёҳлик дастурлари доирасида сайёҳлар туяларда ҳам сайр қилишлари мумкин бўлади. «Ўзбектуризм» прогнозларига кўра, дастурнинг амалга оширилиши натижасида 2016 йилга бориб вилоятга келувчи хорижлик сайёҳлар сони 2012 йилга нисбатан 1,4 баробар (24,1 мингдан 33,2 минг нафаргача), сайёҳлик хизматлари экспорти ҳажми 1,4 баробар, меҳмонхоналар сони 1,8 баробар (37тадан 66тагача) ошади, сайёҳлик хизматларининг жами ҳажми эса 1,5 баробарга ошиб, 4,5 миллиард сўмни ташкил этади. Добавлено (26-Дек-2013, 06:47) --------------------------------------------- Қашқадарё учун сайёҳлик бренди тайёрланади © «Ўзбектуризм» миллий компанияси «Қашқадарё вилоятининг сайёҳлик бренди (қиёфаси)ни тайёрлаш» очиқ ижодий танловини эълон қилди. Бу ҳақда «*** *** ***» хабар берилди. Ғоялар, логотиплар ва шиорлар умумлаштирилади ва энг яхши таклифлар вилоят брендини танлашда фойдаланилади. Танловда барча хоҳловчилар, жумладан талабалар, ижодкорлар, олимлар, тарихчилар ҳамда туризм ва тарихга қизиқувчи бошқа кишилар иштирок этиши мумкин. Танлов 20 декабрдан 20 январга қадар ўтказилади. Танлов шартлари билан «Ўзбектуризм» сайтида танишиш мумкин. Эслатиб ўтамиз, кузда Ўзбекистон ҳукумати томонидан Қашқадарё вилоятида туризмни ривожлантириш дастури тасдиқланган эди. Дастурда кўзда тутилган чора-тадбирлар орасида вилоятнинг сайёҳлик брендини ишлаб чиқиш ва унинг туристик салоҳиятини тарғиб қилиш ҳам бор. Добавлено (25-Апр-2014, 16:48) --------------------------------------------- Qashqadaryodagi “Muborakneftgaz”ga 75 mln dollarlik jihozlar keltiriladiQashqadaryo viloyatida joylashgan Alan konida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi doirasida “Muborakneftgaz” unitar sho‘ba korxonasiga 75,7 million dollar miqdorida texnologik asbob-uskunalar keltiriladi. Bu haqda “Turkiston press”xabar berdi.
" O‘zbekiston hukumatining 2014-yil 9-apreldagi tegishli qaroriga asosan, umumiy qiymati 250,2 million AQSh dollarini tashkil etadigan mazkur loyiha bo‘yicha konda 27 ta quduq burg‘ulash belgilangan. Shuningdek, bu yerda yiliga 5 milliard kubometr tabiiy gazning bosimini ko‘tarib berishga mo‘ljallangan siquv-kompressor stansiyasi ham barpo etiladi.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Elmurod_D | Сана: Шанба, 26-Апр-2014, 01:45 | Изох # 34 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
| Koson tumanidagi yirik qishloqlar Guvalak, Po`lati, Xo`jaquduq, Nekuz va boshqa ko`plab qishloqlari mavjud. Kosonda "Kosonyog`ekstratsiya" zavodi mavjud bo`lib u yerda juda ko`p yog` ishlab chiqariladi va boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Koson tumani viloyat markazi bo`lmish Qarshi shaxridan unchalik uzoq emas. Kosonda O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan. Koson Qashqadaryo viloyatidagi yirik tuman. Koson — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1972 y.dan). Koson tumaninpng maʼmuriy markazi, viloyatning gʻarbiy qismida. Qarshi sh.dan 30 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (4 km). Toshkent — Doʻshanba t.y. va Qarshi — Buxoro avtomobil yoʻli yoqasida. Qashqadaryoning oʻng sohilida, 350 m balandlikda joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 0°, iyulniki 28°. Aholisi 58,5 ming kishi (2003). K. ga Yakkabogʻ — Muborak suv quvuridan tarmoq oʻtkazilgan. K. oʻrnidagi dastlabki qishloq milodning boshlarida vujudga kelgan, Yerqoʻrgʻonda hayot tanazzulga uchragach, aholi bu yerga koʻchgan. 4—5- a.larda qalʼa bunyod etilib, atrofi mudofaa devori bilan oʻrab olingan; u moʻgʻullar istilosi davrigacha (13-a. boshi) mavjud boʻlgan. Moʻgʻullar istilosidan avval Kosonning mudofaa devori 3 marta taʼmirlangan boʻlib, kengligi 10 m ga yetgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, K.da ancha vaqtgacha hayot sungan va faqat 15 —16-a. dangina qayta jonlangan. Karvon yoʻlida boʻlgani uchun savdo va hunarmandchilik rivojlangan. 4—6-a.larga oid mis tangalarda "Kosonning ulugʻ shohi" deb yozilgan sugʻdiycha bitik aniqlangan (E. Rtveladze). Demak, u shoh qarorgohi boʻlgan. 16-a. 40-y.larida shayboniylarga qarshi Kosonda Bobo Mirak qoʻzgʻoloni sodir boʻlgan. 17-a.dan Ashtarxoniylar, 18-a. oʻrtalaridan Buxoro amirligi tarkibida. 1685 y. Samarqand hokimi Xoʻjamqulibiy oʻtarchi xitoy-qipchoqlar qabilasiga tayanib, Kosonni egallab, Nasaf viloyatini talon-toroj qilgan va bu bilan Anushaxonni Buxoro xonligiga bostirib kirishiga imkon yaratib bergan. Antik manbalarda uchraydigan Ksenippa viloyatining nomi Koson atamasining oʻzgargan shakli boʻlishi mumkin. Undagi "pa" qoʻshimchasini sugʻdiycha "ob", yaʼni suv deb hisoblansa, qadimda Qashqadaryodan chiqarilgan kanal Kosonob yaʼni Koson daryosi deb atalgan boʻladi.Добавлено (26-Апр-2014, 00:45) --------------------------------------------- Qadimgi Naxshab, Nashebolo, Nasaf nomlari bilan mashhur shaharning qadimgi xarobalari hozirgi Yerqo'rg'onda joylashgan bo'lib, hozirgi Shayxali bekati hududida zamonaviy Qarshi shahri ma'muriy hududining shimoliy chegaralaridan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan. Yerqo'rg'onning joylashuvi Yerqo'rg'onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo`lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o'ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma`lum bo'ldi. shuningdek, sitadel (qal'a ichidagi qo'rg'on), shahar ibodatxonasi, maqbara, zardushtiylik ibodatxonasi, hunarmandlar mahallalari qazib olindi. Yerqo'rg'on atrofida, butunlay yo'qolib ketgan, o'zaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar bo'lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng jihozlangan shahar oldi hududi g'arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho'zilgan.
sayyod bor biz bormiz.
|
|
| |
bek88 | Сана: Душанба, 02-Июн-2014, 17:45 | Изох # 35 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Qashqadaryodagi ta’lim va tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalari o‘rnatildiQuyosh batareyalarini o‘rnatish O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilishdavlat qo‘mitasining “Eko-energiya” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirildi
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Чоршанба, 04-Июн-2014, 17:31 | Изох # 36 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Borgim keb ketdi Qashqadaryoga
Sayyod.com
|
|
| |
Elmurod_D | Сана: Шанба, 07-Июн-2014, 15:07 | Изох # 37 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
| keling biz tayormiz.
sayyod bor biz bormiz.
|
|
| |
bek88 | Сана: Душанба, 22-Сен-2014, 08:47 | Изох # 38 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Қаршида калава ва газлама ишлабчиқарадиган қўшма корхона очилди/ Добавлено (30-Июн-2014, 23:51) --------------------------------------------- Қашқадарё вилоятда йилига 3 минг тоннага яқин пилла етиштирилиб, ундан 800 тонна пилла олинади. Radiant Silk корхонаси ишга тушиши етиштириладиган пилла хомашёсининг 400 тоннасини қайта ишлаш ва 120 тоннадан ортиқ калава ип ишлаб чиқариш имконини беради.Қўшма корхона раҳбари Рауф Рустамовнинг сўзларига кўра, Хитойдан 1,8 миллион долларлик замонавий пилла чувиш дастгоҳи келтириб ўрнатилди. Лойиҳанинг биринчи босқичида 70 нафардан кўпроқ ёшлар иш билан таъминланди.Лойиҳанинг иккинчи босқичида, яъни 2014 йилнинг охиридан бошлаб 500 минг погонометр ипакгазлама ишлаб чиқариш режалаштирилган. Ишлаб чиқарилган маҳсулотнинг 80 фоиздан ортиғи экспортга чиқарилади.Корхона тўлиқ ишга тушиши билан 300 нафарга яқин маҳаллий аҳоли иш билан таъминланади, Добавлено (18-Авг-2014, 00:25) --------------------------------------------- Қашқадарё вилоятида Қарши ва Шаҳрисабз шаҳарларини боғловчи 129 километрлик магистрал тубдан таъмирланмоқда. Добавлено (18-Авг-2014, 00:28) --------------------------------------------- Йўлнинг дастлабки бир неча ўн километрда бетон ётқизиш ишлари олиб борилмоқда. Қурилишнинг бу навбатида 100дан ортиқ киши ишламоқда.«Автомагистраль-кўприк қурилишучасткаси» бош пудратчи ташкилоти иш бошқарувчиси Анвар Йўлдошевнинг сўзларига кўра, йўл бўйлаб турли инфратузилма объектларини қуриш ҳам режалаштирилган. Добавлено (22-Сен-2014, 07:47) --------------------------------------------- Қашқадарёда ҳосилга кирган олхўри мураббосига шакар талаб қилинмайдиҚамаши туманидаги “Asad-Qara-Balandchayla” фермер хўжалигида Испаниядан келтирилган олхўрининг янги нави ҳосилга кирди. Мева тез ҳосилга киради ҳамда ширага бойбўлгани учун ундан мураббо ва қиём тайёрлашда шакар талаб қилинмайди.Фермер хўжалиги аъзоларининг таъкидлашича, Қашқадарёнинг иссиқ иқлим шароитига тез мослашган испан олхўрисининг меваси ўз ватанидагидан ҳам кўра ширали ва мазали.Айни пайтда бу ерда жануб гўзали ва элита деб номланувчи олхўридан ташқари, ўрикнинг шалок, шафтолининг чемпион ва элберт, олманинг баравенка, узумнинг мерседес ҳамда келин бармоқ каби хорижий навлар билан чатиштирилган кўчатларидан боғ яратилиб, ҳосил олинмоқда.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Чоршанба, 24-Сен-2014, 14:05 | Изох # 39 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Infola zorku))
Sayyod.com
|
|
| |
bek88 | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Янв-2015, 22:37 | Изох # 40 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Qarshining eski shahar qismida yangi xiyobon qurildiXiyobondagi ikkita asosiy yo‘ldan biriMarkaziy dehqon bozori darvozasining to‘g‘risidan bunyod etildi Добавлено (08-Окт-2014, 16:29) --------------------------------------------- Shahrisabzda hayvonot bog‘i tashkil qilindiMazkur bog‘da mehmonlar 60 turdagi noyob jonivorlarni tomosha qilishlari mumkin Добавлено (09-Янв-2015, 22:37) --------------------------------------------- Zafar Ruziyev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlandiO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Z. Sh. Ruziyevni Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagifarmonni imzoladi
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Elmurod_D | Сана: Якшанба, 11-Янв-2015, 17:17 | Изох # 41 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
| Bizning shaxar kundan kunga uzgarib boryapti.
sayyod bor biz bormiz.
|
|
| |
bek88 | Сана: Пайшанба, 12-Май-2016, 01:22 | Изох # 42 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Qashqadaryo viloyat onkologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi * * * Qarshi shahridagi viloyat onkologiya dispanserining yangi va rekonstruksiya qilingan binolari foydalanishga topshirildi, Tibbiyot muassasasining ochilish marosimida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot maskanlarini zamonaviy asbob-uskunalar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.120 o‘ringa mo‘ljallangan dispanserda 5 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Muassasaning bolalar, ginekologiya vareanimatsiya bo‘limlari yangi, bo‘yin-bosh, jarrohlik va diagnostika bo‘limlarirekonstruksiya qilingan binolarda faoliyat yuritmoqda.Joriy yil oxiriga qadar muassasaga navbatdagi zamonaviy tibbiy uskunalarkeltiriladi. Umuman, keyingi yillarda viloyatdagi tibbiyot muassasalariga e’tibor kuchaydi. Xususan, o‘tgan yili shu maqsadlar uchun 15 milliard 700 million so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Qarshi shahridagi viloyat ko‘ptarmoqli bolalar tibbiyot markazi, viloyat sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri, Qarshi, G‘uzor, Mirishkor, Yakkabog‘ tumanlari tibbiyotbirlashmalari kapital ta’mirlandi.Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z. Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.Добавлено (12-Май-2016, 01:22) --------------------------------------------- Қашқадарё вилоятида 660 нафар раис ва уларнинг 6 мингдан зиёд маслаҳатчиси сайланиши режалаштирилганЎзбекистон28 Апрел 20161794Қашқадарё вилоятида ҳам фуқаролар йиғинлари раислари ва уларнинг маслаҳатчилари сайловини ташкил этиш ва ўтказишга кўмаклашувчи комиссия ва ишчи гуруҳлар томонидан бу жараённинг ошкоралик ва тенглик тамойиллари асосида ўтишини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилаётир. Мутасадди ташкилотлар вакиллари иштирокида сайловолди тушунтириш-тарғибот тадбирлари, семинар-йиғилишлар ўтказилиб, оммавий ахборот воситалари орқали мунтазам ёритилмоқда. Бу ҳақда “ЎзА” хабар бермоқда.Вилоят бўйича 660 нафар раис ва уларнинг 6 мингдан зиёд маслаҳатчиси сайланиши режалаштирилган. Маҳаллалар фаолиятидаги бу муҳим тадбирга тайёргарлик ишларида фуқаролар йиғинлари раислари ва уларнинг маслаҳатчилари сайловини ташкил этиш ҳамда ўтказишга кўмаклашувчи Қарши шаҳар комиссияси ҳам фаол иштирок этмоқда.Бўлажак сайловда Қарши шаҳрида 62 нафар раис ва уларнинг 930 дан ортиқ маслаҳатчиси сайланади.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |