Jonajon va sevimli O'zbekistonimiz!
|
|
Olamgir(Alemgir) | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 01:17 | Изох # 51 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Mana bugungi kun Andijon viloyatida safarimni oxirgi kuni. Sharros urrib yoqqan yomgir Andijon shaxrini korkiga yanada kork ochdi. Bu ulug diyorda bobokolonimiz Bobur tavallud topganlar. Hozirgi zamondoshlarimizdan Munojat Yulcheva, Sheral Jorayev, Munojat Teshaboyeva, Valijon Shamsiyev, Botir Qodirov va hozirda juda ham mashxur Ozodbek Nazarbekov kabi taniqli istedod egalarni ham mana shu diyor yetkazib bergan. Добавлено (22-Июл-2013, 00:17) --------------------------------------------- Andijon shevasi ham oziga hosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan oshna-anjanchasiga ashna, qorqaman-qoqaman,ertalab-etamatan, osha-ashi, ayol turmush ortogini- bola, yastiq-bolish, katta doda-opoqi,bolvuradi-boloradi, lifta bolsangiz tugmani bosib yuboring-tugmani ezvoring, rozetkaga tiqib yuboring-rozetkaga seyib yuboring kabilar. Iftordan song yosh bolalar katta romolchani kotarvolib oldingizga kelib Roza keldi, bildinglarmi? Qozonga yog soldinglarmi.... deyishsa bu ramazon etib yoningizga kelishgan bolishadi, sharta chontakdan 1000 som berishni unutmang
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 01:23 | Изох # 52 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Andijonliklarda ramazon aytgan bolalar 2 - 3 marta aytib kelsa aytiladigan bir gap bor ,, xozir boshqa gruppa olib ketdi, ertaga kelish kóp vaqtlarda shu gapni ishlatishadi. . . Men esa Baland aytish xamma eshitsin, duoni chiroyli óqi deyman. .
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 01:25 | Изох # 53 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Shunday qilib Andijonda korganlarim shulardan iborat. Andijonga kelsangiz albatta shaxrini faqatgina kechki Andijon shaxrini sayr qilishni, insonlari bilan ozgina suxbat qurishni, rangli favvoralarni kechqurun tomosha qilishni, Chontakka borib Anjancha osh yiyishni unutmang. Andijonni tark etar ekanman juda katta tassurotlarni olib ketayotganga va yana qachonlardir Andijonga yana kelaman degan umud bilan tark etmoqdaman. Bobomiz Bobur aytganlaridek Anda jonim qoldi mening deb. Hayr Andijon, Salom Fargona
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 08:03 | Изох # 54 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Ustoz JIZZAXga qachon endi safar?
Sayyod.com
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 19:31 | Изох # 55 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Fargona oh bu Farxona qanchadan qancha mashxur insonlarni oz bagringda kamol toptirgansan, qanchalik seni tariflab qancha qancha doston-u asarlar bitishmagan. Men ham yana seni kormoq uchun safarga otlandim. Fargona quchoqing tomon oshiqib intilmoqdaman. Endi sizlarga Fargonada korgan u eshitganlarim togrisida 1 hafta davomida sozlarib beraman. Добавлено (22-Июл-2013, 16:22) --------------------------------------------- Fargona oh bu Farxona qanchadan qancha mashxur insonlarni oz bagringda kamol toptirgansan, qanchalik seni tariflab qancha qancha doston-u asarlar bitishmagan. Men ham yana seni kormoq uchun safarga otlandim. Fargona quchoqing tomon oshiqib intilmoqdaman. Endi sizlarga Fargonada korgan u eshitganlarim togrisida 1 hafta davomida sozlarib beraman. Добавлено (22-Июл-2013, 18:31) --------------------------------------------- Sardor dostim nasib qilsa avgust oylarida
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 20:53 | Изох # 56 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Vatan bu nima? Tug`ilgan joying. Vatan bu nima? Ona tuprog`ing. Vatan bu nima? Ko`hna zamining. Vatan bu nima? Sening maktabing. Vatan bu nima? Sening oiling. Vatan bu nima? Sening quvonching. Vatan bu nima? Qadardon go`shang!
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Сешанба, 23-Июл-2013, 14:30 | Изох # 57 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Mana Fargona boylab ham safarim boshlandi. Bugungi yonalishim qancha qancha asarlarda, tarixiy kitoblarda nomi keltirilgan, oz bagrida taniqli sanat vakillaridan Mamurjon Vzoqov, Mukarrama Turgunboyeva, Tamaraxonim, Yulduz Usmonovalar kabi dunyoga mashxur insonlarni yetishtirib chiqargan, ozining kamalak singari tovlanadigan atlasu adraslari bilan mashxur bolgan Margilondaman. Fargonadan Margilongacha taxminan 15 km yol ekan. Aholisi 200 mingdan oshadigan asosan ozbeklardan iborat. Korgan va bilganlarimni keyinroq yozaman.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Сешанба, 23-Июл-2013, 22:19 | Изох # 58 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Ustoz afsus men bolmas ekanman Bekzod akamga yordamlashardim. Xa xudo xoxlasa boshqa safar
Sayyod.com
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Чоршанба, 24-Июл-2013, 15:48 | Изох # 59 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Margilonda asosan aholi yashaydigan ozbekona qilib qurilgan uylarga kozingiz tushadi. Aholisi mehmondosh shu bilan birga, yahshigina ayorgina tijoratchi, sizni shevangizdan darrov mahalliy aholidan emasligingizni bilib qolishsa tamom 1000 somlik narsaga otni kallasidek narx qoyib hushmolilalik bilan ulardan qanaqa qilib shu tovarni sotib olganizni bilmay qolasiz, jaxlari burnini ustida turuvchi va shu bilan birga juda ham mehribon aholidir. Atlas olisi uchun Margilonga tushsangiz alohida Atlas sotadigan Qumtepa bozoridan, juda ham ota sifatli adras va shoyidan tikilgan sharflarni dunyoga mashxur Yodgorlik deb nomlangan kombinatdan olishingiz mumkin.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 24-Июл-2013, 16:23 | Изох # 60 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Uraaaa... Go'zal va navqirooon Farg'ooona...
Reportaj supppeeer...
Qo'qonga borsangiz "Qo'qon shamoli" haqida ham gap qistirib o'tsangiz Jahongashta Ritsar Akajooonim...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
БОБО | Сана: Чоршанба, 24-Июл-2013, 23:15 | Изох # 61 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Жахонгир репортажга гап йук,супер! Хам командировка хам саёхат мазза! Водийдан тайёрлаган таъсуротларизни кизикиб укидик,рахмат сизга. Лекин бир савол тугилиб колди,яъни бундан олдин Навоий,Бухоро,Хоразм ва Кораколпогистон Республикасида командировкада булдингиз,нега у ташриф тугрисида ёзмадингиз? Бу шунчаки савол кизикиб колдимда))
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Чоршанба, 24-Июл-2013, 23:57 | Изох # 62 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Bobo etibor berib oqiganingiz va qiziqib bergan savolingiz uchun rahmat. Siz yuqarida sanab otgan viloyat va Qoraqalpogiston Respublikasiga qilgan safarim, korganlarim togrisida yozmaganimni sababi forumdagilar uchun mani korganlarimni yozish ular uchun qiziqarli bolmasa kerak deb yozmagan edim. Vodiy togrisidagi yozishim moshinada Namanganga ketaverishdagi yoldagi voqealarni whats updagilar bilan birga baxam korishimdan boshlandi. Shundan keyin yolda korgan va kechirganlarimni shu yerda yozishga axd qildim. Qarasam forumdoshlar ham qiziqib oqiganlarini korib eh oldingi safarlarim togrisida yozsam bolarkan deb pushaymon boldim. Nasib qilsa Toshkentga qaytsam albatta ular haqida korganimni bafurja yozaman. Aslida bunday savolni berilishini kutgandim. Etiboriz uchun raxmat.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 00:03 | Изох # 63 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Nega endi amaqi biza uchun qiziq hech, Xorazmda nimalani ko`rganiz, hamma hammasi qiziq, Sizga kattadan katta rahmat aytishimiz kerak.
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 00:28 | Изох # 64 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Bugun esa Beshariq tumaniga hizmat safar bilan ertalabdan yolga chiqdim. Fargonada Oltiariq, Beshariq tumanlari bu katta aholi yashaydigan shaxar yana Tortariq va uchariq nomi bilan ataladigan qishloqlari bor ekan. Fargonadan Beshariqga taxminan 140 km, ortacha 1 soatu 20 min yetib borasiz. Aholisi ozbeklar, 198 mingdan oshiq. Tojikiston bilan chegaradosh. Fargonadan ketayotganingizda oldin Oltiariqdan otasiz. Bilasiz Oltiariqdan rahmatli Ohunjon Madaliyev tugilgan. Yol boyida bu insoni nomlariga ochilgan choyxona ham bor. Oltiariq ozining gavhardek kozga tashlanadigan, dunyoning hech qayerida topa olmaydigan osha mashxur uzumi bilan tanilgan. Yolda ketarkansiz boy baravar qilib qurilgan sori va unga chiroyli qilib biriktirilgan uzumlarga kozingiz tushadi. Yuqoridan qarasangiy goyo yerga yashil gilam toshalganga ohshaydi. Qol chozsangiz uzum uzsangiz boladi. Bunday sorilarni faqatgina bu tumanda uchratishingiz mumkin. Bunday holatni har bir uylarni ham hovlisida uchratishingiz mumkin. Bu uzumzorlarni korib qaniydi bir toshak solib mazza qilib salqinda dam olsa bolarkan degan hayolga bordim. Faraz qilin issiqdan qochib shu uzumzorga kirvolib yuqoriga qarab yotibsiz durdek tizilgan uzumlar ma mani olib ye deb oziga chaqiradi. Bunday diyorni yana qayerda uchratasiz.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 00:33 | Изох # 65 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| hahaha gap yo`q zo`r
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 11:50 | Изох # 66 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Beshariq tomon ketar ekansiz bunaqa gozal tabiatni yozib tariflashga qalamingiz ham yetmaydi. Yolni boylaridagi olma hamda oltindek tovlanib turgan shaftoli boglarini korib kozingiz quvnaydi. Bilasizmi shu yol yoqalab yurar ekansiz bosh qaralmagan yerlarni uchratish amri mahol. Bunday boglarni men bu dunyodagi jannat boglari deb tariflagan bolardim. Buni faqat koz bilan korish kerak. Beshariq ozining mevalari bilan mashxur ekan. Ayniqsa shaftolisini aytmaysizmi mmm uni korinishini korib bunday gozallikni yoq qilishga achinadi kishi. Ozi sapsariq bir tekisdagi shaftoli ikki tarafi ataylab boyalgan qizil rang, bunday shaftolini mana man degan toshkent bozorida uchratishingiz amri mahol. Mazasiga gap yoq. Qop qora uzumini aytmaysizmi bu goyalik oldida ohu kozli qizlar ham hijolat. Bu mevalar asosan chet davlatlariga eksport qilinar ekan. Aholini asosiy daromadi mana shu bogdorchilikdan ekan. Добавлено (25-Июл-2013, 01:32) --------------------------------------------- Beshariqga yolingiz tushsa pirojok deb nomlangan yani gosht kartoshka bilan qovrulgan non ham bor shungek qovurilgan baliqni tanavvul qilishni unutmang. Kech tomon qaytar ekanman kechki osha bog taraflardan esayotgan salqin shabada yuzingizni silab ketayotganga ohshaydi. Samoga qarasangiz yulduzlar shundaygina yaqol korinadiki goyo qolingizni chozsangiz ushlab olasiz. Oy ham tolinlashib qolgan, uni atrofida jajjigina bulut hamrohlik qilayotgandek. Mashinada ketayotib oy tamon hayol surayotgan chogimda Oy mandan uyalgandek ozini gozal yuzini osha jajji bulut bilan tosib olardi. Oy yuzini bekitganda yulduzlar yana ham yorqinroq korinardi. Huddi shoir aytganidek Orazin yop qoch kozimdin sochilur har lahza yosh, boylakim paydo bulur yulduz nihon bolgach quyosh. Shunday tabiatni yaratgan Ollohga shukurlar etishdan, bunday diyorga gozallik baxsh etgan ozbegimga tasannolar etasan kishi. Добавлено (25-Июл-2013, 10:50) --------------------------------------------- Bugungi safarimiz tarixda ochmas iz qoldirgan Qoqon tamon odimlamoqda. Fargona bilan Qoqon orasi 90 km taxminan 1 soatlik yol. Din dinka albatta Qoqonda korganlarimni batafsil bayon etaman. Shunday qilib korgan kechirganlarimni keyinroq oydinlataman.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Душанба, 29-Июл-2013, 11:59 | Изох # 67 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Ooooo zorku ustoz reportajni kutib qolamiz
Sayyod.com
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Якшанба, 11-Авг-2013, 23:23 | Изох # 68 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Uzoq tanaffusdan keyin Qoqon togrisida yozishni ozimga maqul kordim. Qoqonga borrsangiz ogzingiz ochilib qoladi. U yerdagi yangi qurilgan imoratlar va keng ravon yollari insonni oziga jalb qiladi. Qoqonda bilasizmi Orta osiyada birinchi martda 19 asr boshlarida Hitoy banki ishga tushirilgan ekan. Qoqon honing saroyi Qoqonni bezab turibti. Uning atrofini esa juda chiroyli qilib park qilib aholi aylanadigan solim gosha qilib qoyishgan. Qoqon shamoli haqida gapirsam aytishlaricha bu shamol turpoq aralash bolib uzoq vaqt davom etar ekan. Undan keyin albatta yomgir aralash havo bolar ekan. Yana esa Hamza Hakimzodaning yashab ijod etgan uy muzeyiga ham bordim. Shundoqqina markaz kochalarini ichkarisida joylashgan ihjamgina uy. Uy ichkarisiga kirsangiz osha tarihiy davrlarga kelib qolgandek bolasiz, u yerdagi muzey rahbari bu togrisida toliq malumot beradi.
Yana bulsa Rishton, Quvasoy va Quva tumanlarida ham boldim
Endigi safarim ertadan Sirdaryo, Jizzah va Samarqand tomon boladi.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
VENENA_89 | Сана: Якшанба, 11-Авг-2013, 23:43 | Изох # 69 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 101
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 718
Холати: Хозир йўқ
| Reportaj u4un rahmat! Vodiyga bormagan hi4, reportajni öqib huddi borgandey böldm.
Safaringiz bexatar bölsin, oq yöl!
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Душанба, 12-Авг-2013, 10:04 | Изох # 70 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat azizlarim yozganlarim siz uchun qanaqadur yangilik va nimanidur kashf qilgan bolsangiz man juda hursandman. Bugun erta tongdan yana ozimni osha man bilan hamrox bolib yuruvchi chemadonimni tahlab Sirdaryo tomon yol taraddudini boshladim. Bu galgi safarim ham 2 hafta bolib otadi. Siz azizlariga Sirdaryo-Jizzax-Samarqandda korgan kechirganlarim togrisida aytib beraman. Tarix varaqalarida qancha-yu voqea va hodisalarga boy bolgan oz nomi bilan mashxur osha Sirdaryo tomon ketmoqdaman. Sirdaryoda esa bir kun qolgan kunlari Jizzah va Samarqandda bolamiz. Mana shunaqa gaplar azizlarim.
HAYR QORGONIM TOSHKENT, SALOM SIRDARYO
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
bek88 | Сана: Душанба, 12-Авг-2013, 15:52 | Изох # 71 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Jaxon aka yurtimizni bilmagan joylarini tanishtirganiz uchun raxmat. Oq yo'l sizga.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Пайшанба, 15-Авг-2013, 14:08 | Изох # 72 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Sirdaryo bilan Toshkent orasida moshina bilan 1 soatu 20 minlik yol ekan. Yollari ravon. Sirdaryoda ham ancha qurilish ishlari ketayotgan ekan. U yerda ham boshqa viloyatlar singari Ozbekiston kochasi bolib u yerda ham aholi ishdan keyin dam oladigan maskanlar bor. Kechqurun esa har hil chiroqlar ushbu maskanni korkiga kork qoshib turadi. Aholisi har hil millatdan tashkil topgan ekan, tub aholisa kamroq asosan turli viloyatlardan kelib yashayotganlar. 600 minga yaqin aholisi mavjud. Sirdaryo deganda asosan shirin baliqlari esga tushadi. Sirdaryoga yolingiz tushsa albatta Ozbekiston jamoa hojaligiga borib sirdaryodan keltirilgan baliqdan tatib koring mazasiga gap yoq. Hozirda men Jizzahdaman yani Mirzacholdaman. Jizzah bilan Mirzachol orasi 70 km
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Пайшанба, 15-Авг-2013, 14:21 | Изох # 73 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Qo'qon - u yerga borganimda asosan Ayollar Xidjobda yurishadi (uzun ko'ylak va jag'ini ostidan ro'mol o'rab) . Xattoki yosh qizlar xam. Taxiga chiqqanimizda , xaydovchi bizga qarab : Qayerga borasizlar BALLAR (yani Yigitlar, bolalar) deganda, behosdan Paq etib kulib yuborgandim. Ilgari bu so'zni eshitmagandimda. Qo'qon bozori bor ekan, asosan tungi vaqt 01:00dan boshlanar ekan. Optom bozor deyilar ekan. Tonga yaqin yani quyosh chiqar vaqtda bozor tugidikan.
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |
Olamgir(Alemgir) | Сана: Сешанба, 20-Авг-2013, 00:01 | Изох # 74 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
| Jizzah bilan Mirzachol tomon ketayotganizda Qahramon degan jamoa hojaligiga kozingiz tushsa u haqida bazi malumotlarni oldindan bilib qoysangiz yahshi bolardi degan manoda bu togrisidagi malumotni asosan osha yerda yashayotgan aholidan bilib oldim rostmi yolgonmi bunga tarix guvohdir. yani shu Qahramon deb ataladigan jamoa hozaligining shiyponida Kubaning sobiq prezidenti Fidel Kastro bilan davlar arbobo Sharof Rashidov Samarqandga ketaverishda ushbu shiponda tohtab choy ichgan ekanlar. Shu yoldan ketayotsangiz albatta sizga bu togrisida malumot sifatida qistirib otib ketishadi. Mirzacholda ham anchagina ozgarish va qurilishlar ketayotgan ekan. Ozbek, qozoq, tatar va shunga ohshagan halqlar yashab kelmoqda. Bilasiz Mirzachol qovuni ozini mazali tami bilan dunyoga dongi ketgan. Yana agar qorningiz ochib qolsa osha yerda AVUL degan joy bor, u yerda mazza qilib qardosh halq qozoqlarning osha mashxur BES BARMAQNi yeyishni unutmang. Agar hohlasangiz sizga Qumron ham olib kelib berishadi, mazza qilib simirib Daryo toshqin suvlar tolqin, otaolmayman yor yor. otim ogriq manzilimga yetaolmayman deb behtiyor shu qoshiqni hirgoyi qilaboshlaysiz. Bugun esa Ozbekistonni jannatmakon va ming dardlarga davo bolib kelayotgan dunyoda tengi yoq Zomin tomon yol oldik. Zomin bilan bir qiziqarli voqeani etib berayda keyin u yerda korganlarni sizlar bilan baham koray azizlarim. Otgan yil ham hamkasblarim bilan dam olish kunlari Zomingga borgan edik. Agar Zominga kim borgan bolsa ana shu toglarni tepasida bir kenglik bor. Ana shu yerda ayollar qurt pista sotib otirishadi. Bu tepalikdan qarasangiz suv ombori juda chiroyli bolib korinadi. Endi hamkasblarim bilan moshinada muzikani baland qilib oynab ozimizni kayfiyatni ozimiz kotarib ketayapmiz. Birdaniga qurt yiyish mayli tugilib qoldi, moshinadan tushganizni bilamiz magnitafon orqali juda shoh hamma yoqni jumbushga keltiradigan, bu muzikani eshitgan odam behosdan qolini yoki tanasini qimillatib qoyishi aniq, yani arabcha ispancha mix qoshigi edi. Qurtni borib talashib tortishib narxini kelishsak muzika otib ketadi. keyin moshinadan muzikani baland qilib osha qurt pista sotuvchilarni oldida chunonam oynadikki tog va yer biz bilan birga oynagandek boldi. Boshida ular ham tushunishmadi, chunki qurt olgani tushib kelgan insonlar oddatda qurtni olib yolida davom etardi, biz esa qurt olsihdan darak yoq oyinga tushib oynayapmiza. Qurt pista sotib turgan ayollar bunday jarayonni korib ornilaridan turib qarsak chalib baravar biz bilan oynab ketishgandi. Zomin tog bagridan kelayotgan moshinadagilarni bazilar tohtab bazilari esa moshinani signalini chalib qollarini chiqarib biz bilan birga ekanliklarini namoyon qilgan bolsa, Zomin tomonga ketayotganlardan qurt olish uchun tushganlar esa bizlar bilan teng raqsga tushib ketishsa boladimi, uni ichida yoshi ham yoshi kattalar ham ayollar ham erkaklar ham, bundoq atrofga qarasam tahminan 15 ga yaqin odam biz bilan oynayapti. Hamma hursand hech kim bir birini gapirmadi ham, hamma qanday oynagan bolsa shunday oynadi.Orqasidan Yulduz Usmonovani Qizil olmasi boshlanib qoldi, endi qiyquruvlarni korsangiz guyo shu yerda artistlar kelib konsert berayotgandek. Qoshiq tugadi, endi qurt olishga borsam osha sotuvchilar ishonsangiz mani ozimga har biri 5 ta donadan tekinga qurt berishgandi. Ohirida ular bunaqa mazza qilib oynamagandik deb, qolgan bizlar bilan oynagan insonlar ham bunday mazza qilib raqsga tushmaganmiza deb etib ketishgandi. Bu yil ham osha yerda qurt olish uchun tushdik. Ularni oldiga yaqinlashar ekanman, hamma ayollar bir biriga qarab nimanidur pichirlab nimanidur gaplashib man tomon kulib qoyishyotganidan hayron boldim, mani kimgadur oxshatishayotgandur deb oyladim boshida. Keyin bir ayol manga qarab siz otgan yili kelib rosa raqsga tushib ketgandiza deb kulib qaradi, man esa ha deyishimni bilaman haligi ayollar baqirishib qarsak chalib yuborishsa boladimi, galati bolib kettim, guyo katta sahnaga konsert bergan artisdek bolib kettim. Yana oynab bering bir yil davomida osha sizni oyiniz bizni kayfiyatimizni kotarib turdi, bunaqa oyinlar bizni oldimizda hech bolmagan, oshanda zor bolgan edi deyishdi. Man esa ularga tajublanib qarab qiziq 1 yil davomida qancha odamlar sizlarni oldingizda narsalar olib ketishadi, nahotki ularni orasida mani eslab qolgan bolsangiz desam, ular manga qarab sizni osha chingalak sochlaringiz va ozingizni bizlar yahshi eslab qolganmiz deb qiyqirab kulib yuborishdi. (Bu yerda iltimos ozimni maqtagan yoq umuman man bilan bolgan qiziq voqeani sizlar bilan baham koray degandim-shu narsaga etibor berishingizni sorardim). Zomin bilasizlarmi shunaqa havosi toza, bu tog bagridagi bir qator bolib chiqqan archalarni aytmaysizmi, huddi tabatni bu gozalligini yana qayta koray olarmikinman deb yana yana shu gozallikni korgingiz kevuradi, Bu toglar bagrida yotgan qorlar, bu yashillikni korib behosdan baland ovozfda baqirgin va qoqisdan raqsga tushgin ketib qolar ekan. U yerda davalonayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbat qurganimda Ozbekistonni turli burchaklaridan kelib davo topayotganlarni kordim Asosan astma, bronh yollari kasallangan insonlar bu yerda juda shifo topib ketayotganlarini aytishdi.Добавлено (19-Авг-2013, 02:49) --------------------------------------------- Andijondan kelgan bir kishi bilan gaplashdim. 10 yil oldin astma kasalligi bilan kasallangan ekanlar, juda ogir bolib shunday hol bolgan ekanlarki krovatga mihlanib qolib yuraolmagan ekanlar. Zominga ham ularni 5 yil avval yotgan holda olib kelishganini, bir kurs davolovchi kursdan keyin oyoqqa turib andijon tomon ketganlarini etib berdilar. Har yili shu yerga kelib davolanishlarini, bir yil davomida unchalik astma kasalligi bezovta qilmasligini etib ottilar. Zomin sanatoriyasida juda kop hamyurtlarimiz shifo topib ketayotganlarini bir necha insonlardan ham eshittim. Havosi ayniqsa eng davoli ekanligini qayta qayta takidlab otishdi. Bir marta bolsa ham mana shu gozallikni, mana shu tabiatning bizga bergan inomini tatib va zavqlanib korishingizni sorardim U yerdan oqib tushayotgan shalolarni shunchalik sovuq va shirin ekanligini, ushbu suvni har ichganizda yana ichgingiz keladi. Kom kok archalarni taglarida dam olayotgan hamyurtlarimizni korib juda hursand boldim. Olloh bizlarga shunday tabiat inomlarini bergani uchun, tinch vatanda yashoyatganimzga shukur qilasan kishi/ Togni tepasiga chiqsangiz bu gozallikni soz bilan tariflab beraolmayman. Mana man degan rassomu, qalam tebratuvchi yozuvchilar ojizlik qiladi. Hullas ming martta oqigandan bir marta korgan yahshi. Jizzahda ham shuncha kop qurilish-u rivojlanishlarni korib kozingiz quvnaydi, habaringiz bor bu diyorda Davlat Arbobo Sharof Rashidov tavallud topganlar. Juda katta mashtabda stadiyon qurilmoqda. Kochalari juda toza va ravon. Yol boylarida yashil osib yotgan darahtlarga kozingiz tushadi.Insonlari ham jonga yaqin, bu yerda bolsangiz sizni albatta tandir gosht bilan mehmon qiladi. Mana Jizzah bilan ham ertangi kun hayrlashaman, bu yerda korgan bilganlarim shular. Endi esa Samarqand Sayqali royi zamin ast deb mahshur iboralarda dilga doston, ne ne ulug siymolarni oz bagridan joy berib, yetuk dunyo tanitgan insonlarni yetishtirib chiqqan, dunyoning gavhari Samarqand tomon oshiqaman. Endi sizlarga ushbu oltin diyorda korganlarim haqida malumot beraman.
HAYR JIZZAH SALOM SAMARQAND Добавлено (19-Авг-2013, 23:01) --------------------------------------------- Jizzah bilan Samarqand orasi ham tahminan 100 km ekan. Samarqand tomon ketadigan yollar ham juda ravon bir tekis. Mana endi azim Samarqanddaman sizlarga bu makonda korganlarimni aytib beraman.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
|
|
| |
Sardor_B | Сана: Жума-муборак кун!, 28-Ноя-2014, 12:51 | Изох # 75 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
| Ozbekistonga qish xam eshik qoqib keldi. Ayni damda shahrimizda Qor yogishda davom etmoqda.
Sayyod.com
|
|
| |