"ФАХРЛИ ИНСОН" ?    | Биз:  +99894 695-21-21 (+телеграм) |   Телеграм  канал:  @sayyoduz  | эл.почта: sayyod@gmail.com
 

     

Реклама бўлими: +99894 6952121
 
Siz uchun sinov. - Страница 2 - Форумистон
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Siz uchun sinov.
keenСана: Шанба, 06-Апр-2013, 19:01 | Изох # 26
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 274
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 173
Холати: Хозир йўқ
manda to'ri chiqti cho'ta ))

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) keen - Шанба, 06-Апр-2013, 19:02
 
bek88Сана: Сешанба, 09-Апр-2013, 18:52 | Изох # 27
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Kim qaysi tomoni
bilan o’ylaydi.

Добавлено (09-Апр-2013, 17:52)
---------------------------------------------
Inson organizmining
bynday faoliyati uning
turli hulq-atvor
shakllarida namoyon
bo’ladi . Bunday hulq-
atvor reaktsiyalari chap
va o’ng turlardan
tashkil topadi. Demak,
siz bir nechta mashq
bajarib o’zingizda qaysi
turdagi reaktsiya
ustunligini
aniqlashingiz mumkin.
Qo’g’oz va qalam
tayyorlab, xar bir
mashqdan keyingi
natijani « O’ng » bo’lsa
- « O’ », « Chap » bo’lsa
- « Ch » deb belgilab
boring.
Birinchi mashq.
Qo’llaringizni oldinga
cho’zib,
barmoqlaringizni
chalkashtiring. Endi
qarang, bosh
barmoqlaringiz qaysi
biri ustida turibdi –
o’ngmi, chapmi?
Ikkinchi mashq.
Ko’rsatkich
barmoqlaringizni
birlashtirib, nishonga
olayotgandek oldinga
cho’zing. Biror nuqtani
nishonga olib bir
ko’zingizni yuming.
Endi qaysi bir
barmog’ingiz nishonni
aniq olganini belgilang.
Uchinchi mashq.
Bu « Napaleon turishi »
deb ataladi.
Qo’llaringizni
ko’ksingizda
chalkashtiring, Qaysi
qo’lingiz ustida turgan
bo’lsa, belgilab qo’ying.
To’rtinchi mashq.
Biroz qarsak chaling.
Endi esa qaysi qo’lingiz
ustida ekaniga e’tibor
bering. Natijani
qo’g’ozga yozing.
Birinchi mashq sizning
tafakkuringiz mantiqqa
yoki hissiyotga
moyilligini bildiradi.
Ikkinchi mashq
qattiqqo’llik va
jahldorlikni, uchinchi
mashq soddalika yokii
takabburlikka
moyillikni, to’rtinchi
harakterdagi qat’iylik
va qat’iyatsizlikni
anglatadi.
Test natijalari
quyidagicha :
O’ O’ O’ O’
Umumqabul qilingan
fikrga ergashish, eski
qonun va aqidalarga
moyillik, hulq –
atvordagi barqarorlik.
O’ O’ O’ Ch
Ishonchsiz
konvertavizm, kuchsiz
temperament.
Jur’atsizlik.
O’ O’ Ch O’
Hushomad, qat’iylik,
yumor hissi, faollik,
serharakatlik,
temperamentlik,
«artistlik ». Bu kuchli
harakter kuchsiz
turlarni qabul qilmaydi.
U bilan muloqotda
yumor va qat’iylik
zarur.
O’ O’ Ch Ch
Kamyob va mustaqil
harakter turi. Yumor
hissi, hushomad ,
yumshoqlik va
«artistlik ». Harakterida
qat’iylik va jur’atsizlik
o’rtasida biroz qarama
– qarshilik bor . Aloqa
o’rnatish darajasi
yuqori, ammo
moshlashish juda sekin.
O’ Ch O’ O’
Ishbilarmon harakter,
tahliliy fikr va yumshoq
harakter. Ko’proq bu
tur ayollarda uchraydi.
« Ishbilarmon ayol »
ramzi. Moslashishi
sekin, ehtiyotkor.
Bunday odamlar
yuzma – yuz jangga
kirishishadi. Ularda
sabr, hisob – kitob
ustun turadi.
Munosabatlar rivoji
sust, biroz sovuq.
O’ Ch O’ Ch
Kuchsiz harakter, juda
kam uchraydi.
Himoyasiz va kuchsiz.
Turli ta’sirlarga
beruluvchan. Faqat
ayollarda uchraydi.
O’ Ch Ch O’
Yangi taassurotlarga
o’ch va ziddiyatlar
yuzaga kelishidan
qochuvhchi. Biroz
beqarorlik, o’ziga hos
yumshoqlik.
Hissiyotlari sekin,
jiddiy. Oddiy va
muloqotda ko’pincha
tortinchoq. Yangi hulq
– atvorga o’tishga
moyil. Ko’pincha
ayollarda uchraydi.
O’ Ch Ch Ch
Beqaror va erkin
harakter. Asosiy
hususiyati - tahliliy fikr
yuritish. Kam uchraydi.
Ch O’ O’ O’
Turli sharoitlarga juda
yaxshi moslashuvchan
ko’p uchraydigan
harakter. Hissiyotli va
qat’iyatsiz. Begona
ta’sirga yuqori
beriluvchanlik.
Boshqacha harakterlar
bilan oson aloqaga
kiradi. Erkaklarda
hissiyotlari past,
flegmatiklikka moyillik
kuzatiladi.
Ch O’ O’ Ch
Kuchsiz qat’iyat,
yumshoqlik, asta –
sekin ta’sirga
beriluvchan, soddalik.
O’ziga o’ta e’tibor talab
qiladi - « kichik malika
» tipi.
Ch O’ Ch O’
Eng kuchli harakter
egasi. Fikriga ta’sir
o’tkazish qiyin. Qat’iylik
ko’rsatishga qodir.
Ammo, bur narsa
ba’zan ikkinchi darajali
maqsadlar uchun jon
kuydirishga olib keladi.
Kuchli shahs,
harakatchan,
qiyinchilikni yengishga
qobiliyatli. Birovlarning
nuqtai nazariga yetarli
e’tibor bermaydigan,
biroz konservator.
Bunday odamlar
qaramlikni (ma’naviy
va moddiy) yomon
ko’radilar.
Ch O’ Ch Ch
Kuchli va erkin
harakter. Fikriga ta’sir
o’tkazish qiyin. Asosiy
hususiyati – yuzaki
yumshoqlik va hissiyot
bilan o’ralgan ichki
g’azab. O’zaro ta’sir tez,
o’zaro tushunish sekin.
Ch Ch O’O’
Do’stlik va oddiylik.
Qiziqishlari biroz
tarqoq.
Ch Ch O’ Ch
Asosiy hususiyati:
soddadillik,
yumshoqlik,
ishonuvchanlik. Bu juda
kam uchraydigan
harakter (ayollarda 1%,
erkaklarda umuman
uchramaydi ).
Ch Ch Ch O’
Hissiyotlilik va jur’atlilik
(asosiy hususiyati),
serharakat, biroz
besaranjomlik. Bu
narsa o’ylanmagan, tez
qaror qilingan,
hissiyotga asoslangan
ishlarga olib keladi.
Ular bilan muloqotda «
tormozlovchi
mehanizmlar » zarur.
Ch Ch Ch Ch
Narsalarga yangicha
nazar tashlovchi
qobiliyat sohibi
(antikonsevatizm),
kuchli hissiyot, o’ziga
hoslik, hudbinlik,
o’jarlik,
himoyalanganlik,
ba’zan o’ta indamas.
«Ko’zni qamashtiruvchi
» tabassum qilishga
qodir.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Zinnura_KСана: Душанба, 15-Апр-2013, 07:15 | Изох # 28
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Raxmat bek88 juda zo'r mavzu.. clap

erka farishta....(m)....
 
asalyaСана: Душанба, 15-Апр-2013, 08:08 | Изох # 29
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 19
Холати: Хозир йўқ
man talasam xammasidan azginadan oganman
 
bek88Сана: Душанба, 15-Апр-2013, 12:45 | Изох # 30
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
bu yerda vaqti vaqti bilan test savolarini quyib boraman. Agar sizda xam pesixologik testlar bo'lsa quyishez mumkin.  Tez orada yana pesixologik test savolaridan quyaman.



Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
DilfuzaСана: Душанба, 15-Апр-2013, 15:11 | Изох # 31
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 47
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 156
Холати: Хозир йўқ
охиргиси зоракан манга йокди манда топпа тори чикди
 
DadaxonСана: Душанба, 15-Апр-2013, 15:47 | Изох # 32
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Zör test ekan. Natijani öqib ö shunaqa ekanmanda devordim.
Lekn rostanam tög'ri chiqdi qoil qoldm. Kutmagandm bunaqa chiqishini.

Добавлено (15-Апр-2013, 14:47)
---------------------------------------------
1-testda "b"lar köp chiqdi.

 
asalyaСана: Душанба, 15-Апр-2013, 18:20 | Изох # 33
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 19
Холати: Хозир йўқ
manam qoysam bolarkan nu tolko na ruskam yazike
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 17-Апр-2013, 20:01 | Изох # 34
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
hands kutaman!!!
 
bek88Сана: Шанба, 11-Май-2013, 20:47 | Изох # 35
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Yurak etishmovchiligiga chalingan bemorlarning uchdan bir qismi uz hayotlariga bu kasallik xavf solayotganini taxmin ham qilmaydilar. Sizning hayotingizga yurak etishmovchiligi xavf solmayaptimi? Teksherib kuring:
...
1. Ortiqcha vaznga egamisiz yoki osonlikcha semirib ketishga moyinlligingiz bormi?
A. Vaznim meyorida.
B. Ortiqcha vaznga egaman.
2. Kundalik jismoniy faolikka qancha vaqt ajratasiz?
A. Hech bulmaganda 30 daqiqa.
B. Seriallar ko'rishni avzal bilaman.
. * . * . *
Parhezingiz etarlicha foydalimi?
3. Mevalar: kuniga ikki yoki undan ortiq.
4. Bodom: haftasiga hech bo'lmaganda yarim stakan.
5. Sabzavotlar: kuniga 2-3 xili.
6. Yog'lar: o'simlik va tozalanmagan yog'lar.
7. Go'sht: haftasiga 300 gr.
8. Baliq: haftasiga 200 grammdan kam bo'lmagan miqdorda.
9. Don mahsulotlari: kuniga 100 grammdan kam bo'lmagan miqdorda.
10. Dukkaklilar: haftasiga yarim stakandan kam bo'lmasligi kerak.
. . NATIJA . .
A. 5 va undan ko'p savolarga << ha >> deb javob bergan bulsangiz:
Sport bilan shug'ullanuvchi, ko'proq meva va sabzavotlar istimol qiladigan insonlarning yuragi noxosdan tuxtab qolshdan muhovazalangan.
B. 4 va undan oziga <<ha>> deb javob bergan bo'lsangiz:
Zararli odatlarni o'ziga odat qilgan insonlarga nisbatan faol hayot tarzi kechiruvchi insonlarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi kam.

Добавлено (11-Май-2013, 19:47)
---------------------------------------------
.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
GULI_NURСана: Якшанба, 12-Май-2013, 17:46 | Изох # 36
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Iiiii man chunmadim-uuuuu facepalm oops
 
Malika_95Сана: Сешанба, 14-Май-2013, 10:58 | Изох # 37
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 304
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 246
Холати: Хозир йўқ
zorakan o' la nu tori chiqdi

Xayotda shunday yashangki kulib-kulib
G`amlar sizga ta`zim qilsin yeti bukilib
 
AbbosbekСана: Сешанба, 14-Май-2013, 12:00 | Изох # 38
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
menda xam köp B chiqdi. Xali xammasini yozaman

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Malika_95Сана: Чоршанба, 15-Май-2013, 01:24 | Изох # 39
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 304
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 246
Холати: Хозир йўқ
b qatan o' ili ch chiqiwi keryu

Xayotda shunday yashangki kulib-kulib
G`amlar sizga ta`zim qilsin yeti bukilib
 
bek88Сана: Пайшанба, 16-Май-2013, 20:17 | Изох # 40
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Uzizdi sinab ko'ring, va barcha test savolarga javob bering. Aziz forumdoshlar

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Elmurod_DСана: Шанба, 18-Май-2013, 19:23 | Изох # 41
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
Judda qiziqarli test savollar quyopsiz Bek do'stim. Yana shunaqa savolardan bo'lsin.

sayyod bor biz bormiz.
 
♥♥♥BEAUTIFUL♥♥♥Сана: Якшанба, 19-Май-2013, 03:53 | Изох # 42
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 6
Холати: Хозир йўқ
AJOYIB  LEKIN  MAN  AZGINA  TUSHUNMADIM  TO'RISI

TAQDIR BIZNI UCHRASHTIRMASA,
MEN DUNYODAN YOLG'IZ O'TAMAN,
SURATINGNI BAG'RIMGA BOSIB,
QABRIMGA HAM OLIB KETAMAN.
 
bek88Сана: Якшанба, 19-Май-2013, 18:05 | Изох # 43
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
♥♥♥BEAUTIFUL♥♥♥ boshidan uqing.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
LOVEСана: Якшанба, 19-Май-2013, 18:47 | Изох # 44
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 15
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 78
Холати: Хозир йўқ
QOIL  TO'G'RI  CHIQDI  MANDA  HAM  YAQINLARIMDA  HAM  SINAB  KO'RDIM  QOIL

 
bek88Сана: Жума-муборак кун!, 31-Май-2013, 19:37 | Изох # 45
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Boy bo'lish formulasi
Boy bo'lishni istaysanmi
— o'ylagin dеgandi
amеrikalik ruhshunos va
faylasuf Napolеon Xill.
Bugungi kunda boy
bo'lish sirlari haqida
ko'plab kitoblar nashr
qilinmoqda. Xo'sh, ushbu
kitoblar chindan ham
boy bo'lishimizga
yordam bеra oladimi?!
Agar omad qozonish,
boylikka erishish
formulasini, amalda tatbiq
etgan kishilarning ish olib
borish jarayoniga e'tibor
qaratadigan bo'lsak, bu
narsa bir nеcha amallardan
iboratligini ko'ramiz. Rioya
qilish lozim bo'lgan
muntazam harakatlarsiz
hеch qanday ijobiy
natijaga erishib bo'lmaydi.
Rеja tuzish, vaqtni bеkorga
sarf qilmaslik, intizomli
bo'lish va qaror qabul
qilish — omad
formulasining ildizlaridir.
Agar boylik sirini bir og'iz
so'z bilan ifoda qilib
bo'lganda edi, o'sha
birgina ochqich so'zni aytib
qo'ya qolgan bo'lardik.
Buning uchun muttasil
o'qib-o'rganish, shirin
uyqulardan, tarallabеdod
bazmlardan voz kеchishga
to'g'ri kеladi. Boy
bo'lishning o'zi bo'lmaydi.
Shuning uchun ham
tadbirkor milliardеrlar ko'p
emas. O'z orzularini
amalga oshirish uchun
mashaqqat chеkkan
odamlargina niyatiga еta
olishadi.
Boylik haqida yanglish
qarashlar!
Nyu-York shahridagi
Lyuksеri institutida
o'tkazilgan bir tadqiqotda
odamlarning boylik va
boylar haqida yanglish
fikrlashi mushohada
qilindi.
Boylar pulni oson
topishadi va harjlashadi.
Tadqiqotlar aslida
ko'pchilik boylarning oddiy
odamlardan bir nеcha
barobar ko'p tеr to'kishi,
asabiy va mushkul
vaziyatlar bilan yuzma-yuz
kеlishini ko'rsatadi.
Mol-davlat to'plash
uchun muhitning
ahamiyati katta. Agar shu
mantiqdan kеlib
chiqadigan bo'lsak, ma'lum
shahar aholisining 100
foizi badavlat, boshqa bir
shahar yoki qishloqda
umuman boy odam
bo'lmasdi.
Boylar xasis bo'lishadi.
Boylik aslo xasislik natijasi
emas. Aksincha, ko'pgina
"tеjamkor" insonlar nochor
ahvolda hayot kеchiradilar.
Omadga erishish
"rеtsеpti" yoxud sеhrli
rеja!
"Karvon yo'lda tuziladi"
dеb emas, biror
muvaffaqiyatga erishishni
maqsad qilgan har bir
odamda oldindan aniq rеja
bo'lishi talab etiladi. Xo'sh,
rеja qanday tuziladi?
1. Qancha pulga ega
bo'lmoqchisiz, aniq
miqdorini aniqlang. Ko'p,
dеb aytish kеtmaydi,
orzularingizni amalga
oshirish uchun qancha pul
kеrakligini aniq aytish
kеrak.
2. Bu pulni topish uchun
nima qila olasiz?
Xayolingizga kеlgan barcha
yo'llarni yozing, hatto
arzimagan pul topish
mumkin bo'lgan soha ham
qolmasin. Agar hozirgi
ishimda ikki dunyoda ham
kеragidan ortiqroq pul
topolmayman dеsangiz,
unda qo'shimcha ish
toping, boy bo'lish
osonmas, axir.
3. Ko'zlangan pulga qachon
erisha olasiz, bir yildami,
bеsh yildami, aniq bir
kunni bеlgilab oling.
Masalan, "2012 yil, 5 may".
4. Agar shu pulni qo'lga
kiritsangiz, qaysi
orzuingizni ro'yobga
chiqarardingiz? Orzu
qandayligidan qat'i nazar
to'liq tafsilotlarini yozing.
Masalan, "Nexia" rusumli
avtomobil sotib olardim".
5. Har kuni ertalab va
kеchqurun ushbu rеjalarni
ovoz chiqarib o'qing. O'qish
jarayonida bu pullar
allaqachon mеniki bo'ldi,
dеb tasavvur qiling,
o'zingizni ishontiring.
Ushbu rеjaga kamida bir
oy amal qiling, agar
faoliyatingizga zarracha
ham foydasi tеgmagan
bo'lsa, mayli kеlgan
joyidan to'xtating.
Ibrat: Intilishda
Edisondеk bo'lish kеrak!
Tomas Edison elеktr
lampochkasi haqida orzu
qilgan edi. U bu buyuk
orzuni amalga oshirish
maqsadida ishga kirishdi,
o'n ikki ming martalab
mag'lubiyatga uchrasa-da,
aytganida turib oldi, orzusi
haqiqatga aylanguncha
aslo tinim bilmadi. Nihoyat
orzusiga еtdi va
lampochkani ixtiro qildi.
Boylikka erishish
fomulasi!
Xohish-istak. Istak
mag'lubiyatni g'alabaga
aylantiradi. Hayotdan ko'p
narsa tilasangiz, u sizga
ko'p narsa ato etadi. Istak
g'alaba uchun barcha
kuchlarni yig'ar ekan, sizga
chеkinish uchun aslo yo'l
qolmaydi, g'alaba
ta'minlanadi, dеyavеring.
Ishonch. Boshqariladigan
ishonch har qanday fikrni
zo'riqishdan titrashga
majbur qiladi..
O'z-o'zini ishontirish. Bu
orqali ustun turgan fikrlar
miya osti asab tizimiga
suqilib kiradi va unga ta'sir
qiladi. Ong sizni rеja bilan
taqdirladimi? Zudlik bilan
ishga kirishing!
Tasavvur shunday
ustaxonaki, unda insoniy
rеjalar toblanadi, istaklar
amalga oshadi, ichki turtki,
ishtiyoq, zavq-shavq shakl-
shamoyil oladi va
ongimizning tasavvur bilan
bog'liq harakati ishga
tushiriladi.
Qaror qilish. Ish qanchalik
katta bo'lsa, uzil-kеsil
qaror qabul qilmaslik shu
darajada xavflidir.
Qat'iyatsizlik —
omadsizlikning tub sababi
hisoblanadi.
Maqsad bеlgilash.
O'zingizga kundalik,
haftalik, oylik va yillik
maqsadlar bеlgilab oling
va shunga ko'ra harakatni
boshlang.
Muvafaqqiyatingiz
to'siqlarga uchramasligi
uchun qo'lingiz еtadigan
maqsadlarga ko'ra harakat
qilishingiz maqsadga
muofiq.
Xulosa
Muvaffaqiyat uchun har
doim sarmoyaga emas,
ijodkorlik, jasorat va
tasavvur qilishga ehtiyoj
bor. Boy bo'lishni maqsad
qilganda, avvalo, o'z ichki
imkoniyatlarini ishga solish
talab etiladi. O'zingizni
tayyor dеb o'ylasangiz,
muvaffaqiyatsizlikka
uchrashdan qo'rqmay,
lozim bo'lgan jasoratni
o'zingizda topasiz. Dunyoni
o'zgartirib yuborgan Ford,
Microsoft, Google,
Facebook kabi
kompaniyalar ham bir
kunda maydonga
chiqmadi. Orqasida yillar
davomida davom etgan
tayyorgarlik, rivojlantirish
ishlari va to'kilgan tеrlar
bor.
Boy inson bilan o'rta hol
inson orasidagi yagona
farq pul haqidagi
o'ylashida namoyon
bo'ladi. Agar chindan
millionеr bo'lishni
istasangiz bajarishingiz
kеrak bo'lgan ilk ish —
boylardеk o'ylashni
o'rganishingiz kеrak.

Добавлено (23-Май-2013, 18:14)
---------------------------------------------
Manba: Darakchi gazetasidan.

Добавлено (31-Май-2013, 18:37)
---------------------------------------------
Xarakter aksentuatsiyasini baholash testi
Siz quyidagi matnlarni mazmuni bilan tanishib chiqing va xarakteringizni aks ettiradigan bandlardan birini tanlang.So'ngra natijalar darchasidan xarakteringiz haqida ma`lumot oling.

1.Men-tabiiy pessimist, kayfiyatim doimo tushkun holda. Menga hayot mazmunsizdek tuyuladi. Doimo uning ayanchli tomoni haqida o'ylayman. Nima yahshi, nima yomonligini ajrata olmayman. O'zimni nimadandir ayibdordik his etaman. Atrofdagilar menga shubha bilan qaraydigandek tuyuladi. Men doimo g'amgin va tushkun holdaman. Hamma narsaadn norozi bo'lib yuraman. Ishlarni sekin va shoshmasdan bajaraman. Qiyinchiliklar oldida ojiz qolaman. Ertalablari o'zimni noxush, toliqqandek his etaman. Mening hayotim hech narsaga arzimaydigan, maqsadsizde
2.Mening kayfiyatim doimo yaxshi. Men atrofdagilar bilan munosabatlarda ochiq va xushmuolaman. Men boshqalarning ishiga, taqdiriga befarq emasman. Men odamlar bilan suhbatdan rohatlanaman. Odamlarga bajonidil yordam beraman. Ko'p va'dalar beraman, ammo ularni hammasini ham bajaravermayman. Sabr-toqatni talab qiladigan ishlarni yoqtirmayman. Ishlarim juda ko'p, ammo ularning hammasini ham vaqtida bajarishga ulgurmayman. Atrofdagilar meni fikrlarimni bajonidil tinglashlarini bilaman. Atrofdagilar meni bajonidil tinglashadilar va so'ngra jo'yali fikrlarimni o'z o'rnida foydalanidilar. Mening fikrlarimga qarshi chiqishlarini yoqtirmayman. Asablashsam, qo'pollashaman, do'q uraman va hammani ko'nglini qoldiraman. Mening ishtaham anchagina yaxshi. Men anchagina sho'xman. Mening mimikalarimga qarab aktiyorlik qobiliyati bor deb biladilar

3.Mening kayfiyatim tez-tez o'zgarib turadi. Uzoq vaqt davomida, o'zimni yaxshi his etaman, ishda muhokama yuritishni yoqtiraman. Uyqum joyida. Do'stlarim bilan uchrashishni yoqtiraman O'zim bilan bo'gliq noxush holatlarni osongina bartaraf etaman. Biroq o'zim tushunmagan holatlar kayfiyatimdagi buzilishlar uzoq vaqt davom etadi. Bu holat bir necha haftadan oygacha davo etishi mumkin. Natijada hammaqsiga qo'l siltab qo'yaqolaman va o'zimni taxqirlangan va azoblangandek his etaman. Hech kim bilan korishsishni xohlamayman. Bunday holatni unutish uchun yolgiz qolishni afzal hisoblayman. Kayfiyatimdagi bunday o'zgarishlar bahor va kuz faslida ko'proq uchraydi

4.Men ochiq ko'ngil, quvnoq, ammo ozgina noxushliklardan (obi-havoning o'zgarishi, noxush aytilgan so'z, noqulay qarash va boshqalar) ham ranjiydigan xarakterga egaman. Bu holat uzoq davom etmaydi. Qiziqarli yangiliklar, iliq munosabatlar meni ishlashimga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Kun davomida mening kayfiyatim har xil sabablarga ko'ra bir necha bora o'zgaradi. Nima uchun kayfiyatimni ko'tarilib tushushini o'zim ham tushunmayman. Ba'zi hollarda bolalardek bo'lib qolaman. Mening tuyg`ularimga har doim ham ishonib bo`lmaydi. SHu sabablidir ozgina ko'ngilsizliklarni qiyinchilik bilan kechiraman.

5.Men o'zimni ko'pincha horgin va toliqqandek sezaman. Kayfiyatimda dilgirlik kuzatiladi. Ba'zi kishilarni buyruq berishlarini yoqtirmasamda, ayrimlariga esa o'zim buyruq beraman. Uzoq vaqtli kuch bilan ishlash va zo`riqishlardan so`ngra o'zimni toliqqandek his etaman hamda uxlashga moyil bo'laman. Sog'lig'imdan bezovtalanaman. Qandaydir og'riqlardan azoblanaman. Ba'zan yurak o'g`rigi, ba'zan bosh o'grigidan azoblanaman. Uzoq vaqtli zuriqish va toliqishlar diqqatimni to'plashga xalaqit qiladi. Mening ishtaham anchagina yomon. Uyqumda ham halovat yo'q. Ba'zan uyqudori qabul qilishimga to'gri keladi. Qo`rqinchli tushlar ko`raman. Uyqusizlik tufayli o`zimni loxas his etaman. Ozgina ko`ngil xiraliklarda ham asabiylashib, yig`lab yuboraman. Yangi muhitga moslashishim qiyin. Menda batartiblik etishmaydi. Ishlarimda tartibsizlik hukmron.

6.Ochig`ini aytsam, men uyatchan, jur’atsiz, taassurotchan, qo`rqoq odamman. Meni maqtab gapirishganda o`zimni noqulay his etaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Odamlar orasida o`zimni noqulay sezaman. SHu bois yolg`izlikni ma’qul hisoblayman. Qorong`ulikdan qo`rqaman, kichkina sho`xliklardan ham chuchiyman. Janjallardan, bahs munozarlaradan o`zimni olib qochaman. YOki raqiblarimga yon beraman. Odamlar orasida bo`lish meni toliqtiradi. SHu bois yolg`izlikni yoqtiraman. Jonli bahs-munozalarda aralashmayman. Nizolardan qochaman. YAxshisi, ularga yon berib qo`yaqolaman. Odatda tushkun kayfiyatda bo`laman. O`zimga ishonmaganligimdan doimo azoblanaman. Ko`chli va o`ziga ishonganlarga nisbatan tobedik o`zimni his etaman. Ko`pchilik ishtirok etadigan davralarda o`zimni ojizdek his etaman, qizarib ketaman va duduqlanib qolaman. Uyqum behalovat va bezovtali. Qo`rqinchli tushlar ko`raman.

7.Qo`rqoqlik, shubhalanuvchanlik, qat’iyatsizlik mening xarakterimga xos xususiyatlardir. Qaror qabul qilishga qiynalaman. Biror narsa yuzasidan qaror qabul qilib, uni bajarishga kirishishga shubhalanaman. Menga taskin berishlarini yoqtiraman. Do`stlarning qo`llab-quvvatlashlarisiz o`zimni ojiz his etaman. Sog`lig`im va yaqinlarimning taqdiridan bezovtalanaman. Doimiy xavotir, bezovtalanish hayotimning mazmuniga aylanib qolgan. Men pedant, rasmiyatchiman. Menga e’tibor bilan qarasalar uyalib ketaman va o`zimni yo`qotib qo`yaman. Tortinchoqligim va uyatchanligim tufayli amalga oshirishim kerak bo`lgan ishlarni bajarolmay qolaman. Hattoki, menga yaxshilik qilsalar ham qanday qilib tashakkur aytishga ham qiynalaman. Besunaqayligim va xatti-harakatlarimning dag`alligi tufayli jismoniy mehnat bilan shug`ullanishni yoqtirmayman.O`zimni tahlil etishga moyilman. Men umumiy masalalarni muhokama qilishni yoqtiraman.

8.Men odamovi va tund odamman. Tanishlarim davrasi anchagina tor. Davralarda o`z o`rnimni topa olmayman. Odamlar orasida ham o`zimni yolg`iz sezaman. Tund odam bo`lsam-da, ba’zida o`z kechinmalarimni kimlar bilandir baham ko`rishni, notanish o`zimga yoqqan kishiga dardalarimni bayon etishimni tushunmay qolaman. YAqinlarimni tashvish va quvonchlarini tushunishim qiyin. O`z navbatida ular ham meni tushunmaydilar. YAqinlarim men bilan muloqot qilish qiyinligini aytadilar. Ba’zi xatti-harakatlarimdan atrofdagilar taajjublanadilar. Mening o`z fikrlarim bo`ladi, ammo u sheriklarimnikiga mos kelmasa undan voz kechib qo`ya qolaman. Boshqalarning maslahatiga quloq solishdan ko`ra ishni o`zim bilganimdek amalga oshiraman. Ichki olamim, kechinmalarim, g`oyalarim atrofdagilar uchun tushunarsiz. Men tez-tez atrofdagilarning tabassum bilan qarashlariga beparvoman. Atrofdagilar bilan munosabatda boshqalar kam ishlatadigan so`zlardan foydalanaman.

9.Men g`oyalarni ilgari suruvchi, doimo ixtirolarimga qarshilik qiladiganlar bilan kurashuvchan, islohotlarni yoqtiradigan insonman. Insonlarni kuzatishlarim ularga nisbatan o`zimni ustunliglarimni ko`rsatishimga olib keladi. Atrofimdagi kishilar meni fikrlarim qo`llab-quvvatlaydilar. Men bilan fikrlari mos kelmagan kishilarni kechira olmayman. "Kim men bilan birga bo`lmasa, u mening raqibimdir” tamoyiliga asoslanib yashayman. O`zimni kamsitish uchun asoslar yo`q.. Kayfiyatim yaxshi va o`zimni quvnoq his etaman. Doimo tetik va faolman. Oldimga qo`ygan maqsadlarimga erishmasdan qo`ymayman. Agar nuqsonlarga yo`l qo`ysam ularni o`zim tuzatishga harakat qilaman. O`z aytganlarimga erish uchun har qanday usuldan foydalanaman. Tanishlarim ba’zan ularga jabr qilib qo`yayotganligimni aytadilar. Men esa bunga ularning o`zlari aybdor deb hisoblayman. Hayotda o`zimni haqligimni isbotlashga harakat qilaman va bunga erishaman.

10.SHaxsiy va ishdagi qiziqishlarimdan boshqa qiziqishlarim yo`q. Ko`ngilxiraliklarni uzoq vaqt unutolmayman.Men batartiblikni yoqtiraman. SHuning uchun tartib-qoidalarni bilib olishga doimo intilaman. O`rnatilgan tartiblarga sinchkovlik bilan yondashishni qo`llab-quvvatlayman. Har qanday yomon xatti-harakatlarni kechirmayman. O`zim ishga batartib va aniqlikni yoqtirganim singari boshqalardan ham shuni talab etaman. Maslahat berishni burch deb bilaman. Ammo rahbarlik qilishni xush ko`rmayman. Vaqti-vaqti bilan sababsiz tushkun kayfiyatda bo`laman. Bu vaqtda qizishib, ta’sirchan bo`lib qolaman. Meni ishlarimning batartibligi va puxtaligini boshqalarga namuna qilib ko`rsatadilar. Odamlar bilan munosabatda o`zimni o`ta kirishimli deb bilmayman, ammo hech narsaga qaramasdan ishlash noxushliklarga olib kelishini bilaman.

11.Atrofdagilarning menga beparvo munosabat o`rnatishlariga yo`l qo`ymayman. Meni namuna sifatida ko`rsatayotishlarini, boshqalarning diqqat markazida bo`lishni afzal bilaman. Atrofdagilarni taajjubga solishni va hayratlantirishni yoqtiraman. Men hikoyalarni tinglovchilarga manzur qilib bayon eta olaman.Menda artistik qobiliyat bor.Atrofdagilarning menga nisbatan befarq emasligini bilaman.Men bajonidil do`stlasha olaman. Afsuslar bo`lsinki, hali haqiqiy do`st topishga erishganim yo`q. Menga e’tiborli kishilarni qadrlayman. Tobim qochgan vaqtlarda meni yaxshi parvarishlashlarini xohlayman. Ishda meni boshqalarga namuna sifatida ko`rsatishlarini yoqtiraman. Atrofdagilarning e’tiboriga mos kiyinishga intilaman.

12.Men davralarni yoqtiradigan, yolg`izlikni yoqtirmaydigan insonman. Ko`pincha o`zimga nisbatan kuchli kishilarni o`zimga namuna sifatida qabul qilaman. Agar meni hech kim nazorat qilmasa yoki yordam bermasa boshlagan ishimni oxiriga etkaza olmayman. Men do`stlar davrasidagi kechalarni juda yoqtiraman. Xushchaqchaqlikni ma’qul hisoblayman. Menga taqiqlangan narsalar yoqadi.Uydagilar mendan dangasa, betartib, intizomsiz deb o`pkalaydilar. Ammo bu tanqidlarga nisbatan beparvoman.Xatti-harakatlarimdan hushyortortish, pushaymon bo`lish, bu ishlarda mening aybim kam ekanligi haqida o`ylayman. Mushkul holatlarda meni qo`llab-quvvatlaydigan do`st bo`lishini va bu esa meni kam xatoga yo`l qo`yishimga olib kelishi haqida o`ylayman. Hammasi yaxshi va xursandchilik vaqtlarimda kelajagim haqida kam o`ylayman.

13.Hamma qanday yashasan shunday yashash kerak, atrofdagilardan ajralib qolish kerak emas deb hisoblayman. Ortga qolib ham ketish ham, ilgarilab ketish ham kerak emas deb bilaman. O`ziga xoslikni yoqtirmayman. Atrofdagilardek yashashni ma’qul hisoblayman. Hayotda ham ularning e’tirozlariga duch kelmaslikka harakat qilaman. Kechalari va bayramlarni yoqtiraman. O`ziga bino qo`ygan kishilarni yoqtirmayman. Telivizor ko`rishni yoqtiraman. Ko`pchilikning fikrini doimo haq va unga qarshi chiqish yaxshilikka olib kelmaydi deb hisoblayman.

Natijalar:
1.melanxolik
2.gipertim
3.stikloid
4.emotsional-labillik
5.nevrasteniya
6.senzitiv
7.psixastenik
8.shizoid
9.paranoyal
10.epiliptoid
11.isterik
12.beqaror
13.konform


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
LOVEСана: Якшанба, 02-Июн-2013, 06:19 | Изох # 46
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 15
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 78
Холати: Хозир йўқ
Mani harakterim  ko'pro  2- va 4- yozgan  hulosalarga  yaqinro  ekan  qoil  lekin  siz  yozganizde  2.gipertim  4.emotsional-labillik  deganiga  tushunmadim  agar  iloji  bo'lsa  mana  shu  so'zlarni  tushuntirib  bersangiz  oldindan  rahmat

 
bek88Сана: Душанба, 22-Июл-2013, 17:38 | Изох # 47
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Цитата (LOVE)
gipertim
 Гипертим 7. ... в) ташқи кўриниш, афтангори (табассумли ёки хафақон юз кўз маъноси, кишининг юриши туриши Ѓ) га айтамиз.

Добавлено (02-Июн-2013, 19:24)
---------------------------------------------

Цитата (LOVE)
emotsional-labillik
To'liqroq manosi
Ҳазм жараёнининг маъноси ва моҳияти нималардан иборат? Ayniqsa, turli emotsional reaksiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ...... yangi ta'sirga tayyorlanishi labillik, ya'ni funktsnonal harakatchanlik deb aytiladi.

Добавлено (22-Июл-2013, 16:38)
---------------------------------------------
Tez vaqtlar ichida bu mavzuda jonlanish boshlanadi.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Sardor_BСана: Сешанба, 23-Июл-2013, 11:04 | Изох # 48
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Menda B lar kop

Sayyod.com
 
AbbosbekСана: Сешанба, 23-Июл-2013, 11:21 | Изох # 49
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
1 b
2 g
3 a
4 g
5 b
6 v
7 g
8 a
9 b
10 b
11 b
12 a


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
bek88Сана: Сешанба, 23-Июл-2013, 22:00 | Изох # 50
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
MUHABBATMI YOKI HAVAS?

1. Uchrashuvga ketayapsiz, nima kiyishni maqul ko'rasiz?
a) o'zingiz yoqtiradigan ko'ylakni -2 ball;
b) sevgilingiz yoqtiradigan ko'ylakni -3 ball;
v) yani ko'ylaklaringizdan birini_1 ball.

2. Uning do'stlari oldida o'zingizni qanday his qilasiz?
A) o'zimni noqulay his qilaman ~2 ball;
b) o'zimni yaxshi his qilaman ~3 ball;
v) vaqtimni bekorga ketkazdim, deb hisoblaysiz ~1 ball.

3. Sevgilingiz sizga kitob sovg'a qildi, javobingiz:

a) bu kitobni boshqasiga almashtishga tayorsiz - 2 ball;
b) <<menga aynan mana shu kitob kerak edi>> - 3 ball;
v) <<voy, menda bu kitob bor edi¤¤ -1 ball.

4. Sevgilingiz qo'ng'iroq qilishga vada bergan, lekin qilmayapti, sizning munosabatingiz:
a) jaxlingiz chiqadi _2 ball.
b) kun bo'yi telifon oldida o'tirasiz - 3 ball;
v) dugonangiz ( do'stingiz) bilan sayr qilasiz _ 1 b/l.

Bo'lajak qaynonangizga yoqmasligizga sezib qoldingiz:
a) uning talablari b/n majburan hisoblashasiz _ 2 b/l;
b) unga yoqishga xarakat qilasiz _ 2 ball;
v) nega yoqtirmasliging sababini suraysiz_ 1 b/l.

6. Sevgilingiz sizni qaergadir taklif qilmoqchi, lekin puli etmaydiganga uxshaydi:

a) siz ham pul sarflashni taklif qilasiz _ 2 b/l;
b) faqat sayr qilishni taklif qilasiz _ 3 b/l.
V) gapga boshqa mavzuga burib yuborasiz _ 1 ball.

7. Nohaqligingiz tufayli urishib qoldingiz:
a) birinchi bo'lib u qo'ng'iroq qilishini kutasiz _ 2 b/l;
b) o'zingiz birinchi bo'lib undan kechirim suraysiz _ 3 b/l;
v) nohaqligingizni aytmasdan dugonalaringizga ( do'stingizga ) bo'lib o'tgan voqea haqida gapirib berasiz _ 1 ball.

8. Sevgilingiz sportga juda qiziqadi, siz:

a) musobaqalarni birga tomosha qilasiz _2 ball;
b) uning qiziqishlari ni ijobiy baholaysiysiz ~3 b/l;
v) bazida unga bildirmasdan ustidan kulib quyasiz _1 ball.

9. Sizga avval yoqan insonni tasodifan uchratib qoldingiz:
a) u bilan uchrashishdan voz kechasiz _ 2 b/l;
b) unga boshqa bir insonni sevishingizni aytasiz _ 3. b/l.
V) o'tgan damlarini, u bilan uchrashishga rozi bo'lasiz _ 1 ball.

10. Sevgilingiz uzoq safarga ketdi, siz:
a) vaqtingizn dugonalaringiz (do'stingiz) bilan o'tqazishga harakat qilasiz - 2 ball;
b) kunlarni bir o'zingiz va unga enternet orqali xat yozasiz _ 3.b/l;
v) avvalgi do'stlaringizga qo'ng'iroq qilasiz _1 ball.

Добавлено (23-Июл-2013, 20:52)
---------------------------------------------
To'plagan ballaringiz:
15 balldan kam bo'lsa - uni sevmaysiz, o'zingizni aldashdan foyda yuq.

15~26 ball. Siz uni sevaman deb uylaysiz , lekin bunga hali ishonch hosil qilish qiyin.

28 va undan ortiq ball. Siz uni juda sevasiz va bu borada sizga havas qilish mumkin!

Добавлено (23-Июл-2013, 21:00)
---------------------------------------------
Marhamat yechib ko'ring Qanchalar sevgilizni sevishizga ishonch xosil qiling.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск: