[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 4 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Sog'inch haqida
DadaxonСана: Жума-муборак кун!, 18-Май-2012, 21:57 | Изох # 76
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sog'indim, bir bor sog'inchim aytolmaganim, sog'indim seni. Sog'inganda boqolmagam közlaringni, xatto xayollarimda tutolmagan qöllaringni sog'indim. Bilaman xaqqim yöq sog'inishga xam, lek ne qilay yurak könmasa. Ojizlikmi, yoki öjarlik, balki tuyg'ularga qaramlik. Bilmadim bilolmadim. Shu on ötmish daftarim varaqladim, olislardan senga termulgan intizor közlarimni esladim. Bugun shuni xam yöq iloji, sen olislardasan, yetolmayman. Faqatgina yöllar qilsaydi bizni olis, uchib borardim sog'inchimdan qanot yasab. Qalbing yiroqdir, bormog'im mushkul. Xatto sog'inchim aytolmayman, bu qanday azob. Sabolardan yöllayman sog'inch nomamni, axtolmay qaytar u xam ortiga. Sog'inch saxrosida sarson kezib, visol jilg'asin izlayman. Izlay izlay tolib yuragim, sog'inch darvozasin yopadi asta. Bir laxza ötmay turib, yurakda böron boshlanar, yopilgan eshik yana ochilib ketadi. Sog'inch xanjarin tig'i köksim tiladi, qalb bechora qonga töladi. Közlarda yosh yöq yeg'larman, sog'inishda davom etarman. Qismat shu ekan, sog'inib yashamoq mening taqdirim. Nolimayman nolimoqqa yöqdir xaqqim. Chunki sog'inchni sog'inyotganlar qancha, shulardan qilb qöymaganimga shukur Rabbim. Sog'indim, sog'inchim aytolmaganim....
 
GulsumСана: Пайшанба, 02-Авг-2012, 05:36 | Изох # 77
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 90
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 667
Холати: Хозир йўқ
Согинчим к,ийнашидан богзим буглган....

Сени онда сонда коришни узи бахт...борлигинг бахт.
 
DilraboСана: Шанба, 25-Авг-2012, 19:52 | Изох # 78
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch- chalkash dunyo haqidagi og'ir öylarimning sönggi nuqtasi...

Nigohimda jamdir bu olam...
 
KapriznayaСана: Шанба, 25-Авг-2012, 23:13 | Изох # 79
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 49
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch bu dard bu dardning armonlisi va armonsizi bo'ladi

ALLOX qalbda bo'lsin xar zamon xar on va bir umr unutmaylik tanho unga sajda ibotad qilishni axli musulmon !
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 07-Сен-2012, 08:08 | Изох # 80
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Yöqotgan insonlarimni köp sog'inaman.Yonimdagilarni qadrlawni esa ösha yöqotganlarimdan örgandim...

Nigohimda jamdir bu olam...
 
KapriznayaСана: Душанба, 17-Сен-2012, 13:51 | Изох # 81
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 49
Холати: Хозир йўқ
O'zbekistonimni soginib kettim sad

ALLOX qalbda bo'lsin xar zamon xar on va bir umr unutmaylik tanho unga sajda ibotad qilishni axli musulmon !
 
Bek8111Сана: Душанба, 17-Сен-2012, 16:28 | Изох # 82
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
Баъзида ёнингдагиларни хам согинасан. Бу туйгу инсонга каердан ва кандай келади хеч ким билмайди. Инсон узи шунаканги туйгулар билан тирик экан. Хеч кандай туйгуни хис килмасдан яшайдиганларга рахмим келади!

Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
 
Chingiz_MadadianСана: Сешанба, 18-Сен-2012, 17:11 | Изох # 83
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 264
Холати: Хозир йўқ
MAn ayni paytda onajonimni sogindim xar kuni tel.da gaplashsamda bir bora borib diydorlarini korsam diman ammo oqishim kopligidan voxt xam topa olmayaman

Allah helps 74and loves everyone
 
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 14:01 | Изох # 84
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Bahor

Ko'klam.Oh,naqadar go'zal faslsan,
yuz yil bo'ldi seni ko'rmaganimga,
seni mehmon qilib yurtim qo'ynida,
dalamdan lolangni termaganimga.
Sumalak mazasi hali tilimda,
o'lguncha yana bir totamanmi man,
adirda osmonga boqib,hayrat-la,
kamalakka qarab yotamanmi man.
Yoshlik ham tush kabi o'tibdi xayhot,
qaytib kelmas kecham,og'riydi yurak,
u endi hotiram osmonlarida,
o'sha men uchirgan qog'oz shodarak.
Tandirdan uzilsa ismaloq somsa,
yuzlariga qaymoq bo'lar edi zeb,
talashib,tortishib maza qilardik,
sening in'omingni to'yib-to'yib yeb.
Momom aytar edi,Hudoga shukur,
ko'klamga ham yetdim,omonman bolam,
o'choqda onam-la pishirsa yupqa,
hidiga mast bo'lib qolardi olam.
Bilaman sevasan,ortga qaytasan,
har yil senga mezbon yurtim dalasi,
men esa musofir,beqadr o'gil,
hasratda ochilgan alvon lolasi.
Ko'klam sendan yakka o'tinchim bugun,
tila menga dunyo sabrlarini,
yana bir iltimos,lolang-la beza,
momomning mung'aygan qabrlarini.[/i]

Добавлено (26-Сен-2012, 12:40)
---------------------------------------------
Yurakka.

Yurak nechun qiynaysan meni,
bu tanamni sudrabon itday,
senga qolgan bo'lsa bu kunim,
mayli to'kib tashlagin tutday.
Qoygin,to'yib nafas olayin,
oqarmoqda boshimda bu soch,
qorda qolib muzladim ahir,
arazlamay eshigingni och.
Mehmon qilgin bergin to'ringni,
g'amdan abgor,bu durkun savlat,
ko'rsatmagin menga zo'ringni,
menda yo'qdir sen kutgan davlat.
Diydor kerak,bilaman senga,
nima qilay men ham oshig'i,
ona yurtni madh etib aytsam,
yetmayapti dunyo qo'shig'i.
Zindon bo'lma,sen ham umrimga,
dunyo qafas,to'ri yetadi,
ko'zlarimdan tahir suv quyma,
peshonamning sho'ri yetadi.
Unutmagin senga sodiqman,
tilim sening oynaday aksing,
hushomadga asli duduqman,
buncha qonga to'lmasa ko'ksing.
Seni asrab,avaylab bugun,
o'zim harob,devona bo'ldim,
sen aytganing halqimga o'qib,
Afandiday hangoma bo'ldim.

Добавлено (26-Сен-2012, 12:45)
---------------------------------------------
Dubai-Qarshi -uyimga qilgan telefon qo'ng'iroqlaridan keyin.

Sog'inchdan soy bo'lib oqaman,
Dubaidan uyga sim qoqaman,
quvonchdan oy bo'lib balqaman,
...Otamning ovozin eshitsam.
Onamning ovozin eshitsam.

Alqasa muz dilim eriydi,
yig'lablar holimni so'raydi,
azobim bir nafas ariydi,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

Armonim darahti yiqilar,
Firoqqa janoza o'qilar,
Bog'zimda nimadir tiqilar,
Otamning ovozin eshitsam.
Onamning ovozin eshitsam.

Telefon go'shagi qo'limda,
ko'p yaxshi niyatlar dilimda,
lek gapim qotadi tilimda,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

"Alijon qachonlar kelasan?
hazir bo'l,moshinda yurasan."
tez-tez simlar qoqib turda san,
Onamning ovozin eshitsam.
Otamning ovozin eshitsam.

Ozingni avayla,asra der,
jonini o'ylamas,bolam der,
Alisher dilimdan oqdi she'r,
Otamning ovozin eshitgach
Onamning ovozin eshitgach.

Добавлено (26-Сен-2012, 12:46)
---------------------------------------------
Onam.

Dardini un qilib elagan,
umrini o'gliga tilagan,
sog'inib tunlari yig'lagan,
...Jonimning javhari Onajon!
Ko'zimning gavhari Onajon!

Go'sht topsa zorlangan yegin deb,
bo'z kiyib,to'n tutgan kiygin deb,
sog'indim bolam-a kelgin deb,
So'zlari anbarim Onajon!
Dard to'la tanburim Onajon!

Soy to'lar to'kkan ul yoshidan,
yurt to'yar pishirgan oshidan,
dardi hech ketmaydi boshidan,
Tegirmon toshginam Onajon!
Quvonchim,hushginam Onajon!

Jonimni Jabbordan qizg'anib,
isitmam chiqqanda to'lg'anib,
ro'zgo'ri g'amiga o'ralib,
toliqqan boshginam Onajon!
Qalamday qoshginam Onajon!

Qo'yningdan qush kabi uchiblar,
Sog'inchdan tog' kabi ko'chiblar,
Alisher oyog'ing quchiblar,
o'g'ilmas azobman Onajon!
ga'm to'la zardobman Onajon!

Добавлено (26-Сен-2012, 12:49)
---------------------------------------------
Onamga.

Dardimni dilbarday dilda ardoqlab,
Sog'inch kitobini yig'lab varog'lab,
sabolardan bugun diydor so'rog'lab,
...o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
Mehrli yuzingni sog'indim Ona.

Ko'z yoshim yuzimmas,ichimga toshib,
tilim noming aytsa yuragim shoshib,
piyoda borsammi tog'larni oshib,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
nurli yonog'ingni sog'indim Ona.

Dunyoga keltirib,ko'rmayin mehr,
ko'zdagi jolangdan tilginang tahir,
dunyo-zindon ekan go'yo boy-bahil,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
quyoshday yuzingni so'gindim Ona.

Hashamlar quvnatmas bugun ko'zimni,
Bashanglar anglolmas dardli so'zimni,
sog'insam rasmingga bosib yuzimni,
o'ksigan go'dakday og'rindim Ona.
Hudodan shifoing o'tindim Ona.

O'g'lim degan holsiz tilingga o'lay,
dardlarim qaritgan dilingga o'lay,
o'lsam Jannatda ham farzanding bo'lay,
Hudodan umringni o'tindim Ona.
qadog'li qo'lingni sog'indim Ona.

Yigit yig'lamaydi-bekor gap ekan,
seni so'ginganda to'ladi o'pkam,
dunyoni sig'dirgan tog'lardan ulkan,
hotamtoy dilingni sog'indim Ona.
Hudodan shifoing o'tindim Ona.

Yashayapman ta'til kelishin kutib,
Abu Dhabisida bir kunim o'tib,
qachon u Oktyabr kelarkan yetib?
sog'ingan Alisher o'glingman Ona.
musofir yuragi dog'lingman Ona.

Добавлено (26-Сен-2012, 12:51)
---------------------------------------------
Xijron.

Dubai-sen chiroyli arab jayroni,
Husningga termulib to’ymaydi ko’plar,
Mening sog’inch yovday kirgan qalbimda,
...Dard zambaragi uzra gumburlar to’plar.
Sen esa hurkak bir hush nigoh bilan,
Mening mahzun ko’nglim olmoq bo’lasan,
Jayronim,sendan-da go’zal ohuning,
Dardida yonganim balki bilasan.
O’sha ohu qalbda men bilan har kun,
Hatto tunlarimga boqar ko’zimdan,
Sehridan majnunday mastona bo’lib,
Hushxo’r taom tutgum shirin so’zimdan.
Ul ohu sendan-da nozikdir jayron,
Mendan hafa bo’lma rostini aytdim.
Sen makon aylagan bu issiq yozdan,
Sovqotib,hayolda yoniga qaytdim.
Ul ohu yurtimning hurkak malagi,
Tog’larni koshona aylagan o’zga,
Qirlari alyorlar kuylasa sarhush,
Dardni his qilolmas o’zidan o’zga.
Shul ohu tushimda,o’ngda men bilan,
Sening yotligingni menga aytadi,
Agar senga bir nafas tikilib qolsam,
Ruhim sahrosidan ortga qaytadi.
Men esa qolaman alamni quchib,
Chopib ham yugurib hech yetolmayman,
Oldimga qayt deydi go’yo Kumushday,
Men sen Zaynabimni ranjitolmayman..
Ne qilay ikki o’t aro bu ruhim,
Majnunday yig’laydi,tinchlik bermaydi,
Qoshiga bormasam,ishqi o’ldirar,
Bu zada qalbimni firoq tirnaydi.

Добавлено (26-Сен-2012, 13:01)
---------------------------------------------
Ona Vatanimga Tabrik.

Bahmalday tog'laring,bog'u-rog'laring,
umrim uyin bezar ul Segohlaring,
yoshim bilan artay dilda dog'laring,
dunyoda yakkayu Yagonam-Vatan.
Ruhimni lol etgan Afsonam-Vatan.

Bugun har tarafda kabob,palovlar,
Sen tomon yog'ilar duo-qutlovlar,
poying uzra aylay jonni siylovlar,
Kohinurdan aziz Durdonam-Vatan.
Dunyoda yakkayu Yagonam-Vatan.

Bunday bayramlaring hali ko'p bo'lar,
kulgan bu omading,yanada kular,
qadring yerga urgan pushmonga to'lar,
kunlarga darvoza-Ostonam-Vatan!
Dunyoda yakkayu yagonam-Vatan.

Toshkentsan,Samarqand,Buhoro,Qarshi,
do'mbirasi mahzun,dard to'la bahshi,
Vodiy,Surhon,Xiva-ayvoning naqshi,
tilimda madhiyang Taronam-Vatan.
Dunyoda yakkayu Yagonam-Vatan.

Choymas,sog'inch to'lgan bir piyolangman,
qiring qumsab,so'lgan alvon lolangman,
Otamsan-g'amingga sherik bolangman,
Dardim shoh kitobi-Alifbo-Vatan.
Navqiron umrimga-Ibtido-Vatan.

Kechamsan,ertamsan,unutolmasman,
quvonchdan,yoshimni to'htatolmasman,
kechir bugun quchib tabriklolmasman,
Mehribon Onamsan-Parvonam-Vatan.
Dunyoda yakkayu Yagonam-Vatan.

Hayolda kezarman yaqin-yirog'ing,
Sog'inganda quchib,shonli bayrog'ing,
Labbay deb qaytgumdir,bo'lsa so'rog'ing,
Alisher-qulingman.Shohonam-Vatan.
Dunyoda yakkayu Yagonam-Vatan.

 
DianaСана: Шанба, 27-Окт-2012, 05:30 | Изох # 85
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 101
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch bu oldin ro'y bergan hodisaning yana takrorlanishini hohlashingni kuchliroq ko'rinishi degan yozuvni o'qigandim, manimcha bu haq gap.
 
ShukronаСана: Шанба, 27-Окт-2012, 18:31 | Изох # 86
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
O'tgan umrimizda bo'lgan shirin, qiziq, bazida armonli voqealarni sog'inamiz. Sog'inch,sog'inch busiz xayot bo'masa kere? Sog'inch xisi bo'magan odam umuman xisiz, odamovi inson bo'sa kere.
 
DilraboСана: Якшанба, 16-Дек-2012, 15:41 | Изох # 87
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Shunchaki , sog'indim...degim keldi va bu jumlani yozdim.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
fer_shonСана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 11:42 | Изох # 88
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Endi bilvomman "Sog'ina-sog'ina sog'inmay qo'yishni"!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!  sad
Yo'q, baribir sog'indim!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
 
Umar_chikСана: Чоршанба, 23-Янв-2013, 12:58 | Изох # 89
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Insonnni hayotida ''sog'inch'' juda kotta rol o'ynidi, bu tuyg'u ilohiy. Manam juda soginaman ko'p odamlani,yaqinlarimi, bor businey shu tuyg'u)))

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
GULI_NURСана: Душанба, 01-Апр-2013, 18:51 | Изох # 90
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch yooooomooooon
 
T_SardorСана: Сешанба, 02-Апр-2013, 02:53 | Изох # 91
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Bu tuyg'uni estan chiqarvorimmanuu... Shuyam tinch)

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
GULI_NURСана: Душанба, 19-Авг-2013, 23:56 | Изох # 92
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Sog'inganda shirin xotiralarni eslash eng maqbul yöl!!!
 
bek88Сана: Сешанба, 20-Авг-2013, 00:13 | Изох # 93
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Ko'pla sog'inch bilan biron kishini eslasa yomon xotiralarni eslasa kerak.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
AbbosbekСана: Жума-муборак кун!, 23-Авг-2013, 09:52 | Изох # 94
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Sen haqingda gapirayotib "Ko'zlarimni" qanday kulganini ko'rsang edi . . . Aniq sevarding . . . ! ! !

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 28-Авг-2013, 19:54 | Изох # 95
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Kuchucham Lindani sog'indim v
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 00:37 | Изох # 96
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Man kursdoshimmi sog'indim sad (((((

erka farishta....(m)....
 
T_SardorСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 01:08 | Изох # 97
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Öqiw paytlarini sog'indim...

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
AbbosbekСана: Пайшанба, 29-Авг-2013, 01:10 | Изох # 98
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Yolg'on bilan erishilgan muhabbatdan ko'ra, Armon bo'lib qolgan muhabbat afzal. Shunda sog'inch xissi insonni chulg'ab olmasa kerak. . .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 30-Авг-2013, 13:03 | Изох # 99
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Qöshnimi "ako" "qöqoq" digan sözlarini sog'indim angel
 
Sardor_BСана: Жума-муборак кун!, 30-Авг-2013, 16:28 | Изох # 100
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Maktab davrimni sogindim sinfdoshlarni

Sayyod.com
 
  • Страница 4 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Поиск: