- Dada, qiyin, murakkab va og'ir
so'zlar sinonimlarmi?
- Yo'q, o'g'lim! Qiyin - bu ichishni rad
etish, murakkab - bu ichish ni rad
etish, murakkab - bu ichish meyorini
hisobga olish, og'ir - ertasiga ertalab turish, degani.Добавлено (19-Май-2013, 11:54)
---------------------------------------------
Yigit qizga:
- Azizam, iltimos, ikki yoshni bir
umrga bir-biriga bog'lab qo'ya
oluvchi o'sha sehirli so'zni bir
martagina qulog'imga aytgin!
- Azizim, men homiladorman!
Добавлено (19-Май-2013, 11:54)
---------------------------------------------
- Do'xtir, ochkozlikka qarshi biror
malhamingiz yo'qmi?
- Bor, xozir men sizga dori yozib
beraman.
- Faqat ko'proq, ko'proq...
Добавлено (19-Май-2013, 11:54)
---------------------------------------------
Er va xotin istiroxat bog'ida sayr
qilishmokda. To'satdan er xotiniga
debdi:
- Azizam, tezda baxtli ayol qiyofasiga
kir!
- Iye, nega? - Qarshimizdan kelayotgan ho-anuvi
ayol - mening birinchi xotinim...
Добавлено (19-Май-2013, 11:55)
---------------------------------------------
- Mening itim shu qadar qo'rqoqki,
eshigimiz kong'irog'ini birov bosishi
bilan u karovatning ostiga kirib
ketadi...
- Xo'sh, shunga nima qipti?
- Ikkalamiz u yerga sig'maymiz-da...
Добавлено (19-Май-2013, 11:56)
---------------------------------------------
Doktordan so'rashibdi:
- Qaysi kasal yaxshi deb o'ylaysiz?
- Skleroz
- Nimaga?
- Chunki bu kasalda hech qayeri
og'rimaydi va yana har kuni yangilik biladi.
Добавлено (19-Май-2013, 11:56)
---------------------------------------------
Mezbon so'rayapti:
- Sizga qo'ziqorin solaymi?
- Yo`q. Men faqat ularni terishni
yoqtiraman.
- Mayli, unda men ularni polga sochib
tashlayman.
Добавлено (19-Май-2013, 11:56)
---------------------------------------------
Programmist pianinoning oldiga
kelib, uni uzoq ko`zdan kechirib
chiqdi. Keyin:
- Klaviatura noqulay: bor-yo`g`i 84 ta
klavishalar bor, ularniyam yarimidan
ko`pi funksional klavishlar, hech qaysida yozuvi yo`q. Lekin "Shift"ning
oyoq bilan bosilishi zo`r ekan.
Добавлено (19-Май-2013, 11:57)
---------------------------------------------
Usta temirchi shogirdiga
tushuntiryapti:
- Hozir olovdan taqani olaman.
Boshimni qimirlatishim bilan uni zarb
bilan bolg'ada urasan.
Tushundingmi? - Tushundim.
Usta taqani olovdan oldi va shu zahoti
shogird usta temirchiga aylandi-
qoldi.
Добавлено (19-Май-2013, 11:57)
---------------------------------------------
Afandi bir oshnasinikidan qaytishda
otiga teskari minib uyiga keldi. Esli ot
to'g'ri uyiga olib kelib, darvoza oldida
to'xtadi. Bu ahvolni ko'rgan xotini
so'radi:
— Nima uchun otga teskari mingdingiz?
— Men teskari minganim yo'q, otning
o'zi teskari turgan ekan, — deb javob
berdi Afandi.
Добавлено (19-Май-2013, 11:58)
---------------------------------------------
Afandining xotini o'lib, bir tul xotinga
uylandi. Bu xotin bo'lar-bo'lmasga
janjal ko'tarar ekan:
— O'lgan erim undoq edi, bundoq
edi, — deb yig’lar edi.
Bundan bezor bo'lgan Afandi bir kuni undan balandroq ovoz
chiqarib yig'ladi. Xotin hayron bo'lib
so'radi:
— Men-ku o'lgan erimni eslab
yig'layapman, siz nega yig'laysiz?
Afandi piq-piq yig'lab turib, javob berdi:
— Agar o'sha sho'rlik ering
o'lmaganda, sen tul qolmagan bo'lar
edingu, men senga uylanmagan
bo'lar edim.
Добавлено (19-Май-2013, 11:58)
---------------------------------------------
Afandi bemahalda uyiga mehmon
boshlab kelgan edi, xotini urishib
berdi:
— Uyda hech narsa yo'q-ku, mehmon
boshlab kelasiz!
— Unday bo'lsa, — dedi Afandi, — mehmon ko'chada turibdi, chiqib
Afandi yo'q deb ayta qol!
Xush kelibsiz, mehmon, uyga kiring
desam, Afandi yo'qlar, endi borlarida
boshqa kelarsiz,— dedi.
Mehmon hayron qolib: — Nega yolg'on gapirasiz? Uzlari holu
jonimga qo'ymay olib keldilar-ku.
Hozir ko'z oldimda uyga kirib
ketdilar-ku!
Afandi eshik ortida bu gaplarga
quloq solib turgan edi, mehmonga qarata dedi:
— Gapni cho'zib nima qilasiz? Axir
Afandining eshigi bitta deb sizga kim
aytgan! Balki u narigi eshikdan chiqib
ketgandir.
Добавлено (19-Май-2013, 11:58)
---------------------------------------------
Dorixonada:
- Menga og'riqni qoldiradigan dori
kerak.
- Qayring og'riyapdi? - Kechqurun dadamga kundaligimni
ko'rsatmoqchiman.
Добавлено (19-Май-2013, 11:59)
---------------------------------------------
Shifokor xuzuriga kirgan bemor:
- Doktor, men jigar bilan kegan
edim…
- Juda soz, - dedi shifokor.
- Qani, bering, aynib qolmasidan
muzlatgichga solib ko'yay!
Добавлено (19-Май-2013, 11:59)
---------------------------------------------
Dunyodagi firibgarlar uyushmasi,
yaxshi insonlar tashkilotiga futbol
o‘ynashni taklif qilishibdi.
- Mayli, - debdi yaxshi insonlar, -
yaxshi futbolchilar ko‘pchiligi bizdan
chiqadi-ku, sizlarni oson yengamiz. - Bo‘ptida, - debdi firibgarlar
uyushmasidagilar, - lekin
yodlaringdan chiqmasin, deyarli
hamma xakamlar bizdan chiqqan.
Добавлено (19-Май-2013, 11:59)
---------------------------------------------
- Alo bu jinnihonami?
- Ha!
- 18 chi palata bo'shmi?
- Ha bo'sh!
- Uraa demak men qochibman!
Добавлено (19-Май-2013, 12:00)
---------------------------------------------
Bir otaxondan so'rashdi: - Hayotingizdagi eng baxtli kuningiz? - Uylangan kunim. - Eng baxtsiz kuningiz-chi? - Uylanganimdan keyingi kunlarim..
Добавлено (19-Май-2013, 12:00)
---------------------------------------------
- Ikkala tishingiz ham qattiq
shomollagan. Olib tashlash kerak.
- Qancha bo'ladi?
- Bir yuz ellik dollar.
- Ikki daqiqada bir yuz ellik dollar
to'laymanmi? - Hohlasangiz, juda-juda sekin
sug'irishim mumkun.
Добавлено (19-Май-2013, 12:00)
---------------------------------------------
Restoranda
Xo'randa ofisiantdan so'rayapti:
- Bufet yonida nega xizmatchilaringiz
to'planib olib xursandchilik
qilishyapti?
- Bizda shunday an'ana mavjud: restoranni yopishdan oldin
"Shikoyatlar kitobi"ni ovoz chiqarib
o'qib, bir xursandchilik qilamiz.
Добавлено (19-Май-2013, 12:01)
---------------------------------------------
Bir kishi baliq ovlab o'tirganakan. Uni
oldiga bitta militsioner kelib:
- Siz 100 $ jarima to'laysiz debdi.
- Nega to'lashim kerak?
- Siz baliq ovlab bo'maydigan joyda
baliq ovlayapsiz. - Man baliq ovlayotganim yo'q,
chuvalchangni cho'miltirayapman.
- Baribir jarima to'laysiz. Siz jamoat
joyida chuvalchangni yalang'och
holda cho'miltirayapsiz.
Добавлено (19-Май-2013, 12:01)
---------------------------------------------
Matematika darsida:
O‘qituvchi:
-Sonlar aslo aldamaydi.Masalan,bir
odam dalani 10 kunda chopib bo‘lsa,
10 ta odam o‘sha dalani 1 kunda
chopib bo‘ladi.Endi, siz ham shunga o‘xshash misol keltiring.
O‘quvchi (kulib): Agar Atlantika
okeanini bir kema 6 kunda bosib
o‘tsa, 144 ta kema 1 soatda bosib
o‘tadi.
Добавлено (19-Май-2013, 12:01)
---------------------------------------------
Daraxt ustida o'ttirgan maymundan
tumsox so'radi:
- Maymun, xoy maymun! Nima
qilyabsan?
- Tinch qo'y meni,chalg'itma!
- Ettaqol.. - Chalg'itma divoman!
- Agar etsang 10$ beraman!
10$ olib maymun javob berdi:
- Bananni po'stini silayapman.
- Seni qara-yu, tentak.
- Tentakmi-tentakmasmi, har kuni 10$ topyapman.
Добавлено (19-Май-2013, 12:02)
---------------------------------------------
D-d-d-d-do'xtir! D-d-Doringizni
ichgandan k-k-keyin m-m-m-men d-
d-duqlanyapman!
-D-d-davolaymiza! Q-q-qani.. B-b-b-
beshgacha s-s-s-sanangchi!...
Добавлено (19-Май-2013, 12:02)
---------------------------------------------
Vrach bemorga dedi:
- Sizga ichish, chekish, begona ayollar
bilan muloqotda bo'lish ta'qiqlanadi.
Bemor o'zicha o'yladi:
«Xotinim qurmag'ur shu yergayam
kelib ketdimi deyman?»
Добавлено (19-Май-2013, 12:03)
---------------------------------------------
Bir odamni ko'ziga farishta ko'rindi va
undan so'radi:
- Ey Farishta 100 yil sen uchun
qancha vaqt,
Farishta dedi:
- Bir zum. Xaligi kishi yana suradi:
- Bir million dollar sen uchun qancha
pul?
Farishta dedi:
- Bir tiyin.
Shunda xaligi kishi dedi: - Menga bir tiyin ber.
Shunda Farishta dedi:
- Bir zum kutgin.
Добавлено (19-Май-2013, 12:03)
---------------------------------------------
- Xotin nega ishonmaysan?..
Sendan keyin boshqa ayolni o'lsam
xam seva olmayman…
Xammangizni ko'rishga ko'zim yo'q !!!
Добавлено (19-Май-2013, 12:03)
---------------------------------------------
Bir odam qo'y o'g'irlab go'shtini
ehson qilar ekan.
Undan nega bunday qilyapsan deb
so'rashibdi.
Shunda u o'g'irlaganim gunohi
ehsonim savobi bilan yuviladi, dumba yog' bilan kalla pochcha yonga qoladi
deb javob bergan ekan.
Добавлено (19-Май-2013, 12:04)
---------------------------------------------
Sudya:
- Nega siz nuqul kunduz kuni o'g'irlik
qilgansiz?
Ayblanuvchi:
- Kechasi ko'p pul bilan yurishga
qo'rqaman-da.
Добавлено (19-Май-2013, 12:04)
---------------------------------------------
Shifokor bemorning ko'zlarini
tekshirib bo'lgach, so'radi:
- Yopiray! Shifoxonamizni qanday
topib keldingiz?
Добавлено (19-Май-2013, 12:04)
---------------------------------------------
Shifokor:
- Hammasiga sigoret bilan aroq
aybdor!..
Bemor:
- Xayriyat-e, do'xtir, ayb mendamikin
deb o'ylabman..
Добавлено (19-Май-2013, 12:04)
---------------------------------------------
Svetaforning bitta chirog'i to'rt ming
frank turadi.
- Sen buni qayoqdan bilasan?
- Qizil chiroqdan o'tib ketgandim...
Добавлено (19-Май-2013, 12:05)
---------------------------------------------
O'qituvchi:
- Nega men seni kichkina tentak deb
atayapman?
O'quvchi:
- Chunki men hali sizga o'xshab katta
emasman-da!
Добавлено (19-Май-2013, 12:05)
---------------------------------------------
- Farzandlardan nechta, Dilmurod? - O'n uchta.
- Voy-bo', bitta uyda qisilishib
qolmayapsizlarmi?
- Nega endi, ularning barchasi o'z
onalari bilan turadi.
Добавлено (19-Май-2013, 12:05)
---------------------------------------------
- Mana shu kuchukni bir silab qo'ying,
-dedi kichkina Madina do'kondan
chiqib kelayotgan amakiga.
- Jonim bilan. Kuchuklarni juda
yaxshi ko'rarkansan-a?
- Yo'q, bu mening kuchugim emas. U tishlaydimi-yo'qmi, bilmoqchiman,
xolos.
Добавлено (19-Май-2013, 12:06)
---------------------------------------------
- Olimjon senga yana azgina tarbiya
berishimiz kerak, - dedi o'qituvchi.
- Kechirasiz, ustoz, oyim bilan dadam
menga har kuni pul berishadi..
Добавлено (19-Май-2013, 12:06)
---------------------------------------------
- Oyijon qishda ham olma o'sadimi?
- Yo'q, o'g'lim faqat uning narxi
o'sadi.
Добавлено (19-Май-2013, 12:06)
---------------------------------------------
Professor talabaga:
- Nega buncha qaltiraysiz?
Men bermoqchi bo'layotgan
savollardan qo'rqyapsizmi?
- Yo'q, ularga bermoqchi bo'layotgan
javoblarimdan qo'rqyapman..