Devorlar,devorlar qalin devorlar,
Hasratim jimgina ichga yutarlar,
Sog’inch siyoh quysa horg’in yuzimga,
Ohak ranglaridan surt deb tutarlar.
Men esa ulardan olmay nasiya,
Yuzdagi siyohni xolday bilaman,
Jonsiz bo’lsalar-da ranjishmasin deb,
Ular tomon boqib ma’yus kulaman.
Ba’zan shu devorlar malhamday jonga,
Odamlardan saqlar-xavfsiz boshpana,
Ulardan tashqari chiqsam,eshikda,
meni kutib turar o'sha bahona.
Bahona –vajlarning iblis otasi,
Zumda,yalmog’izday bag’rin ochadi,
Dildagi shirin dard qushga aylanib,
Mensiz,ona yurtga yolg’iz uchadi.
Yana tun keladi qarg’aga o’xshab,
Undan qochib o’zni uyga uraman,
Ko’ksi oppoq,tilsiz hamdardlarim deb,
Devorlarga sh’erim o’qib beraman.
Yozganim yoqmasa,lom-lim demasdan,
Devorlar dardliroq misra kutarlar,
Musofir g’aribday yig’lasam to’lib,
Ko’ksimga yoz deya qalam tutarlar.
Netayki, havasim kelar ularga,
O’z yurtlarin loyin surarlar ko’zga,
Bag’ridagi g’ishtni-vatandosh bilib,
Bir tan bir jon bo’lib kirarlar yuzga.
Devorlar devorlar Qadim devorlar.Добавлено (21-Июн-2013, 00:57)
---------------------------------------------
Sog'inch tashna qilding qonimga,
hayolim sarhadin xatlama,
yuragim-yiqilgan bemorday,
O'liming yaqin deb qutlama.
Bilaman, o'zim xam charchadim,
ne qilay orzuga asirman.
boyqushlar to'y qilib,qishlagan,
tashlandiq bir harob qasrman.
Sen ham tortqilama tanamni-
-shundoq xam qaqshagan firoqdan,
bo'lari-bo'lganku,sol nazar,
farqi yo'q bukchaygan o'roqdan.
Ayt menmi,dunyoda yagona?
yurtidan uzilgan musofir,
ajina urganmi meni yo?
balki bu sen uchun asotir.
Ishda xam xushda xam tushda xam,
onamning bemajol siymosi,
va dadam ko'ksida yig'lagan,
tanburin mung to'la sadosi.
Dadamning kuylagan baytidan,
Onamning ko'zlari yoshlanar,
yengida daryolar qurisa,
bog'imda hazonrez boshlanar.
Nechun men?yo'qmidi boshqa dil,
qiynama,kun ko'ray odamday,
dastingdan,rang royim za'faron,
bog'dagi qurigan bodomday.
Sog'inch qo'y,tegmagin jonimga!!!
Добавлено (21-Июн-2013, 00:58)
---------------------------------------------
Duo yoki Qarg'ish.
Tumanday tarqab ketgan O'zbek vatandoshlarimizni ko'rib ba'zida o'ylab,shu misralarni qoralagandim.
Duomi,qarg'ishmi bilmadim,
eshitib,e'tibor qilmadim,
ijobat bo'lganda o'yladim,
o'ylamay bu miyam suyulsin:
Urug'ing toshloqqa yoyilsin.
Qarg'adi,kim bo'lsa qarg'adi,
yo duo qildimi,alqadi,
O'zbekning urug'i tarqadi,
tarqagan irmoqlar bir bo'lsin,
Urug'ing toshloqqa yoyilsin.
Musofir ko'ngil xech to'lmagay,
yot elda,quyosh xam kulmagay,
peshona nelarni ko'rmagay?
ko'rmayin ko'zlarim o'yilsin,
Urug'ing toshloqqa yoyilsin.
Добавлено (21-Июн-2013, 00:59)
---------------------------------------------
Bulutlar samoda suzishib,
boshimga soyabon tutishar,
darddan qoraygan bu rangimga,
yoshlarin tomchilab o'tishar.
Jaladek quyilgan yoshlari,
hamdardday silaydi yuzimni,
o't olsam,sovutar deyman-u,
shamolga ochaman bog'zimni.
"Ey sabo,bahtlisan,yurtimni,
istagan vaqtda sho'x kezasan,
eslatib menga xush chog'larni,
sen xam yuragimni ezasan.
Yuragim-vayrona kulbaday,
eshigi,darchasi qulagan,
firoq va hijronning lashkari,
qop qora qoniga belagan.
Bulutlar bahtlisiz bunchalar!!!
Ey Sabo,bahtlisan qanchalar!!!
Добавлено (21-Июн-2013, 01:01)
---------------------------------------------
O'ziga bek elim bir biringga oqibatli bo'l.
Vatanni sog'inib borganimda,juda ko'p xollarda o'zbeklarimizning bir-biriga oqibati yo'qolib borayotgaligini kuzatib achinaman.
Begonani mehmon qilib xush kulasan,
xurmati deb ming tirilib,ming o'lasan,
aka qolib uka mehr izlar yotdan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Azal buyuk oqibating yolg'onmidi?
bir biringga shu g'urbating qolganmidi?
Muruvattni yotga qil deb berganmidi?
bu ketishda oyoq osti-kul bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Chetdan boqib to'ymas odam,inoqdaysan,
ichda esa bahillikdan chinoqdaysan,
bir-biringga ravoing-u rizoing yo'q,
sovuqlarda qolib ketgan chanoqdaysan,
Qachon endi xid taratur gul bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
So'ginaman,fikr-u o'yim,senda aslim,
ro'shnolik yoq,o'tayotur mingta faslim,
bir biringni qo'llab turgin,bo'lma taslim,
Hudoyimga qachon asl qul bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Bir qorindan talashiblar chiqqan o'zing,
merosni deb opa-uka qaro yuzing,
qayda qoldi jigarim deb aytgan so'zing?
qachon endi muruvvatli qo'l bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Bir mayizni qirqqa bo'lib yegan eding,
Rizq Hudodan,qo'y bolam-a degan eding,
podvallarda xalta xalta yig'ib termay,
nochorlarga bergin bo'tam degan eding,
Avlodlarga qachon ravon yo'l bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Etu tirnoq ajratilmas,doim birga,
xatto tayoq bo'lolmaysan qondosh ko'rga,
bir biringsiz kirolmassan ochiq go'rga,
tobutdoshing yelkasida yel bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Musofirlik sahrosida xoldan toydim,
sening mehring najotkor nur,yo'lim oydin,
oqibatni topolmasam qondoshimdan,
aytgin endi izlayin men uni qaydan?
Alisherning ko'zlarida sel bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?
Добавлено (21-Июн-2013, 01:07)
---------------------------------------------
Essiz Odamlar.
O'zimni er bilsam,sizni sher dedim,
do'stim deb davrada qaddimni kerdim,
shoqoldan,o'tdingiz sizga tan berdim,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Bir zumga burilsam pichoq suqdingiz,
qadrimni kafanlab go'rga tiqdingiz,
ruhimni burdalab bayroq tikdingiz,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Ko'nglimning ko'chasi hor bo'lib qoldi,
turfa makringizdan tor bo'lib qoldi,
oqibat qafasda jim o'lib qoldi,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Avval o'zingizga qozi bo'linglar,
umrning sovuqsiz yozi bo'linglar,
bergan noningizga rozi bo'linglar,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Qahrga ko'mildim,ulashib ziyo,
yoshimga cho'mildi aldamchi dunyo,
mayli hop,hargizga boqmangiz qiyo,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Yaratganim haqqi dilni bergandim,
mo'minlar birodar deya yurgandim,
chayonday chaqdingiz,yomon ingrandim,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Dil emas termulib kiygan kiyimga,
o't qo'ydingiz fayzli umr uyimga,
bugun yetolmadim o'ylab o'yimga,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Oyog'ingiz yetmas,toqqa ketaman,
eng chuqur bir g'orni makon etaman,
haqqingizga duo qilib o'taman,
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar!
Mening yuragim kir,yakka siz malak,
kapalak bu umrim bo'ldi jonhalak,
sizga Alisherdan yagona tilak:
men ketdim,hush qoling,essiz odamlar!
Добавлено (21-Июн-2013, 01:27)
---------------------------------------------
Biri kam dunyo.
Kimgadir tilloning qadri yo'q,
kimningdir pul bilan dardi yo'q,
kim qashshoq tinglovchi mardi yo'q,
asal deb totganim sirkamsan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Tulkisan sherlarni aldagan,
qassobsan pichog'in qayragan,
yig'lasam kulishdan to'ymagan,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Jannatga o'xshatma o'zingni,
bir pulga olmayman so'zingni,
iltimos katta och ko'zingni,
devorsiz ko'chani ko'rgan,san,
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Buhoriy bobomdan qolgansan,
Termiziy o'gitin olgan,san,
va lekin sinfingda qolgansan,
qoloqsan,darsingni o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Ravon yo'l qidirib bag'ringdan,
charchadim muttaham,o'gringdan,
yo'l bo'lsa kechardim bahringdan,
Shaytonga qulvachcha bo'lgan,san,
Dunyo sen tosh botgan yelkamsan!
Ilonsan xech oshno bo'lmagan,
gadoysan to'rvasi to'lmagan,
omadsan-ho'mraygan,kulmagan,
yuzingni balchiqqa yuvgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!
G'amzangga aldanib kuydim,man,
malak deb adashib suydim,man,
tul hotin ekansan qo'ydim,man,
sehrdan,makrdan jirkan,san,
Dunyo sen tuhumsiz kurkamsan!
Eshakni oshno deb o'tarsan,
dononi poshnangda tutarsan,
isqirt aravangni ko'tar,san,
puf desa yirtilgan yelkansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Shukr deb non yesam yig'laysan,
may tutib ko'zimni bog'laysan,
lahadga yiqitib kulgaysan,
bol deb yalaganim sirkamsan,
dunyo sen biri kam erkamsan!
Bag'riingda to'rt kunli mehmonman,
cho'lingda charchagan karvonman,
narhingni xop ko'rdim arzon,man,
yo'llari tikonga to'lgansan,
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Chayonday poylaysan chaqishni,
boplaysan yolg'onlar to'qishni,
qo'y endi zog' kabi cho'qishni,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!
Jannatni teng qilma bo'yingga,
it qochar bosh suqsa uyingga,
azalar ulangan to'yingga,
qasringni ko'pikdan qurgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!
Childirmang ho'p chalib,qo'ymading,
o'ynatib,yig'latib,to'ymading,
qadrli mehmonday suymading,
mezbonlik izzatin o'rgan,san!
Dunyo sen biri kam erkamsan!
Beshikdan tushishim kutasan,
tushgandan g'amingni tutasan,
yiqitib,tobutga ortasan,
zaqqumday zaharga to'lgansan,
dunyo sen biri kam erkamsan!
O'ylama tiz cho'kmam poyingga,
tupurdim minnatli soyingga,
qand bo'lmam zaharli choyingga,
ertaga mendan xam qolgaysan,
Dunyo sen alamli erkamsan!
Seni bir itimday suymasman,
o'lsang xech azangda kuymasman,
Odamman senga bir qo'ymasman,
Alisherni azobga qo'ygan,San.
Dunyo sen alamli erkamsan!
Добавлено (21-Июн-2013, 01:29)
---------------------------------------------
Mehmon.
Dunyo aldoqchi mezbon,
yoki g'am to'la zindon,
makriga bo'lma qurbon,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Yuragingni g'ashlama,
ko'zlaringni yoshlama,
Eski to'nni tashlama,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Bu ko'ngilni keng tutgin,
darding tog'larga aytgin,
aks sado bo'lib qaytgin,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Talashma mol davlatni,
ko'rsatma xom savlatni,
kulib kuzat ulfatni,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Bir biringni yemasdan,
yomon so'zni demasdan,
omon chiqqin qafasdan,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Sevganing ham o'tadi,
davlat qo'ldan ketadi,
tobut yelka tutadi,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Qo'shning qo'yma jabrga,
oshno bo'lgin sabrga,
Yig'lab kirma qabrga,
Bugun bormiz,erta yo'q.
Alisher sen tayyor bo'l,
dunyo-og'u sochar gul,
do'stim,bo'lma unga qul,
Bugun borsan,erta yo'q.
Добавлено (21-Июн-2013, 01:33)
---------------------------------------------
Dunyo.
Dunyoning ishlari ho'p qiziq,
achchiq so'z yurakka zahar o'q,
tegsa gar darmon-u davo yoq,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Boqinglar oyoqlar ostiga,
o'ralmang ilonning po'stiga,
o'yinchoq bo'lmang,siz dastiga,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Qasamlar suv emas ichgali,
ibodat to'n emas yechgali,
ishonchli qush emas uchgali,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Qarz berib,olmangiz jonlarni,
ko'zlardan oqizmang qonlarni,
unutmang omonat onlarni,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Ne zotlar oyoqlar ostida,
yuribmiz ajdodlar ustida,
haqiqat do'nglarning pastida,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Haloldan totinib,to'yingiz,
Bezating ohirat uyingiz,
azaga almashmang to'yingiz,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Ukalik qarzini tuygandan,
akam yo opam deb suygandan,
Alisher so'z dedi kuygandan,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.
Добавлено (21-Июн-2013, 01:35)
---------------------------------------------
Mirzabek Holmedovning she'ridan ta'sirlanib ....
Asli,umr oqar daryo,
mehri dilga,nurday ziyo,
izlarin qilgin to'tiyo,
Onajoningni topolmaysan.
Oshingni ham yig'lab eysan,
boshingni toshga urgaysan,
keyin kimni Ona deysan?
Mehriboningni topolmaysan.
Ko'zlarini izlagaysan,
so'zlarini so'zlagaysan,
armon qilib bo'zlagaysan,
Onajoningni topolmaysan.
Go'rday bo'lib qolar uying,
dolday cho'kar adl bo'ying,
yig'lab o'tkazarsan to'ying,
Onajoningni topolmaysan.
Fayzing ketar,huvillaysan,
yetim bo'lib uvillaysan,
qalampirday lovullaysan,
Onajoningni topolmaysan.
Mushtiparing bo'lsa ertak,
yig'laganing kimga kerak?
oqibatin qilma ermak,
Onajoningni topolmaysan.
Aka-uka,opa-singling,
ovutolmas g'arib ko'ngling,
ardoqlagin,ko'ngli mungling,
Onajoningni topolmaysan.
Ayvonlaring yi'glar g'arib,
barakang ham ketar arib,
yosh boshginang qolar qarib,
Onajoningni topolmaysan.
Ko'z yoshingni yashirolmay,
tobutidan tushirolmay,
oyog'iga bosh urolmay,
Onajoningni topolmaysan.
Lapanglasa tobut yo'lda,
yurib oldda,tayoq qo'lda,
orzularing bo'lar burda,
Onajoningni topolmaysan.
Kafan quchsa yuzlarini,
tuproq o'psa ko'zlarini,
qarg'ab umring ro'zlarini,
Onajoningni topolmaysan.
Tirigida suygin do'stim
Onajon deb kuygin do'stim,
erta dema,qo'ygin do'stim,
Onajoningni topolmaysan.
Mirzo she'ri ilhom berib,
Alisher bul so'zni terib,
aytsa,muzlar ketdi erib,
Onajoningni topolmaysan.