[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yoqtirgan she'rim
Sokin_QalbСана: Душанба, 14-Май-2012, 21:26 | Изох # 176
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Hali sevgi nima bilmagan
Oddiygina qiz toping ona! Mayli
uncha go'zal bo'lmasin Faqat
sevgi nima bilmasin Tunlar allo,
allo qilmasin Oddiygina qiz
toping ona ! Qalbi go'zal bo'lsa
bo'lgani O'z ahdida tursa bo'lgani
Vafo nima bilsa bo'lgani
Oddiygina qiz toping ona ! Bir
soatlab bog'da qolmagan Sevib
so'ngra dog'da qolmagan
Yigitlardan gullar olmagan
Oddiygina qiz toping ona !
Kiyimlari tor bo'lmasin hech
Sevgan yori bor bo'lmasin hech
Bundaylar kam, bo'lmasidan kech
Oddiygina qiz toping onajoniM! ..

P.s shu she'ri bugun öqidim yoqti manga!


 
ledyСана: Сешанба, 15-Май-2012, 00:00 | Изох # 177
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Чекка бир кишлокнинг чекка уйида,
Сунбул сочларини тараб турган киз.
Кундузлари яшар висол уйида,
Тунги тушларида мени курган киз.


 
fer_shonСана: Пайшанба, 17-Май-2012, 11:13 | Изох # 178
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Quote (ledy)
Чекка бир кишлокнинг чекка уйида,
Сунбул сочларини тараб турган киз.
Кундузлари яшар висол уйида,
Тунги тушларида мени курган киз.


Қуралай кўзларинг қорачиқлари
Бир зум ҳаёлларга толса нетасан,
Сени ўз ҳолингга қўймайди бари
Жонгинам бош олиб қайга кетасан.

п.с. азалдан жуда-жуда ёқади!!!


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) fer_shon - Пайшанба, 17-Май-2012, 11:13
 
keenСана: Шанба, 19-Май-2012, 03:48 | Изох # 179
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 274
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 173
Холати: Хозир йўқ
ERKAK YIG'LAYDI !
Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib, erkak yig'laydi.
Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha,
Xaq gapni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak yig'laydi.
Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'laydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini,
Uyalmay bo'kirib, erkak yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa ish maydonida,
Bir chetga o'tirib, erkak yig'laydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin chaqirib, erkak yig'laydi.
Xaromni tanlasa, xalol turganda,
Navqiron yoshligin uvol qilganda.
Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib, erkak yig'laydi.
Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Xech masjid tomonga burmasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganligin,
Umriga achinib, erkak yig'laydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolganda joni,
Ko'ngliga suyanib, erkak yig'laydi.
Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq,
Jirkanch odatlargam yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq,
Bir kuni og'rinib, erkak yig'laydi.
Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari "ketdik" desa Azroil,
"E vox", deb baqirib, erkak yig'laydi!!!
 
Sokin_QalbСана: Жума-муборак кун!, 25-Май-2012, 08:57 | Изох # 180
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur
sabr,
Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda
jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan
qutqarurmisiz?!
Talay odamlarga yo‘liqdim, ular
Katta va’dalar-la do‘stlarim
bo‘lar,
So‘ng tinmay pinxona g‘iybatim
qilar,
Meni bu kulfatdan
qutqarurmisiz?
Ahlimga boqaman, nigohi
yomon
Qalbidan sizilib chiqqanda
gumon...
Ahdlasha olmasak, bu qanday
zamon,
Meni bu ofatdan qutqarurmisiz?
Jujuqlarim yig‘lar istabon saboq,
Men ular oldiga qo‘ygum
qo‘g‘irchoq...
Shaytonning aytgani g‘olibdir bu
chog‘,
Meni bu da’vatdan
qutqarurmisiz?
Oxirat qayg‘usi yo‘qolib qolsa,
Go‘zal sanamchalar ko‘nglimni
olsa,
Dunyoning ishlari ajabga solsa,
Meni bu hayratdan
qutqarurmisiz?
Eng so‘nggi ishonchim qaygadir
tashib,
Iymon qochib ketsa tog‘lardan
oshib,
Uning ortidan zor ketsam
ergashib,
Meni bu g‘ayratdan
qutqarurmisiz?!
Hayot davomiga yetmasa
ko‘zim,
Tig‘dek botmasa gar aytilgan
so‘zim
Boshqara olmasam o‘zimni o‘zim
Meni bu hasratdan
qutqarurmisiz?
... Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q
erur sabr,
Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda
jabr.
Yaqinlashmoqdadir tobora qabr,
Meni bu fursatdan
qutqarurmisiz?!


 
biokim6979Сана: Шанба, 26-Май-2012, 20:55 | Изох # 181
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 175
Холати: Хозир йўқ
Balki bu dunyoni baxtga burkayman,
Balki manzilimga borib yetaman,
Ammo, lekin, biroq ming afsus,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Abadiy emas hech nima hech kim,
Abadiy yashamoq emas orzuyim,
Sizsiz yashasam ham kulib yuraman,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman.

Dunyo yolg'onchi o'lim haqiqat,
Ichimda dardlarim yotar qatma-qat,
Azoblarimdan ham olarman rohat,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!

Qarang kulyabman kulay toabad,
To'lib ketsa hamki hayotga nafrat,
Bilib olganim shu so'zim faqat,
Umrbod qolmayman bir kun o'laman!


Юрагимда бир хис ётар, сени уйлаб ,,,,,
 
misSСана: Сешанба, 29-Май-2012, 20:06 | Изох # 182
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Bir tomchi suvdan favvora bo'lmas,
Do'sti bor insonlar bechora bo'lmas.
Ishoning so'zlarim rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do'st sizdayin bo'lmas.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
GiyosСана: Шанба, 08-Сен-2012, 05:10 | Изох # 183
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Muhammad Yusuf ijodidan she'rlar.

ONAJON
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
UYQUDAGI QIZ
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.
Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.
Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.

VATANIM
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

BIZ BAXTLI BO`LAMIZ
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?..
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Men esa
Oshig`ing sening –
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

MENING DARDIM
Tuzalmaydi dardim mening,
O`lsam kerak.
Tuproq bilan og`a-ini
Bo`lsam kerak.
O`lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O`g`ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona…
Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo`q.
Xira shamdek ko`zlarimda
So`nmoqda cho`g`.
Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
Kul bo`ladi.
Inson bir kun o`z mayliga
Qul bo`ladi…
Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.
Men hayotda o`limga tik
Boqib o`sdim…
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!

LOLAQIZG`ALDOQ
Shavkat Rahmon xotirasiga
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Jon so`ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o`pib, O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

XAVOTIR

Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam,
Yotar bo`lsam 1qumga botib ko`zlarim,
Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am –
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…
Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar,
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…
Shoir o`lsa kim ham kuyinar deysiz,
Madhoyaboz hozir suvarakday ko`p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to`kilar to`p-to`p…
Tildan qolsam ko`zda qotib yoshlarim,
Ko`nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…
Ular yosh. O`limdan qo`rqaman yomon,
Chunki, dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustida yig`lasin debon,
Qizlarim ko`zyoshin asray olmadim!

SEVGI BU…

Sevmoq bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.
G`iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko`nglimni yulqib
Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni.
O`ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o`zimni o`zim…
Sevmoq bu o`zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko`milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo`l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G`amgin ko`zing, hadik to`la ko`zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq baxtidir
Ozg`in qo`llaringni, sepkil yuzingni…

ONAMGA XAT
Men sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olamayman,
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammabni sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,
Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men –zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketayapman tosh yo`lda ko`zim,
Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.
Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,
Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o`ylayman shomu saxarda,
Ona, sog`insam ham bora olmasman.
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,
Sog`ingan o`g`lingiz – Muhammad Yusuf.

HAZIL
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.
O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,
Do`stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..

SODDA MUHAMMADMAN

Sodda Muhammadman,
Sodda Muhammad.
Turkman qizni maqtab baloga qoldim.
Ko`ylagiga xavas qilgandim faqat,
Toabad tuganmas g`avg`oga qoldim…
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Yorug` dunyoda-ku bari qiz go`zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o`tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.
Yurtim suluvlari sizga yo`q ta’rif,
Qoshingizda o`sma yursa sirg`alib,
Uzun sochingizni o`rsangiz tarab,
Boqsa degan edim oy ham suqlanib.
Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo`msaganim hayo – momomlarga xos,
Sog`inganim edi Kumushbibilar…
Yonsam hajringizda mening yonishim,
Kuysam siz tufayli ko`nglimdagi cho`g`,
Turkman qizlarda yo`q mening tanishim,
Qalinga tuyam ham tushib qolgan yo`q!

SURAT
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g`alatiman,
Men alohida.
Ko`zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
Oy mening yelkamga
O`tirib olgan,
Oftob g`avg`o solar
Yurgan yo`limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo`ydim ko`nglimga.
Endi toshni tepsam,
O`par izimni,
Yerga ag`anasam –
Yer ham devona.
Barmog`im o`pgandim
Suygan qizimni,
Qo`li yonib ketdi
Gurillab, mana.
Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so`ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo`lgan
Ko`ylagi bir yeng
Ishqning bayrog`iga
Aylandi alvon!..
Va o`pdim bayroqni
Men o`sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Qizil cho`g` to`shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o`zimni
Misli o`tparast.
Uyg`onsam – ko`rpam kul,
Yig`lar sevgilim.
Men seni yig`la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko`nglim,
Yovvoyi o`rdakka
Berdim sevgimni!..
O`rdak uchdi-ketdi,
Mung`ayib qoldim.
Hayratim opketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa –
Xudoga soldim,
Mayli aldanmasin,
Xayotida u.
Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g`alatiman,
Men – alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.

O`P MENI
Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p,
Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p,
Salomat ekanim ham bir g`animat,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda,
Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin – yonmoqda,
Chayqalib turipti ruhim tamoqda,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Ey mening jallodim, ey mehribonim,
Ko`kim tuproq mening, tuproq – osmonim,
Tilimning uchida turipti jonim,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Tun deganlari bu – tilsiz bir tilsim,
Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin?
Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?..
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Jon shunday uzilsa, bu – oson o`lmoq,
Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh.
Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Bizlar – ojiz banda, ajaldir – hakam,
Oshiqma deb meni, bo`g`magin, erkam.
Bo`sangdan bo`g`ilib o`lay o`lsam ham –
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p!

Добавлено (08-Сен-2012, 04:10)
---------------------------------------------
ONA MENI NEGA TUG`DING
— Ona, meni nega tug`ding?
— Yurting uchun.
— Ona, meni nega tug`ding?
— Baxting uchun...
— Ona, meni nega tug`ding?
— Zoriqqandan.
— Ona, meni nega tug`ding?
— Zerikkandan…!

ONAIZOR
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…

ALLOH GO`ZAL
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Shoir tilak-ta’bim o`shal,
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal!..

OSMONNING OXIRI
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz.
Osmonning esa oxiri yo`q.
Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim.
Toshdan sado chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.
Xuddi eski devor buzilganiday…
Uyquning oxiri – o`lim. O`limning oxiri esa yo`q.
Bo`lsa ham hech kim unga yetgan emas.
Axir o`lim bu hamma narsaning oxiri-da.
Odamning umri goho yerda yotgan qog`ozcha ham emas.
Ertalab ishga ketayotib ko`rgan qog`ozingni kechda qaytishda ham ko`rishing mumkin. Ertalab ko`rgan odamni esa hamisha kechqurun ko`ravermaysan.
Chumoli chumolini o`ligini tashiydi.
Biya qulunidan ko`z uzmay o`tlaydi.
Oqibat faqat odamlarda yetishmaydi.
Yer odamni boqadi. Kiyintiradi.
Odam esa uni bir kunda sahroga aylantiradi.
Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon yurgizadi.
Odam uni o`ylamaydi.
Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan o`zligini yo`qotadi.
Odam odamga yaqinlashganda ham topganidan yo`qotgani ko`proqdir...
Oftob qayerga botadi, deyman bobomga. Osmonning oxiriga, deydi u. Oftob osmonning oxiriga borib botmaydi, balki yig`laydi.
Dunyodagi barcha yo`llarning oxiri - yig`i.
Dunyoning oxiri - qiyomat ham yig`i.
Odam yig`i nimaligini anglab yetguncha yaqinlari olamdan o`tgan bo`ladi.
***
Ko`rpangga qarab oyoq uzat, dedim o`zimga o`zim bir kuni.
Keyin o`ylanib qoldim. Kim aytgan ekan bu gapni birinchi marta.
Ehtimol, Odam Ato Momo Havoga aytgandir. Yo`q, bu yaqin kishilar bir-biriga aytadigan gap emas. Bu gap ko`rpasi bir odamlarning gapi emas.
Binobarin, Odam Ato bilan Momo Havoda ko`rpa ham nima qilsin?..
Ibtidoiy odamlar teri yopinib yotishgan.
Qullarning ko`rpasi tuproq bo`lgan.
Feodallar ko`rpa talashishmagan.
Demak, bu ham kapitalizm illati!
***
Chaqaloq uchun hamma narsaning boshi-oxiri Ona ko`kragi. Oftobni chaqaloqqa o`xshatish mimkin bo`lsa, uning boshi osmonning ko`ksida. Xo`sh, Osmonning boshi kimning ko`ksida? Tog`larning boshi Yerning ko`ksida. Yerning boshi-chi?.. Bilmayman. Bilmaganimdan hijolat ham emasman. Bu yorug` dunyo aslida "bilmayman" degan so`zdan iborat. Men qachon tug`ilganimni aytib berishgan.
Men qachon yurishni o`rganganimni yolg`iz onam biladi.
Qachon tilim chiqqanini ham.
Men birinchi she'rimni qachon yozganimni o`zim bilmayman.
Xo`sh qani kim aytadi, oxirgisini qachon yozaman?..
Bilib turib birovga ozor berishdan yomoni yo`q. O`zing ham bilmasdan birovga yaxshilik qilishdan ortiq yaxshilik yo`q.
She'r yozish ham o`zing bilmay birovga yaxshilik qilishdan gap.
Haqiqiy she'riyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulunlar kabi tuproqqa ag`anab yotishibdi. Tur, choychoq, chopamiz, desang bas. Biz har zamon bir oyoq ostiga boqib she'r topamiz. Keyin uning changini qoqamiz va qancha ko`p yuksak — shuncha ko`p she'r yo`qotamiz...
Barcha buyuk zotlarning buyukligi ham hokisorligidir!
***
Men hozir Yerni ushlab to`xtataman. Nega tinmay aylanaveradi u?
Nahot zerikmagan bo`lsa?
Yerning oxiri qayda? Tasavvurnichi?..
Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar — tasavvur qafaslaridir.
Xayol cho`mog` i qisqa zotlarning umri ham qisqadir.
Mashaqqatning oxiri rohat. Rohatning oxiri yana mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yo'q.
Bir og`iz sovuq so`z bilan diling yana zimiston.
Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo`lib yurgan odamni topib ber-chi menga!
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho`qqida kapalak ham bor. Qumursqa ham yashaydi. Sizning bu yutug`ingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda-shunda.
Men hidlab to`ymagan bedani biya qasirlatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko`zimga surtgan suvda qurbaqa cho`miladi.
Momaqaldiroq dunyoni boshiga ko`tarib hayqiradi.
Yulduzlar qo`rqib qochib qolishadi. Bulutlar yig`lashga tushadi. Yer yuzida qo`ziqorinlar tug`iladi. Har qanday hayqiriq so`nggida nimadir dunyoga keladi.
Nimadir dunyodan ketadi.
Kulib gul ochiladi — yig`lab shabnam to`kiladi.
Daryo toshadi — tog` nuraydi. Kelin xo`rsinadi — yanga ermak qiladi...
***
Odam dunyoga bir marta keladi. Shu bir kalima soz` bilan qancha savob ishlar qilish mumkin. Shu bir kalima so`z pinjida qancha gunohga botish mumkin.
Bu gapni qari qiz aytsa , yig`laging keladi.
Satanglar aytsa, ensasi qotadi odamning.
Qo`y o`sha sevgi-pevgingni, ajrashinglar, deydi boyvuchcha ona qiziga. Odam dunyoga bir marta keladi!
Seni bir haftada onasi o`pmaganga uylantirib qo`yaman-e, deydi takabbur ota o`g`liga: Ajrash.
Odam dunyoga bir marta keladi!
...Olisga qatnovchi avtobus haydovchisi yo`l bo`yi xayol surib kelayotganimni ko`rib, meni gapga soladi.
Ha, yigit. Muncha o`ychansiz, sevib qoldingizmi?
Men indamayman.
Sevgi yo`q, deydi u jahlim chiqqanidan huzur qilib.
Sevgi suvga tushib ketgan. Tohirning sandig`ida...
"Qalay, bopladimmi?" Bu — uning qovoq yuzidagi nim tabassum.
Men undan qutulish uchun jilmaygan bo`laman. U buni o`zicha tushunadi.
Endi nasihatga o`tadi: Xafa bo`lmagin-u, bo`shang yigit ekansan, og`ayni.
Shunaqa xayol surib yuraversang, xotinsiz qolasan.
— O`zingiz sevib uylanganmisiz? Savolim unga yoqmaydi. Shubhalanib bir qarab oladi. Va iddao bilan: Bo`lmasam-chi! Sevgan qizimga uylanganman, deydi.
— Axir, sevgi suvga tushib ketmagan-ku, deyman.
Tohirning sandig`ida.
U endi eshitmaganga oladi. Men hozir chambarakni sherigimga berdim, dam olmoqchiman, deydi. Keyin yana qulog`imga shivirlaydi: xafa bo`lma, ustident, hazillashdim.
Osmonnig oxiri qayerda, deyman unga jiddiy. U, hech narsani tushunmadim, degandek yelka qisadi.
Mana, u shunday yuragimning yonboshida xurrak otmoqda.
Men uni uyg`otib yuborishdan qo`rqaman!
Mudroq bosgan dilim,
Aytaman bir sir,
Tangri uyquni-da
Pallada tortar.
Uyqu - ham
Nasiyaga berilgan umr,
Uyqung ortgan sayin
Qarzing ham ortar...
***
Mening iste'dodli shoir do`stim nihoyat bir qizni sevib qoldi. Biz bugun birga kinoga boramiz. Men bo`lajak kelinning dugonasini zeriktirmasligim kerak. Salomlashamiz. Ya'ni, mana bunday: ular mening hali ham qurib ulgurmagan yaltiroq bo`yinbog`imga qarab jilmayib qo`yishadi. Bu — qalaysiz, degani. Men ularning belidan yuqorisi nafis ko`ylaklariga qaray olmay xo`rsinaman. Qizlar shoir og`aynimning ozg`in bo`yniga ishora qilib qiqirlashadi.
Ularni bir amallab Eskijuvaga topshirib, tangalarimizni jaranglatib metroga chopamiz. Do`stim mening yoqamga yopishadi: Qalay bizning qalliqcha?
Bo`lmaydi, deyman. U seni istagan kuni tashlab ketishi mumkin!
Qishlog`ingga ket , deyman.
U ketadi. Uyiga emas — Uzoq Sharqqa. Keyin uyoqdan menga xatlar kela boshlaydi. Ayo, do`stim, osmonning oxirini topdim. Osmonnig oxiri Uzoq Sharqda — dengizning yoqasida ekan!..
Shoir yarim yildan so`ng, yarim kechada ustimga bostirib keladi. Kayfi taroq — egniga charm kurtka. Cho`ntak to`la pul. Uyni baliq hidi tutib ketadi.
— Bilasanmi, Nilu - (Nilufar) erga tegayotganmish.
To`yiga taklifnoma yuboribdi...
To`yga bormaslikka ko`ndiraman. U tuni bilan uxlamay yozgan she'rini konvertga joylab bevafo qalliqchasiga jo`natamiz.
Shoir Uzoq Sharqdan faqat baliq hidi emas, yangi maqol ham olib kelgan edi. U deyarli har kuni mendan so`raydi: Nega men seni o`zimga do`st tutdim, bilasanmi? Kim uchundir jonimni berishim mumkin bo`lishi uchun!..
Odam dunyoga bir marta keladi, do`stim...
***
Keng bir o`tloq bo`lsa. Atrofing ko`m-ko`k maysa. Osmon tip-tiniq. Maysaga yastanib yotsang-u... o`lib qolsang!
Bedazorda ana shunday xayol surib yotsam, qanotlari oppoq bir kapalak kelib yelkamga chordona qurib o`tirib oladi. Salom, og`ayni. Nega kayfiyating yomon?
Charchadim, dedim unga. Yashashdan charchadim.
Kapalak bir xo`rsinib jo`navordi.
Qiziq, unda ham bola-chaqa bormikin?
Kapalakning kapasi qayerda?
Nega shunday ojiz va nafis jonzot ham odamdan yuqorida uchib yuradi.
Baquvvat va vazmin narsalar hamisha oyoq ostida bo`lishadimi? Demak, odam ogi`r-bosiqligi uchun xormi?
Yengiltak va xushomadgo`y kimsalarni shuning uchun oshig`i olchi ekan-da...
"Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir".
Haligi kapalakning qanotidagi yozub bu.
Tanishganimdan xursand edim. Tongda men uni bog`da ko`rdim. Atirgulning shoxida. Kechagi tushkun holatim uchun uyaldim. Uzr so`ramoqchi bo`ldim.
Ammo kechidim.
Atirguldan yumaladi kapalak,
Bir silkinib qo`ymadi ham gul shoxi.
Jon talashib, qum yaladi kapalak,
Ko`chdi mening ko`ksimga ham titrog`i.
Men undan Osmonning oxiri qayerda deb so`ramoqchiydim.
Axir, buni faqat o`sha qanoti ojiz qush bilishi mumkin edi-da...
***
Osmon hech kimga qaramaydi.
Bulutlarning ham egasi yo`q.
Hech kim quyoshni ham meniki, deb ayta olmaydi. Agar shunday da'vogar topilsa, uni devonaga chiqarishadi.
Xo`sh nega odamlar yerga egalik qilishadi. Atrofini o`rab olishadi-da, bu yer meniki, deyishadi. Yer talashib bir-birini o`ldirishadi.
Menga ayting-chi, bahorning egasi kim?..
Boychechalning boshlig`i, binafshaning xo`jayini-chi?..
Ekkaningni o`rasan. Ekmaganingni esa, ko`rasan, xolos.
Men bolaligim o`tgan joylarni o`zgarib ketishini istamayman. Men kimdir o`tinga mo`ljallab qo`ygan qadrdon shotutni odamni sog`ingandek sog`inaman. Tollar bilan quchoqlashib so`rashgim keladi. Xuddi qizlarni quchoqlagan singari.
Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa, xiringlab kuladi. Kel, deydi, ana dala to`la qoratol, xohlaganingni quchoqla, istaganingcha o`p:
Gorko!
Osmonning oxiri esa, yalpizning yelkasida. Bir yelkasida. Uning boshqa yelkasi to`la sog`inch, muruvvat, muhabbat.
Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa...
***
Osmonning oxiri qayerda, dedim men suygan qizimga. U mening peshonamni ushlab ko`rdi: issig`ing yo`qmi, ishqilib...
Savolimni takrorladim.
"Osmonning oxiri qaydaligini bilmadim-u, lekin do`konga sariyog` kelganmish. Agar mumkin bo`lsa, bir g`ayrat qilsalar..."
Hech iloji yo`q, dedim. Ulug` ishlar bilan bandman.
Hali uylanmasimdan ish buyuradi. Ayol zoti, agar unga ishqing tushganini sezib qolsa, burningni yerga ishqaydi. Qaysi dono bobokalon aytgan edi bu gapni?
Ammo kimnidir sevmasdan ham yashab bo`lmaydi.
Osmonnig oxiri esa yo`q. Bo`lsa ham menga nima?
"Nega allaqanday taka turkmanlarni maqtaysan? Mening qayerim kam ulardan?.."
Ko`ylaklari bilan ko`chalarni supurib yurgani uchun yaxshi ko`raman, bildingmi?
Osmonning oxiri turkman qizlarning uzun yenglarida.
Ular qo`llarini ko`targan joyda ko`k tugaydi.
Qo`llari quyoshni to`sib qo`yadi...
Qiziq, o`zi umrimda bironta turkman qiz bilan ko`rishmaganman. Tiliga ham tushunmayman. Lekin yaxshi ko`raman.
Axir, xudoni ham yuzini bir ko`rmay turib yaxshi ko`radi-ku, bandalari.
Muhammad ham uning bandasi.
Uning va muhabbatning bandasi.
***
Vokzal qayerdan boshlanadi?..
Vokzal — chiptaxonadan.
Tayyoragoh — pasportni izlashdan.
Xo`sh, bozor-chi, bozor qayerdan boshlanadi?
Hazilkashroq kishi cho`ntakni kavlashdan, deyishi mumkin.
Jiddiyrog`i xomcho`tdan, deydi.
Hammasi to`g`ri. Chunki bozorga hamma har xil xayolda boradi-da.
Kimdir shunchaki zerikib.
Kimdir dam olish uchun.
Birov to`y taraddudi ila.
Xullas, bozorga hammaning o`z so`qmog`i bor.
Menimcha, bozor darvozadan boshlanadi.
O`z darvozangdan chiqib, xarid qilishni ko`zlaganing bozor darvozasidan xatlashinga hamon o`garadi-qoladi.
Bozorda, ayniqsa, Sharq bozorida, o`zingga qo`shilib yana bir juft qo`l cho`ntagingga kirib chiqayotgandek go`yo.
Bir zumda non ushoqlariga qo`ling tegib qoladi.
Koreys kampirning xushbo`y karamlaridan totib ko`rish hissi paydo bo`ladi.
Arab qizlarining yuzlaridek lo`ppi xurmolar yonidan ko`z yumib o`tib ketolmaydi odam.
Tarvuzlar o`zlari yumalab oyog`ing ostida o`yinga tushadi.
Navbatda turib g`irt suyak go`sht olasan. Ichinda esa "meni tanidi, suyak qo`shmadi", degan yolg`on tasalli.
Inqillab avtobus bekatiga kelasan. Shundagina uydan olib chiqqan maoshing yodga tushadi.
Yopiray, nahotki barini ishlatdim?..
Xurmoni nega oldim?
Tarvuz uyda bor edi-ku!
Ana shunaqa gaplar.
Xo`sh, bozor qayerdan boshlanar ekan? Bilmadim, bilmadim.
Bilganim — bozor nima bilan tugashi.
Xotin ila janjal bilan tugaydi.
...Oltiariqlik turpfurush choldan so`radim.
Otaxon, bilmaysizmi, osmonning oxiri qaterda?
Chol meni imlab yoniga chaqairib olib, qulog`imga shivirladi:
Torozixonda, bolam!..

YANGI YIL KECHASI
Ko`ngil ma'yusa tortdi yilning so`nggida,
Bilmama, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida,
Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Qirqinchi qasrmga o`taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetkudek qo`lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g`alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig`lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So`rsang, sevinchimdan o`kinchim ko`proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko`zda tabassum -u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo`ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo`qlab kelganingni o`zi bir bayram.
Qulog`ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...

MUHABBAT
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

SUVPARI
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..
Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Yo`ling kesib o`tsam — o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

YOLG`ONCHILAR
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Bag`ri-dilim kuydiradi yolg`onlari,
Yonlariga chorlar mphi-tobonlari.
Bo`lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Ko`hna dunyo, bu qizlaring muncha go`zal,
Qarab tursam, ko`klarda oy-kuncha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal!..
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Hozir ko`zim yumamanu yerga yotib,
Yuragimni sug`uraman qon yig`latib.
Yo`lbarschalr yesin uni kasirlatib —
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim,
Ko`z o`ngimda bo`laqolsin tilim-tilim.
Harom bo`lsin muhabbatsiz ko`rgan kunim,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

TUSHLARIMGA KIR
Kapalakday kelib,
Qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi...
Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib?
Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.
Tovoning o`padi ariqdagi suv,
Ko`ylaging etagin o`padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo`lolmadim-ku,
Ey, ko`zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.
Ko`chib borayotir bu umr — karvon,
Kunlarning bo`ynida yurak qo`ng`iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko`nglimning to`rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...
Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi.
Qolding bag`rimda jonimdek bo`lib,
Sochingni silashga qo`lib yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

SEVGI SADOSI
Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on,
Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz,
Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?..
Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona,
Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shurin azobim,
Siz mening ko`klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz.
Yodimda kechagi sho`xliklaringiz,
Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz,
Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz.
Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan,
Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan.
To`kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...

MAKTUB

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz — yo`qmi o`shal dam...
Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?
Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq.
Do`stlarim — takabbur shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.
Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..
Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.
Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim — menga baxt nasib etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...
Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!

MUHABBAT SEN CHIROYLI
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Tag`in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...
So`ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo`lingdan ham tutmadim.
Qo`ling... sening qo`llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo`llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.

O`LSAMU UNUTSANG...
O`lsamu unutsang menday yigitni,
Yog`ar yo`llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o`tadi Ruhim...
Unga nima deysan, bevafo yorim?
O`lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o`choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...
Shunga nima deysan, bevafo yorim?
Sen Xudo emassan axir, o`ylanma,
Jonimning rishtasi qo`lida uning,
Ammo Muhammadsiz o`tmaydi kuning,
Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..


Sog' salomatlik...
 
GULI_NURСана: Шанба, 08-Сен-2012, 23:09 | Изох # 184
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Muhabbatim xor qilganni,
Olloh menga zor qilsin.
Meni qadrim bilmaganni,
Qadrsizga yor qilsin.
Kuni kelib keng dunyo,
Mensiz unga tor bo'lsin.
Uni sevgan yori ham,
YOR deyishga OR qilsin.
 
bek_x6Сана: Якшанба, 09-Сен-2012, 10:49 | Изох # 185
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
Oshga tayyor, hazilga boy Islom ukam,
O'qishga shay, birozgina tanbal ukam.
Har dam shoshib, har dam kulib turadi u,
Sho'xu-shodon, sofdilgina quvnoq ukam.

Kim ekan dib bosh qotirmas bilag'on ukam,
Oshga qarzdor so'zga chechan erka ukam.
Tel raqamin Forumistonga yozgan ekan,
Alplar kabi yordamga shay turgan ukam.

ps: she'r muallifiga yana bir bor koooottakon raxmat))


Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
 
oybekСана: Якшанба, 09-Сен-2012, 10:49 | Изох # 186
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam, Mening
qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Gulim,
yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo, Menga esa
havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Ko`ksim
kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda. Bechora
jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Bunu xayot
derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho, Qabrim
ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Ayol qalbing
bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech, Nomard
kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Ishing
tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar, Ko`ksi tiniq
bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq! Jon so`ngi
boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda Seni o`pib,
O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
MUHAMMAD YUSUF.


 
BOBURBEKСана: Душанба, 01-Окт-2012, 01:09 | Изох # 187
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kimdir qayerdadir,
Nigohingga zor,
So’zlashish ilinjda,
Izlar bahona.
Kimdir qayerdadir,
Bo’lib intizor, O’zni qo’ygani ham,
Topmaydi xona.
Kimdir qayerdadir,
G’amlaring olib,
Bir olam quvonchni
Bermoq istaydi. Niyatlaring qanday,
Orzular qanday
Barini erinmay,
So’rmoq istaydi.
Kimdir qayerdadir,
Isming qalamda, Yozib qo’ymoqdadir
yurak she’riga.
Va uning o’zi ham
Balki shu damda,
Aylanib bormoqda,
Qalbing siriga. Kimdir qayerdadir,
Seni topgandan,
Taqdirga beadad
Aytmoqda shukr.
Dilida ming umid
Milyonta havas: Borliging uchun-da,
ming bor tashakkur…
 
xasan_uzСана: Пайшанба, 18-Окт-2012, 22:07 | Изох # 188
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Mening g'animlarim bulutdan xam ko'p,
ortimdan soyadek yurishar to'p-to'p.
Salomat ekanim, xam bir g'animat,
O'p meni sevgilim, so'ngi bora o'p.

M. Yusuf.

Добавлено (18-Окт-2012, 21:07)
---------------------------------------------
Mening g'animlarim bulutdan xam ko'p,
ortimdan soyadek yurishar to'p-to'p.
Salomat ekanim, xam bir g'animat,
O'p meni sevgilim, so'ngi bora o'p.

M. Yusuf.


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
fer_shonСана: Сешанба, 23-Окт-2012, 11:12 | Изох # 189
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Qirni yorgan qirq chechaksan,
Ish ahliga belanchaksan!!!
Tashna kelsa mehring buloq,
Kafta tutib jon halaksan!!!
 
M@$terСана: Душанба, 12-Ноя-2012, 01:16 | Изох # 190
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
Rayxon xidlaring yo'llarimga sep, kut meni xar oqwom, ko'kga oy chiqgan, Faqat yig'lamagim aybim nima deb, Aybing seni onang chiroyli tuqgan.

Добавлено (12-Ноя-2012, 00:15)
---------------------------------------------
Rayxon xidlaring yo'llarimga sep, kut meni xar oqwom, ko'kga oy chiqgan, Faqat yig'lamagim aybim nima deb, Aybing seni onang chiroyli tuqgan.

Добавлено (12-Ноя-2012, 00:16)
---------------------------------------------
Rayxon xidlaring yo'llarimga sep, kut meni xar oqwom, ko'kga oy chiqgan, Faqat yig'lamagim aybim nima deb, Aybing seni onang chiroyli tuqgan.

 
GULI_NURСана: Душанба, 12-Ноя-2012, 23:58 | Изох # 191
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Sunnatillaxo'ja Akromiy - Kerakdir.

Kimga molu dunyo kerakdir,
Oshiq dilga zuxro kerakdir.
Savdogarga baxo kerakdir,
Dil dardiga davo kerakdir.
Cholg'uchiga navo kerakdir,
Menga tinchlik, do'stlik bo'lsa bas.

Добавлено (12-Ноя-2012, 22:51)
---------------------------------------------
Bulbullarda oshyon g'ayg'usi,
Qassobdadir mol-jon g'ayg'usi.
Insonlarda imkon g'ayg'usi,
Ishqi borda hijron g'ayg'usi.
Menga xusni zebo kerakdir,
Mayin esgan sabo kerakdir.

Добавлено (12-Ноя-2012, 22:54)
---------------------------------------------
Bulbul kuyi dillarga payvast,
Ko'ngillarda yashaydi xavas.
Jannatmakon yurtim muqaddas,
Menga tinchlik, do'stlik bo'lsa bas.
Dilga yaqin oshno kerakdir,
Iliq kalom siymo kerakdir.

Добавлено (12-Ноя-2012, 22:58)
---------------------------------------------
Yetimlarning boshin silay man,
Oqillardan ibrat olay man.
Xayosizga xayo tilayman,
Muxtojlarga madad qilay man.
Kemtik dilga davo kerakdir,
Xam muruvvat vafo kerakdir.

 
Nilufar_93Сана: Шанба, 24-Ноя-2012, 21:13 | Изох # 192
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Lolaqizg'aldoq
Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq,
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni o'ylayman o'zimdan ko'proq-
Lola,lolajonim.
Lolaqizg'aldoq!
Men ketsam yomondan yiroq bo'l ohu,
Chunki sen chiroyli ko'rkli bir juvon,
Yomon kunlar bir kun yaxshi bo'laru,
Yomon odam yaxshi bo'lmas hech qachon.
Yasha chegarada turgandek ogoh,
Lola,lolajonim,
LOLAQIZG'ALDOQ.
...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
AzionСана: Якшанба, 25-Ноя-2012, 20:25 | Изох # 193
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
Kulganimga ishonmang dilda qayg'u bir talay kulib kulib yengarman dardlarimni xar qalay,
Kulganimga ishonmang g'amni aldab yuraman garchi xolim neligin o'zim yaxshi bilaman,
Kulganimga ishonmang kuldim dunyo ishidan tosh chiqadi boy bergan kambag'alning oshidan,
Kulganimga ishonmang alamlarga to'laman hudo xoxlagan kuni kulib turib o'laman...


ХАЕТ йулларида Кадр излаймиз.Кадримиз билганни кадрин билмаймиз.Мехрга ташнани бошига уриб.Гулни Сенлаймизу Тошни Сизлаймиз..
 
misSСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 17:49 | Изох # 194
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Kechagi dunyo

Sеnga nima qildim, ey dilsiz, do'st,
Shuncha qilganlaring yana kam bo'lsa?
Nahotki, andisha azaliy qo'rqoq,
Nahot-ki, sabrning ko'zi nam bo'lsa?

Borliqni iforga burkadim, illo,
Giyohdеk tars yorib chiqoldim toshni.
Yiqilganga yеlkam tutdim-u ammo,
Goh yеlka topmadim qo'ymoqqa boshni.

Ammo suyanchig'im, ishqim bor edi,
Umidlar bor edi o'zim bilmagan.
Sеndan kеchajakman, yo'llar tor endi,
Yana nе makring bor mеnga qilmagan?

Koshkiydi, va'dalar, ahdlar chin bo'lsa,
Ming bir tеgirmondan chiqardim omon.
Gullar kapalakdan olgandеk bo'sa,
Ilon zahrin ichib saqlar edim jon.

Bugun o'rin yo'qdir nadomatlarga,
Armonga, anduhga arzimas hatto.
Kеchagi borliqni sеnga qoldirdim,
Manimchun bugundan boshlanar dunyo!


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 18:58 | Изох # 195
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
KAPALAK

Tug’ilgаndаn mеn sho’rlikning bаg’rim qоn,
Bir jismimdа tаlаshаdi ikki jоn,
Jоn tаlаshsаm, tеpаdа chаrх urgаn ul,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.

Оqqushlаrim оq yomg’irdа uchаrlаr,
Sаhаrlаrdаn shudring-shаrоp ichаrlаr.
Tаnlаmаyin qаbrlаrni quchаrlаr,
Kаpаlаklаr оdаmlаrgа mеhribоn.

Gulgа qo’nsа qаnоtlаri bоtmаydi,
Оjizlаrim birоvgа tоsh оtmаydi.
Bir kun yashаr bir-birlаrini sоtmаydi,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.

Bir qаrаsаng, nа kulbаsi, uyi yo’q,
Nа tоvushi, nа qo’shig’i, kuyi yo’q.
Kаpаlаkning kаmbаg’аli bоyi yo’q,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.

Kаpаlаkning Kа`bаsidir hur dаlа,
Dаlаsidа mеhr to’lа nur to’lа.
Bахtsiz bo’lsа, bаri bахtsiz bir yo’lа,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.

Оydin оqshоm yodgа tushding о mаlаk,
Sеni o’ylаb bo’ldi yanа qоn yurаk.
Sеvаmаn dеb аldаmаydi kаpаlаk,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn.

Muхаmmаdgа ishоngаn ey, mo’minlаr,
O’lsаm, so’zim eslаb, o’ygа cho’minglаr.
Kаpаlаkning qаnоtigа ko’minglаr,
Kаpаlаklаr оdаmlаrdаn mеhribоn....        Muhammad Yusuf


...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Mirzoxid - Чоршанба, 20-Фев-2013, 18:59
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 11-Апр-2013, 11:25 | Изох # 196
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Bu dunyoning shum ishlarini,
Körib bazan chöchib ketaman.
Tashlab bir kun kuz, qishlarini,
Keng osmonga uchib ketaman.

Ketamanu qaytmayman keyin,
Kimdur meni sog'inar tayin.
Qanot qoqib samoda mayin,
Keng osmonga uchib ketaman.

Yashab har kun gunox ortirmay,
Afsus qilib boshim qotirmay.
Hech kimsaga bir kun bildirmay,
Keng osmonga uchib ketaman.

Inson emas sirdoshim osmon,
U döst bölar menga har qachon.
Körinsam gar közlarga yomon,
Keng osmonga uchib ketaman.

Orzularim bölmaydi adog',
Bu ham orzu uchaman qandog'.
Topmay qolsam dunyodan panox,
Keng osmonga uchib ketaman.

Добавлено (11-Апр-2013, 10:25)
---------------------------------------------
Nigora Yöldosheva - Orzu!!!

 
DadaxonСана: Якшанба, 14-Апр-2013, 14:49 | Изох # 197
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Sizga öxshaganlarga, sevgi emas pul kerak.
Vaziyatdan chiqishga, köprik kerak yöl kerak.

Ilonmassiz, chayonmas, niyatingz ayonmas,
Sizga ibo xayomas, ikki qarich til kerak.

Sevgingiz seyfda sizni, yuzingiz nechta sizni,
Gapim eshitasizmi, sizga boshqa yöl kerak.

Izlaysiz shaxzodalar, beklaru xonzodalar,
Izmingzda tursalar, zarposhnodan er kerak.

Axaddayin öjarlar, qoningzni icharlar,
Sizga faqat podsholar, avlodidan qul kerak.
(Axad Qayum)
 
M@$terСана: Душанба, 10-Июн-2013, 19:58 | Изох # 198
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
UNUTAYIN DEGANDIM SENIShe’rlarimga ochdim sirlarim,
Ketolmadi dildan she’rlarim.
Men qushlarga aytdim ularni,
Qushlar sevib qoldi gullarni.Men gullarga aytdim sirlarim,
Seni yodga soldi islari.
Uchayotgan bulutga aytdim,
Yomg’ir bo’lib yonimga qaytdi.
Ostonamga kelib chechaklar
Isming aytib uzun kechalar.
Unutayin degandim seni,
Unutolmay qiynaldim seni…
NIKOLAS GILYEN MAVZUIDABilasizmi,ba’zan tunlari
sog’inaman sizni judayam…
Istayman men shunda: Tun kabi
Sizni mahkam bag’rimga bossam.
Shamol sochgan sochlaringizni
Olovida ketsaydim kuyib,
Kechalari bossam bag’rimga
Umr qisqa ekanin tuyib.
Dali,telba bo’lgim keladi
Ishqingizdan,hasratingizdan
Va sog’inchdan o’lgim keladi
Ko’zim uzmay suratingizdan.
Bola bo’lib qolsamu Sizni
Yig’lay deyman mahkam quchoqlab,
O’lgim,
O’lgim,
O’lgim keladi
O’z-o’zimni tig’lab-pichoqlab
Va qonimdan bir gul undirib
(Bahorningmas,bo’lsin kuzniki),
Shivirlagim keladi asta:
«Oling…
Oling…
Bu gul sizniki!..»TABASSUMING YODIMDA HAMON…Tabassuming yodimda hamon,
Yodimdadir xandon ko’zlaring.
Kulgularing eslayman, bu on
Unutilgan yolg’on so’zlaring.Atirgulning bargiday qizil,
Alvon edi tabassuming ham -
Ey ko’zlari xandon urgan qiz,
Nahot sendan qoldi faqat g’am?!Men bilaman,eng so’nggi palla
Jonsiz qolib,sirg’alsa qo’lim,
Sening…sening tabassuming-la
Ko’zlarimga boqadi o’lim.XAYR DЕMA,SЕVGILIMBu dunyoning armonlari ko’p ekan,
Kеtar bo’lsang,tomonlari ko’p ekan,
Chеchagidan somonlari ko’p ekan,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.Yarmi qora,yarmi oqdir dunyoning,
Yarmi sahro,yarmi bog’dir dunyoning,
Yarmi visol,yarmi dog’dir dunyoning,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.Sеn istasang gullar ro`yi jahonim,
Yana bo`yin taratadi rayhonim,
Chamanlarga aylanadi sayxonim,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.Xayr dеsang,bu dunyoda nеtaman,
Sеn bo`lmasang, bu ro`yoda nеtaman.
Sеni izlab bo`zlab-bo`zlab o`taman,
Xayr dеma,xayr dеma,sеvgilim.DERAZANGNI CHERTGANIDA YOMG’IRU SHAMOLDеrazangni chеrtganida yomg’iru shamol,
Mеni yodga olurmisan,ey yolg’iz ayol.
Uzun tunlar qiynaganda chеki yo’q xayol,
Mеni yodga olurmisan,ey go’zal ayol?!To’kilganda dardim kabi bargu xazonlar,
Ko’z oldingni to’sganida qora to’zonlar,
Sog’inchingni yashirolmay subhi azonlar,
Mеni yodga olurmisan,ey go’zal ayol?!Qizarganda shaftolining oq g’unchalari,
Bog’chalarda sarg’ayganda kuz chеchaklari,
Kuz shomlari,yoz tunlari, qish kеchalari,
Mеni yodga olurmisan,ey yolg’iz ayol?!Dеrazangni chеrtganida yomg’iru shamol,
Og’ushiga olganida chеki yo’q xayol,
Sochlaringdan sirg’alarkan qirmizi ro’mol,
Mеni yodga olurmisan,ey go’zal ayol?!Yodlaringga olurmisan sirli damlarni,
Yodlaringga olurmisan shirin g’amlarni,
Yoqib qo’yib tun qo’ynida yoki shamlarni
Mеni yodga olurmisan,ey go’zal ayol?!SEN KELASAN…Sen kelasan…
Sel kelganda
Toshgan daryo bo’laman.
Beda ortgan aravaday
Xushbo’ydirman sen bilan.Sen ketasan…
Ortingdan men
Boqarman cho’l yo’lida -
Aravadan tushib qolgan
Xushbo’y beda guliday..Xurshid Davron

Добавлено (10-Июн-2013, 18:58)
---------------------------------------------
XAYR SENGAKo'zlarimning osmonlarida
Faqat o'zing, faqat sen o'zing
Oydan, yulduzlardan narida - 
Ko'zim ichra sening yulduzing.Tushlarimda uchib yurardim,
Men-la birga ozod qushlarim,
Sen tushmi, deb sendan so'rardim,
Aldamchidir barcha tushlarim.Meni kutmas endi ul bog'lar,
Meni kutmas qalam qoshligim.
Tushda qoldi ul masrur chog'lar, 
Eh, huvillab qolgan yoshligim.Shafqat nedir - qovjiroq taqir.
Men yo'lsizman besaru somon.
Botmoqdadir quyosh ham qaxir,
Hansirar-da, bo'g'riqar osmon...Bu yerlarga behuda keldim,
Suvga cho'kkan cho'g'dek so'zlarim.
Go'zallikning men quli edim,
Sen ollohsan, mening go'zalim.Qaydasan, sen, bu kun behuda
Hasrat bilan kuyingda yondim.
Sening o'tli mehringdan judo
Sap-sarg'aygan sahroda qoldim.Da'vat emas, shundoq, alvido,
Talqon bo'lar tamallar toshi.
So'nayotgan oftob nurida - 
Mening kirsiz o'n to'qqiz yoshim.Tomog'imda qotgan so'zlarim,
Sochiling, samoga sochiling.
Mana, tong. Tonglarning go'zali.
Tong oqardi. Tong - sochim mening.Xayr senga, otilgan ohu,
Dunyolarga vido ayturman.
Elitmoqda cho'ng qudrat - uyqu,
Tushlarimga yana qayturman.SENI KUTDIM KUYIB OTASHDAOylar o'tdi va yillar o'tdi,
Lekin sendan bo'lmadi xabar.
Yolg'iz seni men yolg'iz kutdim,
Kuta berib xun bo'ldi jigar.Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan 
Va yurakka boshlagan hujum.Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular 
Shunday buyuk ishqdan tonganing...Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.

RAUF PARFI.

 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 10-Июн-2013, 21:52 | Изох # 199
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mister Master Rahmat...!!! Rauf Parpini ijodiyotini judayam yaxshi ko'raman...!!!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Sardor_BСана: Душанба, 10-Июн-2013, 22:53 | Изох # 200
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
"QORA QIZ" Kel, deganda, noz
qilmasdan kelsang edi, Gul
berganda, qayrilmasdan olsang
edi. O'zing qandoq yaxshiliging
bilasan-u, Seni qanday
sevishimni bilsang edi! Bu
dunyoga ozib-yozib bir bor
kelib, Nahot o'tsam hijronlarda
bag'rim tilib? Sen yurasan
dardim bilmay, qadring bilib,
Seni qanday sevishimni bilsang
edi! Muzni qanday kuydirishni
bilasan-a, Suymaganni
suydirishni bilasan-a,


Sayyod.com
 
Поиск: