Мен нечун севаман Ўзбекистонни?!
|
|
KomilEl | Сана: Чоршанба, 28-Сен-2011, 01:27 | Изох # 26 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
| Vo malatse zoru Добавлено (28-Сен-2011, 00:27) --------------------------------------------- Ona zaminimizdk olka yoq dunyoda men uchun havosi toza osmoni musaffo erlarida poliz ekinlariyu hama mevalar bitadi halqimiz esa ajoyib mehnatkaw tinib tinchimaz mehmondost gapirsang gap kop til ham ojizlik qiladi
Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
|
|
| |
madina | Сана: Шанба, 15-Окт-2011, 17:56 | Изох # 27 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 390
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 114
Холати: Хозир йўқ
| Бу ватанни севмай буларканми а? Хар нафас олганимда тинчлик,мехр,эътибор,кувончни хис килсам! Инсонлари мехмондуст, кизлари иболи,йигитлари жасур-кани айтингчи нега севмай? Ширмой нонларнию-холваларни,усма сурган мохичехраларни, белига белбогин ураб- ишга шай турган пахлавонларни, юзидан нур таралиб турган бободехконларни, кулогига райхонни кистирволиб неварасини бешикда тебратётган бувижонларни,кучаларни чангитиб копток тепиб юрган болажонларни яна кайси юртдан топиш мумкин?! Ана нега севаман она юртимни! Тунда тинч ухлаб,эрталаб тинч уйгонаман шукр,ана нега севаман ватанимни! Куз тегмасин онам,фахрим Узбекистонимга!
don't worry! --------> be HAPPY!!!!!!!!!!!!! :))))) because life is beautiful!!!!
|
|
| |
Vijdon | Сана: Шанба, 15-Окт-2011, 18:23 | Изох # 28 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 771
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
| Sevaman! Sevaman! Sevaman o'z ona Yurtimni! Ayniqsa o'zga yurtda, ayniqsa musofirchilikda, ayniqsa... Do'st birodarlarim, qarindoshlarim, oilam, manga tanish o'sha xiyobonlar, tanish ko'chalar, tanish chexralar, tanish.... xonadonim. Ayniqsa shularni o'ylaganimda, yuragim sog'inib orziqqanida, ko'z oldimga keltirganimda bu tuyg'u ming chandon ortsa ortadiki, lekin xech qachon sevishdan to'xtamidi. Dinim makoni, fayzlar o'lkasi, iymonim sababchisi ona Yurtim, chegarangdan olisda bo'lsam xam qalbim xamon san bilan bog'langan... Sani sevaman!
Bilimini sinab ko'rishni xoxlaganlar uchun uchun tez orada "Intellektual Ring"ning davomli sonlari!
|
|
| |
Nikki | Сана: Шанба, 15-Окт-2011, 20:19 | Изох # 29 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| man nimuvchun O'zbekistonni sevishimi tushuntirib berolmiman. O'zbekiston vatanim bunaqa davlat dunyoda yoq. Hech narsani vatanimga alishmayman. Yaxshimi yomonmi baribir yaxshi ko'raman
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Сешанба, 01-Ноя-2011, 03:46 | Изох # 30 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Ривоятларга к,араганда, юртга хужум к,илган ёв ота-боболаримиздан Ватаннинг бир сик,им тупрогини сураган экан. Шунда улар Ватан тупроги авлодларимизга мерос, дея жавоб беришган экан. Буюк ота-боболардан мерос к,олган Ватан бу... Уларга муносиб давомчи булишимиз шарт! Улар орзу к,илган кунларни куриш бизларга насиб этган экан, бу кунларнинг к,адрига етайлик!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 23-Ноя-2011, 02:21 | Изох # 31 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ha Hushroy juda yaxshi eslatma.
Tv yoki Radio yoqing. Netga kiring yoki biror davra suhbatida bo'ling.
Bizda bir xafta dan beri Aralash yomg'ir yog'adi. 5-10 daqiqa ko'lmak bo'ladi yer yutadi. Qup-quruq. Bazi horijiy yurtlarda esa bir kun yomg'ir yog'ib shaxar suv ostida qolmoqda. Avvalam bor ko'z tegmasin. Shundan keyin men sevmaymi? Men seni sevaman ona O'zbekistonim.!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 14:41 | Изох # 32 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| "Mashxurlik yoki europalik po'rimlar"
Bundan ikki yilcha oldin Dubai film festivali boshlangan kunlar.Mexmonxonada concierge vazifasida ishlayman.Bu xizmat lavozimini bizda ko'pchilik tushunmaydi lekin europa standardlarini o'zlashtirgan Dubai uchun bu lavozimda ishlaydigan kishining davlat xududi xaqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi shart xisoblanadi.Shuning uchun 7 ta Amirlik va bu amirliklardagi xar bir ko'ngil ochar,tarihiy,zamonaviy,mexmonnavozlk joylarini bilishimiz shart va xar kungi yangiiklar,ochilayotgan yangi mexmonxonadan tortib,yangi restoranlargacha va ularning shaxarning qaysi burchagida joylashganligini xam xaritadan ko'rsatib berishimiz talab qilinadi.Men ishlaydigan mexmonxona,Dubai xokimi Shayx Maktoum janobi oliylariga ( shunaqa His Highness deb murojaat qilish uqtiriladi)qarashli mexmonxonalari zanjiriga tegishli bo'lganiligi uchun judaaaaaaaayammm po'rim boyvuchchalar,dunyo yulduzlari,siyosatchilar,presidentlar,shayxlar qisqasi manaman degan orqa oldiga qaramaydiganlar yashaydigan mexmonxona.Bir kechalik uxlab turishni o'zi oddiy xonasida 1500$ dan toki 10.000$ gacha boradi.Bu bilan ishlagan ish joyini maqtayapti deb o'ylamang.Ba'zi mexmonlarga qarab nafratim qo'zisa bazilariga qarab turib achinardim.Biri boyligini ko'pligidan oyog'i erdan uzilgan bo'lsa biri ziqnalik qilib xatto tuzuk ovqatni xam o'ziga ravo ko'rmaydi.Qisqasi shunday kunlarning birida film festival boshlangan Rani Mukerji,Anil Kapoor,Sheron Stoun,Nicolase Keige,Ben Afleklarni birma bir kutib oldik.Ularni faqat filmlarda ko'rganimiz uchun qayta qayta ko'rishni xoxlardik..Lekin mexmonxona qonun qoidalari bo'yicha suratga tushish taqiqlanadi,bunday xarakat mexmonlarning xordiq olishiga salbiy ta'sir qilishi va keyingi festivallarda umuman kelmay qo'yishi mumkin degan mantiqiy tushuntirishlar bilan ifodalanadi.Qisqasi Abramovichni 13 yoshli erka o'gli va uning tan soqchilaridan tortib,Lora Bush xonimgacha,Jean Claude Vandammdan tortib Tom Cruisegacha,Imomali Rahmonovdan tortib Fillipin presidentigacha (ismini bilmayman)kutib kuatganmiz.Ayniqsa xozirgi kungacha Chechen presidenti Ramzan Kadirov oilasi,onasi yilda 6-7 martalab kelib dam olib ketishadi.Eng qiziqarli vaqt, mexmonxona lobbysi mashxurlarga to'lgan vaqt esa yangi yil arafasi yoki yanvarni boshlanish 10 kunligi bo'lib xisoblanadi.Anna Kurnikova,KVN boshlovchisi Alxandr Maslyakov og'li nabirasi umuman oilasi bilan ko'chib keladigan mashxurlar juda ko'p bo'ladi.Moskvada odamlar qaltirab shubada yursa bu erda mashxur yulduzlar shortida,dengiz sohilida kakos ichimligini ichib quyoshda qorayishni yaxshi ko'rishadi.Qisqasi juda ko'p mashxurlarni tanimas xam edim.Rus mexmonlarim oldimga kelib voy xozir sani oldingda o'tirib ferrari zakaz qilgan odamni taniysanmi?falon ko'rsatuvni olib boradi deb xayratlangan vaqtlari ko'p bo'lgan lekin menga buni zarracha qizig'i bo'lmagan vaqtlar xam juda ko'p bo'lardi.Ishonmasligingiz mumkin,europaliklardan nemislar,frantsuzlar va britaniyaliklardek qurumsoq,qonni kanaday ichib,asabni tamom qilib excuse me deb turadigan mexmonlarni umrim bino bo'lib ko'rmagandim.Mana man degan mashxuri xam o'laksaxo'rday mexmonxonadan bepul biror narsa o'ndirish payida bo'ladi.Mexmonxona xizmatidan shikoyat qilish,men ishlab turgan mexmonxonamiz uchun juda katta minus xisoblanardi,bundan esa yuqoridagi millatlar foydalanishga urinishadi,albatta xozirgacha foydalanishadi.Xonam tozalanmagan,yoki restoranda ovqat yoqmadi, ovqatdan zaharlandim degan turli xil yolgon bahonalar bilan bepul shampan vinosi yoki bepul yana bir marta ovqatlanish pakagelarini qo'lga kiritishadi.Ko'rmaganimda bekor gap derdim-u lekin afsuski bu xodisalarni ko'rib yoqamni ushlayverib,o'rganib xam ketdim va yuqoridagi aytganlarim 100 foiz xaqiqat.Kunlarning birida bir turqi sovuq yoshi men qatori bir europalik stolimga o'tirdi "Excuse me, I want to rent a car for one day.""Menga ijaraga bir kunga minishga mashina kerak" deb so'radi.Men xam bir dunyo mashinalar ro'yxatini oldiga (Ferrari,Lamborgini,Rolls ROyce,,,,)qoyib,qaysi biri?deb soradim.U esa "I want something cheaper"Menga arzonrog'i kerak dedi.Men lyuksdan pastroqqa Mersedes,BMW,Porshe ga tushdim.Yo'q u yanaqa arzonroq dedi.Ichimda unda o'lgan ekansan dedim-u lekin kulib turib o'zini qilig'ini o'ziga qaytarib,unda bir turingda xuv anovi (shaloq aravalar)arzon mashinalar tarqatadigan "Europcar" stoliga borib o'zingizga yoqqan,toyota yoki nissanni tanlab oling dedim.Chetda hind va braziliyalik kollegalarim suhbatimizni kuzatib turishgan ekan.Uni boshqa stolga ko'chirdim shaldiroq aravani bilmadim qaysi turini oldi-yu bizni bo'limimiz joylashgan joydan chiqib ketdi.Anovi kollegalarim oldimga yugurib kelib Ali bilasanmi u sen bilan xozir gaplashgan kim edi?deb so'rashdi.Men esa parvoyim palak"Kim bo'lsa xam o'lib qolgan qurumsoq ekan" dedimda bo'lgan voqeani so'zlab berdim.Ular xayratdan yoqa ushlashdi.Shundoq mashxur odam shunaqa past ketdimi deb....Qisqasi bu "qurumsoq"Europaning mashxur 1 yoki 2 raqamli DJsi DJ...... ekan.Bunaqalari xam bo'lib turadi xayotda...Tanimasni siylamas degan maqol bejiz aytilmagan...
Добавлено (09-Дек-2011, 13:41) --------------------------------------------- "Non xikoyasi" part -II 1,5 yillik ta'tilni kutib yashayotgan kunlarimning birida,ishlab turgan mexmonxonamda Quwaitlik martabali shayx oilasi mexmon bo'lishdi.Odatda Saudiya,Qatar,Bahrayn,Oman va boshqa arab dunyosi martabali oilalari bir kelishsa birdaniga 10 tadan kam bo'lmagan va eng qimmatbaho xonalarni reserve qilishadi.Ketgunlariga qadar managament ularni ko'ngliga qarab,aytgan narsalarini muxayyo qilishga xarakat qilamiz.Ketish oldilaridan esa xisob kitob 6 ta nollik sonlarni tashkil qiladi,bu esa juda katta daromad.Qisqasi Quwait shayx oilasi mexmonimiz bo'lib turgan kunlarning birida,ish stolimda o'z qog'ozbozlik ishlarim bilan bandman.To'satdan oldimda paydo bo'lib qolgan istarali xushbichim abaya (abaya qora matodan tikilgan kiyim bo'lib arab olamida akasariyat xotin qizlar oyoq uchlaridan tortib,butun tanani yopadigan maxsus kiyim,boshlarida shu matoni xuddi o'zidan ro'mol ya'ni sheila o'rashadi)kiygan yoshi 45 larga borgan xotinning "Assalamu Alaykum" degan ovozidan sergaklanib unga yuzlandim. "Vaalaykum assalam,welcome to concierge desk how may I help you? concierge bo'limiga xush kelibsiz qanday yordamim kerak?"Honim bafurja o'tirib xonasi nomerini aytdi.Barcha xonalarimiz komputer systemamizda kundlaik update ya'ni yangi kelgan mexmonlar chiqib ketadigan mexmonlar,xona statusi,bo'sh yoki band,agar mexmon yashasa u qaysi mamalakatdan va yuqori darajali bolsa to'liq tituli yozilgan bo'ladi.Xonimni xona nomerini komputerda type qilib ko'rdimki,o'sha biz yuqori martabali mexmonlarimiz deb kutgan quwaitlik shayx xonadonining ulug' vakilasi.Quyuqroq muomala qilishga xarakat qildim.Standardlar boyicha bunday martabali mexmonlarni Janobi Oliyalari yoki Sheikha deb xurmat yuzasidan ismlariga qoshib gapirish odat va qoida.Sheikha bir meni yuzimga bir ismimga qarab,o'zinging singan ingliz tilida "Ali you from where?""Ali qaerdansan"yuzingdan malayziya,quriya,singapur,indonezialiklarga oxshaysan....Men esa kulib turib yo'q xonim yana bir o'ylab ko'ringchi dedim..O'ylab o'ylab Phillipines,Nepal,China qisqasi topolmadi..I am from Uzbekistan from Imam Al Buhariy's country dedim g'urur bilan.Shunda ayolni tok urganday to'satdan o'rnidan turdida bir narsa dediki so'zlari sog'inchdan to'lib to'kilay deb turgan yurakni dardlarini ko'zimga yomg'ir qilib quydi.Shaykha o'zbekistondanman deyishim bilan o'rnidan turib"MashaAllah Ali kecha Vataningdan uchib keldik,meni chemodanlarim nima bilan to'laligini ko'rsatsam ishonmasang kerak.O'zbekning nonidan 30 ta bir chemodanga bostirib olib keldim.Bunaqangi shirin,mazali nonni Xudo Xaqqi umrimda xa xa umrimda xech bir joyda totib ko'rmagandim endi nonushtam,tushligim va xatto kechki ovqatim xam seni vataningdan kelgan nonsiz o'tmaydi dedi....To'g'risi bu quwaitlik zodagon oila vakilasining to'lqinlanib meni Onajonim Vatanimni tarihiy obidalari,ayniqsa odamlarini mexmondo'stligini aytib maqtayotganini eshitib turib ko'zimdan to'xtamay oqayotgan yoshlarni yashirishga xarakat qilib erga qarayman,minnatdorchilik sifatida jilmayib boshimni liqqilatib turibman lekin ruhim esa "O'zbekiston Xavo Yo'llari" tayyorasida vatanga qarab uchyapti.Yaxshiyam Xayol bor ekan,odamga dalda berib turadigan.AllohOna Vatanimni O'zing asragin.Xar bir tuproq zarrasi tilloga teng Vatan.Nomi Onam Nomiga uyqash sabolari yurak dardlarimga malham Vatan.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 14:44 |
|
| |
komol_76 | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 15:25 | Изох # 33 |
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Раҳмат Алишер, кўзимдан ёшим чиқиб кетти....
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
|
| |
Nikki | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 15:36 | Изох # 34 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| AlisherbekUZ, rahmat agar hozi oldimda odam bo'maganida aniq yig'lab yuborardim zo'rg'a o'zimni bosib turipman ((
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
oybek | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 15:59 | Изох # 35 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Alisherbek yozganizni uqib juda xam xayajonlanib ketdim,uncha-munchaga xayajon degan narsani bilmasdim rosti.Vatanda bu xissiyotlarni yuzaga chiqaradi. KATTA RAXMAT ALISHERBEK.
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Дек-2011, 16:54 | Изох # 36 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Azizlar!!! Vaqtlaringizni ayamay o'qib chiqiqanlaringiz uchun va bu xikoyam sizlarga yoqqanidan xursandman lekin bu xikoyamga xech ortiqcha osmondan olib qo'shmadim,o'sha voqeaga xam mana 2 yil bo'lyapti yuragimdagi yig'ilib yotgan o'sha uchrashuv xaqida qalam olaman deyman lekin vaqt bo'lmasdi mana bugun 20 minutda ilhom keldi yozdim...Musofir bo'lmaguncha Musulmon bo'lmas emish degan maqol bejis emas....
|
|
| |
hayol | Сана: Шанба, 10-Дек-2011, 02:42 | Изох # 37 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 142
Холати: Хозир йўқ
| Ватанга мухаббат инсонни мехр, окибат, согинч туйгуларидан иборатдир. Ватан арабчада "дор" - диёр Куръони кариймда 47 марта такрорланиши унинг жуда мухимлигини билдиради. Пайғамбаримиз сав. Мадинага ҳижрат килганларида: "Агар кавмим мени Маккадан чикиб кетишга мажбур килмаганида, ҳеч хам уз ихтиёрим билан уни ташлаб кетмаган булар эдим", - деганлар. Ватан хар бир инсон ун мукаддас, уни хеч нарса бн алмаштириб булмайди. Унга булган мухаббат, уни ардоклаш эса иймонимиз даражасида булади. Бир йилгина малака ошириш ун бошка юртга кетган танишимиз уз юртига кириб келиши бн ерга сажда килиб, тупрогини силаб, упиб мухаббатини мехр бн ифода килган эди.
Неча инсонлар курдим, сийрати бор, суврати йук. Мавлана Румий
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Душанба, 19-Дек-2011, 02:15 | Изох # 38 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Vatanni sovug'idan eb kelgan bu tanam Abu Dhabini issig'ida orom ola boshladi.Qarshida xam Toshkentda xam ko'cha sovuq bo'lganiga yarasha uy issiq bo'lsa qaniydi.O'zimni xuddi musichadek u yoqdan buyoqqa urib issiq joy qidiraman.5 yildan beri salqinlik ko'rmagan bu tanam arab sahrosining jazirama xavosiga moshlashganidan achinib xam ketdim.Immun system esa Vatanni sovug'iga qarshi kurasha olmay qoldi,lekin yuragim shunaqangi osoyishtalikni xis qildiki,ota-onam,singillarim,do'stu-yorlar davrasida o'zimni shunaqangi engil xis qildimki,tilim xar kalom aytganda xuddi ruhim osmonga bir uchib chiqib qaytib tanamga sig'may ketayotganday xursand va shod sezdim o'zimni.Samolyotga o'tirishim bilan yana ruhim yig'lay boshlaydi.Ex Fano dunyosining arosatda qolgan odami.....Ona Vatanga xam musofir yurtga xam sig'maysan,ertaga qaytsang qanday ko'nikasan?xar safar uyga borsam shu savollar iskanjasida qaytaman....Yuragim yig'lab ko'zim esa,kulib kutib olayotgan hind taksi xaydovchisining "Hi Sir welcome to Dubai" deyishi bilan yana aldamchi dunyo g'aroyibotlarini kuzatishga kirishadi...Asosiysi Alloh bergan bu bosh omon bo'lsa,qolganini ko'raveramiz.Xech birimizni yomonga yo'liqtirmasin.Bizni yomon degan dushmanlarimizni xam uylarida bemahal aza bo'lmasin deb duo qilaman.
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Душанба, 19-Дек-2011, 12:36 | Изох # 39 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| ona vatan kindik qonimiz to`kilgan joy ona non deyishni o`rgatgan vatan oqu-qora nimaligini bilishimga sababchi vatan vatan ham onadek uni ta`riflashga bir so`z bn aytganda til ojiz.... VATAN BU VATAN
chelsea chempion...
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Душанба, 19-Дек-2011, 20:09 | Изох # 40 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Tögri Vatanni ta'riflawga til ojiz.Vatanni sevmoq iymondandir deb bejizga aytilmagan.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
miranda | Сана: Сешанба, 20-Дек-2011, 23:27 | Изох # 41 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| Men nechun sevmayin o'zbekistondi. Tuprog'ida gul o'sgan jannat makondi. Ayting qanday sevmay bo'ladi 4 fasl mujassam gul rayxondi. Vatan tafti shunday issiqki u mexri quyoshni kuyduradi. Qayda bo'lgan barbir qalp vatandi sog'inip yuradi. Vatandi xar bir xovuch tuprog'ida ajdodlar izi turadi. Vatan bu onamning issiq yopgan nonlar isidur. Vatan bu beg'ubor bolaligim o'tgan qishlog'imdur. Vatan bu sharsharada ichadigan zilol suvim tomchisidur. Vatan bu borar manzilim yurar yo'limdur. Vatan bu qo'shimdur ko'zimdur. Vatan bu xov anivi tog'day balant gururimdur. Vatan bu qalqon bo'lip ximoyalovchi tinchligimdur. Vatan bu musofo osmonda parvozimga qanot berguvchi qanotimdur. Vatan bu o'zining ishq bog'larida sevgimni uchrashtirgan sevgimdur. Vatan bu ota onam kabi mexribonimdur. Vatan bu borim xam yog'umdur hullas vatan bu o'zimdur.
Vatanga xiyonat qilma u seni qalbingdadur.
|
|
| |
ClimbeR | Сана: Душанба, 26-Дек-2011, 04:33 | Изох # 42 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Бир кафт тупроғингдан, яралган одам.
Жумбоғларга бойдир, гўзал бу олам.
Бағрингда улғайдик, ҳеч бўлмадик кам.
Қиблагоҳим, паноҳим ўзингсан Ватан.
Тоғларингда қайнайди меҳр булоғи
Ҳатто бизга азиз чўлинг тупроғи.
Боболарим топганлар илм ўчоғи,
Доим юксакдадир ўзбек байроғи.
Дунога келтирдинг, буюк шоирлар,
Мадҳингни улуғлаб, битишди ғазал.
Ўзга юрт заридан, тупроғинг афзал,
Ўзингсан муқаддас, мустақил Ватан.
Эзгуликка чорлайди, қалбда иймонинг,
Мангуликда барқ урар, тилда достонинг.
Менга илҳом бахш этган, шарафли номинг,
Ўзингсан муқаддас, мустақил Ватан.
chelsea chempion...
|
|
| |
bek88 | Сана: Чоршанба, 04-Апр-2012, 00:03 | Изох # 43 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| VATAN Vatan seni bag'ringda o'sdim, Vatan seni onamdek ko'rdim, Vatan seni jonimdan ortiq sevdim, Mening aziz Vatanim Vatanim Vatan.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Душанба, 16-Апр-2012, 14:23 | Изох # 44 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| vatanni qadrini o'zga yurtda yurib bilarkan odam
+99893 942 32 32
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Шанба, 16-Июн-2012, 10:26 | Изох # 45 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Men nechun sevaman Özbekistonni, tuprog'in közimga aylab tötyo. Nechun Vatan deya yeru osmonni, muqaddas atayman, atayman tanxo.
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Сешанба, 25-Сен-2012, 20:53 | Изох # 46 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Ona Vatanimga.
Shudringday poklikning bir nishonasi, Boburning dard to'la ijodhonasi, Mehring ummon,bolang during donasi, Ko'nglimning bo'shisan,Onajon Halqim Qalamim qoshisan, Jonajon Halqim.
Yuraging qizisa,Dunyo o't olar, bir kun ko'rinmasang dalang dod solar, dardmandga hamdardim darding kim olar? Ko'zimning yoshisan,Onajon Halqim. Qalamim qoshisan,Jonajon Halqim.
Yomg'ir yog'sa ekkan pahtangni o'ylab, dalangda yurasan tunu-kun to'ylab, bug'doying bo'yiga bolangni bo'ylab, Quvongan dilimsan,Onajon Halqim. Eng ravon yo'limsan,Jonajon Halqim.
Atlaslar to'qiysan,kimlar kiyadi, tandiring noniga dunyo to'yadi, sog'inch yuragimni qonga bo'yadi, Ko'ksimning alvoni,Onajon Halqim. Ruhimning Salmoni,Jonajon Halqim.
Qishli,izg'irinda pista,qurt sotib, sovuq oyog'ingmas,joningdan o'tib, bolam deb yig'inib,to'yini kutib, Jonim Ilhaqisan Onajon Halqim, Dilimning oqisan Jonajon Halqim.
Seni kuylaganlar,tinglasin seni, dardlaring bulbulday sayrasin seni, nolangdan bu dilim yayrasin meni. Kuyimning pardozi Onajon Halqim. Alisherman senga sadqa jon Halqim.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:36) --------------------------------------------- Yurtning asl farzandi kimlar?
Yurtga chin o'gillik nima degani? Uning sarhadini yovdan qo'rishmi? Yoki dalasida quyosh botar chog, hidiga mast bo'lib pichan o'rishmi? balki gul bag'rida osmonga boqib, tunda yulduzlar-la hayol surishmi? bulbul hirom aylar bo'glari ichra, rayhonlarin hidlab to'yib yurishmi? Yig'lasa ko'zidan yoshini artib, yaqinlar dardiga malham bo'lishmi? Yoki horij yurtda sog'inib,eslab, yig'lab bayrog'ini ko'zga surishmi? Ta'rifin yozsam gar,etadi davom, bu qog'oz,bu qalam balki yetmaydi, Vatanning eng sodiq asl o'gloni, och qolib o'lsa-da Yurtin sotmaydi. Alisher qadaming bilib bos ba'zan, ravon yo'llar uzra jarlar bo'ladi, doim hushyor bo'lsang,omading kular, shu joyda azizim she'rim tugadi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:37) --------------------------------------------- Shoirsiz degan do'stlarga.
Shoirlik mengamas,men oddiy, O'zbekning dardidan ushoqman, dehqonin peshona teridan, ko'kargan g'or bug'doy boshoqman. Tandirdan uzilar patirlar, totmasdan hidiga to'yaman, yurakdan quyilar satrlar, gohida bir yozib qo'yaman. Orzumas,shoirlik rutbasi, u bilan boyirmi bu jonim? Muhammad Yusufday shoirni, ko'rolmay qolganim armonim. qalamni boshini og'ritib, qo'g'ozni bag'rini tilib man, ey ukam siz aytgan Shoirmas, balki go'r shoircha bo'libman.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:39) --------------------------------------------- Bor gap..
Bu yozgan bitigim,kimnidir Ona Vatan hududi haqidagi sayoz bilimlarini muhokama qilish uchun emas,faqat unutilayotgan qadriyatlarimizni esga solishga undov.Meni to'gri tushunasizlar deb umid qilaman.Keyin bu o'zimga eng katta HAYFSAN desam to'gri bo'ladi.Oktybrda borib dunyo madaniyati va faniga beshik bo'lgan qishloqchalarimizni kezmoqchiman.qishloqcha dedimmi?mana ikkinchi Hayfsanni ham oldim.Hazil o'z yo'liga.Lekin shunaqa qishloqlarimiz borki,dunyo olimlari kelib,doctorlik dissertatsiyalarini shu qishloq tarihiga bag'ishlab,yuqori darajotlarni,mo'may gonorarlarni olib kekirib yurishibdi,bu bilan boyish dardi emas,ba'zi tili burro so'zamol savoli ichida toshib ketganlarni aniq tiniq javoblar bilan joyiga o'tqazib qo'ya oladigan,o'z tarihi bilan quruq fahrlanishnimas,haqiqiy jonkuyari bo'lishimizni hohlardim.Xoh injener,xoh doctor,xoh,sotuvchi.Afsuski xalicha u darajaga yetmadik,lekin Inshaallah sa'y-harakatimiz bilan yetamiz.Hozircha afsuski,shahrimizdan o'n chaqirim uzoqlikdagi qishloqchani nomini bilarmiz lekin baribir to'liq fikrga ega emasmiz.Udumlar,an'analar,farqlar,o'hshashliklarni solishtirish bizga ortiqchaday tuyuladi lekin Europadan biznikiday buyuk tarih bo'lgandami?Endi gapirsak juda ezmalanib ketmay deb shu yerda to'htaymiz.
Dunyodan terib non ushoqchamizni, ko'tarib so'roqli o'roqchamizni, so'rasa shahar yo qishloqchamizni kulamiz va deymiz do'stim bilmaymiz, bunaqada tuzuk o'g'il bo'lmaymiz.
Buhoro qo'ynida qadim Afshona, Sinosi dunyoga bo'lgan afsona, chet ellik so'rasa kulib mastona, deymiz kechirasiz unda turmaymiz, rosti,bunday qishloq bormi?bilmaymiz!
Ho'jailg'or bo'lgan ulug'lar poyi, asli u Temurning tug'ilgan uyi, to'grisi suhbatning kelganda joyi, shu bir oddiy faktni ayta bilmaymiz. Keshni bilamiz-u uni bilmaymiz.
Vatan deymiz,sog'iniblar yuramiz, qaysimizdir yig'lab yozib turamiz, unga boqib o'zimizni ko'ramiz, Ko'zgumizku xazinamiz,bilmaymiz, hududiga zo'r e'tibor bermaymiz.
Aytgan gapim ko'nglingizga tegmasin, ajnabiyning kulib kuni tug'masin, savol berib bo'shingizni egmasin, Alisherning ichda dardin bilmaysiz, Ona yurtni biling hech kam bo'lmaysiz.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:41) --------------------------------------------- Mahobat mehvari Mashrabga maqomdur mudom yoki M-dan mujda.
Muhabbat mayidan mastona, mard mashuq majolsiz,madorsiz, mensimas munofiq makrini, murodi mohining maqomi.
Mayliga mung'aygan mozorlar, Majnunday mahbubning makoni, maftunkor malaklar madhini, Mashrabday muhrlar mujgoni.
Mo'r malah,marazl-a murosa, matlabi muhtaram mardlarin, marjonday mehrli misrasi, mahzunlik,ma'yuslik maktabi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:42) --------------------------------------------- Muhammad Yusufning she'rlariga atab.
Satridan tomchilab dard tomar, she'riyat ko'kida Shams,Qamar, O'zbekning belida zar kamar, Muhammad Yusufning she'rlari.
Onamni sog'insam malhamday, sovqotgan ruhimga gulhanday, adog'siz dardlari Urhunday, Muhammad Yusufning she'rlari.
Boshimga bolishday tunlari, tushimda Majnunning unlari, yurakning dard to'la hunlari, Muhammad Yusufning she'rlari.
Hushomad neligin bilmaydi, Vatanni,Onani kuylaydi, egasiz,tillarda yig'laydi, Muhammad Yusufning she'rlari.
Netayki,dunyosi shu ekan, may deb tutgani og'u ekan, Qadr ho'p kamyob tuyg'u ekan, Muhammad Yusufning she'rlari.
O'zbegim so'roqla ruhini, ardoqla chekkan ul ohini, quritmay asragin bog'ini, Bog'ingning eng asl gullari, Muhammad Yusufning she'rlari.
Har qanday tomchi ham ter emas, Alisher yozganing she'r emas, ba'zi bir dostonlar teng kelmas, Muhammad Yusufning she'rlari.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:44) --------------------------------------------- Vatan.
Jon kemamga langarim, ruhimga gul chambarim, ifori hush anbarim, Dalamdirsan-ey Vatan.
Yig'lab yuzim silagan, omonligim tilagan, bolasini o'ylagan, Onamdirsan ey Vatan.
Ruhim o'pib uhlatgan, dilda ijod cho'glatgan, Onam aytsa yig'latgan Allamdursan ey Vatan.
Otam chertgan tanburim, Singlim sochi sumbulim, qon bag'ri tilim-tilim, Anorimsan ey Vatan.
Kuylarimga joziba, dardi to'la sozida, tilimning har so'zida, Alyorimsan ey Vatan.
Peshonamning teriday, otam yotgan so'riday, Muhammadning she'riday, Ulfatimsan ey Vatan.
Tilab yurgan tilagim, ruhda ulug' ertagim, keraklardan keragim, Orzuimdirsan Vatan.
Bulog'ing bol tilimga, duoing gul yo'limga, Onam tutgan qo'limga, Zog'oramsan ey Vatan.
Quvonch to'la oshimsan, ko'kka yetgan boshimsan, sog'inganda to'kkanim, Ko'z yoshimsan ey Vatan.
Atlas kiygan singlimsan, beqasamday ko'nglimsan, darddan kuyi munglimsan, Bayotimsan ey Vatan.
Eng balandim-tog'imsan, Eramdayin bog'imsan, azob,dilda dog'imsan, Sog'inchimsan ey Vatan.
Ta'rif ojiz vasfingga, yetay deyman vaslingga, Alisher yig'lab bitgan, Qasidamsan-ey Vatan.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:46) --------------------------------------------- Xijron.
Dubai-sen chiroyli arab jayroni, Husningga termulib to’ymaydi ko’plar, Mening sog’inch yovday kirgan qalbimda, Dard zambaragi uzra gumburlar to’plar. Sen esa hurkak bir hush nigoh bilan, Mening mahzun ko’nglim olmoq bo’lasan, Jayronim,sendan-da go’zal ohuning, Dardida yonganim balki bilasan. O’sha ohu qalbda men bilan har kun, Hatto tunlarimga boqar ko’zimdan, Sehridan majnunday mastona bo’lib, Hushxo’r taom tutgum shirin so’zimdan. Ul ohu sendan-da nozikdir jayron, Mendan hafa bo’lma rostini aytdim. Sen makon aylagan bu issiq yozdan, Sovqotib,hayolda yoniga qaytdim. Ul ohu yurtimning hurkak malagi, Tog’larni koshona aylagan o’zga, Qirlari alyorlar kuylasa sarhush, Dardni his qilolmas o’zidan o’zga. Shul ohu tushimda,o’ngda men bilan, Sening yotligingni menga aytadi, Agar senga bir nafas tikilib qolsam, Ruhim sahrosidan ortga qaytadi. Men esa qolaman alamni quchib, Chopib ham yugurib hech yetolmayman, Oldimga qayt deydi go’yo Kumushday, Men sen Zaynabimni ranjitolmayman.. Ne qilay ikki o’t aro bu ruhim, Majnunday yig’laydi,tinchlik bermaydi, Qoshiga bormasam,ishqi o’ldirar, Bu zada qalbimni firoq tirnaydi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:48) --------------------------------------------- G'arblik-ba'zi po'rim,kibor,oyog'i yerdan uzilgan atrofimdagilarga atab.
Ensam qotar boqsam ul ko'zingizga, kinoya soyaday gul yuzingizga, oldin siz boqvoling bir o'zingizga, yo'limni topganman,ko'rsatmang menga! Madaniyat nima o'rgatmang menga!
Ota onangizga oqibat qilmay, bolangizga eplab mehrni bermay, boqqan itingizdan boshqani ko'rmay, O'zni mehribonday ko'rsatmang menga! Oqibat neligin o'rgatmang menga!
Kecha yurgandingiz hisobni bilmay, Horazmiy bobomning ortidan qolmay, bugun takabburday,nazarga ilmay, qo'lni bigiz qilib ko'rsatmang menga! Algebra neligin o'rgatmang menga!
Temur poyin o'pgan qirolcha bo'lib, momom qo'lin artgan ro'molcha bo'lib, bog'idan suv ichgan niholcha bo'lib, O'zni chinor yang'lig' ko'rsatmang menga! Davlat tushunchasin o'rgatmang menga!
Bibihonim qabosidan lol bo'lib, oyni to'sgan etagidan dol bo'lib, Klaviho olib borgan urf qilib, Moda deb o'zingiz ko'rsatmang menga! San'at neligini o'rgatmang menga!
Kulmasdan tarihni siz bir varaqlang, Qirolman degandan bizni so'roqlang, Temur marhamatin dilda ardoqlang, o'tmas pichog'ingiz qayratmang menga! Shamshir nimaligin o'rgatmang menga!
Shohini mot qilgan bir qalam bilan, Behzod dardin aytgan mo'yqalam bilan, boqmang husumatli bir alam bilan. Mona Liza rasmini ko'rsatmang menga! Minatyura neligin o'rgatmang menga,
O'zim topdim demang boru-yo'g'ingiz, Ona Sharqdan meros har yutug'ingiz, Sardobamdan nusxadir qudug'ingiz, Tilimni qichitmang,kesatmang menga! Qanday yashamoqni o'rtgatmang menga!
Mayli o'ynang kuling,boricha yashang, koshonada o'tsin umringiz bashang, she'riyat deganda siz haddan oshmang, Gyoteni go'ridan turg'azmang menga! Boburning kimligin o'rgatmang menga!
Bugun sizdan o'tar zukko habib yo'q, balki sizga yetar dono adib yoq. Daho G'arbda go'yo Sharqda tabib yo'q, Gippokrat qasamin ko'rsatmang menga! Sinoning kimligin o'rgatmang menga!
Adabsiz degan so'z asli uyat so'z, Sharqda xayot yo'qday adabiyotsiz, kecha dars bergandik,bugun savodsiz? Shekspir qabrini ko'rsatmang menga! Navoiy kimligin o'rgatmang menga!
Azizim,nimaga qizil yuzingiz? kosasidan chiqay deydi ko'zingiz, Alisherga o'ylab so'zlang so'zingiz, yutqazib jahlingiz korsatmang menga! Notiqlik neligin o'rgatmang menga!Добавлено (25-Сен-2012, 19:53) --------------------------------------------- Chet elliklarga xavas bilan boqqan do'stlarga"
Ajnabiyga xavas bilan boqma ukam, uning xam o'z dardi ko'pdir sen kutmagan. Onasi xech senikiday osh tutmagan, g'am kochasi bisyor uning sen o'tmagan. ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
Tunlar disco,night clubda yurar tortib, non op kirmas ro'zg'origa o'zdan ortib, chekkanidan tomirlari chiqqan bo'rtib, ajnabiyga xavas bilan boqma ukam. O'z soyingdan uzoqlarga oqma ukam.
Kun keladi ko'kka chiqib oy bo'lasan, cho'ntagingda "kok"ing ortib boy bo'lasan. ozagingni unutsang gar loy bo'lasan. ajnabiyga xavas bilan boqma ukam. ezilgan bu dilni sen xam yoqma ukam.
Sog'inch degan ichingdan bir tomir tortib, Vatan deya yuragingda mexring ortib, lash-lushingni chemodanga zarb-la otib, ko'zda mexr,og'ir bir dard,alam mung-la. Onajonim,Vatanim deb kelar kun bor.
Inin tashlab qaytgan qaldirg'ochlar kabi, Ota uying to'ldiriblar o'tirgin sen shum ajinlar kuydirgan ul aziz yuzni, farzand bo'lib mexringga bir to'ydirgin sen, Kechir endi Onajon sen kechir endi, Musofir bu o'glingni sen kechir endi... Yuragingdan g'am anduxni ko'chir endi. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
Aylanayin qora qozon o'chog'ingdan. adab,xurmat gurkiragan gul bo'gingdan. bolang sira ketmas endi quchog'ingdan. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
Chog'dan qaynoq mexring qumsab keldi bu dil, Tandir noning isin qumsab keldi bu dil, Sensizlikda nima bo'lsa bo'ldi bu dil, "Cho'li Iroq" kabi dardli navo bo'lmas. O'zing malxam bo'lmasang gar davo bo'lmas.
Otajonim chalib bergin qonsin yurak. Tanbur ovozidan baxra olsin yurak. Ajnabiyga xavas qilib nima ko'rdim, Dunyo ko'rib,dunyolardan o'zni so'rib, undan o'zni topolmagach yuzni burib. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
She'r deb bo'lmasa-da shunga oxshashroq...boriga baraka...
Globallashuv ummonida,o'z o'zanimizni topib olishga intilishimiz,Millat sifatida o'zlikni to'liq anglab etishga bo'lgan xarakatimiz xar doimgidan ko'ra muhimroqdir. 19.06.2012.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Сешанба, 25-Сен-2012, 20:49 |
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 09:46 | Изох # 47 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Bor gap,bir shoir bölsa sizcha bölar...Darhaqiqat,Muhammad Yusuf bugungi kunimizga yetishmayapti,oxirati obod bölsin,ilohim...O'zbeklar köngliga yöl topgan shoir,Muhammad Yusufsiz dovdirab qoldik.Maddohlar köpku-ya,yöq biror shoir,Hammasi bir pörim,biram orasta,O'zlikdan gapirar,g'arbga bosh egib... Muhammad Yusufsiz öylamay qöydik,Qizg'aldoq chinqirab,yalpiz xömraydi.O'yin-kulgularga g'arq böldi özbek,Muhammadsiz kim böldi özbek?!... Bu misralar ayni damda könglimdan kechayotgan öylarimning in'ikosidir. Muhammad Yusuf haqiqiy özbek ög'loni edi,afsuski yaxshilarni Allohim bu dunyoda uzoq qoldirmaydi.Muhammad Yusufdek özligini anglagan shoirlar bor bölsin!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
AlisherbekUZ | Сана: Якшанба, 01-Сен-2013, 02:14 | Изох # 48 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| rahmat Dilraboxon...yoqqan bolsa hursandman.. Добавлено (01-Сен-2013, 01:14) --------------------------------------------- Sog'insam...
Arab yerin va yo ajamni ko'rdim, qorni to'q,ko'zi och odamni ko'rdim, barchasidan tolib,dilga yuz burdim, soginsam soddadil O'zbeklarimni.
Dubai sahro uzra sarobga o'xshar, shayxlari suv tutar mirobga o'xshar, bunda o'tgan umrim harobga o'xshar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Tog'larin bo'ylari tepaga yetmas, bog'lari to'rt beshta palmadan o'tmas, dengizi xam xatto dilni xush etmas- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Issiq istaralar-manfaatga qul, xatto sohta erur tuvakdagi gul, hashamlar tuyular,arzimas,bir pul- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Arab yurti va lek G'arbdan ko'chirma, Ovro'poni xatto qilar uchirma, tuyular ruhimga qopqon yo turma- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qishloqlar ko'zimga ko'rinib ketar, tong sabosi ruhni parishon etar, shevalar tilimga turtinib o'tar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Onam allasini tinglab tushimda, dunyoning tashvishin tutib boshimda, maza topolmayman yegan oshimda- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Yomg'ir yog'mas bunda,kamalak hayol, Navro'z xam yo'q bunda sumalak hayol, majnuntol-sochlari jamalak hayol- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Ko'nglimning ko'zgusi g'amdan xiraday, ruhim changalzorli,zulmat daraday, dilda firoq go'yo bitmas yaraday- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qalam tutib,boshdan oqar sovuq ter, garchi yozganlarim,atab bo'lmas she'r, yurak deydi:Otlan,qaytdik Alisher- sog'insam soddadil O'zbeklarimni. Добавлено (01-Сен-2013, 01:14) --------------------------------------------- Sog'insam...
Arab yerin va yo ajamni ko'rdim, qorni to'q,ko'zi och odamni ko'rdim, barchasidan tolib,dilga yuz burdim, soginsam soddadil O'zbeklarimni.
Dubai sahro uzra sarobga o'xshar, shayxlari suv tutar mirobga o'xshar, bunda o'tgan umrim harobga o'xshar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Tog'larin bo'ylari tepaga yetmas, bog'lari to'rt beshta palmadan o'tmas, dengizi xam xatto dilni xush etmas- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Issiq istaralar-manfaatga qul, xatto sohta erur tuvakdagi gul, hashamlar tuyular,arzimas,bir pul- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Arab yurti va lek G'arbdan ko'chirma, Ovro'poni xatto qilar uchirma, tuyular ruhimga qopqon yo turma- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qishloqlar ko'zimga ko'rinib ketar, tong sabosi ruhni parishon etar, shevalar tilimga turtinib o'tar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Onam allasini tinglab tushimda, dunyoning tashvishin tutib boshimda, maza topolmayman yegan oshimda- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Yomg'ir yog'mas bunda,kamalak hayol, Navro'z xam yo'q bunda sumalak hayol, majnuntol-sochlari jamalak hayol- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Ko'nglimning ko'zgusi g'amdan xiraday, ruhim changalzorli,zulmat daraday, dilda firoq go'yo bitmas yaraday- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qalam tutib,boshdan oqar sovuq ter, garchi yozganlarim,atab bo'lmas she'r, yurak deydi:Otlan,qaytdik Alisher- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
|
|
| |