Yurakdan to oq qog'ozgacha
|
|
Dilrabo | Сана: Душанба, 17-Окт-2011, 08:43 | Изох # 76 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Aralaw-quralaw dardu-darmonlar,ag'tar-töntar fayz yölaklari,parvariwga zor ozurda gullar,baraka burchakda,ermak kalaka, xudbinlik gunohdan mosuvo tilak, mador minnatga g'amxör fariwta,o bezorda yurak asli bir parcha,satrda qoldirgan qora dilbayon,kimga ayon,kimga bebayon...Aslida har kimda bor butun "kamina",xolislik yurakdan qog'ozga,qalb qoralama,dardlar gururga solar kølanka,sindrom yuklama,og'ular waytonga atalgan niyat,vayron dil ufqdan otilgan olov, yurak topolmas hokisor madhni,haqiqat beøxwov siniq arava,idrok diydordan ayro niwona,muzlatar yurakda qolgan siyohni,yurakdan qogozga olis masofa...Asablar dajjolning uzumdek køzi,piching begunohning oxirgi s6zi,maslaksiz sözböron kunlik rizqu röz,hazil kibrga bowsiz "bedana",yurak zada satrlar sarson,qog'6zga köz tikar sayroqi g'ulu,qalam adovatga dahwatli urg'u,insof bisotimda eng mumtoz cholg'u,chertilar yurakdan oq qog'oz qadar...ayro qolar eng s6nggi aytilgan kalom. Добавлено (17-Окт-2011, 07:43) --------------------------------------------- Ahillik yöqolmasin forumdan.ilohim.Hammani insofini öziga bersin ekan.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 21-Окт-2011, 05:07 | Изох # 77 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bugun yana tongi shabadaga yuzumni tutaman. Bolalik yillarimni hotiramga mayin joylagan tongi saboni na qadar sevaman. Hayol hayotimning eng shirin onlari. Hayolparaz emasman usiz ham bo'lmaydi. Quyosh tog'lar boshini siypalab qirlar uzra yastanib viqor va shidad bilan menga peshvoz chiqadi. Quyoshning qonuniyat, tartib asosida dunyo yuziga ko'tarilishiga quyuq bulutlar to'sqinlik qilolmaydi. Tuni bilan dunyo aylanib kelgan quyosh, bir muddat charchoq bilmay bulutlarni ilma teshik qilib nur sochadi. Horg'in kayfiyatda oyoqlarim tartibsiz qadam tashlab boradi. Quyosh nuri bilan tongi sabo meni ermaklab chayqatadi. Ko'zlarim ayni damda uyquga chanqoq yoshlanadi. Shu yerda o'tirib olsammikin? Manga qosa yotib olardim digan fikr hayolimda charx uradi. Mushaklarim zo'riqqanidan butun badanimda og'riq turadi. Uzoqdan chinor daraxti ko'rindi. Qo'limdagi tirtiqga minglab igna sanchilgandek og'riq turdi. Qonimga qongan azim chinor bu. Bir vaqtning o'zida uyimga oz masofa qolganidan dilim yorishti. Bo'ylari sim yog'och yoriqlarini to'sgan chinor uyim yaqinligidan darak beradi. Qadamim yana yashash istagidan darak beradi. Uyga keldim hotirjamlik bilan uyquga kettim. Tanam orom topti. Hayotimiz shu 15 daqiqalik yo'lga o'xshidi. Biroz mashaqqatlarga sabir qilsak bo'lgani. Hayot nashasidan meyhri giyo topamiz. Sinovli dunyoda sinib qolmaylik.Добавлено (20-Окт-2011, 02:43) --------------------------------------------- Chizgilar. Seriyali. 1-Qism. Havotir. Куз олдилага келтирила. Бирон метро бекатида турибсиз. Айнан метрода. Бир йигит шиддат билан йугуриб утиб кетти. Вокияни бироз ортга сурамиз. Йигитни олдимизда тухтатиб унинг ички кечирмаларига йакинрок назар соламиз. Кизик нега унинг нигохда газаб аломати бор? У каёкка шошади? Lotincha txt: Bu doktorlarga hayronman. Shundo qarab tur, dorini pulini beraman yoki o'rinma-o'rin olib beraman! Qarindoshlachi? Hech bo'lmasa qo'shnilar yordam bersa bo'lardi?! Tinmi narsa so'rab chiqishni biladi bu tekinxo'rlar! Ey tezroq, tezroq borishim kerak! Tinchlik bo'sin. Faqat gips qilinsa bo'ldimikin? Tinchlik bo'sinde. Hozir bori birontasi mandan yaxshi gap eshitmidi. Tinmi manga telifon qilishinichi bularni?! Huddiki man singlim qo'lini sindirganiga hursand bo'lib suyinchi tarqatamande?! Добавлено (21-Окт-2011, 04:07) --------------------------------------------- 2-Qism. Quvonch. Куз олдилага келтирила. Бирон метро бекатида турибсиз. Айнан метрода. Бир йигит шиддат билан йугуриб утиб кетти. Вокияни бироз ортга сурамиз. Йигитни олдимизда тухтатиб унинг ички кечирмаларига назар соламиз. Кизик нега бунчалик кайфияти чог? У каёкка шошади? Lotincha txt: Yes! Adam qaytibtila! Nega qaytvotganlarini etmabtila?! Bilganimda trenirofkaga bormagan bo'lardim! Bu safar nima opkeldila ekan? Ey o'zlari sog'-omon qaytdilarmikin?! Hozir uyda bayramdur? O'o' mandan oldin qarindosh urug' yeg'ilgani aniq. Padarkani zo'rini op qoliy dib. Ey hammasini oliyla. Manga adamni diydori bo'lsa bo'gani. Yana kechki ovqatda jamlanarkanmizda? Nega metrodan o'tvomman? Shoshilganda taksi lubboy joydan ob ketadi-ku? Biroz nafast rostlab adam bilan qanaqa salomlashishni o'ylavosam bo'lardi. Qattiq sog'inganimizni bildirgim kevotti. Shuncha joydan kesalarde chiroyli qarshilab olmasak. 1 ta o'g'ilman. Mehirlarini manga va singlimga berganlar. Bugun zo'r qilib osh damlab beray! Qoyil qosinlar. Sog'inganlar O'zbekcha choyxona palovni. Negadur tez yuguromayabman. Baqirvorgim kevotti adam keldilar dib. Ey manga disa butun dunyo eshitsin. Ada hush kelibsiz ona yurtizga!!! Voy bugun tug'ilgan kunim-ku? Hayron bo'ldim ayam doyim "futboll bekorchilani o'yini" derdilar. Bugun o'zlari trenirofkaga borishga majburladila. O'zimni bilmaganga olib kirib boraman. He he.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Шанба, 29-Окт-2011, 17:13 | Изох # 78 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| PARVINAGA.Parvinam,pariröyim,begubor wabnam-közlaringdagi yow,yuzlari kulib,közlari yig'lagan jayron,ummondek qalbida dardlarini chöktirgan oqquw,soddadil ohu...sochlari uzuuun majnuntol,köngli eeeng ulkan chöqqilardagi muzliklar kabi toza va waffof,qadri wu chöqqilar kabi mag'rur mardona,muzlaring eritsin mehribon Alloh...mittigina nozik nihol vujudida dunyolarni sig'dirgan jur'at,armonlarga dow bergan tilak...diydoringni sog'indi döstlar,ovunchlardan quvvat ol gulbawakarim,chiroyli malak-choliquwim Parvinam! Добавлено (29-Окт-2011, 16:13) --------------------------------------------- Gunoh qw yoki qilmaslik insonga Odam Atodan meros qolgan "kawfiyot".Nutq tuwunchasi ilk marta qattiq g'awimni keltirdi!O'z holimga qöysangchi!!!Sözlawni bilmasang gapirma!Ewitgim yöq!!!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Zuxraxon | Сана: Якшанба, 30-Окт-2011, 18:01 | Изох # 79 |
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Sog'insam yurak yutib, Men yoningga bormay sevdim, Naxot shunday xato qilsam, Qo'llaringni tutmay sevdim. Kelar eding men yo'qolsam, Ammo seni kutmay sevdim. Xar zamonda bir bor ko'rib, Men mexringga to'ymay sevdim. Shirin-shirin xayol surib, Isming dildan qo'ymay sevdim. Sen bilmaysan takror-takror, Yo'llarimdan qaytib sevdim. Aytolmadim senga bir bor Lek xudoga aytib sevdim!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Якшанба, 30-Окт-2011, 19:05 | Изох # 80 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil Zuxraxon, chiroyli we'r.
|
|
| |
Nikki | Сана: Якшанба, 30-Окт-2011, 22:39 | Изох # 81 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| hayot buncha beshavqat bo'lmasa ((
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 02-Ноя-2011, 10:38 | Изох # 82 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Uzun yo'l.-. Qish kunlaridan biri.-. Gupa-guppa oppoq qor yog'adi. Yo'l chetidagi skameykada sevishganlar o'tiribti. Ularni uzoqdan ko'rgan odam, kimdur ikki xil kurtka kiyib olibdi deb o'ylaydi. Aslida ular ayni damda bir-biriga cheksiz istak bilan intilishmoqda. Ayniqsa qiz yigit bag'rini yorib o'tadigandek siypalanadi. Shu yerdan o'tip ketvotudim. O'zimga savol berdim. Ularni bir-biriga oshiqtirayotgan sabab nima? - shunchalik kuchli sevgimi? - yoki shunchaki sovuq havo tanani eng yaqin issiqlikga intiltirdimi? . . . . . . . . . . . Bir forumdoshimiz men kutmagan javobni berdilar.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
ledy | Сана: Чоршанба, 02-Ноя-2011, 12:30 | Изох # 83 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Мехр талабмизу, узимиз етарли мехрни бероламизми?! Энг катта гунох хам энг кичик савоб хам булмайди, бари бир хил.
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Шанба, 05-Ноя-2011, 04:35 | Изох # 84 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Onalarning oyog'i ostida jannat deymiz,onamizning poyiga nega Alloh jannatni poyondoz qildi ekan? Biz un chekkan mawaqqatlari un.dir balki...Uchta qizni soliha qb voyaga yetkazgan ona jannatning töridan joy olarkan.Hatto,bitta qizni soliha qb voyaga yetkazsa ham jannat vojib bölarkan.Bilguvchi Alloh.O'g'il bolachi?...Allohim,ayol zotini ojiza qb yaratdi,könglini ham harirdek nozik bezatdi.Onalarni hammadan mukarram q.di.,O'glonlariga O'zidan alohida talab qöyildi.Ojizalarni himoya qil,kuchsizga kuchingni körsatsang sen ham u kabi ojizlikka da'vo qilgan bölasan.Uning qovurg'angdan yaratilganini unutma.bilguvchi Alloh. Добавлено (05-Ноя-2011, 03:35) --------------------------------------------- Yuragimdan qogozgacha yetolmagan sözlarim sarson...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
dj-diza | Сана: Якшанба, 06-Ноя-2011, 22:20 | Изох # 85 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 409
Холати: Хозир йўқ
| Ushbu misralar hayotida adashib xato qilib tnrlari yosh xazon bo'lgan qizlar xotirasiga bag'ishlanadi
Sentyabr oyi ko'chada yomg'ir yog'ardi. Yomg'irdan usti boshi ho'l qiz ketardi, Pushti rang kiyimli qiz kiyimi o'ziga yarashgan. Qora jingalak sochi beligacha tushgan, Ko'zlari tiniq ko'm-ko'k moviy osmon rangida. Qizni yomg'irli yuzida o'zgacha joziba, Lablari qip-qizil alvon rangga bo'yalgan. Ko'rinishidan hali 18ga to'lmagan, Soat 11 qo'lida pleyir qanaqadur ashula. U nimadandir xafa mayus boqar moviy ko'zlar, Sumkasida blaknot, ruchka, telefon ayfon. Yana qanaqadur jurnal yozilgan 7-son, Yana bir pochka sigareta g'alati odat. Baland bo'yli bola bilan birga tushilgan surat, Yana tush, pamada, xullas pardoz- andoz. Chetda yotar g'ijimlangan doktor bergan qog'oz, Qizcha xomush qaytardi kasalxona tomondan. Tushkun kayfiyat sezilardi yuzidan, Qizni qulog'ida ham doktor aytgan so'z. "Tabrikliman yaqinda ona bo'lasiz", Qizni qiynardi savol "Onamga nima deyman". "Endi otamni ko'ziga qanaqib qariman" Yomg'ir yog'ar qizni ko'z yoshlarini berkitib, U yig'lashdan to'xtamasidi o'z aybini bilib. Qancha afsus, nadomad lekin endi kech, Bo'lar ish bo'ldi vaqt o'tdi qaytmaydi hech. Bechora tushkunlikdanmi aqldan ozib, Chora topolmay o'zini o'ldirishga qaror qilib. Qizcha bilardi o'zini o'ldirish katta gunoh, Balki shunga pichirlardi mani kechirgin Alloh. Yuragida qo'rquv qayoqqadur oshiqar, 9 qavatli dom tomon qadami tezlashar. Lift tugmasin bosadi, yurak urishi tezlashar. Qiz o'ylagan axmoqlik tobora yaqinlashar, Liftda turardi qizcha, xuddi bir qafasda. Xo'rsinardi, oh urardi har bir nafasda, Ko'zini yumgancha boshini devorga urar. Qizni vujudida yana bir yurak urar, 9-qavat lift to'xtab eshigi ochilar. To'g'rida oyna ortida osmon qizni o'ziga chorlar, Qizcha ko'p o'ylamay o'zini oynaga urar. Oyna siniqlari qizni yuzini tirnar, Yer, osmon, quyosh aylanardi bosh. Endi u yig'lamasdi tugab bo'lgandi ko'z yosh, Boshida ko'p xayollar "ko'p ishga ulgurmadim" Hech bo'lmasa onamga xat yozib qoldirmadim. Butun umr o'tadi bir zumda ko'z oldidan, U dardlardan ozod soniyalik parvozdan. U ko'p ozor chekdi, lekin juda oz yashadi. Bechora qiz tanasi yer bilan to'qnashadi, Atrof to'la odam hamon yomg'ir yog'ardi. O'rtada sukunat, kimdur chetda yig'lardi, Kimdur yoqasin tishlar, bu qandayin daxshat. Qizni bag'riga bosadi qonga to'lgan asvalt.
Ko'zlari ko'm-ko'k qizaloq u misli lola qizg'aldoq. Gullab ulgurmasdan hazonga aylanar umri, 18ga hali to'lmay, xato qildi aqli yetmay. Shu xato oqibatida qizcha yotar nafas olmay.
Sensiz qiynalib Sensiz azoblanib Sensiz bilmadim Sensiz nima qilarim Endi o’ylamayman Bilgin sog’inmayman Seni kechirmayman
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 06-Ноя-2011, 23:41 | Изох # 86 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Voy Farrux!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
dj-diza | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 01:58 | Изох # 87 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 409
Холати: Хозир йўқ
| Ha Fazliddin?
Sensiz qiynalib Sensiz azoblanib Sensiz bilmadim Sensiz nima qilarim Endi o’ylamayman Bilgin sog’inmayman Seni kechirmayman
|
|
| |
Nikki | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 02:04 | Изох # 88 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| dj-dija zo'r sher mano ko'p lekin shunaqa vaqtda o'zini o'ldirish noto'g'ri chunki u bir o'zinigina emas bolasini ham o'ldiradi shu orada ota-onasini ham psixologik tarafdan o'ldirgan bo'ladi o'zi odamni aqli kech kiradida
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
ledy | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 02:20 | Изох # 89 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Зур ижод намунаси. Койил.
|
|
| |
Hushroy | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 02:49 | Изох # 90 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Дахшат!!!
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Душанба, 07-Ноя-2011, 02:56 | Изох # 91 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Vay Zo'r Farrux qoyile ichidagini xis qilganizgayam.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 09-Ноя-2011, 23:38 | Изох # 92 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Astagfurulloh deymiz.Judayam ta'sirli ekan.Haqiqiy sevgi-muhabbat Yaratganga böladi,bandalariga esa mehr-etiborli böliwi lozim .Kuni kelib aldamchi his-tuygularga aldanib özini qurbon qb dözaxga ewik qoqiwdan Allohni O'zi asrasin har bandasini.Nikohning muqaddasligi eng adolatli qoida demakdir bu...! Wu tarbiyani qizlariga bergan onalar qanchalar oqila ayollar ekan-a... Добавлено (09-Ноя-2011, 19:24) --------------------------------------------- Bandasini Qodir egam wunday mukammal yaratdiki,ta'riflawga til ojiz.Ideal inson yöq bu dunyoda,chunki hammamiz bir-birimizning xatolarimizni osongina payqab olamiz.Umuman olganda ideallik haqida gapirmoqchimasman.Hammamizga taniw holat:kimnidir hurmat qilasiz,øz örnida u ham sizni hurmat q.di.Deylik,öwa odam havas qilsa arzigulik,ta'rifda ham chin inson deymiz.Xarakteridagi arzimagan qusur uni mutlaqo bowqa qiyofada namoyon etib qöyadi gohida va köpchilikda notögri vwuncha uygotadi.Tabiyki öwa inson bu qusuri haqida özi bilmaydi.Biz esa aytiwga istihola qilamiz.Xuddi wu holat duwmanlik emasmi? Добавлено (09-Ноя-2011, 22:38) --------------------------------------------- Onam haqida yozmayman yig'lab,ezilib,kuyib... endi yozmayman bu yerda...yuragimni tig'lasa sog'inch,közlarimda qolmasa bir tomchi közyow yozmayman bu yerda...oq qozozda tölib towsa seldek satrlar,qalam siyohi nihoya topsa onam haqida yozmayman ,endi bu yerda...gohi iymonim kamquvvat sönib,ibodatdan topmasam malham,duolarni yozaman zilday,lek yozmayman endi bu yerda yiglab onam haqida...,g'amlarimdan kulganlar bordir,telba deya gamxørlar bordir,har sözimga hamdardlar bordir,wubha-gumon qilganlar ham bor,piching bn "chaqqanlar" borku,iymonimga tow otganlar bor.Kimdir dedi ayyor har iwda,kimdir esa singlim fariwta,kim un.dir yana nimalar...köngil esa osoyiw tilar...Onam haqida ozgina sözladi qalbim sariwta...endi yozmayman bu yerda ...yuragimdan otilgan nola-MUMKIN EMAS- yana öwa tanlangan qoida!!! Sözlarim ham jismim kabi "sochi" uzun, "aqli" ojiza...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Dark | Сана: Чоршанба, 09-Ноя-2011, 23:57 | Изох # 93 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
| Dilrabo sizga bogan hurmatim yana owdi... sizdan kop narsa o'rganvoman. Bor bo'lin...
|
|
| |
Nikki | Сана: Пайшанба, 10-Ноя-2011, 13:10 | Изох # 94 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| Do'stlarim balki siz ishonmasdirsiz, Balki bu siz uchun tuyilar ertak. Ammo tinglash uchun oz fursatingiz, Bersangiz kifoya qiladi be shak. Yigit bir kun keldi qizning yoniga, Undan ko'zlarini bir oz yashirib. Sevgi izxorini aytib qoldiku, Mashuqasin sha'nin tamom oshirib. Siz mening ko'nglimga g'ulgula solgan, Qalbimning bir chetini band etgan xokim. Sizni o'ylaganda uyqim yoqolgan, Sizni uchratganda bo'lib qolgum jim. Bu dardli so'zlarni tinglagan dildor O'zini ming turli nozlarga soldi. Yigitchi bechora takror va takror, Izxor qilaverib charchadi toldi. Qiz o'zini xaddanda tutardi mag'rur, Ayoniga kulib turgan shoxlardek Yigitni izxori qilmayin Yo'q degan javobni bera oldi tik. Do'stlar birgina shu voqea qayg'u, Tog'ni talqon qilgan jussani yiqdi. Necha yillik muxabbat parchalandiyu, Dunyo dunyo she'rlar yolg'onchi chiqdi. She'rlarku mayliga shuncha va'dalar, Javobin kim berar xayqirdi yigit. Ammo ko'zlarini o'ynatib dildor, Joxil qarorida turardi sobit. Qizning javobin tinglagach xorg'in, Ortiga yeg'lablar qaytdi yoronlar. Endi uning yo'lin to'sa olardi, Na qorli shamollar na sel bo'ronlar. Chunki u yoridan ayrilgan edi, Sevgan dildoridan bo'lgandi maxrum. Xaloyiq tamosha dorin ostida, Qani edi o'limga etilsa maxkum. Sevgi deganlari shu bo'ldimi deb, Yeg'lardi xokisor xoldan toyguncha. Yigit g'irt telbaga aylanib qoldi toki bir kitobni o'qimaguncha Qaydandir taralgan serjilo kitob Asriy orzularni parchalay dedi. Oddiy bir daftardan farq qilmagan kitob, Ustiga TAVXID deb yozilgan edi. Kitobni o'qirdi tamom be xazil, Satrlar ko'zlarini namlab yoshladi. Butunlay yolg'ondan bezigan ko'ngil xaqiqat eshigin ocha boshladi. Ilox yo'q Olloxdan boshqa deb nogox lablari pichirlay boshlaganida. Iymoniy bir lazzat iloxiy panox samoviy muxabbat tuydi tanida. Dunyoga xukmdor bo'lgan g'ulomdek o'ziga xayronlar turardi yigit. O'ng ko'zidan asta yosh quyilib, ko'ngildan sitamni ayladi soqit. Uning ko'nglidagi asriy zilzila go'yoki dunyoga solgandi go'yoki uvos. Dildorga uzatgan qo'llari ila musxafni o'qidi chiqarib ovoz. Bu qanday yo'l dersiz birodarlarim, Bu qanday najot dersiz extimol. Xaligi dildorni o'ylamaslikni yigit eplay oldi bemalol. Tinmayin jo'sh urdi iymon tanida, Shaxriy extiyojlar tamoman so'ldi. Yaqin o'tmishini eslaganida, O'zidan uyalgan paytlari bo'ldi. Xikoya shu yerda to'xtasa qandoq. Ne deysiz shundayin bo'lsa intiqo. Ko'ryapman ko'zingiz aytmoqda shu choq, Biz bunday yakundan emasmiz rizo. Bizga xikoyani oxiri kerak, Dunyoviy sevgini nedur poyoni.
Muallif: Hayrulla HamidovДобавлено (10-Ноя-2011, 12:10) --------------------------------------------- davomini sal keyinroq yozaman )) uzr...
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 12-Ноя-2011, 16:20 | Изох # 95 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| O'qib okam birodarim ekanlarini biluvdim. Raxmat sizga. Yetkazganiz uchun. Davomini yozin. Tez yozin. Forumni oyoqqa turgazaman tezlashin. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Bu so'zlarni imkon qadar mayit tilidan aytib beraman.
Yoshim 68da edi. Ruximni chiqishi qancha vaqt bo'ldi bilmadim. Ruxim chiqishi oldidan bir qalin do'stimni yonimga kelib o'tirganini ko'rdim unga yoqimli suratdagilar hamroh bo'lib keldilar. Negadur dimog'im qurib suvsiray boshladim. Ko'zlarim qiri soat millariga qadaladi. SubxonOlloh "Asr" vaqti bo'libdi. Negadur tanam holsiz barmoqlarim xar zamonda liq-liq etib silkinib qo'yadi. Peshonamga tel yuguradi. Suv suv diman farzandlarim ko'zlarini o'ynatib menga qarab turishadi. O'g'lim ertangi juma kuniga moljal qilingan ehson sadaqalar tayyormi? O'g'lim yana jim turadi. Ex attanga? ulgurmadima?! Qo'shni maxalladagi do'stimni nevarasi kichkintoy Xadichani kulib qaraganini boshqa ko'rolmadima? Alloh o'zinga tavakkal. Shuncha rizq berding, ammo men xaqqini ado etoldimmi? Peshanamdan go'yo sharshara oqayotganday. Terlab Allohim oldida qattiq xijolatman. O'g'lim iymoningni asra. Xaqni unutma xaq yo'lida bo'l. Lekin yana o'zi bilan band. Nega meni bugun tingalashni istamisan? Tomoq qirsam ham labbay derding-ku? -Eshitvomman adajon, eshitilib turibti. Qizim maxalladagi jaji Xadichani yetaklab xonaga kirdi. Allohim shu yetim sababli men oliy savoblar oldim. Mehribon robbim shu yetimni rizqini farzandlarim orqali yetkaz. Menga bergan rizqingni shukronasini ado etolmadim deb qo'rqaman. Sen xaqingda yaxshi gumondaman Allohim. Xadicha qizimni(kelin) tizzasiga o'tirib oldi. "amaki sizda nima bo'ydi? Kasyal bo'ydizmi?" qo'larini bir-biriga tekkazib shirin tillari bilan bemorligimni bir zum unuttirdi. Xadicha quroni karimni qalbi bo'lgan "Yosinni" tilovat qila boshladi. Badanim yengil bo'ldi. Jajji qo'llari bilan duoga qo'l ochib odob bilan meni kutti. Barmoqlarim uchuni qimirlatoldim halos. Duoni meni bosh tarafimda turgan maxalla oq soqoli xoji do'da o'qidilar. Xadichani " xozir tuzalala chunki man kasal bo'sam doyim shunaqa qilardilar" deganidan keyin qizim Xadichani quchoqlab yeg'ab yubordi. "Oq soqol" mendan rozilik so'radi. Boshimni asta qimirlatdim. Endi tildan xam qoldim. Bag'rimni birgina istak aralash gumon to'ldirdi. KALIMAGA TILIM KELMAY QOLSACHI?! O'g'lim yonimga o'tirdi. Talqin qilib turdi. Xonadan ko'zimga faqat boyagi yaqin do'stim va u bilan kelganlar ko'rinib turibti. "malakul movt" bilan bo'lib ularni unitib qo'yibman. Qolog'imga faqat "La Ilaha illallohu Muhammadur Rosullulloh! Ashhadual-la Iloha Illallohu Va Ashhaduanna Muxammadan Abduhu Va Rasuluhu!" kalimasi eshitilib turibti. Tilim mrga bo'yn sunmay harakatga keldi. Bu sinov dunyosida so'ngi so'zim va so'ngi eshitganim iymon kalimasi bo'ldi. Bildimki azroyil va boshqa vazifador farishtalar ko'zimga ko'ringan ekan. Biri mushku ambar boshqasi bu dunyoda ko'rmagan matoyimdan kafan olib kelishti. Juda tanish xolat juma maruzasida eshitganimdan ko'ra yaxshiroq. Negadur shoshib ketvomman. Jonim tanadan ketti ruxni chiqarib olib kafanga o'radilar. Ey robbim meni dunyoga qaytar. Namoz o'qib sadaqa tarqatib savobimni oshirib olay dedim. "Yo'q bir laxza ortga qaytmasiz" ....................................
Juma kuni janoza namoziga tobutim qo'yildi. Yonimda yana bir tobut 61 yoshdagi ayol. Imom kichik maruza qilib farzandlarimizga savobli amallari qilib duo yuboring, deb uqtirdi. Namoz o'qib bo'lindi. Masjidga kelgunimga qadar shivir-shivirlar orasidan tobut yengilmi? Yengil bo'lib qopti deganlarni eshitdim. Qani endi ko'rsangiz edi. Tobutni farishtalar olib ketishini.
. . . . . . . . .tamom. . . . . . Xech narsa dishni istamiman. Izohga o'rin yo'q. Hujjatlar: Barzax xayoti. Qabirdan maktub. Ohiratdan maktub kitoblaridan.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Шанба, 12-Ноя-2011, 16:27 | Изох # 96 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil
|
|
| |
Nikki | Сана: Шанба, 12-Ноя-2011, 16:36 | Изох # 97 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| (...) Boshlashga boshlabon go'yo bir ertak Yakunlab qo'y axir bul voqeani Xop mayliya ko'nglim aytaman be or Yoymaysiz o'zicha to'qib oldiga Qur'on ovozini tinglagan dildor Hijob o'rab keldi yigit oldiga!
p.s. ana davomi, oxirini juda ham yaxshi ko'raman )) Birinchi marta eshitganimda bunaqa tugashi hayolimga ham kemagandi bu Hayrulla Hamidov tomonidan yozilgan ''Go'zal sevgi hikoyasi'' edi.Добавлено (12-Ноя-2011, 15:36) --------------------------------------------- p.s. Loading yozganiz zo'r boshqa so'z aytib bo'maydi...
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Шанба, 12-Ноя-2011, 16:39 | Изох # 98 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Никки, Фазлиддин рахмат силага. АЛЛОХ рози булсин.
|
|
| |
Sayyod | Сана: Якшанба, 13-Ноя-2011, 03:38 | Изох # 99 |
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| уфффф шунақа зўр нарсаларни лотинда ёзиб мани кўзларимга бешафқатлик қиласизлар а....тошюрак ва бемехрлар!)) Изверги!))
Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Якшанба, 13-Ноя-2011, 03:52 | Изох # 100 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| O'qibsizku baribir.)
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |