[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 4 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
"Dunyoning Ishlari"
Bobur_OСана: Шанба, 16-Июн-2012, 20:48 | Изох # 76
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 38
Холати: Хозир йўқ
Dunyoning ishlari dilni poralar.
Unga topilmas hech tadbir choralar,
Quyoshni quyniga solsang yorishmas.
Bahhillar, johillar ichi qoralar.


SАYYODGА OMАD
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 24-Сен-2012, 02:43 | Изох # 77
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
"Chet elliklarning yashash tarziga orzumand bo'lgan uka singillarga"

Ajnabiyga xavas bilan boqma ukam,
uning xam o'z dardi ko'pdir sen kutmagan.
Onasi xech senikiday osh tutmagan,
g'am kochasi bisyor uning sen o'tmagan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.

Tunlar disco,night clubda yurar tortib,
non op kirmas ro'zg'origa o'zdan ortib,
chekkanidan tomirlari chiqqan bo'rtib,
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
O'z soyingdan uzoqlarga oqma ukam.

Kun keladi ko'kka chiqib oy bo'lasan,
cho'ntagingda "kok"ing ortib boy bo'lasan.
ozagingni unutsang gar loy bo'lasan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
ezilgan bu dilni sen xam yoqma ukam.

Sog'inch degan ichingdan bir tomir tortib,
Vatan deya yuragingda mexring ortib,
lash-lushingni chemodanga zarb-la otib,
ko'zda mexr,og'ir bir dard,alam mung-la.
Onajonim,Vatanim deb kelar kun bor.

Inin tashlab qaytgan qaldirg'ochlar kabi,
Ota uying to'ldiriblar o'tirgin sen
shum ajinlar kuydirgan ul aziz yuzni,
farzand bo'lib mexringga bir to'ydirgin sen,
Kechir endi Onajon sen kechir endi,
Musofir bu o'glingni sen kechir endi...
Yuragingdan g'am anduxni ko'chir endi.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Aylanayin qora qozon o'chog'ingdan.
adab,xurmat gurkiragan gul bo'gingdan.
bolang sira ketmas endi quchog'ingdan.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Chog'dan qaynoq mexring qumsab keldi bu dil,
Tandir noning isin qumsab keldi bu dil,
Sensizlikda nima bo'lsa bo'ldi bu dil,
"Cho'li Iroq" kabi dardli navo bo'lmas.
O'zing malxam bo'lmasang gar davo bo'lmas.

Otajonim chalib bergin qonsin yurak.
Tanbur ovozidan baxra olsin yurak.
Ajnabiyga xavas qilib nima ko'rdim,
Dunyo ko'rib,dunyolardan o'zni so'rib,
undan o'zni topolmagach yuzni burib.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

19.06.2012.She'r deb bo'lmasa-da shunga oxshashroq...boriga baraka...

Globallashuv ummonida,o'z o'zanimizni topib olishga intilishimiz,Millat sifatida o'zlikni to'liq anglab etishga bo'lgan xarakatimiz xar doimgidan ko'ra muhimroqdir.
Alisher....

Добавлено (29-Июн-2012, 04:21)
---------------------------------------------
‎"Otamga"

Musofirchilikda yurib dadamni qadrilariga etyapman.Bu bitiklarni professional she'r deb bo'lmas,lekin nima bo'lganda xam bir musofir o'gilning dardu xasratlari ini'kosi.

dunyolarga sig'may ketsa dardim mening,
ota sizning bir dardingiz bo'lolmaydi,
eski supa sizga o'gil bo'lib qoldi,
daydi o'gil bir yo'qlab xam kelolmaydi,
ishi ko'pmish,chipta qimmat uchish uchun,
oydan oyga qoldiradi ta'tilini,
baxonasi tugamaydi,vajlari ko'p,
kulsa xamki toy'ib to'yib yig'lolmaydi.
otajon deb maxkam bosib quchog'iga,
ko'zingizga ko'zlari tik qarolmaydi,
Tanbur chalib,dardingizni sovutganda,
bolam deb ingragan qalbni ovutganda,
kelar kunin oylar poylab zor kutganda,
kutmang Ota,bu kas o'gil bo'lolmaydi,
kelgan bilan koringizga yarolmaydi.
Zerikarmish qilar ishi bunda emas,
so'zlar so'zi yuluq yamoq,lo'nda emas,
qololmasmish boshlig'idan olibti xat,
do'st yorini deydi sizni oy'lolmaydi.
ko'ksingizda tanburdayin yig'lolmaydi.
29.06.12

Добавлено (24-Сен-2012, 01:42)
---------------------------------------------
‎"El netib topg'ay menikim-Men o'zimni topmasam"Alisher Navoiy.

Dunyo-karvonsaroy,men bir musofir,
aylanib bo'lganman mehriga asir,
kimga beshik kimga lahadli qasr,
qabrga kirarman lek undan oldin,
Iymonning yuzidan o'pishim kerak,
Mendagi o'zimni topishim kerak.

Sog'inch turfa darddir,har kim o'zicha,
his qilar ta'riflar bori so'zicha,
mening yuragimda go'yo musicha,
kukulab jonimni cho'qimasidan,
Vatanim poyiga cho'kishim kerak.
O'zimdan o'zimni topishim kerak.

Diydor shirin,xushxo'r,mazali taom,
yo gul yuzli malak aylovchi hirom,
uningsiz qalbimda bo'lmagay orom,
uning visoliga yetishdan oldin,
Alam sahrosidan o'tishim kerak.
O'zimdan o'zimni topishim kerak.

Vatan ta'rifi yo'q,so'zlarim ojiz,
nomin tilga olsam yurak etar jiz,
Nurli Sajdagoh deb aytmagan bejiz,
Sajdagohga boshni qo'yishdan oldin,
ishqida o't kabi yonishim kerak.
iymon bulog'idan qonishim kerak.

Sog'inib yig'lasa,ro'molcha yengi,
Uning humoriman,kuyida bangi,
o'tar dunyo ichra yo'qdir hech tengi,
Onajonim yuzidan o'pishdan oldin,
darbadarlik to'nin otishim kerak,
ajinlari soyasida yotishim kerak.

Ko'zguga qarasam kimsan der menga,
o'zini topmagan ko'rsan der menga,
Ishqning sahrosida go'rsan der menga,
Go'rlikdan pishishga yetmog'im uchun,
ruhimni larzona etishim kerak.
Shoh Mashrab etagin tutishim kerak.

Bitta menda bormi bu dard degani?!
otam tomogidan o'tmas yegani,
saman otning bo'lib yag'ir yugani,
Otamning yelkasin quchishdan oldin,
o'gliday hizmatin etishim kerak.
tanbur bo'p mehrimni tutishim kerak.

Navoiy,Feruzlar,vazn aruzlar,
baytlarda sakraydi ohuday so'zlar,
she'rin o'qib,yig'lab to'ymadi ko'zlar,
yozganim sh'erligin bilishdan oldin,
men avval Marg'ilon qaytishim kerak.
Ustozga salomim aytishim kerak.

Kim bo'pman?shoirlik oson ish emas,
shoirning yegani azob,osh emas,
ko'ngil ul unvonga da'vogar emas,
sh'eriyat eshigin qoqishdan oldin,
dastxatli so'zimni aytishim kerak.
Alisher o'zimni topishim kerak.

Добавлено (24-Сен-2012, 01:43)
---------------------------------------------
Xijron.

Dubai-sen chiroyli arab jayroni,
Husningga termulib to’ymaydi ko’plar,
Mening sog’inch yovday kirgan qalbimda,
Dard zambaragi uzra gumburlar to’plar.
Sen esa hurkak bir hush nigoh bilan,
Mening mahzun ko’nglim olmoq bo’lasan,
Jayronim,sendan-da go’zal ohuning,
Dardida yonganim balki bilasan.
O’sha ohu qalbda men bilan har kun,
Hatto tunlarimga boqar ko’zimdan,
Sehridan majnunday mastona bo’lib,
Hushxo’r taom tutgum shirin so’zimdan.
Ul ohu sendan-da nozikdir jayron,
Mendan hafa bo’lma rostini aytdim.
Sen makon aylagan bu issiq yozdan,
Sovqotib,hayolda yoniga qaytdim.
Ul ohu yurtimning hurkak malagi,
Tog’larni koshona aylagan o’zga,
Qirlari alyorlar kuylasa sarhush,
Dardni his qilolmas o’zidan o’zga.
Shul ohu tushimda,o’ngda men bilan,
Sening yotligingni menga aytadi,
Agar senga bir nafas tikilib qolsam,
Ruhim sahrosidan ortga qaytadi.
Men esa qolaman alamni quchib,
Chopib ham yugurib hech yetolmayman,
Oldimga qayt deydi go’yo Kumushday,
Men sen Zaynabimni ranjitolmayman..
Ne qilay ikki o’t aro bu ruhim,
Majnunday yig’laydi,tinchlik bermaydi,
Qoshiga bormasam,ishqi o’ldirar,
Bu zada qalbimni firoq tirnaydi.

 
bek88Сана: Пайшанба, 26-Фев-2015, 18:02 | Изох # 78
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Dunyo ishlari judda qiziq biz kutgan yoki uzoq kutgan narsamiz bazida oshadi bazida oshmaydi.

p.s mavzuni davom etiramiz!


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Malika_95Сана: Жума-муборак кун!, 13-Мар-2015, 23:02 | Изох # 79
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 304
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 246
Холати: Хозир йўқ
Dunyoning ishlari... Bu so'z judayam ma'noga boy so'z hisoblansa kerak. Bu dunyoda har xil odamlani ko'rdim. Lekin eng qizig'i ularning taqdiri bir biriga o'xshamaydi. Biri otaga biri onaga ayrimlari esa umuman ikalasiga zor. Bu dunyoda nimaga qanchalik intilsang shu narsaga erishish qiyin bo'larkan. Olloh hamaga har xil sinov berib sinarkan, biriga boylik berib birini esa zor qilib, lekin eng muhimi buni yengib otishga kuch matonat ham berarkan. Hayot manimcha shunisi bilan qiziq bo'sa kere

Xayotda shunday yashangki kulib-kulib
G`amlar sizga ta`zim qilsin yeti bukilib
 
KhonimСана: Сешанба, 19-Дек-2017, 09:13 | Изох # 80
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Эшакни олдидан борма, тишлайди, отни ортидан борма тепади; нодонга эса хеч кайси тарафдан якинлашма, шарманда килади
 
  • Страница 4 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
Поиск: