[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 3 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Diniy she'rlar
DiLinZaDaСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 02:21 | Изох # 51
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 639
Холати: Хозир йўқ
-Эй биродар, жавоби йўқ саволлардан йироқ бўл!
Жарлик эмас, қулатгувчи зилоллардан йироқ бўл!
Риё бирлан халқ оғзина тиқарлар не топмишлар,
Асли ҳаром, вале номи халоллардан йироқ бўл!
Букун бутлар замонимас, меҳробларда тоғутлар...
Кўринмас бут ясайдирғон кулоллардан йироқ бўл!
Сени йўлдан бурувчилар ошкор бўлсалар, қўрқма!
Гуноҳлар қопин кўтарган ҳаммоллардан йироқ бўл!
Тоза кўнгил буюрган иш сени асло уялтирмас
Нақд фикрни ол, насия хаёллардан йироқ бўл!
Маҳмуд айтар: дин аҳкомин ўрган мутаққийлардан
Ёлғон азон чақиргувчи Билоллардан йироқ бўл!

Добавлено (02-Фев-2012, 01:21)
---------------------------------------------
-NAFS VA INSON....NAFS:-"MANA SENGA KERAK BO^LSA TAXT",
INSON:-"YO^Q KERAKMAS,ISLOMIM BOR!MEN UCHUN BU BAXT".
N:-"BALKI YOQAR OYSULUV QIZLAR?",
I:-"YO^Q YORIM BOR,BAXTLIMIZ BIZLAR!".
N:-"BALKI SENGA KERAKDIR BOYLIK?!",
I:-"QANOATLA XOLIM CHIROYLIK".
N:-"UNDAN KO^RA SEN O^YNAB KULGIN...",
I:-"QIYOMAT BOR SEN HAYO QILGIN".
N:-"BU DUNYO BESH KUNLIK BILGIN",
I:-"XAQNI AYTDING,SEN TAQVO QILGIN".
N:-"BALKI SENGA YOQAR KAYF SAFO",
I:-"HALOLGA XOP,QOLGANI JAFO".
N:-"SHAROBLAR BOR,MAST BO^LIB KO^RGIN!",
I:-"UNI QO^Y, IYMON LAZZATIN TUYGIN".
N:-"KO^ZINGNI OCH DUNYO MAKRDIR..",
I:-"MAKRLARGA TO^SIQ ZIKRDIR".
N:-"AXMOQSAN SEN HAYOTING G^URBAT",
I;-"YO^Q UMIDIM ABADIY JANNAT".
N:-'MEN NAFSINGMAN YENGILDIM SENGA",
I:-"KEL XAQ YO^LDA YORDAM BER MENGA".
N:-"ROZIMAN XOP,IYMON SHARTLARIN BILDIR",
i:-"MAXLUQ BORKI ROBBIGA QULDIR".
N:-"QULLIK QANDAY BO^LADI AYTGIN?",
I:-"AMRIGA YUR,NAHIYDAN QAYTGIN!".
N:-"GUNOHLARIM KECHARMI QAXOR?!",
I:-"U MEHRIBON RAHMLI G^AFFOR!".
N:-"GUVOH BO^L MEN BURILDIM XAQQA,
NAFRATIM BOR ENDI NOXAQQA,
XAQ YO^LINGDA YORDAM BERURMAN,
MUTMA^INNA BO^LIB YURURMAN!"....


Sen uchun qadrli bo'lganlarni unutma.

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) DiLinZaDa - Пайшанба, 02-Фев-2012, 02:22
 
UnversaljangchiСана: Якшанба, 05-Фев-2012, 12:15 | Изох # 52
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 23
Холати: Хозир йўқ
Хак дея яшаяпсан, хоромни ема.
Дарё куримаса тухтамас кема.
Одилсан, узайбинг кура бил инсон.
Беайб Парвардигор, аайбсизман дема.


Иймонсиз яшагандан кура,
иймонли булиб улган яхши.
 
LoadingСана: Якшанба, 08-Июл-2012, 10:11 | Изох # 53
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yetaklardi otam qo'limdan,
Mexmon kiyim kiydirib olgan.
Borgan edim balki ushanda,
Ko'rgan edim jamoat nima.

Juma edi tumonat odam,
Qori domla maveza qilar.
Qarab qo'yib, quvondi balki,
Ko'zlarimda islomni ko'rgan.

Bugun juda qiynalib kettim,
Jamoatni sog'ingan edim.
Ko'zlarimni to'sgan ro'molcha,
Gunoxlarim ko'payib ketgan.

Maxkam tutar otam qo'limdan,
Gunoxlarim yuk bo'lib olgan.
Otam tanbex birlan so'zladi,
Chunki mening baxtim ko'zladi.

Yengil bo'lib poklandi tanam,
Alloh deya bir nafas keldi.
Barakalloh birodar deya,
Qori bobo boshim siladi.

Men islomni shu zayil toptim,
Otajonim yonimda emas.
Lek shubxasiz aytaman sizga,
Bizni duo qilib charchamas.


Allohim Meni Musilmon Qilib Tarbiya Bergan Otamni iymonlarini salomat qil. Avvalgi va Keyingi gunoxlarini kechir. Menga "eng go'zal uy" deb masjidni ko'rsatgan Otajonimga Jannatingni eng go'zal uylaridan ato et. Ular singari farzandini masjidga yetaklagan otalar qurgan jannatdagi jamoatlarda menixam borligimni nasib et.
Omin Allohu Akbar!


Faqat 3 ta shart!
 
HayoСана: Якшанба, 08-Июл-2012, 19:29 | Изох # 54
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 26
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 57
Холати: Хозир йўқ
Сахихи Бухорийни шархлаш 
уммат зиммасидаги карз

Кулоклар остида жаранглар хак суз,
Кул-оек титрайди кузги япрокдай.
Карз юклаган гамдан ухлолмайди куз,
Шу сабаб корайган юзлар тупрокдай.
Нафакат Сахихдан, балки Кур'ондан
Карздормиз, карзларга ботганмиз чунон.
Газнамиз буш эмас, нуксон хижрондан,
Жон чикмасдан тезрок узайлик шу он.
Хар ким уз хиссасин кушмоги вожиб,
Топган-тутганини берсин яширмай.
Олим, обид, зохид, устоз ва толиб, 
Шох-гадо, бой-факир бошдан оширмай.
Шоиру шуаро, адиб-удабо,
Каламни йуйинглар хак баенига.
Хакиму хукамо, фозил-фузало,
Жахлни йуйинглар халк зиенига.
Лоакал бир оят, бир дона хадис,
Укиб, сиз узгага илининг дархол.
Бу учун шарт эмас булмок мухаддис,
Тулин ой даставвал буларку хилол.
Сиз гар Бухорийга килсангиз хизмат,
Химматин аямас Бухорий сиздан.
Уйу куйда сизга хамрох халоват,
Хамиша аримас табассум юздан.
Каерда Бухорий буларкан коим,
Укилса кунт билан огир кунларда,
Кувонч куеш каби барк урар доим,
Осудалик ойдек кезар тунларда.
Бухорий-бобонгиз, Бухорий-дахо,
Сиз меросга хакли чинакам ворис.
Бойлик билан кечгай хает мусаффо,
Кайгуга кашшоклик асосий боис.
Карз кандай узилар, дейилган савол
Покдамон дилларни тирнаши аник.
Билим билан бархам топади ишкол,
Кашф этилур шунда асрор хакойик.
Бу минг тилло карзга бир тангам менинг,
Бор-будимнинг барин бердим беркитмай.
Диндошим канчадир насибанг сенинг?
Ма'навий бойликни инфок эт кутмай.
Фойда ол, фойда бер, фойдага кумил,
Зиен-юзахмат курма, келтирма зиен.
Жахолат баайни зарарлигин бил.
Жохилга наф бермас зар тула хамен.


Инсоннинг идроки, тафаккури нафасидан.
Нафасимизни тарбияловчиси эса Куръондир.
Куръон ушловчиларнинг хулклари хам Куръондир
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 20-Июл-2012, 14:22 | Изох # 55
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Juratim yetolmas qarshingda ojiz,
Qo'lim duoda ming bir hijolat.
Gunohim af etkin kechir Allohim,
Sen meni unutsang ne kechar xolim.

Bugun qalbimda qora dog' to'la,
Zarra iymon bo'lsa qanidi robbim.
Joynamoz ustida o'tinay sendan,
Meni xam jannatda qilgin Allohim.

"So'ra" dersan yalinib keldim,
Poyinda qul bo'lib tilanib keldim.
Sendan o'zgasi bizga iloxmas,
Ko'rmayin yuzingni men seni sevdim.

Muxammad ummatim degan kechada,
Yolg'iz farzandin qo'ydi qabirga.
Men farzand bo'layin menga nasib et,
Jannatni nasib et ota-onamga.

Yelkamda farishta yozar amalim,
Savobli amallar qilay nasib et.
Amallar daftarim o'qilar kunda,
Avvali o'qilsin mening namozim.

Allohim buyuksan, qudrat sohibi,
Yolg'iz sen pokdur, barcha gunoxdan.
Iymon istab yozdim misralar,
Hatosini af etib kechir Allohim.


Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Шанба, 21-Июл-2012, 01:16 | Изох # 56
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
‎"Ga'nimat"

Xolin so'r qo'shningni,yoru-do'stingni,
elkadosh bo'l yama kamu-ko'stingni,
tepkilamay yurgin oyoq ostingni,
asli loying bo'lgan,er ulug' ne'mat,
do'stim bu dunyoda xar on g'animat.

Boy bo'lsang tinglagin bechoralarni,
boshin sila yuragi sadporalarni,
bag'ring quchsa xamki sayyoralarni,
boylik omonatdir,imkon g'animat.

Bugun boysan erta Hudo biladi,
balki ajal senga tunda keladi,
qashshoqqa exson ber,ko'ngling to'ladi,
Umr omonatdir,dunyo g'animat.

Hasaddan yiroq bo'l,ig'vo joydan qoch,
yomon nom olmagin,yulma keyin soch,
mexring tortib,do'stlar ochishsin quloch,
Oqibat omonat,davron g'animat.

Gapning po'st kallasi,rostidan gapir.
Xaqiqatning adl bo'y bastidan gapir,
toychoqday kishnagin,bo'lmagin xachir,
Bu til uchun qilgin shukrona ne'mat,
zabon omonatdir,har on g'animat.

Iymonni poklagin chirkinlik,kirdan,
Tavba qil,Ro'za tut,o'rgan zokirdan,
sajda qil,voqif bo'l so'ng "Tong otur"dan,
Tog'lar omonat,bu chog'lar g'animat.

Tobuting lapanglab chiqqanda yo'lga,
do'stim boqolmassan,o'ng yoki so'lga,
o'ngdan ol nomai a'moling qo'lga,
Iymonli o'tar xar oning ga'nimat.

O'zni oshno ayla chidam,sabrga,
kibr bilan ketma gunoh kabirga,
erta ko'z yosh to'kma kirib qabrga,
Fursat omonatdir,bu jon ga'nimat.

Asli dunyo,g'amdan qorilgan undir,
shodlikka to'ldirgin xox kun,xox tundir,
qalbingda muhabbat chechagin undir,
Alisher bu o'tar onlar ga'nimat,
Ko'kda oy va otar tonglar g'animat.

20.07.2012 yoqsa facebookda yoki odnoda "Umrim kundaliklari" guruhida bundan-da koprogini olasiz
 
hayolСана: Якшанба, 22-Июл-2012, 08:37 | Изох # 57
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 142
Холати: Хозир йўқ
Tamizi yo'q oshno ko'p, har so'zni suhbat dema,
Betashvishmas bu dunyo, sal g'amni kulfat dema.
Ko'ringanga dardingni dasturxon qilmoq oson,
Hol so'ragan har kimni do'stu yor, ulfat dema.
Inson zotin hamisha odobi go'zal qilgan,
Qancha ahli donishlar sukut saqlashni bilgan.
Gapni aytmoqlik kerak, lekinki mavrud bilan,
Bilib-bilmas so'zingni ilmu-ul hikmat dema


Неча инсонлар курдим,
сийрати бор, суврати йук. Мавлана Румий
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 16-Авг-2012, 22:06 | Изох # 58
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Ko'ngil berib birovga hiyonatdan qo'rqaman,
Yolg'on so'zlab birovga qiyomatdan qo'rqaman.
Ozor berib qalblarga tanxolikdan qo'rqaman,
Hayotimda adashsam baxtsizlikdan qo'rqaman.
Meni sevgan insonni yo'qotishdan qo'rqaman,
Yomonlikka undagan bosh egishdan qo'rqaman.
Gunohlarim yuvilmay jon berishdan qo'rqaman,
Menga jon ato etgan OLLOHimdan qo'rqaman.

Добавлено (16-Авг-2012, 21:06)
---------------------------------------------
Ko'ngil berib birovga hiyonatdan qo'rqaman,
Yolg'on so'zlab birovga qiyomatdan qo'rqaman.
Ozor berib qalblarga tanxolikdan qo'rqaman,
Hayotimda adashsam baxtsizlikdan qo'rqaman.
Meni sevgan insonni yo'qotishdan qo'rqaman,
Yomonlikka undagan bosh egishdan qo'rqaman.
Gunohlarim yuvilmay jon berishdan qo'rqaman,
Menga jon ato etgan OLLOHimdan qo'rqaman.

 
LoadingСана: Пайшанба, 16-Авг-2012, 22:49 | Изох # 59
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Alloh-Alloh, o'zin bu dildagi so'zlarni ijobatini ber.

Faqat 3 ta shart!
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 15:56 | Изох # 60
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
G'aflatdan uyg'oning o'tmasin fursat,
Tovbalar qilaylik umr g'animat.
Orqaga qaytmaydi o'tgan har soat,
Do'stim yaqindir daxshat qiyomat.
Uxlamay qilaylik tinmay ibodat,
Bizlarga berilgan bu jon omonat.
Ollohning hukmiga qilib itoat,
Har lahza qilaylik Qur'on tilovat.
Duoga qo'l oching bo'lsin ijobat,
Islomga rivoj ber Ollohim albat.
 
ShukronаСана: Шанба, 18-Авг-2012, 22:06 | Изох # 61
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Шукурулло Хужамбердиев
Dunyoda bayramlar to’lib
yotibdi Ularning asli bir chöpchak
yo ertak,
Bugun xatto quyosh gözal otibdi
Xayit
bayramingiz bölsin muborak!
Gullar bilan
tölib toshganda sahro Chölda
gullagandek
eng gözal chechak, Iymon
lazzatidan olingiz
bahra Xayit bayramingiz bölsin
muborak!
Shafaqning qöyniga yashiringan
oq Gözal
tong otdi deb bergandek darak,
Buyuk
e’tiqodning ramzi ölaroq Xayit
bayramingiz
bölsin muborak! Dunyo
muhabbatin özga
joylagan Oyning yuzinyopar
ehtimol etak,
Rosululloh sevib bayram aylagan
Xayit
bayramingiz bölsin muborak!
Kufr,shirk,ma’siyat,böhtonu-
g’iybat Islomsiz
yölkaga sochganda pechak,
Mömin
birodarim, tilagim faqat, Xayit
bayramingiz
bölsin muborak! Chirkin
jamiyatlar etarli
saboq Kördik har bir kunni
qildilar ermak,
Aslida eng yomon ishlardan yiroq,
Xayit
bayramingiz bölsin muborak!
Boshimiz
sajdada bölsa tongacha Qadr
kechasini
bölsak bir topmak, Kelajakda
kelar
RAMAZONgacha XAYT
BAYRAMINGIZ BÖLSIN
MUBORAK!!!
 
GULI_NURСана: Якшанба, 19-Авг-2012, 09:17 | Изох # 62
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Dunyo o'tmoqdadir daryodek oqib,
Ollohga emas bandasiga boryapmiz yoqib.
Savobdan voz kechib gunohga botib,
Yolg'onchi dunyoga aldanib qoldik.
Yahshilik qilganda minnat qilamiz,
Yomonlik qilganda tabassum bisyor.
Kayfu safo uchun vaqt topamizu,
Namozga kelganda charchab qolamiz.
Ammo shunda hamki Olloh dildadir,
Ne bo'lsa ham unga sajda qilamiz.
Gunoh ish qilsak ko'zga yosh olib,
Faqat yaratgandan umid qilamiz.
 
LoadingСана: Якшанба, 19-Авг-2012, 12:54 | Изох # 63
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Shukrona opa Guli nur katta raxmat!

Faqat 3 ta shart!
 
GULI_NURСана: Душанба, 20-Авг-2012, 22:29 | Изох # 64
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Etibor uchun sizgayam rahmat

Добавлено (20-Авг-2012, 21:29)
---------------------------------------------
Tor tigiz kiyarsan Olloh sabrli,
Sochingni kesarsan Olloh sabrli.
Zinolar qilarsan Olloh sabrli,
Ammo bil bu dunyo baribir qabrli.

 
Tadjik_GirlСана: Душанба, 20-Авг-2012, 22:29 | Изох # 65
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 7
Холати: Хозир йўқ
Man kitob uqib yig'lasam u faqat QURON buladi. Man sevsam bu dunyoda u faqat OLLOH buladi. Man urnak olsam u faqat PAYG'AMBAR buladi. Man sog'inib yashasam u faqat ONAM buladi. Man bu dunyoga kimgadur suyansam u faqat OTAM buladi... )))

[То Хорошо - То Плохо - Вот Такая Жизнь.!
 
DadaxonСана: Душанба, 20-Авг-2012, 22:29 | Изох # 66
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Mendan ne qolarkan ortimda
Ne qiloldm shu umrimda,
Ketar bölsam kimlar eslaydi
Kim sog'nb qabrim izlaydi.
Qolsa shu misralar qolar
Balki bular xam ötda yonar,
Döstingman dib yurgan kimsalar
Balli ortimdan toshlar otar.
Ketgan ketaverarkan qaytmaydi
Lek shundaylar bor nomi öchmaydi
Yaqinlariyu begonalar xam
Yaxshi nom ila eslaydi.
Men ketsam kimdir yig'larmikan,
Munis onamdan bölak
She'rlarim öqib yodlarmikan
Bironta qalb sog'inarmikan.
Vafo kutib turgan gözallar
Ketsam agar, kechirarmikan
Kimdir men uchun xam,
Baytlar bitarmikan.
Qachondr shu kun keladi,
Azroil mexmon böladi,
Shunda tilm kalima aytarmikan,
Allox gunoxlarim kechirarmikan?
 
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 12:48 | Изох # 67
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
"Qo'rquv"

Qashshoq edik,molu davlat so'radik,
boylik berdi o'zni tutdik to'radek,
ibodatdan pastga qarab nuradik,
...Robbim aytdi:"Ayo bandam,
qay tomonga borursan?
mendan uzoqlashgan saring,
Do'zah tomon yurursan.

Добавлено (26-Сен-2012, 11:40)
---------------------------------------------
Dunyo.

Dunyoning ishlari ho'p qiziq,
achchiq so'z yurakka zahar o'q,
tegsa gar darmon-u davo yoq,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Boqinglar oyoqlar ostiga,
o'ralmang ilonning po'stiga,
o'yinchoq bo'lmang,siz dastiga,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qasamlar suv emas ichgali,
ibodat to'n emas yechgali,
ishonchli qush emas uchgali,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Qarz berib,olmangiz jonlarni,
ko'zlardan oqizmang qonlarni,
unutmang omonat onlarni,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ne zotlar oyoqlar ostida,
yuribmiz ajdodlar ustida,
haqiqat do'nglarning pastida,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Haloldan totinib,to'yingiz,
Bezating ohirat uyingiz,
azaga almashmang to'yingiz,
Dunyo deb ko'p kuymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Ukalik qarzini tuygandan,
akam yo opam deb suygandan,
Alisher so'z dedi kuygandan,
Dunyoni ko'p suymang Odamlar.
Insofni yeb qo'ymang Odamlar.

Добавлено (26-Сен-2012, 11:42)
---------------------------------------------
Shayton noshukrlikka undaganda Alhamdulillah zikri unga o'tli qamchi.

Mayli baht narvonin pastidadurman,
ro'zgo'rning yarim,kam-ko'stidadurman,
balki oyoqlarning ostidadurman.
...Mayli yolg'on dunyo dastidadurman,
Shukr Egam,tuproq ustidadurman.

Oyoqlarim yurar,yo'q hech armonim,
chuldirar bulbulday,tilim,zabonim,
qalbimda pishqirar umid ummonim,
Mayli-da oyoqlar ostidadurman,
Shukr Robbim,yerning ustidadurman.

Duoga ochguvchi qo'llarim butun,
qarog'im ajratar kunmi yoki tun,
birdan kamman balki birovdan ustun,
Mayli baht narvonin pastidadurman,
Shukr Tangrim,tuproq ustidadurman.

Vaqt yetsa qovjirab so'lguvchi gulman.
O'zing berding,O'zing olguvchi qulman,
Bo'l desang Labbayk deb turguvchi kulman,
Mayli yo'lg'on dunyo dastidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.

Bir oniy baht erur asli tiriklik,
farqi yo'q,to'ndami yoki choriqlik,
iymonim umrimga berar yorug'lik,
Mayli hayot kamu-ko'stidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.

Olimdan qo'rqmayman qo'rqaman Sendan,
Umidim uzmasman,Qiyomat Kundan,
o'sha kun desang bas,Suyukli Bandam,
Jannat-ul Firdavsing qasdidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.

Bilmam qayda tugar,umrim chigal yo'l,
gunohim poklolmas hatto ulug' ko'l,
Madadni O'zingdan kutdim men butkul,
Jannat-ul Rizvonlar qasdidadurman,
Shukr Robbim,tuproq ustidadurman.

Ulgurishim kerak bari bariga,
tilimdan bol tutib yosh-u qariga,
umidim yetmoqdir Behisht to'riga,
Habibingni ko'rmoq qasdidadurman,
Shukr Robbim,Yering ustidadurman.

Qanday baht sajdada turgan bu onim,
Seni poklyapman to tanda jonim,
Bilmam aylanarmi erta bu qonim,
Alisherman,rahmating qasdidadurman,
Shukr Robbim,tuproq ustidadurman.

Добавлено (26-Сен-2012, 11:44)
---------------------------------------------
"O'lim xayol emas xaqiqat".Filmini ko'rib.

O'lim xayol emas,xaqiqat deya,
ko'xna ochun bizga nasixat so'zlar,
to'glar qaltiraydi Maxsharni kutib,
...Insu jins qo'rquvda,xadikli ko'zlar.
Dengizlar toshadi,o'zanin buzib,
daraxtlar yig'laydi,yaprog'in uzib,
lek Inson kelajak rejasin tuzib,
"Abadiyat"deya safsata so'zlar.
Qushlar chirqiraydi"Essiz Odamlar",
qayda qoldi iymon,baxtli u damlar,
o'ylatmoqda Baqo emas,fanoiy g'amlar,
faqat zar dardida yonar bu ko'zlar.
Joynamoz taxmonda yotibdi,yangi,
Qur'on o'qilmaydi,artilar changi,
uyqu erkalaydi ibodat tongi,
Shaytonga o'lja qalb,qarodur yuzlar.
Xar bir bosgan qadam ibrat,bir naql,
Faqat unga xos bo'lgan ne'matdur aql,
shaytonga ergashib,bo'lmasa johil,
zabon Bismilloh deb Xoliqdan so'zlar.

Добавлено (26-Сен-2012, 11:44)
---------------------------------------------
Rasuli Akram S.A.V:"Mo'minlar biri birlarini Allohning yo'lida sevish bilan Jannatga dohil bo'ladilar,bir birlarini Allohni yo'lida sevishlik esa o'rtalarida salomni yoyish bilan bo'ladi."deganlar.

Rasul Sallolohu Alayhi Vasallamning oldilariga bir kishi kelib:- Yo RasulAlloh islomda eng yaxshi amal nima?-deb so'radi.Shunda Rasuli Akram S.A.V shunday javob berdilar:"Taom yedirmog'ligingiz va tanigan va tanimagan odamingizga salom berishingizdir"Muttafaqun Alayh(Imom Buhoriy va Muslim hadis kitoblarida keltirilgan)

Bir paytlar kichiklar choy suzib ildam,
...avval kattalarga uzatardilar,
biror bir yig'indan savlatga emas,
siyratga qarabon kuzatardilar.
Endi-chi salom ham nasiya,qarzday,
ko'plar unutishgan,so'zning boshini,
zamona zaylidan ketgan bir darzday,
muruvvat tutolmas ko'zda yoshini.
Balki,salom bizga Rasulimizdan,
sunnatligin bugun unutib qo'ydik,
yoki odam tanlab,bu tilimizning,
lug'atin sinfga ajratib qo'ydik.
Endi boyga barcha yog'li salomlar,
oddiyroq odamga qalaysiz yetar,
foydamiz uchundir shirin kalomlar,
asli mana shundoq kunimiz o'tar.
Bukun siyrat bir pul,boy o'gli to'rda,
og'zi qiyshiq lekin tinmay gapirar,
izdihom olqishlar,barakalla deb,
dono jim,haroba kulbaday turar.
Dunyo bir aylansa chirpirak bo'lib,
boy o'gli dononing joyiga qaytsa,
qani endi to'rda,ilhomi kelib,
dono asrga teng ilmidan aytsa.
shunday mashvaratlar istayman hamon,
lekin qidirib ham topolmadim man,
gapning dangalini aytib she'rimda,
fojeamga ko'zim yopolmadim man.
Shundan yurak mahzun,yig'laydi yum-yum,
dard dildan sochildi,sochilganday qum,
Alisher she'r tugab,tishlamagin mum,
degin:do'stim,As-Salamu Alaykum.

Добавлено (26-Сен-2012, 11:48)
---------------------------------------------
O'zimga nasihat

Eng katta aybdor zamona emish,
Norizo bandalar shunday so'z demish,
Iymonimiz bo'lib gumonga yemish,
...chiqmas quyosh bo'lib botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Yarim nonga kecha to'ygan qornimiz,
bugun yamlayapmiz,yerda borni biz,
unutdikimikin asli eski o'rnimiz,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Emish,o'lsak tana yo'qlikka ketar,
kufr botqog'ida iymon qon yutar,
tobut qadrdon do'st,yo'limiz kutar,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Bobolar shukr deb eski kulbaga,
dillari yor bo'lgan har on tovbaga,
bugun qanoat yo'q yarim kulchaga,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Berganni betiga boqma,ol deya,
uyatni,hayoni berdik nasiya,
yetimning rizqini qilibon tuya,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Sharmu-hayo sarson,qayda uloqar,
adovat jonlarda gulhanin yoqar,
tilga harom luqma boldayin yoqar,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Hasad sehri o'tkir yosumondayin,
kibrdan boshimiz osimondayin,
falsafa o'qiymiz goh Salmondayin,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Faqat aza uchun yangrar tilovat,
Qiyomatdan bo'lib,mujda,alomat,
ribodan iymonda yo'qdir halovat,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Dunyo jin qamalgan eski bir ko'za,
qadahlarda oqar daryoday,bo'za,
dardida mast bo'lib ko'zimiz suza,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Mo'minlar jannatda qasr qurmoqda,
Iymonsiz dunyoda kayfin surmoqda,
Jahon qiyomatga yo'lin burmoqda,
qaytmas quyosh yanglig' botib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Ey Robbim,yo'limiz adashtirmagin,
joyimiz do'zahga almashtirmagin,
buyuk azobing-la ko'rishtirmagin.
O'zing qutqarmasang cho'kib boryapmiz,
jahannam tomonga ketib boryapmiz.

Alisher ko'zing och,azonni tingla,
boshingni eggin-u,qulliging angla,
Holiqing tomonga yo'lingni o'ngla,
dunyoning qo'lidan tutib boryapsan,
Hiyonatkor qulday o'tib boryapsan.

 
DilraboСана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 17:45 | Изох # 68
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Bir kuni qutqarsa iymon qutqarar...Musulmon oilada tugulib Allohni taniganimiz uchun Alhamdulilloh! Hammangizning she'rlaringiz tahsinga loyiq.Ayrimlarini ikki martalab öqib chiqdim. Ijodingizga baraka!)

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 03:50 | Изох # 69
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Dunyo va Ohirat Ga'mi.

Ko'zim yosh,dilim g'ash fano g'amidan,
xech yiroq bo'lmadi biri kamidan,
yebon,lazzat topmay,to'ydim ta'midan,
va lekin bir chetga qo'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Habata ish bilan o'tmoqda vaqtim,
dardidan tanamda ketmoqda shaxdim,
iymonim bo'lsa-da yagona baxtiim,
va lekin ozimni tiyolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Ko'zim jovdiraydi tobutni ko'rsam,
badanim uvushar mozorda yursam,
deyman sajdalardan,ko'z yoshda tursam,
va lekin dunyoga to'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Kulaman,oyog'im erkalar qumlar,
shayton sharob tutib,yoniga imlar,
bilaman dunyodan o'tmadi kimlar,
va lekin ozimni tiyolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Bugun ota-onam ko'nglim xushlatib,
kun kelib,ketishar ko'zim yoshlatib,
vaqt kelib,qo'ysa-da kulga o'xshatib,
fanoga xayfsan deyolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Yig'lasam kozimda kular sohtalik,
gaplarim ipakli yoki pahtalik,
g'assolga bo'larman bir kun tahtalik,
va lekin dunyoga to'yolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Qalbim nursizdayin,tarovatim kam,
dilda quvonchim bor,halovatim kam,
tilim chuldirar lek tilovatim kam,
Tangrimga qulligim qilolmayapman,
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Ummatim degandi,Umrin bag'ishlab,
Sunnat amallarin qo'ydim-ku tashlab,
salovatim nurli qo'lidan ushlab,
Rasulimga salom deyolmayapman.
Ohirat g'amini eyolmayapman.

Alisher yig'lama,siqtama bekor,
Tiriklikda,Jannatga zina qo'yib bor,
O'tsang,mozorlaring kelib qolar tor,
RABBINGGA qulliging qilollmayapsan.
Rasulingga salom deyolmayapsan.
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 13:45 | Изох # 70
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
She'rlariz zo'r.
Ijodizga omad. Bundanam kotta yutuqla tiliman. Olloh sizga zo'r istedod ato etibdi. Ijoddan charchamen. Yana shunaqa ma'noli she'rla kutib qolamiz.
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 15:08 | Изох # 71
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
rahmat Gulinurxon ..bu fikrlar mengami yoki yuqoridagilarga? biggrin smile
 
GULI_NURСана: Жума-муборак кун!, 28-Сен-2012, 15:44 | Изох # 72
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Alisher aka sizga.
She'rlarizda bugungi hayotimizdegi achchiq haqiqatlar bor. Zora she'rlariz bu dunyonini chin bilib ohiratni unutayotgam insonlarni iymonga chaqirsa.
Ijodizga omad.
 
AlisherbekUZСана: Шанба, 29-Сен-2012, 22:33 | Изох # 73
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Pastkashlik yigitni yer qiladi.

Bir pulga arzimas,kerilishin ko'r,
joyi poygak,to'rga surilishin ko'r,
salomga aliksiz burilishin ko'r,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

O'zicha yagona,unday zot yo'qday,
muloyim gapirsang sapchiydi o'qday,
qolgan xamma qora o'zlari oqday,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Yuzidan ming turfa niqob yasaydi,
yerda chalpak bo'lib oyni tusaydi,
qani endi o'zini yig'ib olsaydi,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Deysan ko'rmaganni ko'rgani qursa,
mayli yangi kiyib,labini bursa,
qaniydi o'pkani sal bosib yursa,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Taomni yashirib yeydi uyida,
foydang tegmasa gar,joy yo'q to'yida,
lagani osig'liq doim bo'yida,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Qashshoqning uyiga kirmas or qilib,
ko'ngilni kemirar misli g'or qilib,
sharmanda bozorda bosh dallol bo'lib,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Tohir-Zuhradagi botirga o'xshab,
qorasi ketmaydi qo'tirga o'xshab,
ko'rganda ketasan g'azabdan qaqshab,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Unga yaqin yursang uying kuyadi,
farishtang qochadi,shayton suyadi,
Alisher nomingga nuqta qo'yadi,
qazidan so'rasang otga tortadi,
past asli past bo'lgan zotga tortadi.

Добавлено (29-Сен-2012, 21:33)
---------------------------------------------
Guli_Nur judayam xursandman...raxmat.

 
ParvinaСана: Пайшанба, 23-Янв-2014, 18:47 | Изох # 74
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Bu she`r emas, hikoya ammo diniy...
Shunday hayot borki - U qutqaradi, shunday faziyat bo`ladiki - U hamisha sen bilan! Shunday onlar bo`ladi - U bir tomchi yoshdek, Shunday tushkunlik bo`ladiki - U seni qayta hayotga qaytaradi.
Bir kishi otasi bilan ziyoratga otlanadi, yo`l yurib, mo`l yurib tog`lar orasigacha yetib keladi, ota betoblanib jon holi qolmay musofir yurtda olamdan kuz yumadi, farzandi dod-varyod urar ekan, eh voy xudoyim - qanday kunlarni boshimga solding, xolis niyat ila yo`lga otlangan edim, meni otamdan judo qilding, ortga qanday qilib qaytaman, onamga nima deyman ey voh, Onamdan so`ramay jonini olish ham bo`ladimi? Shunda farzandi otasining yuzini borib ochib qarasa, yuzi eshakning yuziga aylangan ekan, o`shanda dod urib yig`lay boshlabti, bilar bilmas salovotlarni qaytarar ekan, Payg`ambarimizgacha nidosi borib eshitibti, shunda ul farishtani yuborgan ekan, Farisha kelib: sen bir marta qaytargan :  salovating payg`ambargacha yetdi, ikkichisida u kishi oldiga meni chaqirib, oldingga yurobdi, shunda Payg`ambarimiz olamdan o`tgan otangizning aytib - o`tgan barcha salovotlarini tarozining pallasida qo`yib ko`rdi, shunda sen borib uying marhamtini eshitgin, hojatini oson qilgin, degan edilar men sening yoningdaman, endi otangizni yuzlarini ochib ko`rishingiz mumkin deya yuzlarini ochib ketib qolibti, qay ko`z bilan qaramasinki olamdan o`tgan otaning yuzidan nur yog`ilayotgandek va chekkada  ko`mish uchun joy hozirlaganiga nigoni tushibti, yo`lini davom etar ekan, Otasing yotgan joylari jannatdan bo`lishini va salovotlarni tarkoklab yurishi odat qilib qo`ygan ekan.


Allah büyükdur
 
  • Страница 3 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Поиск: