Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatohu! Xushvaqt boling,Zulfiya. InshaAlloh.
Savollarga javoblar:Добавлено (02-Ноя-2014, 19:51)
---------------------------------------------
1. Inson albatta o'zgaruvchan. Xuddi ana shu o'zgaruvchanligi bilan ham inson-da! Qismatimizda nima bor , nima yo'q... Buni hech birimiz bilmaymiz va bila olmaymiz ham...
Uch yil oldingi Sokinada ruhiy tamomlama beqarorlik bor edi. Bu holat forumga bogliq emas.
Hayotda qattiq zarbaga duch kelgan inson har tomonlama halovat izlaydi. Ehtimol, buni nomini halovat ham deb bo'lmas...taskin deyishimiz togriroq bo'lar...
Qandaydir dalda, nasihat istash yoki o'ziga yordam kerak bo'la turib boshqalarga yordam berish ilinji, ...
O'limning haqqligi oldida ojiz qolishimizni yetkazish,umum qilib aytganda HAYOTDAN RUHIY TASKIN izlagan inson qanday bolishini faqat his qilish mumkin, buni so'z bilan tushuntirib bolmasa kerak...
Xullas, bu tushkun hislarning hamma hammasi uch yil oldin ruhiyatimni qamrab olgandi...
Albatta bu kechmishlarim forumga ham forumchilarga ham bog'liq emas edi.
Hozirgi Sokinada ruhiy barqarorlik bor deb bemalol ayta olaman.
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:02)
---------------------------------------------
2.Faqat forumda emas, internet olamida kamnamoman.
Hamma maqtovlar Allohimga bolsin.Yaratganiga shukur!
Mana nasib ekan yana forumdaman.)
Yana Parvina ham o'z loyihasiga taklif etayapti, demak hali - veri mendan qutulmaysizlar
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:05)
---------------------------------------------
3. Hammamizning umumiy do'stlarimiz Giyos va Parvina bilan deya olaman. )
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:27)
---------------------------------------------
4. Ijod qilmasam nafas ololmay qolamanku )
Yozayapman, faqat ko'proq qogozga-da. Vaqt o'tib yoqmay qolsa hammasini bir zumda yoqib yuboraman. Shunaqa telbaroqman))
Ijod ahli cheksizlikni,mukammallikni, erkinlikni sevuvchi xalq boladi. Yaratgan Zot yuqtirgan ilohiy "kasallik" bilan "kasallangan"larning g'ayritabiyligi ham ehtimol shundandir...
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:32)
---------------------------------------------
5. Esda qolarli voqealar ko'p bo'lgan. Qaysi birini yozishniyam bilmayapman. )
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:38)
---------------------------------------------
Hozir bittasi esimga keldi.
Kamol aka qaysidir mavzuda kechroqda yozgandilar. Yozuvlaridan hech oxshatmadikda, keyin shubhalanib darrov savolga tutib, profilidan kimdir kirib yozaypti deb vahima qilganmiz. Nozi opam,men yana kimlardir edik. Kamol aka, yoq o'zimman desalaram ishonmaganmiz Vohid degan "dobriy" moderatorimiz bor edi. Shu qilig'imiz uchun undan ogohlantirish olganman. )))
Добавлено (02-Ноя-2014, 20:44)
---------------------------------------------
6. Agar yozganlarimni hayotdayam gapirganimda mendan o'zadigan gapdon insonni o'zi bo'lmasdi, deb o'ylayman. Hayotda vertualdagiga nisbatan vazminman.
Добавлено (02-Ноя-2014, 21:04)
---------------------------------------------
Uzr,menda internet bilan muammo bo'layapti. (
Добавлено (02-Ноя-2014, 21:21)
---------------------------------------------
7. Forumda mavzular yetarli , faqat fikrlashib harakatga keltiradigan forumchilar yetishmayapti desa boladi, menimcha.
Avvallari mavzularda yotvolib bahs tortushuvlarda qatnashadiganlar, hatto pulemyotu tanklari bilan jangga kirib oz fikrini maqullaydiganlar bor edi. Demak, hech kim befarq bolmagan ekanda, qancha asabu, vaqtini uvol qilishini o'ylab ham kormagandir. Asosiy maqsadi fikrlashish bolgan. Fikr qilamydigan odam , mavjud emas, degan hikmat bor.
Jamiyatimizda egosentrizm tushunchasi kuchli rivojlangan, ayniqsa oxirgi yillarda. E,menga nima deb ketaveradi, yani loqaydlik. Bu illatni yoqotish uchun joriy qilinadigan islohotlar haqida mulohaza qilib korib bir necha javoblar topganman. Lekin jamiyatni men o'zgartira olmayman. Dunyoni o'zgartirmoqchi bolsang, avval ozingdan boshla, deyishadi. Forumda bir yoki ikki kishining faolligi boshqalarga tasir darajasi bilan "hukm"mini o'tkaza olmayaptimi, yani qiziqarli mavzu bo'la turib fiklashishga chorlamayaptimi, demak buning sababini loyihadan emas, forumchilarni salohiyatidan izlash kerak, deb hisoblayman.
Forumda ham jamiyatdagi kabi egosetrizm tushunchasi pand berayotgan bolsihi mumkin.
Yana bir tomoni ,
Loyiha boshlagan forumchiga halaqit bermaslik kerak. Yani xudoy deganning "berdi"sini aytguncha urib o'ldirib qo'ymaslik kerak. Bu shaxsiy fikrlarim. Yanayam boshqa omillar ham bordir.
Добавлено (02-Ноя-2014, 21:25)
---------------------------------------------
8. Ha, hamma qizlar kabi meni ham ko'nglim juda nozik. Lekin, xafa bo'lganimni ko'p-da bildirmayman.)
Добавлено (02-Ноя-2014, 21:41)
---------------------------------------------
9. SubhonAlloh, yaratgan zot bizga ko'tara oladigan darajamizgacha sinovlar berishi mumlin, undan ortiq emas.
Allohning menga atagan taqdiriga iymon keltiraman. Demak, shu bo'lishi kerak edi, bo'ldi. Taqdirimda bor ekan, deyman. Men kopincha yolg'iz qolib har xil ruhiy hissiy tushunchlar haqida o'ylaymanda, baxtlilik yoki ogir sinovlarning darajasini nima belgilaydi, deyman. Oxir oqibat sodda va jongina javobimni idrokimda maqullayman.
Bu Allohning berganiga rozi bo'lish. Agar Allohga isyon qilsak U zot bizga O'zini borligini,Qodirligini yengilgina bir "turtki" bilan bildirib qo'yadi...
Yiglayotgan odamga butun dunyo zulmatdek korinadi. Kulayotgan odamga esa dunyo charogon korinadi. Men bu dunyoda motadillkini tanlayman toki, toqatimga loyiq korgulik berganda Yaratganning qoshida mubham bolmaslik uchun.
Bu dunyoda kimlargadir emas, nimalargadir yoki aniqroq aytadigan bolsam ezgu maqsadlarga boglanib yashasak . Ogir sinov paytlarida nafaqat ozimizga hatto yaqinlarimizga ham toblangan irodamiz bilan yupach bolishimiz mumkin ekan, deb hisoblayman.
Добавлено (02-Ноя-2014, 22:06)
---------------------------------------------
10. Agar chin qalbimdagi javobni bilishni istasangiz Allohdan boshqa dost yo'q.
Odamlar orasidagi dostlik nisbiy tushunchalardan biri.
Oila azolaringiz dost , lekin ular ham hamma vaqt ham sizni his qila olmaydi.
Ozingiz ozingizga dostsiz desak, gohida notogri qarorlaringiz bilan dushmanlik qilib qoyishingiz mumkin... Va hakoza.
Добавлено (02-Ноя-2014, 22:10)
---------------------------------------------
Allohga shukur , yaxshiyamki savollar 10 ta ekan. Har bir savolga ikki yo uch martalab javob yozib fikrlarimam aralash quralash bolib ketdi
profildan chiqib ketib qolamanmi-ey, tavba ))